Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «... va maxfiy tutur erdingiz dilingizda ul so‘zniki, Olloh uni oshkor qilmakchi erdi va siz odamlardan qo‘rqdingiz va Olloh ziyoda
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Siz ayollaringizdan qaysi birining navbatini qoldirib, qaysi birining navbatini ilgariga surmakchi bo‘lsangiz, joizdur.
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar biror narsani oshkor qilsangizlar yoki yashirsangizlar, albatta Olloh bilur, zero Olloh barcha narsani biluvchi zotdur!
- 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Musoga ozor bergan kimsalardek bo‘lmangizlar!»
- «SABA’» SURASI Olloh taoloning qavli: «(Farishtalar), dillaridan qo‘rquv ketkazilgandan keyin
- «YOSIN» SURASI Olloh taoloning qavli: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning taqdiridur!»
- «VAS-SOFFOT» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va albatta Yunus ham payg‘ambarlardandur»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin, darhaqiqat hadya etguvchi yolgiz sen o‘zingdursan!»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va men payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!»
- «AZ-ZUMAR» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning
www.ziyouz.com kutubxonasi 203 qildi. Shunda ul zot xotinlarining hammasi oxirat mukofotiga rozi erkanliklarini, qalblari Janob Rasulullohning qalblari birlan hamohang erkanligini izhor qilishdi. Mazkur onalarimizning hammalaridan Olloh taolo rozi bo‘lsin!»). 5-bob. Olloh taoloning qavli: «... va maxfiy tutur erdingiz dilingizda ul so‘zniki, Olloh uni oshkor qilmakchi erdi va siz odamlardan qo‘rqdingiz va Olloh ziyoda haqlirokdurki, siz undan qo‘rqing!» Anas ibn Molik raziyallouh anhu rivoyat qiladilar: «... va maxfiy tutur erdingiz dilingizda ul so‘zniki, Olloh uni oshkor qilmakchi erdi .» degan oyati karima Zaynab binti Jahsh va Zayd ibn Horisa haqlarida nozil bo‘lgan erdi» (Payg‘ambarimiz alayhissalom ammalarining qizi Zaynab binti Jahshni o‘zlarining asrab olgan o‘g‘illari Zayd ibn Horisaga xotinlikka so‘rab borganlarida, Zaynab e’tiroz bildirib: «Ey Ollohning rasuli, axir men Quraysh qabilasining eng oliynasab ayollaridan biriman-ku, Zayd ersa kuni kecha qullikdan ozod bo‘lgan bir yigitdur, men qandayin unga xotin bo‘lurman?» — dedi. Payg‘ambar alayhissalomga «Kim Olloh va uning rasuliga osiy bo‘lsa, bas u ochiqdan- ochiq yo‘ldan ozibdi» degan oyat nozil bo‘lgandan keyingina, Zaynab noiloj rozilik berdi. Lekin, Zayd birlan Zaynabning hayotlari yaxshi bo‘lmadi. Chunki, Zaynab Zaydga o‘zining oliynasab erkanligini nuqul pesh qilaverar erdi. Nihoyat, Zayd payg‘ambarimizga shikoyat qilib keldi. Bu vaqtda Olloh taolo tomonidan Janob Rasulullohga vahiy nozil qilingan bo‘lib, unda Zaydning Zaynabdan ajralmog‘i va Janob Rasulullohning o‘zlari unga uylanmoqlari haqida xabar qilingan erdi. Ammo, ul zot «Muhammad o‘zi asrab olgan o‘g‘lining xotiniga uylandi» deb ta’na qilishlaridan cho‘chib, mazkur vahiyni oshkor qilmay yashirib kelardilar, shuning uchun ham Zayd Zaynabdan ajralishmoqchi erkanini aytganda, unga sabr qilishni buyurdilar). 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Siz ayollaringizdan qaysi birining navbatini qoldirib, qaysi birining navbatini ilgariga surmakchi bo‘lsangiz, joizdur. Shuningdek, qaysi bir ayolingizni (vaqtincha) o‘zingizdan chetlatgan bo‘lsangiz, uni yana o‘zingizga ham-xona qilsangiz, gunohi yo‘qdur» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uzini o‘zi Janob Rasulullohga tortiq qilgan ayollarni ko‘rib g‘ashim kelur va. «Ayol ham o‘zini o‘zi erkakka tortiq qilgaymi?» — der erdim. Olloh taolo «Siz ayollaringizdan qaysi birining navbatini qoldirib, qaysi birining navbatini ilgariga surmakchi bo‘lsangiz, joizdur. Shuningdek, qaysi bir ayolingizni (vaqtincha) o‘zingizdan chetlatgan bo‘lsangiz, uni yana o‘zingizga hamxona qilsangiz, gunohi yo‘qdur» degan oyati karimani nozil qilganda, men ul zotga: «Rabbingizning sizning xohishingiznigina tezda ro‘ebga chiqarayotganini ko‘rib turibman!»—dedim». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taolo (yuqoridagi) oyatni nozil qilgandan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘ngillari tusagan xotinlarining huzuriga navbatdan tashqari tashrif buyurmoqchi bo‘lsalar. avval navbati kelgan xotinlaridan bunga izn so‘rar erdilar» Maoz rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan "Sizning navbatingiz kelganda boshqa xotinlari huzuriga kirmoq uchun sizdan izn so‘rasalar, ne der erdingiz?» - deb so‘radim. Oisha «Agar shunday desalar, «Yo Rasulalloh, men yolg‘iz o‘zim sizga ega bo‘lib olmoqni istamayman!» —der erdim»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 204 7-bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga izn so‘rab, taomga taklif qilinsangizlargina kiringizlar. Taomning pishishiga ko‘z tutib o‘ltirmangizlar, balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlanib bo‘lgach, tarqalingizlar va ezmalanib ul yerda qolib ketmangizlar. Chunki, bu ishlaringiz payg‘ambarga ozor berur, u ersa sizlarni chiqarib yuborishdan tortingay. Ammo, Olloh haqiqatni aytishdan tortinmas. Qachonki sizlar payg‘ambarning xotinlaridan biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsangizlar, parda ortida turib so‘rangizlar. Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham pokiza saqlagaydur. Ollohning payg’ambariga ozor bermoqlik va ul o‘tgandan so‘ng, uning ayollariga uylanmoqlik sizlarga durust ermas, chunki bu qilmishingiz Olloh nazdida ulkan gunohdur!» Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga- «Yo Rasulalloh, uyingizga yaxshi odam ham, yomon odam ham kirgay, mo‘minlarning onalariga hijob (parda) tutmoqni buyurganingizda erdi!» — dedim, shunda Olloh taolo «Hijob» oyatini nozil qildi» Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab binti Jahshga uylanganlarida qavmni chaqirib, ularni ziyofat qildilar. Ziyofatdan so‘ng, qavm gaplashib o‘ltirib qoldi. Janob Rasululloh turishga ishora qilgan bo‘lsalar ham, qavm o‘ltira berdi. Buni ko‘rib, ul zotning o‘zlari o‘rinlaridan turib tashqariga chiqdilar. Shunda ko‘pchilik chiqib ketdi, ammo uch kishi qimirlamay o‘ltiraverdi. Janob Rasululloh ichkariga kirmoqchi bo‘lganlarida boyagi uch kishi hanuz suhbatlashib o‘ltirar erdi. Nihoyat, ular ham turishdi, men kuzatib qo‘ygach, ularning chiqib ketganligini aytdim. Janob Rasululloh ichkariga kirdilar, men ham kirmoqchi bo‘lgan erdim, ul zot men birlan o‘zlari o‘rtalariga parda tortib qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga iznsiz kirmangizlar .» degan oyatni nozil qildi». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bu oyatning, ya’ni «Hijob» oyatining nozil bo‘lish sababini men boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilurman. Zaynab binti Jahsh Janob Rasulullohga nikoh qilinganlaridan keyin, ul zotning uylarida birgalashib taom tayyorladilar. So‘ng, Janob Rasululloh qavmni ziyofatga chaqirdilar. Ziyofat tugagandan so‘ng, qavm gaplashib o‘ltiraverdi. Janob Rasululloh tashqariga chiqib qaytib kelsalar ham hanuz gaplashib o‘ltirishar erdi. Shunda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga iznsiz kirmangizlar .» degan oyatni nozil qildi. Keyin, o‘rtaga parda tortilib erdi, qavm turib chiqib ketdi». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom Zaynab binti Jahshga uylanganlarida non va go‘shtdan iborat ziyofat tayyorlandi. Shunda qavmni ziyofatga taklif qilishga yuborildim. Qavm birin-ketin ziyofatga kelib, taomdan yeb chiqib keta berdi. Nihoyat, barcha kelib bo‘ldi. Men Janob Rasulullohga. «Ey Ollohning payg‘ambari, ziyofatga chaqirishga odam topolmay qoldim!» — dedim. Ul zot: «Taomdan olib kir, uyda yana uch nafar odam gaplashib o‘ltiribdi'» — dedilar-da, tashqariga chiqib, Oisha raziyallohu anhoning hujralarigacha yurib bordilar. So‘ng, Oishaga: «Assalomu alaykum, ey ayolim, senga Ollohning rahmati bo‘lsin!» — dedilar. Oisha raziyallohu anho: «Sizga ham Ollohning salomi va rahmati bo‘lsin! (Yangi) ayolingiz ko‘nglingizdagidek erkanmi? Olloh sizga muborak qilsin!» —deb javob berdilar. Shul tariqa ul zot barcha ayollarining hujralariga kirib, Oishaga aytgan gaplarini aytdilar, ular ham Oisha kabi shirin til birlan ko‘ngil so‘rashdi. Keyin, Janob Rasululloh qaytib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 205 keldilar hamki, uydagi odamlar hanuz gaplashib o‘ltirishar erdi. Payg‘ambar alayhissalom nihoyatda hayoli erdilar. Yana qaytib chiqib, Oishaning hujralariga kirib turdilar. Odamlar ketganini men xabar qildimmi yoki boshqa birov aytdimi, bilmayman, ul zot yana qaytib keldilar. Bir oyoqlarini eshik ostonasiga qo‘yib, ikkinchisini tashqarida qoldirib turgan hollarida men birlan o‘zlari o‘rtalariga parda tortib qo‘ydilar. Shunda «Hijob» oyati nozil bo‘ldi». Anas ibn Moyaik raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasululloh Zaynab binti Jahshga uylanganlarida to‘y ziyofati qilib berdilar. Odamlar non birlan go‘shtga to‘ydi. So‘ng, ul zot mo‘minlar onalarining hujralariga birma-bir kirib, har safar uylanganlarida ertasiga ertalab chiqib salom berganlaridek, ularga salom berdilar, ularni duo qildilar, ular qam alik olib, ul zotning haqlariga duo qilishdi. Janob Rasululloh uylariga qaytganlarida ikki kishining hanuz suhbatlashib o‘ltirganini ko‘rdilar. Shunda ul zot yana qaytib chiqib erdilar, boyagi ikki kishi irg‘ib o‘rnidan turdi. Ularning chiqib ketganini men o‘zim xabar qildimmi yoki boshqa birov aytdimi, bilmayman, Janob Rasululloh yana uyga qaytib kirdilar. So‘ng, men birlan o‘zlari o‘rtalariga parda tortib qo‘ydilar. Shunda «Hijob» oyati nozil bo‘ldi». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hijob (parda) tortish buyurilgandan so‘ng, Savda hojat uchun tashqariga chiqdilar, bo‘ylari barvasta bo‘lgani uchun ko‘rgan odam darhol tanib olar erdi. Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Savdani ko‘rib: «Ey Savda, xudo haqi, bizdan yashirinmaysizmi, qanday chiqqanligingizga bir qarangiz?!» — deb uyaltirdilar. Shunda Savda uyalib qaytib ketdilar. Shu paytda Janob Rasululloh mening hujramda bo‘lib, taom tanovul qilayotgan erdilar, qo‘llarida go‘shtli suyak bor erdi. Savda ichkariga kirib: «Ey Ollohning rasuli, men hojatimga chiqqan erdim. Umar menga unday-bunday gaplarni aytib uyaltirdi!» — dedilar. Shu payt Olloh taolo ul zotga vahiy yubordi. Janob Rasululloh vahiy qabul qilib bo‘lgach, qo‘llaridagi boyagi suyakni ushlagan hollarida: «Olloh taolo sizlarga hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqlaringizga ijozat berdi»,— dedilar». 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar biror narsani oshkor qilsangizlar yoki yashirsangizlar, albatta Olloh bilur, zero Olloh barcha narsani biluvchi zotdur! Payg‘ambar xotinlarining o‘z otalari, o‘g‘illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o‘g‘illari, opa-singillarining o‘g‘illari, o‘z jinslaridan bo‘lmish ayollar va cho‘rilarga yuzlari ochiq holda ko‘rin-moqlari gunoh emasdur, Ollohdan qo‘rqingizlar, Olloh barcha narsa ustida guvoh bo‘lib turgan zotdir!» Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Hijob tortish buyurilgandan keyin, Abulqu’aysning ukasi Aflah mening oldimga kirish uchun izn so‘radi. Men: «Janob Rasulullohdan so‘ramagunimcha izn bermayman, chunki meni Abulqu’aysning ukasining xotini ermas, balki Abulqu’aysning xotini emizgan»,— dedim. Janob Rasululloh kelganlarida: «Yo Rasulalloh, Abulqu’aysning ukasi Aflah huzurimga kirishga izn so‘ragan erdi, men unga izn bermadim, chunki sizdan izn olmagan erdim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Amakingga izn berishga senga nima to‘sqinlik qildi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, axir meni Aflahning xotini ermas, balki Abulqu’aysning xotini emizgan-ku?» — dedim. Janob Rasululloh: «Aflahga izn bergil, chunki u amaking erur!» — dedilar». Urva bunday deydilar: «Oisha shunga ko‘ra: «Tugishganlar bir-biriga mahram bo‘lgani kabi, emishganlar ham o‘zaro mahram bo‘lgaydir»,— der erdilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 206 9-bob. Olloh taoloning qavli: «Shubhasizki, Olloh va uning farishtalari rahmat yuborurlar bu payg‘ambarga, ey iymon keltirganlar, sizlar ham unga rahmat yuboringizlar va ezgu salom yo‘llangizlar!» Abuloliya bunday deydilar: «Olloh taoloning salavoti — uning o‘z payg’ambarini farishtalari oldida maqtashidur. Farishtalarning salavoti ersa, ularning Janob Rasululloh haqlariga qilgan duolaridur». Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ey Ollohning rasuli, biz «Assalomu alayka»ning ma’nosini bilurmiz, ammo «Assalotu» so‘zi qanday so‘z?» — deb Janob Rasulullohdan so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ey Olloh, Ibrohim alayhissalomga rahmat yuborganingdek, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga va ul kishining oilalariga ham rahmat yuborgil, darhaqiqat sen maqtovga loiq va sharafli zotdursan! Ey Olloh, Ibrohim alayhissalomning oilalariga barakot berganingdek, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga va ul kishining oilalariga barakot bergil, darhaqiqat sen maqtovga loiq va sharafli zotdursan!» deb duo qilingizlar!» — dedilar». 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Musoga ozor bergan kimsalardek bo‘lmangizlar!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Darhaqiqat, Muso nihoyatda hayoli odam erdilar. Bu quyidagi oyatda bor bo‘lib, Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, Musoga ozor bergan kimsalardek bo‘lmangizlar! Olloh Musoni tuhmatdan qutultirdi. U Ollohning huzurida sharafli inson erdi»,— deydi». «SABA’» SURASI Olloh taoloning qavli: «(Farishtalar), dillaridan qo‘rquv ketkazilgandan keyin, bir-birlariga: «Rabbingiz ne dedi?» — deganlarida, «Haqni aytdi»,— deb javob qilgaylar. Olloh taolo ulug‘ va buyuk zotdur!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Osmonda Olloh taolo bir ishni hukm qilsa, farishtalar darhol itoatkorona qanotlarini qoqgaylar. (Olloh taolo o‘z hukmini vahiy ila izhor qilganda toshga urilgan zanjirning ovozidek ovoz chiqgay. Shunda farishtalar qo‘rqinchga tushgaylar), qo‘rqinchlari bosilgandan so‘ng, bir-birlaridan: «Rabbingiz ne dedi?» — deb so‘ragaylar. So‘ralganlar: «Haqni aytdi va ul eng buyuk, ulug zotdur!»— deb javob bergaylar. Olloh taoloning hukmini «xabar o‘g‘rilari» o‘g‘rincha eshitib olishgay, ular mana bunday ustma-ust turishgay. Dastlabki «xabar o‘g‘risi» o‘zi eshitgan xabarni pastroqdagisiga, ul ersa undan pastroqqagisiga yetkazgay va shul tariqa bul gap sehrgarga yoki folbinga yetib borgay. Ko‘pincha, «xabar o‘g‘risi»ga uchar yulduz yetib boradi-da, gapni yetkazguncha uni kuydirib halok qiladi. Ba’zida ersa, olov yetib borguncha, o‘zidan pastdagiga yetkazib ulguradi, shunda folbinlar unga yuzta yolg‘onni qo‘shib gapirishadi. Odamlar ersa: «Folbin falon kuni unday degan erdi, to‘g‘ri chiqmadimi, piston kuni bunday degan erdi, to‘g‘ri chiqmadimi?»—deb osmondan o‘g‘rincha eshitilgan gap sababli folbinga inonadilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 207 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul (payg‘ambar) kelgusi qattiq azobdan sizlarni ogohlantiruvchi bir zotdur!» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom bir kuni Safo tog‘iga chiqib: «Ey qavm ogoh bo‘lingizlar!»—deb nido qildilar. Shunda barcha Quraysh ahli yig‘ilib, Rasulullohdan: «Ne bo‘ldi?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Aytingizlarchi, agar sizlarga «Ertalab yoki kechqurun dushman ustingizga hujum qilmoq niyatida» deb ayqam, sizlar menga ishonursizlarmi yohud yo‘qmi?»—dedilar. Hammalari: «Albatta, ishonurmiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, men sizlarni kelgusi qattiq azobdan ogohlantirurman!» — dedilar. Shunda Abu Lahab: «Qurib ketgur, shunga chaqirdingmi bizni?!»—deb qarg‘ab erdi, Olloh taolo «Tabbat yado Abiy Lahab» surasini nozil qildi». «YOSIN» SURASI Olloh taoloning qavli: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning taqdiridur!» Abu Zarr al-G’iforiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men quyosh botayotgan paytda Janob Rasululloh birlan birga masjidda erdim. Shunda ul zot: «Ey Abu Zarr, aytchi, hozir quyosh qaerga botayotir?»— dedilar. Men: «Olloh va uning payg‘ambari biluvchiroqdur!» — dedim. Ul zot bunday dedilar: «Quyosh Olloh taologa sajda qilmoq uchun Arsh osti tomon yo‘l olgan. Olloh taolo: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotningtaqdiridur!»—deydi». Abu Zarr al-G’iforiy raziyallouu anuu rivoyat qiladi-lar: «Quyosh botayotgan paytda men Janob Rasululloh birlan birga masjidda erdim. Ul zot bunday dedilar: «Ey Abu Zarr, aytchi, Quyosh qaerga botaetir?» Men: «Olloh va uning payg‘ambari biluvchiroqdur!» — dedim. Ul zot: «Quyosh Olloh taologa sajda qilmoq uchun Arsh osti tomon yo‘l olgan. Olloh taolo: «Quyosh (azaldan belgilab qo‘yilgan) o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning (azaldan belgilab qo‘ygan) taqdiridur!» — deydi»,— dedilar». Abu Zarr al-G’iforiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning taqdiridur!» degan oyatning mazmunini so‘radim. Janob Rasululloh: «Quyoshning qarorgohi Arshning tagidur»,— dedilar». «VAS-SOFFOT» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va albatta Yunus ham payg‘ambarlardandur» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech bir kishi o‘zini Ibn Mattodan yaxshiroq deb hisoblamasligi lozim!» — dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh: «Kimki «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» desa, yolg‘on aytibdi»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 208 «SOD» SURASI Avvom rivoyat qiladilar: «Men Mujohiddan «Sod» surasidagi sajda oyati haqida so‘radim. Mujohid: «Bu haqda ibn Abbosdan so‘ralganda, ul kishi: «Ulaikallaziyna hadallohu fabihudohim iqtadih» degan oyatdur» — deb aytdilar»,— dedilar. Ibn Abbosning o‘zlari ham shu oyatda sajda qilar erkanlar». Avvom rivoyat qiladilar: «Men Mujohiddan «Sod» surasidagi sajda oyati haqida so‘radim. Mujohid: «Men Ibn Abbosdan «Sod surasining qaysi oyatida sajda qilursiz?» deb so‘ragan erdim, ul kishi: «Va min zurriyyatihi Dovuda va Sulaymona ulaikallaziyna hadallohu fabihudohim iqtadih» degan oyatni o‘qimasmisiz? Dovud payg‘ambar shunday kishilardan erdilarki, payg‘ambaringiz unga iqtido qilishga buyurilgan erdilar, bas Janob Rasululloh ham shu oyatda sajda qilur erdilar»— deb javob berdilar» (mazkur oyat «Al- An’om» surasida). 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin, darhaqiqat hadya etguvchi yolgiz sen o‘zingdursan!» Abu Qurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Jinlarning kattasi bo‘lmish Ifrit o‘tgan kecha kelib, mening namozimni buzishga urindi. Olloh taolo menga imkon berdi, men uni masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ydim, chunki ertalab sizlarning ko‘rishlaringizni xohladim. Lekin, keyin men Sulaymon birodarimning «Ey rabbim, menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin!» deganlarini eslab qoldim». Ruh: «Keyin, Janob Rasululloh Ifritni haydab yubordilar»,— deydilar. (Bir kuni Hazrat Sulaymon payg‘ambar bir ayolni imtihon qilmay nikohlariga oladilar. Usha ayol jin bo‘lib, yashirincha butga sig‘inib yuradi, ammo bundan ul kishi bexabar bo‘ladilar. Natijada, Olloh taolo ul kishiga ato etilgan saltanatni qirq kun muhlat birlan olib qo‘yadi. Shunda, ul kishi «Ey rabbim, menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin!» — deb yolboradilar, Olloh taolo mag‘firat aylab, ul kishini avvalgi hollariga qaytaradi. Janob Rasulullohning Sulaymon payg‘ambarning ana shu gaplarini eslab, masjid ustuniga o‘zlari bog‘lab qo‘ygan Ifritni haydab yuborganlarining boisi ham shunda bo‘lsa kerak). 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va men payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!» Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «-Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhuning huzurlariga kirdik, ul kishi bizga bunday dedilar: «Ey odamlar, kim bir narsani bilsa, gapirsin, bilmasa, «Olloh taolo biluvchiroqdur» desin! Chunki, o‘zi bilmagan narsa xususida gapirmay, «Olloh taolo biluvchiroqdur» deyish ham ilmdandur. Olloh taolo o‘z payg‘ambariga: «Men Qur’oni Karimni yoki risolatimni yetkazganim uchun sizlardan haq so‘ramayman, men payg‘ambarlik da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!» — deb aytmoqni buyurdi. Men sizlarga «Tutun» voqeasi to‘g‘risida gapirib berayin: Payg‘ambar alayhissalom Quraysh qabilasini islomga chaqirdilar. Ammo, ular sustkashlik qilaverishdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom" «Ey Olloh, menga yordam bergil, ularga Yusuf alayhissalom davrlarida yuborgan yetti yillik qahatchilik kabi qahatchilik yuborgil!»—deb duoyi bad qildilar. Ularga shunday qahatchilik yili keldiki, hamma narsa quridi, hatto o‘limtiklarni va terilarni yedilar, ochlikning zo‘ridan o‘zlari birlan osmon o‘rtasida tutun Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 209 singari narsani ko‘rdilar. Ushanda Olloh taolo oyati karimada' «Ko‘z tutingiz bir kungaki, osmondan tutun kelur va odamlarni chulg‘ab olur, bu alamli azobdur!» — degan erdi. Kofirlar: «Ey rabbimiz, biz mo‘min bo‘ldik, bizlardan azobingni aritgin!» — deb iltijo qildilar. Vaholanki, ular Olloh taoloni yuz-xotir qilmagan va o‘zlariga yuborilgan haq payg‘ambardan yuz o‘girib «Bu g‘irt jinni-ku!»—degan erdilar. Shunday ersada, Olloh taolo «Biz sizlardan azobni bir oz aritamiz, lekin sizlar yana dindan qaytursizlar»,— dedi. Lekin, qiyomatda azob aritilgaymi?! Keyin, ulardan azob aritildi, ammo ular yana kufrga qaytdilar. Olloh taolo buning uchun ularni Badr kuni halokatga duchor qildi. Olloh taolo oyati karimasida: «Biz bir kuni ularni qattiq qo‘lga tushirurmiz, darhaqiqat biz intiqom oluvchidurmiz!» - degan» «AZ-ZUMAR» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning rahmatidan noumid bo‘lmangizlar, albatta Olloh barcha gunohlarni mag‘firat qilur, chunki u mag‘firatli va mehribon zotdur!» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ba’zi mushriklar juda ko‘p odam o‘ldirdi, behad zino qildi. Keyin, ular Janob Rasulullohning oldilariga kelib. «Siz gapirayotgan va da’vat qilayotgan narsa juda yaxshi narsa erkan! Biz ko‘p yomon ishlar qilganmiz, qilgan gunohlarimizga kafforat bo‘ladirgan biror narsa xususida bizga xabar qilsangiz erdi!» — deyishdi. Shunda «Olloh birlan birga yana boshqa ilohga sig‘inmaydirgan, Olloh o‘ldirishni man’ qilgan jonlarni nohaq o‘ldirmaydirgan va zino qilmaydirgan kishilar» hamda «Ey Muhammad, aytingiz: «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning rahmatidan noumid bo‘lmangizlar. .» degan oyatlar nozil bo‘ldi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling