Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Darhaqiqat, Olloh taoloning dargohidagi maxluqlarning eng yomoni karu gunglar bo‘lib, ular hech tushunmaslar»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yog‘dirgil yoki boshqa
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istig‘for aytgan xolda
- «Dunyoda fasod qolmaguncha va din butkul Olloh taolo uchun bo‘lmaguncha ularga qarshi urush qilingizlar!»
- 3-bob Olloh taoloning qavli: «Ey nabiy sallallohu alayhi va sallam, siz mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz, agar sizlardan yigirmata sabrli mujohid
- 1-bob Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo va uning rasuli tarafidan sizlar ila shartnoma tuzgan mushrik qabilalarga nafrat e’lon qilinur!» (1- oyat)
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Endi, ey mushriklar, bu mamlakatda to‘rt oy yurib olinglar va bilinglarki, sizlar Olloh taoloni ojiz (zaif) qilolmassizlar, Olloh
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Va (bu oyatlar) buyuk haj kunida Olloh taolo birlan uning rasuli tarafidan odamlarga (qilingan) e’londurki, Olloh taolo va
- «Mushriklardan sizlar birlan shartnoma tuzganlarninggina (muhlatlarini poyoniga yetkazingiz)»
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Qasamlariga vafo qilmagan kufr rahnamolariga qarshi urush qilingizlar!» (12- oyat)
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Oltin va kumush to‘plab, uni Olloh taolo yo‘lida sarf qilmaydirganlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» (34- oyat)
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul kuni to‘plagan boyliklari jahannam o‘tida qizdirilib, peshonalari, ikki biqinlari hamda orqalariga bosiladi va «Uzlaringiz
- 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan ham oylarning soni Olloh taolo qoshida o‘n ikki oydur, Olloh taolo Kitobida, osmonlar birlan yerni yaratgan
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «... ular ikkalasi g‘orda erkanliklarida, ul yo‘ldoshiga: «Xafa bo‘lma, Olloh taolo biz birlandur!» — deb aytganida...» (40- oyat)
«AL-ANFOL» SURASI. «Sizdan o‘ljalar haqida so‘raydilar, aytingizki, o‘ljalar Olloh va uning rasulinikidur. Bas, Ollohdan qo‘rqingizlar va o‘zaro sulh qilingizlar!». Ibn Abbos «Al-Anfol»— «o‘ljalar» degani»,— deydilar. Qatoda «Riyhukum»—«quvvatingiz» ma’nosida»,— deydilar («Al-Anfol» — 1-oyat, «riyhukum» — 46-oyat) «Nofila»— «o‘lja» demakdur. Sa’id ibn Jubayr bunday deydilar: «Men Ibn Abbosdan «Anfol» surasi haqida so‘radim, u kishi «Bu sura Badrda nozil bo‘lgan»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 150 «Ash-Shavkat»— «tig‘» (tig‘li qurol) ma’nosida (7-oyat) «Murdifiyna» so‘zi «ketma-ket, guruh-guruh» ma’nosida, masalan «radafaniy» yoki «ardafaniy» deyiladi, ma’no-si — «mendan keyin keldi» deganidur (9-oyat) «Zuquu» — «jisman tatib ko‘ringizlar» degani, «og‘izda tatib ko‘ringizlar» degani ermas (14-oyat) «Fa-yarkumahu» —«toki to‘plasin» ma’nosida (37-oyat) «Fa-sharrid»—«ajrat, qochir, qo‘rqit» deganidur (57- oyat) «Va in janahuu» — «va agar ular moyil bo‘lsalar» demakdur (61- oyat) «Yusxina» — «mag‘lub etmog‘i, ko‘p qon to‘kmog‘i» deganidur (67- oyat). Mujohid «Mukoan va tasdiyatan» (35-oyat)— «qo‘llarini og‘izlariga tiqib hushtak chalishdan va qarsak urishdan iborat bo‘ldi» degan ma’nodadur»,— deydilar. «Li-Yusbituuka» — «seni hibsga olmoq uchun» degani (30- oyat) Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh taoloning dargohidagi maxluqlarning eng yomoni karu gunglar bo‘lib, ular hech tushunmaslar» (22- oyat). Ibn Abbos bunday deydilar: «Darhaqiqat, Olloh taoloning dargohidagi maxluqlarning eng yomoni karu gunglar bo‘lib, ular hech tushunmaslar» degan oyati karima Abduddor qabilasiga mansub bir guruh odamlar to‘g‘risida bo‘lib, Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh taolo birlan uning rasuli sizlarni o‘zlari yaroqli (munosib) qilgan narsaga da’vat qilishsa, qabul qilingizlar va bilib qo‘yingizlarki, Olloh taolo banda birlan uning qalbi o‘rtasida to‘siq bo‘lur va albatta sizlar uning dargohiga borib to‘planursizlar»,— deydi (24-oyat) «Istajiybuu» — «javob qilingyzlar, qabul qilingizlar» degani, «limo yuhyikum» — «sizlarni o‘zlari yaroqli (munosib) qilgan narsaga» degan ma’nodadur» Abu Sa’id ibn al-Mu’allo raziyallohu anhu bunday deydilar: «Namoz o‘qib turgan erdim, Janob Rasululloh yonimdan o‘tib ketayotib meni chaqirdilar. Men namozimni tugatgunimga qadar oldilariga bormadim, keyin namozimni tugatib bo‘lib, qoshlariga borgan erdim, menga: «Chaqirganimda huzurimga kelmog‘ingga nima monelik qildi, axir Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh taolo birlan uning rasuli sizlarni.. da’vat qilishsa, qabul qilingizlar (javob beringizlar)!» — «deb aytgan-ku!» — dedilar. So‘ng, yana : «Men senga masjiddan chiqmasimdan burun Qur’ondagi eng buyuk surani o‘rgatib qo‘yaman»,— dedilar-da, masjiddan chiqmoqchi bo‘lib ilgari yurdilar, shunda men ul zotga o‘zlari menga aytgan gaplarini eslatdim». Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan biri o‘shal eng buyuk sura xususida so‘zlab: «Bu yetti oyatdan iborat «Fotiha» surasidur»,— deydilar. 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yog‘dirgil yoki boshqa biror dardli azob yuborgil!» (32- oyat) Ibn Uyayna bunday deydilar: «Olloh taolo Qur’onda «matar» deganda, faqat (o‘zi osmondan nozil qiladirgan) azobni nazarda tutadi, arablar buni «gays» deyishadi. Masalan, Olloh taolo. «Ular noumid qilingach, (tepalaridan) gays (balo, azob) yuboradirgan uning (Olloh taoloning) o‘zidur»,— deydi». Anas ibn Molik bunday deydilar: «Abu Jahl: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 151 ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yogdirgil yoki boshqa biror dardli azob yuborgil!»—dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istigfor aytgan holda hargiz ularga azob berguvchi ham ermas, Olloh taolo qaysi amallari uchun ularga azob bermasin?! Vaholanki, ular o‘zlari mutavallisi bo‘lmasalar-da, musulmonlarning Al-Masjid ul-Haromga kirib ibodat qilmoqlariga monelik qilurlar, uning mutavallilari bo‘lsa, faqat taqvodor kishilardurlar, lekin ularning ko‘plari buni fahmlamaslar» degan oyati karimasini nozil qildi (33— 34- oyatlar). 2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istig‘for aytgan xolda hargiz ularga azob berguvchi ham ermas» Anas ibn Molik bunday deydilar: «Abu Jahl: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yogdirgil yoki boshqa biror dardli azob yuborgil!» — dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istigfor aytgan holda hargiz ularga azob berguvchi ham ermas, Olloh taolo qaysi amallari uchun ularga azob bermasin? Vaholanki, ular... musulmonlarning Al-Masjid ul-Haromga kirib ibodat qilmoqlariga monelik qilurlar...» degan oyati karimasini nozil qildi». Olloh taoloning qavli: «Dunyoda fasod qolmaguncha va din butkul Olloh taolo uchun bo‘lmaguncha ularga qarshi urush qilingizlar!» (39- oyat) Nofi’ raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kishi Ibn Umar raziyallohu anhuning qoshlariga kelib: «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo o‘z Kitobida «Agar ikki toifa mo‘minlar urushsalar...» deb zikr qilganini eshitmaganmisiz, Olloh taolo o‘z Kitobida zikr qilgani kabi urush qilmog‘ingizga nima monelik qiladi?»—dedi. Ibn Umar: «Ey jiyanim, bu oyatning hukmiga uchib urush qilmayman, bu oyatning hukmiga uchganimdan ko‘ra, Olloh taoloning «Kimki bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa...» degan oyatiga rioya qilganim afzal!»—dedilar. Boyagi odam: «Axir, Olloh taolo «Fitna (fasod) qolmaguncha ularga qarshi urush qilingizlar!» deb aytgan-ku?!—dedi. Ibn Umar: «Janob Rasulullohning zamonlarida shunday qilganmiz, u vaqtda Islom hali zaif erdi, agar kishi o‘z dini xususida fitna qilsa, uni yo o‘ldirar yoki kishanband qilishar erdi. Hozir ersa, Islom mustahkamlandi, endi fitna sodir bo‘lmaydi»,— dedilar. Ibn Umarning o‘z fikrlaridan qaytmayotganlarini ko‘rgan boyagi odam: «Ali va Usmon haqida fikringiz qanday?»— dedi. Ibn Umar: «Ali va Usmon xususida nima ham derdim, sizlar afv qilmoqdan bosh tortganlaringizda Olloh taolo Usmonni mag‘firat qilgan erdi, Ali xususiga kelsak, u Janob Rasulullohning amakilarining o‘g‘li va kuyovlaridur»,— dedilar-da, qo‘llari birlan ishora qilib: «Mana bu ko‘rib turganingiz uylari bo‘ladi»—deb aytdilar». Sa’id ibn Jubair rivoyat qiladilar «Ibn Umar huzurimizga chikdilar, shunda bir kishi «Fitnaga qarshi urush qilmoq xususida fikringiz qanday?» —deb u kishidan so‘radi. Ibn Umar «Sen fitnaning nima erkanligini bilasanmi o‘zi? Muhammad sallallohu alayhi va sallam mushriklarga qarshi urush qilgan erdilar, mushriklarga qo‘shilmoqlikning uzi fitnadur, ul zotning qilgan urushlari sizlarning mol-mulk uchun qilgan urushlaringiz kabi emasdur!» — dedilar». Ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taolo ularning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 152 jihodga hozirligini yengillashtirish birlan birga sabr-toqatini ham kamaytirdi, jihodga hozirligini qancha yengillashtirgan bo‘lsa, sabr-toqatini ham shunchalik kamaytirdi (ya’ni, ilgarigi oyatda bir musulmon o‘nta kofirni mag‘lub etmog‘i farz qilingan bulsa, keyingi oyatda Olloh taolo bir mo‘minning ikki kofirni mag‘lub etmog‘ini farz qilib, musulmonlarga yengillik tug‘dirdi)» 3-bob Olloh taoloning qavli: «Ey nabiy sallallohu alayhi va sallam, siz mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz, agar sizlardan yigirmata sabrli mujohid bo‘lsa, ular ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar va agar sizlardan yuzta mujohid bo‘lsa, ular kofirlardan ming kishini mag‘lub qilurlar, chunki ular (kofirlar) befahm qavmdurlar» (65- oyat) Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taoloning «agar sizlardan yigirmata sabrli mujohid (jihod qiluvchi) bulsa, ular ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda bir musulmonning o‘n kofirga bas kelmog‘i taqdir qilindi. Sufyon «yigirmata (sabrli) mujohid bo‘lsa, ular ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar» degan oyat nozil bo‘ldi, keyin «Endi Olloh taolo sizlarga yengillik tug‘dirdi» degan oyati karima (66- oyat) nozil bulib, yuz musulmonning ikki yuz kofirni mag‘lub etmog‘i taqdir qilindi» — deb ko‘p marta aytar erdilar. Sufyon «mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz, agar sizlardan iigirmata sabrli mujohid bo‘lsa» degan oyati karima nozil buldi» — deb ham ko‘p takrorlar erdilar. Sufyon va Ibn Shubruma «mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz» degan qavl xususida so‘zlab «Shu kabi amri ma’ruf va nahiy munkar qilmoqligimiz lozim, deb hisoblayman»,— deyishadi. «BAROAT» SURASI «Valiyjatan» (16- oyat) — «bir narsaning ichiga kiritilgan har qanday narsa (ya’ni, maxfiy tutilgan narsa), «ash-shuqqatu» (42-oyat) — «safar», al-xabol» (47-oyat)— «fasod» («o‘lim» degan ma’nosi ham bor), «va lo taftinniy» — «meni haqorat qilma, meni urishma, menga tahdid qilma» (49- oyat), «karhan» va «kurhan» bir ma’noda bulib, «noxush, istamay» (53-oyat) deganidur. «Mudaxxalan» (57-oyat) — «bosh suqadirgan, berkinadirgan joyni», «yajmahuuna» (57- oyat) — «yugurishib ketadilar», «al-mu’tafikot» (70- oyat) — «chappa qilingan, ostin-ustin qilingan (shaharlar)», «adn» (72-oyat)— «abadiy, hamisha turadirgan», «al-xavolif» (87- oyag) — «xonanishin, uyda o‘ltiradigan xotinlar», «al-xayrotu» (88- oyat) — «yaxshiliklar, afzalliklar», «murjavna» (105-oyat)—«orqaga surildilar, kechiktirildilar», «shafo» (108-oyat)— «qirg‘oq, lab», «juruf» (108-oyat)—«ariq, soy», «hor» (108-oyat)—«o‘pirilgan» «lavvohun» (114-oyat) — «achinuvchi, rahmdil» degan ma’nodadir. Agar quduq buzilib keqa, «quduq o‘pirilib ketdi» deyiladi» 1-bob Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo va uning rasuli tarafidan sizlar ila shartnoma tuzgan mushrik qabilalarga nafrat e’lon qilinur!» (1- oyat) «Azonun» (2- oyat) — «e’lon» demakdur. Ibn Abbos bunday deydilar: «Uzunun» (61- oyat) — «rost so‘zlaydi» ma’nosida, «tutahhiruhum va tuzakkiyhim biho> (103-oyat) har ikkalasi bir ma’noda bo‘lib, «pok qilursiz» deganidur. Zakot — toat va ixlosdur, chunki zakot bermasalar, Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qligiga shahodat keltirmagan bo‘ladilar «Yuzohiuuna» — «o‘xshaydilar» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 153 (30-oyat)» Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Eng keyin nozil bo‘lgan oyat — «Sendan fatvo so‘raydilar, sen ularga: «Olloh taolo sizlarga kimsasiz qolganlar xususida fatvo berur» — deb aytgil» degan oyatdur va eng keyin nozil bo‘lgan sura — «Baroat» surasidur». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Endi, ey mushriklar, bu mamlakatda to‘rt oy yurib olinglar va bilinglarki, sizlar Olloh taoloni ojiz (zaif) qilolmassizlar, Olloh taolo kofirlarni albatta rasvo qilguvchi zotdur!» (2- oyat) «Siyhuu» — «yuringlar» deganidur. Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu meni («Hajjat ul-Vido’» dan oldingi) o‘sha haj vaqtida ikki jarchiga bosh qilib jo‘natdilar. Ular Nahr kuni Minoda turib «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi, yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb ovoza qilmoqlari lozim erdi». Humayd ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ya’lo ibn Abu Tolibni ulovlariga mingashtirib oldilar-da, unga «Baroat» surasini e’lon qilmoqni amr qildilar». Abu Hurayra: «Nahr kuni Hazrat Ali ham biz birlan birgalikda Mino ahliga «Baroat» surasini e’lon qilib, «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi, yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb jar soldilar»,— deydilar. 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Va (bu oyatlar) buyuk haj kunida Olloh taolo birlan uning rasuli tarafidan odamlarga (qilingan) e’londurki, Olloh taolo va uning rasuli mushriklardan bezordur (nafratlanur), bas agar sizlar tavba qilsangizlar, bu o‘zingizga yaxshidur va agar bosh torqangizlar, bilingizlarki, sizlar Olloh taoloni ojiz (zaif) qilolmassizlar, (ey Muhammad), kofirlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» (3- oyat) Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu meni o‘sha haj vaqtida ikki jarchiga qo‘shib jo‘natdilar. Ular Nahr kuni Minoda turib «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi va yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb ovoza qilmoqlari lozim erdi». Xumayd ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Janob Rasululloh Ya’lo ibn Abu Tolibni ulovlariga mingashtirib oldilar-da, unga «Baroat» surasini e’lon qilmoqni amr qildilar». Abu Hurayra: «Nahr kuni Hazrat Ali ham biz birlan birgalikda Mino ahliga «Baroat» surasini e’lon qilib, «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi va yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb jar soldilar»,— deydilar. Olloh taoloning qavli: «Mushriklardan sizlar birlan shartnoma tuzganlarninggina (muhlatlarini poyoniga yetkazingiz)» (3- oyat) Humayd ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Hajjat ul- Vido’dan ilgarigi haj vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kelasi yili mushrik Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 154 haj qilmaydi va yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb odamlarga e’lon qilmoqni amr qilgan kishilarga Abu Hurayrani ham qo‘shib jo‘natdilar». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Qasamlariga vafo qilmagan kufr rahnamolariga qarshi urush qilingizlar!» (12- oyat) Zayd ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Biz Huzayfaning huzurlarida erdik. Shunda ul kishi: «Bu oyat ashoblaridan faqat uch kishi, munofiqlardan ersa, faqat to‘rt kishi qoldi, xolos»,— dedilar. Bir badaviy: «Sizlar Muhammad sallallohu alayhi va sallamning bizlarga xabar berguvchi ashoblarisizlar, uylarimizni vayron qiluvchi va qimmatbaho mol-dunyomizdan o‘g‘irlovchi anavilarning oqibati ne bo‘lg‘ay, bilmagaymiz»,— dedi. Huzayfa: «Ular fosiqdurlar, ha, to‘g‘ri, ulardan faqat to‘rttasigina qoldi, xolos. Ulardan biri keksayib qolgan bo‘lib, agar sovuq suv ichsa, o‘sha zahotiyoq qayt qiladi»,— dedilar». 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Oltin va kumush to‘plab, uni Olloh taolo yo‘lida sarf qilmaydirganlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» (34- oyat) Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni qaysi biringizningdir to‘plagan boyligingiz boshi silliq ilonga aylanadi»,— dedilar». Zayd ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Men Abu Zarrning yonidan o‘tib ketayotib, unga: «Bu yerga qo‘nganingizning boisi nedur?» —dedim. Abu Zarr: «Shomga borgan erdik»,— dedi. Men «Oltin va kumush to‘plab, uni Olloh taolo yo‘lida sarf qilmaydirganlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» degan oyatni tilovat qildim. Muoviya: «Bu oyat bizning xususimizda ermas, kitob ahllari to‘g‘risidadur»,— dedi. Men «Bu oyat bizning hamda ularning haqidadur»,— dedim». 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul kuni to‘plagan boyliklari jahannam o‘tida qizdirilib, peshonalari, ikki biqinlari hamda orqalariga bosiladi va «Uzlaringiz uchun g‘amlagan boyligingiz mana shu-dir! Endi, g‘amlagan boyligingizning mazasini bir totib ko‘ringiz-chi!» deyiladi» (35- oyat) Xolid ibn Aslam bunday deydilar: «Abdulloh ibn Umar qoshimizga chiqib: «Bu (ya’ni, yuqoridagi) oyat zakot haqida oyat nozil bo‘lmasidan ilgarigi oyatdur, zakot haqidagi oyat nozil qilingach, Olloh taolo zakotni mol-dunyoni halollovchi (poklovchi) vosita qildi»,— dedilar». 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan ham oylarning soni Olloh taolo qoshida o‘n ikki oydur, Olloh taolo Kitobida, osmonlar birlan yerni yaratgan kundan e’tiboran, ulardan to‘rttasi muqaddas oylardur» (36- oyat) «Al-Qayyimu» (36- oyat) — «to‘g‘ri, haqiqiy» degan ma’noda. Abu Bakra bunday deydilar: «Rasululloh salallohu alayhi va sallam: «Zamon osmonlar birlan yer yaratilgan kundagidek (bir maromda) almashinib (aylanib) turibdi. Yil o‘n ikki oydan iboratdur, ulardan to‘rttasi muqaddas bo‘lib, uchtasi ketma-ket keladi, bular — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 155 zulqa’da, zul-hijja va muharram oylaridur, bittasi, ya’ni rajab oyi jumodiy birlan sha’bon oylari oralig‘ida»,— dedilar». 8-bob. Olloh taoloning qavli: «... ular ikkalasi g‘orda erkanliklarida, ul yo‘ldoshiga: «Xafa bo‘lma, Olloh taolo biz birlandur!» — deb aytganida...» (40- oyat) Abu Bakr raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz, ya’ni Janob Rasululloh va men ikkalamiz gorda (mushriklardan qochib berkinib olgan) erdik, men mushriklarning izlarini ko‘rib: «Yo Rasulalloh, agar ulardan birortasi (gorga) qadam qo‘yganida, bizni ko‘rib qolgan bo‘lur erdi!»—dedim. Janob Rasululloh: «(Bu yerda) ikkimiz yolgiz, deb xayol qildingmi, uchinchimiz Olloh taoloning o‘zidur!» — dedilar». Ibn Abu Mulayka rivoyat kiladilar: «Ibn Abbos birlan Abdulloh ibn Zubayr o‘rtalarida kelishmovchilik yuz berganda, Ibn Abbos Abdulloh ibn Zubayr xususida: «Uning otasi Zubayr ibn Avvom, onasi Asmo binti Abu Bakr, xolasi Oisha raziyallohu anho, buvisi ersa Safiyyadur» — deb aytdim»,— deydilar». Roviy Abdulloh ibn Muhammad bunday deydilar: «Men Sufyondan mazkur hadisning isnodini so‘raganimda, ul kishi: «Ibn Jurayj bizga hadis rivoyat qildi, shu asnoda bir odam Ibn Jurayjning xayolini bo‘ldi, natijada u hadisning isnodini aytishni unutdi»,— dedi» (Mazkur hadisning ma’nosi mujmalroq bo‘lib, Ibn Abbosning Abdulloh ibn Zubayr haqidagi ta’riflari bilangina kifoyalanadi. Aslida voqea mana bunday bo‘lgan erdi: xalifa Muoviya vafot etgandan so‘ng, uning o‘rniga o‘g‘-li Yazid ibn Muoviya o‘ltirdi. Ammo, Abdulloh ibn Zubayr unga bay’at qilmadi. Yazid ibn Muoviya o‘lgandan keyin ersa, Abdulloh ibn Zubayr o‘zini xalifa deb e’lon qildi. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va Shom aholisining ko‘pchiligi unga bay’at qildi. Bu vaqtda Muhammad ibn Ali ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Abbos Imom Husayn vafotlaridan buyon Makkada yashashar erdi. Abdulloh ibn Zubayr ularning ikkalalarini ham o‘ziga bay’at qilmoqqa da’vat qildi. Lekin, Ibn Abbos va Ibn Ali: «Biz, toki butun aholi birlashib, yagona xalifalik barpo qilinmas erkan, biror xalifaga bay’at qilmasmiz!» — deb bundan bosh tortishdi. Shunda ko‘pgina kishilar ularning bu fikriga qo‘shilishdi. Bundan g‘azablangan Ibn Zubayr ularni hibsga oldi. Buning xabari Kufani ishg‘ol qilib, ul yerdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Muxtor ibn Abu Ubaydga yetgach, u Ibn Zubayrga qarshi qo‘shin tortib borib, Ibn Abbos birlan Muhammad ibn Alini ozod qildi, so‘ng Ibn Zubayrga qarshi urush qilishga ulardan izn so‘radi. Ammo, ular bunga rozilik berishmadi. Xuddi ana shu vaqtda Ibn Abbos Abdulloh ibn Zubayrning nasabini ta’riflab, unga qarshi urush qilmoqning gunoh erkanligini aytgan erdilar). Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos birlan Ibn Zubayr oralarida kelishmovchilik yuz bergan erdi. Shunda men Ibn Abbosning huzurlariga borib «Ibn Zubayrga qarshi urush qilmoqchimisiz? Olloh harom qilgan narsani halol qilmoqchimisiz?» — dedim. Ibn Abbos bunday dedilar: «Xudo saqlasin! Olloh taolo harom qilingan narsani halol qilmoqlikni Ibn Zubayr birlan Banu Umayyaga taqdir qilgan. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men parvardigor harom qilgan narsani hech qachon halol qilmasman. Odamlar menga «Ibn Zubayrga bay’at qilingiz»— deyishdi. Shunda men «Ibn Zubayr xalifalikka munosib kishi. Uning otasi Zubayr ibn Avvom Janob Rasulullohning doimiy dastyorlari bo‘lgan, onasi Asmo — «Zotun-nitoq» (ya’ni, Janob Rasulullohning hijrat qilmoqlari uchun hozirlangan yo‘l jihozlari birlan yeguliklar solingan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 156 qopning og‘zini bog‘lashga narsa topilmaganda, Asmo belbog‘larini uzib, uning og‘zini bog‘laganlar. Shunda Janob Rasululloh Asmoni «Zotun-nitoq» — «Kamarbasta, kamar- band» deb ataganlar), xolasi — mo‘minlarning onasi Oisha, ammasi — payg‘ambarimizning xotinlari Xadicha, buvisi ersa payg‘ambarimizning ammalari bo‘lmish Safiyyadur» — deydim. Ibn Zubayrning o‘zi xususiga kelsak, u islomda sobitqadam va Qur’on qorisidur. Banu Umayya haqida so‘zlrydirgan bo‘lsak, ular qarindosh bo‘lgani uchungina men birlan bordi-keldi qilurlar. Meni Banu Umayya tarbiya qilgan bo‘lsa ham, ularning saxovatli, fazilatli kishilari tarbiya qilgan. Ibn Zubayr ersa Banu Tavit, Banu Usoma va Banu Humayd qabilalarini Banu Umayyadan ustun qo‘ydi, natijada Abdulmalik ibn Marvon g‘olibona yurish qilib, Ibn Zubayr dumini xoda qilib qochdi». Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Biz Ibn Abbosning huzurlariga kirdik. Shunda Ibn Abbos bunday dedilar: «Ibn Zubayrning qilayotgan ishini ko‘rmaysizlarmi? Men Ibn Zubayrni yo‘lga solish uchun jon-jahdim birlan kurashdim, Abu Bakr va Umar xalifalik qilishganda bul qadar jon kuydirmagan erdim, chunki ular Ibn Zubayrga nisbatan barcha yaxshi xislatlarga boyrok, kishilar erdilar. Men o‘zimga-o‘zim «Ibn Zubayr payg‘ambarimizning ammavachchalari, Zubayr ibn Avvomning o‘g‘illari, Abu Bakrning ham (nabira) o‘g‘illari, Xadichaning jiyanlari, Oishaning ham jiyanlari-ku! Demak, Ibn Zubayr meni mensimayotir, meni o‘zining xos odamlaridan qilishni istamayotir. U meni o‘zidan uzoqlatib, yaxshi ish qilmadi. Agar Banu Umayya mening g‘amimni yeydirgan bo‘lsa, yemay qo‘ya qolsin, mening g‘amimni ulardan ko‘ra, boshqalar yegani ma’qulroqdur!» — dedim». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling