Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-bob. Xonaki eshaklar go‘shti haqida
- 28-bob. Qoziq tishli barcha hayvonlar go‘shtini yemaslik lozimligi haqida
- 32-bob. Kaltakesak haqida
- 33-bob. Quyuq (qotgan) yoqqa sichqon tushib qolsa
- 34-bob. Molning yuziga tamg‘a bosmoqlik va belgi qo‘ymoqlik xususida
- 35-bob. (Chorvani) qavm o‘lja olgan bo‘lsa-yu, qavmning ba’zi kishilari o‘rtoqlarining buyrug‘isiz biror qo‘yni yoki tuyani so‘ysa, yeyilmaydi!
- 36-bob. Agar qavmning tuyasi qochib keqa-yu, qavmdoshlardan biri o‘z qavmiga yaxshilik qilmoq niyatida nayza otib uni o‘ldirsa, joizdur!
- 2-bob. Imomning qurbonlik uchun odamlarga jonlig‘larni taqsimlab bermog‘i haqida
- 3-bob. Musofir va ayollar nomidan jonlig‘ qurbon qilmoq xususida
- 4-bob. Nahr kuni ishtaha birlan go‘sht yeyilmog‘i haqida
- 5-bob «Bugun jonlig‘ qurbonqiladirgan kundur!» — deb aytgan kishi haqida
- 6-bob Musalloda (namoz o‘qiydirgan joyda) jonlig‘ qurbon qilmoq haqida
- 7-bob. Janob Rasulullohning ikki shoxdor semiz qo‘chqorni qurbon qilganlari haqida
- 8-bob. Janob Rasulullohning Abu Burdaga: «Ushal echkingni qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» — deb aytganlari haqida
- 9-bob. O’z qo‘li birlan qurbonlikka atalgan jonlig‘larni so‘ygan kishi haqida
- 10-bob. Uzganing qurbonlikka atalgan jonlig‘ini so‘ygan kishi haqida
- 11-bob. Jonlig‘ni namozdan so‘ng so‘ymoq lozim!
- 12-bob. Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘yadi!
- 13-bob. Jonlig‘ning biqiniga oyoq qo‘ymoq haqida
26-bob. Ot go‘shti haqida Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida ot so‘yib, go‘shtini yedik». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni eshak go‘shti yemoqdan qaytarib, ot go‘shti yemoqqa ijozat berdilar». 27-bob. Xonaki eshaklar go‘shti haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni xonaki zshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar». Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar» Hazrat Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam Xaybar g‘azoti kuni muvaqqat (siyg‘a) nikohni bekor qilib, xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni eshaklar go‘shtini yemokdan qaytarib, ot go‘shtini yemoqqa ruxsat berdilar». Ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar». Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 362 go‘shtini harom, deb aytdilar». Zuhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoziq tishli barcha hayvonlar (sher, bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, fil, maymun va boshqalar) go‘shtini yemoqdan qaytardilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga bir kishi kelib: «Eshak go‘shti yedim»,— dedi, keyin yana bir kishi kelib: «Eshakni halok qildim (so‘ydim)»,— dedi. Shunda ul zot jarchiga buyurdilar, u odamlarga: «Darhaqiqat, Olloh taolo va uning rasuli sizlarni xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytarur, chunki eshak go‘shti iflosdur!» — deb e’lon qildi. Keyin, ichida eshak go‘shti qaynab turgan qozonlar ag‘darib tashlandi». Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Amr bunday dedi: «Men Jobir ibn Zaydga: «Odamlarning ta’kidlashicha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytargan emishlar»,— deb aytdim. Jobir: «Hakam ibn Amr Basrada bizga shunday deb yurgan erdi, ammo bu gapni Bahr ibn Abbos tasdiqlamadi-da, «Menga nozil qilingan vahiyda ta’qiq topmadim, deb aytgil!» deb qiroat qildi». 28-bob. Qoziq tishli barcha hayvonlar go‘shtini yemaslik lozimligi haqida Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday qoziq tishli hayvon go‘shtini yemoqdan qaytardilar». 29-bob. O’limtik (harom o‘lgan) hayvonlar terisi xususida Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir harom o‘lgan qo‘y yonidan o‘tib ketayotib: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» — dedilar. «U harom o‘lgan-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uning go‘shtini yemoqlik harom qilin-gan!» — dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir harom o‘lgan echki yonidan o‘tib ketayotib: «Buning egalariga ne bo‘lgan o‘zi, terisidan foydalanishsa, bo‘lmaydimi?!»—dedilar». 30-bob. Mushk haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yo‘lida jarohatlangan kishi qiyomat kuni jarohatidan qon oqib turgan holda (mahsharga) keladi. Rangi — qon rangi, hidi — mushk hidi bo‘ladir!» — dedilar». Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Solih suhbatdosh birlan yomon suhbatdosh mushk tashuvchi kishi birlan o‘tda toblanayotgan temirga dam uruvchi kishiga o‘xshaydi. Mushk tashuvchi yo o‘zi senga mushkidan tuhfa qiladi yoki sen o‘zing uning mushkidan xarid qilasan yohud undan kelayotgan mushk hididan bahra olasan, temirga dam uruvchi kishi ersa yo kiyimingni kuydiradi yoki sen undan kelayotgan qo‘lansa hidni hidlaysan!» — dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 363 31-bob. Quyon haqida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni cho‘chitib yubordik. Qavm uni quva-quva charchadi. Keyin, men uni tutib Abu Talhaning oldiga olib bordim. Ul kishi uni so‘yib, ikki qo‘lini (yoki ikki sonini) Janob Rasulullohga yuborib erdi, oldilar». 32-bob. Kaltakesak haqida Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kaltakesak haqida: «Men uni yemayman ham, harom demayman ham!» — dedilar». Abdulloh; ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolid ibn Valid Janob Rasululloh birlan birga Maymunaning uyiga kirdi. Shunda ul zotning oldilariga qovurilgan kaltakesaklarni keltirib qo‘yishdi. Ul zot yeyman deb qo‘l uzatganlarida xotinlardan biri. «Nimani yemoqchi bo‘lganlarini ul zotga aytingizlar!» — dedi. Xotinlar: «Bu kaltakesakdur, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh qo‘llarini tortdilar. Xolid bunday deydilar: «Men: «Kaltakesak harommi yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Yo‘q, lekin yer yuzida kaltakesakdan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim yo‘qdur, men ham undan jirkanaman!» — dedilar. Keyin, men ul zotning ko‘z oldilarida kaltakesakdan olib chaynab-chaynab yedim». 33-bob. Quyuq (qotgan) yoqqa sichqon tushib qolsa? Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yoqqa sichqon tushib o‘lib qoldi. Keyin, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘raldi. Ul zot: «Sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaveringizlar!» — dedilar». Yunus raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qotgan yoki quyuq yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqon va boshqa jonivorlar xususida suhbatlashildi. Shunda Zuhriy bunday deb aytdi. «Bizga xabar qilishdiki, Janob Rasululloh yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaverish mumkinligini aytibdilar». 34-bob. Molning yuziga tamg‘a bosmoqlik va belgi qo‘ymoqlik xususida Ibn Umar molning yuziga belgi qo‘ymoqlikni rad etib: «Janob Rasululloh molning yuziga tamga bosmoqdan qaytarganlar»,— deydilar. Xanzala: «Molning yuziga tamga bosiladi»,—deydilar. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ukam birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, ukamning tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ysinlar, degan erdim. Qarasam, ul zot o‘z qo‘ralarida bir qo‘yni tamg‘alayotirlar». Xishom ibn Zayd: «Menimcha, Anas: «Qo‘yning quloqlarini tamg‘alayotirlar» —deb aytgandi»,— deydilar (demak, molning yuzidan bo‘lak yeriga tamg‘a bosish yoki belgi qo‘yish mumkin). 35-bob. (Chorvani) qavm o‘lja olgan bo‘lsa-yu, qavmning ba’zi kishilari o‘rtoqlarining buyrug‘isiz biror qo‘yni yoki tuyani so‘ysa, yeyilmaydi! Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 364 Tovus va Ikrima o‘gri so‘ygan jonlig haqida: «Uni tashlab (otib) yuboringizlar!» — deydilar. Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Biz ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, ammo pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning ismi zikr qilinib qoni oqizilgan jonlig‘ni yeyaveringizlar, suyak va tirnoq (birlan qon oqizilgan) bo‘lmasa, bo‘ldi! Habash tilida «sinn» — «suyak» va «zufr» — «pichoq»dur»,— dedilar. Keyin, odamlar oldinga ilgarilab ketishdi-da, bir necha qo‘yni so‘yib qozonlarga solishdi. Janob Rasululloh odamlarning ortida kelayotgan erdilar, ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar. So‘ng, ularga o‘nta qo‘y va o‘nta qo‘y hisobida bitta tuya taqsim qildilar. Shunda boyagi tuya qochib ketdi. Quvib yetishga ot bo‘lmagani uchun bir kishi nayza otib uni o‘ldirdi. Janob Rasululloh: «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, ulardan qaysi biri sizga shu qiliqni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar». 36-bob. Agar qavmning tuyasi qochib keqa-yu, qavmdoshlardan biri o‘z qavmiga yaxshilik qilmoq niyatida nayza otib uni o‘ldirsa, joizdur! Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 37-bob. Nochor ahvolda qolgan kishining yeguligi haqida Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar! Yengizlar biz sizlarga ato qilgan halol rizqlardan va Olloh taologa shukr qilingizlar, agar ungagina ibodat qilsangizlar! Haqiqat shulki, Olloh taolo harom qilgandur sizlarga harom o‘lgan jonivorni va qonni va to‘ng‘iz go‘shtini va Olloh taolodan boshqaning nomini aytib so‘yilgan jonivorni, bas kimiki nofarmon bo‘lmay va haddidan oshmay, nochor (yuqoridagi harom qilingan narsalardan yesa), unga hech gunoh bo‘lmas. Olloh taolo albatta mag‘firat va rahmat sohibidur!» Olloh taoloning qavli: «Bas, yengizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taoloning nomi zikr qilinibdur, agar uning oyatlariga iymonlaringiz bo‘lsa! Va sizlarga nima bo‘libdurki, yemassizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taolo nomi zikr qilinibdur? Holbuki batafsil bayon qilibdur sizlarga ul narsaniki uni sizlarga harom qilibdur vale yesangizlar bo‘lur ul narsaniki unga sizlar nochordursizlar va darxaqiqat ko‘p kishilar ilmsiz o‘z xayolotlari ila boshqani ozdirib yururlar, darhaqiqat sizning parvardigoringiz haddan oshguvchilarni yaxshi bilur!» Olloh taoloning qavli: «Siz dengki, «Men o‘zimga vahiy qilingan hukmlar orasidan harom o‘lgan jonivor yo oqib turgan qon yo to‘ng‘iz go‘shtidan bo‘lak yeguvchi uchun harom qilingan bir taomni topa olmayman, chunki ul albatta nopokdur yo ul Olloh taolodan boshqaning nomi zikr qilinib, nojoiz so‘yilgan jonivordur», endi kimiki nochor qolsa-yu, (yuqorida harom qilingan narsalardan) lazzatga berilmay va haddan oshmay iste’mol qilsa, albatta sizning parvardigoringiz mag‘firat va rahmat sohibidur!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 365 QURBON QILINADIRGAN JONLIG’LAR HAQIDA KITOB 1-bob. (Qurbon hayiti kuni) jonlig‘ qurbon qilmoqning sunnati haqida Ibn Umar: «Jonlig qurbon qilmoqlik sunnat va urfdur»,— deydilar. Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam. «Bugungi kunimizda bizning eng avvalo qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng (namozdan) qaytib jonlig qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur va kimki (namozdan) ilgari (jonlig) so‘ysa, bola-chaqasi uchun go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qilgan qurbonligining hech qanday savobi yo‘qdur!»—dedilar. Shunda namozdan ilgari jonligini so‘yib qo‘ygan Abu Burda o‘rnidan turib: «Mening bir yosh echkim bor (o‘rniga o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?)»—dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo sendan keyin boshqa biror kishiga bu joiz ermas!» — dedilar». Omir Barrodan nakl qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozdan keyin jonlig so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida qurbonlik qilib, musulmonlar zimmasidagi sunnatni ado etgan bo‘lur!» — dedilar». 2-bob. Imomning qurbonlik uchun odamlarga jonlig‘larni taqsimlab bermog‘i haqida Ba’ja al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilmoq uchun o‘z sahobalariga jonliglarni taqsimlab berdilar, shunda Uqbaga bir echkicha tegdi. Uqba «Yo Rasulalloh, menga echkicha tegdi-ku?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Shuni qurbon qilgil!» — dedilar» 3-bob. Musofir va ayollar nomidan jonlig‘ qurbon qilmoq xususida Abdurrahmon ibn al-Qosim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdilar. Ul muhtarama Makkaga yetib bormay turib Saraf degan yerda hayz ko‘rib qolganlari boysidan yiglab o‘ltirgan erdilar. Janob Rasululloh «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?»— dedilar. Oisha onamiz: «Ha»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hojilar ado etmogi lozim bo‘lgan barcha marosimlarni o‘tayver, faqat Baytullohni tavof qilmagil!»—dedilar. Keyin, biz Minoda erkanligimizda mol go‘shti keltirishdi. Men «Bu qanday go‘sht?» — dedim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigir qurbon qildilar»,— deyishdi». 4-bob. Nahr kuni ishtaha birlan go‘sht yeyilmog‘i haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni «Kimki (hayit) namozidan oldin jonlig so‘ygan bo‘lsa, (namozdan so‘ng) boshqa jonlig qurbon qilsin!» — dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, bu kun — ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, qo‘shnilari haqida gapirdi, so‘ng «Menda bir echkicha bor, u ikkita qo‘yning go‘shtidan yaxshiroqdur!»—dedi. Janob Rasululloh o‘sha echkichani qurbon qilmoqqa unga ijozat berdilar, ammo (echki qurbon qilmoq xususidagi) ruxsat undan boshqalarga ham tegishli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 366 Keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita qo‘chqor so‘ydilar. Odamlar ularning go‘shtini o‘zaro bo‘lishib olishdi». 5-bob «Bugun jonlig‘ qurbonqiladirgan kundur!» — deb aytgan kishi haqida Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Zamon Olloh taolo osmonlar birlan yerni yaratgan kundagidek (hech bir o‘zgarishsiz yana) bir davra aylandi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, ulardan to‘rttasi muqaddasdur. To‘rttadan uchtasi—Zulqa’da, Zulhijja, Muharram ketmaket keladi, turtinchisi ersa Rajab (Muzar) oyi bo‘lib, Jumodassoniy birlan Sha’bon oylari oralig‘idadur. (Aytingizlarchi), hozir qaysi oy?» Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!» — dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, shunda biz bu oyning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh: «Bu oy Zulhijja oyi ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,— dedik. Janob Rasululloh: «Bu qaysi shahar?»— dedilar. Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu shaharning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Bu al-Balda (Makka) ermas-mi?»—dedilar. Biz «Ha», — dedik. Janob Rasululloh «Bugun qanday kun?»— dedilar. Biz: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Nahr kuni ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. (Keyin), Janob Rasululloh (bizga) bunday deb aytdilar: «Qoningiz, mol-dunengiz, obro‘yingiz mana shul shahringizdagi kuningiz va oyingiz hurmati kabi bir-biringizga muqaddasdur! Oxiratda parvardigoringizga ro‘baro‘ bo‘lganingizda sizlardan qilgan amallaringiz xususida so‘ragaydur. Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar! (Mening bu vasiyatimni) eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsin, chunki ba’zi bir birovdan eshitganlar ul qulog‘i birlan eshitganlardan ko‘ra zehnliroq bo‘lur!» (Roviy) Muhammad Janob Rasulullohning o‘shal kungi vasiyatlari xususida eslaganda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dillaridagi bor gapni) ro‘y-rost aytib, so‘ng «Tushuntira oldimmi? Tushuntira oldimmi?» — dedilar»,— der erdilar. 6-bob Musalloda (namoz o‘qiydirgan joyda) jonlig‘ qurbon qilmoq haqida Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjiddagi) musalloda (ham) jonlig‘ (tuya qo‘y mol va boshqalar) qurbon qilur erdilar». 7-bob. Janob Rasulullohning ikki shoxdor semiz qo‘chqorni qurbon qilganlari haqida Abu Umoma ibn Sahl rivoyat qiladilar: «Biz Madinada qurbonlikka atalgan jonlig‘larni boqib semirtirar erdik, barcha musulmonlar ham shunday qilishar erdi». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘chqor va men ikki qo‘chqor qurbon qilur erdik». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki shoxdor ola qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan so‘ydilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 367 Abulxayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uqba ibn Omirga bir qancha jonlig‘ berib, ularni qurbon qilmoq uchun sahobalariga taqsimlashni topshirdilar. Shunda Uqbaning o‘ziga bir echkicha qoldi. U bu hakda ul zotga aytib erdi: «Sen o‘shani qurbon qila qolgil!» — dedilar». 8-bob. Janob Rasulullohning Abu Burdaga: «Ushal echkingni qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» — deb aytganlari haqida Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Burda ismli tog‘am jonlig‘larini (hayit) namozidan burun so‘yib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Qo‘yingni (bola-chaqangga) go‘sht tayyorlab bermoq uchun so‘yibsan!» — dedilar. Tog‘am: «Yo Rasulalloh, mening yana bir echkicham bor, (o‘shani qurbon qilsam bo‘lurmi?)»—dedilar. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan bo‘lak odamga durust ermas!»—dedilar. So‘ng, ul zot yana bunday deb gaplarida davom etdilar: «Kimki namozdan ilgari so‘ygan bo‘lsa, o‘zi uchun so‘yibdur, kimki namozdan so‘ng so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida jonlig‘ qurbon qilib, musulmonlar zimmasidagi sunnatni ado etibdur!». Barro rivoyat qiladilar: «Abu Burda jonlig‘ini namozdan burun so‘yib qo‘ydi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Urniga boshqa jonlig‘ so‘ygil!» — dedilar. Abu Burda: «Menda bir yosh echkichadan bo‘lak jonlig‘ yo‘q»,— dedi. (Sha’biy: «Menimcha, o‘shanda Abu Burda: «Echkicham katta qo‘ydan ham yaxshiroq» — deb aytgandi»,— deydilar). Janob Rasululloh: «Mayli, o‘rniga o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz ermas!» — dedilar». 9-bob. O’z qo‘li birlan qurbonlikka atalgan jonlig‘larni so‘ygan kishi haqida Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ola qo‘chqorni qurbon qildilar. Shunda men ul zotning ikkala qo‘yning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya va takbir aytganlarini, so‘ng o‘z qo‘llari birlan ularni so‘yganlarini ko‘rdim»,— deydilar. 10-bob. Uzganing qurbonlikka atalgan jonlig‘ini so‘ygan kishi haqida Bir kishi Ibn Umarga qurbonlikka atalgan jonlig‘larini so‘yishda ko‘maklashdi. Abu Muso qizlariga o‘z qo‘llari birlan jonlig‘ qurbon qilmoqni buyurdilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Saraf degan yerda huzurimga kirganlarida men yig‘lab o‘ltirgan erdim. Shunda ul zot: «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hoji ado etmog‘i lozim bo‘lgan barcha marosimlarni bajargil, lekin Baytullohni tavof qilma!» — dedilar. Keyin, ul zot o‘z xotinlari nomidan bir sigirni qurbon qildilar». 11-bob. Jonlig‘ni namozdan so‘ng so‘ymoq lozim! Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning va’z aytayotib bunday deganlarini eshitdim: «Bugungi kunimizda bizning birinchi bo‘lib qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng qaytib jonlig‘ qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, sunnatimizni ado etgan bo‘lur, aks holda u o‘z bola-chaqasiga go‘sht tayyorlab Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 368 bergan bo‘lib, qilgan kurbonligidan hech bir savob tegmas!». Shunda Abu Burda: «Yo Rasulalloh, men namoz o‘qimasimdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘ydim, ammo menda yana bir echkicha bo‘lib, u katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur!» — dedi. Janob Rasululloh: «Urniga o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» — dedilar». 12-bob. Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘yadi! Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘ysin!» — dedilar. Shunda bir kishi: «Bugun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, kambag‘al qo‘shnilari haqida gapirdi. Ushanda Janob Rasululloh uni ma’zur tutgan erdilar. U: «Menda yana bir echkicha bor, u ikki qo‘ydan ham afzalroqqur!» — degan erdi. Janob Rasululloh unga o‘sha echkichasini qurbon qilmoqqa ruxsat bergan erdilar, ammo bu ruxsat boshqalarga ham taalluqli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. Keyin, Janob Rasululloh ikki qo‘chqorni so‘ydilar, shundan so‘ng odamlar ham o‘z jonlig‘larini so‘yishdi». Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Men nahr kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim. Ul zot: «Kimki namoz o‘qimasidan burun jonlig‘ so‘ygan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini so‘ysin, kimki hali so‘ymagan bo‘lsa, endi so‘yaversin!» — dedilar». Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni: «Kimki bizning qiblamizga yuzini qaratib bizning namozimizni o‘qigan bo‘lsa, namozdan uyiga qaytguniga qadar jonlig‘ so‘ymasin!» — dedilar. Shunda Abu Burda o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, men namozdan burun so‘yib qo‘yibman?» — dedi. Janob Rasululloh: «Shoshqaloqlik qilibsan-da!» — dedilar. Abu Burda: «Menda yana bir echkicha bor, u ikkita katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur, o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz ermasdur!» — dedilar». 13-bob. Jonlig‘ning biqiniga oyoq qo‘ymoq haqida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita shoxdor, semiz ola qo‘chqorni biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib o‘z qo‘llari birlan qurbon qilgan erdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling