Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-bob. Faqat valiy ishtirokidagina nikoh qilinadi!
- 37-bob. Agar valiyning (qizga homiylik qiluvchi kishining yoki qizning biror yaqin kishisining) o‘zi kuyov bo‘lsa, unda u nima qilmog‘i kerak
- 38-bob Kishining o‘z qizaloqlarini (balog‘atga yetmagan qizchalarini) birovga nikohlab qo‘ymogi haqida
- 39-bob Otaning o‘z qizini yoshi ulug‘ kishiga erga bermog‘i haqida
- 40-bob. Sulton (hukmdor) — valiydir!
- 41-bob. Ota yoki shu kabi kishilar bokira yoki juvonni ularning roziligisiz nikohlamasligi lozim!
- 42-bob Agar kishi o‘z qizini erga bersa-yu, u rizo bo‘lmasa, nikoh bekordur!
- 43-bob Yetim qizni erga bermoq haqida. Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar yetim qizlarga noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga
- 44-bob Agar kuyov bo‘lmish kishi valiyga: «Meni falonchi ayolga uylantirib o‘yingiz!» — desa-yu, valiy: «Biz seni falon va falon narsalar evaziga bu ayolga
- 45-bob Kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni (qizni) xotinlikka so‘ratmaydi, birodarining uni o‘z nikoxiga olmog‘ini yoki undan voz kechmog‘ini kutadi.
- 46-bob. Xotinlikka so‘ralgan ayoldan voz kechmoqlikningtafsiri
- 47-bob. Nikohdagi xutba haqida
- 48-bob. Nikohda doira chalmoq hamda ziyofat qilmoq xususida
- 50-bob. Qur’on evaziga (mahr bermay) uylantirib qo‘ymoq haqida
- 51-bob. Mahrning na hajmi va na vazni muhim ermas! Masalan, temir uzuk
- 53-bob. Nikohdagi makruq shartlar haqida
- 54-bob. Uylangan kishining qo‘lidagi sarig‘ dog‘ haqida
- 56-bob. Uylangan kishi qanday duo qilinadi
- 57-bob. Kelinni kuyovning huzuriga kuzatgan ayollarni hamda kelinni duo qilmoq haqida
- 58-bob. G’azotdan ilgari ayoliga qo‘shilmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 274 Ibn Abbos: «Al-Kitobu ajalah» — «iddasi tugaguncha» demakdur»,— deydilar. 35-bob. Uylanmasdan burun ayolni ko‘rmoq haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Men seni tushimda ko‘rdim, bir farishta seni ipak matoga o‘rab olib ketayotgan erkan. Farishta menga: «Bu sening xotiningdur»,— dedi. Men yuzingni ochib ko‘rsam, haqiqatan ham bu sen erkansan. Shunda men: «Agar bu tushim Olloh taolodan bo‘lsa, albatta ro‘yobga chiqadi!» — deb qo‘ydim». Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men o‘zimni sizga bag‘ishlagani (hadya qilgani) keldim!» — dedi. Janob Rasululloh unga bir tikilib, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, boshlarini sarak-sarak qildilar. Ayol, ul zotning o‘zi xususida biror qarorga kelmaganlarini ko‘rgach, o‘ltirdi. Shunda sahobalardan biri o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, ul holda meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — deb iltimos qildi. Janob Rasululloh: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Xudo haqi, yo‘q, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Uyingga borib ko‘rgil, biror narsa toparsan!» — dedilar. U uyiga borib, qaytib keldi-da: «Xudo haqi, hech narsa topmadim, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Borib qarab ko‘r, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» —dedilar. U yana borib, qaytib keldi-da: «Xudo haqi, yo Rasulalloh, hatto temir uzuk ham topolmadim. Ammo, mening mana bu izorim (ishtonim) bor»,— dedi. Uning egnida ko‘ylagi bo‘lmay, izorining yarmini ayolga mahr qilib bermoqchi bo‘ldi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahriga berasan, axir uni sen kiysang, ayolga, ayol kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku!» — dedilar. Boyagi kishi uzoq o‘ltirib qoldi. So‘ng, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turganlarida uning g‘amgin o‘ltirganini ko‘rib chaqirtirdilar. U kelgach: «Qur’ondan nimalarni bilasan?» — dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — deya o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh. «Bu suralarni yoddan qiroat qila olasanmi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ketaver, Qur’ondan bilgan suralaring evaziga biz seni bu ayolga ega qildik!» — dedilar». 36-bob. Faqat valiy ishtirokidagina nikoh qilinadi! Olloh taolo: «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» — deganda juvonni, shuningdek bokirani ham nazarda tutadi. Olloh taolo yana: «Mushriklarga ular mo‘min bo‘lmagunlari-cha, (musulmon ayollarni) nikoh qilmangizlar!» va «Tul xotinlarni nikohlaringizga olingizlar!» — deydi. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida to‘rt xil nikoh mavjud erdi. Ulardan biri bugungi kunda ham bor bo‘lib, kishi o‘z qo‘l ostidagi ayollardan birini yoki o‘z qizini bir kishiga erga beradi, u ersa mahrini berib, uni nikohiga oladi. Ikkinchisi — bir kishi o‘z xotiniga, agar u hayzdan poklangan bo‘lsa: «Birovga bildirmay falonchining oldiga borgin-da, u birlan kelishib dom olishgin!» — deydi, so‘ng u xotinini alohida qilib qo‘yib, to o‘sha kishidan homiladorligi ma’lum bo‘lguncha, unga sira ham qo‘l tekkizmaydi. Xotinining homiladorligi ma’lum bo‘lgach, agar istasa, u birlan yashayveradi. U farzandlik bo‘lish niyatidagina shunday qiladi. Bu nikohni «Uzaro kelishilgan nikoh» deb atashgan. Uchinchisi — o‘ntacha kishi birgalashib bir ayolning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 275 huzuriga kirishadi-da, hammalari uni jimo’ qilishadi, agar u homilador bo‘lib, tug‘sa, tuqqanidan keyin bir necha kecha o‘tgach, boyagi kishilarni chorlab odam yuboradi, ulardan birortasi ham o‘zini olib qocholmaydi. Barchalari ayolning huzurida to‘planishadi. Ayol ularga: «Qilgan ishlaringizning oqibatini bildingizlar, mana men tug‘dim, ey falonchi, bu sening farzanding!» — deb ulardan o‘zi xohlagan kishining ismini aytadi-da, bolasini o‘sha kishiga topshiradi, u kishi ersa rad etolmaydi. To‘rtinchisi — ko‘p kishilar yig‘ilishib, barchalari bir ayolning huzuriga kirishadi, ayol ulardan birortasiga ham «yo‘q» demaydi. Bunday xotinlar fohishalar bo‘lib, eshiklari tepasiga belgi sifatida bayroq osib qo‘yganlar, istagan kishi ularning huzurlariga kiravergan. Agar bunday ayollardan biri homilador bo‘lib qolib, tug‘sa, boyagi kishilar uning huzurida to‘planishganda, folbin xotinni chaqirishgan. Keyin, kimga fol chiqqan bo‘lsa, bolani o‘shanga berib yuborishgan, o‘ziga fol chiqqan kishining bolani rad qilishga sira iloji bo‘lmagan. Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambar qilib yuborgach, bugungi kundagi nikohdan bo‘lak barcha johiliyat davridagi nikohlar yo‘q qilindi». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Kitobda sizlarga aytilgan hukmlar yetim ayollar xususida bo‘lib, sizlar ularga Olloh taolo tomonidan buyurilgan narsani (mahrni) bermay uylanishga intilasizlar» degan oyati karimasi odamlar qo‘lida tarbiyalanayotgan yetim qizlar haqida bo‘lib, har ikkalasining (valiy birlan yetim qizning) moli o‘rtada bo‘lishi ham mumkin. Shunda qizning eng yaqin kishisi bo‘lmish valiy qizning molini qizg‘anganidan uni birovga erga bermay, o‘zi uylanishga ha-rakat qiladi». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar kuyovlari Ibn Xuzofa as- Sahmiy Madinada vafot etib, qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Usmon ibn Affonni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim. Usmon: «Bir o‘ylab ko‘raychi»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim. Keyin, Usmon menga uchrab: «Shu kunlarda uylana olmaydirganga o‘xshayman»,— dedi. So‘ng, men Abu Bakr Siddiqni uchratib: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim». Mu’aqqal ibn Yasor «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimaning o‘zlari haqlarida nozil bo‘lganini aytib, bunday deydilar: «Men singlimni bir kishiga erga bergan erdim, u uni taloq qildi. Keyin, u singlimning iddasi tugaganda uni yana xotinlikka so‘ratgani keldi. Men unga: «Men seni uylantirdim, uy-joyli qildim, izzat-ikrom qildim, sen bo‘lsang, uni taloq qilib, endi yana xotinlikka so‘ratgani kelding, Olloh taolo haqi, endi sira ham uni senga qaytarib bermaymiz!» — dedim. U yomon odam ermasdi, singlim ham unikiga qaytib bormoqni istardi. Shunda Olloh taolo «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimasini nozil qildi. Men Janob Rasulullohga: «Endi to‘sqinlik qilmayman, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Uni eriga (qayta) turmushga ber!» — dedilar». 37-bob. Agar valiyning (qizga homiylik qiluvchi kishining yoki qizning biror yaqin kishisining) o‘zi kuyov bo‘lsa, unda u nima qilmog‘i kerak? Mugiyra ibn Shu’ba bir ayolni (amakisining qizini)o‘ziga so‘rattirdi, u uning eng yaqin kishisi erdi. Shunda u bir kishiga (qizning o‘zidan bo‘lak yaqin kishisiga) buyurib erdi, u uni qizga uylantirib qo‘ydi. Abdurrahmon ibn Avf Ummu Hakim binti Qorizga: «Uzingni menga topshirasanmi?»—dedi. U «Ha»—deb javob berdi. Abdurrahmon unga «Bo‘ldi, senga uylandim!» — dedi. Ato qizni ishonti-rish yoki qizni o‘ziga nikohlab qo‘yishni uning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 276 qarindoshlaridan biriga buyurish maqsadida «Bo‘ldi, men seni nikohimga oldim»— dedi. Sahl rivoyat qiladiki, bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Men o‘zimni sizga bag‘ishladim!» — dedi. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Oisha raziyallohu anho Olloh taoloning «Odamlar sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar, siz aytipgizki, Olloh taolo sizlarga fatvo berur» degan oyati haqida so‘zlab: «Bu oyat yetim qizlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, yetim qiz, odatda, biror kishining qo‘lida parvarish topayotgan va o‘z molini xojasining moliga qo‘shib tasarruf qilayotgan bo‘ladi. Xoja ersa unga o‘zi uylanmoqchi bo‘ladi, chunki u qizning molini qizg‘anib, uni birovga erga bergisi kelmaydi. Shul boisdan, Olloh taolo bunday kishilarni o‘z qo‘llarida parvarish topayotgan yetim qizlarga uylanmoqdan qaytardi» — dedilar. Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar:«Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, bir ayol o‘zini ul zotga bag‘ishlagani (taklif qilgani) keldi. Ul zot unga bir tikilib qarab, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, indamadilar. Shunda sahobalaridan biri «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Ul zot «Mahrga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Menda hechnarsa yo‘q»,— dedi Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk top!» — dedilar. U «Hatto temir uzuk ham yo‘q, ammo mana bu choponimni ikkiga bo‘lib, yarmini unga beraman, yarmini o‘zim olaman»,— dedi. Ul zot «Io‘q, bo‘lmaydi. Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha», — dedi. Ul zot «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga unga ega qildik!» — dedilar» 38-bob Kishining o‘z qizaloqlarini (balog‘atga yetmagan qizchalarini) birovga nikohlab qo‘ymogi haqida Olloh taolo «Va hayz ko‘rmagan yosh qizchalarning ham iddalari uch oydur» degan qavli birlan (balog‘atga yetmay birovga nikohlab qo‘yilgan) qizchalarning ham iddalarini uch oy, deb belgilab ko‘ydi («At-Talok;» surasi, 4-oyat) Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar, u Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashagan» 39-bob Otaning o‘z qizini yoshi ulug‘ kishiga erga bermog‘i haqida Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hafsani o‘zlariga xotinlikka so‘ratdilar, men ul zotni nikohlab qo‘ydim»,— deydilar Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar Oisha Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashaganliklari haqida aytganlar» 40-bob. Sulton (hukmdor) — valiydir! Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — deb aytganlar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 277 Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Men o‘zimni sizga hadya qildim!» — dedi-da, uzoq kutib turib qoldi. Shunda bir kishi «Agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!»—dedi. Ul zot «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Mening izorimdan bo‘lak hech vaqom yo‘q»,— dedi. Ul zot «Agar izoringni unga bersang, izorsiz qolasanku! Boshqa biror narsa topib kel!»—dedilar. U «Hech narsa topolmadim»,— dedi. Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U topib kelolmadi. Shunda ul zot «Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha, falon va falon suralarni bilaman»,— deb o‘zi bilgan suralarning nomini aytdi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar» 41-bob. Ota yoki shu kabi kishilar bokira yoki juvonni ularning roziligisiz nikohlamasligi lozim! Abu X,urayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tul ayolni, uning o‘zi birlan maslahatlashilmay va bokirani, uning o‘zidan ijozat so‘ramay, nikoxlab qo‘yilmaydi»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, bokira qiz qanday qilib ijozat beradi?» («Ha»,— deydi?)» — deyishdi Ul zot: «Agar sukut qilsa, (rizo bo‘lganidur)» — deb javob qildilar» Abu Amr rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho «Yo Rasulalloh, bokira hayo qiladi- ku!» — dedilar. Janob Rasululloh «Sukut qilgani rizo bo‘lganidur » — dedilar». 42-bob Agar kishi o‘z qizini erga bersa-yu, u rizo bo‘lmasa, nikoh bekordur! Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’ rivoyat qilishadi «Xanso’ binti Xuzom al-Ansoriyani otasi erga berdi. U juvon bo‘lib, nikohni rad etdi. Keyin, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib bor gapni aytib erdi, ul zot nikohni bekor qildilar» Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’. «Bir kishi Xuzomdan «Qizingni menga nikohlab qo‘ygil» — deb iltimos qildi, u uni unga nikohlab qo‘ydi» — deb rivoyat qilishadi. 43-bob Yetim qizni erga bermoq haqida. Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar yetim qizlarga noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar (xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini...) Bir kishi valiyga (ayolning homiisi yoki yaqin qarindoshiga) «Meni falonchi ayolga uylantirib quyingiz!» — degach, uzoq vaqt kutib qolsa yoki valiy «Mahriga berarlik nimang bor» — deb so‘raganda, u «Falon va falon narsam bor» — deb ayqa-yu, valiy «Biz seni unga uylantirdik!»—desa, joizdur»,— deydilar. Sahl Janob Rasulullohni nazarlarida tutib. Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan «Ey onajon, Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar («mulklaringiz bo‘lgan cho‘rilar bo‘lur» degan qavligacha)» degan oyati karimasi kimlar xususida nozil bo‘lgan?» — deb so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar: «Ey jiyanim, odatda yetim qiz biror valiyning qo‘lida parvarish topayotgan bo‘ladi, valiy ersa yetim qizning jamoli va moliga qiziqib, unga to‘la mahr bermay uylanishga intiladi. Shul Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 278 boisdan ham, valiylar (etim qiz parvarish qilayotgan kishilar) yetim qizlarga uylanmokdan qaytarildilar». 44-bob Agar kuyov bo‘lmish kishi valiyga: «Meni falonchi ayolga uylantirib o‘yingiz!» — desa-yu, valiy: «Biz seni falon va falon narsalar evaziga bu ayolga uylantirdik!» — deb ayqa, agarchi kelin bo‘lmishga «Rozimisan?» yoki «Qabul qildingmi?» demasa qam, nikoh joizdur! Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, o‘zini ul zotga taklif qildi. Ul zot «Bugun mening ayollarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Bir kishi «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» - dedi. Ul zot «Mahrga nimang bor'»—dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi Ul zot «Unga loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, bergin!» — dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi. Ul zot «Qur’ondan nimalarni bilasan?» — dedilar. U «Falon va falon suralarni»,— dedi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!»— dedilar». 45-bob Kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni (qizni) xotinlikka so‘ratmaydi, birodarining uni o‘z nikoxiga olmog‘ini yoki undan voz kechmog‘ini kutadi. Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biringiz savdolashib qo‘ygan narsa ustida ikkinchingizning savdolashmo-gingizdan hamda kishining o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni, toki ul undan voz kechgunicha yoki unga o‘zi ruxsat bergunicha, xotinlikka so‘ratmogidan qaytardilar» Abu Hurayra Janob Rasulullohdan nakl qilib: «Badgumon bo‘lmangizlar, badgumonlik eng bo‘lmagur gapdur. Gap poylamangizlar, gap tashimangizlar va bir-biringizdan nafratlanmangizlar, Olloh taoloning o‘zaro aka-uka bandalari bo‘lingizlar, kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni xotinlikka so‘ratmasin, birodarining uni o‘z nikohiga olmogini yoki undan voz kechmogini kuqin!»—deydilar». 46-bob. Xotinlikka so‘ralgan ayoldan voz kechmoqlikningtafsiri Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Men Abu Bakrni uchratib: «Agar istasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim-da, bir necha kecha kutdim. Keyin, uni Janob Rasululloh o‘zlariga so‘ratdilar. Shundan so‘ng, men Abu Bakrni uchratib qoldim, ul kishi menga: «Sening menga qilgan taklifingga ijobiy javob bermogimga faqat bir narsa mone’lik qilgan erdi, u ham bo‘lsa men Janob Rasulullohning Hafsa haqida eslaganlarini bilar erdim, men ul zotning sirlarini oshkor qilolmas erdim, agar undan voz kechganlarida, men uni qabul qilgan bo‘lar erdim!» — dedilar». 47-bob. Nikohdagi xutba haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mashriqdan ikki kishi kelib xutba o‘qidi. Shunda Janob Rasululloh: «Ba’zi bayonlarda sihr bordur!» — dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 279 48-bob. Nikohda doira chalmoq hamda ziyofat qilmoq xususida Rabi’ binti Mu’avviz ibn Afro’ rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh menga qo‘shilmoq bo‘lib huzurimga kirganlarida, hozir sen o‘ltirganingdek to‘shagimga o‘ltir-dilar. Joriya qizlarimiz doira chalishib, Badr gazotida shahid bo‘lgan ota-bobolarim haqida yiglab kuylay boshlashdi. Ulardan biri: «Bizning oramizda payg’ambar borlar, ul zot ertangi kundan boxabarlar» — deya kuylar erdi. Shunda ul zot: «Bu qo‘shigingni bas qilgil, avvalgi qo‘shigingni aytavergil!» — dedilar». 49-bob. Olloh taoloning «Va beringizlar xotinlarga ularning mahrlarin xursandlik ila!» hamda «Va bergan bo‘lsangizlar dastlabki xotinlaringizga ko‘p bir molni, qaytarib olmangizlar ul moldan hech bir narsani!», shuningdek «Yoki ularga biror mahr muqarrar qilmay turib» degan qavllari xususida Sahl aytdilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Loaqal, bitta temir uzuk bo‘lsaham!»—deb aytibdilar. Anas rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandi. Janob Rasululloh uni kuyovlik libosida ko‘rib, undan bir narsa haqida so‘radilar. U: «Men danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi». 50-bob. Qur’on evaziga (mahr bermay) uylantirib qo‘ymoq haqida Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlaridagi bir qavm orasida erdim. Shunda, bir ayol o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» — deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot indamadilar. Keyin, u yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot yana indamadilar. U yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» — dedi. Ul zot: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo‘q»,— dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U borib qidirib keldi-da: «Hech narsa yo‘q, hatto temir uzuk ham topolmadim»,— dedi. Ul zot: «Qur’ondan biror narsa bilasanmi?»—dedilar. U: «Men Qur’ondan falon va falon suralarni bilaman»,— dedi. Ul zot: «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar». 51-bob. Mahrning na hajmi va na vazni muhim ermas! Masalan, temir uzuk Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylanayotgan bir kishiga: «Loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham!» — deb aytdilar». 52-bob. Nikohdagi shartlar Hazrat Umar: «Ayollar farjining qonuniy halol bo‘lmog‘i nikoh shartlarining to‘la-to‘kis bajarilmog‘iga bog‘likdur!» — deydilar. Misvar rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘z kuyovlari Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 280 haqida so‘zlayotib, uning o‘zlariga munosib kuyovlik qilayotganini aytganlarini hamda unga tasannolar o‘qib, maqtaganlarini eshitdim». 53-bob. Nikohdagi makruq shartlar haqida Ibn Mas’ud: «Ayol o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini shart qilib qo‘ymasin!» — deydilar. Abu .Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayolning o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini talab qilmog‘i makruhdur. Bunday ayolning beti qursin! Zero, unga ham ko‘z tikkan balo bordur!» — dedilar». 54-bob. Uylangan kishining qo‘lidagi sarig‘ dog‘ haqida Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, uning qo‘lida bir sarig‘ narsaning dog‘i bor erdi. Ul zot undan bu dog‘ning nimaning dog‘i erkanligini so‘radilar. U bir ansoriya ayolga uylanganini aytdi. Ul zot: «Unga qancha mahr berding?» — dedilar. U: «Danakdek keladirgan oltin»,— dedi. Ul zot: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgil!» — dedilar». 55-bob. Humayd raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynabga uylanganlarida har safar uylanganlarida qilganlaridek, mu-sulmonlarni ziyofat qilganlar-ku!» — dedi-da, mo‘minlarning onalari hujralariga borib, ularni duo qildi, ular ham uni duo qilishdi. Keyin, qaytib ketayotganida ikki kishini ko‘rib, yana orqasiga qaytdi. Usha ikki kishining chiqib kelayotganini men o‘zim unga xabar qildimmi yoki birov xabar qildimi, buni bilmayman». 56-bob. Uylangan kishi qanday duo qilinadi? Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avfda sarig‘ dog‘ borligini ko‘rib: «Bu nima?»—dedilar. U: «Men danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi. Ul zot: «Borakalloh, bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgin!» — dedilar». 57-bob. Kelinni kuyovning huzuriga kuzatgan ayollarni hamda kelinni duo qilmoq haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga uylandilar. Shunda, onam qoshimga kelib, meni hovliga olib kirdilar. Uyda ko‘pgina ansoriya ayollar bo‘lib, ular menga xayru baraka va baxtli turmush tiladilar». 58-bob. G’azotdan ilgari ayoliga qo‘shilmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan naql qilib bunday deydilar: «Payg‘ambarlardan biri g‘azotga otlangach, o‘z qavmiga: «Birorta ham kishi xotinlarini olib mening ketimdan g‘azotga ergashmasin, chunki u xotiniga yaqinlik qilmoqni xohlagani birlan, yaqinlik qilolmaydi, g‘azotda bunga imkon yo‘q!» — dedi». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling