Abu abdulloh
-bob Olloh taoloning «Yuzingizni osmonga qarata-yotganingizni ko‘rib
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-bob. Olloh taoloning «Va ba’zi odamlar borki, ular Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilurlar» degan qavli xususida
- 11-bob. Olloh taoloning «Ey mo‘minlar, ro‘za tutmoq o‘zingizdan avvalgilarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham farz qilindi, shoyad sizlar parhezgor
- 12-bob. Olloh taoloning «Bir necha sanoqli kunlar sizlardan kimki bemor bo‘lsa yoki safarda bo‘lsa, boshqa kunlar hisobiga (ro‘zani) to‘ldirgaysiz, (ro‘za
- «Ro‘za kechalarida xotinlaringizga yaqinlik qilmoqlaringiz sizlarga halol qilindi, ular sizlarga libosdurlar va sizlar ham ularga
- 13-bob Olloh taoloning «... va tongning oq ip qora ipdan aniq farqlanadirgan paytigacha yeb-ichingizlar, so‘ng kechgacha ro‘za tutingizlar va ularga
- 14-bob. Olloh taoloning qavli: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar, yaxshilik qilingizlar, zero Olloh
- 15-bob. Olloh taoloning «Bas, sizlardan birortangiz kasal bo‘lsa yoki uning boshida ozor yetkazuvchi narsa bo‘lsa...» degan qavli haqida
- 16-bob, Olloh taoloning «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan tushingizlar!» degan qavli haqida
- 17-bob Olloh taoloning «Ular orasida «Parvardigor, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgil, oxiratda ham axshilik ato qilgil va bizni do‘zax azobidan
- 18-bob. Olloh taoloning «...holbuki, u adovati kuchli odamdur» degan qavli haqida
9-bob Olloh taoloning «Yuzingizni osmonga qarata-yotganingizni ko‘rib turibmiz, endi biz yuzingizni o‘zingizga marg‘ub bulgan qiblaga qarattirurmich, yuzingizni Masjid al-Harom tarafiga qaratingiz!» degan qavli xususida Anas ibn Molik raziyallohu taolo anhu rivoyat kiladilar: «Ikki qiblaga qarab namoz o‘qiganlardan mendan bo‘lak hech kim qolmadi. Olloh taolo «Va agar siz kitobiylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular sizning qiblangizni tan olmaslar va siz ham ularning qiblasini qabul qilmassiz va ular ham ba’zilari ba’zilarin qiblalarin qabul etmaslar va agar siz o‘zingizda vahiy ilmi hosil bo‘la turib, ularning xohishlariga tobi’ bo‘lsangiz, ul holda siz albatta zolimlardan bulursiz!» — deydi». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir kishi kelib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ushbu kecha Qur’on (vahiy) nozil bo‘ldi. Ul zot Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni amr qildilar sizlar ham ka’baga qarab namoz o‘qingizlar!»—dedi. Shunda odamlar Shom tarafga qarab turishgan erdi, darhol yuzlarini Ka’baga o‘girishdi. Olloh taolo «Biz Kitob bergan bandalar Rasulullohni o‘g‘illarini taniganlaridek tanirlar va ulardan bir guruhi xaqiqatni bilib tursalar ham yashirurlar, bu (narsa) parvardigoringizdan (tushirilgan) haqiqatdur, bas shak qilguvchilardan bo‘lmangiz!» —deydi» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bu kecha Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 110 Qur’on (vahiy) nozil bo‘ldi. Ul zot Ka’baga qarab namoz o‘qimog‘imizni amr qildilar, sizlar ham o‘sha tomonga yuzlaringizni buringizlar!»—dedi. Shunda namozxonlar Shom tomonga qarab turishgan erdi, darhol Ka’baga o‘girilishdi. Olloh taolo «Va har bir kimsa uchun yuzini qaratadirgan o‘ziga xos tomon bordur, shunday erkan, sizlar xayriyat tomon yuz buringizlar, sizlar qaerda bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo barchangizning qoshingizga kelgay, Olloh taolo hamma ishga qodirdur!» - deydi». Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bi an birga Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidik, so‘ng ul zot qiblani Ka’ba tomonga o‘zgartirdilar. Olloh taolo: «Va siz qaerdan chiqib kelsangiz ham, yuzingizni Masjid rl al-Haromga qaratingiz va bu parvardigoringiz tarafidan tushirilgan haq hukmdur va Olloh taolo sizlarning amallaringizdan g‘ofil ermasdur!» —deydi». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir kishi kelib: «Bul kecha Olloh taolo Qur’on (vahiy) nozil qilib, Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni amr qildi, sizlar ham o‘sha tomonga qarangizlar!» — dedi. Namozxonlar darhol yuzlarini Ka’baga burishdi, ular avval Shom tarafga qarab namoz o‘qishayotgan erdi. Olloh taolo: «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin (Safo va Marva) oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh ermas va kimiki o‘z rag‘bati ila yaxshilik qilsa, Olloh taolo albatta taqdirlovchi, biluvchidur!» —deydi». Hishom ibn Urvaning otalari bunday degan erkanlar: «Men yosh bola bo‘la turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oisha raziyallohu anhoga: «Olloh taoloning «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur (udumlaridandur), bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh-«ermas» degan oyati haqida nima deysiz? Men Safo va Marvani tavof qilmagan odam gunohkor bo‘lmaydi, deb hisoblayman»,— dedim. Oisha onamiz: «Aslo unday ermas, agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof qilmasa ham, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular (musulmon bo‘lmoqlaridan avval) Manot degan butga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ular Safo va Marvani tavof qilmoqqa botinishmas erdi. Islom joriy bo‘lib, musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Janob Rasulullohga shul haqda savol berishdi. Shunda Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oraligida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimani nozil qildi»,— dedilar» Osim ibn Sulaymon rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikdan Safo va Marva haqida so‘radim. Shunda, u: «Biz bu ikkisini tavof qilmoqni johiliyat davridan qolgan udum, deb hisoblab yurar erdik. Islom joriy bo‘lgach, ularni tavof qilmay qo‘ydik. Shunda, Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimasini nozil qildi»,— dedi». 10-bob. Olloh taoloning «Va ba’zi odamlar borki, ular Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilurlar» degan qavli xususida Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir so‘z aytdilar, men ham bir so‘z aytdim. Ul zot: «Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilgan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 111 odam o‘lsa, jahannamga tushgay»,— dedilar. Men: «Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilmagan odam o‘lsa, jannatga tushgay»,— dedim. Olloh taolo: «Ey mo‘min-lar, o‘ldirilgan ozod odam badaliga ozod odamni, qul badaliga qulni, xotin badaliga xotinni o‘ldirmoq sizlarga farz qilindi. Bas, kimki o‘ldirilgan odamning vorislari tarafidan afv qilinsa, ul buning uchun qoidaga muvofiq yaxshiliklar qilsin va bul sizlarga parvardigoringiz tarafidan ato etilgan yengillik va marhamatdurkim, kimki bundan buyon ham qotillik qilmoqda davom eqa, ul alamli azob-uqubatga duchor qilingaydur!»—d yeydi». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Banu Isroilda o‘ldirilgan odam uchun qasos olishar, xun haqi olishmas erdi. Olloh taoloning (yuqoridagi) oyati o‘shalar xususida nozil qilingandur». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam. «Olloh taoloning Kitobi — qasosdur!» — dedilar». Humayd raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhu haqlarida bunday deydilar: «Uning cho‘risi bir joriyaning tishini urib sindirib qo‘ydi. Odamlar uni afv qilmoqlarini iltimos qilishdi. Tishi sindirilgan joriyaning egalari bunga ham, xun haqi olmoqqa ham ko‘nishmadi. Keyin, hammalari birgalashib Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi, joriyaning egalari ul zotning qoshlarida ham «Faqat qasos» deb turib olishdi. Shunda, Janob Rasu-lulloh qasos olmoqni (ya’ni, tish uchun tish sindirmoqni) amr qildilar. Anas: «Yo Rasulalloh, uning tishi sindiriladimi? Sizni haqiqat ila yuborgan zot haqi, tishi sindirilmasin!» — dedi. Ul zot: «Yo Anas, Olloh taoloning Kitobi — qasosdur!» — dedilar, shundan so‘ng joriyaning egalari qasos olmaslikka ko‘nishib, cho‘rini afv qilishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning bandalaridan kimki Olloh taoloning nomini aytib qasam ichsa, qasamiga vafo qilmog‘i lozim!»—dedilar. 11-bob. Olloh taoloning «Ey mo‘minlar, ro‘za tutmoq o‘zingizdan avvalgilarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham farz qilindi, shoyad sizlar parhezgor bo‘lsangizlar!» degan qavli xususida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat ahli ashuro oyida ro‘za tutur erdi, ramazon oyida ro‘za tutmoq haqida oyat nozil bo‘lgach, Janob Rasululloh: «Ashuro oyi ro‘zasini xohlaganlar tuqin, xohlamaganlar tutmasin!» — dedilar». Oisha raziyallohu taolo anho rivoyat qiladilar: «Ramazondan ilgari ashuro oyida ro‘za tutilar erdi. Ramazonda ro‘za tutmoq haqida oyat nozil bo‘lgach, ashuro ro‘zasini istagan tutdi, istamagan tutmadi». Alqama raziyallohu anhu Abdulloh haqlarida bunday deydilar: «Abdulloh ovqatlanib o‘ltirgan erdi, huzuriga Ash’as kirib kelib: «Axir, bugun ashuro oyi-ku?!» —dedi. Abdulloh: Ashuro oyida ramazon haqida oyat nozil bo‘lmasidan burun ro‘za tutilar erdi, ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil bo‘lgach, bu oyda ro‘za tutmoqlik tark etilgan, beri kel, ovqatlan!» — dedi». Oisha raziyallohu taolo anho rivoyat qiladilar: «Biz Quraysh ahli johiliyat davrida ashuro oyida ro‘za tutar erdik, Janob Rasululloh ham tutar erdilar. Madinaga kelganlarida ashuro ro‘zasini tutdilar, boshqalarga ham tutmoqni amr qildilar. Olloh taolo ramazon Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 112 ro‘zasi haqida oyat nozil qilib, uni farz qilgach, ashuro oyida ro‘za tutilmaydirgan bo‘ldi. Ashuro ro‘zasini xohlaganlar tutib, xohlamaganlar tutmas erdi». 12-bob. Olloh taoloning «Bir necha sanoqli kunlar sizlardan kimki bemor bo‘lsa yoki safarda bo‘lsa, boshqa kunlar hisobiga (ro‘zani) to‘ldirgaysiz, (ro‘za tutmoqka) qodir kishilar ersa, bir miskinni tuydirarlik taom fidya qilgaylar, kimiki o‘z rag‘bati ila yaxshilik qilsa, bu uning o‘zi uchun yaxshidur va agar bilsangizlar, ro‘za tutmoqlaringiz o‘zlaringiz uchun yaxshidur» degan qavli xususida Ato raziyallouu anhu. «Olloh. taolo aytganiga binoan, kishi kasal bo‘lib, sillasi quriganda ro‘zasini buzgay»,— dedilar. Hasan va Ibrohm bola emizuvchi hamda homilador ayol xiqida so‘zlab: «Agar ular ikkisi o‘zlaridan yoki bolalaridan xavotirlansalar, ro‘zalarini buzib, keyin qazosini tutaveradilar, ammo keksa odam ro‘za tutmoqqa qudrati yetmasa.. Masalan: Anas keksayib qolgach, bir-ikki yil davomida har kuni bir miskinga non, go‘sht berib, Olloh aaoloning «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar .» degan qavlini qiroat qilib, ruza tutmay yuraverdilar, bundaylar ersa ko‘p erdi» Ato raziyallohu anhu Ibn Abbosniig «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar ersa, bir miskinni tuydirarlik taom fidya kilgaylar» degan iyatni qiroat qilganini eshitdilar. Ibn Abbos: «Vu oyat bekor qilingan ermas. agar keksa kishi yeki keksa ayol ro‘za tutmoqqa kodir bo‘lmasalar, har bir ro‘za tutilmagan kun badaliga bir miskinni chuydirmogi lozim bo‘ladi, Olloh taolo «Sizlardan qaysi biringiz (ramazon) oyining shohidi bo‘lsangiz, uning ro‘zasini tutingiz!» deb aytgan»,— dedilar. Nofi’ bunday deydilar. «Ibn Umar raziyallohu anhu «...bir miskinni to‘ydirarlik taom fidya qilgaylar...» deb qiroat qildilar-da, «Bu oyat mansux qilingan»,— dedilar». Salama ibi al-Akva’ rivoyat qiladilar: «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar ersa, bir miskinni to‘ydirarlik taom fidya qilgaylar» degan oyat nozil bo‘lganda fidya berib ro‘za tutmay yuradiganlar chiqib qoldi, shunda mazkur oyatdan keyingi oyat nozil bo‘lib, avvalgisini mansux qildi». Abu Abdulloh: «Bukayr Yaziddan ilgari vafot qildi»,— deydilar. Olloh taoloning qavli: «Ro‘za kechalarida xotinlaringizga yaqinlik qilmoqlaringiz sizlarga halol qilindi, ular sizlarga libosdurlar va sizlar ham ularga libosdursizlar (ya’ni, erkagu ayol tunda suhbat qurganda libos yanglig bir- birlarining bo‘yinlaridan quchoqlaydilar), Olloh taologa ma’lumdurki, sizlar o‘zlaringiz o‘zlaringizga xiyonat qilur erdingizlar, bas u tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi, endi sizlar ularga yaqinlik qilaveringizlar va Olloh taolo o‘zlaringizga yozgan narsani (farzandlarni) so‘rangizlar!». Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil qilgach, odamlar ramazon davomida eyollari birlan jimo’ qilmasliklari lozim erdi, shundai bo‘lsada ba’zilar o‘zlariga xiyonat qilishar erdi. Keyin, Olloh taolo «Olloh taologa Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 113 ma’lumdurki, sizlar o‘zlaringiz o‘zlaringizga xiyonat qilur erdingizlar, bas u tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi» degan qavlini nozil qildi». 13-bob Olloh taoloning «... va tongning oq ip qora ipdan aniq farqlanadirgan paytigacha yeb-ichingizlar, so‘ng kechgacha ro‘za tutingizlar va ularga (ayollarga) masjidlarda e’tikofda o‘ltirganingizda yaqinlik qilmangizlar, bular Olloh taoloning ta’qiqlovchi chegaralari bo‘lib, zinhor ularga yaqin bora ko‘rmangizlar, Olloh taolo shu tariqa odamlarga o‘z ko‘rsatmalarini bayon qilur, shoyad ular taqvo qilsalar deb» degan qavli haqida Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Adiy ba’zi kechalar bir chatim oq va bir chatim qora ipni olib, ularga nazar tashlab qo‘yar, lekin sira ham ajrata olmas erdi. Bir kuni tong otgach, Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, yostig‘im ostiga oq va qora ip qo‘yib qarayman, lekin sira ham ularni ajrata olmayman!» —dedi. Ul zot «Agar yostig‘ing keng (katta) bo‘lsa-yu, ostiga oq va qora ip qo‘yib qarasang, farqlay olmagaysan (oq va qora ipdan maqsad, tong va kechqurundur)»,— dedilar» Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, «oq ipu qora ip» nima degani, bu yerda haqiqatan ham oq va qora ip haqida gapirilayaptimi?» — dedim. Ul zot «Agar ip deb o‘ylagan bo‘lsang, kallavaram erkansan!»—dedilar, so‘ng «Aslo unday ermas, ular tun qorong‘uligi-yu, kun yorug‘ligidur»—deb aytdilar» Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Olloh taoloning «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichingizlar» degan qavli nozil bo‘ldi, lekin «tongdan boshlab (tongning oq ip qora ipdan farqlanadirgan paytigacha)» degan qavli hanuz nozil bo‘lmagan erdi. Shunda, odamlar ro‘za tutmoqchi bo‘lsalar, oyoqlariga oq va qora ip bog‘lab olib, to ularni bir-biridan ajratadirgan bo‘lgunlaricha yeb-ichaverdilar. Keyin, Olloh taolo «tongdan boshlab (tongning oq ip qora ipdan farqlanadirgan paytigacha)» degan qavlini nozil qildi. Bundan odamlar bildilarki oq ip va qora ipdan maqsad, subxdan kechqurungacha erkan. Olloh tolo Uylarga orqa tomondan (yoki tomdan oshib) kirmoqlaringiz yaxshi amal ermas, balki kishining Olloh taolodan taqvo qilgani yaxshi amaldur, uylaringizga eshik orqali kiringizlar, Olloh taolodan taqvo qilingizlar, shoyad najot toisangizlar!» — deydi (kadimgi arablar ehromga kirgandan so‘ng, yana uylariga kirmoqchi bo‘lsalar, eshik qolib, tomdan oshib tushar yoki uyning orqa tomonidan kirar erdilar va buni yaxshi amal, deb e’tiqod qilar erdilar)» Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladiyaar: «Arablar johiliyat davrida ehrom bog‘lasalar, uylariga tomdan oshib tushar erdilar Keyin, Olloh taolo «Uylarga orqa tomondan (yoki tomdan oshib) kirmoqlaringiz yaxshi amal ermas, balki kishining Olloh taolodan taqvo qilgani yaxshi amaldur, uilaringizga eshik orqali kiringizlar», shuningdek «Va fasod qolmaguncha hamda Olloh taoloning dini qoim bo‘lmaguncha ularga karshi urushingizlar, agar ular dushmanlik qilmoqdan qayqalar, zolimlarga nisbatangina adovat bordur!» degan qavlini nozil qildi» Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar- «Ikki kishi Ibn az-Zubayr fitnasi vaqtida Ibn Umarning huzuriga kelib «Odamlar kanday ishlar qilishdi siz bo‘lsangiz, payg‘ambarimizning do‘stlari bo‘la turib indamay o‘ltiribsiz, ularga qarshi kurashishingizga sizga nima mone’lik qiladi?» — deyishdi. Ibn Umar «Olloh taoloning o‘z birodarlarim qonini to‘kmoqni man qilgani mone’lik qiladi!» — dedi. Ular «Olloh taolo Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 114 «Va fasod qolmaguncha ularga qarshi urushingizlar!» deb aytmaganmi, axir?'» — deyishdi. Ibn Umar «Biz fitna qolmaguncha va Olloh taolo dini qoim bulguncha urushdik, nima, endi sizlar yana fitna sodir bo‘lib, Olloh taoloning dini barbod bulguncha urush qilmoqchimisizlar?!» — dedi». Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Ibn Umarning qoshiga kelib «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo yulida jihod qilmay bir yil haj va bir yil umra qilganingizning boisi nima? Bu haqda Olloh taolo nimani iroda qilganini bilaman!» — dedi. Ibn Umar «Ey jiyanim, islom besh narsa asosida qurilgan. Olloh taolo birlan uning rasuliga iymon keltirmoq, besh vaqt namoz o‘qimok, ramazon ro‘zasini tutmoq, zakot bermoq va Baytullohga haj qilmoq», — dedi. Boyagi kishi: «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo o‘z Kitobida «Agar ikki guruh mo‘minlar o‘zaro urushsalar, oralarini kelishtirib qo‘yingizlar, basharti o‘shal guruhlardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, tajovuz qilgan guruhga qarshi Olloh taoloning amriga itoat qilgunlarigacha va fitna qolmaguncha urush qilingizlar!» deb aytganini eshitmaganmisiz?» — dedi. Ibn Umar: «Biz Janob Rasulullohning zamonlarida shunday qilgan erdik, o‘sha vaqtlarda islom hali zaif bo‘lib, odam o‘z dini xususida fitna qilsa, yo uni o‘ldirishar yohud unga azob berishar erdi. Endi bo‘lsa, islom kuch-quvvatga to‘lgan bo‘lib, fitna sodir bo‘lmaydi»,— dedi. Boyagi odam: «Ali va Usmon haqida nima deysiz?» — dedi. Ibn Umar: «Usmon xususiga kelsak, Olloh taolo ul kishini afv qildi, ammo sizlar uni afv qilmoqdan bosh tortdingizlar. Ali to‘g‘risida gapiradirgan bo‘lsam, u Janob Rasulullohning amakilarining o‘g‘li bo‘lib, unga o‘z qizlarini berganlar»,— dedi-da, qo‘li birlan bir tomonga ishora qilib: «Mana bu ko‘rib turganingiz o‘shaning uyi bo‘ladi!» — deb aytdi». 14-bob. Olloh taoloning qavli: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar, yaxshilik qilingizlar, zero Olloh taolo yaxshilik qilguvchilarni sevgay» Huzayfa: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar ..» degan oyati karima nafaqa to‘g‘risida nozil bo‘lgan»,— deydilar. 15-bob. Olloh taoloning «Bas, sizlardan birortangiz kasal bo‘lsa yoki uning boshida ozor yetkazuvchi narsa bo‘lsa...» degan qavli haqida Abdulloh ibn Ma’qil raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Kufa masjidida Ka’b ibn Ujraning huzurida o‘ltirib, ro‘za fidyasi to‘g‘risida so‘radim. Ka’b bunday dedilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomching huzurlariga bir xizmat birlan borgan erdim. Shunda boshimdagi bitlar yuzimga to‘kilib turgan erdi. Buni ko‘rib Janob Rasululloh: «Bitlar senga bunchalik azob berayotganini bilmagan erkanman, bir qo‘y topa olasanmi?»— dedilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Unday bo‘lsa, sochingni oldir-da, keyin uch kun ro‘za tutgil yoki olti miskinni to‘yg‘azgil, har bir miskinga yarim so’ taom bergil!»—dedilar. Quyidagi «Kimki umra birlan haj ham qilib savob topmoqchi bo‘lsa, o‘zi muyassar bo‘lgan qurbonlikni so‘ysin» degan oyat mening haqimda nozil bo‘lgan bo‘lsa ham, barchangizga taalluqlidur». Imron ibn Xusayn rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning Kitobidagi «Mut’a oyati» nozil qilindi. Biz Janob Rasululloh birlan shunga amal qilib yurdik. Keyin, mut’ani man’ qilguvchi oyat nozil bo‘lmadi, Rasululloh ham to vafotlarigacha buni man’ etmadilar. Bir kishi, o‘zbo-shimchalik qilib, og‘ziga kelganini aytgan erdi (ya’ni, mut’a qilmoqni man’ Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 115 etgan erdi). Muhammad (ibn Bashor): «Bu Hazrat Umar erdilar»,— deydilar. Olloh taolo: «Parvardigorl»ringizdan rizq so‘ramog‘ingiz sizlar uchun gunoh emasdur!»—deydi». (Mut’ani niyat qilgan odam Makkaga borganda umra qilib, sochini qisqartirib, keyin ehromdan chiqadi va Makka ahliga o‘xshab barcha narsalardan foydalanib yuraveradi, faqat ayoli birlan birga bo‘lmaydi. Arafotdan bir kun avval yana g‘usl qilib, hajni niyat qilib ehrom kiyadi va hajni oxiriga yetkazadi. So‘ng, umra birlan haj orasida ehromdan chiqib boshqa narsalardan foyda-langani uchun bir qo‘y so‘yib qurbonlik qiladi). Ibn Abbos bunday deydilar: «Johiliyat davrida arablarning Ukoz, Majanna va Zulmajoz nomli bozorlari bo‘lardi. Musulmonlar haj mavsumida shu bozorlarda tijorat qilmoqni gunoh, deb hisoblashdi. Shundan so‘ng, «(Haj mavsumida ham) Olloh taolodan rizq so‘ramog‘ingiz sizlar uchun gunoh emasdur!»degan oyat nozil bo‘ldi». 16-bob, Olloh taoloning «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan tushingizlar!» degan qavli haqida Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Quraysh va uning diniga e’tiqod qiluvchilar Muzdalifada vuquf qilardilar, ularni hums deb atashardi. Boshqa arablar Arafotda vuquf qilardilar. Islom kelgandan so‘ng, Olloh taolo payg‘ambarga Arafotga kelib, shu yerda vuquf qilishni, keyin Muzdalifaga tushishni amr qildi. Ollohning «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan tushingizlar!» degan oyatining mazmuni shunga dalolat qiladi». Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Mut’ani niyat qilib ehrom bog‘lagan) kishi (umradan so‘ng) ehromdan chiqqan paytida ham, to hajga yangitdan ehrom bog‘laguncha Baytullohni tavof qilaveradi. Arafotda vuqufga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda Olloh taolo qurbonlik uchun tuya, mol yoki qo‘ydan qaysi birini nasib etgan bo‘lsa, shuning tadorikini qiladi. Agar qurbonlikka jonlik topolmasa, arafadan avval uch kun ro‘za tutadi, ro‘zasining uchinchi kuni arafaga to‘g‘ri kelib qolsa ham gunohi yuqdur. Keyin, Arafotga borib, asr namozidan to qorong‘u gushguncha vuquf qiladi. So‘ngra kechasi tunash joyiga, ya’ni Muzdalifaga qaytadi. Unda subhgacha Ollohga zikr tasbeh va tahlil aytib chiqadi So‘ngra, odamlar birlan birga Minoga tushadi. Olloh taolo «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan tushingizlar, Ollohga istig‘for aitingizlar, albagta Olloh gunohlarni kechuvchi va mehribondur"» - degan. Nihoyat, Minoda shaytonga tosh otadi. 17-bob Olloh taoloning «Ular orasida «Parvardigor, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgil, oxiratda ham axshilik ato qilgil va bizni do‘zax azobidan saqlagil!» deb aytuvchilar ham mavjud» degan qavli haqida Anas ibn Molik bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Ey Olloh, parvardigorimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgil oxiratda ham yaxshilik ato qilgil va bizni do‘zax azobidan saqlagil!» - deb iltijo qilar erdilar» 18-bob. Olloh taoloning «...holbuki, u adovati kuchli odamdur» degan qavli haqida Ato «An-Nasl»so‘zi «Al-Hayvon» ma’nosida» —deidilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling