Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60-bob. Safarda qo‘shilmoq haqida
- 61-bob. Ulovga mindirmay va olov yoqmay, kuppa-kunduzi qo‘shilmoq haqida
- 62-bob. Ayollar uchun namatlar va shunga o‘xshash narsalar haqida
- 63-bob. Kelinni kuyov huzuriga kuzatib qo‘yuvchi ayollar haqida
- 64-bob. Kuyovga qilinadirgan hadya haqida
- 65-bob. Kelin uchun kiyim va boshqa narsalarni birovdan vaqtincha olib turmoq haqida
- 66-bob. Ayoliga qo‘shilmoqchi bo‘lgan kishi nima deb aytmog‘i lozim
- 67-bob. To‘yda ziyofat bermoqlik — to‘g‘ri ishdur!
- 68-bob. Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilmoq kerak!
- 69-bob. Ba’zi ayollarini ba’zi ayollaridan ko‘ra ko‘proq ziyofat birlan siylagan kishi haqida
- 70-bob. Qo‘ydan kamroq narsa birlan ziyofat qilib siylagan kishi haqida
- 72-bob. Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘ladi!
- 73-bob. (Qo‘yning) soniga taklif qilinganda borgan kishi haqida
- 75-bob. Ayollar va bolalarning to‘yga bormoqlari haqida
- 76-bob. Da’vat qilingan joyga borganda makruh narsani ko‘rsa, ortiga qaytib ketadimi
- 77-bob. To‘y kuni ayolning erkaklar tepasida turib, shaxsan o‘zi ularga xizmat qilmog‘i haqida
- 78-bob. To‘ydagi mast qilmaydirgan «naqi’» va «sharob» ichimliklari haqida
- 79-bob. Ayollar birlan murosa-yu madora qilmoqlik qamda Janob Rasulullohning «Darhaqiqat, ayol qobirg‘aga o‘xshaydi» degan qavllari haqida
- 80-bob. Ayollar birlan maslahat qilmoqlik haqida
- 81-bob. Uzingizni hamda oilangizni do‘zax o‘tidan saqlangizlar!
- 82-bob. Oila birlan yaxshi muomala qilmoqlik haqida
- 83-bob Kishining o‘z qiziga uning eri xususida pand-nasihat qilmog‘i
www.ziyouz.com kutubxonasi 281 59-bob. To‘qqiz yashar qizaloqqa qo‘shilgan kishi haqida Urva rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yoshligida uylanib, to‘qqiz yoshligida unga qo‘shildilar. Oisha ul zot birlan to‘qqiz yil turmush qurdi». 60-bob. Safarda qo‘shilmoq haqida Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga qo‘shilmoq uchun Xaybar birlan Madina oralig‘idagi bir yerda uch kun turib qoldilar. Men musulmonlarni Janob Rasulullohning to‘y ziyofatlariga taklif qildim. Dasturxonda na non va na go‘sht bor erdi, shul boisdan ul zot boriga qanoat qilmoqni amr qildilar. Dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ tortildi, shu birlan to‘y ziyofatlari bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar: «Safiyya mo‘minlarning onalaridan biri bo‘larmikin yoki ul zotning cho‘rilaridan biri bo‘larmikin?» —deyishdi. Keyin, ular o‘zlaricha: «Agar Janob Rasululloh uni hijobga olsalar (parda ortiga yashirsalar), u mo‘minlarning onalaridan biri, basharti olmasalar, cho‘rilaridan biri bo‘ladi»,— deyishdi. Safiyyaning kajavasi Janob Rasulullohning ortlaridan yo‘lga chiqqanda, ul zot u birlan odamlar orasiga parda tortib qo‘ydilar». 61-bob. Ulovga mindirmay va olov yoqmay, kuppa-kunduzi qo‘shilmoq haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga uylandilar. Keyin, onam qoshimga kelib meni hovliga olib kirdilar. Kuppa-kunduzi bo‘lgani uchun ham, men faqat Janob Rasulullohdan cho‘chirdim». (Islomdan ilgari kelinni ulovga mindirib, gulxan atrofidan aylantirilgan). 62-bob. Ayollar uchun namatlar va shunga o‘xshash narsalar haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namatlarni oldingizlarmi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, bizda namat nima qiladi?!» — dedim. Ul zot: «Bo‘lishi kerak!» — dedilar». 63-bob. Kelinni kuyov huzuriga kuzatib qo‘yuvchi ayollar haqida Hishom ibn Urva rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bir kelinni bir ansoriy kuyovning huzuriga kuzatib qo‘ydilar. Janob Rasululloh: «Ey Oisha, musiqa chalib o‘yin- kulgi birlan kuzatib qo‘ydingizlarmi? Ansorlar musiqa chalib o‘yin-kulgi qilishni xush ko‘radilar»,— dedilar». 64-bob. Kuyovga qilinadirgan hadya haqida Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikning biz birlan birga «Baniy Rifoa» masjididan o‘tib ketayotib bunday deb aytayotganini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Sulaymning hovlisi yonidan o‘tib ketayotib uning uyiga kirdilar- da, unga salom berdilar. Ushanda ul zot Zaynabga uylanish arafasida erdilar. Ummu Sulaym menga: «Janob Rasulullohga (Zaynabga qo‘shilgan kunlari ertalab) nonushta tortiq qilsak, juda soz bo‘lar erdi!» — dedi. Men unga: «Shunday qilgin!» — dedim-da, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 282 xurmo, yog‘ va pishloqdan «haysa» (uch xil narsadan tayyorlanadirgan taom) tayyorlab, uni bir idishga soldim. Keyin, uni olib Ummu Sulaym birlan birgalikda Janob Rasulullohning huzurlariga ravona bo‘ldim. Janob Rasululloh menga: «Qo‘lingdagini qo‘y!» —dedilar, so‘ng: «Falonchilarni hamda yo‘lingda uchragan kishilarni chaqirib kel!» — deb amr qildilar. Men amrlarini bajo keltirib, qaytib keldim. Hovli odamlarga liq to‘ldi. Janob Rasulullohga qarasam, qo‘llarini o‘sha «haysa» ustiga qo‘yib: «Mo shoalloh!» — dedilar. So‘ng, huzurlariga o‘nta-o‘ntadan odam chaqira boshladilar, ular kirib taomdan yeyishdi. Ul zot ularga: «Olloh taoloning ismini aytib yengizlar, har bir kishi o‘ziga nasib qilganicha yesin!» — dedilar. Hamma to‘yguncha yedi. Keyin, ko‘pchilik chiqib ketdi, faqat bir nafar kishi suhbatlashib o‘ltirib qoldi. Bunga mening g‘ashim keldi. So‘ng, Janob Rasululloh chiqib, hujralar tomon yurdilar, men ham ketlaridan chiqdim-da: «Ular ketishdi»,— dedim. Janob Rasululloh qaytib uyga kirib, pardani tashlab qo‘ydilar, men ersam dahlizda turib qoldim. Shunda ul zot: «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga biror taomga taklif qilinganingizdagina kiringizlar, (barvaqtroq kirib taomning) pishishiga intizor bo‘lib o‘ltirmangizlar va lekin qachon chaqirilsangizlar, kiringizlar, vaqtiki taom yeb bo‘ldingizlar, tarqalingizlar va o‘ltirmangizlar o‘zaro suhbatlashib, bu narsa albatta payg‘ambarga ozor berur va payg‘ambar sizlardan hayo qilur va Olloh taolo haqiqatni bayon qilishdan hayo qilmas («Al-Ahzob» surasi, 53-oyat)»,— dedilar». Abu Usmon: «Anas Janob Rasulullohga o‘n yil xizmat qildi»,— deydilar. 65-bob. Kelin uchun kiyim va boshqa narsalarni birovdan vaqtincha olib turmoq haqida Xishom otalaridan naql qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Asmodan marjonini vaqtincha taqish uchun so‘rab olgan erdilar, yo‘qotib qo‘ydilar. Janob Rasululloh uni qidirib topish uchun bir qancha sohobalarini jo‘natdilar. Shu asnoda namoz vaqti bo‘lib qolib, ular betahorat namoz o‘qishdi (chunki, suv yo‘q bo‘lib, «tayammum» haqidagi oyat hali nozil bo‘lmagan erdi). Keyin, Janob Rasulullohning oldilariga kelishganda, shul haqda ul zotga shikoyat qilishdi. Shunda «tayammum» xususida oyat nozil bo‘ldi. Usayd ibn Huzayr Oisha onamizga: «Xudo xayringizni bersin, Olloh taolo haqi, bundan avval ham siz tufayli Olloh taolo biz musulmonlarga barakot ato etgan erdi!» — dedi». 66-bob. Ayoliga qo‘shilmoqchi bo‘lgan kishi nima deb aytmog‘i lozim? Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, agar birortasi ayoliga qo‘shilayotganda: «Bismillohi, yo parvardigoro, meni shaytondan va shaytonni sen bizga ato etadirgan farzandimizdan yiroq qilgil!» — desa, Olloh taolo ularga farzand taqdir qilgan bo‘lsa, shayton unga mutlaqo zarar yetkaza olmaydi»,— dedilar». 67-bob. To‘yda ziyofat bermoqlik — to‘g‘ri ishdur! Abdurrahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»—dedilar». Anas ibn Molik Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida o‘n yashar bola erdilar, ul kishi bunday dedilar: «Onam meni doimo Janob Rasulullohning xizmatlarini qilishga undar erdilar, men ul zotga o‘n yil xizmat qildim. Janob Rasululloh Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 283 vafot qilganlarida yigirma yoshda erdim. «Hijob» oyati xususida eng ko‘p bilguvchi kishi men bo‘lib, bu oyat Janob Rasulullohning Zaynab binti Jahsh birlan turmush qurgan kunlari nozil bo‘lgan dastlabki oyat erdi. Ushanda Janob Rasululloh Zaynabga qo‘shilib kuyov bo‘lgach, qavmni to‘y ziyofatiga chorladilar, qavm yeb-ichib, so‘ng chiqib ketdi. Janob Rasulullohning huzurlarida bir necha kishigina uzoq o‘ltirib qoldi. Shunda ul zot o‘rinlaridan turib tashqariga chiqdilar, men ham anavilar chiqib keqin deb, ul zot birlan birga chiqib ketdim. Janob Rasululloh yurdilar, men ham yurdim. Ul zot Oisha onamizning hujralari ostonasiga qadar bordilar, so‘ng anavilar chiqib ketgandur, deb o‘ylab ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Ammo, ul zot Zaynabning huzuriga kirganlarida anavilar hanuz suhbatlashib o‘ltirishar erdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib, yana ortlariga qaytdilar-da, Oisha onamizning hujralari ostonasiga qadar bordilar, men ham birgalashib bordim. So‘ng, anavilar chiqib ketgandur, deb o‘ylab yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Bu safar qaytganlarida anavilar chiqib ketishgan erdi. Janob Rasululloh o‘zlari birlan mening o‘rtamga parda tashlab qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Hijob» («Parda») oyatini nozil qildi». 68-bob. Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilmoq kerak! Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf bir ansoriya ayolga uylanganida unga: «Qancha mahr berding?» — dedilar. U: «Danakdek keladirgan oltin»,—dedi». Humayd: «Men Anasning bunday deb aytganini eshitgan erdim»,— deydilar: «Muhojirlar Madinaga kelishganda ansorlarning uylariga tushishdi. Abdurrahmon ibn Avf Sa’d ibn ar- Rabi’ning uyiga tushdi. Sa’d unga: «Mol-mulkimning yarmini senga beraman va sening uchun xotinlarimning biridan voz kechaman!»— dedi. Abdurrahmon: «Olloh taolo oilang birlan mol-dunyongga barakot ato qilsin!» — dedi-da, bozorga ravona bo‘ldi. U yerda u oldi-sotdi qilgach, biroz pishloq va yog xarid qildi, keyin uylandi. Janob Rasululloh unga: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilgin!»— dedilar». Anas raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh birorta ham xotinlarini Zaynabni siylaganchalik ziyofat birlan siylamagan erdilar, Zaynabni bir qo‘y so‘yib siylagan erdilar»,— deydilar. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyani ozod qildilar, so‘ng ozod qilinganligini mahr qilib, unga uylandilar hamda uni «Hays» (xurmo, yog‘ va pishloqdan tayyorlanadirgan taom) birlan siyladilar». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ayolga uylandilar. Keyin, meni jo‘natdilar, men borib odamlarni taomga taklif qildim». 69-bob. Ba’zi ayollarini ba’zi ayollaridan ko‘ra ko‘proq ziyofat birlan siylagan kishi haqida Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anasning huzurida Zaynab binti Jahshning to‘yi haqida eslashdi. Shunda u: «Men Janob Rasulullohning birorta ham xotinlarini Zaynabni siylaganchalik Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 284 ziyofat birlan siylaganlarini ko‘rmaganman, o‘shanda uni bir qo‘y so‘yib siylagan erdilar»,— dedi». 70-bob. Qo‘ydan kamroq narsa birlan ziyofat qilib siylagan kishi haqida Safiyya binti Shayba: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi xotinlarini ikki mudd arpa birlan siylagan erdilar»,— deydilar. 71-bob. Ziyofat (to‘y)ga aytib kelsa, unga bormoq lozimligi, da’vatga javob bermoq kerakligi va yetti kun ziyofat qilgan kishi haqida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ziyofatga na bir kun va na ikki kun vaqt ajratmaganlar! Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz ziyofatga (to‘yga) taklif qilinsangiz, unga albatta boringiz!» — dedilar». Abu Muso raziyallohu anhu Janob Rasulullohdan naql qilib: «Asirni ozod qilingizlar, da’vat qilguvchiga ijobat qilingizlar va kasalni borib ko‘ringizlar!» — dedilar». Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Ul zot bizga kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni, aksa urgan («Alhamdu lilloh» desa), unga («Iarhamukallohu va yashfiyka» deb) javob bsrmoqni, qasamga vafo qilmoqni, mazlumga yordam bermoqni, salom (alik)ni eshittirib aytmoqni va da’vat qilguvchiga ijobat qilmoqni amr qildilar hamda ul zot bizni oltin uzuk taqmoqdan, kumush idish tutmoqdan, miysara, qassiy, istabraq, deboj... kiymoqdan qaytardilar». Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy Janob Rasulullohni o‘z to‘yiga taklif qildi. Uning xotini (ya’ni, kelin bo‘lmish) o‘sha kuni mehmonlarga o‘zi shaxsan xizmat qildi. Sahl: «Bilasizlarmi, u Janob Rasulullohga nimani ichirganligini? Kechasi birlan turib qolgan xurmolarning suvini ul zot ovqat yeganlarida ichirib yubordi»,— dedi». 72-bob. Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘ladi! Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Taomning eng yomoni — kambag‘allar qolib, boylar taklif qshshngan ziyofatdagi taomdur! Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘lur!» — deb aytar erdilar. 73-bob. (Qo‘yning) soniga taklif qilinganda borgan kishi haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar da’vat qilinsam qo‘y soniga, bergayman albat, Agar hadya qilinsa qo‘y qo‘li, olgayman albat». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 285 74-bob. To‘y va shu kabilarga da’vat qilguvchiga ijobat qilmoq haqida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar da’vat qilinsangiz, unga ijobat qilingizlar!» — dedilar». Ab-dullohning o‘zlari to‘y va shu kabilarga da’vat (taklif) qilinsalar, ro‘za bo‘lsalar ham, borar erdilar. 75-bob. Ayollar va bolalarning to‘yga bormoqlari haqida Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘ydan kelayotgan bir guruh ayollaru bolalarni ko‘rib, qadlarini tikladilar-da: «Parvardigoro! Sizlar mening uchun eng mahbub odamsizlar!» — dedilar». 76-bob. Da’vat qilingan joyga borganda makruh narsani ko‘rsa, ortiga qaytib ketadimi? Ibn Mas’ud bir uyda surat borligini ko‘rib, ortlariga qaytib ketdilar. Ibn Umar Abu Ayyubni uylariga da’vat qildilar. Ul kishi uyda devorga osig‘liq suratli pardani ko‘rib, qaytib ketmoqchi bo‘ldilar. Shunda Ibn Umar: «Bunga bizni xotinlar majbur qildi»,— dedilar. Abu Ayyub: «Bundan qo‘rqsam ham, sendan qo‘rqmayman! Xudo haqi, sizlar birlan bir dasturxonda o‘ltirmayman!» — dedilar-da, ortlariga qaytib ketdilar. Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz suratli bir kichik yostiq sotib oldilar. Janob Rasululloh uni ko‘rib, ichkariga kirmay, eshik ostonasida turib qoldilar. «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— ul zotning yuzlarida jirkanish alomatini ko‘rib: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa va.uning rasuliga tavba qildim, men nima gunoh qilib qo‘ydim erkan?» — dedim. Ul zot: «Anavi yostiq bu yerda nima qilib turibdi?» — dedilar. Men: «Ultirasiz va bosh qo‘yasiz, deb siz uchun sotib oldim»,— dedim. Ul zot: «Mana shu suratlarni chizganlarga qiyomat kuni qattiq azob beriladi va ularga: «O’zlaringiz bunyod qilgan narsangizga jon kirgizingizlar!» — deyiladi»,— dedilar. So‘ng, yana: «Suratlar bor uyga farishtalar kirmaydi!» — deb aytdilar». 77-bob. To‘y kuni ayolning erkaklar tepasida turib, shaxsan o‘zi ularga xizmat qilmog‘i haqida Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Usayd uylanganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalarini to‘yga taklif qildi. Shunda u ularga taom ham keltirmadi, ularga yaqin ham kelmadi, bizga xizmatni faqat uning xotini Ummu Usaydning o‘zi ado etdi. Ummu Usayd toshdan yo‘nilgan bir togoraga xurmo solib, suvga bo‘ktirib qo‘yib, tuni birlan shunday qoldirgan erdi. Janob Rasululloh taom tanovul qilib bo‘lganlarida u o‘sha xurmolarni ezib, suvini ul zotga quyib berdi». 78-bob. To‘ydagi mast qilmaydirgan «naqi’» va «sharob» ichimliklari haqida Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalarini o‘z to‘yiga taklif qildi. Shunda kelin bo‘lmish uning xotini ularga xizmat qilgan erdi. Sahl o‘shanda: «Bilasizlarmi, uning Janob Rasulullohga nima quyib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 286 berganini? U togorada tuni birlan ivitilgan xurmo suvini ul zotga quyib berdi»—deb aytgan erdi». 79-bob. Ayollar birlan murosa-yu madora qilmoqlik qamda Janob Rasulullohning «Darhaqiqat, ayol qobirg‘aga o‘xshaydi» degan qavllari haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayol qobirg‘aga o‘xshaydi, agar uni to‘g‘rilayman desang, sindirib qo‘yasan va agar (shundayligicha) foydalanaveraman desang, foydalanaverasan, uning o‘zi (azaldan) qiyshiq!» — dedilar». 80-bob. Ayollar birlan maslahat qilmoqlik haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Kimki Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek, ayollar birlan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar. Chunki, ular qobirg‘adan yaratilgan bo‘lib, qobirg‘aning eng qiyshiq yeri — uning do‘ng joyidur. Agar uni to‘g‘rilashga harakat qilsang, sindirib qo‘yasan va agar qo‘yib yuborsang (yana qaytib o‘z holiga keladi-da), egriligicha qoladi. Bas, shunday erkan, ayollar birlan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar!». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz, Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Tag‘in, biror baloga griftor bo‘lib qolmaylik!» deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so‘z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo‘rqar erdik. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qylganlaridan so‘ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladirgan bo‘ldik». 81-bob. Uzingizni hamda oilangizni do‘zax o‘tidan saqlangizlar! Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Barchangiz homiy va mas’uldursizlar. Imom (rahbar) ham homiy hamda mas’uldur, er (erkak) o‘z oilasiga homiy va mas’uldur, xotin erining uyiga homiy va mas’uldur, qul xojasining moliga homiy va mas’uldur, zero barchangiz homiy va barchangiz mas’uldursizlar!» 82-bob. Oila birlan yaxshi muomala qilmoqlik haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Un bitta ayol o‘z erlari xususidagi gaplarni zarracha yashirmasdan oshkor qilishga kelishib olishib, bir yerga to‘planishdi. Birinchi ayol: «Mening erim tuya yanglig‘ tirraqi, yengil bo‘lib — chaqqonmas, semiz bo‘lib — polvonmas!»—dedi. Ikkinchi ayol: «Men erimning sirini oshkor qilmasligim u yoqda tursin, hatto shunday oshkor qilayki, uning bor nuqsonlarini aytib, astar-avrasini chiqarib yuboray!» — dedi (ya’ni, u shugina bir gapi birlan erining kim erkanligini bildirib qo‘ya qoldi) Uchinchi ayol: «Mening erim xudbin, unga bitta so‘z ko‘plik va yarimta so‘z kamlik qiladi»,— dedi. To‘rtinchi ayol: «Mening erim tihomalik bir notavon bo‘lib, na issiq va na sovuq, na tasqara va na jirkanarlidir»,— dedi. Beshinchi ayol «Mening erim, uyga kirganda qoplon kabi uzala tushib dong qotib uxlaydi, ko‘chaga chiqqanda arslon kabi qutirib ketadi (yoki arslonni ko‘rganda dahshatga tushgan kishi kabi pisib qoladi)»,— dedi. Oltinchi ayol: «Mening erim ovqat yesa, biqinidan, suv ichsa, tomog‘idan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 287 ko‘rinadirgan bir odam bo‘lib, oilasining na ovqatidan va na suvidan xabar oladi, bola- chaqasining ahvoli nima kechayotir, zarra parvosiga kelmaydi»,— dedi. Yettinchi ayol: «Mening erim o‘ta nimjon bo‘lib, bo‘lar bo‘lmasga dardga chalinaveradi, tegsang, chochilib ketadigandek!» — dedi. Sakkizinchi ayol: «Mening erim quyondek tezotar va moldek sassiq»,— dedi. To‘qqizinchi ayol «Mening erim ustundek baland, tepalikdek salobatli, qurumdek qop-qora va xonanishindir»,— dedi. Uninchi ayol: «Mening erim o‘zi xon, ko‘lankasi maydon, ta’rifi ortiqroqdur bundan ming chandon, qo‘ra ichra tuyalari ko‘pdur, ammo yaylovda oz — bir necha to‘pdur, bu sho‘rlik tuyalar gar soz ovozini eshiqalar, halok bo‘ldik, deb o‘ylagaylar»,— dedi. Un birinchi ayol bunday dedi: «Mening erim Abu Zar’ ikki qulog‘imni isirg‘a birlan bezab, ikki bilagimni tiqmachoqdek qilib semirtirdi, meni maqtab keriltirdi, meni o‘zining ash-Shiqqadagi qo‘ylari hamda yilqi-yu, tuyalari o‘rnida ko‘rdi. Men uning huzurida yomonlik ko‘rmadim, yeb-ichib, huzur- halovatda yashadim. Uning onasi Ummu Abu Zar’ ersa, ichi to‘la qarg‘ish, uyi bedarvoza bir xotindur. O’g‘li Ibn Abu Zar’ — ko‘rpa-yostig‘i juldur, o‘zi bir echki qo‘lini yesa, arang to‘yadi. Qizi Binti Abu Zar’ — ota-onasining g‘irt o‘zi, semizligidan kuylagiga sig‘maydi, bor zahrini cho‘risiga sochadi. Cho‘risi ersa, gapimizni ko‘chaga tashimaydi, o‘g‘ritomoq ermas, uyimizni oyoqosti ham qilmaydi. Bir kuni Abu Zar’ suv to‘la meshdek jussasini so‘lqillatib ko‘chaga chiqdi-da, ikki o‘g‘ilchasi birlan kelayotgan bir ayolni uchrat-di. Ayolning bolalari onasining pinjida o‘ynashayotgan ikki qoplonchadek ikki dona anorni o‘ynashar erdi. Abu Zar’ meni taloq qilib, o‘sha ayolga uylandi. Keyin, men bir erkakka tegib oldim. U men birlan bearmon dom olishdi, menga ilgari bilmagan lazzatlarni, erdan ayolga lozim bo‘lgan barcha rohatlarni baxsh etdi. U menga: «Bori-yo‘g‘imni sen Ummu Zar’ga bag‘ishladim!»— dedi. Agar u menga ato etgan narsalarni jamlab, Abu Zar’ning (barcha idishlariga, hatto) eng kichik idishiga ham solsang, to‘lib-toshib keqa kerak!» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Habashlar nayzabozlikni mashq qilayotgan erdilar, shunda Janob Rasululloh meni begona ko‘zdan pana qilib turdilar, men tomosha qildim. Biroz tomosha qilgach, ichkariga kirib ketdim, o‘shanda men o‘yin-kulgi qiladirgan yoshdagi bir qizaloq erdim» 83-bob Kishining o‘z qiziga uning eri xususida pand-nasihat qilmog‘i Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men ancha vaqt Hazrat Umardan Janob Rasulullohning ayollaridan ikkitasi xususida so‘ramoqchi bo‘lib yurdim-u, lekin so‘ray olmadim. Olloh taolo ular haqida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar .» degan oyati karimasini nozil qilgan erdi. Hazrat Umar haj qilganlarida men ham birga haj qildim. Hajdan qaytayotib bir yerga kelganda, chekkaga chiqdilar, men ham meshchadagi suvni olib chekkaga chiqdim. Ul kishi hojatdan bo‘shalib qaytgach, qo‘llariga suv quyib berdim, tahorat oldilar. So‘ng, men ul kishidan «Yo mo‘minlar amiri, Olloh taolo Janob Rasulullohning ayollaridan ikkitasi xususida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar..» degan oyati karimasini nozil qilgan erkan, ular kimdurlar'»—deb suradim. Hazrat Umar: «Vo ajabo! Shuni ham bilmaysanmi, ey Ibn Abbos?! Ular — Oisha birlan Hafsa-dur»,— dedilar! Keyin, Hazrat Umar bunday deb gaplarida davom etdilar: «Men va mening bir ansoriy qushnim Baniy Umayya ibn Zayd qabilasida erdik. Ular Madina akobirlaridan erdilar. Men va qo‘shnim navbatma-navbat Janob Rasulullohniig huzurlariga borib turar erdik, bir kun u borar erdi va bir kun men borar erdim. Men borib kelsam, o‘shal kun Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiy va u yerda bo‘lgan boshqa voqealar haqida unga so‘zlab berar erdim. U borib kelganda ham xuddi shunday qilar erdi. Biz qurayshliklar ayollarimizdan ustun turar erdik. Ansorlar huzuriga kelsak, ularning ayollari erkaklaridan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling