Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Darhaqiqat, Olloh taolo rashk qilgay va Olloh taoloning rashki mo‘min banda Olloh 
taolo harom qilgan narsalarni qilganda tug‘yon urgaydur!» —dedilar» 
 
Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo rivoyat qiladilar: «Zubayr menga uylandi. Uning suv 
tortadirgan tuyasi-yu, otidan bo‘lak hech vaqosi yo‘q erdi. Men otiga yem berar, tuyasi 
yordamida suv tortar va qo‘l tegirmonda don yanchib, xamir qilar erdim. Lekin, men 
(hali) yaxshi non yopolmas erdim, ansoriya qo‘shnilarimdan biri yopib berar erdi. 
Ikkalamiz ham pokdomon ayollar erdik. Men yanchilgan donni boshimga qo‘yib, 
Zubayrning Janob Rasululloh in’om qilgan yeridan asl qo‘shnimning yeriga olib chiqar 
erdim, qo‘shnim ersa mendan uchdan bir farsax narida turar erdi. Bir kuni donni 
boshimga qo‘yib ketayotgan erdim, yo‘lda Janob Rasulullohni bir guruh ansorlar birlan 
uchratib qoldim. Ul zot meni qoshlariga chaqirdilar, keyin kaftlariga tuplab, meni opichib 
olmoqchi bo‘ldilar. Men erkaklar birlan birga ketishdan uyalib, Janob Rasulullohga 
Zubayr va uning rashki haqida eslatdim, chunki erim o‘ta rashkli odam erdi. Janob 
Rasululloh mening hayo qilganimni bilib, yo‘llarida davom etdilar. Keyin, men 
Zubayrning oldiga borib, unga: «Men boshimga donlarni qo‘yib ketayotgan erdim, Janob 
Rasulullohni bir guruh sahobalari birlan uchratib qoldim. Shunda ul zot tiz cho‘kib meni 
opichlab olmoqchi bo‘ldilar, men uyalib ko‘nmadim. So‘ng, ul zotga sizning rashkli 
erkanligingizni bildirdim»,— dedim. Erim: «Xudo haqi, boshingdagi doningni ko‘tarib 
olsalar, mayli-ya, ammo seni yuking birlan opichib olganlarida mening sha’nimga og‘ir 
bo‘lar erdi!»— dedi. Shundan keyin, (otam) Abu Bakr bir xizmatkor yubordilar, u meni 
ot boqish yumushidan ozod qildi». 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
xotinlaridan birining huzurida erdilar. Bir payt, mo‘minlarning onalaridan biri bir 
likopchada ul zotga taom kiritdi. Shunda Janob Rasululloh qaysi xotinlarining huzurida 
o‘ltirgan bo‘lsa-lar, o‘sha xotinlari taom keltirgan xizmatkorning qo‘liga urib erdi, 
likopcha tushib ketib, chilparchin bo‘ldi. Janob Rasululloh likopcha siniqlarini 
birlashtirdilar, so‘ng sochilib ketgan taomni yig‘ishtirib, unga soldilarda: «Onalaringiz 
rashk qildi!» — dedilar. Keyin, xizmatkorni to‘xtatib, unga hozir o‘zlari uyida o‘ltirgan 
xotinlarining likopchalaridan birini berib yubordilar, singan likopchani ersa likopchani 
sindirgan xotinlarinikida qoldirdilar». 
 
Jobir ibn Abdullou raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Jannatga kirdim (yoki jannatga keldim), u yerda bir qasrni ko‘rib. «Bu kimning 
qasri?»—deb so‘radim. «Umar ibn al-Xattobniki»,— deyishdi. Keyin, men unga 
kirmoqchi bo‘ldim, ammo kirmog‘imga (ey Umar), faqat sening rashkchi erkanligingni 
bilganim mone’lik qildi»,— dedilar Xazrat Umar. «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido 
bo‘lsinlar! Yo Nabiyyalloh, sizdan rashk qilamanmi?!»—dedilar». 
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir payt, biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
huzurlarida o‘ltirib erdik, ul zot bizga. «Bir mahal, men uxlab yotgan erdim, o‘zimni 
jannatda ko‘rdim. Bir ayol bir qasrning yonida yuvinib turgan erkan. «Bu qasr 
kimniki?»—dedim. «Bu Umarniki»,— deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkanligini 
eslab, u yerdan ortimga qaytib ketdim»,— dedilar. Hazrat Umar shu yerda o‘ltirgan 
erdilar, yig‘lab yubordilar, so‘ng: «Sizdan rashk qilamanmi, yo Rasulalloh?!» — dedilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
108-bob Ayollar rashki va g‘azabi xususida. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga. 
«Men sening mendan mamnun bo‘lganingni ham, mendan dargazab bo‘lganingni ham 
darhol bilib olaman»,— dedilar. Men: «Buni qaerdan bilasiz?» —dedim. Ul zot. «Agar 
mendan mamnun bo‘lsang, «Yo‘q, Muhammadning parvardigori haqi!» deb aytasan va 
agar mendan darg‘azab bo‘lsang, «Yo‘q, Ibrohimning parvardigori haqi!» deb 
aytasan»,— dedilar. Men: «Ha, shunday, xudo haqi, yo Rasulalloh! Mamnun bo‘lganimda 
faqat sizning ismingizni aytaman»,— dedim». 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohni Xadichadan rashk 
qilganchalik hech bir ayoldan rashk qilmaganman, chunki ul zot Xadichani ko‘p eslab, 
ko‘p maqtar erdilar. Jannatda Xadicha uchun shakar qamishdan qasr bunyod qilib 
qo‘yilganligini uning o‘ziga bashorat qilmoqni Olloh taolo Janob Rasulullohga vahiy 
qilgandi. 
 
109-bob. Kishining o‘z qizini rashk va insof qilib himoya etmog‘i haqida 
 
Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh minbarda turib: «Hishom ibn al-
Mugiyra qabilasi ahli o‘z qizini Ali ibn Abu Tolibga bermoqchi bo‘lib mendan izn so‘radi. 
Men ruxsat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ruxsat bermayman, faqat Ali ibn 
Abu Tolib qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanishni istasagina ruxsat beraman! 
Chunki, qizim mening bir bo‘lagim bo‘lib, uni shubhaga solgan narsa meni ham 
shubhaga soladi va unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — 
dedilar». 
 
110-bob. Erkaklar kamayib, ayollar ko‘payadi 
 
Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hali sen erkaklar 
kamayib, ayollar ko‘payib ketganidan bir erkakning ortidan qirqta ayolning lazzattalab 
bo‘lib yurganlarini ko‘rasan!» — dedilar». 
 
Apas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men sizlarga o‘zim shaxsan Janob 
Rasulullohdan eshitgan shunday bir hadisni aytib berayki, uni mendan bo‘lak biror kishi 
sizlarga aytib bermaydi! Men ul zotning mana bunday deganlarini eshitganman: 
«Qiyomatning belgilaridan biri shuki, ilm (islom dini ilmi) oradan ko‘tarilib, jaholat 
kuchayadi, zino, ichkilikbozlik avjga chiqadi hamda erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib 
ketadi, hatto ellikta ayol uchun bitta homiy (erkak) to‘gri keladi». 
 
111-bob. Erkak birlan ayol mahram bo‘lsalargina yolgiz qola oladilar! Eri uyida 
bo‘lmagan ayolning huzuriga kirmoq haqida 
 
Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarning 
huzuriga kirishdan o‘zingizni tiyingizlar!» — dedilar. Shunda ansorlardan biri: «Yo 
Rasulalloh, qayinlarni (ya’ni, erning otasi va erning o‘gillaridan bo‘lak erkak 
qarindoshlarini) nazarda tutyapsizmi?»—dedi. Janob Rasululloh: «Qaynlar — o‘limdur!» 
— dedilar (ya’ni, bu yerda erning otasi va ernish o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlari 
nazarda tutilib, ular uning ayoliga mahramdurlar va u birlan yolgiz qolish ularga ruxsat 
etiladi. Shu boisdan ham, agar ular mazkur ayol birlan yolgiz qolishdan tiyilmay, uning 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
huzurida bemalol o‘ltiraversalar, birdamas-birda gunoh sodir bo‘lmogi mumkin, bu ersa 
dinni halokatga olib keladi)». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Erkak birlan ayol faqat mahram birlangina yolgiz qola oladilar!» - dedilar. Shunda bir 
kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Xotinim haj qilmoqqa chiqib erdi, men falon va falon 
gazotga yozilib (boraman deb niyat qilib) qo‘ydim»,— dedi. Ul zot: «Ortingga qaytib, 
xotining birlan haj qilgil!» — dedilar». 
 
112-bob. Erkak birlan ayolning odamlar huzurida chekkaga chiqib 
so‘zlashmog‘ining joizligi haqida 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot (huzurlaridagi kishilar ko‘z oldida; u birlan 
chekkaga chiqdilar-da, unga: «Sen mening uchun (ansoriya ayollar ichidagi) eng suyukli 
odamsan!» — dedilar». 
 
113-bob. Ayolchalish erkaklarning ayol huzuriga kirmog‘i man’ qilingani haqida 
 
Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu 
Salamaiing uyida o‘ltirgan erdilar, u yerda bir xunasa ham bor erdi. Usha xunasa Ummu 
Salamaning birodari Abdulloh ibn Abu Umayyaga: «Agar Olloh taolo ertaga sizlarga 
Toifni fath qilib bersa, men senga G’aylonning qizini ko‘rsataman, u to‘rttasi birlan ilgari 
surilib, sakkiztasi birlan tisariladi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Buni uyingizga 
kiritmangizlar!» — dedilar». 
 
114-bob. Ayolning habashlarga yoki shu kabi kishilarga shunchaki qaramog‘i 
haqida 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men masjidda nayzabozlikni mashq qilayotgan 
habashlarga qarab turganimda Janob Rasulullohning meni kiyimlari birlan pana qilib 
turganlarini ko‘rdim, keyin zerikkunimcha tomosha qildim, chunki men hali o‘yin-kulgiga 
to‘ymagan bir yosh qizaloq erdim». 
 
115-bob. Ayollarning hojatga chiqishlari haqida 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida Savda binti Zam’a tashqariga 
chiqdi. Hazrat Umar uni ko‘rib, tanidilar va unga: «Sen, xudo haqi, ey Savda, bizdan 
berkinolmaysan!» — dedilar. Savda ortiga qaytib, Janob Rasulullohning huzurlariga 
bordi-da, bo‘lgan gapni aytdi. Shunda ul zot mening hujramdagi kechki ovqatni tanovul 
qilayotgan bo‘lib, qo‘llaridagi sho‘rvaga bir qarab qo‘yib, so‘ng nigohlarini yuqoriga 
qaratdilar-da: «Olloh taolo sizlarga (ayollarga) hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqqa 
ijozat berdi», — dedilar». 
 
116-bob. Ayolning masjid va shu kabi joylarga chiqmoqqa eridan ijozat 
so‘ramog‘i haqida 
 
Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
birortangizning xotiningiz masjidga chiqmoqqa sizdan izn so‘rasa, unga mone’lik 
qilmangiz!» — dedilar». 
 
117-bob. Erkakning o‘zi birlan emishgan ayollarning huzuriga kirmog‘i va 
ularga qaramog‘i mumkinligi haqida 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Emishgan amakim kelib, huzurimga kirmoqqa 
izn so‘radilar, men Janob Rasulullohdan so‘ramagunimga qadar, ul kishiga ruxsat bergim 
kelmadi. Janob Rasululloh kelganlarida ul zotdan shu haqda so‘radim. Ul zot: «U sening 
amakingdur,unga ruxsat bergil!»—dedilar. Men: «Yo Rasulalloh,meni bu kishining xotini 
ermas, akasining xotini emizgandur!»— dedim. Ul zot: «U senga amaki bo‘ladi, 
huzuringga kiraversin!»—dedilar. Bu voqea biz ayollarga hijob (parda) tortilgandan so‘ng 
ro‘y bergan bo‘lib, bildimki tugushganlarga harom qilingan narsa emishganlarga ham 
harom qilingan erkan». 
 
118-bob. Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni eriga 
ta’rifu tavsif qilmasin! 
 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni shoyad eri unga 
qarasa, deb eriga ta’rifu tavsif qilmasin!» — dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
119-bob. Bir kishining «Bu kecha albatta xotinlarimni ziyorat qilgayman!» deb 
aytgani haqida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: «Bu 
kecha albatta yuzta xotinni ziyorat qilgayman, har biri Olloh taolo yo‘lida jang qiladirgan 
bir o‘gil tugib bergay!» — dedilar. Shunda farishta ul kishiga: «Inshoolloh, deb ayt!» — 
dedi, ammo ul kishi buni unitib, aytmadilar. Keyin, xotinlarini ziyorat qildilar, ammo 
ulardan bittasigina tugdi, u ham bo‘lsa, chala. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Agar «inshoolloh» deganlarida, (qasamlarini) buzmagan bo‘lardilar va tilaklarining 
ro‘yobga chiqishidan qattiq umidvor bo‘lsalar bo‘lar erdi!»—dedilar». 
 
120-bob. Agar kishi uzoq vaqt uyida bo‘lmagan bo‘lsa, «Oilam menga xiyonat 
qilmayaptimikan?» degan yomon o‘y birlan kechasi kelib eshikni taqillatmasin! 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam kishining to‘satdan kechasi safardan kelib eshigini taqillatmog‘ini makruh ko‘rar 
erdilar». 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz 
uzoq vaqt uyingizda bo‘lmagan bo‘lsangiz, to‘satdan kechasi kelib eshigingizni 
taqillatmangiz!» —dedilar». 
 
121-bob. Bola ko‘rmoq (farzandli bo‘lmoq) ishtiyoqi 
 
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
erdim. Ortimizga qarab yo‘lga chiqqanimizda imillab ketayotgan tuyamni tezlatdim, 
shunda bir kishi ketimdan ulovda yetib keldi, o‘girilib qarasam, bu Janob Rasululloh 
erkanlar. «Namuncha sho-shilmasang!»—dedilar. «Chillali kuyovman»,— dedim. «Bokira 
qizga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. «Juvonga»,— dedim. «Agar bokira qizga 
uylanganingda erdi, bir-biringiz birlan vaqtxushlik qilar erdingizlar!» — dedilar. Yetib 
kelgach, uy-uyimizga kirmoqchi bo‘ldik. Shunda ul zot: «Kech bo‘lguncha kutingizlar, 
keyin kirasizlar, chunki ayollaringiz o‘ziga oro berib olsin, sizlar ham soch-soqollaringizni 
tarashlab olingizlar!» — dedilar. So‘ng, ul zot menga qarab: «Ey Jobir, fikru o‘yingda 
jimo’ bo‘lsin!» (ya’ni, «Farzandli bo‘lmog‘ing kerak!»)— dedilar». 
 
122-bob. Safardan qaytgan erkaklar soch-soqollarini tarashlab, ayollar ersa 
to‘zigan sochlarini tarab olsinlar! 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdik. 
Ortimizga qaytib, Madinaga yaqinlashganimizda imillab yurayotgan tuyamni 
tezlashtirdim. Shunda ortimdan bir kishi ulovda yetib kelib, qo‘lidagi nayza (aso) birlan 
tuyamni bir nuqib erdi, sen bilgan eng yaxshi tuyalar kabi gijinglab ketdi. Ugirilib 
qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh, men hali chillasi 
chiqmagan kuyovman!» — dedim. Ul zot: «Uylandingmi?»— dedilar. Men: «Ha»,— 
dedim. Ul zot: «Bokiragami yoki juvongami?» — dedilar. Men: «Juvonga»,— dedim. Ul 
zot: «Bokiraga uylanganingda erdi, o‘zaro dilxushlik qilgan bo‘lar erdingizlar!» — dedilar. 
Yetib kelgach, uy-uyimizga kirib ketayotgan erdik, ul zot: «Kechgacha oshiqmangizlar, 
keyin kirasizlar, toki ayollaringiz to‘zigan sochlarini tarab, sizlar ersangiz soch-
soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar». 
 
123-bob. Olloh taoloning «Va ko‘rsatmaydilar ziynatlarini (jamollarini) 
erlaridan bo‘laklarga...» degan qavli haqida 
 
Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning Uhud kunidagi jarohatlari 
nima birlan davolangani xususida bahslashib qolishdi. Keyin, shu haqqa Sahl ibn Sa’d 
as-So’idiydan so‘rashdi. Ul kishi Janob Rasulullohning tirik qolgan eng so‘nggi madinalik 
sahobalari bo‘lib, bunday dedilar: «Buni mendan ko‘proq biladirgan odam qolmadi. 
Ushanda Fotima alayhossalom ul zotning yuzlaridan oqayotgan qonni yuvgan, Hazrat Ali 
ersa qalqonida suv keltirib bergan erdi. So‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulini jarohatlariga 
bosgan erdi». 
 
124-bob. Olloh taoloning «Sizlardan balog‘atga yetmaganlar...» degan qavli 
xususida 
 
Abdurrahmon ibn Abbosrivoyat qiladilar: «Mei bir kishining Ibn Abbosdan: «Siz Janob 
Rasululloh birlan birga qurbon yoki ramazon hayitida bo‘lganmisiz?» — deb so‘raganini 
eshitdim. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob berdilar: «Ha, bo‘lganman. Agar men ul 
zotga suyukli bo‘lmaganimda, yosh bolaligim sababli birga bo‘lolmagan bo‘lar erdim. 
Ushanda Janob Rasululloh chiqib namoz o‘qidilar, so‘ng va’z aytdilar, lekin na azon va na 
takbir haqida eslatmadilar. Keyin, ayollarning qoshiga borib, ularga ham va’z aytdilar va 
pand-nasihat qilib, sadaqa bermoqni amr qildilar. Shunda men ayollarning quloqlariga 
va bo‘yinlariga qo‘llarini uzatib, isirg‘a va marjonlarini Hazrat Bilolga olib 
berishayotganini ko‘rdim. Shundan keyin, Janob Rasululloh birlan Hazrat Bilol uylariga 
ketishdi». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
300
 
125-bob. Kishining o‘z do‘stiga (o‘rtog‘iga); «Bu kecha jimo’ qildingizmi?» — 
deb aytmog‘i hamda kishining o‘z qizining biqiniga turtib dashnom (jazo) 
bermog‘i haqida 
 
(Bu yerda yuqoridagi sarlavhaning birinchi qismiga taalluqli hadis berilmagan. 1-jilddagi 
«Janoza» kitobida keltirilgan. Anas ibn Molikning quyidagi hadisi nazarda tutilgan bo‘lishi 
mumkin: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari (Ummu Gulsumning) 
janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr yonida 
o‘ltiribdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, ul zot: «Orangizda bu kecha 
xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi bormi?» — deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,— 
dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, qabrga tushgil!» — 
dedilar. Talha (mayyitni lahadga qo‘ygani) qabrga tushdilar»). 
 
Oisha raziyalloh u anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr as-Siddiq menga dashnom 
(jazo) berib, qo‘llari birlan biqinimga turta boshladilar, shunda men Janob Rasululloh 
boshlarini tizzamga qo‘yib uxlayotganlari uchungina qimirlay olmagan erdim». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
«TALOQ» KITOBI 
 
Olloh taoloning qavli: «Ey payg‘ambari muxtaram! (Ummatlaringizga aytingizki), qachon 
xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, taloq qilingizlar ularni iddalarin avvalida va 
saqlab turingizlar iddani» (ya’ni, agar xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, xotin 
hayzdan pok bo‘lib, g‘usl qilgandan keyin hamda u birlan yotmasdan turib taloq 
qilingizlar va har ikkingiz iddani xotiralaringizda tutingizlar). 
 
«Ahsaynohu» — «uni yodda tutdik va hisobga olib qo‘ydik», «taloqus-sunna» — «xotinni 
hayzdan poklangan holda, unga yaqinlik qilmay ikki guvoh huzurida taloq qilmoqlik». 
 
Nofi’ raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu xotinini hayz 
ko‘rgan holida taloq qildi. Bu voqea Janob Rasulullohning hayotlik vaqtlarida bo‘lgan 
bo‘lib, Hazrat Umar ibn al-Xattob ul zotdan shu haqda so‘radilar. Ul zot: «Borib aytgil, 
uni qayta nikohlab olsin, keyin hayzdan poklanguniga qadar uyida ushlab tursin, keyin 
yana hayz ko‘rib, hayzdan poklansin, keyin agar istasa, uyida olib qolib yashayversin, 
agar ystamasa, unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin! Bu Olloh taolo amr qilgan idda 
bo‘lib, shunga binoan ayollar taloq qilinadi»,— dedilar». 
 
1-bob. Agar ayol hayz ko‘rgan holida taloq qilingan bo‘lsa ham, taloq hisobga 
o‘tadi! 
 
Anas ibn Sirin rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat 
Umar buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni qayta nikohlab olsin!»—dedilar. 
Hazrat Umar. «Hayz holida taloq qilgan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?» — dedilar. 
Ul zot: «Bo‘lmasachi!» — dedilar». 
 
Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Janob Rasululloh otamga «Borib aytgil, 
uni qayta nikohlab olsin!» deb aytibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida taloq qilinsa ham, 
taloq hisobga o‘tadimi?»— dedim. Ibn Umar: «Qarib, miyasi aynib qolgan deb 
o‘yladingizmi?!» — dedi». 
 
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Men xotinimni hayz holida taloq qilib 
erdim, u menga taloq qilingan hisoblandi»,— dedi». 
 
2-bob. Taloq qilgan kishi haqida. Kishi xotiniga yuzlanib turib uni taloq 
qilganini aytadimi? 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Al-Ju-unning qizi Janob Rasulullohning 
huzurlariga kiritilib, ul zot unga yaqin borganlarida: «Olloh taolo sizdan meni o‘z 
panohida asrasin!» —dedi. Ul zot unga: «Endi, sen buyuk zotning (Olloh taoloning) 
panohidasan, oilangga (uyingga) ketaver!»—dedilar». 
 
Abu Usayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (Janob Rasululloh uylanganlarida) 
yo‘lga chiqib, ash-Shavt nomli bir chorbog‘ tomon yo‘l oldik va nihoyat ikki chorbog‘ 
oralig‘iga yetib kelib, dam olgani o‘ltirdik. Janob Rasululloh bizga: «Shul yerda o‘ltira 
turingizlar!»— dedilar-da, chorboqqa kirib ketdilar. Ul zot o‘zlari birlan bir savat tortiq 
olib kelgan bo‘lib, men uni an-Nu’mon ibn Sharohbil qizi Umayya doyasi birlan o‘ltirgan 
xurmozor ichidagi uyga olib kirib qo‘ydim. Janob Rasululloh Umayyaning huzuriga 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
qo‘shilmoq bo‘lib kirganlarida, unga: «Kelgil, o‘zingni menga tuhfa qilgil!»—dedilar. 
Shunda Umayya ul zotga: «Malika ham o‘zini o‘z fuqarosiga tortiq qiladimi?!» — dedi. 
Janob Rasululloh uni tinchlantirmoq uchun qo‘llarini unga uzatib erdilar, u: «Olloh taolo 
meni sizdan o‘z panohida asrasin!»—dedi. Ul zot: «Endi, sen (uning) panohidasan!»—
dedilar-da, bizning huzurimizga chiqib keldilar. Keyin: «Ey Abu Usayd, unga ikki bosh-
oyok, sarpo kiygizgin-da, uyiga jo‘natib yubor!»—dedilar». 
 
Abbos ibn Sahl va Abu Usayd rivoyat qilishadi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Sharohbil qizi Umayyaga uylandilar. Umayya Janob Rasulullohning huzurlariga kiritib 
yuborilganda ul zot unga qo‘l uzatdilar. Shunda u buni yoqtirmagandek bo‘ldi. Janob 
Rasululloh (darhol) Abu Usaydga qizni yo‘lga tayyorlab, unga ikki bosh-oyoq sarpo 
kiygizib, so‘ng uyiga jo‘natib yubormoqni amr qildilar». 
 
Abu G’allob Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga; «Bir kishi xotinini 
hayz ko‘rgan holida taloq qilibdi»,— dedim. U: «Sen Ibn Umarni taniysan («Bu 
menman» demoqchilar). U xotinini hayz holida taloq qildi. Keyin, Hazrat Umar Janob 
Rasulullohga shu haqda aytdilar. Ul zot xotinimni qayta nikohlab olmog‘imni, so‘ng 
hayzdan poklangach, istasam uni taloq qilmog‘imni amr qilibdilar»,— dedi. Men: «Hayz 
holida qilingan taloqni taloq, deb hisobladilarmi?» — dedim. U: «Qarib, miyasi aynib 
qolgan, deb o‘ylayapsanmi?!»—dedi». 
 
3-bob. Uch taloqqa ijozat bergan kishi haqida. Olloh taolo: «Taloq ikki bor 
(qaytarilur), keyin (xotinni) yaxshilik ila nikoqda saqlanur yoki xush qilib 
qo‘yib yuborilur...»,— deydi 
 
(Islomdan avval arablarda qoida shul erdiki, ular xotinlarini o‘n va hatto yigirma marta 
taloq qilgandan keyin ham, iddalari tugamay turib yana qaytarib olur erdilar. Yuqoridagi 
oyat johiliyat davridagi ana shul qoidani bekor qildi, Oyatning mazmuni shuki, bir er o‘z 
xotinini ikki bor taloq qilib, yana qayta olmog‘i mumkin, lekin bu idda mobaynida bo‘lur. 
Agar idda muddati tugagan bo‘lsa, ul holda ixtiyor xotindadur. Er ikki bor xotinini taloq 
qilgandan keyin, yarashib yana uchinchi bor taloq qilsa, xotin boshqa bir kishiga 
tasodifan tegib chiqib, iddasi tugagandan keyingina avvalgi eriga halol bo‘lgay). 
 
Ibn Zubayr xotinini taloq qilgan bemor er xususida gapirib: «Uning taloq qilingan xotini 
undan meros oladi, deb hisoblamayman»,— dedilar. Sha’biy ersalar: «Undan meros 
oladi»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Usha xotin, idda muddati tugasa, erga tegadimi?»—
dedilar. Ibn Zubayr: «Ha»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Agar uning keyingi eri ham o‘lsa, 
undan meros olmaydi, deb hisoblar erkansizda!» — dedilar. 
 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiy al-Ansoriyning 
huzuriga kelib, unga: «Ey Osim! Nima deb o‘ylaysan, agar bir kishi xotinini begona bir 
kishi birlan tutib olsa, u o‘sha erkakni o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga 
nisbatan qanday chora ko‘riladi? Iltimos, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘rab bilib 
bergil!» — dedi.Osim shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdi, ul zot bu masalani 
aybli hisoblab, javob bergilari kelmadi, hatto Osimni shunday qattiq urishib berdilarki, u 
so‘raganiga pushaymonlar yedi. Osim uyiga qaytib kelgach, Uvaymir kelib: «Ey Osim! 
Janob Rasululloh nima dedilar?»—dedi. Osim: «Menga yaxshi bo‘lmadi, Janob Rasululloh 
sen so‘ragan masala xususida javob bermoqni istamadilar»,— dedi. Uvaymir: «Olloh 
taolo haqi! Buni so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Janob 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling