Abu abdulloh
-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlarning dillariga orom tushirgan zot Olloh taolodur»
- «AL-HUJUROT» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ovozlaringizii payg‘ambar ovozidai baland ko‘tarmangizlar!»
- «QOF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Jahannam: «Yana (qo‘shimcha) bormi» — deydi»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!»
- 1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, hujralar ortidan turib sizni chaqiradirgan kimsalarning ko‘plari albatta aqlsiz kimsalardur» «AT-TUR» SURASI
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, payg‘ambarga ikki kamon oraligida, balki undan pastroq yaqin keldi»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, payg’ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini (belgi, alomatlarini) ko‘rdi»
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Lot va Uzzo... (nomli butlar) xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi»
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va boshqa uchinchi (but) Manot...»
- «IQTARABATIS-SO’ATU» YoKI «AL-QAMAR» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Oy ikkiga bo‘lindi va agar kofirlar ko‘rsalar ham
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Kema) suzar erdi ko‘z oldimizda bir intiqom sifatida ul odam uchunki, qadrlanmadi va batahqiq qoldirdik ul voqeani ibrat
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz Qur’onni nasihat (ibrat) olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihat olguvchi bormi»
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular tikondan qo‘ra yasovchining sanchilgan yog‘ochlari kabi bo‘lib qoldilar. Biz Quronni nasihat olmoq uchun oson qilib
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan, erta tongda ularga barqaror azob yetib keldi. Endi mening azobimni va ogohlantirishimni bir tatib ko‘ringizlar!»
- 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga o‘xshashlarni halok qildik, bundan biror ibrat olguvchi bormi»
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar»
- 9-bob Olloh taoloning qavli: «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!»
- «AR-RAHMON» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ul ikki jannatdan pastroqda yana ikki jannat bordur»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Chodirlarda asralgan hurlar bor»
- «AL-VOQI’A» SURASI «... va uzun soya ostida...»
2-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik...» Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qur’ondagi «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik» degan oyat Tavrotda quyidagicha «Ey payg‘ambar, darhaqiqat biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi, ogohlantiruvchi va ummiylarga himoya qilib yubordik, siz mening bandam va rasulimsiz, men sizni «vakilim» deb atadim, (mening vakilim ersa) dag‘al va qo‘pol so‘z ermas, bozorlarda baqirib-chaqirib yurmagay, yomonlikka yomonlik birlan javob bermagay, balki afv etguvchi va kechirguvchidur, Olloh uning jonini olmagaydur, tokim ul yo‘ldan ozgan millatni «Lo iloha illalloh» degizib, to‘g‘ri yo‘lga solmaguncha va bu so‘z ila so‘qir ko‘zlarni, kar quloklarni va qulf qalblarni ochmaguncha». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlarning dillariga orom tushirgan zot Olloh taolodur» Barro raziyallohu anhu aytadilir: «Payg‘ambar alayhissalomning ashoblaridan biri Qur’on o‘qir erdilar, hovlida ul kishining otlari bog‘liq turgan erdi. Nogahon, ot bezovta bo‘la boshladi. Sahobiy chiqib qarasalar, hech narsa yo‘q, ammo ot bezovtalanaverdi. Ertalab ul kishi Janob Rasulullohga voqeani aytgan erdilar, ul zot. «Bu Qur’on birlan tushgan oromdur (sakinatdur)»,— dedilar («Sakinat»— o‘shal otmi hurkitib yuborgan «orom» bo‘lib, aytishlaricha u yuzi inson yuzi singari bo‘lmish bir yengil shaboda yoki mo‘minlar qalbiga orom beruvchi farishta erkan)». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 217 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar daraxt tagida sizga bay’at qilayotganlarida Olloh ulardan rozi bo‘ldi» Jobir ibn Abdulloh; «Biz Hudaybiyya kuni bir ming to‘rt yuzta erdik»,— deydilar. Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu: «Men daraxt ostida bay’at qilganlardan erdim. Ushanda Payg‘ambar alayhissalom tosh otish va g‘uslgohda siyishdan qaytardilar»,— deydilar (Tosh otishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘pdir. Chunki, u birlan ovni urib bo‘lmaydi, dushmanni o‘ldirib ham bo‘lmaydi. Ammo, u odamning biror yerini yorishi, ko‘zini ko‘r qilishi mumkin. Janob Rasululloh insonga zarar yetkazish ehtimolidan tosh otishni nahiy qildilar. G’usl qiladirgan joyga bavl qilishdan qaytarganlarining boisi shulki, agar yer qattiq bo‘lsa, siydik kishining o‘ziga sachraydi). Sobit ibn Zahhokning aytishlaricha, ul kishi daraxt ashoblaridan erkanlar (Hudaybiiya vodiysidagi bir daraxt tagida hozir bo‘lgan musulmonlar, ya’ni, bir yarim ming sahoba Payg‘ambar alayhissalomga qo‘l berishib, to boshlariga o‘lim soati kelguniga qadar ul zotga sodiq bo‘lishga qasamyod qildilar. Qur’on ersa ularning payg‘ambar orqali Olloh taologa bay’at qilganlarini uqdiradi va bu bay’at islom tarixida «Bay’aturrizvon», ya’ni Olloh mo‘minlardan rozi bo‘lgan bay’at, deb nomlangan). Habib ibn Abu Sobit: «Men bir narsani so‘rash uchun Abu Voilning oldiga borgan erdim, u: «Biz Siffayn degan joyda erdik»,— dedi (Siffayn — Furot daryosining vodiysi bo‘lib, shu joyda Hazrat Ali birlan Muoviya o‘rtasida katta jang bo‘lgan). Bir kishi kelib Ali raziyallohu anhudan: «Ollohning Kitobiga da’vat qiladirgan kishilarning gapiga ne deysiz?» — deb so‘radi. Hazrat Ali: «Qur’on oyatiga da’vat qilgan kishining gapini darhol qabul qilurman»,— dedilar. Shunda Sahl ibn Hanif: «Nafsingiz yo‘liga yurmangizlar, ya’ni aql birlan ish tutingizlar, bizning Hudaybiyyadagi ishimizni, ya’ni Payg‘ambar alayhissalom birlan mushriklar o‘rtasida sulh tuzilganini bilursizlar. Agar urush qilmoqni istaganimizda erdi, urushgan bo‘lur erdik»,— dedi. Shul asnoda Hazrat Umar kelib, Janob Rasulullohga. Bizning ishimiz haq, ularning ishi ersa botil ermasmi? Bizdan o‘lganlar jannatda, ulardan o‘lganlar do‘zaxda bo‘lmaydilarmi?»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, shunday bo‘lgay!» — dedilar. Hazrat Umar: «Unda nechun Olloh taolo bizga hukm qilib turgan bir paytda ortga qaytgaymiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Xattobning o‘g‘li, men Ollohning rasulidurman, Olloh ersa meni hech qachon mag‘lub qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Umar alam birlan Abu Bakrning oldilariga keldilar-da, ul kishiga: «Ey Abu Bakr, bizlar haq, ular ersa botil ermasmi?» — dedilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu aihu: «Ey Umar ibn al-Xattob, ul zot Ollohning rasulidurlar, Olloh ersa ul kishini sira mag‘lub qilmagay!» — dedilar. Shunda «Al-Fath» («Zafar») surasi nozil bo‘ldi» «AL-HUJUROT» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ovozlaringizii payg‘ambar ovozidai baland ko‘tarmangizlar!» Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ikki yaxshi odam, ya’ni Abu Bakr birlan Umar halok bo‘lishlariga oz qoldi. Ikkovlari Janob Rasulullohning huzurlarida ovozlarini baland ko‘tarib yuborishdi. Sababi, ul zotning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan otliqlar kelishgan erdilar. Abu Bakr Siddiq Aqra’ ibn Hobisni, Hazrat Umar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 218 ersalar boshqa bir kishini ularga amir etib tayinlashni taklif qildilar. Shunda Abu Bakr Siddiq Hazrat Umarga: «Doim siz menga qarshi ish tutursiz!» — dedilar. Hazrat Umar: «Sizga qarshi ish tutmoqni xohlaganim io‘q!» — dedilar. Natijada, ikkovlari ham baland ovoz birlan tortishib ketishdi. Shul asnoda Olloh taolo «Ey mo‘minlar ovozlaringizni payg‘ambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar!» degan oyatni nozil qildi» Ibn Zubayr « Mana shu oyat nozil bo‘lgandan keyin, Umar raziyallohu anhu Janob Rasulullohga pichirlab gapiradirgan bo‘lib qoldilar, hatto ul zot ko‘pincha tushunmay qolib, qayga-qayta so‘rar erdilar»,— deydilar. Ammo, Ibn Zubayr bobolari Abu Bakr haqlarida bunday gapni gapirmadilar» Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Sobit ibn Qaysni qidirib qoldilar. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, men u haqda bilib kelgayman!» — deb chiqib ketdi-da, Sobitning uyiga bordi. Sobit uyida boshini quyi egganicha o‘ltirgan erdi. Boyagi kishi Sobitdan «Ne bo‘ldi?»—deb so‘radi. Sobit: «Yomon bo‘ldi»— deb, o‘zining Janob Rasulullohning oldilarida baland ovoz birlan gapirib yuborganini, shu sababli butun amallari habata bo‘lganini, o‘zi ersa do‘zax ahlidan bo‘lib qolganini aytdi. Keyin, haligi odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, bor gapni xabar qildi. .Janob Rasululloh haligi odamni yana Sobitning uyiga junatayotib «Siz do‘zax ahlidan ermas, balki jannat ahlidan erkansiz, deb unga ayt!»—dedilar». Aboulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelgan erdi. Shunda Abu Bakr Siddiq «Bularga Qaqo ibn Mu’abbadni amir qilsangiz!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu ersalar «Aqra’ ibn Hobisni amir qilsangiz!» — dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Hazrat Umarga e’tiroz bildirib: «Doim menga qarshi ish qilursiz!»—dedilar. Umar raziyallohu anhu «Men sizga qarshi ish qilishni xohlaganim yo‘!»— dedilar. Natijada, ikkoalari gap talashib, ovozlari baland ko‘tarilib ketdi. Shu haqqa Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh va uning payg‘ambari huzurida (ulardan ilgari) gapirmangizlar!» degan oyatni nozil qildi». «QOF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Jahannam: «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — deydi» Abu Hurayra raziyallohu anzhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Jahannamga «To‘ldingmi?» —deyilgay, shunda u «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — degay. Parvardigor («Bo‘ldi, qolmadi» degan ma’noda) qadamini jahannam ustiga qo‘ygachgina, u «Yetarli, yetarli!» — deb aytgay». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Jannat birlan do‘zax o‘zaro gap talashishdi. Do‘zax «Men takabburu zo‘ravonlar uchun yaratilganman»,— dedi. Jannat ersa «Menga faqat odamlarning kuchsizlari-yu mazlumlari kirgay»,— dedi. Olloh taolo jannatga «Sen mening rahmatimsan, sening vositang ila istagan bandamga rahmat qilurman»,— dedi. So‘ng, do‘zaxga «Sen mening azobimsan, istagan bandamga sening vositang ila azob berurman»,—deb aytdi. Jannatning ham, do‘zaxning ham o‘z to‘ldirguvchilari bordur. Ammo, do‘zax, toki Olloh taolo uning ustiga qadamini qo‘ymas erkan, to‘lmagay Olloh taolo oyog‘ini qo‘ygach, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 219 do‘zax «Yetarli, yetarli!» — degay-da, og‘zini yopib olgay. Olloh taolo biror maxluqiga ortiqcha azob berib zulm qilmagay. Ammo, jannat xususiga kelsak, (u solih bandalarga to‘lib-toshib keqa ham, qabul qilavergay), hatto Olloh taolo qo‘shimcha yana bir jannat barpo qilgay» 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot o‘n to‘rt kechalik oyga qarab bunday dedilar: «Albatta, sizlar ul dunyoda rabbingizni xuddi mana shu oyni ko‘rgandek ko‘rursizlar. Uni ko‘rishda bir-biringizga xalal bermagaysizlar. Agar quyosh chiqishidan va botishidan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslikka qodir bo‘lsangizlar, o‘qingizlar!». Keyin ul zot «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!» degan oyatni tilovat qildilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh menga hamma namozlardan so‘ng tasbih aytmoqni buyurdilar»,— deydilar». 1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, hujralar ortidan turib sizni chaqiradirgan kimsalarning ko‘plari albatta aqlsiz kimsalardur» «AT-TUR» SURASI Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga kasalligimdan shikoyat qilib erdim, «Ulovda odamlarga ergashib Ka’bani tavof qilaver!» deb buyurdilar. Shunda men tavof qildim, ul zot ersalar Baytullohning bir chekkasida «Vat-Tur va kitobim mastur» surasini qiroat qilib namoz o‘qidilar». Jubayr ibn Mut’imning otalari rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning shom namozida «Vat-Tur» surasini qiroat qilganlarini eshitdim. Ul zot «Balki ular hech narsadan (o‘z-o‘zidan) yaralib qolgandirlar-a' Balki ular o‘zlari yaratguvchimikanlar-a?! Balki osmonlar birlan Yerni ular yaratgandirlar-a?! Balki ular ishonmaslar? Balki parvardigoringizning xazinalari ularning qoshlaridadur-a?! Yoki ular butun borliqni boshqarib turguvchimikanlar-a?!» degan oyatga kelganlarida qalbim uchib chiqib ketishiga oz qoldi!» Sufyon raziyallohu anhu «Janob Rasulullohning shomda «Vat-Tur» surasini o‘qiganlarini Zuhriydan men ham eshitganman, ammo qolgan gaplarni eshitmaganman»,— deydilar. «VAN-NAJM» SURASI Masruq rivoyat qiladilar «Men Oisha onamizdan «Ey onajon, Muhammad sallallohu alaihi va sallam parvardigorlarini ko‘rganmilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz «Sening gapingdan sochim tikka bo‘ldi. Uchta gapdan xabaring yo‘q erkanda? Kim senga: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam parvardigorlarini ko‘rganlar»,— desa, g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar, keyin ushbu «Eng o‘tkir ko‘zlar ham uni ko‘rmagay, ammo ul ularni ko‘rib turgay va ul har qanday to‘siqdan o‘tguvchi va har qanday ishdan xabardor zotdur» degan oyatni, so‘ng «Biror inson Olloh birlan yuzma-yuz gaplasha olmas, u Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 220 faqat vahiy orqaligina gaplashur yoki hijob (parda) orqasidan turib gaplashur» degan oyatlarni o‘qidilar. So‘ng, so‘zlarida davom etib «Kimki senga «Janob Rasululloh ertaga bo‘ladirgan ishni bilurlar»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar-da, «Biror jon ertaga ne ish qilmog‘ini bilmas» degan oyatni o‘qidilar. Keyin, yana so‘zlarida davom etib: «Kimki senga «Janob Rasululloh Olloh buyurgan narsani yashirgan»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!» — dedilar-da, «Ey payg‘ambar, rabbingizdan o‘zingizga yetkazilgan narsalarni yetkazingiz!» degan oyatni o‘qidilar. «Lekin,— dedilar Oisha onamiz, — ul zot Hazrat Jabroilni ikki bor asl qiyofalarida ko‘rganlar» 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, payg‘ambarga ikki kamon oraligida, balki undan pastroq yaqin keldi» Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Hazrat Jabroilni ko‘rganlar, ul kishining olti yuzta qanotlari bor erkan». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, payg’ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini (belgi, alomatlarini) ko‘rdi» Abdulloh ibn Mas’ud: «Darhaqiqat, payg‘ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi» degan oyatni tafsir qilib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Jabroilning) yashil qanotlarini ko‘rdilar, u butun ufqni to‘sib turardi»,— deydilar. 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Lot va Uzzo... (nomli butlar) xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi?» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki Lot va Uzzoni tilga olib qasam ichgan ersa, (darhol) «Lo iloha illalloh» deb ayqin, kimki sherigiga «Kel, qimor o‘ynaylik!» degan ersa, (darhol) sadaqa qilib yuborsin!» — dedilar». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va boshqa uchinchi (but) Manot...» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Mushallal degan yerdagi Manotga sig‘inuvchi kishilar Safo va Marva o‘rtasini tavof qilmas erdilar. Olloh taolo «Albatta, Safo birlan Marva Olloh buyurgan ibodatgohlardandur» degan oyatni nozil qilgach, Janob Rasululloh va musulmonlar ul yerni tavof qila boshladilar». Sufyon: «Manot Kadid degan joyning Mushallal mavzesiga o‘rnatilgan erdi»,— deydilar. Oisha onamiz: «Safo va Marva haqidagi oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan. Ular va g‘assonliklar musulmon bo‘lishlaridan avval Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar»,— deydilar. Oisha onamiz: «Ansorlar ilgari Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar. Manot — Makka birlan Madina orasidagi bir butning nomi bo‘lib, ansorlar: «Yo Rasulalloh, biz ilgari Manotni ulug‘lab, Safo va Marvani tavof qilmas erdik»,— deyishgan erdi»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 221 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, sizlar Ollohga sajda va ibodat qilingizlar!» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Van-Najm» surasini o‘qib sajda qildilar, ul zot birlan birga musulmonlar ham, mushriklar ham, jinlaru odamlar ham sajda qilishdi» Abdullhu ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Eng birinchi nozil bo‘lgan sajda oyatli sura— «Van-Najm» surasidir. U nozil bo‘lganda Janob Rasululloh darhol sajda qildilar, shunda ul zotga ergashib ortlarida turgan kishilar ham sajda qildi, ammo bir kishi sajda qilmadi. Ushal kishi yerdan bir siqim tuproq olib o‘shanga sajda qildi. Keyinchalik, men uning kofir holda o‘ldirilganini ko‘rdim. Uning nomi Umayya ibn Xalaf erdi». «IQTARABATIS-SO’ATU» YoKI «AL-QAMAR» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Oy ikkiga bo‘lindi va agar kofirlar ko‘rsalar ham biror mo‘‘jizani, yuz o‘gururlar» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning davrlarida Oy alohida-alohida ikki qismga bo‘lindi. Bir qismi tog‘ ustida, ikkinchi qismi ersa uning ro‘parasida turdi. Shunda Janob Rasululloh barchaga: «Guvoh bo‘lingizlar!»—dedilar». Abdulloh bunday deydilar: «Oy ikkiga bo‘lindi, shunda biz Janob Rasululloh birlan birga turgan erdik. U alohida-alohida ikki qismga ajraldi. Janob Rasululloh bizlarga: «Guvoh bo‘lingizlar, guvoh bo‘lingizlar!» — dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida Oy ikkiga bo‘lindi»,— deydilar. Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ahli Makka Janob Rasulullohdan mo‘‘jiza ko‘rsatishni talab qilishdi. Shunda ul zot mo‘‘jiza tariqasida Oyni ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar». Anas: «Oy teng ikkiga bo‘lindi»,— deydilar. 2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Kema) suzar erdi ko‘z oldimizda bir intiqom sifatida ul odam uchunki, qadrlanmadi va batahqiq qoldirdik ul voqeani ibrat qilib, bormi nasihat olguvchi?» Qatodo raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taolo Nuhning kemasini salomat saqladiki, hatto uni mana shu ummatning dastlabki kishilari ham ko‘rdilar». Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» («nasihat olguvchi bormi?») deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar. 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz Qur’onni nasihat (ibrat) olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihat olguvchi bormi?» Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 222 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Tomiri ila sug‘urilgan xurmo daraxtlari kabi (odamlarni uchirib ketar erdi), bas nechuk bo‘libdur mening azobim va ogohlantirishim?!» Abu Ishoq bunday deydilar: «Bir odam Asvaddan «Fa-hal min muddakir»mi yoki «muzzakir»mi?»— deb so‘radi. Asvad «Men Abdullohning «min muddakir» deb o‘qiganlarini eshitganman, ul kishi «Payg’ambar alayhissalomning «min muddakir» deb o‘qiganlarini eshitgan erkanlar»,— dedi» 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular tikondan qo‘ra yasovchining sanchilgan yog‘ochlari kabi bo‘lib qoldilar. Biz Quronni nasihat olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihag olguvchi bormi?» Abdullohniig rivoyatlariga qaraganda, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir»—deb «dol» birlan qiroat qilganlar» 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan, erta tongda ularga barqaror azob yetib keldi. Endi mening azobimni va ogohlantirishimni bir tatib ko‘ringizlar!» Abdulloh rivoyat qiladilarki, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir» — deb «dol» harfi birlan qiroat qilgan erkanlar 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga o‘xshashlarni halok qildik, bundan biror ibrat olguvchi bormi?» Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga «Fa-hal min muzzakir» — deb «zol» harfi birlan o‘qib berdim. Shunda ul zot «Fa-hal min muddakir» — deb dol birlan o‘qi!»— dedilar». 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Badr kuni chodirda turgan hollarida bunday dedilar: «Yo Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Yo Olloh, agar istasang, bugundan keyin ibodat qilinmagaysan (ya’ni, agar istasang, ertagayoq butun bandalaringni halok qilgaysan, o‘zingga ibodat qilguvchilarni qoldirmagaysan)!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Ollohning rasuli, bo‘ldi, kifoya, rabbingizdan ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar. Janob Rasululloh ersalar sovutda bo‘lsalar ham, irgib turdilar-da «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar!»—deya tashqari chiqdilar» 9-bob Olloh taoloning qavli: «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!» Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men mo‘minlarning onasi Oishaning oldilarida erdim. Shunda, ul muhtarama «Muhammad sallallohu alayhi va sallamga Makkada «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 223 degan oyat nozil bo‘lganda men yosh qizaloq erdim, o‘ynab yurar erdim»,— dedilar» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Badr kuni chodirda turib bunday dedilar: «Ey Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Ey Olloh, agar xohlasang, bugundan keyin butunlay ibodat qilinmaysan!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Olloh-ning rasuli, bo‘ldi, yetarli, rabbingizga ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar. Keyin, Janob Rasululloh sovut kiygan holda tashqariga chiqayotib, «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar, balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat qattiqroq va achchiqroqdur!» degan oyatlarni o‘qidilar». «AR-RAHMON» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ul ikki jannatdan pastroqda yana ikki jannat bordur» Abdulloh ibn Qays raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari kumushdan yasalgan va yana ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari tilladan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilib turgay». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Chodirlarda asralgan hurlar bor» Abdulloh ibn Qaysning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda ichi g‘ovak marvariddan qilingan chodirlar bor, uning kengligi oltmish mildur. Ul chodirlarning har bir burchida istiqomat qilguvchi (hurlar) bo‘lib, biri ikkinchisini ko‘rmaydi, ularni mo‘minlar tavof qilib yuradirlar. Ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa narsalari kumushdan yasalgan, yana ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa narsalari ersa oltindan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilgay». «AL-VOQI’A» SURASI «... va uzun soya ostida...» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir daraxt bor, otliq uning soyasida yuz yil yurib ham poyoniga yetolmaydi. Agar xohlasangizlar: «Uzun soya ostida» degan oyatni o‘qingizlar!»—dedilar». Undagi «Odamlar orasida shunday kishilar borki... Odamlar orasida shunday kishilar borki...» degan oyatlar shunday ketma-ket nozil bo‘la boshladiki, hatto odamlar: «Bu sura bittamizni ham qoldirmay birma-bir zikr qilsa kerak» — deb o‘ylashdi»,— dedilar. Men ul kishidan «Anfol» surasi haqida ham so‘radim, uning Badr janggi haqida nozil bo‘lganini aytdilar. Keyin, «Al-Hashr» surasi xususida ham so‘ragan erdim, uning Baniy Nazir qabilasi to‘g‘risida nozil bo‘lganini aytdilar». Sa’id boshqa bir hadisda: «Al-Hashr» surasi bu «Nazir» surasidur»—deb aytganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling