Abu abdulloh
-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey ahli kitoblar, bizga ham sizga ham teng
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha hargiz xayriyatga erinmagaysiz va Olloh nimaiki ehson qilsangiz, uni bilib turgay»
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar odamlarni (hidoyatga yetaklamoq) uchun yuborilgan eng yaxshi ummaqizlar»
- 9-bob. Olloh taoloning qavli: «Orangizdan ikki guruh umidsizlikka tushib nomardlik qilmoqchi bo‘lganda...»
- 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, siz uchun bu ishda biror narsa yo‘qdur»
- 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Holbuki, payg‘ambar ortingizdan chaqirayotgan erdi»
- 12-bob. Ollohning «amanatan nu’osan» («shirin mudroq») degan qavli xususida
- 13-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlariga jarohat yetganiga qaramay, Olloh va uning rasuli hukmlariga bo‘yinsunib amali solihlar qilgan va Ollohdan taqvo
- 15-bob, Olloh, taoloning qavli: «Olloh o‘z fazlidan bergan narsaga baxillik kiladirgan kishilar bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik, deb hisoblamasinlar
- 16-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar»
- 17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshtishni yaxshi
- 18-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, osmonlar va Yerning yaraliganda, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!»
- 19-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular turganda ham, o‘ltirganda ham, yotganda ham Ollohni eslaydilar va osmonlaru Yerning yaratilishini tafakkur qiladilar»
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey ahli kitoblar, bizga ham sizga ham teng bo‘lgan so‘zga kelingizlar,Ollohning yolg‘iz o‘zigagina ibodat qilaylik!» deb aytgil. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyidagini Abu Sufyon menga o‘z ogzi bilan gapirib berdi: «Rasululloh birlan mening o‘rtamda tuzilgan sulh vaqtida Shomga bordim. U yerdaligimda Hiraqlga Payg‘ambar alayxissalomdan maktub keltirildi. Bu maktubni Dihya Al Kalbiy Busro xokimiga, xokim ersa uni Hiraqlga yetkazgan erdi. Hiraql xatni olgach, o‘z odamlaridan «Bu yerda o‘zini payg‘ambar, deb da’vo qilayotgan kishining qavmidan biror odam bormi ?» deb so‘radi. Unga: «Bor» deb javob berishdi va men birlan bir necha qurayshliklarni saroyga olib kirishdi. Biz Hiraqlning huzuriga kirdik, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 123 bizni uning ro‘parasiga olib kelishdi. Hiraql «qaysi biringiz o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishiga nasab jihatdan yaqinroqsiz?» deb so‘radi. Shunda men o‘zimning yaqinroq ekanligimni aytdim. Keyin, meni Hiraql birlan yuzma-yuz, sheriklarimni ersa mening orqa tomonimga o‘tirg‘izdilar. Hiraql tarjimonini chaqirib, unga «Sheriklariga ayt, men mana bu odamdan o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishi to‘g‘risida so‘rayman, agar u menga yolg‘on gaiprsa, sheriklari uning yolg‘on gapirayotganini aytisnlar!» deb amr qildi.Men o‘zimga o‘zim «hudo haqi, agar sheriklarim mening yolg‘on gapirganimni fosh qilmaslar erdi, yolg‘on gapirgan bo‘lardim!» deb qo‘ydim. So‘ng, Hiraql o‘z tarjimoniga: «Uzini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishi oralaringizda qanday nasabga ega deb undan so‘ragil!» dedi. Men: «Ul kishi ormizda baland nasab egasidir», - dedim. Hiraql: «Uning ota-bobolari ichida podshoh bo‘lganlar bormi?» - dedi. Men: « Yo‘q» dedim. Hiraql: « Payg‘ambarlikni da’vo qilmasdan ilgari uni yolg‘onchilikda ayblar erdingizlarmi?»-dedi. Men: «Yo‘q» -dedim. Hiraql: «Unga zodagonlar ergashyaptimi yoki zaiflarmi?» -dedi. Men: «Zaiflar ergashyapti»,- dedim. Hiraql: «Ularning soni ko‘payyaptimi yoki ozayyaptimi?»-dedi. Men: «Ko‘payyapti» dedim. Hiraql: «Uning diniga kirganlardan biror kishi undan qaytyaptimi?»-dedi. Men: «Io‘q» -dedim. Hiraql: «Unga qarshi jang qildingizlarmi?» - dedi. Men: «Ha» dedim. Hiraql: «Unga qarshi qilgan jangingiz qanday bo‘lgan erdi?» dedi. Men: «Urtacha, gox ular bizga, goho biz ularga shikast yetkazar erdik, ba’zan ular ba’zan biz g‘alaba qilar erdik»,-dedim.Hiraql: «Hiyonat qilarmidi?» - dedi. Men: «Io‘q„ biz u kishidan olislarda yuribmiz, bir qancha vaqtlardan beri ne ishlar birlan band, behabarmiz», - dedim. Xudo haqi, Hiraql bundan boshqa gap aytishimga imkrn bermadi-da: «Bu gapni undan ilgari biror kishi aytganmidi?» - dedi. Men: «Yo‘q», - dedim.So‘ng, Hiraql (tarjimoni orqali) menga bunday dedi: «Uning nasabini so‘rasam, nasabi baland, deb aytding, payg‘ambarlar aynan shunday bo‘ladi. Uning ota-bobolari ichida podshoh bo‘lganlar bormi, deb so‘rasam, yo‘q deding. Agar ota-bobolari ichida podshox o‘tgan biror kishi bo‘lganida erdi, men u o‘shaning mulkini talab qilyapti, degan bo‘lur erdim. Keyin, men sendan unga zodagonlar ergashyaptimi yoki zaiflarmi, deb so‘radim. Sen unga zaiflar ergashyapti, deding. Payg‘ambarlarga doimo zaiflar ergashadi. Uni ilgari yolg‘onchilikda ayiblagan erdingizlarmi, deb so‘rasam, sen yo‘q, deb aytding. Men bildimki, u ilgari ham odamlarga yolg‘on gapirmagan, bunday odam Olloh taolo haqida yolg‘on so‘zlamaydi. Uning diniga kirganlar undan g‘azab qilib dindan qaytyaptimi, deb so‘raganimda ham, sen yo‘q, deb aytding. Iymon qalblarga huzur baxsh etganda xuddi shunday bo‘ladi. Ular ko‘payyaptimi yoki ozayyaptimi, deb so‘rasam, sen ko‘payyapti, deb javob qilding. Iymon ana shunday tobora barkamollashib borgay. Unga qarshi jang qildingizlarmi, deb so‘raganimda, sen jang qilganingizni, ba’zan ular, ba’zan sizlar ustun kelganingizni aytding. Payg‘ambarlar ham ana shunday mag‘lubiyatga uchrab turgaylar, ammo pirovardida ularning qo‘li baland bo‘lgay. Keyin, u xiyonat qiladimi. deb so‘radim. Sen uning xiyonat qilmasligini aytding. Payg‘ambarlar ana shunday xiyonat qilmagaylar. U payg‘ambarlik da’vosini qilmasidan burun boshqa biror kishi shunday da’vo birlan chiqqanmidi, deb so‘rasam, sen yo‘q deding. Agar undan ilgari biror kishi shunday deb da’vo qilib chiqqan bo‘lganida erdi, men u ilgarigi odamning gapiga taqlid qilyapti, degan bo‘lur erdim». So‘ng, Hiraql mendan «U sizlarni nima qilmoqqa buyuradi?» deb so‘radi. Men: «U bizni namoz o‘qimoqqa, zakot bermoqqa, silai rahm (qarindoshlarga oqibat) qilmoqqa va poklikka buyuradi»,— dedim. Hiraql: «Sening gaplaring chin bo‘lsa, shubhasiz u payg‘ambardur. Men payg‘ambar chiqishini bilar erdim-u, lekin sizlarning orangizdan chiqishini bilmas erdim. Agar imkon topsam, u birlan jon deb uchrashgan bo‘lar erdim. Agar uning huzurida bo‘lsam, oyoqlarini yuvib qo‘ygan bo‘lar erdim. Uning mulki (davlati) mening oyoqlarim ostidagi yergacha yetib kelgay!»—dedi-da, Janob Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 124 Rasulullohning maktublarini olib kelishni buyurdi. U xatni o‘qib ko‘rdi, unda «Bismillohir rahmonir rahiymi. Olloh taoloning rasuli bo‘lmish Muhammaddan Rum boshlig‘i Hiraqlga. Hidoyat topganlarga salom! Ammo ba’d: seni islomga da’vat etaman, islomni qabul qil, tinch bo‘lursan. Olloh buniig uchun senga ikki barobar ko‘p ajru savob ato etgay. Agar bosh torqang, barcha ariysiylar (dehqonlar)ning (ya’ni, barcha fuqarolaringning gunohi) sening bo‘yningdadur. Olloh taolo: «Ey ahli kitoblar, bizlar birlan sizlarning o‘rtangizda barobar bo‘lgan so‘zga kelingizlar, Olloh taolodan o‘zgaga ibodat qilmaylik va unga hech kimni sherik qilmaylik, va Olloh taoloni qo‘yib ba’zimiz ba’zimizni tangri deb bilmaylik, deb ayt va agar ular yuz o‘girsalar, sizlar guvoh bo‘lingizlarki, biz albatta xudoning itoatkor bandalarimiz, deb aytingizlar!»—degandur» deb yozilgan erdi. Hiraql maktubni o‘qib bo‘lishi birlan uning huzurida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib, baqir-chaqirlar kuchaydi. So‘ng, u bizni chiqib ketishimizni amr qildi. Tashqariga chiqqandan so‘ng, men sheriklarimga: «Abu Kabsha o‘g‘lining (ya’ni, Janob Rasulullohning) ishi juda kuchayib ketdi, hatto undan rumliklar podshohi ham qo‘rqyapti»,— dedim. Dilimda yarsa «Rasulullohning ishlari yaqinda ro‘yobga chiqadi» degan ishonch paydo bo‘ldi va nihoyat Olloh taolo meni islomga kirgizdi». Zuhriy bunday deydilar: «Hiraql butun Rum ulug‘larini chaqirib, o‘z saroyiga to‘pladi-da, ularga: «Ey rumliklar, mulkingiz qo‘lingizda sobit bo‘lgan holda zamon nihoyasida (qiyomatda) sizlar uchun najot bormi?»—deb xitob qildi. Shunda, yig‘ilganlar hurkak yovvoyi eshaklardek o‘zlarini eshiklarga urdilar, biroq qulflangan eshiklardan chiqib ketolmadilar. Hiraql: «Menga yaqinroq kelinglar!» deb ularni qayta jam’ qildi-da, ularga: «Men sizlarning o‘z diningizga bo‘lgan sadoqatingizni sinab ko‘rdim, sizlarga muhabbatim ziyoda bo‘ldi» — dedi. Hammalari unga sajda qilishdi va undan mamnun bo‘lishdi». 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha hargiz xayriyatga erinmagaysiz va Olloh nimaiki ehson qilsangiz, uni bilib turgay» Anas ibn Molik bunday deydilar: «Madinadagi ansoriylardan eng xurmozori ko‘p kishi Abu Talha erdilar. Ushal xurmozor bog‘larning Abu Talhaga mahbubrog‘i «Bayruho» erdi, chunki bu bog‘ Rasulullohning masjidlari ro‘parasida bo‘lib, Rasululloh unga kirib, pokiza suvidan ichardilar. Ollohning «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmagu-ningizcha hargiz xayriyatga erishmagaysiz» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, Olloh taolo: «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha hargiz xayriyatga erishmagaysiz»,— deyapti. Mening eng yaxshi ko‘rgan mulkim ersa Bayruhodur. Uni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim. Buning uchun Olloh taolodan ajru savob umid qilgayman. Yo Rasulalloh, bu bog‘ni o‘zingiz istagan kishiga in’om qiliniz!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Juda savobli ish qilding, bu bog‘ tufayli oxirating obod bo‘lgay. Aytgan gapingni angladim, uni qarindoshlaringga bersang!» — dedilar. Abu Talha: «Yo Rasulalloh, aytganingizdek qilgayman!»—dedilar. Keyin, Abu Talha o‘sha bog‘ni yaqinlari «birlan amakivachchalari o‘rtasida taqsim qilib berdilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Bog‘ni Hasson birlan Ubayga bo‘lib berdilar. Men Abu Talhaga ulardan ko‘ra yaqinroq erdim, lekin menga hech narsa bermadilar»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 125 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringizlar!»—deb aytingiz!» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yahudiylar Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga zino qilgan bir erkak va ayolni olib kelishdi. Rasululloh ulardan: «Sizlarda zino qilgan kishiga qanday jazo beriladi'» — deb so‘radilar. Ular: «Ikkovining ham yuziga qora surtib, keyin darra uramiz!»—deyishdi. Rasululloh: «Tavrotdan toshbo‘ron qilib o‘ldirish haqidagi hukmni topmadingizlarmi?»—dedilar. Ular: «Tavrotdan bu haqda hech narsa topolmayapmiz»,— deb javob berishdi. Abdulloh ibn Salom ularga: «Yolg‘on aytdingiz, agar rostgo‘y bo‘lsalaringiz, Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringizlar!»—dedi. Tavrot mudarrislaridan biri ataylab kaftini «Rajm oyati» ustiga qo‘yib turib, atrofdagi oyatlarni o‘qiy boshladi, «Rajm oyati»ni ersa o‘qimay tashlab o‘tdi. Abdulloh ibn Salom buni sezib, uning qo‘lini «Rajm oyati» ustidan olib tashladi-da: «Bu nima?!» —deb so‘radi. Hammalari Tavrotga qarab, unda «Rajm oyati» borligini ko‘rishdi va: «Bu Rajm oyati- ku!» — deyishdi. Rasululloh ikki zinokorni rajm (toshbo‘ron) qilmoqqa buyurdilar, ularni masjid oldidagi janoza. o‘qiladirgan joyning yaqinida toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. Shunda men zinokor yahudiyning o‘z gavdasi birlan ayolni toshdan himoya qilganini ko‘rdim». 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar odamlarni (hidoyatga yetaklamoq) uchun yuborilgan eng yaxshi ummaqizlar» Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar odamlarni (hidoyatga yetaklamoq) uchun yuborilgan eng yaxshi ummaqizlar» degan oyatning mazmuni shuki, musulmonlar boshqalarni hidoyatga yetaklab, ularni bo‘yinlaridagi kufr kishanlaridan xalos qilib, islomga kiritadilar». 9-bob. Olloh taoloning qavli: «Orangizdan ikki guruh umidsizlikka tushib nomardlik qilmoqchi bo‘lganda...» Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydydilar: «Orangizdan ikki guruh umidsizlikka tushib nomardlik qilmoqchi bo‘lganda, vaholanki Olloh ularning madadkori erdi...» degan oyati karima bizning haqimizda nozil bo‘lgan. Usha ikki toifa biz, ya’ni Banu Horisa va Banu Salama kishilari erdik. Bu oyat nozil bo‘lmaganda biz quvonmas erdik, chunki unda Ollohning biz to‘g‘rimizda «... vaholanki Olloh ularning madadkori erdi» degan qavli bor!» 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, siz uchun bu ishda biror narsa yo‘qdur» Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh bomdod namozining ikkinchi rak’atida ruku’dan bosh ko‘tarib «Sami’allohu liman hamidah» dedilar-da, «Yo Olloh, falonchi, falonchi va falonchini la’natlagil!» deb aytdilar. Shunda Olloh taolo: «Siz uchun bu ishda biror narsa (ixtiyor) yo‘q, Olloh ularning tavbalarini yo qabul qiladi yoki zolimliklari uchun ularni azoblaydi» degan oyatni nozil qildi». Bu hadisni Ishoq ibn Roshid ham Zuhriydan naql qilib aytib berganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh agar birovni duoi bad yoki duoi xayr qilmoqni xohlasalar, Qunutni o‘qib, ruku’dan keyin «Sami’allohu liman hamidah, rabbano va lakal-hamd» derdilar, so‘ng: «Ey Olloh, Valid ibn Validga, Salama Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 126 ibn Hishomga va Iyosh ibn Abu Rabiy’aga najot ber! Ey Olloh, Muzar qabilasiga nisbatan qahringni kuchaytir, ularga Yusuf zamonidagi qahatchilikdek qahatchilik yubor!»—deb ovoz chiqarib aytardilar. Yana ba’zi namozlarida, masalan bomdod namozida: «Yo Olloh, arab qabilalaridagi falon va falonni la’natlagin!»—derdilar. Pirovardida Olloh taolo: «Siz uchun bu ishda biror narsa yo‘qdur» degan oyatini nozil qildi». 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Holbuki, payg‘ambar ortingizdan chaqirayotgan erdi» Oyatdagi «uxrokum» so‘zi «oxarukum» so‘zining muannasidur. Ibn Abbos: «Oyatdagi ikki xayriyatdan biri yo fath yoki shahid bo‘lmoqlik erdi»,— deydilar. Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom piyodalarga Abdulloh ibn Jubayrni amir etib tayinlagan erdilar. Hammalari dushmandan chekina boshlaganda Rasululloh ularning ortidan chaqirgan erdilar. Payg‘ambarimiz yonlarida o‘n ikki kishidan boshqa hech kim qolmagan erdi». 12-bob. Ollohning «amanatan nu’osan» («shirin mudroq») degan qavli xususida Abu Talha: «Uhud kuni jang maydonida erkanligimizda bizlarni shunday bir uyqu elitdiki, qo‘limdan qilichim tushib ketdi. Men uni qo‘limga olsam, yana tushib ketar erdi»,— deydilar. 13-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlariga jarohat yetganiga qaramay, Olloh va uning rasuli hukmlariga bo‘yinsunib amali solihlar qilgan va Ollohdan taqvo qilganlar uchun katta savoblar bordur» 14-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Quraysh sizlarga qarshi lashkar to‘pladi» Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar. «Bizga Ollohning o‘zi kifoya qiladi, u naqadar yaxshi chorasoz!» degan qavlni Ibrohim alayhisealom o‘zlarini olovga tashlashganda aytgan erdilar. «Darhaqikat, Quraysh sizlarga qarshi lashkar to‘pladi, ulardan qo‘rqingizlar!» deyishganda Janob Rasululloh ham shunday degan erdilar. Shunda musulmonlarning iymonlari yanada mustahkamlanib, ular ham: «Bizga Ollohning o‘zi kifoya qiladi, u nakadar yaxshi chorasoz!»—deb javob qilishgan erdi». Ibn Abbos: «Ibrohim alayhissalomning o‘tga tashlashganda aytgan oxirgi gaplari: «Menga Ollohning o‘zi kifoya qiladi, u naqadar yaxshi chorasoz!» degan gaplari erdi». 15-bob, Olloh, taoloning qavli: «Olloh o‘z fazlidan bergan narsaga baxillik kiladirgan kishilar bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik, deb hisoblamasinlar, balki bu ularga yomonlik bo‘lib, qiyomat kuni o‘zlari baxillik qilgan mol bo‘yinlariga bo‘yinturuq qilib solingay, osmonlaru yerning merosi Ollohgagina xosdur va qilib turgan ishlaringiz Ollohga ma’lumdur!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat hiladilar, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo mol-dunyo ato etgan kishi mol-dunyosining zakotini bermasa qiyomatda Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 127 o‘shal boyligi ikki ko‘zining ustida qora dog‘i (xoli) bo‘lgan, boshi sip-silliq ajdahoga aylantiriladi keyin, u egasiga: «Men sening molingman, men sening xazinangman»,— deydi-da, uning tanasiga o‘ralib, ikki lunjidan tishlaydi»,— dedilar. So‘ng, «Olloh o‘z fazlidan bergan narsaga baxillik qiladirgan (qizg‘anadirgan) kishilar bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik, deb hisoblamasinlar, balki bu ularga yomonlik bo‘lib...» degan oyati karimani oxirigacha tilovat qildilar». 16-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar» Usoma ibn Zayd bunday deb xabar beradilar: «Payg‘ambar alayhissalom ustlariga dag‘al matodan to‘qilgan fadakiy liboslarini kiyib olib, eshakka mindilar, so‘ng Usoma ibn Zaydni mingashtirdilar-da, Banu Hars ibn al-Xazraj qabilasidan bo‘lgan Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani ravona bo‘ldilar, u betob yotgan erdi. Bu voqea Badr kunidan avval sodir bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh majlis qilayotgan bir jamoa oldidan o‘tdilar, u yerda Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ham bo‘lib, u hanuz islomga kirmagan erdi. Turli toifa — musulmonlar, butparastlar va yahudiylardan iborat bu majlisda Abdulloh ibn Ruvoha ham bor erdi. Majlis ahlini eshakning tuyog‘idan chiqqan chang-g‘ubor o‘ragandan so‘ng, Abdulloh ibn Ubay burnini ridosi birlan to‘sdi-da: «Bizga changitmanglar!»—dedi. Rasululloh o‘ltirganlarga salom berdilar, so‘ng to‘xtab eshakdan tushdilar-da, odamlarni Ollohga iymon keltirmoqqa da’vat qildilar va Qur’on o‘qib berdilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul: «Ey kishi, agar gaping rost bo‘lsa, bundan afzal narsa yo‘q, ammo majlisimizni buzib, bizga ozor berma, yo‘lingdan qolma, oldingga kim borsa, o‘shanga hikoyangni aytaver!» — dedi. Shunda, Abdulloh ibn Ruvoha turib: «Yo‘q, ketmangiz, yo Rasulalloh, majlisimizga qo‘shilingiz, biz shuni istaymiz!» — dedi. Pirovardida musulmonlar, mushriklar va yahudiylar bir-birlari birlan so‘kishib ketishdi, janjal urushga aylanib ketay dedi. Payg‘ambar alayhissalom ularni Hovuridan tushirdilar-da, eshaklariga minib Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani bordilar. «Ey Sa’d,— dedilar ul zot,— Abu Habbon (Abdulloh ibn Ubayning laqabi) ning menga nimalar deganini eshitganingda erdi! U menga bunday va bunday dedi». Sa’d ibn Uboda: «Yo Rasulalloh, uni kechiring, sizga Qur’on nozil qilgan zot haqi, Olloh taolo sizga Haqiqatni yuborgandur. Bu yurt ahli Abdulloh ibn Ubay ibn Salulni o‘zlariga podshoh qilmoqqa, boshiga toj kiydirmoqqa kelishgan erdilar, lekin Olloh sizga yo‘llagan haqiqat sababli u bundan mahrum bo‘ldi, shu boisdan ham u sizga o‘zingiz shohidi bo‘lgan muomalani qildi»,— dedi. Janob Rasululloh uni afv etdilar. Payg‘ambar alayhissa-lomning va ul zot ashoblarining odati shariflari shunday erdiki, ular ahli kitoblar va mushriklardan o‘tgan beadablikni Olloh taolo buyurgani uchun ham afv qilar, ulardan yetgan ozorlarga sabr etar erdilar. Olloh taolo: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar»hamda «Ahli kitoblarning ko‘pchiligi, dillarida hasad bo‘lganligidan, sizlarni yana dinlaringizdan qaytmoqlaringizni va kofir bo‘lmoqlaringizni yaxshi ko‘radi»,— deydi. Payg‘ambar alaihissalom Olloh taolo kofirlarga qarshi urushishga ijozat bergunga qadar, uning o‘zi buyurganiga binoan afv qilmoqni odat qilib olgan erdilar. Badr urushi bo‘lganda Olloh taolo Quraysh kofirlarining yetakchilarini halok qildi. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul va uning sheriklari — mushriklar va butparastlar: «Bu g‘olib bo‘ldi!» deb Rasulullohning huzurlarida islomga bay’at qildilar va musulmon bo‘ldilar». 17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshtishni yaxshi Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 128 ko‘radirgan kishilarni, ular azobdan najot topadilar, deb o‘ylamangiz!» Abu Sa’id Al-Xudriyraziyallohu anhu bunday deydilar «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida, ul zot g‘azotga chiqqanlarida munofiqlar xiyonat qilib, urushga bormay uylarida qolganlaridan hursand bo‘ldilar. Janob Rasululloh qaytganlarida ersa, huzurlariga borib uzr-ma’zur aytdilar, qasam ichdilar, ul zotdan qilmagan ishlari uchun maqtov eshitishni kutdilar. Shunda Olloh taoloning (yuqorida zikr qilingan) oyati karimasi nozil bo‘ldi» Alqama ibn Vaqhos bunday deb xabar beradilar: «Marvon ibn Hakam darvozaboniga: «Ey Rofi’, Ibn Abbosning oldiga borgil-da, unga «Agar har bir qilgan yomon ishlaridan xursand bo‘ladirgan, qilmagan ishiga maqtov eshitishni yaxshi ko‘radirgan kishi azobga duchor qilinadirgan bo‘lsa, unda biz hammamiz ham azoblanar erkanmizda?!» deb aytgil!» — dedi. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob qildi: «Bu oyatning sizlarga taalluqli yeri yo‘q. Payg‘ambarimiz alayhissalom yahudiylarni chaqirib, ulardan bir masalaning hukmini so‘radilar. Yahudiylar haqiqatni berkitib, boshqa xukm aytdilar. Ular mana shu noto‘g‘ri javoblari uchun ham Janob Rasulullohdan maqtov eshitmoqni kutdilar, o‘alari ersa ul zotdan haqiqatni yashirganlari uchun ichlarida quvondilar. Olloh taolo: «Eslang, ey Muhammad, Olloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta sizlar bu Kitobni yashirmay odamlarga ochiq bayon qilursizlar» deb ahd-paymon olgan erdi. So‘ng, ular bu ahd-paymonga xiyonat qilib, uni arzimas pulga sotdilar. Ularning bu savdosi qanday yomon bo‘ldi! Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshitishni yaxshi ko‘radirgan kimsalarni, ular azobdan najot topadilar, deb o‘ylamangiz, ular uchun alamli azob bordur!»— degan». 18-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, osmonlar va Yerning yaraliganda, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!» Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men bir kecha xolam Maymunaning uylarida tunadim. Rasululloh xolam birlan anchagacha suhbatlashib o‘ltirdilar. Keyin, uyquga yotdilar. Kechaning uchdan biri qolganda turib o‘ltirdilar, osmonga qarab: «Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!»—dedilar, keyin turib tahorat oldilar, misvok birlan og‘izlarini tozaladilar, so‘ngra o‘n bir rak’at namoz o‘qidilar. Bilol azon aytganlaridan so‘ng, ikki rak’at sunnat o‘qib masjidga chiqdilar va bomdod namozini o‘qidilar» 19-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular turganda ham, o‘ltirganda ham, yotganda ham Ollohni eslaydilar va osmonlaru Yerning yaratilishini tafakkur qiladilar» Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men bir kecha xolam Maymunaning uylarida tunadim, Rasulullohning namoz o‘qishlarini ko‘raman degandim. Men Janob Rasulullohga bolish tashladim, uzun tarafiga bosh qo‘yib uxladilar. Keyin, yuzlarini ishqalab uyquni qochirdilar-da, «Oli Imron»ning oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar, o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng, osig‘liq turgan eski meshni olib tahorat oldilar, keyin turib namoz boshladilar. Men ham turib Janob Rasululloh singari tahorat oldim Keyin, Rasulullohning yonlariga kelib turdim. Rusululloh qo‘llarini boshimga quydilar, so‘ng qulog‘imdan ushlab buradilar. Keyin, ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling