Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 68-bob. Tabuk, ya’ni Al-Usra g‘azoti haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 89 uning rasuli biluvchiroq!» — dedik. Shunda Rasululloh sukut qildilar, biz hozirgi oyning nomini biror boshqa nom birlan ataydilarmikin, deb o‘yladik. «Zulhijja ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha»,— dedik. «Bu qaysi shahar?» — deb so‘radilar. Biz: «Olloh va uning rasuli biluvchiroqdur!»—dedik. «Bu muqaddas shahar ermasmi?»—dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» — dedik. «Bugun qanday kun?» — dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli biluvchiroqdur!» — dedik. Ul zot biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb xayol qildik. «Nahr kuni ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» — dedik. Shundan so‘ng, ul zot: «Mana shul muqaddas oydagi kuningiz va mana shul muqaddas shahringiz haqqi-hurmati, bir-biringizning qoningizni to‘kmoq, mol- mulkingizni talamoq, or-nomusingizni poymol etmoq sizlar uchun haromdur! Bir kuni Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgaysizlar, o‘shanda qilgan amallaringiz haqida so‘ragaydur, mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar, bu yerda hozir bo‘lganlar, bo‘lmaganlarga gaplarimni yetkazinglar, chunkim o‘zi eshitgan kishidan ko‘ra, birovdan eshitgan kishi yodida saqlovchanroq bo‘lgay!»— dedilar». Toriq ibn Shihob rivoyatp qiladilar: «Yahudiylardan biri Hazrat Umarga: «Agar o‘sha oyat bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘sha kunni bayram qilib olar erdik!»—dedi. Hazrat Umar: «Qaysi oyat?»—dedilar. «Bugun men sizlarga diningizni mukammal qilib berdim, ne’matlarimni bisyor qildim va islomning sizlar uchun din bo‘lmog‘ini iroda qildim» degan oyatdir»,— dedi. yahudiy. Hazrat Umar: «Bu oyatning qaysi joyda nozil bo‘lganini aniq bilmayman, lekin u nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Arafotda turgan erdilar»,— dedilar». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqdik, ba’zimiz umraga va ba’zimiz hajga va yana ba’zimiz birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytgan erdik. Janob Rasululloh hajga talbiya aytgan erdilar. Lekin, hajga yoki birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytganlar Nahr kuniga qadar ehromlarini yechmadilar». Omir ibn Sa’d otalari haqida naql qiladilar: «Janob Rasululloh Hajjat ul-Vido’ paytida meni ko‘rgani kirdilar, men xastalanib, o‘lim to‘shagida yotgan erdim. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, og‘ir yotib qoldim, men ersam badavlat kishiman, birgina qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘q, molimning uchdan ikkisini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Unday ersa uchdan birini sadaqa qilaveray»,— dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan bir... uchdan bir ham ko‘plik qiladi, merosxo‘ringni tilamchi qilib qoldirganingdan ko‘ra boyroq qilib qoldirganing ma’qulroqdur. Olloh taoloning rizoligi uchun qilgan har bir sadaqang uchun ajru savob olgaysan, hattoki xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun ham!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, o‘rtoqlarimdan keyin qolarmikanman?» — dedim. Janob Rasululloh: «Urtoqlaringdan keyin qolib Olloh taoloning roziligi uchun amali solihlar qilolmasang kerak, ehtimol qolarsan va sening xayrli amallaringdan musulmonlar naf ko‘rib, kofirlar zarar topar?! Yo Olloh, sahobalarimning hijratlarini bexatar qilib, ortlariga qaytarmagaysan!»— dedilar. Ammo, afsuski, Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib qolib, Janob Rasululloh unga ko‘p achindilar». Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar»,— deb aytgan erkanlar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 90 Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar, sahobalaridan ayrimlari ersa sochlarini qisqartirishdi. Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishicha, u eshakka minib kelayotganida Janob Rlsululloh odamlar birlan birga Minoda namoz o‘qib turgan erkanlar, eshak namozxonlar safini oralab o‘tib ketibdi. So‘ng, Abdulloh eshakdan tushib namozxonlar safiga borib turibdi». 68-bob. Tabuk, ya’ni Al-Usra g‘azoti haqida Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urtoqlarim meni Janob Rasulullohdan ulov so‘ramoqqa yuborishdi, ul zo t Al-Usra qo‘shini, ya’ni Tabuk g‘azoti haqida tashvishlanib o‘ltirgan erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh! Urtoqlarim meni ulov so‘rab kelgil, deb xuzuringizga yuborishdi»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, birorta ham ulov bera olmayman!» — dedilar g‘azablanib, lekin nega g‘azablanganlarini bilolmadim. So‘ng, Janob Rasulullohning rad etganlaridan xafa bo‘lib hamda «Ul zot mendan biror narsa xususida xafa bo‘lganmikanlar?» deb xavotir olib ortimga qaytdim-da, bo‘lgan voqeani ularga so‘zlab berdim. Hech qancha vaqt o‘tgan yo‘q erdi, Bilolning: «Ey Abdulloh ibn Qays!»—deb chaqirganini eshitib qoldim. Men unga: «Ha»,— dedim. U: «Janob Rasululloh seni chorlayotirlar»,—dedi. Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, menga: «Manavi tuyalarni o‘rtoqlaringga olib bor-da, «Bularni Olloh taolo (yoki Rasululloh) minib ketishingiz uchun sizlarga berdi» deb aytgil, so‘ng minib ketaveringizlar!»— dedilar. Tuyalarning soni oltita bo‘lib, ularni hozirgina Sa’ddan sotib olgan erdilar. Men tuyalarni o‘rtoqlarimning oldiga olib bordim-da, ularga: «Bularni Janob Rasululloh minib ketishingiz uchun sizlarga berdilar, lekin men, xudo haqi, birortangizni Janob Rasulullohning haqiqatan ham menga shunday deganlarini eshitgan odamning oldiga olib bormoqchiman, tag‘in ul zot aytmagan gapni bizlarga aytdi, deb o‘ylamangizlar!»—dedim. Ular: «Biz seni haqgo‘y, deb bi-lurmiz, ammo, mayli, sen aytganingcha bo‘la qolsin!»— deyishdi». Abu Muso bir necha o‘rtoqlarini Janob Rasulullohning avval «Ulov yo‘q» deb, so‘ng ulov berganlarining shohidi bo‘lgan kishilar qoshiga olib bordi, ular Abu Muso o‘z o‘rtoqlariga aytgan gaplarni aynan takrorlashdi. Mus’ab ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotiga ketayotib Hazrat Alini o‘rinbosar qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda Hazrat Ali: «Meni bolalaru xotinlarga bosh qilib qoldirmoqchimisiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Muso alayhissalom (o‘z birodarlari) Horunni (Fir’avn huzuriga ishonchli) vakil qilib yuborganlari kabi, sen ham bu yerda mening ishonchli kishim bo‘lib qolmog‘ingga rozi ermasmisan? Bu yerda ishonchli vakilim bo‘libgina qolmog‘ing mumkin, chunki mendan keyin payg‘ambar bo‘lmagay!»—dedilar». Safvon ibn Ya’lo otalaridan nakl qiladilarki, u kishi: «Men Janob Rasululloh birlan birga Al-Usra g‘azotida ishtirok qildim»,— debdilar. Ato aytadilarki, Ya’lo: «Ushal g‘azot mening eng umidbaxsh amallarimdandur!» — der erkanlar. Ato Safvonga aytgan erkanlarki, Ya’lo: «Mening bir yollanma xizmatkorim bo‘lar erdi, u bir kishi birlan urishib qolib, biri ikkinchisining qo‘lini tishlab olgan erdi»,— der erkanlar. Ato: «Menga Safvon kim kimning qo‘lini tishlab olganini aytgan erdi, men esimdan chiqaribman»,— deydilar. Safvon bunday deydilar: «Qo‘li tishlangan kishi tishlab olgan kishining og‘zidan,qo‘lini tortib olganda uning kurak tishi tushib ketdi, shunda ikkalasi Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi, tishi tushib ketgan kishining og‘zidan qon oqib turardi. Janob Rasululloh unga: «Ayg‘ir kabi chaynagin, deb qo‘lini og‘zingga tiqibdimi?!» — dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 91 69-bob. Ka’b ibn Molik hadisi va Olloh taoloning «(G’azotdan) qolib ketgan uch kishi (Ka’b ibn Molik, Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya)ga ham...» degan qavli haqida Ka’b ibn Molik bunday deydilar: «Men Tabuk va Badr gazotidan tashqari, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birortasiga bormay qolmaganman. Ushanda Badr gazotiga bormagani uchun biror kishiga dashnom bermagan erdilar, chunki Janob Rasululloh Quraysh karvonini qo‘lga tushirmoq bo‘lib chiqqan erdilar, Olloh taolo ersa ularni kutilmaganda dushmanga ro‘baro‘ qilib qo‘ygan erdi. Men, Laylat ul-Aqaba kechasi islomga sadoqat bildirib ahdu paymon qilganimizda, Janob Rasululloh birlan birga bo‘lganman va men bu fazlni Badrda ishtirok etishdan ko‘ra afzalroq deb bilurman, garchi Badrni odamlar ko‘proq tilga olsalar-da! Tabuk g‘azoti xususiga kelsak, oziq-ovqatim, ulovim hamda quvvatim ham yetarli bo‘lib, undan qolmog‘imga hech bir uzrli sababim yo‘q erdi. Ilgarilari hech qachon mening qo‘limda bir vaqtning o‘zida ikkita tuya bo‘lgan ermas, g‘azot vaqtida ersa doimo ikkita tuyam jihozi birlan tayyor turar erdi. Janob Rasululloh, odatda, bundan ilgarigi g‘azotlarda ko‘p narsalarni sir tutar erdilar, bu gal ersa havoning issiqligi, yo‘lning uzoqligi va dushmanning behisob erkanligini musulmonlarga ochiq aytib, yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmoqni amr qilgan erdilar. Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqqanlarning soni ham ko‘p erdi, ularning sonini hatto hisobchilar ham bilmas erdi (taxminan, yetmish ming). Odamning ko‘pligidan, agar ulardan birortasi g‘azotdan o‘zini olib qochishni xohlasa, «Olloh taolo vahiy birlan rasuliga xabar qilsagina mening qochganimni bilishlari mumkin» deb o‘ylar erdi. Janob Rasulullohning mazkur g‘azotga chiqqan paytlari mevalar g‘arq pishgan va daraxtlar soyasi rohatijon bo‘lgan bir payt erdi. Janob Rasululloh musulmonlarga safar taraddudini ko‘rmoqlikni amr qildilar, men ham ertalab ular birlan birga tayyorgarlik ko‘rib, kechki payt uyga qaytdim, ammo hech narsaga qo‘lim bormadi. Uzimga-o‘zim: «Tayyorgarlik ko‘r, sen safar qilmoqqa hammadan qodirroqsan!»—deb yurgan chog‘imda musulmonlarning safar tadoriki tugab, Janob Rasululloh tezda yo‘lga chiqdilar. Mening tayyorgarligim ersa hamon bitmas erdi. «Mayli, bir-ikki kun kechiksam ham ularga yetib olgayman» — deb o‘zimga dalda berar erdim. Yana bir-necha kun shu ahvolda yurdim, so‘ng «Endi jo‘nayin, lashkarni topayin!» deb azm qildim-u, ammo o‘zimni majbur qilolmadim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jo‘nab ketganlaridan keyin ko‘chalarga chiqib, odamlar aro kezdim, ammo ming nadomatlar bo‘lsinkim, o‘zimni xafa qiladirgan holatdan bo‘lak holatga, ya’ni gunohkorligidan bo‘yni xam yoki Olloh taolo ma’zur tutgan zaif kishilardan bo‘lak odamga ko‘zim tushmas erdi. Janob Rasululloh yo‘lda meni eslamabdilar, faqat Tabukka yetib olganlaridan so‘ng, ko‘pchilik oldida: «Ka’b nechun bunday qildi erkan?» — deb so‘rabdilar. Shunda Banu Salama qabilasidan bir kishi: «Yo Rasulalloh, u g‘azotga bormoqchi bo‘lganida choponining ikki yoni ikki biqiniga mahliyo bo‘lib, mahkam ushlab qolgan!»—debdi. Maoz ibn Jabal unga javoban: «Qanday yomon gap aytding! Olloh taolo haqi, biz Ka’bni faqat yaxshi odam deb bilurmiz!» — debdilar. Janob Rasululloh buni eshitib sukut qilibdilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 92 Bir kuni men Janob Rasulullohning qaytib kelayotganlarini eshitib, «Ertaga ul zotning g‘azablaridan qanday qutilsam erkan?» degan o‘y birlan yolg‘on-yashiq gaplarni to‘qiy boshladim, uyimdagilardan ham mening gaplarimni tasdiqlamoqlarini so‘radim. «Janob Rasululloh qaytib kelib, soyai muboraklarini solibdilar» degan xabarni eshitishim birlanoq, to‘qib qo‘ygan bor yolg‘on-yashiq gaplarim miyamdan chiqib ketdi va men ul zotning g‘azablaridan yolg‘on-yashiq gaplar birlan qutula olmasli-gimni tushunib yotdim- da, haqiqatni aytmoqqa qaror qildim. Odatda, ul zot safardan qayqalar, avval masjidga kirib, safardan omon-eson qaytganlari shukronasiga ikki rak’at namoz o‘qir erdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib o‘ltirardilar. Bu gal ham shunday qilganlarida g‘azotdan qolganlar huzurlariga kelishib, ul zotdan uzr so‘rab ont icha boshlashdi, bundaylar sakson nechta erdi. Janob Rasululloh ularning ko‘pchilik oldida aytgan uzrlarini qabul qildilar, so‘ng ularni bay’at qildirib, gunohlarini Olloh taolodan so‘radilar, qalblaridagi sir-asrorlarini ersa yaratganning o‘ziga havola qildilar. Keyin, men ham qoshlariga borib salom bergan erdim, g‘azab aralash tabassum qildilar-da, «Beri kel!»—dedilar. Men ro‘paralariga borib o‘ltirdim. Ul zot: «Nechun g‘azotga bormading, buning uchun tuya ham sotib olgan erding-ku!» — dedilar. Men: «Ha, shunday! Olloh taolo haqi, agar men sizdan bo‘lak odamning qoshida bo‘lganimda, uzr aytibgina qutilib ketgayman, deb o‘ylagan bo‘lur erdim, ammo men bunday qilmoqchi ermasman. Lekin, xudo haqi, agar hozir sizga yolg‘on vaj ko‘rsaqam-u, siz ishonib meni kechirsangiz, Olloh taolo meni deb sizdan darg‘azab bo‘lgay va agar haqiqatni ayqam, mening haqimda yomon fikrda bo‘lgaysiz, ammo men Olloh taoloning mag‘firatidan umidvorman. Xudo haqi, mening hech bir uzrli vajim yo‘q erdi, siz birlan bormay, bu yerda qolgan chog‘imda mendan kuchli va boyroq odam yo‘q erdi!» —dedim. Ul zot: «Haq gapni aytding, endi Olloh taolo sening xususingda hukm chiqarguncha bu yerdan nari ket!»— dedilar. Men o‘rnimdan turdim. Shunda Banu Salama qabilasi kishilari ketimdan ergashib kelayotib: «Xudo haqi, biz sening ilgari bunday gunox qilmaganingni bilurmiz, sen ham boshqalar singari uzr aytib qo‘ya qolganingda, ul zot qabul qilib, Olloh taologa sening uchun istig‘for aytar erdilar» — deya menga shu qadar tanbih berishdiki, hatto ul zotning qoshlariga qaytib borib, avvalgi yolg‘on-yashik vajimni aytmoqchi bo‘ldim. Men ulardan: «Mendan bo‘lak biror kishi ham o‘z gunohini bo‘yniga oldimi?» — deb so‘radim. Ular: «Ha, ikki kishi sen kabi gunohini tan olib erdi, ularga ham senga aytgan gaplarini aytdilar»,— deyishdi. «Kim o‘sha ikki kishi?» — deb so‘radim. Ular: «Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya»,— deyishdi. Bular solih kishilar bo‘lib, Badr qatnashchisi va boshqalarga namuna bo‘larli fazilatga ega kishilar erdi. Menga bu ikkisining nomini zikr qilishgach, boyagi muddaomdan qaytdim. Janob Rasululloh Tabuk g‘azotidan qolgan biz uchchalamiz birlan musulmonlarning gaplashmoqlarini man’ qildilar. [Olloh taolo bular to‘g‘risida quyidagi oyatni nozil qilgan: «(Jihoddan) qolgan munofiqlar Ollohning rasuliga osiylik qilib (uylarida) qolganlaridan xushnud bo‘ldilar va ular Olloh yo‘lida molu jonlarini tikib jihod qilmoqni istamadilar va (o‘zaro): «Bunday issiqda urushga bormangizlar!» — dedilar. Siz aytingizki, «Agar ularning fahmlari yeqa, jahannam otashi (bundan) behad issiqroq-dur!]». Odamlar bizdan yuz o‘girishib, gaplashmay qo‘yishdi, hatto men dunyoga kelganimdan pushaymon bo‘lib ketdim. Bu axvol ellik kun davom etdi. Mening ikki sherigim (Murora va Hi-lol) uylaridan tashqariga chiqolmay qolishdi, tinmay yig‘lashardi. Men bo‘lsam, qavmni sog‘inib, ular birlan gaplashmoqqa intilar, masjidga chiqib birgalikda namoz o‘qir va bozorlarni aylanib yurar erdim, ammo hech kim men birlan gaplashmas erdi. Har safar namozga borganimda Janob Rasulullohg‘a salom berardim-da, ichimda «Salomimga alik olib lablarini qimirlatarmikanlar» deb umidvor bo‘lar erdim, so‘ng yonlariga yaqinroq borib namoz Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 93 o‘qiyotib, muborak yuzlariga o‘g‘rincha tikilar erdim. Bir kuni namozga kelsam, oldimdan chiqib qoldilar, u kishiga qaragan erdim, mendan yuzlarini o‘girib oldilar, bu mening jon- jonimdan o‘tib ketib, amakimning o‘g‘li bo‘lmish Abu Qatodaning uyiga tomon ravona bo‘ldim, u mening uchun boshqalardan ko‘ra mahbubroq erdi. Uyiga kirgach, unga salom berdim, lekin u, xudo haqi, alik olmadi. Shunda men unga: «Ey Abu Qatoda, Olloh taologa yolborib so‘rayman, mening Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rishimni bilasanmi, o‘zi?!» — dedim. Men boyagi gapimni yana takrorladim, yana indamadi, yana takrorladim, yana indamadi. So‘ng, shunday deb qayta murojaat qilgan erdim, u: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilgay!» — deb qo‘ydi. Shunda ko‘zimdan yosh tirqirab ketdi, uyidan otilib chiqib ketdim. So‘ng, Madina bozorida ketayotgan erdim, bu yerga taom sotgani kelgan Shom ahlidan bo‘lmish bir kishini ko‘rib qoldim, u odamlarga: «Kim menga Ka’b ibn Molikni topib bera oladi?» — der erdi. Odamlar men tomonga ishora qila boshlashdi, u oldimga kelib G’asson podshohi yo‘llagan bir maktubni menga topshirdi, unda «Ammo ba’d, menga ma’lum bo‘ldiki, sohibing senga jafo qilayotgan ermish, Olloh taolo seni inson kamsitiladirgan va uning haq-huquqi toptaladirgan dargoh uchun yaratgan ermas, kelgil, haqiqat biz tarafdadur, biz senga hamdardmiz! G’assoniylar podshohi bo‘lmish kamina sen Ka’bni, barchani sendan yuz o‘girtirgan payg‘ambarga «bir dars» bo‘lmog‘i uchun, islomdan qaytadi, degan fikrdaman» deb yozilgan erdi. Maktubni o‘qigach: «Bu ham balolardan biridur!» — dedim-da, u birlan tandirni tayammum qildim, ya’ni tandirga tutantiriq qildim. Ellik kundan qirq kuni o‘tgach, ul zot bir odam orqali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolingdan o‘zingni chetga olmog‘ingni amr qiladilar»,— dedilar. Men: «Uni taloq qilayinmi, nima qilayin?»— dedim. Ul zot: «Yo‘q, aksincha, undan o‘zingni olib qochib yurgil, unga qo‘shilmay turgil!» — dedilar, ikki sherigimga ham shunday deb odam yubordilar. Men xotinimga: «Ota-onangning uyiga borgil, Olloh taolo bu ish yuzasidan o‘z hukmini chiqarguncha ular birlan birga tura turgil!» — dedim. Hilol ibn Umayyaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasu-lalloh, Hilol ibn Umayya yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan bir keksa odamdur, uning (mendan bo‘lak) qarab turadirgan kishisi yo‘qdur, unga xizmat qilmog‘imni man’ qilurmisiz?»—dedi Ul zot «Io‘q, lekin u birlan yotmagil!» — dedilar. Ayol «Xudo haqi uning biror narsa qilmoqqa majoli kelmaydi, xudo haqi, usha kundan shu vaqtgacha tinmay yig‘lamoqda!»— dedi. Oila a’zolarimdan biri menga «Hilol ibn Umaiyaning xotini Janob Rasulullohdan eriga xizmat qilmoqqa ijozat olgani kabi siz ham o‘z xotiningizga ijozat so‘rasangiz-chi!» — dedi. Men «Xudo haqi, men Janob Rasulullohdan xotinim menga xizmat qilmog‘i uchun ruxsat so‘ramagayman, agar ijozat so‘rasam, ul zotning qanday javob qilmoqlari menga qorong‘udir!» — dedim. Men o‘shanda kuchga tulgan yigit erdim Nihoyat, Janob Rasulullohning odamlarning biz birlan gaplashmog‘ini man’ qilganlariga ellik kun bo‘ldi. Bomdod namozini o‘qib bo‘lganimda elliginchi kunning tonggi ham otdi, men ersam uylarimizdan birining orqasida, Olloh taolo zikr qilganidek, jonim ham, jahon ham ko‘zimga ko‘rinmagan bir holda o‘ltirar erdim, nogahon Sal tog‘ining cho‘qqisidan «Ey Ka’b ibn Molik, xursand bo‘lgil!» degan baland ovozni eshitdim. Darhol, mukka tushib sajda qildim Bildimki, xursand bo‘ladirgan kun ham kelibdi, demak Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallom bomdod namozi vaqtida Olloh taoloning bizni mag‘firat qilganining xabarini ma’lum qilibdilar. Shundan keyin, namozxonlar bizni mamnun qilmoqqa otlanib, ikki sherigimga xushxabar yetkazgali odam yuborishibdi. Mening huzurimga ham bir kishi ot choptirib kelib qoldi, lekin chopar qanchalik harakat qilmasin, baribir ovoz otdan tezlik qilgandi. Huzurimga kelgan choparning xushxabar aytgan ovozini eshitishim birlanoq, kiyimimni yechdim-da, unga kiydirib qo‘ydim. Xudo haqi, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 94 mening o‘sha kiyimimdan bo‘lak kiyimim yo‘q edi, keyin birovdan qarzga kiyim oldim-da, uni kiyib Janob Rasulullohning huzurlariga oshiqdim. Odamlar yo‘l-yo‘lakay meni Olloh taoloning mag‘firati birlan tabriklashar va menga «Olloh taoloning mag‘firati senga muborak bo‘lsin!»— deyishar erdi. Nihoyat, men masjidga kirib bordim, Janob Rasululloh o‘ltirgan erkanlar, atroflarida tumonat odam Talha ibn Ubaydulloh o‘rnidan turib tezda oldimga keldi-da, qo‘l berib meni tabrikladi. Xudo haqi, undan bo‘lak muhojirlardan birortasi o‘rnidan turib meni tabriklamadi, men abadul-abad Talhaning bu muruvvatini unutmagayman! Keyin, men Janob Rasulullohga salom berganimda, ul zot mamnunliklaridan chehralari balqigan holda «Onadan tug‘ilganingdan beri o‘zingga muyassar bo‘lmagan bugungidek xayriyatdan xursand bo‘lgil!» — dedilar. Men «Bul xushxabar sizdanmi yoki Olloh taolodanmi?» — dedim. Ul zot «Yo‘q, aksincha, Olloh taolodandur!» — dedilar. Agar Janob Rasululloh xursand bo‘lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz buni yaxshi bilar erdik Ro‘paralariga kelib o‘ltirgach «Yo Rasulalloh, mag‘firat qilinganim shukronasiga Olloh taolo birlan uning rasuli sallallohu alayhi va sallam yo‘liga mol-mulkimdan sadaqa qilayinmi?»—dedim. Ul zot «Mol-mulkingning bir qismini olib qol, bu senga yaxshi bo‘lgay!»—dedilar. «Bo‘lmasa, men Xaybardagi mulkimni olib qolgayman» deb xayolimdan o‘tkazdim-da, ul zotga «Yo Rasulalloh, Olloh taolo rost so‘zlaganim hamda dildan tavba qilganim uchun menga najot bergan erkan, men o‘la-o‘lgunimcha faqat rost gapirgayman!» — dedim. Xudo haqi, Janob Rasulullohga shunday deganimdan buen Olloh taoloning musulmonlardan biror kishini rost so‘zlagani uchun baloga giriftor qilganini bilmayman! Janob Rasu-lullohga shu gaplarni aytgan kunimdan hozirgacha yolg‘on gapirmoqqa qasd qilmadimki, yolg‘on so‘zlamaganim Olloh taoloning meni baloga giriftor qilganidan yaxshiroqdur! Darhaqiqat, men qolgan umrim davomida Olloh taolodan meni yelg‘on gapirmog‘imdan asramog‘ini iltijo qilgayman. Olloh taolo o‘z rasuliga «Olloh payg‘ambarni, muhojiru ansorlarni mag‘firat qildi ( rostgo‘ylar birlan birga bo‘lingizlar!» degan qavligacha)» degan oyati karimasini nozil qilgandur. Olloh taolo haqi rabbim meni islomga hidoyat qilganidan buyongi eng ulug‘ nemat ul zotga sadoqatimdur! Janob Rasulullohga yolg‘on gapirmaslikka dildan azm qilurman, aks holda, bilurmanki, Olloh taolo yolg‘on gapirganlarni halok qilgani yanglig‘ halok bo‘lgayman. Olloh taborak va taolo «Sizlar (g‘azotga bormagan munofiqlarning) oldiga (g‘azotdan) qaytib kelganingizda ular «Endi bizdan yuz o‘girishsa kerak» deb huzuringizda Olloh taologa qasam ichurlar. Ammo, sizlar ulardan yuz o‘giringizlar, ular nopok bo‘lib, joylari jahannamdurki, bu qilmishlari uchun jazodur. Ular sizlarni rozi qilmoq uchun qasam ichurlar, lekin sizlar rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan sira rozi bo‘lmas!» — degandur. Biz uch kishi ulardan, ya’ni qasam ichgan, ul zotga bay’at qil-gan va bay’atlari ul zot taraflaridan qabul qilingan hamda Olloh taologa istig‘for aytgan kishilardan ajrab, xilof ish qildik. Shunda ul zot bizning masalamizni Olloh taoloning hukmiga topshirdilar. Shul boisdan Olloh taolo «Va alas-salosatillaziyna xullifuu», ya’ni «Xilof qildirilgan uch kishiga ham» deb bizni alohida zikr qildi. Bu yerdagi «Xilof» so‘zi g‘azotdan qolish ermas, balki ul zotning bizni qasam ichib uzr aytgan va uzri qabul qilingan kishilardan ajratib qo‘yishlari va masalamizni Olloh taologa havola qilishlari erdi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling