Abu abdulloh


-bob Boylik borasida tenglar va kambag‘al ayollarga uylanish xususida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


16-bob Boylik borasida tenglar va kambag‘al ayollarga uylanish xususida 
 
Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning 
«Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar» degan 
oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar «Ey jiyanim, yetim qiz o‘z 
valiysining nazoratida bo‘ladi, u ersa qizning jamoli va moliga ega bo‘lib olmoqchi 
bo‘ladi-da, unga kam mahr berib uylanmoqqa intiladi. Shul boisdan ular (valiylar) yetim 
qizlarga uylanmoqdan qaytarildilar, ammo yetim qizlarga insof qilib, mahrini to‘la-to‘kis 
bersalar, ularga uylanishlari mumkin bo‘ldi, aks holda ulardan bo‘lak ayollarga uylanish 
buyurildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan fatvo so‘rashib erdi, Olloh taolo 
«Va ey habib, odamlar sizdan xotinlarni nikohlariga olmoq xususida fatvo surarlar 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
267
(«nikohlaringizga olmoqchi bo‘lasizlar ularni» degan qavligacha)» degan oyati karimasini 
nozil qildi. Olloh taolo ularga «Agar yetim qiz go‘zal va badavlat bo‘lsa, to‘la mahr 
bermay unga uylanishga intildingizlar, agar xunuk yoki kambag‘al bo‘lsa, ularni qo‘yib, 
boshqa ayollarga uylandingizlar»,— dedi. Yetim qizlarni kambag‘al yoki xunuk, deb 
ularga uylanmaganlaridan keyin, ularning husni va jamoli uchun ham uylanmoqlariga 
yo‘l yo‘qdur. Ammo, ularga insof qilib, to‘la-to‘kis mahr bersalar, uylanmoqlari 
mumkindur» 
 
17-bob. Xotindan sodir bo‘ladirgan baxqizlik xususida. Olloh taolo: 
«Darhaqiqat, xotinlaringizdan va bolalaringizdan ayrimlari sizga 
dushmandur!»—deydi 
 
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Baxqizlik 
xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar». 
 
Ibn Umar: «Odamlar Janob Rasulullohning huzurlarida baxqizlik xususida so‘zlashdi. 
Shunda, ul zot «Agar biror narsada baxqizlik bo‘lsa, u ham xotinda, xonadonda va 
otdadur»,— dedilar». 
 
Sahl ibn Sa’d bunday deydilar. «Janob Payg‘ambarimiz alayhissalom «Agar biror narsada 
(baxqizlik) bo‘lsa, u ham otda, xotinda va xonadondadur»,— dedilar». 
 
Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar. «Payg‘ambarimiz alayhissalom «Uzimdan keyin 
erkaklarga xotinlardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim»,—dedilar». 
 
18-bob. Qo‘l ostidagi ozod ayol xususida 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Cho‘ri) Bariraga nisbatan uch sunnatni ado 
etmog‘im kerak erdi, men uni ozod qilib, so‘ng eri huzuriga borish yoki qolish ixtiyorini 
o‘ziga berdim. Janob Rasululloh: «Uni ozod qilaver, unga homiylik huquqi ozod qilgan 
shaxsning qo‘liga o‘tadi»,— degandilar. Bir kuni Janob Rasululloh hujramga kirib keldilar, 
shunda qozon ostiga o‘t qalangan erdi. Ul zot taom hidini sezib: «Qozon 
ko‘rinmaydimi?» — dedilar. Men: «Bariraga sadaqa qilingan go‘shtni (qozonga solib 
qo‘yganman), darvoqe siz sadaqa yemaysizku!» — dedim. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga 
sadaqa qilingan, bizga ersa hadyadur»,— dedilar». 
 
19-bob. To‘rttadan ziyod xotinga uylanilmaydi. Olloh taolo: «Ikkitadan va 
uchtadan va to‘rttadan»,— degan 
 
Ali ibn Xusayn raziyallohu anhu: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— dedilar. Olloh 
taolo: «(Farishtalarning ham) ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan qanotlari bor-dur»—
deydi, ya’ni «ikkita, uchta va to‘rtta». 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan 
noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimaning mazmuni shuki, 
yetim qiz o‘z xojasining nazoratida (qo‘l ostida) bo‘ladi, xojasi uning moliga ega bo‘lib 
olmoq niyatida unga uylanadi, keyin unga na yaxshi muomala qiladi va na uning moli 
xususida adolat qiladi, bas bundaylar ta’blari suygan boshqa xotinlardan ikkitasi, uchtasi 
va to‘rttasiga uylansinlar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
 
20-bob. «Va sizlarni emizgan onalaringizni...» va (sizlar birlan) emishganlarni 
va nasab jihatidan ta’qiqlanganlarni (nikohingizga olmog‘ingiz) haromdur! 
 
Janob Rasululloh Oisha onamizning huzurlarida erkanliklarida Oisha onamiz bir kishining 
Hafsa raziyallohu anhoning huzuriga kirmoqqa ijozat so‘rayotganini eshitib-dilar. Oisha 
onamiz bunday deydilar: «Shunda, men: «Yo Rasulalloh! Anavi kishi hujrangizga 
kirmoqqa izn so‘rayotir»,— dedim. Ul zot: «Kimligini ko‘rib turibman, u Hafsaning 
emishgan amakisi bo‘ladi»,— dedilar. Men: «Agar shunday bo‘lsa, u holda uning 
emishgan amakisi mening ham huzurimga kirishi mumkin erkan-da?» — dedim. Ul zot: 
 
«Ha, tug‘ishganlik nimani man’ qilsa, emishganlik ham shuni man’ qiladi»,— dedilar». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohga: «Hamzaning 
qiziga uylanmaysiz-mi?» — deyishdi. Ul zot: «Ul qiz mening emishgan akamning qizlari 
bo‘ladi!»—dedilar». 
 
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba: «Yo 
Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedi. Ul zot: «Sen 
shuni istaysanmi?» — dedilar. U: «Ha, men sizga qarshilik qilmayman, mening baxtimga 
singlim ham sherik bo‘lmog‘ini istayman!» —dedi. Ul zot: «Bu menga sira ham mumkin 
ermas!» — dedilar. U: «Biz sizni Ummu Salamaning qiziga uylanmoqchisiz, deb 
yuribmiz!»—dedi. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul 
zot: «Hatto u mening qo‘limda tarbiyalanmayotgan qiz bo‘lganida ham bu menga 
mumkin ermas. Axir, u mening emishgan akamning qizi-ku! Men birlan Abu Salamani 
Suvayba emizgan-ku! Menga qizlaringizni ham, singillaringizni ham taklif qilmangizlar!» 
— dedilar. Urva bunday deydilar: «Suvayba Abu Lahabning cho‘risi bo‘lib, u uni ozod 
qilgan erdi, keyin Suvayba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni emizdi. Abu Lahab 
o‘lgach, uning oila a’zolaridan biri uni tushida ko‘rdi. U tushida Abu Lahabga: «Qanday 
savobli ishlaring borligini bilding?» — dedi. Abu Lahab: «Sizlarni tark etgach, Suvaybani 
ozod qilganimdan bo‘lak biror savobli ishim borligini ko‘rmadim!» — dedi». 
 
21-bob. «Ikki yil emizgandan so‘ng, emizish yo‘q!» degan shaxs xususida. 
Olloh taolo: «(Va onalar o‘z bolalarini) butun ikki yil davomida emizsinlar, bul 
hukm emizish muddatin nihoyasiga yetkazmoqni istaganlar uchundur»,— deydi 
(«Al-Baqara» surasi, 233- oyat). Kam va ko‘p (oz va ko‘p muddat) emizishga 
nima mone’lik qiladi? 
 
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Oishaning hujrasiga kirib kelganlarida uning huzurida bir kishi o‘ltirgan erdi. Shunda ul 
zotning yuzlari o‘zgargandek bo‘ldi, go‘yoki uni yoqtirmagandek bo‘ldilar. Oisha buni 
sezib: «Bu mening (emishgan) ukam!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ukalarimdan biri, 
deb hisobladingmi? Emishganlik ochlikdan sut emadirgan go‘daklik chog‘idadur!»—
dedilar». 
 
22-bob Emishgan erkak xususida 
 
Urva bunday deydilar «Abulqu’aysning birodari Oishaning huzurlariga kelib, ichkariga 
kirmoqka izn so‘radi. U Oishaning emishgan amakilari bo‘lib, bu voqea «Hijob» oyati 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
nozil bo‘lgandan keyin sodir bo‘lgan erdi «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— mening ul 
kishiga ruxsat bergim kelmadi, keyin Janob Rasululloh kelganlarida qilgan ishimni 
aytdim. Janob Rasululloh ul kishiga ruxsat bermog‘imni amr qildilar» 
 
23-bob Emizgan ayolning guvohligi haqida 
 
Ubayd ibn Abu Maryam rivoyat qiladilar: «Uqba bunday dedi: «Men bir ayolga uylandim. 
Keyin, bir qora xotin huzurimizga kelib «Men ikkalangizni ham emizganman»,— dedi. 
Men Janob Rasulullohning huzurlariga borib «Yo Rasulalloh, men falonchi qizi falonchiga 
uylanib erdim, bir qora xotin huzurimizga kelib, ikkalamizni ham emizganini aytdi, lekin 
u yolg‘on gapiryapti»,— dedim. Shunda ul zot yuzlarini teskari o‘girib oldilar, men 
ro‘paralariga aylanib o‘tib, yana «U yolg‘onchi!» — dedim. Ul zot «U birlan qandai 
yashaysan? Axir, ikkalangizni ham emizganligini ta’kidlayapti-ku! Uni qo‘ygil!» — 
dedilar». 
 
24-bob Qaysi ayollarga uylanmoq halol va qaysi ayollarga uylanmoq haromdur? 
 
Olloh taoloning qavli: «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz va qizlaringiz va 
singillaringiz va ammalaringiz va xolalaringiz va birodarlaringiz qizlari va 
singillaringiz qizlari va sizlarni emizgan onalaringiz (ya’ni, enagalaringiz) va 
emishgan singillaringiz va xotinlaringiz onalari va sizlar birlan birga yotgan 
xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari (ya’ni, o‘gay 
qizlaringiz) va agar sizlar ularning onalari ila birga yotmagan bo‘lsangizlar, ul 
holda sizlarga bu gunoh bo‘lmas va shuningdek, o‘z pushtlaringizdan bo‘lgan 
o‘g‘illaringiz xotinlariga uylanmoqlaringiz va ikki singilni (opa-siigilni) bir 
nikoxda jam’ qilmoqlaringiz ham sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa 
bo‘lib o‘tgandur, darqaqiqat Olloh taolo mag‘firat qilguvchi, nihoyatda shafqatli 
zotdur!» («An-Niso» surasi, 23-oyat) 
 
Anas raziyallohu anhu Olloh taoloning «Va erli xotinlar ham (sizlarga xarom qilindi), 
(kofirlarning sizlar gazotda asir olib) mulkingizga aylangan xotinlari bundan 
mustasnodur» degan oyati karimasi xususida gapirib: «Kishi o‘z joriyasini o‘z qulidan 
tortib olsa, hechqisi yo‘q, ammo mushrika ayollarga, ular mo‘mina bo‘lmagunlariga 
qadar, uylanmangizlar!» —deydilar. 
 
Ibn Abbos «Onasi, qizi va singlisiga uylanmoq harom qilingani kabi, to‘rttadan ortiq 
ayolga uylanmoq ham haromdur!» — deydilar. 
 
Ibn Abbos «Nasabdosh ayollardan yetti nav’iga (ona, qiz, singil, amma, xola, birodarlar 
qizi, singillar qizi) va emishganlardan yetti nav’iga (emizgan enaga, emishgan singil, 
qaynona, o‘gay qiz, kelin, qaynsingil, kelinoyi) uylanmoq haromdur»,— dedilar, so‘ng 
Olloh taoloning «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz» deb boshlanadirgan oyati 
karimasini qiroat qildilar. 
 
Abdulloh ibn Ja’far bir vaqtning o‘zida Alining qizlari birlan (uning onasidan bo‘lak) 
ayollariga uylanganlar. Ibn Sirin «Buning hechqisi yo‘q»,— deydilar Hasan ersalar, avval 
buni «makruh» deb, keyin «buning zarari yo‘q» deb aytganlar. Hasan ibn Hasan ibn Ali 
bir kechada amakining (onasi boshqa-boshqa) ikki qiziga uylanganlar Jobir ibn Zayd 
buni qarindoshlik munosabatlariga putur yetkazishi mumkinligidan «makruh» deb, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
«Aslida bunga ta’qiq yo‘q, chunki Olloh taolo (24- oyatda) «Mana shulardan boshqa 
ayollarga uylanmog‘ingiz sizlarga halol qilindi» — «degan»,— deydilar. Ikrima Ibn 
Abbosdan naql qilib: «Agar kishi o‘z xotinining singlisi birlan zino qilgan bo‘lsa, unga 
xotini harom bo‘lib qolmaydi» — deydilar. Abu Ja’far bola birlan uynashgan kishi 
xususida: Agar u bolaning ortiga kiritgan bo‘lsa bolaning onasiga uylana olmaydi»,— 
deydilar. Ikrima ibn Abbosdan naql qilib «Agar kishi qaynsinglisi birlan zino qilib qo‘ysa, 
unga xotini harom bo‘lmaydi» — deydilar. Abu Nasrdan zikr qilinishicha, Ibn Abbos 
«Xotini harom bo‘ladi»,— deb aytgan erkanlar. Imron ibn Husayn, Jobir ibn Zayd, Hasan 
va ba’zi iroqliklar «Xotini harom bo‘ladi»—deyishgan erkan. Abu Hurayra «Harom 
bo‘lmaydi, jimo’ qilaveradi» — deydilar. Hazrat Ali «Harom bo‘lmaydi, bu haqda oyat 
nozil qilingan»,— deydilar. 
 
25-bob Olloh taoloning «Va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l 
ostingizda parvarish topayotgan qizlari...» degan qavli xususida 
 
Ibn Abbos «Ad-Duxuul va al-masiys va al-limos — jimo’ qilishlikdur. Agar kimki: 
«Bolamning qizi»,—desa, demak u ham o‘z qizidek bo‘lib, unga uylanmog‘i 
haromdur»,— deydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Habibaga: «Menga 
(ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!»—deb 
aytganlar. Shuningdek, o‘g‘illarning bolalarining xotinlari ham o‘g‘illarning xotinlari kabi 
bo‘lib, uylanmoqqa haromdur. Ugay qiz, agar o‘gay otaning qo‘l ostida parvarish 
topmayotgan bo‘lsa ham, o‘gay otaning unga uylanmog‘i haromdur. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam o‘z o‘gay qizlarini uni boqishni o‘z zimmasiga olgan kishiga berganlar. 
Ul zot qizlarining qizini «qizim» deb ataganlar». 
 
Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi sizga darkormi?» — 
dedim. Ul zot: «Xo‘sh, uni nima qilaman?» — dedilar. Men: «Nikohingizga olasiz»,— 
dedim. Ul zot: «Shuni xohlaysanmi?» — dedilar. Men: «Sizga bu xususda mone’ligim 
yo‘q, sizga yetishib erishgan baxtimga singlim ham (menga) sherik bo‘lsa, deyman!» — 
dedim. Ul zot: «Unga uylanmog‘im mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Men eshitdimki, 
uylanarmishsiz»,— dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qizigami?» — dedilar. Men: 
«Ha»,— dedim. Ul zot: «Ugay qizim bo‘lmaganida ham bu menga mumkin ermas, 
chunki Suvayba meni va uning otasini emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) 
qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar». 
 
Hishom: «Usha qiz Abu Salamaning gavhari erdi»,—deydilar. 
 
26-bob. Ikki singilni (opa-singilni) bir nikohda jam’ qilmoqlaringiz qam sizlarga 
harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur...» 
 
Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimga 
uylaningiz!» — dedim. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?»—dedilar. Men: «Ha, sizga bul 
xususda qarshilik qilmayman, men singlimning baxtimga sherik bo‘lmog‘ini 
xohlayman!»—dedim. Ul zot: «Bu menga mumkin ermas»,— dedilar. Men: «Yo 
Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «gavhar» qiziga uylanmoqchisiz 
deb gapirib yuribmiz»,— dedim. Ul zot: «Abu Salamaning qiziga?»—dedilar, Men: 
«Ha»,— dedim. Ul zot: «Hatto u mening qo‘l ostimda parvarish topmayotgan bo‘lganida 
ham, bu menga mumkin ermas, chunki u mening emishgan akamning qizi bo‘lib, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
Suvayba men birlan Abu Salamani emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) 
qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar». 
 
27-bob. Ayol o‘z ammasi ustiga nikohlanmaydi! 
 
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolning 
o‘z ammasi yoki xolasining ustiga nikohlanmog‘ini man’ qildilar». 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Ayol na ammasi va na xolasi birlan bir nikohga jam’ qilinmaydi!» — dedilar». 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ayolni o‘z ammasi ustiga ham, xolasi ustiga ham nikohlamoqdan qaytardilar. Biz 
ayolning xolasini ammasi maqomida, deb bilurmiz. Chunki, Oisha onamiz: «Nasab 
jihatidan ta’qiqlanganlari kabi, emishganlik jihatidan ham ta’qiqlangandurlar»,— deb 
aytganlar». 
 
28-bob. Qizini yoki singlisini birovga uning qizi yoki singlisiga uylanish sharti 
birlan erga berish haqida 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
«shig‘or»dan qaytardilar, «shig‘or» — bir kishining o‘z qizini (yoki singlisini) birovga 
uning qiziga (yoki singlisiga) uylanish sharti birlan erga berishidur. Bunda har ikki tomon 
ham mahr bermaydi». 
 
29-bob. Ayol o‘zini o‘zi biror erkakka bag‘ishlasa, joizmi? 
 
Hishom otalaridan nahl qiladilar: «Xavla binti Hakim o‘zlarini o‘zlari Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamga bagishlagan (hadya qilgan) ayollardan biri erdi. Oisha onamiz bunday 
deydilar: «Ammo, ayol o‘zini o‘zi erkakka bag‘ishlamoqdan hayo qiladi. Olloh taoloning 
«Ulardan (xotinlaringizdan) istaganingizning navbatini keyinga surmog‘ingiz sizga 
joizdur» degan qavli nozil bo‘lganda, men Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, 
parvardigoringizning sizning xohishingiz xususidagina oshiqayotganini ko‘ryapman!» — 
dedim». 
 
30-bob. Ehromdagi kishining nikohi (eqromdagi kishining uylanmog‘i) haqida 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ehromda bo‘la turib, uylandilar». 
 
31-bob. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muvaqqat nikohdan 
qaytardilar 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar gazoti vaqtida 
muvaqqat nikoh (nikohul-mut’a)dan va xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan 
qaytardilar». 
 
Abu Hamza rivoyat qiladilar: «Men odamlarning Ibn Abbosdan muvaqqat nikohga ijozat 
so‘rashganini eshitganman. Shunda ul kishi ularga ruxsat berib erdilar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
 
Ibn Abbosning ozod qilingan qullari Abu Hamzaga: «Vunga noiloj ahvolda qolinganda, 
ayollar yetishmaganda va shunga o‘xshash hollardagina ruxsat qilingan»,— deb 
aytibdilar. 
 
Salami ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Biz lashkarlar orasida turgan erdik. Shu payt 
Janob Rasululloh oldimizga kelib: «Quloq solingizlar, deb sizlarga aytilgan, endi quloq 
solingizlar!» — dedilar». 
 
Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar biror 
erkak va ayol o‘zaro (muvaqqat nikohga) kelishsalar, ul holda ularga uch kecha ishrat 
qilmoqlik joizdur va agar bundan ziyodroq yoki kamroq ishrat qilmoqni ixtiyor qilsalar
buni o‘zlari kelishib oladilar»,— dedilar. Bu hukm faqat biz g‘azotda yurganlarga 
taalluqlimidi yoki barchagamidi, buni bilmayman». 
 
Abu Ubaydulloh: «Bu (ya’ni, muvaqqat nikohga berilgan ruxsat) keyin bekor qilingan»,— 
deydilar. 
 
32-bob. Ayolning o‘zini o‘zi solih erkakka taklif qilmog‘i haqida 
 
Sobit al-Bunoniy rivoyat qiladilar: «Men Anasning huzurida erdim, qizi ham shu yerda 
erdi. Anas: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, o‘zini o‘zi ul zotga taklif 
qilib. «Yo Rasulalloh, menga ehtiyojingiz bormi?»—dedi»—deb aytdi. Anasning qizi: 
«Voy behayo, voy sharmanda, voy sharmanda!» — dedi. Anas qiziga: «U sendan 
yaxshiroqdur, chunki u Janob Rasulullohga yetishmoqni rag‘bat qilib, o‘zini o‘zi ul zotga 
taklif qildi!» — dedi». 
 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol o‘zini o‘zi Janob Rasulullohga taklif qildi. Shunda 
bir kishi ul zotga: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — deb iltimos qildi. 
Janob Rasululloh: «Mahriga nimang bor?»— dedilar. U. «Hech vaqom yo‘q»,— dedi. 
Janob Rasululloh: «Bor, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!»— dedilar. U uyiga 
borib keldi-da: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, hech narsa yo‘q, hattoki temir uzuk ham 
topolmadim, ammo mana bu izorim (ishtonim)ning yarmi unga (mahr) bo‘la qolsin!»—
dedi. Bechoraning egnida ridosi (ko‘ylagi) ham yo‘q erdi. Janob Rasululloh: «Izoringni 
qanday qilib mahr qilasan, axir uni sen kiysang, xotiningga, u kiysa, senga hech vaqo 
qolmaydi-ku!»— dedilar. Boyagi kishi tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib, o‘ltirib qoldi. Anchadan 
keyin, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, unga ko‘zlari tushdi, uni yonlariga chaqirib 
(yoki chaqirtirib); «Qur’ondan nimalarni bilasan?», — dedilar. U: «Men falon va falon 
suralarni bilaman» — dedi-da, o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh: «Biz 
seni bu ayolga ega qildik!» — dedilar». 
 
33-bob. Insonning o‘z qizi yoki singlisini xayriyat ahliga (xotinlikka) taklif 
qilmog‘i xususida 
 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hafsa binti Umar Janob 
Rasulullohning sahobalaridan biri bo‘lmish Xaniys ibn Xuzofa as-Sahmiy Madinada vafot 
etib tul qolgan kezlarda Hazrat Umar al-Xattob bunday deb erdilar: «Men Usmon ibn 
Affonning huzuriga borib, Xafsani unga (xotinlikka) taklif qildim. U menga: «Biroz uylab 
ko‘rayin»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim, keyin u menga uchrab: «Shu kunlarda 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
uylana olmaydirgan ko‘rinaman»,— dedi. Keyin, men Abu Bakr as-Siddiqni uchratib, ul 
kishiga: «Agar istasangiz, (qizim) Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman»,— dedim. Ul kishi 
menga lom-mim demadilar, men Usmondan ko‘ra ul kishidan ko‘proq xafa bo‘ldim. Bir 
necha kecha kutdim. So‘ng, qizim Hafsani Janob Rasululloh o‘zlariga so‘rattirib 
nikohlariga oldilar. Keyinchalik, Abu Bakr as-Siddiq meni uchratib: «Xafsani menga 
(xotinlikka) taklif qilganingda lom-mim demaganim uchun mendan xafa bo‘lgan bo‘lsang 
kerak»,— dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Abu Bakr as-Siddiq: «Sen menga taklif qilgan 
narsa xususida javob bermogimga Janob Rasulullohning o‘z suhbatlarida Hafsa haqida 
gapirib o‘tganlaridan xabardor bo‘lganimgina mone’lik qilgan erdi, men ul zotning 
sirlarini oshkor qila olmas erdim, agar Janob Rasululloh uni olmaganlarida, men olgan 
bo‘lur erdim»,—dedilar». 
 
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga: «Yo Rasulalloh, biz sizni Abu Salamaning «durdona» qiziga uylanasiz, deb 
yuribmiz!»— dedi. Janob Rasululloh: «Ummu Salamaga uylanmogim mumkinmi? Ummu 
Salamaga uylanmogim munkin bo‘lmaganidan keyin, uning qiziga ham uylanmogim 
mumkin ermas, chunki uning otasi mening emishgan birodarimdur!» — dedilar». 
 
34-bob. Olloh azza va jallaning qavli: «Va gunoh bo‘lmas sizlarga ishora ila ul 
xotinlarga nikoh payg‘omini bersangizlar yoki (ul muddaoni) dillaringizda 
saqlasangizlar, Olloh taolo sizlarning ularga (nikoq xususida) zikr qilishingizni 
biladi va lekin ular ila maxfiy ravishda nikoh xususida va’dalashmangizlar, illo 
qoidaga muvofiq biror so‘z ayqangizlar (gunoh yo‘kdur) va to iddadan 
chiqmaguncha nikohga qat’iy qaror ham qilmangizlar va bilingizlarki, Olloh 
taolo dillaringizda bor har bir narsani bilib turur, bas undan ehtiyot bo‘lingizlar 
va bilingizlarki, Olloh taolo mag‘firatli rahimdil zotdur!» («Al-Baqara» surasi, 
235-oyat) 
 
Yuqoridagi oyatdagi «aknantum» — «ko‘nglingizga tugdingiz», «dilingizda saqladingiz» 
degan ma’noda bo‘lib, berkitilgan, o‘zgalardan yashirilgan har bir narsani anglatadi. 
 
Ibn Abbos oyatdagi «fiymo arraztum bihi min xitbatin-nisoi» degan qavl uaqida so‘zlab: 
«Masalan, men uylanmoqchi bo‘laman-u, dilimda biror soliha ayolning o‘zimga muyassar 
bo‘lmogini istayman»,— dedilar. 
 
Qosim: «Biror ayolga uylanmoqni diliga tugib qo‘ygan kishi, o‘sha ayolga «Sen menga 
azizsan, ko‘nglimdagidek ayolsan, Olloh taolo senga xayriyatni ravo ko‘rsin!» kabi 
so‘zlarni aytmog‘i mumkin»,— deydilar. 
 
Ato bunday deydilar: «Ishora ila ma’lum qiladi, oshkora aytmaydi. «Men bir xotin olmoq 
qasdidaman, xudoga shukrki, sen barcha orzu qiladirgan ayolsan!» deb aytadi, ayol ham 
erkak qay yo‘sinda gap qilgan bo‘lsa, shunday gap qiladi, zarracha ortiq gap aytmaydi. 
Ayolning valiysi undan yashirincha birovga va’da bermaydi. Agar ayol iddada o‘ltirgan 
vaqtida biror kishi birlan va’dalashgan bo‘lsa-yu, keyin u uni o‘z nikohiga olgan bo‘lsa, 
ularni ajratib bo‘lmaydi». 
 
Hasan: «Lo tuvo’iduuhunna sirran» (ular ila maxfiy ravishda nikoh xususida 
va’dalashmangizlar) degan qavl zaminida zino mavjud»,— deydilar. 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling