Abu abdulloh
-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oxirgi aytgan gaplari haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 73-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafotlari haqida
- 75-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xastalanib o‘lim to‘shagida yotganlarida Usoma ibn Zayd raziyallohu anhuni bir yerga jo‘natganlari haqida
- 77-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marotaba g‘azot qilganlar
- 1-bob. Kitob (Qur’on)ning «Fotiha» surasi haqidagi hadislar
- 2-bob. «... g‘ayril-mag‘zuubi alayhim va lo-z-zolliy-na» («... g‘azabingga duchor bo‘lmagan va yo‘ldan ozmagan kishilarga»)
- «BAQARA» SURASI Olloh taolo Odamga barcha ismlarni o‘rgatgandur!
- 5-bob. Olloh taoloning «Biz qaysi oyatni bekor qilurmiz yo unutdirurmiz...» degan qavli xususida
- 6-bob. Olloh taoloning «Va ular: «Olloh taoloning farzandi bordur»,— derlar» degan qavli xususida
- 7-bob. Olloh taoloning «Ibrohim Maqomini doimiy ibodatgoh qilib olingizlar!» degan qavli xususida
- 8-bob. Olloh taoloning «Ollohga va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» deb aytingizlar!» degan qavli xususida
- «Ahmoqlar: «Musulmonlarni doimo ibodat qilib kelgan qiblalaridan yuz o‘girmoqlariga nima majbur qildi» — deb aytgaylar. Shunda
72-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oxirgi aytgan gaplari haqida Oisha raziyallohu anho bunday deydilar. «Janob Rasululloh sog‘ yurgan vaqtlarida: «Biror payg‘ambar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, jon taslim qilmaydi, jannatdagi joyini ko‘rgachgina ikki dunyodan birini ixtiyor Qiladi»,— dedilar. Dardlari og‘irlashgach, hushlaridan Ketdilar, shunda boshlari tizzamga qo‘yig‘lik erdi. Keyin, o‘zlariga kelib, uyning shiftiga termulganlaricha: «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» — dedilar. Men buni eshitib: «Demak, bizni xushlamayaptilar»,— deb xayolimdan o‘tkazdim. Bildimki, ul zotning sog‘lik vaqtlarida aytgan gaplari shu erkan (ya’ni, jannatdagi joylari ko‘rsatilib, u Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 102 dunyoni ixtiyor qilibdilar). Janob Rasulullohning eng so‘nggi aytgan so‘zlari «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» bo‘ldi». 73-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafotlari haqida Oisha va Ibi Abbos raziyallohu anhum bunday deyishadi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga Qur’on nozil bo‘lgan (20) yil davomida, ya’ni o‘n yil Makkada va o‘n yil Madinada yashadilar». Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oltmish uch yoshda vafot etdilar»,— deydilar 74-bob. Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida qalqonlari o‘ttiz so’ arpa uchun yahudiyga garovga qo‘yilgan erdi»,— deydilar. 75-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xastalanib o‘lim to‘shagida yotganlarida Usoma ibn Zayd raziyallohu anhuni bir yerga jo‘natganlari haqida Solim otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Usomani (bir guruh) kishilarga bosh qilib bir yerga jo‘natdilar. Shunda ba’zilar bunga e’tiroz bildirishdi. Ul zot: «Men voqif bo‘ldimki, sizlar Usomaning boshliq qilinganiga e’tiroz bildiribsizlar, lekin shuni bilib qo‘yingizlarki, u mening uchun eng mahbub kishidur!» — dedilar». Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir guruh odamlarni (bir yerga) jo‘nata turib, ularga Usoma ibn Zaydni boshliq qilib tayinladilar. Ba’zilar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirishdi. Shunda Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib: «Gar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirursizlar, demak uning otasi boshliq bo‘lganda ham norozi bo‘lgansizlar. Olloh taologa kasamyod qilurmanki, u boshliq bo‘lmoqqa munosib va menga eng mahbub kishi erkan, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar». 76-bob. Abulxayr rivoyat qiladilar: «Sanobjiy mendan: «Qachon hijrat qilding?» — deb so‘radi. Men: «Yamandan hijrat qilib, Juhfaga yetib kelganimizda oldimizdan chopar chiqib qoldi. Men unga: «Qanday xabar olib kelayotirsan?» — dedim. U: «Janob Rasulullohni dafn qildik, besh kun bo‘ldi»,— dedi. Men: «Laylat ul-Qadr xususida biror narsa eshitganmisan?» — dedim. U: «Ha, menga Janob Rasulullohning muazzinlari Hazrat Bilol aytib erdilar, Laylat ul-Qadr ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining yettinchi kunida» — dedi». 77-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marotaba g‘azot qilganlar? Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Men Zayd ibn Arqamdan: «Janob Rasululloh birlan birga necha marta gazot qilgansan?» — deb so‘radim. U: «Un yetti marta»,— dedi. Men: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha bor gazot qilganlar?»—dedim. U: «Un to‘qqiz marta»,— dedi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 103 Barro raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan o‘n besh marta gazot qilganman»,— deydilar. Ibn Burayda otalari haqida: «Otam Janob Rasululloh birlan birga o‘n olti marta gazot qilganlar»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 104 QUR’ON TAFSIRI KITOBI «Ar-Rahmon ur-rahiym» ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «Ar-Rahma» («rahmdillik, mehribonlik») so‘zidandur. «Ar-Rahiym» va «Ar-Rohim» («Rahmdil», «Mehribon») so‘zlari ersa «Al-Aliym» va «Al-Olim» («Biluvchi», «Bilimdon») so‘zlari kabi bir ma’noga egadur. 1-bob. Kitob (Qur’on)ning «Fotiha» surasi haqidagi hadislar «Fotiha» surasi «Umm ul-Kitob» («Kitobdagi suralarning onasi») deb ataladi, chunki barcha Qur’on kitoblari avval shul suradan boshlab yoziladi hamda namoz ham aynan ana shul surani qiroat qilish birlan boshlanadi. Diyn (Din) bo‘lsa, yaxshilik uchun mukofot va yomonlik uchun jazo bo‘lib, «tadiynu va tudonu» (fe’l-atvoring va qilgan amalingga yarasha mukofotlanasan va jazolanasan) kabidur. Mujohid: «Fotiha surasidagi «Ad-Din» so‘zi «Al-Hisob» so‘ziga muvofiq keladi, «Madinuuna» so‘zi «Muhosibuuna» so‘ziga muvofiq kelgani kabi»,— deydilar. Abu Sa’id ibn Mu’allo aytadilar: «Men namoz o‘qiyotgan erdim, Payg‘ambar alayhissalom chaqirib qoldilar. Men javob bermadim. Keyin, qoshlariga borib: «Ey Ollohning rasuli, men namozda erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Axir, Olloh taolo: «Agar sizlarni Olloh va payg‘ambar chaqirsa, ularga javob beringizlar!» — demaganmi?!» — dedilar. Keyin, yana: «Siz masjiddan chiqib ketmasingizdan avval, men sizga Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?»— dedilar-da, qo‘limdan ushladilar. So‘ng, masjiddan chiqmoqchi bo‘lganimizda: «Ey Ollohning rasuli, siz menga: «Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?» — degan erdingiz»,— deb eslatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti oyatdan iborat «Alhamdu lillohi rabbil- olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir!» — dedilar». 2-bob. «... g‘ayril-mag‘zuubi alayhim va lo-z-zolliy-na» («... g‘azabingga duchor bo‘lmagan va yo‘ldan ozmagan kishilarga») Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar imom «... g‘ayril-magzuubi alayhim va lo-z-zolliyna» desa, «Omin!» deb aytingizlar, kimning «Omin!» deb aytgani maloikalarning «Omin!» deb aytganiga muvofiq kelib qolsa, uning ilgarigi gunohlari mag‘firat qilingay!» — dedilar». «BAQARA» SURASI Olloh taolo Odamga barcha ismlarni o‘rgatgandur! Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Mo‘minlar Qiyomat kuni to‘planishib «Agar rabbimizdan shafoat tilasak, (u bizni bu turgan yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirmasmikan?)» deya Odam alayhissalomning qoshlariga borishgay-da, ul kishiga: «Siz odamlarning otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z qo‘li birlan yaratgan, sizga maloikalarini sajda qildirgan va sizga har bir narsaning ismini o‘rgatgandur, rabbingizdan bizga shafoat so‘rangiz, toki u bizni bu turgan yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirsin!» — deyishgay. Odam alayhissalom: «Mening sizlarga foydam tegmagay» deb qilgan gunohlarini eslagaylar-da, uyalib ketgaylar. So‘ng, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 105 ularga: «Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar, ul kishi Olloh taolo Yer ahliga yuborgan payg‘ambarlarning eng birinchisidurlar!» — degaylar. Ular Nuh alayhissalomning qoshlariga borishgach, ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya aqllari yetmagan narsa xususida parvardigorlariga savol berganlarini eslab, uyalib ketgaylar-da: «Ar-Rahmonning do‘stining qoshiga boringizlar!» — degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, Olloh taolo so‘zlashgan va Tavrot ato etgan banda bo‘lmish Musoning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Muso alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya qilgan gunohlarini eslagaylar-da, parvardigorlaridan uyalib ketgaylar. So‘ng, ularga: «Olloh taoloning bandasi va payg‘ambari, Olloh taoloning kalimasi va ruhi bo‘lmish Isoning qoshlariga boringizlar!» —degaylar. Iso alayhissalom ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, yaxshisi Olloh taolo sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan banda Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!»— degaylar. Ular mening huzurimga kelishgay, so‘ng men rabbimning huzuriga borib izn so‘ragayman, menga ijozat berilgay, parvardigorimni ko‘rishim birlanoq sajda qilib turgayman, ul meni o‘zi istagancha vaqt sajdada qoldirgay, so‘ng menga: «Boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganingni ato etgay, so‘zlagil,so‘zingni eshitgay, shafoat tilagil, shafoat etgay!»— deyilgay. Men boshimni sajdadan ko‘tarib, o‘zi bizga o‘rgatgan hamdu sanolar birlan uni madh qilgayman, keyin undan shafoat tilagayman, u menga muayyan kishilarni jannatga olib kirmog‘imga ijozat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning qoshiga qaytib borib, uni ko‘rishim birlanoq avvalgidek sajda qilib turgayman, keyin undan shafoat tilagayman, U menga bu gal ham muayyan odamlarni jannatga olib kirmog‘imga ruxsat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning huzuriga uchinchi va to‘rtinchi bor qaytib borib: «Do‘zaxda Qur’on bandi etib, unda abadiy qolmog‘i lozim bo‘lganlargina qoldi!»—degayman». Abu Abdulloh: «Qur’on bandi etganlargina», ya’ni Olloh taoloning «Unda abadiy qoladilar» degan hukmiga binoan do‘zaxda qolgan odamlargina»,—deydilar. 3-bob. Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Surai «Baqara» dagi) «ila shayotiynihim» iborasi «munofiq va mushrik bo‘lmish o‘z sheriklari birlan» degani, «Muhiytun bil- kofiriyna» jumlasi «Olloh taolo kofirlarni Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatu dini birlan qurshab olgandur» degan mazmunda, «alal-xoshi’iyna»— «mo‘minlarga», «bi-quvvatin» ersa «bor kuchi birlan» demakdur». Abuloliya bunday deydilar: «(Surai «Baqara»dagi) «marazun» so‘zi «shak» demakdur, undan keyingi («fa-zodahumullohu marazan» — «Olloh taolo ularning shaklarini yanada ziyoda qildi» degan) jumla ersa qolganlarga bir ibratdur. «Lo shiyata» degani «dog‘siz, aybsiz» deganidur» Mujohiddan bo‘lak bir tafsirchi bunday deydilar: «Yasuumuunakum» degani «Sizlarga xo‘jayinlik qilur erdilar» degan ma’nodadur». Ba’zi mufassirlar: «Yeyiladigan donlar (Al-Hubu-ub)ning barchasi bug‘doydur»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 106 Qatoda: «Fa-bouu» degani «qaytdilar» degani»,—deydilar. Boshqa bir mufassir: «Yastaftihuuna» degani «madad so‘raydilar» degani, «sharuu» degani «o‘ylamay-netmay sotdilar» degani»,—deydilar. Olloh taolo: «Bila turib Ollohga shirk keltirmangizlar!»— deydi. Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat kiladilar; «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Qanday gunoh Olloh taolo dargohida eng og‘ir gunoh?» deb so‘radim. Ul zot: «Uzingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!» — dedim-da, «Undan so‘ng qaysi?» deb so‘radim. Ul zot: «Ovqatimga sherik bo‘lmasin, deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!»—dedim-da, «Undan keyinchi?»— dedim. Ul zot bunday dedilar: «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilishmog‘ingdur. Olloh taolo bul xususda: «Biz sizlarga bulutni soyabon qilib berdik va biz o‘zlaringizga rizq qilib bergan ne’matlarning pokizasidan yengizlar, deb mann va salvoni (osmondan) sizlarga tushirdik va ular bizga zulm qilmadilar va lekin o‘zlariga zulm qilur erdilar»,— degan». Mujohid: «Mann — ko‘rinishi limonga o‘xshash shirin meva, salvo — qush»,— deydilar. Sa’id ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mann zamburug‘i va uning suvi ko‘zga davodur» deb aytdilar». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga: «Mana bu shaharga (qishloqqa) kiringizlar!» — dedikmi, bas, ul yerda xohlagan joyingizda istaganingizcha yengizlar va sajda qilgan holda eshikka (darvozaga) kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar, biz xatolaringizni mag‘firat qilurmiz va yaxshilarga ziyoda karam qilurmiz!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Sajda qilgan holda darvozaga kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar!» deb Banu Isroilga aytildi, shunda ular ketlarini yerda sudrab kirib borishdi-da, mag‘firat tilash o‘rniga, ya’ni «hitta» deyish o‘rniga «hinta» (bug‘doy) deb aytishdi». Olloh taoloning qavli: «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «Ushal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh, taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb aytgil!» Ikrima: «Jabr, Mik va Asrof (Jabroiyl, Mikoiyl va Asrofiyl) — Iyl (ya’ni, Olloh) ning qullari»,— deydilar. Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom kuzgi shudgor qilayotib, Janob Rasulullohning kelayotganlarining daragini eshitdi. Janob Rasululloh kelib, unga: «Men sendan payg‘ambarlargina biladirgan uch narsa haqida so‘rayman Qiyomatning dastlabki alomatlari qanday? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom qaysi? Nima sababdan farzand otasi yoki onasiga tortadi (o‘xshab qoladi)?»—dedilar. Abdulloh ibn Salom: «Ha, bilaman, farishtalardan bo‘lmiga va yahudiylarga dushman o‘shal zot (ya’ni, Hazrat Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 107 Jabroil).» deya «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «O’shal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb aytgil!» degan oyati karimani tilovat qildi. So‘ng, u: «Qiyomatning dastlabki alomati shulki, alanga ko‘tarilib, Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan odamlarni to‘plagay, jannat ahlining dastlabki taomi ersa, nahangning jigar o‘simtasidir, farzandning otasi yoki onasiga tortib qolishining boisi — agar erkakning suvi ayolning suvidan ildamlik qilsa, onasiga tortadi»,— dedi. Keyin, u: «Ollohdan bo‘lak tangri yuqligiga, sizning Olloh taoloning rasuli erkanligingizga shahodat keltiraman! Yo Rasulalloh, yahudiylar betayin qavm bo‘lib, agar ular mening islomga kirganimni siz ulardan mening haqimda so‘ramasingizdan ilgari sizdan bilib olishsa, meni badnom qilgaylar»,— dedi. Shul asnoda yahudiylar kelib qolishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ulardan «Abdulloh (ibn Salom) oralaringizda qanday mavqega ega?» — deb so‘radilar. Ular: «U bizning eng yaxshi odamimiz va eng yaxshi odamimizning farzandidur hamda u bizning ulug‘imiz va ulug‘imizning farzandidur!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh ibn Salomning islomni qabul qilganini bildingizlarmi» — dedilar. Ular: «Olloh taolo uni bundan o‘z panohida asrasin!» — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom chiqib kelib: «Ashhadu anlo iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi!»—dedi. Ular «U bizning eng yomon odamimiz va eng yomon odamimizning farzandidur!» — deb uni badnom qilishdi. Abdulloh ibn Salom: «Yo Rasulalloh, men mana shundan cho‘chigan erdim!» —dedi». 5-bob. Olloh taoloning «Biz qaysi oyatni bekor qilurmiz yo unutdirurmiz...» degan qavli xususida Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deydilar «Ubay bizga («Baqara» surasini) qiroat qilmoqni o‘rgatdi. Shunda Hazrat Ali bizning xayu o‘qiganimizni aytdilar. Ubay «Men bu surani Janob Rasulullohning o‘zlaridan tula o‘rganib olganman, uni chala yod olgan ermasman, Olloh taolo «Biz qaysi oyatni mansux (bekor) qilurmiz yo unutdirurmiz» degan»,— dedi» 6-bob. Olloh taoloning «Va ular: «Olloh taoloning farzandi bordur»,— derlar» degan qavli xususida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Olloh taolo bunda: dedi»,— dedilar. «Odam bolasi menga tuhmat qildi, u bunday qilmasligi lozim erdi, (Odam bolasi) meni haqorag qildi, u bundai qilmasligi lozim erdi! Ammo, menga tuhmat qilgani xususiga kelsak, u meni ilgarigi holiga qaytarolmaydi, deb ta’kidlaydi Ammo, meni haqorat qilgani xususiga kelsak, «Olloh taoloning bolasi bor, u o‘ziga juft va bola qila oladi»,— deydi». 7-bob. Olloh taoloning «Ibrohim Maqomini doimiy ibodatgoh qilib olingizlar!» degan qavli xususida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bunday dedilar: «Olloh taolo mening uch iltijomni ro‘bga chiqardi. 1) «Yo Rasulalloh, Ibrohim Maqomini ibodatgoh qilib olsangiz erdi!» deb aytganimda 2) «Yo Rasulalloh, huzuringizga yaxshi ham, yomon ham kirib turadi mo‘minlarning ayollarini hijob (chochvon, parda) kiyishga amr qilsangiz erdi!» deb aytganimda Olloh taolo «Hijob oyatini nozil qildi 3) Keyin, men Janob Rasulullohning ba’zi ayollariga dashnom berganlarini eshitib qolib, ularning xuzuriga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 108 kirdim-da «Olloh taolo birlan uning rasulini o‘zlaringizdan afzal, deb bilsangizlar erdi!» — dedim. Shunda ul zotning ayollaridan biri kelib, mesha «Ey Umar hatto Janob Rasulullohning og‘izlaridan ayollariga nisbatan sen aytgan so‘zlar chiqmagan erdi!» — dedi. Shunda Olloh taolo: «Uning parvardigori, agar u sizlarni taloq qilsa, o‘rningizga sizlardan yaxshiroq muslima xotinlarni unga juft qilib qo‘yishga qodirdur!» degan oyati karimasini nozil qildi» Olloh taoloning qavli: «Ibrohim va Ismoil Ka’ba devorlarini ko‘tarayotganda «Ey bizning parvardigorimiz, qabul etgil bizlardan (bu xizmatni), darhaqiqat sengina eshitguvchi, bilguvchidursan!» deb aytur erdilar» Oisha raziyallohu taolo anho bunday deb xabar beradilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmingning Ka’bani (qayta) qurishayotib, Ibrohim alayhissalom qo‘iib ketgan poydevorlarni pasaytirib qo‘yishganini kurmaysanmi!» — dedilar. Men «Yo Rasulalloh, Ibrohim alayhissalomning poydevorlarini asliga keltirib qo‘ymaysizmi?»—dedim. Ul zot: «Qavming kufrdan qaytib, endigina islomga kirmagan bo‘lganida, shunday qilgan bo‘lur erdim!» — dedilar». Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar «Oisha raziyallohu anho bu hadisni Janob Rasulullohdan eshitgan bulsalar-da, men «Janob Rasululloh Ka’ba devorlari Ibrohim alayhissalom qurganlaridek qilib qayta qurilmagani uchungina hijr (devor) yonidagi ikki ustunni silab tavof qilmaganlar»,— deyolmayman» 8-bob. Olloh taoloning «Ollohga va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» deb aytingizlar!» degan qavli xususida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kitob axli Tavrotni ibroniycha qiroat qilib, uni islom ahliga arabcha tafsir qilishar erdi. Janob Rasululloh «Kitob ahliga ishonmangizlar ham, ularni yolg‘onchi demangizlar ham, ularga «Olloh taologa va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» — deb aytingiz-lar!» — dedilar» Olloh taoloning qavli: «Ahmoqlar: «Musulmonlarni doimo ibodat qilib kelgan qiblalaridan yuz o‘girmoqlariga nima majbur qildi?» — deb aytgaylar. Shunda siz: «Mag‘rib ham, Mashriq ham Olloh taoloning o‘z mulkidur, u istagan bandasini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur!» — deb aytingiz!» Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi sallam Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidilar, ammo, aslida Baytullohning o‘zlariga qibla bo‘lmogini xohlar erdilar. Bir kuni ul zot Baytullohga qarab namoz o‘qidilar, qavm ham birgalashib o‘qidi. Keyin, ul zot birlan birga namoz o‘qigan kishilardan biri namoz o‘qib turgan bir guruh odamlar oldiga borib «Olloh taoloni guvoh qilib ayturmanki, men hozirgina Janob Rasululloh birlan birga Makkaga qarab namoz o‘qidim»—dedi. Shunda boyagi namozxonlar Baytulloh tomonga qarab o‘g‘irilib olishdi. Qibla Baitulmuqaddasdan Baytulloh tomonga o‘zgartirilmasidan ilgari shahid bo‘lganlar ham bor erdi, biz ular xususida nima demog‘imizni bilmas erdik. Olloh taolo «Va Olloh taolo sizlarning iymonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!», «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 109 qildikki, toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh bo‘lsinlar!» degan oyatlarni nozil qildi» Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni " Olloh taolo Nuh alayhissalomni da’vat qilganda ul kishi «Labbay, ey rabbim, xizmatingga hoziru nozirman!» deb javob bergaylar. Olloh taolo «Mening hukmlarimni o‘z ummatingga yetkazdingmi?» — deb so‘ragay. Nuh alayhissalom «Ha»,— degaylar. Keyin, ul kishining ummatlariga «Mening hukmlarimni sizlarga yetkazganmidi?»—deyilgay. Ular «Bizning huzurimizga biror ogohlantiruvchi odam kelgan ermas!»—deyishgay. Olloh taolo Nuh alayhissalomga «Mening hukmlarimni ummatingga yetkazganingga kim guvohlik bera oladi?» —degay. Nuh alayhissalom «Muhammad sallallohu alayhi va sallam va ul zotning ummatlari guvohlik berishgay»,— degaylar. Shunda ular Nuh alayhissalomning Olloh taolo hukmlarini o‘z ummatlariga yetkazganliklariga guvohlik berishgay va rasul ham sizlarga guvohlik bergay. Bu Olloh taoloning qavlidur. Olloh taolo «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat qildikki toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh bo‘lsinlar va biz siz ilgari yuzingizni qaratib namoz o‘qib yurgan tomonni kimlar rasulga ergashajagini va kimlar orqasiga qaytajagini bilmoq uchungina qibla qilgan erdik va albatta bu muomala og‘ir bo‘lib, uni Olloh taolo hidoyat qilgan bandalargina ko‘targaylar va Olloh taolo sizlarning iimonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!» — deydi» Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib « Olloh taolo Janob Rasulullohga Qur’on (vahiy) tushirib, Ka’bani qibla qilmoqni amr qildi»,— dedi. Namozxonlar darhol Olloh taoloning amriga buyin egishib, yuzlarini Ka’baga o‘girishdi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling