Ustozlarga matematik tabrik Ortib boraversin yuzga biringiz


Download 12.49 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi12.49 Kb.
#1476697
Bog'liq
Ustozlarga matematik tabrik


Ustozlarga matematik tabrik

Ortib boraversin yuzga biringiz,


X bo'lib qolsin doim siringiz.
Sonli to'plam bo'lsin o'g'il-qizingiz,
Ularga nur bo'ling doim o'zingiz.

Bugun bayram ekan bir kulishaylik,


Shodliklarni qoldiqsiz, teng bo'lishaylik.
Og'ir kasbingizda sizga ming omad,
Modul belgisidek bo'ling tik qomad.

Tekislikday tilay cheksiz omonlik,


Kasr mahrajidek ko'rmang yomonlik.
Integraldek egilmasin belingiz,
Intervalga sig'mas bo'lsin fe'lingiz.

Natural sonlardek beg'ubor yashang,


Qalbdagi g'amlarni ayirib tashlang.
Plyusdek charaqlab tursin ko'zingiz,
Hosilasiz hosil bersin ko'zingiz!
Kelayotgan bahor bayramingiz bilan!
Download 12.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling