Abu abdulloh
-bob. Jonlig‘ so‘yish vaqtida takbir aytmoq haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-bob. Kishi jonligini qurbon qilish uchun (Ka’baga) jo‘naqa, unga hech narsa harom qilinmaydi!
- 16-bob. Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini yeyish va ehtiyot qilib qo‘yish haqida
- 1-bob Uzumdan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlik haqida
- 2-bob Mast qilguvchi ichimlikning harom erkanligi haqidagi oyatning nozil bo‘lishi va mast qilguvchi ichimlikning xom va pishgan xurmodan tayyorlanganligi haqida
- 3-bob Asaldan tayyorlanadirgan (mast qilguvchi) ichimlik haqida
- 4-bob. Xamrning (musallasning) aqlni ozdiruvchi ichimliklardan erkanligi haqidagi hadislar
- 5-bob. Xamrni (mast qilguvchi ichimlikni) halol deb hisoblab, uni boshqa nom birlan atovchilar haqidagi hadis
- 6-bob Xum hamda tosh, mis va yog‘och idishlarga mevalarni solib ezib suvini chiqarib qo‘ymoq haqida
- 7-bob Janob Rasulullohning xum va meshlardan foydalanmoqdan qaytarib, so‘ng (yana) unga ruxsat berganlari haqida
- 8-bob. Mast qilmaydirgan xurmo suvi haqida
- 10-bob. Agar mast qiladirgan bo‘lsa, xom xurmolarni pishgan xurmolarga yoki (mevalardan tayyorlangan) ikki xil nonxurushni bir-biriga qo‘shmaslik lozim
- 12-bob. Chuchuk (totli) suv ichib lazzatlanmoq haqida
- 13-bob Sutga suv qo‘shmoq haqida
- 14-bob Shirinlik (halvo) va asal yeyish haqida
14-bob. Jonlig‘ so‘yish vaqtida takbir aytmoq haqida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita shoxdor, semiz ola qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan qurbon qildilar. Shunda qo‘ylarning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya va takbir aytdilar». 15-bob. Kishi jonligini qurbon qilish uchun (Ka’baga) jo‘naqa, unga hech narsa harom qilinmaydi! Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Masruq Oisha onamizning huzurlariga kelib: «Yo mo‘minlar onasi! Kishi o‘z jonligini qurbon qilish uchun Ka’baga jo‘natadi, o‘zi ersa Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 369 jonligining bo‘yniga uning qurbonlikka atalganini anglatadirgan alomat osib qo‘yishni tayinlab, shaharda (uyida) qoladi. Ushal odam jonligini jo‘natgan kundan to hojilar ehromlarini yechgunlariga qadar ehromda qolib, hojilar qilishi mumkin bo‘lmagan narsalarni qilaveradi», — dedilar. Masruq bunday deydilar: «Men Oisha onamizning parda ortidan (gapimni ma’qullab) chapak chalganlarini eshitdim, so‘ng mo‘minlar onasi: «Men Janob Rasulullohning jonliglari bo‘yniga alomat osib qo‘yish uchun tizimcha (chilvir) yigirib berar erdim, keyin ul zot jonlig‘larini Ka’baga jo‘natar erdilar. Shunda ul zot hojilar qaytgunga qadar xonadonlaridagi erkaklarga halol qilingan narsalardan mahrum qilinmas erdilar»,— dedilar». 16-bob. Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini yeyish va ehtiyot qilib qo‘yish haqida Jobir ibn Abdullhu raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurbon qilingan jonliglar go‘shtini Madinaga (olib ketish uchun) ehtiyotlab qo‘yar erdik». Ibn Xabbob rivoyat qiladilar: «Abu Sa’id uyida yo‘q erdi, qaytib kelgach, oldiga go‘sht keltirib qo‘yishdi. Shunda Abu Sa’id: «Bu qurbon qilingan jonlig‘larimiz go‘shtidanmi? Olib ketingizlar, buni tatib ham ko‘rmayman!» — dedi. Abu Sa’id bunday deydi: «Keyin, men o‘rnimdan turib uydan chiqdim-da, birodarim Qatoda (onamning birodari) huzuriga yo‘l oldim. Ul kishi Badr g‘azoti ishtirokchisi erdilar. Huzurlariga borgach, bo‘lgan gapni aytib berdim. Shunda ul kishi: «Sendan keyin bir ish sodir bo‘lgan erdi»,— dedilar». Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan kimki jonlig‘ Qurbon qilgan bo‘lsa, uchinchi kun tong ottirmasingizdan burun uyingizda undan hech narsa qolmasin!» — dedilar. Kelgusi yili odamlar: «Yo Rasulalloh, bu yil ham o‘tgan yildagidek ish tutamizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yengizlar, yediringizlar va ehtiyot qilib ham qo‘yingizlar! Usha yili odamlar och qolgan bo‘lib, men bir- birlaringizga yordam qilingizlar, deb erdim!»— dedilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtidan tuzlab Janob Rasulullohga (Madinaga) olib borar erdik. Shunda Janob Rasululloh «(Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtidan) uch kundan ortiq yemangizlar!»— dedilar. So‘ng, go‘shtga istamaygina qo‘l uzaqalar-da, undan yegilari keldi. Yana Olloh taolo o‘zi yaxshiroq biladi!». Zuhriy rivoyat qiladilar: «Ibn Azharning mavlosi Abu Ubayd Qurbon hayiti kuni Hazrat Umar al-Xattob birlan birga bo‘lganini aytib bunday degandi: «Hazrat Umar xutbadan avval namoz o‘qidilar, so‘ng odamlarga xutba qilib «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlarni mana shu ikki hayitda ro‘za tutmoqdan qaytardilar. Ammo, ikki hayitdan biri — sizlar og‘iz ochib ro‘zangizni tugatadirgan kundur, boshqasi ersa — sizlar qurbon qilgan jonlig‘laringiz go‘shtidan tanovul qiladirgan kundur!»— deb aytdilar. Keyin, men Usmon ibn Affon birlan Qurbon hayitida birga bo‘ldim, o‘shal kun jum’a kuni bo‘lib, ul kishi xutbadan avval namoz o‘qidilar so‘ng odamlarga xutba qilib: «Ey odamlar, bugun sizlar uchun ikki bayram bir kelgan kundur! Oliy martaba ahlidan kimki jum’ani kutmoqni istasa, kuqin va kimki (uyiga) qaytmoqni istasa, men unga ruxsat berdim!» — deb aytdilar. So‘ng men Hazrat Ali ibn Abu Tolib birlan (ham) Qurbon hayitida birga bo‘ldim. Ul kishi (ham) xutbadan avval namoz o‘qidilar, keyin odamlarga xutba qilib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 370 «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilgan jonlig‘laringiz go‘shtini uch kundan ortiq yemog‘ingizdan qaytardilar!»—deb aytdilar». Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini uch kun yengizlar!» — dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 371 ICHIMLIKLAR HAQIDA KITOB Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, mast qiluvchi ichimliklar, qimor, butlar va qur’a o‘qlari — bular hammasi nopok bo‘lib, shayton ishlaridandur, bas ulardan saqlaningizlar, shoyad najot topsangizlar!» Abdulloh ibn Umar raziyallohu aihu rivoyat qiladilar/«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!»— dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Isro’ kechasi farishtalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ikki qadah keltirdilar, birida (mast qilguvchi) ichimlik va birida sut bor erdi. Janob Rasululloh qadahlarga bir nazar tashladilar-da, sut solingan qadahni oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom «Sizni tabiatga (borliqqa) hadya qilgan Olloh taologa shukr! Agar ichimlik solingan qadahni olganingizda, ummatingiz gumroh bo‘lur erdi!» — dedilar». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shunday bir hadis eshitganmanki, uni mendan bo‘lak hech kim sizlarga aytib bermagay! Janob Rasululloh bunday degan erdilar: «Qiyomatning asosiy belgilari shulki, jaholat kuchayib, ilm (islom ilmi) susayadir, zino birlan ichkilikbozlik kuchayadir, erkaklar kamayib ayollar kupayadir, hattoki ellikta ayol uchun bir erkak to‘g‘ri keladir» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min zino qilmaydi, zino qilayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi. Mo‘min (mast qilguvchi) ichimlik ichmaydi, ichimlik ichayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi. Mo‘min o‘g‘rilik qilmaydi, o‘grilik qilayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi!» — dedilar». 1-bob Uzumdan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlik haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Mast qilguvchi) ichimlik harom qilingan vaqtda Madinada uzumdan qilinadirgan hech qanday (mast qilguvchi) ichimlik yo‘q erdi». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mast qilguvchi ichimlik uning harom erkanligi haqidagi oyat nozil qilingan vaqtda bizga harom qilindi va biz o‘sha vaqtda uzumdan qilinadirgan mast qilguvchi ichimliklarni Madinada juda kam uchratar erdik, mast qilguvchi ichimliklarimiz, asosan, xom va pishgan xurmodan tayyorlanar erdi». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar minbarga chiqib «Ammo ba’d, mast qilguvchi ichimliklarning harom erkanligi haqida oyat nozil bo‘ldi, ular besh narsadan — uzum, xurmo, asal, bugdoy va arpadan tayyorlanadi. Mast qilguvchi ichimlik — aqlni ozdiruvchi narsadur!» — dedilar». 2-bob Mast qilguvchi ichimlikning harom erkanligi haqidagi oyatning nozil bo‘lishi va mast qilguvchi ichimlikning xom va pishgan xurmodan tayyorlanganligi haqida Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 372 Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Ubayda, Abu Talha va Ubay ibn Ka’bga xom va pishgan xurmodan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlikdan quyib berib o‘ltirgan erdim. Nogahon, bir chopar kelib (mast qilguvchi) ichimlikning harom qilinganligini ma’lum qildi. Shunda Abu Talha: «Turgil, ey Anas, uni to‘kib tashla!» — dedilar, men uni to‘kib tashladim» Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men mahallada amakilarimga xom xurmodan tayyorlangan ichimlik quyib berib turgan erdim, (ularning orasida eng kichigi men erdim). Shunda odamlar mast qilguvchi ichimlikning harom qilinganligini aytishib: «Uni to‘kib tashlangizlar!» — deyishdi, biz uni to‘kib tashladik. Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga: «Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi'»—deb aytdim. Anas: «Pishgan va xom xurmodan tayerlangan ichimlik»,— dedi». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Mast qilguvchi) ichimlik harom qilindi, o‘shanda u xom va pishgan xurmodan tayyorlanar erdi». 3-bob Asaldan tayyorlanadirgan (mast qilguvchi) ichimlik haqida Muoz raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Molik ibn Anasdan «fuqqo’» (arpa yoki mevalardan tayyorlanadirgan ichimlik) haqida so‘rab erdim, ul kishi: «Mast qilmasa, zarari yo‘q»,— dedilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «bit» (asaldan tayyorlanadirgan ichimlik) haqida so‘rashdi, bu ichimlikni yamanliklar ichishar erdi. Janob Rasululloh.: «Mast qilguvchi har qanday ichimlik haromdur!»—dedilar». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubbo’ va muzaffatda sharob tayyorlamangizlar!» — dedilar». Abu Hurayra (avvalgi jildlardagi) o‘z rivoyatlarida bunga xintam va naqirni ham qo‘shib aytganlar. 4-bob. Xamrning (musallasning) aqlni ozdiruvchi ichimliklardan erkanligi haqidagi hadislar Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Janob Rasulullohning minbarlariga chiqib bunday deb xutba qildilar: «Xamrning harom qilinganligi xususida oyat nozil bo‘ldi. Xamr besh narsadan — uzum, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanib, u aqlni ozdirguvchi ichimlikdur. Men sizlarga yana uch narsani aytmoqni istayman: «Janob Rasululloh aka-uka va ularning farzandlari o‘rtasidagi oqibaqizlik hamda sudxo‘rlik borasida nozil bo‘lgan oyatlar hukmlarini bizlarga tushuntirib berib, so‘ng dunyodan ko‘z yumdilar». Sha’biy rivoyat qiladilar: «Ey Abu Umar! Gurunchdan ham biror ichimlik tayyorlanar erdimi?» — dedim. Ul kishi: «Bunday ichimlik Janob Rasulullohning (yoki Hazrat Umarning) davrlarida sira ham bo‘lmagan»,— dedilar». Abu Hayyon: «Uzum o‘rniga mayiz(dan foydalanilar) erdi»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 373 Ibn Umar Hazrat Umardan nakl qilib: «Xamr besh narsadan — mayiz, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanar erdi»,— deydilar 5-bob. Xamrni (mast qilguvchi ichimlikni) halol deb hisoblab, uni boshqa nom birlan atovchilar haqidagi hadis Abu Omir (yoki Abu Molik) al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Mening ummatim orasidan chinni idish, harir kiyim, xamr (mast qilguvchi ichimlik) va ayshu ishratni halol deb bilguvchi qavmlar chiqadi va (bir kuni o‘shal) qavmlar bir tog‘ etagiga kelib manzil tutishadi. Kechki payt (bir odam) ular uchun bir cho‘pon ayolni boshlab keladi, u bir zarurat birlan ularning oldiga kelgan bo‘ladi. Ular (ayolni olib qolib), unga: «(Sen hozir ketaver), oldimizga ertaga qaytib kelarsan!»—deb aytishadi. Shunda Olloh taolo ularni uyquga ketkazib, (ustlariga) tog‘ni qulatadi va (omon) qolganlarini qiyomatga qadar maymunu to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘yadi». 6-bob Xum hamda tosh, mis va yog‘och idishlarga mevalarni solib ezib suvini chiqarib qo‘ymoq haqida Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy kelib Janob Rasulullohni o‘z nikoh to‘yiga taklif qildi. To‘yda kelin bo‘lmish (uning xotini) shaxsan o‘zi mehmonlarga xizmat qildi. Bir kishi: «Bilasizlarmi, kelin Janob Rasulullohga nima quyib berdi? U tunda bir qancha xurmolarni tavrga (tosh, mis yoki yogoch idishga) solib ezib suvini chiqarib qo‘ygan erdi, ana o‘shani quyib berdi»,— dedi» 7-bob Janob Rasulullohning xum va meshlardan foydalanmoqdan qaytarib, so‘ng (yana) unga ruxsat berganlari haqida Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshdan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda ansorlar «Bizning undan foyda-lanmaslikka hech ilojimiz yo‘q, u bizga juda zarur!» — deyishdi. Janob Rasululloh «Ichimlik tayyorlashdan bo‘lak maqsadlarda foydalansangizlar, mayli! — dedilar» Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshdan foydalanmoqdan qaytarganlarida, ul zotga «Hamma ham meshkobchini uchratavermaydi!»—deyishdi. Shunda ul zot chinni ko‘zadan foydalanmoqqa ruxsat berib, mumlangan idishdan foydalanmoqqa ijozat bermadilar». Hazrat Ali «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qovoqdan yasalgan va mumlangan idishlardan foydalanmoqdan qaytardilar»,— deydilar. Ibrohim rivoyat qiladilar: « Men Asvadga «Sen mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anhodan qanday idishlarda sharob tayyorlashdan qaytarilgani haqida so‘radingmi?» — dedim. U: «Ha, so‘radim. Men mo‘minlar onasiga: «Janob Rasululloh qanday idishlarda sharob tayyorlashdan qaytardilar?»—deb aytdim. Mo‘minlar onasi: «Janob Rasululloh bizni, ya’ni barcha xonadon a’zolarini qovoq va mumlangan idishlarda sharob tayyorlamoqdan qaytardilar»—dedilar»,— dedi. Men unga «Ammo, chinni va ko‘k ko‘zalar xususida aytmading-ku!» — dedim. U «Nimaiki eshitgan bo‘lsam, senga aytib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 374 berdim, endi eshitmagan narsam xususida ham aytib beraiinmi?!» — dedi» Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘k ko‘zadan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda men «Oq chinni ko‘zada ichsak bo‘lurmi?»—dedim. Ul zot «Yo‘q!» — dedilar (Ko‘za xoh oq va xoh ko‘k bo‘lsin, undagi meva suvi achib, mast qiladirgan bo‘lib qolgan bo‘lsa, ichish mumkin ermas!)» 8-bob. Mast qilmaydirgan xurmo suvi haqida Bu yerda 6-bobdagi hadis takroran keltirilgan. 9-bob. Boziq to‘g‘risida va har qanday mast qilguvchi ichimliklardan qaytargan kishi haqida Hazrat Umar, Abu Ubayda va Maoz tiloni (biroz qaynagach, uchdan biri buglanib ketgan uzum suvini) ichsa bo‘ladi, deb xisoblaganlar. Barro va Abu Juhayfa qaynab yarmi buglanib ketgan uzum suvini ichishgan. Ibn Abbos «Uzum (meva) suvini muzdakligida ichgil!»—deydilar. Hazrat Umar «Men gaplashayotib Ubaydullohdan sharob hidi kelayotganini sezdim. Agar mast bo‘lib qolganida darra urgan bo‘lur erdim!» —deydilar. Abu al-Juvayriyya rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosdan boziq (qaynatilgan uzum suvi) haqida so‘radim. Ul kishi «Janob Rasululloh boziq haqida o‘z hukmlarini aytib ketganlar, nimaiki mast qilsa, u haromdur!» — dedilar». Shunda Abu al-Juvayriyya «Uzum suvi halol va pokizadur!» — debdilar. Ibn Abbos: Halol bo‘lgandan keyin, «pokiza» deyish ortiqcha, zero harom — o‘z-o‘zidan ma’lumki, nopokdur!»—deb aytibdilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yaxshi ko‘rur erdilar». 10-bob. Agar mast qiladirgan bo‘lsa, xom xurmolarni pishgan xurmolarga yoki (mevalardan tayyorlangan) ikki xil nonxurushni bir-biriga qo‘shmaslik lozim, deb hisoblagan kishi xususida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Talha, Abu Dajjona va Suhayl ibn al- Bayzoga xom va pishgan xurmolar omuxtasidan quyib berayotgan erdim. Shu asnoda xamr (mast qilguvchi ichimlik) harom qilinganligi haqida xabar kelib qoldi. Shunda men ularning eng kichigi bo‘lishimga qaramay, uni uloqtirib yubordim. Biz o‘sha vaqtlarda xom va pishgan xurmolar omuxtasini «xamr» deb hisoblar erdik». Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayizdan hamda quritilgan, xom va yangi uzilgan xurmolardan (sharob tayyorlamoqdan) qaytardilar». Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quritilgan xurmo birlan endigina rang kirgan xurmoni hamda quritilgan xurmo birlan mayizni bir-biriga qo‘shmoqdan qaytarganlar. Bularning har biridan alohida sharbat tayyorlanadi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 375 11-bob. Sut ichmoq haqida Olloh taoloning qavli: «(Oshqozon) axlati va qon ichidan ichuvchilar uchun musaffo xushta’m sut (hosil qilgaymiz)» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Isro’ kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qadah sut va bir qadah xamr (mast qilguvchi ichimlik) keltirildi». Ummulfazl rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutgan yoki tutmaganlaridan shubha qilishdi. Shunda men ul zotga bir idishda sut yubordim, ichdilar». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Abu Humayd Naqi’ degan yerdan Janob Rasulullohga bir qadah (idish) sut keltirdi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Bir cho‘p birlan bo‘lsa ham, ustini yopib olib kelmadingmi?!» — dedilar». Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr birlan birga Makkadan keldilar. Abu Bakr bunday deydilar: «Biz (kelayotib) bir podachining yonidan o‘tib qoldik, Janob Rasululloh chanqab qolgan erdilar. Men bir idishga sut sog‘ib qonib ichdim. Shu payt Suroqa ibn Ja’sam oldimizga ot minib kelib qoldi. Janob Rasululloh (otni kechikib olib kelgani uchun) uni duoi bad qildilar. Shunda Suroqa: «Meni duoi bad qilmangiz, qarg‘ishingizni qaytarib olingiz!» — deb Janob Rasulullohga yolvorib erdi, ul zot shunday qildilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng yaxshi sadaqa — sersut sog‘in tuya bo‘lib, u atoi xudodur, sersut qo‘y ham atoi xudodur, u yoqqa borsang ham, bu yoqqa borsang ham, (sut to‘la) idishing o‘zing birlan!» — dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sut ichgach, (suv birlan) og‘izlarini chayqab tashladilar-da: «Sutda yog‘ bor»,— dedilar (ya’ni, tahoratli kishi tarkibida yog‘ bor biror ichimlik yoki taom iste’mol qilgach, og‘zini suv birlan chayqab tashlab, so‘ng namoz o‘qishi lozim)». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men (osmondagi) Sidrat al-Muntaho degan joyga ko‘tarildim, qarasam ul yerda to‘rt daryo mavjud erkan. Ikkitasi — ko‘zga zohir va ikkitasi — ko‘zdan pinhon. Ko‘zga zohiri — Nil birlan Furot bo‘lib, ko‘zdan pinhoni (Salsabil va Kavsar) jannatda erkan. Ul yerdan menga uchta qadah keltirildi, birida sut, birida asal va yana birida xamr (mast qilguvchi ichimlik). Men sut quyilgan qadahni olib, sutni ichdim. Shunda menga: «Sen va sening ummating islom va hidoyat ramzi bo‘lmish qadahni topdingiz!» — deyildi». Hishom, Sa’id va Hamom Qatodadan, ul kishi ersalar Anas ibn Molikdan, ul kishi ersalar Molik ibn Sa’sa’adan naql qilgan rivoyatda: «Uchta qadah» xususida eslatib o‘tilmagan. 12-bob. Chuchuk (totli) suv ichib lazzatlanmoq haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Madina ansorlari ichida eng xurmozori ko‘p kishi erdi. U xurmozorlaridan ko‘proq «Bayruhoni» yaxshi ko‘rar erdi. «Bayruho» masjid Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 376 qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh kirib ul yerdagi chuchuk (totli) suvdan ichib turar erdilar. Olloh taoloning «Uzingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan nafaqa (ehson) qilmaguningizga qadar taqvoga erishmaysizlar!» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Olloh taolo: «Uzingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan nafaqa qilmaguningizga qadar taqvoga erishmaysizlar!»—deydi. Mening eng yaxshi ko‘rgan molim ersa «Bayruho»dur, o‘sha molim Olloh taolo yo‘lida sadaqa bo‘la qolsin! Men uning tag-tugi birlan Olloh taolo yo‘lida sadaqa bo‘lmog‘ini istayman. Yo Rasulalloh, uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan joyga sarf qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bayruho ajoyib (bozori chaqqon) mulkdur. Men sening ne deganingni eshitdim. yaxshisi uni qarindosh-laringga ehson qila qolgil!»—dedilar. Abu Talha: «Shunday qilgum, yo Rasulalloh!» — dedi-da, uni o‘z tug‘ishganlari birlan amakisining farzandlariga bo‘lib berdi». 13-bob Sutga suv qo‘shmoq haqida Zuhriy rivoyat qiladilarki, Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sut ichganlarini ko‘ribdilar. Ushanda Janob Rasululloh uning uyiga borgan erkanlar. Uyidagilar bir sovliqni sog‘ib sutga quduq suvidan qo‘shishibdi-da Janob Rasulullohga uzatishibdi, ul zot qadahni olib ichibdilar. Shunda chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq, o‘ng yonlarida ersa bir badaviy turgan erkan, sutning qolganini o‘sha badaviyga beribdilar. So‘ng: «(Avval) o‘ng(dagi), so‘ng yana o‘ng (dagi odamga uzatish lozim)!» — debdilar. Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining uyiga kirdilar-da, unga «Agar bu kecha meshda saqlagan (tindirilgan) suving bo‘lganida erdi! Bulmasa hovuzdan ham ichib ketavera-miz»,— dedilar. Shunda xonadon egasi bog‘ini sug‘orib turgan erdi, Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, menda tindirilgan suv bor chorpoyaga chiqaveringiz!»— dedi. So‘ng, o‘zi ham ular birlan chorpoyaga chiqib, (meshdan) qadahda suv oldi-da, unga sut qushdi. Janob Rasululloh uni olib ichdilar, keyin ul zot birlan birga kelgan kishi ham ichdi» 14-bob Shirinlik (halvo) va asal yeyish haqida Zuhriy bunday deydilar: «Inson peshobini ichish qat’iyan man’ qilinadi chunki u nopokdur! Olloh taolo «Sizlar uchun pokiza ne’matlar halol qilindi»,— deydi» Ibn Mas’ud ichkilikbozlik xususida bunday deydilar: «Olloh taolo o‘zingizga harom qilingan narsalarni iste’mol qilishingiz oqibatida sodir bo‘ladirgan dardlardan sizlarni xalos qiladirgan davoni yaratmadi» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yoqtirar erdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling