Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-bob «Xotinlaringiz sizlarning ziroatgohingizdur. Bas, ziroatgohingizga (Olloh ijozat qilgan tarafdangina) xohlagan paytingizda yaqinlik qilaveringizlar
- 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar xotinlaringizni taloq qilsalaringiz, ularning idda muddatlari tugagan bo‘lsa, o‘z erlari birlan qayta nikohlanishlariga
- 22-bob Olloh taoloning qavli: «Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar, ular to‘rt oy-u o‘n kun idda muddatini o‘tkazadilar.
- 23-bob Olloh taoloning qavli: «Barcha namozlarni, xususan vusto namozini (ya’ni, asr namozini) o’z vaqtida ado qilingizlar!»
- 24-bob Olloh taoloning «Ollohga bo‘yinsungan holda turingizlar!» degan qavli haqida.
- 25-bob Olloh taoloning qavli: «Agar xavfda qolsangiz, piyoda yoki otliq holda namoz o‘qiyveringizlar, xotirjam bo‘lganingizda Olloh o‘zin-gizga o‘rgatgan va
- 26-bob Olloh taoloning qavli: «Bir kuni Ibrohimning «Parvardigoro, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingchi ko‘rsatgil!» deganini eslangiz, ey Muhammad!»
- 27-bob. Olloh taoloning qavli: «Tagidan daryolar oqib turadirgan, xurmo-yu uzum va yana har turli mevalarga to‘la bog‘ingiz bo‘lsa-yu, keksayib, nimjon
- 28-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar»
- 29-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh tijoratni halol qilib, sudxo‘rlikni harom qilgandur»
- 30-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohning huzuriga qaytariladigan kundan qo‘rqingizlar!»
- 31-bob. Olloh taoloning qavli: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting, Olloh baribir ularni hisob-kitob qilib qo‘ygay. Olloh o‘zi xohlagan kishini
- 32-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar parvardigoridan o‘ziga nozil qilingan narsaga iymon keltirdi»
- «OLI IMRON» SURASI 1-bob. («Oli Imron» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)
- 2-bob. Qur’ondagi o‘zi ravshan (tugal), boshqa oyatlar yordamida to‘ldirilmaydirgan oyatlar xususida
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman»
www.ziyouz.com kutubxonasi 116 Oisha raziyallohu anho: «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh eng yomon ko‘radigan odam adovati qattiq kishidur» — deb aytganlar», — deydilar. 19-bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, avvalgi qavmlarga kelgan sinovlar sizlarga kelmasdan turib jannatga kirishni o‘yladingizmi? Ularga shunday qattiqchilik va mashaqqatlar keldiki, ular shunday larzaga tushdilarki, hatto payg‘ambardek zot va ul kishiga iymon keltirganlar «Olloh taolo va’da qilgan najot qachon bulgay?» deb yuborishdi, shunda Olloh taolo «Ogoh bo‘lingizlar, Ollohning yordami yaqindur!» deb javob qildi» Abu Mulayka bunday dvb aytar erdilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu «Hattoki o‘tgan payg‘ambarlar noumid bo‘lishib»,— dedilar-da, «Yusuf» surasining «Bizlar aldandikmikin» deb o‘ilay boshlaganlarida» degan oyatini o‘qib, unga «Baqara» surasining quyidagi 214-oyatini ulab tilovat qildilar: «Hatto payg‘ambardek zot va ul kishiga iymon keltirganlar «Olloh taolo va’da qilgan najot qachon bo‘lgay?» deb yuborishdi, shunda Olloh taopo «Ogoh bo‘lingizlar, Ollohning yordami yaqindur'» deb javob qildi. So‘ng, men Urva ibn Zubayr birlan uchrashganimda unga shu gapni aytdim. Urva menga «Oisha: «Maozalloh, Ollohga qasamyod qilurmanki, agar Olloh payg‘ambariga biror va’da bersa, payg‘ambar o‘zining o‘limidan oldin shu narsa amalga oshishini biladi. Lekin, avvalgi payg‘ambarlarga balo va musibatlar uzluksiz kelavergani uchun, ular o‘z atroflaridagilardan «Bular bizni yolg‘onchiga chiqarib quyishmagan erdi!» deb xavotir olur erdilar»,— dedilar»,— deb aytdi. Oisha raziyallohu anho oyatdagi «kuzzibuu» fe’lini «kuzibuu» deb o‘qir erdilar. (Oishaning « Maozalloh» deb Ibn Abbosdan achchiqlanishlariga sabab, mazkur oyatdagi «kuzzibuu» fe’lini «kuzibuu» deb o‘qilsa, ma’no buziladi, deb tushunishlaridadur. Aslida, ma’no buzilmaydi). 20-bob «Xotinlaringiz sizlarning ziroatgohingizdur. Bas, ziroatgohingizga (Olloh ijozat qilgan tarafdangina) xohlagan paytingizda yaqinlik qilaveringizlar va o‘zlaringizning kelajagingizning g‘amini yengizlar!» Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Qur’on o‘qisalar, undan bo‘shamagunlaricha birov birlan gaplashmas erdilar. Bir kuni men huzurlariga kirdim, u kishi «Baqara» surasini qirot qilib, bir yeriga kelganlarida to‘xtadilar-da «Bilasanmi, bu oyat nima haqida nozil bo‘lgan?» — dedilar. Men «Yo‘q»,— dedim. Ibn Umar: «Bu oyat mana bu va mana bu haqda nozil qilingan»,— dedilar-da, qiroatda davom etdilar» Ibn Umar raziyallohu anhu «Ziroatgohingizga xohlagan paytingizda yaqinlik qilaveringizlar» degan oyatga «Ayollarning faqat oldiga yaqinlik qilingizlar» deb mazmun bergan erkanlar (Ayolga yaqinlik qilish xususidagi mazkur oyatning mazmuni to‘g‘risida ulamolar ixtilof qilganlar «Anna shi’tum» iborasini «qaeriga xohlasangiz» deb tarjima qilib, ba’zi ulamolar ayolning orqasiga yaqinlik qilishga ham ijoat berganlar. Muhammad ibn Ka’b, Sa’id ibn Yasor va Imom Molik ana shular jumlasidandur. Oyatdagi «Anna shi’tum» iborasini xohlagan paytingizda» deb tushunmoq kerak, bu yerda orqaga yaqinlik qilmoq to‘g‘risida umuman hech qanday gap yuq. Ko‘pchilik ulamolar, jumladan Imom Shofi’ii, Imom Ahmad, Imom Azam, Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Ishoq va boshqalar ayolning orqasiga yaqinlik qilish harom ekanligini aytib, ko‘plab Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 117 hadislar birlan buni isbotlaganlar. Masalan, Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar! Rasululloh «Kimki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa, unga Olloh taolo nazar qilmaydi!» deb aytganlar»). Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Yahudiylar: «Agar ayolning orqasidan yaqinlik qilinsa, tug‘iladirgan bola g‘ilay bo‘ladi»,— derdilar Shuning uchun «Xotinlaringiz sizlarning ziroatgohingizdur. Bas, ziroatgohingizga xohlagan paygingizda yaqinlik qilaveringizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi». 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar xotinlaringizni taloq qilsalaringiz, ularning idda muddatlari tugagan bo‘lsa, o‘z erlari birlan qayta nikohlanishlariga mone’lik qilmangizlar!» Hasan Basriy rivoyat qiladilar: «Mu’aqqal ibn Yasorning singlisini eri taloq qildi, so‘ng idda muddati tugaguncha tashlab quydi-da, yana yarashish istagini bildirdi. Lekin, Mu’aqqal ibn Yasor yarashtirishdan bosh tortdi. Shunda «Taloq qilingan ayolni o‘z eri birlan yarashipshga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi». 22-bob Olloh taoloning qavli: «Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar, ular to‘rt oy-u o‘n kun idda muddatini o‘tkazadilar. Iddalari tugagach, ular o‘zlari xu-suslarida qoidaga muvofiq bir ish qilsalar (ya’ni, erga tegsalar), sizlar uchun (ya’ni, avvalgi erning qarindoshlari uchun) hech qanday gunoh yo‘qdir». Abdulloh ibn Zubayr bunday deydilar: «Men Usmon ibn Affonga Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar» degan oyatni boshqa bir oyat bekor qilgan. Nima uchun siz bu oyatni yana Qur’onga yozyapsiz?» — dedim. Usmon «Ey jiyanim, men Qur’on oyatlarining birortasining ham o‘rnini o‘zgartirolmayman»,— dedilar». Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar» degan oyati karimada aytilishicha, xotin iddani marhum er uyida o‘tkazishi vojib erdi, keiin Olloh taolo to‘rt oy-u o‘n kun idda muddatiga yetti oy-u yigirma kunni vasiyat ma’nosida qo‘shib to‘la bir yil qildi va xotinga ixtiyor berdiki, agar u xohlasa, bir yil marhum er uyida turadi xohlamasa, chiqib ketaveradi, bu ma’noni Ollohning «Uydan chiqmasdan tursin, agar chiqib keqa sizlarda gunoh yo‘q, xotinga ersa idda vojibligicha qoladi» degan kalomi quvvatlaydi». Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Eri vafot etgan ayol to‘rt oy-u o‘n kun idda saqlaydi» degan oyat « Eri o‘lgan xotin bir yil erining uyidan chiqmasdan o‘ltiradi» degan oyatni bekor qildi». Ato raziyallohu anhu bunday deydilar: Xotin, agar xohlasa marhum erining uyida uning vasiyatiga binoan idda saqlaydi xohlamasa, chiqib ketaveradi» degan oyatni Olloh taoloning «Ular o‘zlari xususlarida qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar» degan qavli quvvatlaydi. Keyin, meros haqida oyat nozil bo‘lib xotinning marhum er uyida idda saqlamog‘ining vojibligini bekor qildi, endi u o‘zi istagan joyda idda saqlaydirgan bo‘ldi». Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: « Eri vafot eggan ayol to‘rt oy-u o‘n kun Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 118 idda saqlaydi» degan oyat «Eri o‘lgan xotin bir yil erining uyidan chiqmasdan o‘ltiradi» degan oyatni bekor qiladi, ayol xohlagan joyda iddasini o‘tkazadi, chunki Olloh taolo «Uydan chiqmasdan tursin, agar chiqib keqa, sizlarda gunoh yo‘q, xotinga ersa idda vojibligicha qoladi» — degan». Muhammad ibn Sirin bunday deydilar: «Men bir majlisda bo‘ldim. Unda ansorlarning ulug‘lari ishtirok qilib, ular orasida Abdurrahmon ibn Abu Laylo ham bor erdilar. Men Abdulloh ibn Utbaning Subay’a binti Horis haqidagi hadisini zikr qildim. (Subai’a binti Horis Sa’d ibn Xavlaning xotini erdi. Eri Makkada vafot qilgach, unga Abu Sanobil ibn Bakak «Sen to‘rt oy-u o‘n kun idda saqlashing kerak»,— dedi. Vaholanki, Subay’a erining vafotidan yigirma besh kun keiin farzand tuqqan erdi. Abu Sanobilning gapidan keyin, Subay’a Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, bor gapni aytdi. Rasululloh unga «Sen halol bo‘libsan, xohlagan odamingga erga tegishing mumkin»,— dedilar) Shunda, Abdurrahmon Ibn Abu Laylo taajjublanib «Abdullohning amakisi (ya’ni, Abdulloh ibn Mas’ud) bu haqda hech nima demagan edi-ku'» —dedilar. «Kufa tarafda yashovchi kishini yolg‘onchi deyishga hayo qilaman'»—dedim. Ibn Sirin ovozlarini ko‘tarib «Men Molik ibn Omirni (yoki Molik ibn Avnni) uchratib: «Eri o‘lib, homilador qolgan xotin haqida Abdulloh ibn Masud qanday fikr bildiradilar?»— deb so‘radim. Ibn Omir bunday dedi: «Ibn Mas’ud «Eri o‘lgan xotinga («Xomilador ayollarning iddasi bola tuqquncha» degan) ruxsatni aytmay, unga mashaqqatli iddani buyurasizlarmi? «Baqara» surasidagi idda haqidagi oyatdan keyin «Taloq» surasidagi «Homilador ayollarning iddasi bola tuqquncha» detan oyat ham nozil bo‘lgan»,— derdilar» 23-bob Olloh taoloning qavli: «Barcha namozlarni, xususan vusto namozini (ya’ni, asr namozini) o’z vaqtida ado qilingizlar!» Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Payg‘ambar alayhissalom Xandaq kuni «Bizlarni (mushriklar) vusto namozidan qoldirdi, kun botib qoldi, Olloh taolo ularning qabrlari birlan uylarini (yoki qorinlarini o‘tga to‘ldirsin»— dedilar» 24-bob Olloh taoloning «Ollohga bo‘yinsungan holda turingizlar!» degan qavli haqida. Zayd ibn Arqam bunday deydilar. «Bizlar gaplashaverar erdik, birimiz ikkinchimizga bemalol o‘z ho jatini bayon qilaverar erdi, toinki Olloh taocho. «Barcha namozlarni, xususan vusto namozini o‘z vaqtida ado qilingizlar va Ollohga bo‘yinsungan holda turingizlar degan oyatni nozil qildi. Biz namozda sukut qilishga buyurildik». 25-bob Olloh taoloning qavli: «Agar xavfda qolsangiz, piyoda yoki otliq holda namoz o‘qiyveringizlar, xotirjam bo‘lganingizda Olloh o‘zin-gizga o‘rgatgan va ilgari o‘zingiz bilmagan ham-du sanolarni aytib Ollohni ulug‘layveringizlar!» Nofi’ bunday deydilar: «Agar Ibn Umardan xavf namozini o‘qish tartibi haqida so‘ralsa: «Qavm ikki toifaga bo‘linib, bir toifa imom birlan namoz o‘qiidi, ikkinchi toifa ersa dushman birlan namozxonlar orasida turadi. Imom birinchi toifaga bir rak’at o‘qib bergandan keiin, ular turib dushman ro‘parasiga boradi va ikkinchi toifa imomga iqtido qiladi. Ikkinchi rak’atdan so‘ng, imom salom berib namozdan chiqadi, ammo ikkinchi toifa salom bermay, o‘rnidan turib biriichi toifa birlan o‘rin almashadi. Shul tariqa ular navbat birlan imomsiz namozni oxiriga yetkazadilar. Agar dushmai xavfi kuchaysa, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 119 piyoda kishi yurib ketayotgan holda, otliq ersa ot ustida, xoh qiblaga qarab kelayotan bo‘lsin, hox qiblaga teskari tomonga, namozni o‘qib ketaveradi», derdilar. Men o‘ylaymanki, Abdulloh ibn Umar bu hadisni Janob Rasulullohdan eshitib rivoyat qilganlar. Ibn Jubayr raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kursiiyuhu»ning ma’nosi— «ilmuhu», ya’ni «Ollohning ilmi», «bastaganing manosi— «ziyoda va fazl , ya’ni «serobchilik» «afrag‘a» ning ma’nosi - «anzala», ya’ni «tushirdi», va lo yauduhu»ning ma’nosi — "lo yusqiluhu», ya’ni «Ollohga og‘irlik qilmaydi», «odaniy» — «asqalaniy», ya’ni «menga og‘irlik qildi» ma’nosida, «al-ayd» — «quvvat» degani, «sinatun» --«mudroq» ma’nosida, «lam yatasannah» ~ «lom yatag‘ayyar», ya’ni «o‘zgarmaydi» ma’no-sida, «fa-buhita» — «zahaba hujjatuhu», ya’ni «dalilsiz qoldi», «xoviyah» — «kimsasiz», «uruushuho» — «binolari» manosida, nunshiruho» — «nuxrijuho», ya’ni «chiqaramiz». «i’sor» - «shamol» ma’nosida, «osif»ning ma’nosi — yerdan osmonga cho‘zilgan to‘zonli quyun». Ibn Lbbos raziyallohu anhu: «Saldan»ning ma’nosi — «behuda narsa» deganidur», - deydilar. Ikrima: «Vobil»niig ma’nosi — «kuchli yomg‘ir», «tal» ersa «nido»dur»,— deydilar (Yuqoridagi so‘zlar «Baqara» surasining oyatlarida uchraydigan, arablarda unutilib ketgan lug‘aglarning ma’nolaridur) 26-bob Olloh taoloning qavli: «Bir kuni Ibrohimning «Parvardigoro, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingchi ko‘rsatgil!» deganini eslangiz, ey Muhammad!» Abu Hurayra rivoyat qiladalar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam bunday dedilar: «Ibrohimdan ko‘ra ko‘proq shubha qilishga biz xaqliroqmiz, chunki ul kishi: «Parvardigoro menga o‘liklarni qanday tiriltirmog‘ingni kursatgil!» — dedilar. Olloh taolo: «Sen bunga ishonasanmi!?» — deb so‘radi. Ibrohim: «Yo‘q, albatta ishonaman, lekin qalbimni taskin toptirish uchun o‘z ko‘zim birlan ko‘rmoqchiman», — dedilar» 27-bob. Olloh taoloning qavli: «Tagidan daryolar oqib turadirgan, xurmo-yu uzum va yana har turli mevalarga to‘la bog‘ingiz bo‘lsa-yu, keksayib, nimjon bolalaringiz birlan kolgan paytingizda uni o‘tli bo‘ron yondirib, vayron qilib ketmog‘ini birortangiz istaysizmi? Olloh tafakkur qilingizlar, deb o‘z oyatlarini shul tarzda bayon qilur». Ubayd ibn Umayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bir kuni Janob Rasulullohning ashoblariga «A yavaddu ahadukum an takuna lahu jannatun» oyati haqida fikrlaringiz qanday?» deb savol berdilar, shunda ular «Olloh biluvchiroqdur!» deb javob berishdi. Hazrat Umar gazablanib: «Bilamiz yeki bilmaymiz, deb aytingizlar!» — dedilar. Ibn Abbos: «Ey mo‘minlar amiri! Shu oyat haqida dilimda bir fikr paydo bo‘ldi«, - dedi. Hazrat Umar: «Ey jiyan, o‘zingni kamtar tutmay, bilganingni gapir!» — dedilar. Ibn Abbos: Bu oyatda bir amal qiyoslanyapti»,— dedi. Hazrat Umar! «Qanday amal?» — dedilar. Ibn Abbos. «Qandaydir bir amal (ish) qiyos qilinyapti»,— dedi. Hazrat Umar: «Bu oyatda umr bo‘yi Olloh taologa ibodat qilib savob orttirgan va pirovardida barcha amali solihlarini shaytonga boy berib qo‘ygan odam umr bo‘yi halol mehnat qilib bog‘- Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 120 rog‘ qilgan va keksaygan vaqtida ofatli shamol kelib, barcha mehnatini ko‘kka sovurgan badavlat kishiga taqqoslanyapti»,— dedilar». 28-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar» Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «Sizlar bitta-ikkita xurmo, bir-ikki luqma taom beradirgan kishi miskin ermas, haqiqiy miskin odamlarga yopishib olib tilanishdan saqlanadirgan odamdur, agar istasangiz, Ollohning «Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar» degan oyatini o‘qingizlar»,— dedilar». 29-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh tijoratni halol qilib, sudxo‘rlikni harom qilgandur» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Baqara» surasining sudxo‘rlik haqidagi oxirgi oyatlari nozil bo‘lganda Rasululloh masjidga chiqib, tik turgan holda ularni odamlarga o‘qib berdilar, keyin aroq savdosining haromligini aytib, «Va agar shunday qilmasangizlar, Olloh birlan uning rasuli sizlarga urush e’lon qilgay» degan oyatni tilovat qildilar». 30-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohning huzuriga qaytariladigan kundan qo‘rqingizlar!» Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Baqara» surasining Payg‘ambar alayhissalomga nozil bo‘lgan oxirgi oyati sudxo‘rlik haqidagi oyatdur»,— deydilar (Bu oyat suraning oxiriga joylashtirilmagan bo‘lsa-da, oxirgi oyatdur). 31-bob. Olloh taoloning qavli: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting, Olloh baribir ularni hisob-kitob qilib qo‘ygay. Olloh o‘zi xohlagan kishini mag‘firat qilgay va xohlaganini azoblagay, Olloh hamma narsaga qodirdur» Abdulloh ibn Umar raziyallohu ahnu: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting» degan oyat mansuxdur»,— dsydilar. 32-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar parvardigoridan o‘ziga nozil qilingan narsaga iymon keltirdi» Ibn Abbos: «Oyatdagi «isran» so‘zi—«majburiyat», «g‘ufronaka» so‘zi «mag‘firatingni» ma’nosida, ya’ni «Bizning gunohlarimizni kechirgin!» deganidur»,— deydilar. Marvon al-Asfar bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning sahobalaridan bo‘lmish bir kishi, menimcha Abdulloh ibn Umar: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting» degan oyatni keyingi oyat bekor qiladi»,— deydilar» «OLI IMRON» SURASI 1-bob. («Oli Imron» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri) «Tuqotun» va «taqiyyatun» so‘zlari bir ma’noda bo‘lib, :ehtietkorlik, saqlanish» demakdur. «Sirrun» — «sovuq», «shafo hufratin»— «chuqurning labi», «tubavviu> — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 121 «jang maydoniga tartib birlan joylashtirar erdingiz», «al-musavvam» ersa «qashqador, xoldor» degan ma’nodadur. Mujohid: «Al-Xayl al-musavvam» — «Go‘zal, ajoyib otdur»,— deydilar. «Ribbiyyuun» so‘zi «ribbiyyun» so‘zining ko‘pligi bo‘lib, «xudojo‘ilar» demakdur. «Tahussuunahum» so‘zi «Ularni qo‘porib tashlar erdingizlar, ya’ni o‘ldirur erdingizlar» degan ma’nodadir. «G’uzzun» so‘zi «g‘ozin»so‘zining ko‘pligi bo‘lib, «goziylar» demakdur. «Sa-Naktu-bu» — «Yozib saqlab qo‘ygaymiz» degani, «nuzulun» — «savob, ya’ni Olloh taolo tarafidan nozil qilingan mukofot»dur. Ibn Jubayr: «Hasuurun» so‘zi «Xotinga yaqinlik qilolmaydirgan kishi»,— deydilar. Ikrima: «Min favrihim» — «g‘azab(lari) birlan» degani»,— deydilar. Mujohid: «Tux-riju-l-hayya» iborasi «(Ulikdan) tirikni paydo qilursan» degan ma’noda bo‘lib, «nutfa» — «erkak maniysi» o‘lik holda chiqadi, undan Olloh taolo tirik jonni paydo qiladi»,— deydilar. «Al- Ibkor»—«subh, tong», «al-ashiy» — "shom" demakdur. 2-bob. Qur’ondagi o‘zi ravshan (tugal), boshqa oyatlar yordamida to‘ldirilmaydirgan oyatlar xususida Mujohid Qur’ondagi, jumladan «Oli Imron» surasidagi tugal oyatlar xususida fikr yuritib, bunday deydilar: «Bunday oyatlar Olloh taoloning halol va harom to‘g‘risidagi ahkomlari bo‘lib, qolganlari o‘xshash oyatlardur. Olloh taoloning quyidagi «Olloh taolo (Qur’onda pashsha, o‘rgimchak kabi nimarsalarni misol qilish birlan) fosiqlar-nigina gumroh qilur» («Baqara» surasi), «Olloh aqlsiz bandalarini kofirlik qazorati birlan bulgagay» («Yunus» surasi), «Olloh hidoyat topgan bandalariga hidoyatini yanada ziyoda qilgay» («Muhammad» surasi) kabi qavllari shular jumlasidandur. «Zaygun» so‘zi «shak» ma’nosida bo‘lib, «Oli Imron» surasining «Dillarida shak bo‘lganlar fitna chiqarmoq uchun o‘xshash, kishini ikkilantiradirgan oyatlarga rioya qiladilar» degan oyatida mavjud. «Ilmda sobitqadam bo‘lganlar (ersa). «Bizlar bu (Kitobga) iymon keltirdik, uning barcha oyatlari parvardigorimiz tarafidan nozil qilingandur»,— derlar. «Oli Imron» surasi)», Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «-Ul o‘shal zotdurki, sizga Kitob tushirdi, undan ba’zi oyatlar ma’nosi ravshan bo‘lib, ular Kitobning asosini tashkil qiladi, boshqalari ersa ma’nosi oydin bo‘lmagan oyatlardur. Bas, qalbida shubhasi bo‘lgan kishilar fitna chiqarish uchun ma’nosi ravshan bo‘lmagan oyatlarga rioya qiladilar, holbuki bunday oyatlarning Olloh taoloning o‘zigina biladi. Ilmda sobitqadam bo‘lganlar (ersa): «Bizlar bu (Kitobga) iymon keltirdik, uning barcha oyatlari parvardigorimiz tarafidan nozil qilingandur»,— derlar. Aqlli kishilargina pandu nasihatni qabul qiladilar» degan oyatni tilovat qilgach «Agar ma’nosi ravshan bo‘lmagan oyatlarga rioya qiluvchi kishilarni ko‘rsang, bilgilki, Olloh taolo «Ulardan hazar qilingizlar!» deb aytgandur»,— dedilar» 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman» Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «Har qanday chaqaloqni tugilayotgan» paytida shayton chimchilaydi, shundan chaqaloq chirqirab yiglaydi, ammo Maryam va uning o‘glini shayton chimchilay olmagan»,— dedilar. Agar xohlasangizlar «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman» degan oyatya karimani o‘qingizlar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 122 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Darqaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradirgan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba yo‘qdur... ular uchun alamli azob bordur» Abdulloh ibn Masud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh: «Kimki musulmon kishining molini tortib olish maqsadida yolg‘on qasam ichsa, Olloh taolo qiyomatda uni darg‘azab bo‘lib qarshilagay», deb erdilar, Olloh taolo buning tasdiqi uchun «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradirgan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba yo‘qdur, qiyomat kuni Olloh ularga gapirmaydi ham, rahmat nazari birlan qaramaydi ham, gunohlarini kechirmaydi ham, ular uchun alamli azob bordur» degan oyatni nozil qildi. Shu asnoda Ash’as ibn Qays ichkariga kirib keldi-da: «Abu Abdurrahmon sizlarga ne deyotir? - deb so‘radi. Biz: «Shunday va shunday dedi, deb aytdik. Ash’as: «Bu oyat mening haqimda nozil bo‘lgan. Amakivachchamning yerida menga qarashli quduq bor erdi. Biz bu quduqni talashib qoldik. Rasululloh: «Yo sening daliling bo‘lishi kerak yoki amakivachchagn qasam ichsin!» - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, unday bo‘lsa, u qasam ichsin!» -dedim. Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki musulmon kishining molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, o‘zi fojir bo‘lib, qiyomat kuni Olloh unga g‘azab qiladi», - dedilar», - dedi». Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Bozorda bir odam bir matoni o‘lchatib olib, sotuvchiga pulni bermay «Matoning puli berildi» deb qasam ichib turib oldi, holbuki matoning pulini bermagan erdi. Bu birlan u bir musulmonni chuv tushirmoqchi bo‘ldi.Shunda «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotibyuboradigan kimsalar uchun ohiratda hech bir nasiba yo‘qdir» degan oyat nozil bo‘ldi». Ibn Abu Mulayka bunday deydilar: «Bir uyda ikki hotin yamoqchilik qilardi. Bir kuni ulardan biri kaftiga igna sanchilgan holda odamlar oldiga chiqib, «Buni dugonam qildi» deb da’vo qildi.Bu hususida taftish yurutmoqni Ibn Abbosga topshirishdi. Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Agar odamlarning da’vosiga tayanibgina chora ko‘rilsa, qavmning qoni xam moli ham zoe ketadi» deganlar. Ayolga «Darhaqiqat Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradigan kimsalar» degan oyatni o‘qib beringizlar!»- dedi. Odamlar ayolga Ollohni eslatib, mazkur oyatni o‘qib berishdi, shunda ayol aybini e’tirof qildi». Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Ayblanuvchiga qasam ichirilmog‘i lozim» deb aytganlar»,- deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling