Abu abdulloh
-bob. Go‘shtni pichoq birlan kesmoq haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam taomga nah urmas erdilar!
- 22-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalari nima eyishar erdi
- 23-bob. Sutli xo‘rda haqida
- 24-bob, Sarid (non burdalari yoki qovoq solib tayyorlanadirgan sutli xo‘rda) haqida
- 26-bob. Ajdodlarning o‘z uylari va safarlari uchun taom, go‘sht va boshqa yeguliklar g‘amlab qo‘yganlari haqida
- 27-bob. Hays (xurmoga yog‘ va pishloq qo‘shib tayyorlanadirgan taom) haqida
- 28-bob Kumush idishda ovqat yemoq xususida
- 29-bob. Din ilmi xususidagi yig‘inda taom haqida so‘zlash (makruh ermas!)
- 30-bob. Xurush (ishtahani ochuvchi vositalar) haqida
- 32-bob. Qovoq (kadi) haqida
- 33-bob. Kishi o‘z birodarlari uchun taom tayyorlab takalluf ko‘rsatadi
- 34-bob. Bir kishini taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketgan shaxs haqida
- 35-bob. Suyuq ovqat (maraq) haqida
- 36-bob. Sur go‘sht haqida
- 37-bob. Do‘stining (o‘rtog‘ining) oldidagi xontaxtaga biror yegulik keltirib qo‘ygan kishi haqida
- 38-bob. Yangi uzilgan xurmoni bodring (tarrak) birlan yemoq haqida
- 40-bob. Yangi uzilgan xurmo va xurmo qoqisi haqida Olloh taoloning qavli: «Va qimirlat (silkit) xurmo daraxtini o‘z tarafinggaki
- 41-bob. Jummor (xurmoning ezilib pishgan joyi) yemoq haqida
- 42-bob. Ajva (eng oliy nav xurmo daraxti) haqida
- 43-bob. Xurmoni juftlab yemoq haqida
- 45-bob. Xurmo daraxtining barakasi haqida
- 47-bob. Mehmonlarni o‘nta-o‘ntadan qilib uyga kiritgan kishi hamda o‘nta- o‘nta bo‘lib ovqatlanmoq xususida
19-bob. Go‘shtni pichoq birlan kesmoq haqida Amr ibn Umayya rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘yning yelkasidan qo‘lini kesib olayotganlarini ko‘rdim. Shunda namozga azon aytilib qoldi, ul zot qo‘yning qo‘li birlan pichoqni qo‘yib, o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratni yangilamay namoz o‘qidilar». 20-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam taomga nah urmas erdilar! Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taomga nah urmas erdilar, ishtahalari bo‘lsa, yer erdilar, ishtahalari bo‘lmasa, yemas erdilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 339 21-bob. Arpa (unini) puflamoq (sovurmoq) haqida Abu Xozim rivoyat qiladilar: «Men Sahldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida (elangan) oq undan yopilgan nonni ko‘rganmisizlar?» — deb so‘radim. U: «Yo‘q»,— dedi. Men: «Arpa (unini) elar erdingizlarmi?»—dedim. U: «Yo‘q, ammo uni puflar (sovurar) erdik»,— dedi». 22-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalari nima eyishar erdi? Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga xurmo taqsim qildilar. Har bir sahobaga yettitadan xurmo berdilar, menga ham yettita xurmo berdilar. Ulardan biri yomonroq erdi. Xullas, ularning ichida menga yoqadirgani bo‘lmay, birini olib biriga uradirgan darajada erdi». Qays: «Sa’d menga bunday deb aytdi»,— deydilar: «Mening Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arab erkanligimni bilursen. Biz Janob Rasululloh birlan g‘azot qilur erdik, o‘shanda hubla bargidan bo‘lak yemishimiz bo‘lmay, ichimiz qo‘yning qumalog‘i yanglig‘ erdi. Keyin, Banu Asad meni dinga bul qadar berilmaslikka unday boshladi, men ularning gapiga kirib, ilgarigi sa’yimni habata qilib qo‘ydim». 23-bob. Sutli xo‘rda haqida Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha raziyallohu anhoning biror yaqin kishilari vafot qilsa, qo‘shni ayollar ta’ziya bildirgani uylariga kirishar erdi, keyin ular chiqib ketib, faqat xonadon ahli qolar erdi. Shunda Oisha onamiz bir tog‘ora sut olib kelmoqlarini buyurar, so‘ng uni pishirib non burdalari ustiga quyib xo‘rda tayyorlar erdilar-da: «Bundan ichingizlar! Chunki, men Janob Rasulullohning «Sutli xo‘rda bemorning diliga orom berib, azador kimsaning qayg‘usini yengillashtiradi» deb aytganlarini eshitganman»,— der erdilar». 24-bob, Sarid (non burdalari yoki qovoq solib tayyorlanadirgan sutli xo‘rda) haqida Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Ko‘pchilik erkaklar kamolotga erishdi, ammo Maryam binti Imron va Fir’avnning xotini Osiyadan bo‘lak ayollar kamolotga erishmadi. Sarid boshqa taomlardan afzal bo‘lgani kabi, Oisha ham boshqa ayollardan afzaldur!». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oishaning boshqa ayollardan afzalligi — saridning boshqa taomlardan afzalligi kabi-dur!» — dedilar». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga tikuvchi g‘ulomlarining huzuriga kirdim. U Janob Rasulullohga bir idishda sarid (shirqovoq) berdi- da, o‘z ishiga ketdi. Janob Rasululloh shirqovoqni tanovul qila boshladilar, men ham ro‘paralarida o‘ltirib yeya boshladim. Shundan beri qovoqni juda xush ko‘raman!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 340 25-bob. Qo‘y go‘shti qovurdog‘i, qo‘l va biqin go‘shti haqida Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molikning uyiga borganimizda qoshida nonvoyi turgan erdi. Shunda Anas bizga: «Olingizlar, (nondan) yengizlar! Ammo, men Janob Rasulullohning vafot qilgunlariga qadar ham yumshoq oq nonni ko‘rganlarini bilmayman, ul zot qo‘y qo‘shti qovurdogini o‘z ko‘zlari birlan mutlaqo ko‘rgan ermaslar!» —dedi». Ja’far ibn Amr ibn Umayya otalaridan nakl qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘yning qo‘lini kesib yeganlarini ko‘rdim. Keyin, namozga azon aytilib erdi, o‘rinlaridan turib qo‘llaridagi pichoqni tashladilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar». 26-bob. Ajdodlarning o‘z uylari va safarlari uchun taom, go‘sht va boshqa yeguliklar g‘amlab qo‘yganlari haqida Oisha va Asmo raziyallohu anhumo: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr as-Siddiq uchun yo‘lga yeguliklar tayyorlab berdik»,— deyishadi. Abdurrahmon ibn Obis otalaridan naql qiladilar: «Men Oisha onamizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlik go‘shtini uch kundan ortiq yemoqlikdan qaytarganmilar?»—dedim. Oisha onamiz: «Odamlar och qolgan yili boylarning kambagallarni to‘ydirmogini istab shunday qilgan erdilar, xolos!» — dedilar. So‘ng, (hazillashib); «Agar bitta sonni ko‘tarib olib ketolsak, uni o‘n besh kunda yeb bitirar erdik»,— deb aytdilar. Shunda odamlar: «Bunga sizlarni nima majbur qilgan erdi?»— deyishdi. Oisha onamiz kulib yubordilar-da: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari ul zot vafot qilgunlariga qadar uch kun bo‘lsa ham oq bugdoy nonini to‘yib yemagan!» — dedilar». Jobir raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning davrlarida kurbonlikka so‘yilgan jonliqlar go‘shtini Madinaga (ketayotganda yo‘lda yeb ketish uchun) ehtiyotlab qo‘yar erdik»,— dedilar. Ibn Jurayj Atodan so‘radilar: «Madinaga yetib kelgunimizga qadar, deb aytdimi?». Ato «Yo‘q»,— dedilar. 27-bob. Hays (xurmoga yog‘ va pishloq qo‘shib tayyorlanadirgan taom) haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «G’ulomlaringdan biri mening xizmatimni qilib yursa!» - dedilar. Abu Talha meni ulovlariga mingashtirib olib yo‘lga chiqdilar, men Janob Rasululloh qaerda tushib dam olsalar, xizmatlarini qilar erdim. Shunda men ul zotning nuqul «Yo parvardigoro, meni g‘amu tashvishdan, musibatdan, munkillaganlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, qarzga botmoqdan hamda odamlar qahridan o‘z panohingda asragin!»—deb aytganlarini eshitar erdim. Men Janob Rasulullohning Xaybardan ortga qarab yo‘lga chiqqunlariga qadar ham xizmatlarini qilib yurdim. Janob Rasululloh o‘zlariga xotin qilib olgan Safiyya binti Huyay birlan birga yo‘lga chiqdilar. Shunda men ul zotning Safiyyani o‘z kiyimlari birlan o‘rab-chirmab tuyalariga mingashtirib olganlarini ko‘rdim. Biz Sahbo degan joyga yetib borganimizda yerga charm palos yozdirib, «hays» tayerladilar, so‘ng meni jo‘natdilar, men odamlarni dasturxonga taklif qilib keldim. Odamlar «hays» tanovul qilishdi. Bu Janob Rasulullohning Safiyyaga uylanganlari munosabati birlan berilgan to‘y Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 341 ziyofati erdi Keyin, yo‘lga chiqdilar, yo‘lda Uhud tog‘i ko‘ringach «Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rur, biz ham uni yaxshi ko‘rurmiz!» — dedilar. Madinaga yaqinlashgach ersa: «Yo par-vardigoro, Ibrohim Makkani muqaddas qilgani kabi, men ham Madinaning ikki tog‘i oralig‘idagi yerlarni muqaddas qildim! Yo parvardigoro, Madina axlining toshu tarozusiga barakot ato etgaysan!»—dedilar». 28-bob Kumush idishda ovqat yemoq xususida Mujohid rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Abu Laylo Huzayfaning huzurida bo‘lganida Huzayfa suv so‘radilar. Bir majusiy qadahda suv keltirib Huzayfaning qo‘llariga berganda u kishi uni otib yubordilar-da «Men unga kumush idishda suv keltirmaslikni bir-necha bor tayinlagandim, u bo‘lsa endi bunday qilmayman, deb «aytgandek bo‘ladi-yu, baribir o‘z bilganidan qolmaydi. Men Janob Rasulullohning «Na ipak va na deboj kiymangizlar, oltin va kumush idishda yeb-ichmangizlar, chunki bunday kiyimu idishlar bu dunyoda ular uchun, oxiratda ersa bizlar uchundur!» — deb aytganlarini eshitganman»,— dedilar» 29-bob. Din ilmi xususidagi yig‘inda taom haqida so‘zlash (makruh ermas!) Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qur’on qiroat qiluvchi mo‘min utrujja (limon) singari xushbo‘y va xushta’mdur, Qur’on qiroat qilmaydirgan mo‘min ersa xurmo kabi shirin bo‘lgani birlan xushbuy hiddan mahrumdir, Qur’on qiroat qiladirgan munofiq xususiga kelsak, u rayhon kabi xushbo‘y bo‘lsa-da, ta’mi achchiqdur, Qur’on qiroat qilmaydirgan munofiq ersa achchiq tarvuz (kolokvint) kabi hidsiz va ta’mi achchiqdur!». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Oishaning boshqa ayollardan afzalligi — sarid (sutli xo‘rda)ning boshqa taomlardan afzalligi kabidur!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam». Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir bo‘lagi bo‘lib, u sizni uyqu birlan taomdan qoldiradi. Agar kimniki safarda nafsi mag‘lub qilsa, darhol oilasiga qayqin!» — dedilar». 30-bob. Xurush (ishtahani ochuvchi vositalar) haqida Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Joriya Bariraga nisbatan ado etilmog‘i lozim bo‘lgan uch sunnat mavjud erdi. Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olib, ozod qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda uning egalari unga homiylik huquqini o‘zlarida qoldirilishini shart qilib qo‘yishdi. Oisha raziyallohu anho buni Janob Rasulullohga aytdilar. Ul zot: «Ularning shartiga ko‘nib, uni sotib olaver, chunki homiylik huquqi uni ozod qilgan shaxsga o‘tadi!» — dedilar. Keyin, Oisha raziyallohu anho Barirani ozod qilib, unga eri birlan yashash yoki yashamaslik ixtiyorini berdilar. Bir kuni Janob Rasululloh Oishaning uyiga kirdilar, shunda qozonda go‘sht qaynab turardi. Ul zot ovqat keltirmoqni buyurdilar, dasturxonga non va uyda mavjud bo‘lgan xurushlardan olib kelib qo‘yishdi. Ul zot: «Qozonda go‘sht qaynatib qo‘yilganini ko‘rdim shekilli?»— dedilar. «Ha, yo Rasulalloh! Ammo, bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan bo‘lib, u bizga ozginasini Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 342 ilinib yuboribdi»,— deyishdi. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa, bizga ersa hadyadur» — dedilar». 31-bob. Halvo va asal haqida Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yaxshi ko‘rar erdilar»,— dedilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Patir yemay va harir kiymay yurgan kezlarimda hamda biror g‘ulom yoki cho‘ri xizmatimni qilmagan chog‘larda men qornimni to‘yg‘azish uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ortlaridan ergashib yurgan erdim. Ushanda ochlikdan qornim umurtqamga yopishib qolgan bo‘lib, qornim och erkanligini sezarmikan, degan maqsadda, o‘zim yaxshi bilsam ham, uchragan odamdan miskinlarni to‘yg‘azish lozimligi haqidagi oyatni o‘qib bermog‘ini iltimos qilar erdim. Eng miskinparvar odam bo‘lmish Ja’far ibn Abu Tolib bizga qiyo boqib uyida bor narsani olib chiqib qornimizni to‘yg‘azar va agar u bo‘m-bo‘sh yog‘ idishini olib chiqsa ham, biz uning yuqini yalab tozalab qo‘yar erdik». 32-bob. Qovoq (kadi) haqida Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikuvchi mavlolarining uyiga kirib erdilar, bir idishda oldilariga pishirilgan qovoq olib kelib qo‘ydi. Janob Rasululloh qovoqdan tanovul qila boshladilar. Men Janob Rasulullohning qovoq yeganlarini ko‘rganimdan buyon qovoqni yaxshi ko‘raman». 33-bob. Kishi o‘z birodarlari uchun taom tayyorlab takalluf ko‘rsatadi Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Ansorlardan bo‘lmish Abu Shu’ayb ismli bir kishi bo‘lib, uning qassob g‘ulomi bor erdi. Bir kuni u o‘sha g‘ulomiga: «Menga bir taom tayyorlab bergin, Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini mehmonga taklif qilaman!» — dedi. Keyin, u Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini uyiga mehmonga chaqirib erdi, ularga yana bir kishi ergashib keldi. Janob Rasululloh mezbonga: «Sen bizni besh kishi bo‘lib kelmog‘imizni aytgan erding, ammo mana bu kishi ham bizga ergashib keldi, xohla, uni ham ichkariga taklif qil, xohla, taklif qilma!» — dedilar. Mezbon: «Mayli, kiraversin!» —dedi», Muhammad ibn Ismoil bunday deydilar: «Biror xontaxta (dasturxon) atrofida o‘ltirgan qavm o‘z xontaxtasidan (dasturxonidan) boshqa xontaxtaga (dasturxonga) o‘tib tanovul qilmasin, ammo bir qavm ikkinchi qavmga o‘z xontaxtasidagi (dasturxonidagi) taomdan uzatmog‘i yoki ularni chorlab mehmon qilmog‘i mumkindur». 34-bob. Bir kishini taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketgan shaxs haqida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga dastyorlik qilib yuruvchi bir g‘ulom erdim. Bir kuni Janob Rasululloh o‘zlarining tikuvchi g‘ulomlari uyiga kirdilar, u bir idishda ustiga pishirilgan qovoq qo‘yilgan taom keltirib qo‘ydi. Janob Rasululloh ishtaha birlan qovoqdan tanovul qila boshladilar, buni ko‘rib men ham ul zotning oldilaridagi qovoqdan olib yeya boshladim. Tikuvchi g‘ulom ersa Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 343 bizni taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketdi. Men Janob Rasulullohning ishtaha birlan qovoq yeganlarini ko‘rganimdan buyon qovoqni yaxshi ko‘rib qoldim!» 35-bob. Suyuq ovqat (maraq) haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi (g‘ulom) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘zi tayyorlagan taomga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga bordim. U dasturxonga arpa noni, qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht keltirib qo‘ydi. Qarasam, Janob Rasululloh ishtaha birlan idishdagi qovoqdan tanovul qilaetirlar, men shu kundan e’tiboran qovoqni xush ko‘rib qoldim!». 36-bob. Sur go‘sht haqida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht olib kelib qo‘yilganini hamda ul zotning qovoqdan ishtaha birlan tanovul qilganlarini ko‘rdim». Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu va sallam odamlar och qolgan yiligina uch kundan ortiq qurbonlik go‘shtidan yeyishga ruxsat bermaganlar, o‘shanda boylarning kambag‘allarni to‘yg‘azmog‘ini istagan erdilar. Agar bitta sonni ko‘tarib ketolsak, uni o‘n besh kunda yeb bitirar edik»,— dedilar. (Odamlar Oisha onamizning «Un besh kunda bitta sonni yeb bitirar erdik» deb hazil qilganlarini tushunmay: «Bunga sizlarni nima majbur qilgan erdi?» — deyishdi). Oisha onamiz (kulib yubordilar-da): «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari uch kun bo‘lsa ham oq bug‘doy nonini to‘yib yemagan!» — dedilar. 37-bob. Do‘stining (o‘rtog‘ining) oldidagi xontaxtaga biror yegulik keltirib qo‘ygan kishi haqida Ibn al-Muborak: «Ikki qavm bir-birini o‘z xontaxtasidagi taomdan uzatib siylamog‘i mumkin, ammo kishi o‘zicha bu xontaxtadan u xontaxtaga o‘tib tanovul qilmaydi»,— deydilar. Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi (g‘ulom) taom tayyorlab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga o‘sha mehmondorchilikka bordim. Mezbon ul zotning oldilariga arpa noni, qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht keltirib qo‘ydi. Qarasam, Janob Rasululloh idishdagi qovoqdan ishtaha birlan tanovul qilayotirlar. Ushandan beri men qovoqni xush ko‘rib qolganman!». 38-bob. Yangi uzilgan xurmoni bodring (tarrak) birlan yemoq haqida Abdulloh ibn Ja’far ibn Abu Tolib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yangi uzilgan xurmoni tarrak birlan yeyayotganlarini ko‘rdim». 39-bob. Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Men yetti kishi bo‘lib Abu Hurayranikiga mehmonga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 344 bordim. Shunda uning o‘zi, xotini va xizmatkori tunning uchdan bir qismini navbatchilik qilib o‘tkazishdi, ya’ni biri namoz o‘qib bo‘lib, ikkinchisini uyg‘otar erdi. Ushanda Abu Hurayraning bunday deb aytganini eshitgan erdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga xurmo taqsim qildilar, menga yettita xurmo tegdi, ulardan birining sifati yomon erdi». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xurmo taqsim qildilar, shunda menga beshta xurmo tegdi, to‘rttasi yaxshi va bittasi yomon erdi. Qarasam, o‘sha bitta yomoniga tishim ham o‘tmaydi». 40-bob. Yangi uzilgan xurmo va xurmo qoqisi haqida Olloh taoloning qavli: «Va qimirlat (silkit) xurmo daraxtini o‘z tarafinggaki, tushurur sanga yangi pishgan xurmoni». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Xurmo birlan suvga endigina to‘yganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etib qoldilar». Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinada bir yahudiy bo‘lib, u xurmolarimni (pishganda) o‘ziga uzib olish sharti birlan menga qarz bergan erdi (Ruma degan quduq tomonda Jobirning xurmozori bor erdi) O’sha yili xurmozorimning hosili kechikib ketib, qarzimni uzolmadim. Yahudiy kelasi yil hosilini yig‘ishtirish paytida kelib erdi, xurmozorimga kirib qarzimni uzishga yetarlik xurmo ko‘rmadim. Shunda yahudiydan yanagi yil hosilini kutmog‘ini iltimos qildim, u ko‘nmadi. Keyin, shu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildim. Janob Rasululloh ashoblariga! «Turingizlar, biz Jobirga muhlat bersin, deb yahudiydan talab qilamiz!»— dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalari birlan birga xurmozorimga keldilar-da, yahudiydan koyinib: «Ey Abulqosim, qani o‘zi u, uni ko‘rmayapman-ku?» — dedilar. Keyin, yahudiyga ko‘zlari tushgach, xurmozorimni bir aylanib keldilar-da, oldiga borib uni ko‘ndirishga harakat qildilar, u ko‘nmadi. Men o‘rnimdan turib biroz xurmo uzib keldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga qo‘ydim, ul zot ularni tanovul qilgach, menga: «Xurmozoringning eng soya-salqin yeri qaerda?» — dedilar. Men o‘zim dam oladirgan eng soya-salqin joyni ko‘rsatdim. Janob Rasululloh: «Usha yerga joy solib ber!» — dedilar, men joy solib berdim. Janob Rasululloh yetib dam oldilar, so‘ng uyg‘ondilar. Men yana biroz xurmo uzib keldim. Ul zot ulardan tanovul Qilgach, o‘rinlaridan turib yana yahudiyni ko‘ndirishga harakat qildilar, ammo u ko‘nmay: «Ikkinchi (kelgusi) yil hosilini olmayman!» — deb turib oldi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Jobir, xurmolarni terib olib qarzingni uzgil!» —dedilar-da, terim tugaguncha kutib turdilar. Men (baraka kasb etgan) xurmolarni terib qarzimni uzdim, yana qanchasi ortib ham qoldi. Keyin, xurmozordan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga keldim-da, bo‘lgan voqeani aytib xursand qildim. Ul zot: «Darhaqiqat, men Olloh taoloning rasulidurman!» — dedilar». 41-bob. Jummor (xurmoning ezilib pishgan joyi) yemoq haqida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir payt biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, jummor olib kelib qolishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Aytingizlarchi, qaysi daraxtning barakasi musulmonning barakasi kabidur?»— dedilar. Men: «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak?»— deb o‘ylab, «Yo Rasulalloh, bu xurmo daraxtidur!» — deb aytmoqchi bo‘ldim-u, ammo atrofimga qarab, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 345 shu yerda turganlarning eng yoshi kichigi erkanligimni ko‘rdim-da, indamay qo‘ya qol- dim. Janob Rasululloh (hech kim javob bermagach); «Bu xurmo daraxtidur!»—dedilar». 42-bob. Ajva (eng oliy nav xurmo daraxti) haqida Omir ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki erta birlan turib yetti dona ajva xurmosidan tanovul qilsa, o‘sha kuni unga zahar ham, sihr ham zarar yetkazmaydi»,— dedilar». 43-bob. Xurmoni juftlab yemoq haqida Jabla ibn Suhaym rivoyat qiladilar: «Mudroq bosgan yili (Badr g‘azoti vaqtida Olloh taolo musulmonlarga yengil uyqu nozil qilib, shayton vasvasasi tufayli ularning dillarida paydo bo‘lgan dushman vahmini bartaraf qilgan erdi) biz Ibn Zubayr birlan xurmo yeb kun kechirgan erdik. Bir kuni biz xurmo yeb turgan erdik, Abdulloh ibn Umar yonimizdan o‘tib ketayotib: «Xurmoni juftlab yemangizlar, chunki Janob Rasululloh (xurmoni) juftlab yemoqdan qaytarganlar»,— dedi, so‘ng: «Agar kishi birodariga izn bersa, mumkin»—deb qo‘ydi». 44-bob. Bodring haqida Abdulloh ibn Ja’far rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning yangi uzilgan xurmoni bodring birlan yeganlarini ko‘rganman». 45-bob. Xurmo daraxtining barakasi haqida Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar ichida (baraka jihatidan) musulmonga o‘xshash bir daraxt mavjud, u xurmo daraxtidur!» — dedilar». 46-bob. Bir vaqtda ikki xil taom yemoqlik haqida Abdulloh ibn Ja’far raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yangi uzilgan xurmoni tarrak birlan yeyayotganlarini ko‘rganman». 47-bob. Mehmonlarni o‘nta-o‘ntadan qilib uyga kiritgan kishi hamda o‘nta- o‘nta bo‘lib ovqatlanmoq xususida Anas rivoyat qiladilar. Ummu Sulaym bir mudd arpani un qilgach, hamir qorib kulcha yopdilar, keyin uyda mavjud yog‘ idishni silqitdilar-da, meni Janob Rasulullohning huzurlariga jo‘natdilar. Men borsam, ul zot sahobalari davrasida o‘ltirgan erkanlar, mehmonga taklif qildim. Shunda ul zot sahobalariga: «Barchangiz men birlan yuringiz!» — dedilar. Men qaytib borib: «Janob Rasululloh sahobalariga: «Barchangiz men birlan yuringiz!» — deb aytdilar».— dedim. Abu Talha chiqib ul zotni kutib oldilar-da: «Yo Rasulalloh, Ummu Sulaym biroz taom tayyorlagan erdi!» —dedilar. Janob Rasululloh Abu Talha birlan uyga kirgach: «Tashqaridagilarni o‘nta-o‘ntadan huzurimga kirit!»—dedilar. Ichkariga o‘n kishi kirib, to‘yguncha taom tanovul qildi. So‘ng, ul zot: «Yana o‘n kishini kirit!» — dedilar. Yana o‘n kishi kirib, to‘yguncha ovqatlandi. Janob Rasululloh: «Yana o‘n kishini kirit!» — dedilar. Yana o‘n kishi kirib, to‘yguncha ovqatlandi, shul tariqa qirq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling