Abu abdulloh
-bob. Imomning mulo’ana qilinayotganlarga: «Ikkingizdan biringiz yolg‘on
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-bob. Li’on qilingan eru xotinni ajratib yuborish haqida
- 33-bob. Bola li’on qilingan ayolniki bo‘ladi!
- 35-bob. Eri uch taloq qilgan ayol iddadan so‘ng bir boshqa erga tegsa-yu, eri unga yotolmasa...
- 36-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul xotinlaringizdanki, noumid bo‘libdirlar hayzdan (ya’ni, hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan
- 38-bob. Olloh taoloning qavli: «Va taloq berilgan xotinlar uch hayz o‘tguncha o‘zlarin boshqa nikoxdan saqlasinlar!»
- 39-bob. Fotima binti Qays qissasi va Olloh taoloning qavli: «Va qo‘rqingizlar parvardigoringiz bo‘lmish Olloh taolodan, chiqarmangizlar ularni o‘z uylaridan
- 40-bob. Agar taloq qilingan ayoldan erining uyidagilar: «Eri unga tashlanadi» — deb xavotir olishsa yoki: «Uning o‘zi bizga behayo gaplar gapiradi» — deb cho‘chishsa...
- 41-bob. Olloh taoloning qavli: «Va halol ermas ular uchun bachadonlaridagi Olloh taolo yaratgan hayzu homilani yashirmoqlari»
- 42-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ularni shu idda ichida qaytarib olmoqqa erlari boshqalardan ko‘ra ko‘proq haqlidurlar». Er xotinini, agar uni bir yoki
- 43-bob. Hayz ko‘rgan holida taloq qilingan ayolni qaytarib olmoq xususida
- 44-bob. Eri vafot etgan ayol to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi!
- 46-bob. Azador ayolning hayzdan poklanganda qust ishlatmog‘i haqida
- 47-bob. Azador ayol yamaniy burda (yo‘l-yo‘l ust kiyimi) kiyadi
- 48-bob Olloh taoloning qavli: «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ul xotinlar to‘rt oyu o‘n kungacha o‘zlarin intizorda
- 49-bob Fohisha (zinokor ayol)ning mahri va fosid nikoh haqida
- 50-bob Ayoliga qo‘shilib qo‘ygan kishining bergan mahri haqida. Yaqinlik qilmasdan burun ayolga mahr yoki taloq berish yaxshidur!
31-bob. Imomning mulo’ana qilinayotganlarga: «Ikkingizdan biringiz yolg‘on gapirayotirsiz! Qaysi biringiz tavba qilgaysiz?» — deb aytgani haqida Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umardan li’on qilinganlar haqida so‘radim. Ibn Umar bunday dedi: «Janob Rasululloh li’on qilinayotganlarga: «Sizlarning hisob- kitobingiz Olloh taologa havola! Ikkingizdan biringiz yolg‘on so‘zlayotirsiz. Endi, sening uchun xotiningga yo‘l yo‘q!» — dedilar. Erkak: «Unga bergan mahrim nima bo‘ladi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Mahr senga qaytarilmaydi. Agar xotining xususida rost aytgan bo‘lsang ham, uning avratidan foydalanganing uchun mahr unda qoladi. Basharti, yolg‘on gapirgan bo‘lsang, shundog‘ ham mahr senga qaytarilmasligi ayondur»,— dedilar». 32-bob. Li’on qilingan eru xotinni ajratib yuborish haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 317 eru xotinni ajratib yubordilar, er xotinni qazaf qilgan bo‘lib, ularning ikkalasiga ont ichirdilar». Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlardan bo‘lmish bir eru xotinni li’on qilib, keyin ularni ajratib yubordilar». 33-bob. Bola li’on qilingan ayolniki bo‘ladi! Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir eru xotinni li’on qildilar, shunda er bolani tan olmadi. Ul zot ularni ajratib, bolani ayolda qoldirdilar». 34-bob. Imomning «Yo parvardigoro, (qaysi biri haq, qaysi biri nohaq erkanligini) o‘zing ayon qilgaysan!» deb aytmog‘i haqida Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida li’on qilingan bir eru xotin haqida gap ketdi. Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, uyiga ravona bo‘ldi. Keyin, unga qavmdosh bir kishi uning huzuriga kelib, xotini birlan bir begona erkakni tutib olganini aytdi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga-o‘zim tashvish orttirib o‘ltiribman-a!» —dedi-da, boyagi odamni ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi, ul zotga xotinini begona erkak birlan tutib olgan kishi haqida so‘zlab berdi. Bu kishi sargish, qotma va sochlari muloyim erdi, xotinining o‘ynashi ersa, qorachadan kelgan, semiz, gavdali, sochi jingalak erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh (ayon) qilgaysan!» — dedilar. Keyin, o‘shal xotin yuqorida belgilari aytilgan o‘ynashiga o‘xshash bola tugib qo‘ydi. Janob Rasululloh eru xotinni li’on qildilar». Bir kishi majlisda Ibn Abbosga: «Janob Rasululloh «Agar birortani dalil-isboqiz rajm qiladirgan bo‘lsam, shu xotinni rajm qilgan bo‘lar erdim!» deb shul xotin haqida aytganlarmi?» — dedi. Ibn Abbos: «Yo‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi». 35-bob. Eri uch taloq qilgan ayol iddadan so‘ng bir boshqa erga tegsa-yu, eri unga yotolmasa... Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziy bir ayolga uylanib, keyin uni taloq qildi. Xotin boshqa erga tekkach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, keyingi erining jimo’ga zaiflik qilayotgani hamda uning olati popuk singari lapashang erkani haqida gapirdi. Janob Rasululloh unga: «To keyingi ering sening va sen uning asaldonidan zavq olmaguningizcha, avvalgi eringga halol bo‘lmaysan!»— dedilar». 36-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul xotinlaringizdanki, noumid bo‘libdirlar hayzdan (ya’ni, hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan xotinlaringizdan) shubqa qilsangizlar...» Mujohid: «Agar sizlar xotinlaringiz hayz ko‘radilar-mi, yo‘qmi, bilmasangizlar, ul holda hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan xotinlar uchun idda muddati uch oydur»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 318 37-bob. Olloh taoloning qavli: «Va qorinlarida bolasi bor xotinlarning iddasi bolasini tug‘ishidur» Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasiga mansub Subay’a ismli bir ayolning eri bo‘lib, u vafot etib qoldi. Subay’a eridan homilador erdi. Uni Abussanobil ibn Bi’kak o‘ziga xotinlikka so‘ratdi, Subay’a unga tegishga rozilik bermadi. Odamlar unga: «Xudo haqi, iddani oxiriga yetkazmaguningcha, unga tegmoging durust ermas!» — deyishdi. Shunda Subay’a o‘n kuncha kutib, so‘ng Janob Rasulullohning huzurlariga keldi, ul zot unga: «Tegaber!» — dedilar». Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Ubaydulloh ibn Abdullohning otalari Ibn al-Arqamga maktub yo‘llab, Janob Rasululloh Subay’aga qanday fatvo berganlarini uning o‘zidan so‘rab bilib berishni iltimos qildilar. Subay’a: «Ul zot menga tugishim birlan erga tegmogim mumkinligini aytib fatvo berdilar» — deb javob qilibdi». Misvar ibn al-Maxrama rivoyat qiladilar: «Subay’a al-Aslamiyya eri vafot qilgach, bir necha kun o‘tkazib Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, erga tegishga ijozat so‘radi. Ul zot unga ijozat berib erdilar, erga tegib ketdi». 38-bob. Olloh taoloning qavli: «Va taloq berilgan xotinlar uch hayz o‘tguncha o‘zlarin boshqa nikoxdan saqlasinlar!» Ibrohim idda vaqtida erga tekkan ayol (ya’ni, eri tomonidan raj’iy taloq — idda ichida yana qaytarib olsa bo‘ladirgan taloq qilingan ayol) haqida so‘zlab: «U (keyingi) eri uyida uch bor hayz ko‘rib, oldingi eridan uzil-kesil ajraldi. Uning bu hayzi keyingi eri uchun hisobga o‘tmaydi, u yana boshqa idda saqlaydi»,— deydilar. Zuhriy: «U ayol bir bor idda saqlasa, kifoya qiladi»,— deydilar. Zuhriyning bu gaplari Sufyon uchun ayni muddaodur». 39-bob. Fotima binti Qays qissasi va Olloh taoloning qavli: «Va qo‘rqingizlar parvardigoringiz bo‘lmish Olloh taolodan, chiqarmangizlar ularni o‘z uylaridan va ular o‘zlari ham chiqmasinlar agar aniq bir hayosiz ish qilmasalar va bu narsalar Olloh taolo muqarrar qilgan cheklovlardur va kimiki Olloh, taoloning cheklovlariga tajovuz qilur, ul albatta o‘z joniga zulm qilgan bo‘lur, ul xotin bilmaski, shoyad Olloh taolo paydo qilur taloqdan so‘ng biror ishni (ya’ni, shoyad Olloh taolo ularning o‘rtalarida sulh paydo qilsa)... Joy beringizlar ularga o‘zlaringiz turgan yerlaringizdan qudratlaringizga muvofiq va ozor bermangizlar ularga ularni siqiltirmoqlaringiz uchun va agar ular homilador bo‘lsalar, bas nafaqa berib turingizlar ularga to bolalarin tug‘ib olgunlariga qadar («tanglikdan keyin yengillikni paydo qilur» degai qavligacha) («At- Taloq» surasi) Molik rivoyat qiladilar: «Yahyo ibn Sa’id ibn al-Os Abdurrahmon ibn al-Hakamning qizini taloq qilib erdi, Abdurrahmon qizini uyiga ko‘chirib olib keldi. Mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anho Madina amiri Marvonga odam yuborib, «Olloh taolodan qo‘rqgil, uni uyiga qaytargil!» deb aytishni buyurdilar». Abdurrahmon ibn al-Qosim rivoyat qiladilar: «Urva ibn az-Zubayr Oisha raziyallohu anhoga: «Al-Hakamning qizi bo‘lmish Fotimaning eri uch taloq qilgach, uyidan chiqib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 319 ketganini ko‘rmaysizmi?!»—dedi. Oisha raziyallohu anho: «Juda ham yomon ish qilibdi!» —dedilar. Urva: «Fotimaning «Bu voqea oshkor qilinsa, menga yaxshi bo‘lmaydi!» — deb aytganini eshitmadingizmi?»—dedi». Hishom: «Oisha raziyallohu anho (Fotimani) nihoyatda qattiq ayblab: «Fotima bir vahshiy hayvon yanglig ish tutibdi, bu unga xatarnokdur. Shul boisdan ham, Janob Rasululloh uni nazar-pisand qilmadilar»,— deb aytibdilar»,— deydilar. 40-bob. Agar taloq qilingan ayoldan erining uyidagilar: «Eri unga tashlanadi» — deb xavotir olishsa yoki: «Uning o‘zi bizga behayo gaplar gapiradi» — deb cho‘chishsa... Urva: «Oisha raziyallohu anho Fotimaning bu qilmishini qoraladilar»,— deydilar. 41-bob. Olloh taoloning qavli: «Va halol ermas ular uchun bachadonlaridagi Olloh taolo yaratgan hayzu homilani yashirmoqlari» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganlarida Safiyya hayz ko‘rib qolib, o‘z chodiri ostonasida gamgin o‘ltirardi. Ul zot Safiyyaga: «Nechuk bema’nilik! Endi sen bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, Nahr kuni tavof qilganmiding?»—dedilar. Safiyya: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Unday bo‘lsa, yo‘lgachiq!»—dedilar». 42-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ularni shu idda ichida qaytarib olmoqqa erlari boshqalardan ko‘ra ko‘proq haqlidurlar». Er xotinini, agar uni bir yoki ikki taloq qo‘ygan bo‘lsa, qanday qaytarib oladi? Hasan: «Ma’qil singlisini erga berib erdi, eri uni taloq qildi»,— deydilar. Hosan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ma’qil ibn Yasorning singlisi bir kishiga turmushga chiqib erdi, u uni taloq qildi. Keyin, uni to iddasi tugaguncha tashlab qo‘yib, yana o‘ziga xotinlikka so‘radi. Shunda Ma’qil bunga qarshilik qilib: «Uni iddasi tugamasidan burun qaytarib olish imkoniga ega bo‘la turib, o‘z holiga tashlab qo‘ydi, endi uni o‘ziga yana xotinlikka so‘ratadimi?!» — dedi-da, kuyovi birlan singlisining yarashib ketishiga mone’lik qildi. Shu asnoda Olloh taolo Janob Rasulullohga «Va qachon xotinlarni taloq qilsangizlar va ularning iddalari tamom bo‘lsa, endi ul xotinlarni o‘z erlarining nikohlariga kirmoqlariga mone’lik qilmangizlar, vaqtiki ular shariatga muvofiq o‘zaro rozi bo‘lsalar va bu nasihat sizlardan shundog‘ odamga qilinurki, ul odam Olloh taolo va qiyomat kuniga iymon keltirur, bu narsa sizlar uchun ziyoda safolik va ziyoda poklikdur va Olloh taolo bilur va sizlar bilmassizlar!» degan oyati karimani nozil qildi. Janob Rasululloh Ma’qilni chaqirib, unga shu oyatni qiroat qilib berdilar, Ma’qil kuyovi birlan singlisiga mone’lik qilishdan to‘xtab, Olloh taoloning amriga bo‘yin egdi». Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning o‘g‘li xotinini hayz ko‘rgan holida bir taloq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga xotinini qaytarib olmoqni, so‘ng hayzdan poklanib, yana hayz ko‘rib, yana poklangunicha uyida saqlab turmoqni, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib taloq qilmoqni amr qildilar. Olloh taolo ayollarni taloq qilishda rioya qilmoqni amr qilgan idda mana shu iddadur. Abdulloh, agar o‘zlaridan bu haqda so‘rashsa: «Agar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 320 uch taloq qilgan bo‘lsang, xotining toki boshqa erga tegib chiqmagunicha, senga haromdur!» —deb aytar erdilar. Ibn Umar: «Agar bir yoki ikki bor taloq qilgan bo‘lsang, Janob Rasululloh bunday holda nima qilmoqni menga amr qilganlar»,— deydilar». 43-bob. Hayz ko‘rgan holida taloq qilingan ayolni qaytarib olmoq xususida Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat Umar shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot: «Ug‘lingga borib ayt, xotinini qaytarib olsin, so‘ng hayzdan poklanib, yana hayz ko‘rib, yana poklangunicha uyida saqlab tursin, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin!» —deb amr qildilar. Men Ibn Umarga: «Keyin, u o‘sha taloqqa binoan iddada o‘ltiradimi?» — dedim. U: «Nima, sen qarib miyasi aynib qolgan, deb o‘yladingmi?!» — dedi». 44-bob. Eri vafot etgan ayol to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi! Zuhriy: «Eridan yosh tul qolgan ayol pardoz-andoz ashyolaridan foydalanadi, deb o‘ylamayman, chunki u iddadadir»,— deydilar. Nofi’ Zaynab binti Abu Salama uaqida rivoyat qiladilar: «Zaynab bunday dedi: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari bo‘lmish Ummu Habibaning huzurlariga otalari Abu Sufyon vafot etganda kirdim. Shunda Ummu Habiba upa-elik keltirmoqni buyurdilar-da, uni yuzlariga surtdilar. So‘ng: «Xudo haqi, agar men Janob Rasulullohning: «Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan ayolning mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdur, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi» — deb aytganlarini eshitganim uchungina shunday qildim, aslida upa-elikka ehtiyojim yo‘q erdi!» — dedilar. Keyin, men Zaynab binti Jahshning huzuriga akasi vafot qilganda kirdim. Shunda u ham upa-elik keltirmoqni buyurib, undan yuziga surtdi. So‘ng: «Ammo, xudo haqi, men Janob Rasulullohning minbarda turib: «Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan ayol uchun mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i halol ermas, eri vafot qilsagina to‘rt oyu o‘n kun motam qiladi» — deb aytganlarini eshitmaganimda bunday qilmas erdim, aslida upa-elikka uncha xushim yo‘qdur!—dedi». Zaynab: «Men Ummu Salamaning bunday deb aytganlarini eshitgan erdim»,— dedi: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Qizim eri vafot qilib, tul qoldi, yig‘layverganidan ko‘zi shishib ketdi, davo maqsadida ko‘ziga surma qo‘ysa, bo‘ladimi?» — dedi. Janob Rasululloh ikki yoki uch bor: «Io‘q!» — dedilar (bundan ayonki, eri o‘lgan azador ayol ko‘zi og‘risa ham, surmadan foydalanishi mumkin ermas). So‘ng, ul zot yana: «Chunki, eri o‘lgan ayolning azadorlik muhlati to‘rt oyu o‘n kundur. Johiliyat davrida birortangizning eringiz vafot qilsa, yilning boshida tezak otar erdingiz»,— dedilar». Humayd bunday deydilar: «Men Zaynabga: «Nechun yilning boshida tezak otadi?»—dedim. Zaynab bunday dedi: «Ayol, agar eri vafot qilsa, bir uychaga kirib, eng yomon kiyimini kiyib olardi-da, bir yil davomida upa-elikni qo‘liga olmay u yerda yotar erdi. So‘ng, unga bir mochaxar yoki sovliq yohud qush olib kelib berishar erdi. Ayol uni bir narsa birlan yirta-yirta, oxiri uni o‘ldirar erdi. Keyin, u uychadan tashqariga chiqar erdi. Shunda uning qo‘liga tezak tutqazishar va u tezakni (bir yil davomida ko‘rgan kunim shu tazakdan yaxshiroq erdi, deb) irg‘itib yuborar erdi. Keyin, u pardoz-andoz yoki biror boshqa narsani xohlagandan so‘ng, (uyiga) qaytarilar erdi». Molikdan, Olloh taolo ul kishini rahmat qilsin, «Bir narsa birlan yirta-yirta» nima degani?» — deb so‘rashdi. Ul kishi: «Bir narsa birlan terisini shiladi»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 321 45-bob. Azador ayolning surma qo‘ymog‘i mumkinmi? Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Bir ayolning eri vafot etib, yig‘layverganidan ko‘zlari og‘rib qoldi. Shunda ayolning yaqinlari uning ko‘zidan xavotir olishib, Janob Rasulullohning huzurlariga kelishdi-da, davo uchun ko‘ziga surma qo‘yishga ijozat so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Surma qo‘ymasin! Bir paytlar (johiliyat davrida) birortangizning eringiz o‘lsa, juldur-juldur kiyimingizni kiyib olar erdingiz. Bir yil o‘tgach, oldingizdan it o‘tib qolsa, unga tezak irg‘itar erdingiz. Nechuk endi to‘rt oyu o‘n kunga sabr qilolmaysizlar?!» —dedilar». Zaynab binti Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo birlan oxirat kuniga iymon keltirgan mo‘mina ayol uch kundan ziyod aza tutmasin, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun motam qilsa, bo‘lur!» — dedilar». Ummu Atiyya: «Biz ayollar uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, erlarimiz o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmog‘imizga ijozat berildi»,— deydilar. 46-bob. Azador ayolning hayzdan poklanganda qust ishlatmog‘i haqida Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarilgan erdik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin erdi. Bu muhlat mobaynida na surma va na atir-upa surtar va na yamaniy kiyimdan bo‘lak kiyim kiyar erdik. Biz ayollarga birortamiz hayzdan poklanib, gusl qilganimizdagina biror zufor atri va qustdan (maxsus daraxt bo‘lib, uni qaynatib shifobaxsh modda olingan) foydalanmoqqa ijozat berilgan erdi, xolos. Biz ayollar janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan erdik». Abu Abdulloh: «Qust va kust — kofur va qofur (kamfara daraxti) kabi bir bo‘lak yog‘ochdur»,— deydilar. 47-bob. Azador ayol yamaniy burda (yo‘l-yo‘l ust kiyimi) kiyadi Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo birlan oxirat kuniga iymon keltirgan ayolning eridan bo‘lak mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i halol bo‘lmay, azadorlik chog‘ida surma qo‘ymaydi, bo‘yalgan (rangli) kiyim kiymaydi, faqat yamaniy burda kiyadi» — dedilar» Hafsa rivoyat qiladilar «Ummu Atiyya menga bunday dedi «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz ayollarga azadorlik chog‘imizda atir-upaga qo‘l tekkizmaslikni buyurib, hayzdan poklanganimizdagina biroz qust va zufor atri ishlatmog‘imizga ruxsat berdilar» Abu Abdulloh; «Qust va kust — kofur va qofur kabidur»,—deydilar 48-bob Olloh taoloning qavli: «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ul xotinlar to‘rt oyu o‘n kungacha o‘zlarin intizorda saqlarlar va qachonki ularning iddalari tamom bo‘lur, ul holda ular qoidaga muvofiq o‘z haqlarida bir ish qilsalar, bundan sizlarga qech bir gunoh yo‘kdur va Olloh taolo sizlar qilib turgan ishdan xabardordur!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 322 Mujohid rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar» degan (yuqoridagi) oyati karimasida aytilgan iddani ayol o‘z erining uyida o‘tkazishi vojib bo‘lgan. Keyin, Olloh taolo «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ular vasiyat qilib keqinlarki, xotinlari uydan chiqarib yuborilmay bir yillik xarj birlan ta’minlansin va agar ular o‘zlari chiqib keqalar, ularning qoidaga muvofiq o‘zlari haqlarida qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar» degan oyati karimasini nozil qildi Olloh taolo ayolga marhum erining uyida barcha narsalar birlan ta’minlangan holda to‘la bir yil turmoklik imkonini berdi va bundan to‘rt oyu o‘n kunni uning uchun idda muddati qilib va yetti oyu yigirma kunni erining vasiyati bo‘yicha uning uyida turadirgan muhlat qilib belgiladi. Endi ayol vasiyat muhlatini, istasa, marhum erining uyida qolib o‘tkazadirgan, istamasa, u yerdan chiqib ketadirgan bo‘ldi. Chunki, Olloh taolo «uydan chiqarib yuborilmay» va «agar o‘zlari chiqib keqalar sizlar gunohkor bo‘lmagaysizlar»,— deydi. Ammo, idda saqlamoqlik uning uchun ilgarigidek vojibligicha qoldi» Ato Ibn Abbosdan naql qiladilar: «Bu oyat ayolning marhum eri uyida idda saqlashi vojibligini bekor qilib, unga boradigan yerida idda saqlamoqlik ixtiyorini berdi. Chunki, Olloh taolo «uydan chiqarib yuborilmay»,— deydi» Ato bunday deydilar «Ayol, istasa, marhum erining uyida iddada o‘ltiradi va vasiyat muhlati davomida u yerda turadi, agar istamasa, u yerdan chiqib ketaveradi. Chunki Olloh taolo «agar o‘zlari chiqib keqalar, ularning qoidaga muvofiq qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmagaysizlar»,— deydi» Ato yana bunday deydilar: «Keyin, meros haqidagi oyat nozil bo‘lib, u ayolning marhum eri uyida turmog‘ini bekor qildi, ayol o‘zi istagan yerda iddada o‘ltiradirgan bo‘ldi, endi uning uchun marhum erining uyida joy yo‘qdur». Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba otalarining vafot etganligi haqidagi xabarni (uch kundan keyin) eshitib, xushbo‘ylik keltirmoqni buyurdilar, keyin uni bilaklariga surtdilar-da «Aslida, mening atir-upaga uncha xushim yo‘qdur, lekin men Janob Rasulullohning «Olloh taolo birlan oxirat kuniga ishongan ayol uchun eridan bo‘lak biror marhumga uch kundan ortiq aza tutmoqligi halol ermas, erigagina to‘rt oyu o‘n kun motam tutadi» deb aytganlarini eshitganim uchungina shunday qildim»,— dedilar» 49-bob Fohisha (zinokor ayol)ning mahri va fosid nikoh haqida Hasan «Agar kishi mahram ayolga uylansa-yu, uning mahram yoki nomahram erkanligini bilmagan bo‘lsa, (bunday nikoh fosid bo‘lib), ayolning eridan olgan narsasigina (laz-zatigina) o‘ziniki bo‘lgay, u bundan bo‘lak narsa olmagay»,— dedilar So‘ng, yana «Ayol mahrdan mahrum qilingay» — deb qo‘ydilar. Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam it sotib, kohinlik qilib kun ko‘rishdan va zinokor ayolga mahr berishdan qaytardilar» Avn ibn Abu Juhfa otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam igna birlan birovlarning badaniga suratlar soluvchi va o‘ziga ana shunday suratlar soldiruvchi Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 323 ayollarni, poraxo‘r birlan uning vositachisini la’natladilar hamda it sotib, fohishalik qilib kun ko‘rishdan qaytardilar va musavvirlarni l a’natladilar» Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho‘rining badanini pullamoqdan qaytardilar» 50-bob Ayoliga qo‘shilib qo‘ygan kishining bergan mahri haqida. Yaqinlik qilmasdan burun ayolga mahr yoki taloq berish yaxshidur! Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga «Bir kishi xotinini qazaf qilibdi (zinokorlikda ayblabdi)»,— dedim. Ibn Umar «Janob Rasululloh Banu Ajalon qabilasiga mansub ikki birodarning farzandlarini ajratib yubordilar-da «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?»— dedilar. Ular ikkalasi ham tavba qilmoqdan bo‘yin tovlashdi. Ul zot yana «Olloh taolo ikkingizdan biringizni yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?»— dedilar. Ular ikkalasi bu gal ham tavba qilmoqdan bo‘yin tovlashdi. Shundan so‘ng, ul zot ularni ajratib yubordilar» Ayyub rivoyat qiladilar: «Amr ibn Dinor menga «Sen bu hadisdagi bir muhim narsani tuishrib qoldiryapsan. Ushanda ul kishi «Xotinimga bergan mahrim nima bo‘ladi?» — degandi. Ul zot «Bergan mahring senga qaytarib berilmaydi. Agar rost gapirayotgan bo‘lsang ham, unga qo‘shilib quygansan va agar tuhmat qilayotgan bo‘lsang, o‘z-o‘zidan bergan mahringdan mahrumsan!»—deb aytgan erdilar»,— dedi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling