Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


 «AMMA YATASOALUN» SURASI 
  
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Sur chalinadirgan kuni to‘p-to‘p bo‘lib 
kelursizlar» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki 
bor sur chalinishining oralig‘idagi muddat qirqdur»,— dedilar. Shunda bir kishi mendan: 
«Ey Abu Hurayra, qirq kunmi?» —deb so‘radi, men indamadim. U yana: «Qirq oymi?» — 
deb so‘radi, men yana indamadim. U: «Qirq yilmi?» — dedi, men tag‘in indama-dim. 
Janob Rasululloh gaplarida davom etib: «Keyin, Olloh taolo osmondan suv (yomg‘ir) 
yuborur, o‘simliklar ungani singari barcha odamlar unib chiqur. Inson o‘lgach, uning 
dumg‘azasidan bo‘lak barcha a’zosi chirib yo‘q bo‘lib ketur. Qiyomatda inson ana o‘shal 
dumg‘azadan qayta tarkib topdirilur»,— dedilar». 
 
 «VAN-NOZIOT» SURASI  
 
Sahl ibn Sa’d aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, ul zot o‘rta va 
ko‘rsatkich barmoqlarini ayri qilib ko‘rsatib: «Men payg‘ambar qilib yuborildim va menga 
qiyomatning mana shu barmoqlarim orasini yopgunimchalik tez fursatda bo‘lib o‘tmog‘i 
ayon qilindi»,— dedilar». 
 
 «ABASA» SURASI  
 
Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Qur’onni qiynalmay 
yodlab, mohirona qiroat qilgan kishi ulug‘ farishtalar birlan birga bo‘lur. Qur’onni ixlos 
birlan, qiynalib o‘qigan kishiga ersa Olloh taolo ikki ajr berur»,— dedilar» 
 
 «VAYLUN LIL-MUTAFFIFIYNA» SURASI  
 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Odamlar 
olamlar parvardigorining huzurida turadirgan kuni ba’zilar qulog‘igacha o‘z badanidan 
chiqqan terga g‘arq bo‘lur»,— dedilar». 
 
«IZAS-SAMOUNSHAQQAT» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Keyin, u oson xisob-kitob qilinur». 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki Olloh taolo 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
xuzurida hisob kitob qilinsa, u albatta halok bo‘lur», - dedilar. Men: «Yo Rasu-lalloh, 
meni sizga Olloh taolo fido qilsin! Axir, Olloh taolo: «Kimniki nomai a’moli o‘ng qo‘liga 
tutqazilsa, u oson hisob-kitob qilinur» —deb aytmaganmi?» — dedim. Janob Rasululloh: 
«Bu hisob-kitob deyilmaydi, bu faqat bandalarning gunohlarini o‘zlariga ko‘rsatib 
qo‘yish, xolos. Kimki qattiq hisob-kitob qilinsa, u albatta halok (holi xarob) bo‘lur»,— 
dedilar». 
 
 «SABBIHISMA RABBIKAL-ALO»  
 
Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar. alayhissalomning ashoblari orasida 
Madinaga birinchi bo‘lib kelganlari Mus’ab ibn Umayr va Abdulloh ibn Ummu Maktum 
erdilar. Ular bizga Qur’on o‘qib berardilar. Keyin, Ammor, Bilol va Sa’d keldilar. Ulardan 
keyin, yigirma kishi birlan Umar raziyallohu anhu keldilar, keyin ersa Payg‘ambar 
alayhissalom keldilar. Men Madina ahlining hech kimga Janob Rasulullohga 
quvonganlaridek quvonganlarini ko‘rmadim. Hatto bolalarning ham: «Shahrimizga Janob 
Rasululloh keldilar!» — deb quvonganlarini ko‘rdim. Janob Rasululloh kelganlarida men 
«Sabbihisma rabbikal-a’lo» surasini va yana boshqa suralarni o‘qib kutib oldim». 
 
 «VASH-SHAMSI VA ZUHOHO» SURASI  
 
Abdulloh ibn Zam’a Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xutbalarini eshitganlarini 
aytib bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Solih alayhissalomning 
tuyalari haqida gapirib, uni so‘ygan kofir nomini ham tilga oldilar-da, «Shu payt tuyani 
so‘yish uchun Abu Zam’aga o‘xshagan qaysar, johil va baxil bir kishi o‘rnidan turdi»,— 
dedilar (ushbu hadisning roviysi Abdulloh ibn Zam’aning bobosi Abu Zam’a Makkadagi 
musulmonlarga ko‘p yomonliklar qilgan mustahjinlardan biri bo‘lgan, Badr janggida o‘z 
o‘g‘li Zam’a tomonidan o‘ldirilgan). Keyin, ayollar haqida gapirib: «Orangizda shunday 
kishilar borki, ular kunning avvalgi qismida xotinini urib, uning ikkinchi yarmida uni 
quchoqlab, bir to‘shakda yotadilar»,— dedilar. So‘ng, birovning ketidan tasodifan yel 
chiqib keqa, undan kuluvchilar xususida so‘zlab: «Biringiz bilmay qilgan narsadan 
ikkinchingiz nechun kulursiz?!» — deb aytdilar». 
 
 «VAL-LAYLI» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Va qasamdur kunduzga, vaqtiki ul ravshan 
bo‘lur» 
 
Alqama raziyallohu anhu aytadilar: «Men Abdulloh ibn Mas’udning ashoblaridan bir 
guruhi birlan Shomga bordim. 
 
Abu Dardo’ bizning kelganimizni eshitib keldilar-da, bizga: «Ichlaringizda Qur’on 
o‘qiydirgan qorilaringiz bormi?»—dedilar. Biz: «Ha»—deb javob berganimizdan keyin: 
«Qaysi biringizning qiroatingiz yaxshiroq?» — dedilar. Sheriklarim meni ko‘rsatishdi. 
Menga: «Uqi!» — deb buyurdilar. Men: «Val-layli izo yag‘sho, van-nahori izo tajallo, 
vaz-zakara val-unso» — deb o‘qidim. Abu Dardo’ mendan: «Ustozingizning og‘zidan 
shunday deb eshitganmisiz?»—deb so‘radilar. Men: «Ha»,— dedim. Abu Dardo’: «Men 
ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning og‘izlaridan shunday deb eshitganman, 
lekin shomliklar bu qiroatni man’ qilurlar»,— dedilar. (Abu Dardo’ birlan Alqama 
oyatdagi «va-mo xalaqa» so‘zini tushirib o‘qir erkanlar). 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va qasamdur ul zotgaki, yaratdi erkak birlan 
ayolni» 
 
Ibrohim rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’udning ashoblari Abu Dardo’ni istab Shomga 
kelishdi. Abu Dardo’ ularning kelganini eshitib, izlab topdilar-da: «Qaysi biringiz 
Abdullohning uslubida qiroat qilursiz?» — dedilar. Ular: «Hammamiz» — deb javob 
berishdi. So‘ng, «Qaysi biringiz Qur’onni yoddan qiroat qilursiz?» — deb so‘radilar Abu 
Dardo’. Shunda Alqamani ko‘rsatishdi. Abu Dardo’: «Val-layli» surasini ustozingiz 
nechuk qiroat qilganlarini eshitganmisiz?» — deb Alqamadan so‘radilar. Alqama: «Vaz-
zakara val-unso» tarzida qiroat qilurlar»,— dedilar. Abu Dardo’ raziyallohu anhu 
«Guvohlik berurmanki, Payg‘ambar alayhissalom ham shunday o‘qir erdilar, ammo 
shomliklar meni «Va-mo xalaqaz-zakara val-unso» tarzida o‘qimog‘imni istarlar, Olloh 
taolo haqi, men ularga ergashmasman!» — dedilar». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo 
qildi...» 
 
Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
«Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok etdik. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam: «Sizlardan har biringiz uchun Olloh taolo jannatda ham, do‘zaxda ham joy 
taqdir qilib qo‘ygan»,— dedilar. Sahobalar: «Unday ersa tavakkal qilib yuraveraylik-da!» 
— deyishdi. Janob Rasululloh. «Amal qilingizlar, barchasi muyassar bo‘lgay!» — dedilar-
da, «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va ishondi yaxshi so‘zga...» 
(«mashaqqatga duchor qilurmiz», ya’ni «lil-usro» degan so‘zgacha) qiroat qildilar». 
 
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki, ishondi yaxshi so‘zga (ya’ni, 
tavhid kalimasiga) 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. 
 
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Muyassar qilurmiz uni osonlikka» 
 
Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir janozada bo‘ldilar, 
qo‘llariga cho‘p olib yerga chizdilar-da: «Sizlardan har biringiz uchun Olloh taolo yo 
do‘zaxdan yoki jannatdan joy taqqir qilib qo‘ygan»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, 
unday ersa tavakkal qilib yuravermaymizmi?» — deyishdi. Janob Rasu-lulloh: «Amal 
qilingizlar, barchasi muyassar bo‘lgay!» — dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu 
sadaqa berdi va taqvo qildi va ishondi yaxshi so‘zga...» deb qiroat qildilar». 
 
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki baxillik qildi va beniyozlik izhor 
qildi...» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul kishiki, ishonmadi yaxshi so‘zga (kalimai 
tavhidga) 
 
Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz «Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
qildik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoshimizga kelib o‘ltirdilar, biz 
atroflarida o‘ltirdik. Qo‘llarida aso bor erdi, u birlan yerni chiza turib: «Sizlardan har 
biringizning va har bir tirik jonning jannat va do‘zaxdagi joyi taqdir qilib qo‘yilgan hamda 
uning baxtlimi, badbaxtmi erkanligi ham bitib qo‘yilgan»,— dedilar. Bir kishi: «Ey 
Ollohning rasuli, unday ersa taqdirimizga tavakkal qilib amal qilmay qo‘ya qolaylik-da! 
Chunki, qaysi birimiz ahli saodatdan bo‘lsak, albatta pirovardida ahli saodatdan 
bo‘lurmiz va qaysi birimiz ahli shaqovatdan bo‘lsak, albatta pirovardida axli shaqovat 
amalini qilurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Kimki ahli saodatdan bo‘lsa, unga ahli 
saodat amali muyassar qilingay va kimki ahli shaqovatdan bo‘lsa, unga ahli shaqovat 
amali muyassar qilingay»,— dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va 
taqvo qildi va yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga) ishondi ...» degan oyatni tilovat qildilar». 
 
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Va muyassar qilurmiz uni mashaqqatga 
(do‘zaxga)» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
«VAZ-ZUHO» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringiz sizni tark etgani ham yo‘q, yomon 
ko‘rib qolgani ham yo‘q» 
 
Jundub ibn Sufyon aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki yoki uch kun 
kasal bo‘lib yotdilar. Shunda bir ayol kelib: «Ey Muhammad, men umid qilurmanki, 
shoyad shaytoning seni tark qilgan bo‘lsa! Chunki ikki-uch kundan buyon uning senga 
yaqin kelganini ko‘rmadim»,— dedi. Bas, Olloh taolo «Choshtgoh vaqtiga qasamki va 
zulmati birlan atrofni o‘rab olgan kechaga qasamki, ey Muhammad, parvardigoringiz 
sizni tark qilgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q!» degan oyatni nozil qildi». 
 
 «VAT-TIYN» SURASI  
 
Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir safarda bo‘lganlarida 
xufton namozining bir rak’atida «Vat-tiyn» surasini qiroat qildilar». 
 
 «AL-ALAQ» SURASI  
 
Payg’ambar alayxissalomning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga birinchi bo‘lib nozil bo‘lgan narsa rost (chin) 
tushlar erdi. Janob Rasululloh tong shafag‘i yanglig‘ nurafshon tushlarnigina ko‘rur 
erdilar. Keyin, ul zot yolg‘izlikni xushlaydirgan bo‘lib qoldilar. Hiro’ g‘origa borib bir 
necha kecha ibodat birlan mashg‘ul bo‘ldilar. Buning uchun oziq-ovqat g‘amlab olardilar. 
Ibodatdan keyin, oilalariga qaytardilar-da, Xadicha onamizdan yeguliklar olib, yana 
g‘orga borardilar. Nihoyat, ul zotga haqiqat zohir bo‘ldi. Bir kuni Janob Rasululloh Hiro’ 
g‘orida erkanliklarida qoshlariga bir farishta kelib: «Uqingiz!»—dedi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Men o‘qiyolmayman»,— dedilar. «Shunda,— deydilar Janob 
Rasululloh,— farishta meni ushlab shunday qattiq qisdiki, hatto men holsizlanib qoldim. 
Keyin, meni bo‘shatib, yana: «Uqingiz!» — dedi. Men: «Uqiyolmayman»,— dedim. U 
meni yana ushlab, shunday qattiq qisdiki, hatto men holsizlanib qoldim. Keyin, yana 
meni bo‘shatib: «Uqingiz!» —dedi. Men yana: «Uqiyolmayman»,— dedim. U uchinchi bor 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
meni ushlab, shunday qattiq qisdiki, hatto men holsizlanib qoldim. So‘ng, u meni 
bo‘shatib, «Ey Muhammad, butun mavjudotni yaratgan parvardigoringiz nomi birlan 
o‘qingiz! U insonni laxta qondan yaratdi. Uqingiz, parvardigoringiz insoniyatga qalam 
birlan yozishni o‘rgatgan zotdir! Ul zot insonga uning bilmaganini o‘rgatdi» degan 
oyatlarni o‘qidi». 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bul hodisadan qo‘rqib, dag‘-dag‘ titragan holda 
ortlariga qaytdilar-da, Xadicha onamizning oldilariga kirib: «Meni o‘rangizlar, meni 
o‘rangizlar!»—dedilar. Janob Rasulullohni, qo‘rquvlari bosilguncha, o‘rab qo‘yishdi. 
Keyin, Xadichaga: «Ey Xadicha, menga ne bo‘layotir? Menga bir narsa bo‘lib qolmasaydi, 
deb o‘zimdan qo‘rkdim»—deb bo‘lgan voqe’ani gapirib berdilar. Xadicha: «Qo‘rqmangiz, 
aksincha xursand bo‘lingiz, xudo haqi, Olloh taolo sizni aslo xor qilmagay, xudo haqi, siz 
qarindoshlaringizga oqibat qilgaysiz, rost gapirgaysiz, birovlarning og‘irini yengil 
qilgaysiz, yo‘qsillarni to‘ydirgaysiz, mehmondo‘stlik qilgaysiz, ezgulik yo‘lida sa’yu imdod 
aylagaysiz»,— dedilar. So‘ng, Janob Rasulullohni amakilarining o‘g‘li Varaqa ibn 
Navfalning huzuriga olib bordilar. Varaqa johiliyat zamonida nasroniy dinini qabul qilgan 
erdi. U arabcha xat yozishni ham bilar, Olloh taolo muyassar etganicha Injildan 
arabchaga ko‘chirib yozar erdi. Uzi qari kishi bo‘lib, ko‘zi ojiz erdi. Xadicha onamiz unga: 
«Ey amaki, birodaringizning o‘g‘lining so‘ziga quloq solingiz!»—dedilar. Varaqa: «Ey 
jiyanim, nelarni ko‘rdingiz?»—deb Janob Rasulullohdan so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom 
ko‘rgan narsalarining xabarini berdilar. Varaqa: «Bu Nomus (ya’ni, Hazrat Jabroil) bo‘lib, 
Musoga ham vahiy birlan tushirilgan farishtadur. Koshkiydi, shu paytda mening 
yoshligim bo‘lsa, koshkiydi, men hayot bo‘lsam!» — dedi. Keyin, yana ba’zi gaplarni ham 
aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmim meni haydab chiqargaymi?»—deb 
so‘radilar. Varaqa: «Ha, shunday. Ammo, biror kishi siz keltirgan narsa birlan 
(payg‘ambarlik birlan) kelmagan, gar kelsa, qiynoqqa solingan bo‘lur erdi. Agar sizning 
kunlaringizda men tirik bo‘lsam, sizga katta yordam bergan bo‘lur erdim!»—dedi. Lekin, 
ko‘p o‘tmay Varaqa vafot etdi. Keyin, birmuncha vaqt Janob Rasulullohga vahiy kelmay 
qo‘ydi. Ul zot bundan qayg‘ura boshladilar». 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vahiyning 
boshlanishi haqida gapirib, bunday dedilar: «Bir payt men yurib ketayotgan erdim, 
osmondan bir ovozni eshitdim. Yuqoriga qarasam, ro‘paramda bir farishta, ya’ni Hiro’ 
g‘orida oldimga kelgan farishta osmon birlan yer o‘rtasida kursida o‘ltiribdi. Undan 
qo‘rqib uyga qaytib keldim-da: «Meni o‘rangizlar, meni o‘rangizlar!» — dedim. Meni 
o‘rab qo‘yishdi. Shunda Olloh taolo «Ey o‘ralib yotgan bandam, turingiz, qavmingizni 
ogohlantiringiz, rabbingizni ulug‘langiz va kiyimin-gizni pok tutingiz hamda nopoklikdan 
yiroq bo‘lingiz!» degan oyatlarni nozil qildi». 
 
Olloh taoloning qavli: «Olloh insonni laxta qondan yaratdi» 
 
Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga birinchi bo‘lib 
nozil bo‘lgan vahiy rost (chin) tushlar erdi. Keyin, ul zotning huzurlariga farishta kelib, 
«Sizni yaratgan parvardigoringizning nomi birlan o‘qingiz, u insonni laxta qondan 
yaratgan zotdur, o‘qingiz, ulug‘ rabbingiz insonga qalam birlan ilm o‘rgatdi» —degan 
oyatni vahiy qildi». 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Rabbingiz insonga qalam birlan ilm o‘rgatgan 
zotdur» 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xadichaning 
oldilariga qaytib keldilar-da: «Meni o‘rangizlar, meni o‘rangizlar!» — dedilar». 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Io‘q, aslo, agar u bunday gumrohlikdan 
to‘xtamasa, qasamki, biz uni torturmiz jahannamga peshonasidan, peshonaiki 
yolg‘onchidur,gunohkordur» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Abu Jahl: «Agar men Muhammadning Ka’ba 
oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rganimda bo‘ynidan bosib olgay erdim!»—dedi. Bu gap 
Payg‘ambar alayhissalomga yetganda, ul zot «Agar ul shunday qilganda, maloikalar uni 
mahkam ushlab olur erdilar»,— dedilar» 
 
 «LAM YAKUN» SURASI  
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom Ubay ibn Ka’bga: 
«Olloh taolo «Ahli kitob va mushriklardan bo‘lmish kofirlar, to o‘zlariga ochiq hujjat 
(dalil) kelmaguncha, kufrdan qaytmadilar» degan oyatni senga o‘qib bermog‘imni 
buyurdi»,— dedilar. Ubay ibn Ka’b: «Olloh taolo mening nomimni tilga oldimi?» — deb 
so‘radilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha»,— deganlaridan keyin, Ubay 
yig‘lab yubordilar». 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. 
 
 «IZO ZULZILATIL-ARZU ZILZOLAHO» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Kimki qilibdur zarra vaznicha yaxshilik, ko‘rur ul uni» Abu 
Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
dedilar: «Otning uch xislati mavjud bo‘lib, bir kishiga savob keltirgay, ikkinchi bir 
kishining aybini yopgay, uchinchi kishiga ersa, gunoh orttirgaydur. Otidan savob 
topadirgan kishi xususiga kelsak, ul o‘z otini Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq bo‘lib biror 
yaylov yoki boqqa bog‘lab qo‘ygan kishi bo‘lib, otining o‘shal yerdagi o‘t-o‘lanlardan 
tanovul qilib xordiq chiqarmog‘iga imkon bergani uchun savob olgaydur, hattoki oti 
yechilib ketib, u yoqdan bu yoqqa yayrab shataloq oqa ham uning qoldirgan izlari va 
tezaklari savob keltirgaydur. Agar o‘shal ot bir chashma yonidan o‘tayotib undan 
ichayotganda egasi mone’lik qilmasa ham savob bo‘lgaydur. Oti tufayli aybi (gunohi) 
yopiladirgan kishi shulkim, ul o‘z otini tirikchilik uchun egarlab, topayotgan rizqi ro‘zidan 
Olloh taolo yo‘lida ehson qilmoqni unutmaydi va bu birlan ba’zi bir gunohlarini yopadi. 
Kishi maqtanish yokim riyo yuzasidan ot saqlayotgan ersa, bu unga gunoh bo‘lib 
yozilgaydur» Keyin, Janob Rasulullohdan eshak xususida so‘rashdi, shunda ul zot: 
«Olloh taolo menga bul haqda «Kimki zarracha bo‘lsa ham yaxshilik qilsa, ajru savob 
olgay va kimki zarracha bo‘lsa ham yomonlik qilsa, azobga qolgay» degan oyatdan 
bo‘lak hech narsa nozil qilmagandur»,— dedilar» 
 
1-bob Olloh taoloning qavli: «Kimki zarracha bo‘lsa ham yomonlik qilsa, 
azobga qolgay (uning jazosini ko‘rgay)» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan 
eshak haqida so‘ralganda, ul zot: «Menga bul haqda «Kimki zarracha bo‘lsa ham 
yaxshilik qilsa...» degan oyat nozil bo‘lgan, xolos»,— dedilar» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
 
 «INNO ATAYNOKAL-KAVSAR» SURASI  
 
Anas raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom osmonga (me’rojga) 
chiqarilganlaridan keyin, bunday deb hikoya qildilar. «Bir daryo (suv) oldiga keldim. 
Uning ikki qirg‘og‘i ichi g‘ovak marvariddan ishlangan. Men Hazrat Jabroildan «Bu nima» 
— deb so‘raganimda, ul kishi: «Bu (Havzi) Kavsar»,— deb javob berdilar». 
 
Abu Ubayda raziyallohu anhu aytadilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan Olloh taoloning 
«Albatta, biz sizga Kavsarni berdik» degan qavlining ma’nosini so‘radim. Oisha onamiz 
«Bu Kavsar shunday bir daryoki, u payg‘ambaringizga berilgan. Uning ikki qirg‘og‘i ichi 
g‘ovak marvarid birlan bezatilgan bo‘lib, atrofiga terib qo‘yilgan ko‘zalar yulduzlardek 
jilolanur»,— dedilar». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu Kavsar haqida so‘zlab: «Bu shunday xayrki, Olloh taolo uni 
o‘z Rasuliga bergan»,— dedilar 
 
Abu Bashar bunday deydilar: «Men Sa’id ibn Jubayrga «Kavsarni odamlar jannatdagi bir 
daryo, deb gumon qilayotirlar»,— dedim. Sa’id «Jannatdagi daryo bo‘lganda ham, u 
shundayin xayrki, Olloh taolo uni o‘z habibiga bergan»,— dedilar» 
 
 «IZO JOA NASRULLOHI» SURASI  
 
Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Agar sizga Ollohning 
madadi va fathi kelsa» surasi nozil bo‘lgandan keyin, hamma namozlarida «Subhonaka 
rabbano va bihamdika, Ollohummag‘fir liy», — der erdilar» (ma’nosi «Ey rabbimiz, 
poklik senga xosdur, senga hamd ayturman, ey Olloh, meni mag‘firat qil»). 
 
Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, 
namozlarining ruku’i va sujudlarida «Ey rabbimiz, poklik senga xosdur, senga hamd 
ayturman, ey Olloh, meni mag‘firat qil» deb juda ko‘p aytar, suradagi oyatning 
ma’nosini ta’vil qilar erdilar» 
 
1-bob Olloh taoloning qavli: «Va odamlarning Ollohning diniga guruh-guruh 
bo‘lib kirayotganlarini ko‘rsangiz...» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Umar raziyallohu anhu sahobalardan «Izo joa 
nasrullohi val-fathu» surasidan murod nedur?» — deb so‘radilar. Hammalari «Shaharlar 
va qasrlarni fath etish (zabt etish)» —deb javob berishdi. Umar raziyallohu anhu «Ey Ibn 
Abbos, bul xususda siz ne deysiz?» — deb so‘raganlarida, ul kishi «Muhammad sallallohu 
alayhi va sallamga ajallarining yaqinligi ishora qilinayotir»,— dedilar» 
 
Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizga qamd aytish birlan uni ulug‘langiz, 
unga istig‘for aytingiz, albatta u tavbalarni qabul qilguvchidur» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bir kuni Badr 
qatnashchilari bo‘lmish yoshi ulug kishilarning suhbatiga meni ham olib kirdilar. 
Ultirganlarning ba’zilarining dili ranjib «Mana bu bolani ne uchun bizning davramizga olib 
kirdingiz, bunday bolalar bizlarda ham bor erdi!» — deyishdi. Umar raziyallohu anhu 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
«Olib kirganimning sababi shulki, uning ilmu fazlini bir ko‘rib qo‘ysangizlar!» — dedilar. 
Keyin, Hazrat Umar bir kuni ularni o‘z uylariga taklif qildilar, men bildimki, bugun meni 
ularga bir ko‘rsatib qo‘ymoqchilar. Umar raziyallohu anhu barcha o‘ltirganlarga «Izo joa 
nasrullohi val-fathu» surasi haqida ne deysizlar?» —deb savol berdilar. Ba’zilar «Agar 
nusrat topsak va biror shaharni fath qilsak, Ollohga hamd va istigfor aytishni Olloh bizga 
buyurur»,— deyishdi. Ba’zilar ersa, sukut saqlab biror so‘z aytishmadi Shunda, Umar 
raziyallohu anhu «Ey Ibn Abbos, siz ham shunday degaysizmi?»—dedilar. Menga. Men: 
«Yo‘q»,— dedim. Hazrat Umar: «Unday ersa, siz ne degaysiz?» — dedilar. Men: «Bu 
birlan Olloh taolo o‘z Rasuliga «Agar sizga Ollohning madadi va fathi kelsa, ajalingiz 
yaqindur, bas parvardigoringizga hamd aytish birlan uni uluglangiz, unga istig‘for 
aytingiz, albatta u tavbalarni qabul qilguvchidur» — deb ma’lum qilur»,— dedim. Hazrat 
Umar «Men ham bu surani siz aytgandrk tushunurman»,— dedilar» 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling