Abu abdulloh
-bob. Shom shaharlaridan biri bo‘lmish Muta g‘azoti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 47-bob Payg‘ambar alayhissalomning Juhayna qabilasi hurqalariga Usoma ibn Zaydni yuborganlari haqida
- 48-bob. Fath (Makka) g‘azoti va Hotib ibn Abu Balta’aning Makka ahliga Janob Rasulullohning g‘azot qilajaklari hakida xabar yuborgani
- 49-bob Makkaning ramazon oyida fath qilingani haqida
- 50-bob Rasululloh, sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni bayroqni yerga tikkanlar
- 51-bob Payg‘ambar alayhissalomning Makkaga uning yuqori tomonidagi yo‘ldan kirganlari haqida
- 54-bob. Payg‘ambar alayxissalomning fath kunlari Makkada turganlari haqida
46-bob. Shom shaharlaridan biri bo‘lmish Muta g‘azoti (Bu g‘azot ham islom yo‘lida qilingan katta g‘azotlardan biri bo‘lib, unda ko‘plab musulmonlar shahid bo‘lgan. Voqea bunday bo‘lgan: Payg‘ambar alayhissalom Busro viloyatining hukmdoriga xat yozib, al-Horis ibn Umayrni elchi qilib yuboradilar. U Mutaga kelganda shahar hokimi Sharhabil ibn Amr G’assoniy ushlab o‘ldiradi. Buning xabari Janob Rasulullohga yetgach, Zayd ibn Horisa boshchiligida uch ming askarni Sharhabilga qarshi yuboradilar-da, ularga: «Agar Zaydga biror hodisa bo‘lsa, Ja’far, unga ham biror hodisa bo‘lsa, Abdulloh ibn Ruvoha boshliq bo‘ladi. Elchimiz o‘ldirilgan joygacha Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 62 boringizlar, avval ularni islomga chaqiringizlar, musulmon bo‘lsalar, urushmangizlar, agar rad qilsalar, urushingizlar!» —dedilar. Musulmonlar kelayotganining xabari yetishi birlan Sharhabil ularga qarshi yuz ming, Shom podshosi Hiraql ham yuz ming qo‘shin yubordi, ikki yuz ming kofirga uch ming musulmon yuzma-yuz bo‘ldi. Natijada Zayd ham, Ja’far ham, Abdulloh ham halok bo‘lib, musulmonlar qocha boshladilar, ularni kofirlar ta’qib qilib, ko‘plarini qirib tashladi. Nihoyat, bayroqni Xolid ibn Valid qo‘lga olib, tadbir birlan askarlarning o‘rnini almashtirdi: o‘ng qanotni chapga, chap qanotni o‘ngga, ilg‘or qismni orqaga, orqa qismni ilg‘or o‘rniga olib, dushmanga tashlandi. Kofirlar bularni tanimay musulmonlarga madad keldi, deb diliga qo‘rquv tushib, qocha boshladi. Musulmonlar ularni ta’qib qilib, misli ko‘rilmagan darajada katta talafot yetkazdilar, minglab kofirlar qirilib ketdi. Bu jangda ko‘rsatgan katta mahorati uchun Xolid ibn Validni Janob Rasululloh «Sayfulloh», ya’ni «Ollohning qilichi» deb nomladilar). Ibn Umar raziyallohu anhu shahidlarni oralab yurib Ja’farning jasadi ustida to‘xtadilar, sanab ko‘rsalar, Ja’farning badanida ellikta jarohat bor erkan, lekin birontasi ham orqa tomondan urilgan ermas erdi»,— deydilar Nofi’. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Muta g‘azotida Zayd ibn Horisani askarlarga amir etib tayinladilar-da: «Agar Zayd o‘ldirilsa, o‘rniga Jafar, u ham o‘ldirilsa, o‘rniga Abdulloh ibn Ruvoha amir bo‘ladi»,— dedilar. Men ham shu g‘azotda ular birlan birga erdim. Ja’farni qidirib o‘liklar orasidan topdik, uning jasadida to‘qsondan ortiq qilich va naizaning zarbi bor erdi». Anas ibn Molik raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Zayd, Ja’far va Ibn Ruvohaga ne bo‘lajagini ular o‘ldirilgani haqida xabar kelmasidan burun bunday deb bashorat qildilar: «Bayroqni Zayd qo‘liga oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng Ja’far oldi, shahid bo‘ldi, keyin ibn Ruvoha oldi, shahid bo‘ldi, (shunda ikki ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi), so‘ng bayroqni Ollohning qilichlaridan biri quo‘liga olib erdi, musulmonlar g‘alaba qozondilar». Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Janob Rasulullohga Ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning o‘limi haqidagi xabar kelganda yuzlaridan xafaliklari bilinib turardi, men eshikning tirqishidan qarab turgandim. Bir odam kelib «Ey Ollohning rasuli, Ja’farning xotinlari yig‘idan to‘xtamayotir»,— dedi. Janob Rasululloh unga xotinlarni yig‘idan to‘xtatishni buyurdilar. Haligi odam qaytib kelib, ular ishidan to‘xtamayotganini aitdi. Uchinchi bor buyurdilar, u yana qaytib kelib, yig‘idan tuxtash o‘rniga badtarroq o‘kirishayotganini aytdi. Janob Rasululloh darg‘azab bo‘lib: «Unday bo‘lsa, og‘ziga tuproq to‘ldirgin!»—dedilar. Shunda o‘sha odamni chaqirib «Burning tuproqqa ishqalgur, nima ish qilyapsan, nimaga Rasulullohning tashvishlarini kuchaytiryapsan!»—deb urishib berdim». Omir raziyallohu anhu aytadilarki, Abdulloh ibn Umar qachon Ja’farning o‘g‘li Abdullohni ko‘rib qolsalar, unga «Assalomu alaykum, ey ikki qanotlining o‘g‘li»—deb salom berardilar (Ja’far Mutada shahid bo‘lganlaridan keyin, Janob Rasululloh uning jannatda maloikalar birlan uchib yurganini ko‘rganlar) Xolid ibn Valid: «Muta g‘azotida mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi, faqat Yaman qilichi butun qoldi»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 63 Bu yerdagi hadis ham Xolid ibn Validdan marviy bo‘lib, yuqoridagi hadisni takrorlaydi. Nu’mon ibn Bashir bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ruvoha kasal bo‘lib hushidan ketdi, buni ko‘rgan opasi Umra: «Voy ishongan tog‘im, voy belimning quvvati!» — deb yig‘lay boshladi. Abdulloh hushiga kelgach «Mening haqimda nima deb yig‘lagan bo‘lsangiz, o‘sha ondayoq «Hali sen shundaymisan?!»—deb meni mulzam qilishdi»,— dedi norozi bo‘lib» Nu’mon ibn Bashir: «(Avvalgi hadisda aytilganidek) Abdulloh ibn Ruvoha kasal bo‘lib hushini yo‘qotganda opasi Umra yig‘lagani uchun o‘ziga kelgach, norozilik bildirgan erdi, shu boisdan ham Abdulloh o‘lganda opasi yig‘lamadi»,— deydilar 47-bob Payg‘ambar alayhissalomning Juhayna qabilasi hurqalariga Usoma ibn Zaydni yuborganlari haqida Usoma ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni Juhayna qabilasining hurqa qavmiga yubordilar, biz ularga tongda hujum qilib tor-mor qildik. Men va bir ansoriy dushmandan birining iziga tushib, qurshab olgan paytimizda u: «Lo iloha illalloh» deb iymon keltirdi, shu ondayoq ansoriy undan qo‘lini tortdi, men bo‘lsam, uni nayza birlan urib o‘ldirib qo‘ydim. G’azotdan qaytganimizda Janob Rasulullohga bu haqda aytishib erdi, ul zot menga «Ey Usoma, «Lo iloha illalloh» degandan keyin ham o‘ldirdingmi?!»—dedilar. Men «Axir, u joni shirinlik qilib shunday dedi-da!» — dedim Janob Rasululloh. «Shunday qildingmi-a'»—deb shunchalik ko‘p takrorladilarki, «Usha kundan oldin musulmon bo‘lmagan bo‘lsam, qanday yaxshi erdi-ya» deb orzu qildim» Salama ibn al-Akva’: «Men Janob Rasululloh birlan birga yettita g‘azotda qatnashdim. Ul zot o‘zlari bormay, askar tayyorlab jo‘natgan g‘azotlarning to‘qqiztasida bo‘ldim. Bir safar Abu Bakr. bir safar Usoma bizga bosh bo‘lardilar»,— deydilar. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan. Salama ibn al-Akv’: «Payg‘ambar alayhissalom birlan birga yettita g‘azotda birga bo‘ldim: Xaybarda, Hudaybiyada, Hunaynda, Qaradda, lekin qolganini unutdim»,— deydilar. 48-bob. Fath (Makka) g‘azoti va Hotib ibn Abu Balta’aning Makka ahliga Janob Rasulullohning g‘azot qilajaklari hakida xabar yuborgani Ali raziyallohu anhu buiday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, Zubayrni va Miqdodni jo‘nata turib: «Boringizlar, Xox degan bogga yetganingizda bir ayolni uchratasizlar, unda maktub bor, menga olib kelingizlar!» — dedilar. Biz jo‘nadik, otlarimizni yeldi-rib, bogga yetib bordik, qarasak ro‘paramizda bir ayol turibdi, unga: «Xatni ber!» — deb buyurdik. U: «Menda xat yo‘q»,— dedi. Biz unga: «Uzing xatni topib bersang, berding, bo‘lmasa kiyimlaringni yechib qidiramiz!» — deb do‘q urdik. Noiloj, ayol xatni sochlari orasidan olib berdi. Biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik, Xotib ibn Abu Balta’a unda makkaliklarga Janob Rasulullohning ba’zi ishlari haqida xabar yozibdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Xrtib, bu nima qilganing?!» — dedilar. Xotib bunday dedi: «Yo Rasulalloh, meni hukm qilishga shoshilmangiz! Darhaqiqat, bir vaqtlar mening Qurayshga aloqam bo‘lgan, ya’ni ular Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 64 bilan do‘stlashgan erdim, lekin o‘zim ulardan ermasman. Siz birlan birga yurgan muhojirlarning barchasining ular orasida qarindoshlari bo‘lib, u yerda qolgan mol-mulk va bola-chaqalarini himoya qiladilar. Men ersam, u yerda qarindoshim yo‘q bo‘lgani uchun ham, ulardan tanish orttirsam, mening ham yaqinlarimni himoya qilishsa, degan niyatda erdim, xalos. Lekin, bu ishni dindan qaytganimdan qilganim yo‘q, aslo. Musulmon bo‘lgach, qayta kofir bo‘lmoqqa sira rozi bo‘lmagayman!». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, bu sizlarga rost gapirayotir!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, qo‘yib bering menga, bu munofiqning bo‘ynini uzib tashlay!» — dedilar. Rasu-lulloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu Badrda ishtirok qilgan, Olloh taolo ersa Badrda ishtirok qilgan kishilarga nisbatan o‘z hukmini chiqarib qo‘ygan, Olloh taolo: «Istaganingizni qilingizlar, men sizlarni mag‘firat qildim!» — degan», — dedilar. Shu asnoda Olloh taolo quyidagi qavlini g‘ozil qildi: «Ey mo‘minlar, mening va o‘zlaringizniig dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar! Sizlar ularga do‘stona munosabatda bo‘lasizlar, vaholanki ular sizlarga kelgan haq dinga ishonmay, kofir bo‘lganlar. Ular payg‘ambarni ham, sizlarni ham rabbingiz Ollohga iymon Keltirganingiz uchun o‘z diyoringizdan haydab chiqarayotirlar , agar sizlar meni deb va mening roziligimni istab jihodga chiqqan bo‘lsalaringiz, kofirlarni do‘st tutmangiz-lar! Sizlar ularni pinhona do‘st tutyapsizlar. Men sizlar oshkora qilgan narsani ham. pinhon tutgan narsani ham bo‘lurman. Sizlardan kim shu ishni qilgan ya’ni, kofirlar birlan do‘st tutungan) bo‘lsa. u to‘g‘ri yo‘ldan adashibdi!». 49-bob Makkaning ramazon oyida fath qilingani haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga ramazon oyida g‘azot qilganlar», — deydilar. Ibn Musayyab ham shu mazmunda hadis rivoyat qilganlar. Ibn Abbos «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tuttan erdilar, Kudaydga, ya’ni Qadiyd birlan Asfon o‘rtasidagi ariqqa yetganda iftor qildilar. Shu bo‘yi ramazon oyi tugaguncha ro‘za tutmadilar», — deydilar. Ibn Abbos rivoyat qaladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ramazon oyida Madinadan chiqdilar, u kishi birlan birga o‘n ming odam yo‘lga tushdi. Bu safar Janob Rasulullohning Madinaga kelganlariga sakkiz yarim yil bo‘lganda boshlandi. Janob Rasululloh va boshqa musulmonlar Makkaga qarab yurdilar, ul zot ham, boshqalar ham ro‘zador erdilar. Asfon birlam Qadiyd oralig‘idagi ariqqa yetib kelganlarida Janob Rasululloh og‘iz ochdilar, boshqalar ham og‘iz ochishdi». Zuhriy: «Janob Rasulullohning (safar vaqtidagi ro‘za xususida bergan) buyruqlaridan eng keyingisiga amal qilinadi», — deydilar. Eng keyingisi ersa quyidagi hadisda bayon qilingan: Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ramazon oyida H,unaynga yo‘lga chiqdilar. Odamlarning ba’zilari ro‘zador, ba’zilari og‘zi ochiq erdi. Janob Rasululloh tuyalarida o‘ltirgan hollarida bir idishda sutmi, suvmi so‘radilar, uni tuyalari ustiga qo‘yganlaridan so‘ng, odamlarga qaragan erdilar, og‘zi ochiqlar muddaolari-ni bilib ro‘zadorlarga: «og‘zingizni ochingizlar!» — deb buyurishdi». Ibn Abbos rivoyat qiladilar: Rasululloh soallallohu alayhi va sallam ramazonda safar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 65 qildilar. Asfonga yetgunlariga qadar ro‘za tutib bordilar, so‘ng bir idishda suv so‘rab, nahorda boshqalarga ko‘rsatib chiqdilar, og‘izlari ochiq holda Makkaga kirib keldilar. Ul zot sasarda ro‘za ham tutardilar, og‘izlarini ochib ham yurardilar. Demak, safarda kim xohlasa, ro‘za tutadi, kim xohlamasa, tutmaydi». 50-bob Rasululloh, sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni bayroqni yerga tikkanlar? Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath yili Makkaga jo‘nagan paytlarida, bundan xabar topgan Quraysh kattalari — Abu Sufyon ibn Xarb, Xakim ibn Xizom va Badil ibn Varqo ul zotni izlab yurib Marruzzahron degan joyga kelganda, Arafa kunidagidek ko‘plab gulxan yoqib qo‘yilganini ko‘rishdi. Shunda Abu Sufyon. «Xuddi Arafa kunidagidek ko‘plab yoqilgan bu gulxanlar qanday gulxanlar bo‘ldi erkan» — dedi. Badil ibn Varqo:Bu gulxanlar Banu Amrniki bulsa kerak»,— dedi. Abu Sufyon: «Banu Amrning gulxanlari bunchalik ko‘p ermas»— dedi. So‘ng, ularni Janob Rasulullohning posbonlari sezib qolib, ushlashdi-da, ul zotning qoshlariga olib borishdi. Shu yerda Abu Sufyon musulmon bo‘ldi. U endi ketaman deb turganda Rasulullih sollallohu alayhi va sallam Abbosga: Abu Sufyonni to‘xtatib turgil, musulmonlar daradan o‘tayotganda ularning (Ko‘pligini) bir ko‘rib qo‘ysin!»—dedilar. Abbos uni to‘xtatib turdi, jangovor qabilalar Janob Rasululloh boshchiliklarida uning oldidan birin-ketin o‘ta boshladi. Birinchi guruh o‘tganda Abu Sufyon: «Ey Abbos, bular kimlar?»—deb so‘radi. Abbos «Bu G’ifor qabilasi» -dedi. Abu Sufyon «G’ifor bo‘lsa, bo‘lar, menga nima!» — dedi. Keyin, Juhayna qabilasi o‘tdi. Ularni ko‘rib ham boyagi gapni qildi. Sa’d ibn Xuzaym qabilasi o‘tganda ham, Sulaym qabilasi o‘tganda ham boyagi gapini takrorlad. So‘ng, shunday bir harbiy qism o‘tdiki, Abu Sufyon ularni ko‘rib hangumang bo‘lganidan: «Bular kimlar?» — deb so‘radi. Abbos «Bular ansorlardur. Ularning yetakchisi Sa’d ibn Uboda qo‘lida bayroq ushlab ketayotir»,— dedi. Sa’d ibn Uboda ularga yaqin kelib «Ey Abu Sufyon, bugun qattiq jang bo‘lib, omonlik berilmaydirgan kundir, bugun Ka’ba bizniki bo‘ladirgan kundir!» — dedi. Abu Sufyon: «Ey Abbos, qanday yaxshi-ya! Bugun har kim o‘zini ko‘rsatib, hurmatga sazovor bo‘ladirgan kun!» — dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Sufyonning oldidan o‘tayotganlarida, u ul zotga: «Bilasizmi, Sa’d ibnUboda nima dedi?»—dedi. Janob Rasululloh «nima dedi» — deb so‘radilar. Abu Sufyon Sa’dning nima deganini aytib berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sa’d noto‘g‘ri aytibdi, bugungi kun Olloh taolo Ka’bani ulug‘laydirgan kun, Ka’baga jild kiydiriladirgan kun!» dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bayroqlarini tepasiga o‘rnatishni buyurdilar (Xajun — Makka maqbarasiga yaqin mashhur tog‘)». Jubayr ibn Mut’im bunday deydilar: «Abbosning Zubayr ibn Avvomga: «Ey Abdullohning otasi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam senga bayroqlarini o‘rnatib qo‘yishingni buyurdilar!» — deganlarini eshitganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kuni Xolid ibn Validga Makkaga yuqori qismi orqali, ya’ni Kado’dan kirishni buyurdilar, o‘zlari ersalar past tomondan— Kudodan kirib bordilar. Shu kuni Xolid askarlaridan ikki kishi — Xubaysh ibn al-Ash’ar va Qurz ibn Jobirlar shahid bo‘ldilar». Abdulloh ibn Mugaffal rivoyat qiladilar: «Men Rasulullohning Makka fathi kuni tuyalari ustida «Fath» surasini baland ovoz birlan o‘qiganlarini ko‘rdim. Keyin, ul zot: «Agar odamlar atrofimga to‘planib olmaganda ovozimni Ibn Mug‘affalga o‘xshab yanada ko‘tarur erdim!» — dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 66 Usoma ibn Zayddan naql qilinadiki, u kishi Fath Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, ertalab qaerda tushib dam olamiz?» —debdilar. Payg‘ambar alayhissalom: «Uqayl ibn Abu Tolib bizga biror manzil qoldirganmi o‘zi!» — deb aytibdilar-da, keyin: «Mo‘min kofirdan, kofir mo‘mindan meros olmagay» — deb qo‘shib qo‘yibdilar. Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinaidiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ollh taolo bizga zafar ato eqa, inshoalloh, Xayfda tushgaymiz!» — debdilar. Xayf — mushriklarning Janob Rasululloh Makkadan chiqarib yubormoqqa ont ichgan yeridir. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan. Anas ibn Molik raziyallohu anhudan nakl kilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaga kiribdilar, boshlarida dubulg‘a bor erkan. Dubulg‘ani yechib turganlarida bir odam kelib «Yo Rasulalloh, Ibn Hatol Ka’baning jildiga osilib tortayotir!»— Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uldir uni!» deb buyurdilar». «Fikrimizcha, yana Olloh taolo biladi, Janob Raoululloh o‘sha vaqtda ehromda bo‘lmasalar kerak»,— deydilar Molik. Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan nakl kilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaga kiribdilar. Baytulloh atrofida uch yuz oltmishta but turgan erkan. Shunda ul zot butlarni qo‘llaridagi ud yog‘ochi birlan turta turib. «Haqiqat keldi, botil chekindi, haqikat keldi, endi botil sira ham zohir bo‘lmaydi va qaytmaydi!» — debdilar. Ibn Abbos bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Ka’baga kirgilari kelmadi, chunki u yerda kofirlarning ma’budalari bor erdi. Janob Rasululloh amr qildilar, hamma butlar olib chiqib tashlandi, U yerda Ibrohim birlan Ismoilning suratlari ham bor bo‘lib, ularning qo‘lida tarozu tasvir qilingan erdi, ular ham chiqarib tashlandi. Janob Rasululloh: «Xarob bo‘lgur, mushriklar! Yaxshilik birlan yomonlikni bular o‘lchamasligini o‘zlari yaxshi bilgaylar»,— dedilar, keyin Baytullohga kirdilar-da, namoz o‘qimay qaytib chiqdilar». 51-bob Payg‘ambar alayhissalomning Makkaga uning yuqori tomonidagi yo‘ldan kirganlari haqida Abdulloh; ibn Umar raziyallohu anhudan nakl kilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaning yuqori tarafidan tuyaga minib kirib keldilar, tuyalariga Usoma ibn Zaydni mingashtirib olgan erdilar. Bilol va Usmon ibn Talha ersa .Janob Rasulullohni qo‘riqlab kelishardi. Janob Rasululloh tuyalarini masjid oldiga cho‘ktirdilar- da, Baytullohning kalidini keltirishni buyurdilar. Keyin, Baytullohga kirdilar, u kishi birlan birga Usoma, Bilol va Usmon ibn Talha ham kirishdi. Ka’ba ichida uzoq vaqt turib, so‘ng qaytib chiqishdi. Keyin, u yerga odamlar kira boshladi, birinchi bo‘lib Abdulloh ibn Umar kirdi, eshik ostonasida turgan Bilolni ko‘rib, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaerda namoz o‘qidilar?» — deb so‘radi. Bilol Janob Rasulullohning namoz o‘qigan joylarini ko‘rsatdi. Ibn Umar: «Necha rak’at namoz o‘qidilar?» — deb so‘rash esimdan chiqibdi»,— deydilar. Oisha raziyallohu anho xabar beradilarki, Fath kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaning Kado’ deb nomlangan yuqori tarafidan kirib kelibdilar. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 52-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Fath kuni kelib tushgan joylari haqida Ibn Abu Laylodan nakl qilinadi: ,«Bizga bir odamning xabar berishicha, u Paygambar alayhissalomning Zuho namozini Ummu Honi’dan boshqa odamning uyida o‘qiganlarini ko‘ribdi. Ummu Honi’ning aytishicha ersa, Janob Rasululloh Makka fathi kuni uning uyida gusl qilib, sakkiz rak’at namoz o‘qiganlar. «U kishining bunchalik yengil, ammo ruku’ va sujudlari mukammal namoz o‘qiganlarini ilgari ko‘rmagan erdim»,— deydilar Ummu Honi’». 53-bob. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, ruku’ va sajdada ushbu duoni o‘qirdilar: «Subhona-ka Ollohumma rabbano va bihamdika Ollohummagfirliy!» (ya’ni, «Ey Olloh, ey parvardigorimiz, biz seni barcha narsadan pok erkanligingni e’tirof qilurmiz, doim senga hamd aytish birlan mashg‘ul bo‘lurmiz, yo Olloh, meni mag‘firat qilgil!»). Ibn Abbos raziyallohu anhudan nahl kilinadi: «Umar raziyallohu anhu meni Badr ulug‘larining suhbatiga olib kirdilar. Ba’zilar norozi bo‘lib: «Nechun bu yigitni oramizga olib keldingiz, bunga o‘xshagan yigitlar bizda ham bor!» — dedi. Hazrat Umar: «Bu yigit o‘zlaringiz bilgan kishilar jumlasidan»,— deb javob berdilar. Bir kuni Hazrat Umar ularni ham, meni ham uylariga chaqirdilar, shunda «Meni bular birlan birgalikda uylariga chaqirishdan maqsadlari meni ularga bir «ko‘rsatib qo‘yish» bo‘lsa kerak» deb o‘yladim. Umar raziyallohu anhu «Izo joa nasrullohi val-fathu va raaytan-nosa yadxuluuna fiy diynillohi afvojan fasabbih» surasini (oxirigacha o‘qib): «Uning haqida fikrlaringiz qanday?» — deb o‘ltirganlarga savol tashladilar. Ba’zilar: «Olloh taolo bizga amr qildiki, agar nusrat topib fathga erishsak, unga hamd aytishimiz zarur erkan»,— deyishsa, ba’zilar: «Bilmaymiz»,— deyishdi, qolganlar ersa lom-mim demadi. Hazrat Umar menga: «Ey Ibn Abbos, siz ham shunday ma’no berasizmi?» — deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— deb javob berdim. Hazrat Umar: «Unda siz qanday ma’no berasiz?» — dedilar. Men: «Bu Janob Rasulullohning umrlari poyoniga yetib qolganiga ishora bo‘lib, Olloh taolo ul zotga: «Agar sizga Ollohdan nusrat kelib, Makka fath bo‘lsa, bu umringizning poyoniga yetib qolganining alomatidur, shuning uchun Ollohga hamd aytib, uni ulug‘lang, unga istig‘for ayting, darhaqiqat u tavbani qabul qilguvchi zotdur!» — deb amr qildi»,— dedim. Hazrat Umar: «Buning mazmunini men ham siz kabi tushungan erdim»,— dedilar». Abu Shurayhdan nahl qilinadiki, u kishi Makkaga askar yuborayotgan Amr ibn Sa’idga bunday debdilar: «Ey amir, menga izn beringiz, sizga bir hadisni aytib berayin, bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lganining ertasiga aytgan erdilar, men uni o‘z qulog‘im birlan eshitib, qalbimga joylab olgan erdim, Janob Rasululloh qay holatda so‘zlaganlarini ham o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman. Ul zot avval Olloh taolog‘a hamdu sanolar aytib, so‘ng bunday degan erdilar: «Makkani Olloh taolo muqaddas qildi, odamlar emas! Olloh taolo birlan oxiratga iymon keltirgan musulmon kishining Makkada qon to‘kmoqligi, uning daraxtlarini kesmoqligi halol bo‘lmaydi. Agar biror kishi: «Janob Rasulullohning o‘zlari Makkada urushganlar-ku?!» — deb vaj ko‘rsaqa, aytinglarki «Olloh o‘z payg‘ambariga izn berdi, sizlarga izn bergani yo‘q, unga ham bir soatgagina izn berdi, keyin Makkaning bugungi hurmati kechagi hurmatidek asliga qaytdi. Bu yerda bor kishilar bu yerda yo‘qlarga gapimni yetkazsin!». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 68 Abu Shurayhdan: «Bu hadisni aytganingizdan keyin, Amr sizga nima dedi?» — deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh, men bu narsani sizdan yaxshiroq bilurman, lekin Haram gunohkorni, o‘g‘rini, had urilishidan qochgan jinoyatchini o‘z panohiga olmaydi, deb aytdilar»,— dedilar Abu Shurayh. Jobir ibn Abdulloh; «Rasululloh Fath kuni Makkada: «Olloh va uning rasuli aroq sotishni harom qildi» — dedilar»,— deydilar. 54-bob. Payg‘ambar alayxissalomning fath kunlari Makkada turganlari haqida Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Makkada o‘n kun turib, namozni qasr o‘qidik»,— deydilar. Ibk Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalom Makkada o‘n to‘qqiz kun turdilar, shunda namozni ikki rak’atdan o‘qidilar»,— deydilar. Bu hadisda ham Ibn Abbos Janob Rasulullohning Makkada o‘n to‘qqiz kun namozni qasr o‘qiganlarini aytib: «Biz o‘n to‘qqiz kungacha musofir bo‘lsak, namozni qasr o‘qiymiz, undan oshsa, to‘la o‘qiymiz»,— deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling