Abu abdulloh
-bob Olloh taoloning qavli: «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- «AL-KAHF» SURASI 1-bob. Olloh taoloning «Inson (o‘zi azaldan shundoq) aytishqoq erdi» degan qavli haqida
- 2-bob. Olloh taoloning «Eslang, ey Muhammad! Bir kuni Muso o‘z g‘ulomiga: «To ikki dengiz qo‘shiladirgan yerga yetmagunimcha yoki uzoq muddat
- 3-bob Olloh taoloning «Ikkovlari ikki dengiz birlashgan yerga yetganlarida baliqlarini unutdilar. Baliq dengiz bo‘ylab o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi» degan qavli xususida
- 4-bob Olloh taoloning qavli: «Ikkovlari ikki dengiz tutashgan joydan o‘tib, ko‘p yurganlaridan keyin, Muso alayhissalom xizmatkor yigitlariga: «Ovqatni keltir
- 5-bob. Olloh taoloning «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar haqida sizlarga xabar berayiimi, deb aitingiz!» degan qavli xususida
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular parvardigorning oyatlariga va (oxiratda) unga yuzma-yuz bo‘lishga kufr keltirgan kimsalardur, bas ularning hamma
12-bob Olloh taoloning qavli: «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni va na ko‘p past ovoz ila» (110- oyat) Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 177 Ibn Abbos raziyallohu anhu Olloh, taoloning «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni va na ko‘p past ovoz ila» degan qavli xususida gapira turib bunday dedilar: «Bu oyati karima Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada yashirinib yurgan chog‘larida nozil bo‘lgan erdi. Ushanda ul zot sahobalari birlan namoz o‘qisalar, baland ovoz birlan qiroat qilardilar, buni mushriklar eshitib Qur’onni ham, uni nozil qilgan Olloh taoloni ham u birlan yuborilgan Olloh taoloning rasulini ham haqorat qilar erdilar. Shunda Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni (ya’ni, baland ovoz ila qiroat qilmangizki, mushriklar eshitib, Qur’onni haqorat qilurlar) va na ko‘p past ovoz ila (ya’ni, juda past ovoz ila qiroat qilsangiz, sahobalaringizga eshit tira olmagaysiz) va tanlangiz buning o‘rtasida bir yo‘lni (ya’ni, o‘rtacha ovoz birlan qiroat qilingiz)»,— dedi». Oisha raziyallohu anho «Bu oyati karima duo xususida nozil bo‘lgan»—deydilar. «AL-KAHF» SURASI 1-bob. Olloh taoloning «Inson (o‘zi azaldan shundoq) aytishqoq erdi» degan qavli haqida Husayn ibn Ali rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda Ali birlan Fotima yotgan hujra eshigini taqillatib «Namoz o‘qimaysizlarmi?» — dedilar. (Shunda Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, jonimiz Olloh taoloning qo‘lidadir, agar bizni uyg‘otmoqni xohlasa, o‘zi uyg‘otgaydur!»—dedilar. Janob Rasululloh xafa bo‘ldilar, qo‘llarini sonlariga urib «Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi!»—deya qaytib ketdilar) 2-bob. Olloh taoloning «Eslang, ey Muhammad! Bir kuni Muso o‘z g‘ulomiga: «To ikki dengiz qo‘shiladirgan yerga yetmagunimcha yoki uzoq muddat kezmagunimcha yurishdan to‘xtamayman» — deb aytganini» degan qavli haqida Sa’id ibn Jubayr xabar beradilar: «Men ibn Abbosdan «Navfal al-Bakoliy «Xizr alayhissalomga hamsuhbag bo‘lgan Muso Baniy Isroilga payg‘ambar bo‘lgan Muso ermas» — deb ta’kidladi, shu to‘g‘rimi?» — deb so‘radim. Ibn Abbos (g‘azablanib) «Ollohning dushmani yolg‘on gapiribdi, menga Ubay ibn Ka’b Janob Rasulullohning quyidagi rivoyatlarini aytib bergan erdi»,— dedilar: «Muso alayhissalom Baniy Isroilga xutba o‘qib turgan erkanlar, shunda u kishidan «Odamlarning orasida eng bilimdoni kim?»— deb so‘rashdi. Muso alayhissalom «Men» — deb javob berdilar. Olloh taolo Muso alayhissalomga tanbih berdi, chunki u kishi «Olloh bilimdonroq» demadilar. Keyin, Olloh taolo «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda mening bir bandam yashaydi, u sizdan bilimdonroqdur» — deb vahiy qildi. Muso alayhissalom «Ey parvardigorim, men ul zotni qanday topurman?»—dedilar. Olloh taolo «Bir baliqni savatga solib, ko‘tarib olasiz, qaerda o‘sha baliqni yo‘qoqangiz, shu joyda Xizrni ko‘rasiz»,— dedi. Muso alayhissalom bir baliqni savatga solib, yo‘lga tushdilar, xizmatkorlari Yusha’ ham birga erdi. Yura-yura bir tepalik yoniga kelib, boshlarini yerga qo‘ydilar-da uyquga ketdilar. Savatdagi baliq ersa tirilib, harakatga keldi-da, dengizga tushib, suzib ketdi. Olloh taolo baliq suzib o‘tgan yo‘nalishdagi suvni oqishdan to‘xtatib binoning yo‘lagiga o‘xshatib qotirib qo‘ydi. Xizmatkor yigit Muso alayhissalom uyg‘onganlarida baliqning yo‘qolganini aytishni unutdi. Ular yana bir kecha-kunduz yo‘l yurishdi. Ertasi kuni Muso alayhissalom Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 178 hamrohlariga «Yeguligimizni keltir, safarimizda biroz mashaqqat tortdik!» — dedilar. Darhaqiqat, Muso alayhissalom Olloh taolo bormoqni buyurgan o‘sha baliq yo‘qolgan joygacha hech mashaqqat chekmagan erdilar, ammo keyingi bir kechayu-kunduzda qattiq qiynaldilar. Muso alayhissalomning hamrohlari «Esingizdami, bir tepalik oldida uxlagan erdik. Usha yerda men baliqni yo‘qotgan erdim, lekin sizga aytishni unutibman Albatta, buni menga shaygon unutdirgan»,— dedi Baliq ersa sirli suratda dengizga tushib g‘oyib bo‘lgan erdi. Muso alayhissalom va ul kishining xizmatkorlari uning qanday qilib g‘oyib bo‘lganini bilolmay taajjubda qolishdi. Keyin, Muso alayhissalom «Mana shu biz istagan narsadur»,— dedilar-da, Xizr alayhissalomni izlab xizmatkorlari birlan orqalariga qaytdilar. Ular yura-yura nihoyat ikki dengiz birlashgan joydagi tepalik yoniga kelishdi. Shu yerda kiyimiga o‘ralib olgan bir kishini uchratishdi Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr alayhissalom ul kishiga javoban «Sizning yeringizda qaerdan ham tinchlik (salom) bo‘lsin?!»—dedilar. «Men Musoman»,— dedilar. Muso alayhissalom «Baniy Isroilning Musosimisiz?»— dedilar. Xizr alayhissalom «Xa, o‘zingiz bilgan ilmdan menga ham o‘rgaqangiz deb keldim»,— dedilar. Muso alay-hissalom Xizr alayhissalom «Siz men birlan sabr qilib yura olmaysiz Ey Muso, menda Olloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni siz bilolmaysiz va sizda Olloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni men bilolmayman!»—dedilar. Muso alayhissalom «Xudo xohlasa, mening sabrli erkanligimni ko‘rgaysiz, sizga osiylik qilmagayman!» — dedilar. Xizr alayhissalom «Unday ersa men birlan yuringiz-da, to o‘zim aytmagunimcha biror narsaning sababini so‘ramangiz!» — dedilar. So‘ng, ikkovlari dengiz sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Ittifoqo bir kema sohilga kelib to‘xtadi. Ular darg‘a birlan gaplashib, o‘zlarini birga olib ketishga uni ko‘ndirishdi Ammo, kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib qolib, bepul olib ketishga rozi bo‘lishdi. Kema yo‘lga chiqqach, ko‘p o‘tmay Xizr alayhissalom bolta birlan kemaning bir yog‘ochini ko‘chirib oldilar. Muso alayhissalom ul kishiga «Bu qavm-ku, bizni bepul kemalariga chiqarib oldilar, siz bo‘lsangiz kema ahlini cho‘ktirish uchun uni teshib qo‘ydingiz, taajjub ish qildingiz?!—dedilar. Shunda Xizr alayhissalom «Men sizga aytuvdim-ku, men birlan birga sabr qilib yura olmaysiz, deb!»—dedilar. Muso alayhissalom darhol uzr aytib «Unutgan narsam uchun menga tanbih berib, ko‘zlagan ishimni qiyinlashtirmangiz!» —dedilar. (Janob Rasululloh «Muso alayhissalomdan sodir bo‘lgan dastlabki xato esdan chiqarish sababli erdi»,— deydilar) Keyin, bir chumchuq kelib kema chetiga qo‘ndi-da, tumshug‘i birlan dengizdan bir tomchi suv oldi. Shunda Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga «Ollohning ilmi oldida men birlan sizning ilmingiz mana shu chumchuq dengizdan olgan bir qatrachalikdur, xolos!»—dedilar. Keyin, ikkovlari kemadan tushib sohil bo‘ylab ketayotgan erdilar, nogahon Xizr alayhissalomning ko‘zlari o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurgan bir bolaga tushib, uni borib o‘ldirdilar. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga «Begunoh bir pokiza bolani o‘l- dirdingiz, qanday yomon ish qildingiz!»—dedilar. Xizr alayhissalom «Men sizga aytmaganmidim, men birlan yurishga hech toqat qilolmaysiz, deb!» — dedilar. Bu tanbih avvalgisidan qattiqroq va tahdidliroq erdi. Muso alayhissalom «Agar yana biror narsa haqida sizdan so‘rasam, mayli meni o‘zingiz birlan olib yurmangiz, unda ayb o‘zimda bo‘ladi»—deb iltimos qildilar. Ikkovlari yo‘lda davom etib bir qishloqqa kirishdi, qishloq ahlidan taom so‘rashgan erdi, ular mehmon qilishdan bosh tortishdi. Xizr alayhissalom o‘sha yerda yiqilay deb turgan bir devorni ko‘rib, qayta tiklab qo‘ydilar. Buni ko‘rib Muso alayhissalom «Bu qavmning huzuriga kelib taom so‘radik, berishmadi, mehmon ham qilishmadi, agar xohlasangiz, mana shu ishingizga haq olmog‘ingiz mumkin» — deb kuyundilar. Xizr alayhissalom «Mana bu endi siz birlan mening ajralmog‘imizga sababdur! Lekin men, sizga o‘zim aytib bergunimgacha siz sabr qilolmagan ishlarning ma’nosini aytib berayin: boyagi kema Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 179 xususiga kelsak, U bechorahol kishilarniki bo‘lib, ular boradirgan joyda yaroqli kemalarni tortib oladirgan zolim podshoh bor erdi. Xaligi bolaning ota-onasi ersa mo‘min kishilar bo‘lib, bola kufr va osiylik birlan ularga ko‘p ozor berar erdi. Shu sababdan Olloh taolo uning o‘rniga pokiza va mehribon farzand ato qilishni iroda qildi. Mana bu devor masalasiga kelsak, uning ostida xa zina bor, u ikki yetim bolaga tegishli. Ularning marhum otalari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, undan qolgan ushbu xazinani Olloh taolo ular voyaga yetgach, yuzaga chiqarmoqni iroda qildi. Men bu ishlarni o‘zim uchun qilganim yo‘q. Mana shular siz sabr qilishga toqatingiz yetmagan narsalarning ta’vilidur»,— dedilar. Janob Rasululloh «Qani endi, Muso alayhissalom sabr qilgan bo‘lsalar, Olloh taolo bizga ikkovlari haqidagi qissalarni bayon qilib bergan bo‘lur erdi» — deb erdilar» 3-bob Olloh taoloning «Ikkovlari ikki dengiz birlashgan yerga yetganlarida baliqlarini unutdilar. Baliq dengiz bo‘ylab o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi» degan qavli xususida Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosning huzurlarida erdim, ul kishi «Savollar bo‘lsa, so‘rangizlar!» —deb qoldilar. Men «Ey Ibn Abbos, Olloh taolo meni sizga fido qilsin! Kufada bir qissago‘y kishi bo‘lib, uning ismi Navfdur. Ushal odam «Xizr alaihissalom birlan hamsuhbat bo‘lgan Muso Baniy Isroil paig‘ambari bo‘lgan Muso ermas»,— deydi, siz bunga nima deysiz?» —dedim» Ushbu hadisni ikki kishi — Amir ibn Dinor va Ya’lo ibn Muslim Sa’id ibn Jubairdan naql qilib rivoyat qilgan Amrning rivoyatida «Ollohning dushmani yolg‘on gapiribdi» degan jumla mavjud. Ya’loning Ibn Abbosdan naql qilgan rivoyati quyidagicha: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Muso Ollohning rasulidurlar. Ul kishi bir kuni odamlarga shunday va’z qildilarki, hatto eshitganlarning ko‘zlaridan yoshlar quyilib, dillari mo‘mdek eridi. Shunda bir odam Musoga yaqin kelib: «Ey Ollohning rasuli, yer yuzida sizdan bilimdonroq odam bormi?» — deb so‘radi Muso alayhissalom «Yo‘q» — deb javob berdilar. Olloh taolo ul kishiga tanbih berdi, chunki ul kishi «Olloh bilimdonroqdur!» demadilar. So‘ng, Muso «Ey parvardigor, mendan bilimdonroq bandang qaerda?»— dedilar. Olloh taolo «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda»,— dedi. Muso «Ey parvardigor, menga o‘sha bandangdan ilm o‘rganishni nasib etgin!» — deb iltijo qildilar. (Hadisning shu yeri Amrning rivoyatida «Usha bandamni baliqni yo‘qotgan yerda topasan» degan jumla birlan, Ya’loning rivoyatida ersa «Bir o‘lik baliqni o‘zingiz birlan olib olingiz, qaerda unga jon kirgizilsa, o‘sha joyda mazkur bandam birlan uchrashasiz» degan jumla birlan rivoyat qilingan). Muso bir baliqni olib, uni savatga soldilar-da, o‘z xizmatkorlariga «Sendan birgina iltimos, qachon baliqni yo‘qotib qo‘ysang, menga xabar qilgin»—dedilar. (Ibn Jurayj «Olloh taoloning «Muso o‘z xizmatkor yigitiga dedi» degan oyatidan keyin hadisda tilga olingan Yusha’ ibn Nun ismini Sa’id rivoyat qilgan ermas»,— deydilar) Vaqtiki xizmatkor bir nam joyda tosh soyasida dam olayotgan erdi, baliqqa jon kirib, harakatga keldi. Shunda Muso uxlab yotgan erdilar. Xizmatkor «Hozir uyg‘otmayin, turganlarida aytarman»,— dedi, ammo uyg‘onganlarida xabar qilishni unutdi. Baliq ersa harakatlanib dengizga kirdi. Olloh taolo dengiz oqimini to‘xtatdi, toshlarda baliqning izi qotib qoldi. (Roviy aytadiki, Amr menga «Baliqning izi toshda mana bunday qotib qoldi» deb bosh barmog‘i birlan keyingi ikki barmog‘ini halqa qilib ko‘rsatdi) Muso hamrohlariga «Ovqatni keltir bugungi safarimiz juda mashaqqatli bo‘ldi!» — dedilar. So‘ng, ikkovlari orqalariga qaytib, Xizr alayhissalomni topishdi. Ul kishi baliq terisi yanglig‘ palos ustida bo‘lib, boshdan oyoq liboslariga burkanib olgan erdilar, libosning bir uchi oyoqlarini, ikkinchi uchi ersa boshlarini berkitib turardi. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 180 salom berdilar. Xizr alayhissalom yuzlarini ochib «Mening yerimda tinchlik (salom) bormi? Siz kimsiz?»—dedilar. Muso «Men Musoman»,— dedilar. Xizr «Baniy Isroilning Musosimi?»—dedilar. Muso «Ha»,— dedilar. Xizr «Nima istaysiz?»— dedilar. Muso «Uzingizga o‘rgatilgan ilmdan menga ham o‘rgaqangiz, deb keldim»— dedilar. Xizr alayhissalom «Qo‘lingizda Tavrot bor, bundan tashqari sizga vahiy ham keladi, shu sizga kifoya qilmaydimi? Ey Muso, Olloh taolo menga shunday ilm berganki, uni sizning bilishingiz durust ermas, Olloh taolo sizga ham shunday ilm berganki, uni mening ham bilishim durust ermas!» — dedilar. Shu paytda bir qush uchib kelib dengizdan tumshug‘i birlan suv icha boshladi. Shunda Xizr «Mening ilmim birlan sizning ilmingiz Ollohning ilmi oldida mana shu qush tumshug‘i birlan dengizdan olgan suvchalik, xolos!» —dedilar. Keyin, ikkovlari dengiz bo‘yida turishib erdi, sohildan sohilga odam tashuvchi bir kema kelib qoldi. Kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib «Ollohning solih bandasi kelayotir, undan haq olmay o‘tkazib qo‘ygaymiz»,— deyishdi (Roviy aytadilar «Men Sa’iddan «Ular Xizrni tanishdimi?» — deb so‘radim. Ul kishi «Ha»,— dedilar) Kemaga o‘ltirgan-l ridan keyin, Xizr alayhissalom kemani teshib qo‘ydilar Muso alayhissalom «Kemani teshib qo‘ydingiz, uning odamlarini cho‘ktirmoqchimisiz, qanday noto‘g‘ri ish qildingiz?!»— dedilar. Xizr alayhissalom «Aytmadimmi sizga, men birlan sabr qilib yurolmaysiz, deb» — dedilar. Bu Muso alayhissalomning Xizr alayhissalom shartlarini birinchi bor unutishlari erdi (Ul kishining ikkinchi e’tirozlari shartli, ya’ni Muso alayhissalom Xizr alayhissalomning shartlarini birinchi bor unutganlarida «Agar bandalik qilib shartingizni unutib qo‘ysam, menga dashnom bermay ma’zur tutingiz!» deb o‘zlari shart quygan erdilar, uchinchisi ersa qasddan bo‘ldi) Muso «Va’dani unutib so‘raganim uchun meni ayblamangiz, meni mushkul ahvolga solmangiz» — deb uzr aytdilar. So‘ng, yo‘lda bir bolaga duch kelishdi, Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Ya’lo Sa’iddan naql qilishlariga ko‘ra, «Ikkovlari yo‘lda o‘ynab yurgan bolalarga duch kelishdi. Xizr alayhissalom ulardan bir sho‘xrog‘ini ushlab, yerga yetqizdilarda, pichoq birlan bo‘g‘izladilar. Muso alayhissalom «Bu begunoh bolani nega o‘ldirdingiz, axir u birovni o‘ldirmaganku?|» — dedilar. Keyin, ikkovlari yura-yura bir devorga duch kelishdi, devor yiqilay deb turgan erdi. Xizr alayhissalom o‘sha devorni tiklab qo‘ydilar. Shunda Muso alayhissalom «Agar xohlasangiz, mana shu xizmat uchun haq olmog‘imiz mumkin erdi»— deb uchinchi bor e’tiroz bildirdilar» (Voqea’lar avvalgi hadisda to‘la bayon qilingani uchun bu yerda qisqaroq rivoyat qilinayotir Xizr alayhissalomning kemani teshib qo‘yganlarining sababi shuki, kema ahli yo‘l olgan tomonda bir zolim podshoh bo‘lib, u barcha yaroqli kemalarni tortib olayotgan erdi. Uning nomi Xudad ibn Yudad erdi. Uldirilgan bolaning ismini ersa Jaysur deb taxmin qilishadi. Xizr alayhissalom «Zolim podshoh barcha yaroqli kemalarni tortib olayotgan erdi. Men uni aybli qilib qo‘ydim, chunki podshohning odamlari uni ko‘rib «yaroqsiz erkan» deb tegishmaydi. Ular ketgandan keyin, kema egalari uni tuzatib yana foydalanaverishadi. Kema teshilgandan keyin, ba’zilar teshikni shisha birlan to‘sib olishni maslahat berishdi. Uldirilgan bola ersa kofir bo‘lib, ota-onasi mo‘minlardan erdi Biz bolaning tug‘yoni va kufri ota-onasini yo‘ldan chiqarmasa erdi, ular bolaga bo‘lgan muhabbatlari tufayli uning diniga ergashib ketmasalar erdi, deb qo‘rqdik, shoyad parvardigor ularga osiy o‘g‘il o‘rniga diyonatli va mehribon farzand bersa!» — keb aytibdilar. Sa’iddan bo‘lak barcha roviylar aytadilarki, o‘ldirilgan bola evaziga Olloh taolo ularga bir qiz ato etibdi. Ul qiz shunday soliha bo‘libdiki, uning zurriyotidan bir qancha payg‘ambar tug‘ilibdi) 4-bob Olloh taoloning qavli: «Ikkovlari ikki dengiz tutashgan joydan o‘tib, ko‘p yurganlaridan keyin, Muso alayhissalom xizmatkor yigitlariga: «Ovqatni keltir, bugungi safarimiz ko‘p mashaqqatli bo‘ldi»,— dedilar. Yigit ersa: «Bizning qoya Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 181 oldida dam olganimiz esingizdami? Usha joyda men baliqni yo‘qotgan erdim, bul haqda sizga xabar qilmoqchi bo‘ldim-u, lekin meni shayton esimdan chiqartirdi»,— dedi. Baliqning sirli ravishda dengizga tushib suzib ketganligi bularni taajjubga solgan erdi» Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar «Men Ibn Abbosga «Navfal Bakoliy «Baniy Isroil Musosi Xizr alayhissalom birlan uchrashgan Muso ermas» deb aytdi»,— dedim. Shunda Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Ollohning dushmani yolg‘on aytibdi. Menga Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu aytgan erdiki, Janob Rasululloh bul haqda quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar «Bir kuni Muso alayhissalom Baniy Isroilga xutba o‘qidilar, shunda bir odam turib ul kishidan «Eng bilimdon odam kim» —deb so‘radi. Muso alayhissalom «Men» — deb javob berdilar. Bilimdonlik Olloh taologagina xos fazilat erkanligini ta’kidlab, «Eng bilimdon Olloh taolodur » deb aytma-ganlari uchun parvardigor ul kishiga tanbih berdi, so‘ng vahiy yuborib «Ikki dengiz tutashgan yerda bir bandam bor, o‘sha sizdan bilimdonroqdur»,— dedi Muso alayhissalom «Ey rabbim, uning huzuriga qanday borgayman?» —dedilar. Olloh taolo «Bir baliqni savatga solib, o‘zingiz birlan olib ketasiz, qaerda o‘sha baliqni yo‘qoqangiz, o‘sha joyda mazkur bandamni topasiz»,— dedi. Muso alayhissalom xizmatkor yigitlari Yusha’ ibn Nun birlan birga bir baliqni olib yo‘lga tushdilar, ular yura-yura bir katta tosh yeniga kelib to‘xtashdi. Muso alayhissalom o‘sha tosh yonida boshlarini yerga qo‘yib uxlab qoldilar. Amrdan boshqa roviylarning aytishlariga ko‘ra, o‘sha tosh tagida bir buloq bo‘lib, uni «H,ayot bulog‘i» deb atashar erkan. Uning bir tomchisi har qanday o‘likka tegsa, qayta tirilar erkan. Savatdagi o‘lik baliqqa o‘sha buloq suvidan sachradi-da, u tirilib, harakatga keldi va savatdan sirg‘alib tushib, dengizga sho‘ng‘idi. Muso alayhissalom uyg‘ongach, xizmatkor yigitga «Yeguligimizni keltir!»—deb buyurdilar. Butun mashaqqat Xizr alayhissalom birlan uchrashish buyurilgan joydan o‘tganlaridan keyin bo‘ldi. Yusha’ ibn Nun «Dam olgan joydagi tosh esingizdami, o‘sha joyda men baliqni yo‘qotgan erdim»,— dedi So‘ng, ikkovlari ortlariga qaytishib, yo‘l-yulakay ko‘rgan-kechirganlarini so‘zlashib bo rishdi. Nihoyat, baliq suvga shung‘igan joiga yetib kelib qarashsa, u yerni Olloh taolo gumbazga o‘xshatib qotirib qo‘ygan erkan. Bu holatni ko‘rgan xizmatkor ko‘p taajjubda qoldi. Tosh yoniga kelishganda libosiga o‘ralib olgan bir kishini uchratishdi, Muso alaihissalom ul kishiga salom berdilar. Xizr alayhissalom Yeringizda qaerdan ham tinchlik (salom) bo‘lsin — dedilar. Muso alayhissalom: Men Musoman»,— dedilar Xizr alayhissalom «Baniy Isroil Musosimisiz» — dedilar. Muso alayhissalom «Ha shunday, sizga ergashib yursam Olloh, taolo o‘zingizga o‘rgangan ilmdan menga o‘rgaqangiz! —dedilar. Xizr alayhissalom «Ey Muso, Olloh taolo sizga shunday bir ilm o‘rgatganki, uni men bilolmayman va Olloh taolo menga ham shunday bir ilm ato etganki uni siz bilolmaysiz!» -dedilar. Muso alayhissalom «Shunday ersa-da, men sizga ergashaveraman!»—dedilar. Xizr alayhissalom «Bo‘lmasa kelishib olaylik, toki o‘zim sababini aytmagunimcha biror narsa haqida so‘ramaysiz!»—dedilar. Keyin, ikkovlari sohil bo‘ylab ketayotgan erdilar, ularning oldilaridan bir kichik kema o‘tib qoldi. Kemachilar Xizr alaihissalomni tanib, ularni kemaga haq olmay chiqarishdi. Ikkovlari kemaga mingan paytlarida kema chetiga bir chumchuq kelib qo‘ndi-da, tumshug‘ini dengizga botirib suv ichdi. Shunda, Xizr alayhissalom «Sizning, mening va butun xaloyiqning ilmi Ollohning ilmi oldida mana shu chumchuq tumshug‘ini dengizga botirib olgan bir tomchi suvchalikdur!» — dedilar. Ko‘p o‘tmay, Xizr alayhissalom bir teshani qullariga olib kemani teshib qo‘ydilar. Muso alayhissalom bundan ajablanib «Bular bizni kemaga bepul chiqardilar, siz ersangiz hammalarini cho‘ktirish uchun kemani teshib qo‘ydingiz qanday noma’qul ish qildingiz!»— dedilar. So‘ng ular yo‘lda davom etib, bir bolaga duch kelishdi, bola o‘z Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 182 o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurardi. Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Muso alayhissalom xunob bo‘lib «Begunoh pokiza bir bolani o‘ldirib, qandayin yomon ish qildingiz»—dedilar. Xizr alayhissalom «Aytib erdim-ku, siz men birlan sabr qilib yurolmaysiz, deb!» — dedilar. So‘ng ikkovlari yana yo‘l yurib yiqilay deb turgan bir qo‘rg‘onga duch kelishdi, Xizr alayhissalom uni qo‘llari birlan tiklab quydilar. Muso alayhissalom «Biz qishloqqa kirdik, qishloq ahli ersa bizni mehmon qilmadi, taom ham bermadi, agar xohlasangiz, mana shu ishingizga haq olsangiz bizga yegulik bo‘lur erdi!»—dedilar. Shunda, Xizr alay- hissalom «Mana bu gapingiz men birlan sizning ajralmog‘imizga sababdur! Endi, siz sabr qilolmagan narsa larning tafsilotini aytib beraman»,— dedilar Janob Rasululloh shul haqda «Koshki erdi, Muso alayhissalom yana sabr qilganlarida, Olloh taolo bizga ikkovlarining qilgan ishlarini qissa qilib bergan bo‘lur erdi!»—degan erkanlar» 5-bob. Olloh taoloning «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar haqida sizlarga xabar berayiimi, deb aitingiz!» degan qavli xususida Mus’ab ibn Umayr rivoyat qiladilar: «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar haqida sizlarga xabar berayinmi deb aytingiz» degan oyat haruriylar xususida bo‘lsa kerak»—deb otamdan so‘radim (Haruriylar — Xazrat Aliga qarshi chiqqan xavorijlardan bo‘lib, ularning nomi Kufa shahri yaqinidagi Haruro qishlog‘iga nisbat beriladi. Ular Xazrat Aliga bo‘ysunmagan birinchi isyonchilar erdi) Otam «Iuq, bu yahudiy va nasorolar haqida bo‘lib yahudiilar Muhammad sallallohu alayhi va sallamni yolg‘onchi qildilar, nasorolar ersa «Jannatda ovqag ham, ichimlik ham yo‘q» deb kufr keltirdilar. Haruriylar xususiga kelsak, ular Ollohga bergan ahdlarini buzdilar. (Islom xalifasiga bay’at qilgandan so‘ng, unga qarshi isyon qilish Ollohga bergan ahdni buzish, deb yuritiladi) Shuning uchun Sa’d ibn Abu Vaqqos ularni «fosiqlar» deb atagan erdilar» 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular parvardigorning oyatlariga va (oxiratda) unga yuzma-yuz bo‘lishga kufr keltirgan kimsalardur, bas ularning hamma Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling