Mavzu: Hadislarda milliy va diniy qadriyatlarni aks etishi. Reja: Hadis ilmi haqida
Download 35.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqHadislarda milliy va diniy qadriyatlarni aks etishi.
Mavzu: Hadislarda milliy va diniy qadriyatlarni aks etishi. Reja: Hadis ilmi haqida. Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma`naviyat Qadriyatlar. Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. H. 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. H. 2 turga — H.i qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan H.lar) va H.i nabaviyga boʻlinadi. H.lar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif. Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu H.larni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng H.larni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi H. kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin H. toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar H.lari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. Hijriy 3-asrda H. taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi H.lar bir joyda keltirilib, ular H. rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging H. kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli H.lar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli H.lar bilan bir qatorda "zaif" H.lar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir. Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy H. toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar H. toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima H.lar yuzaga kelgan. Davr oʻtishi bilan H.lar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan H.ning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (q. Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". "Sahihi Buxoriy" koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. H.lar toʻplami sunna deb nom olgan. H.larni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga H. shaklida oʻtgan. H. yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. H. har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" H.lar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2nashri esa 1997 yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning "Sahihi Termiziy" H.lar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999 yil Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi. Hadis (حديث) Muhammadning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va oʻrganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi. Muhaddis (arab. - hadis rivoyat qiluvchi) - hadislarni toʻplash, saralash va sharhlash bilan shugʻullangan ilohiyotchi. Muhammad (S.A.V) vafotidan keyin hadislarni toʻplash keng aʼnanaga aylana boshlanishi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada uxtisoslashgan va ular muhaddislar deb nom olgan. Hadis toʻplamlari islom anʼanasida eʼtibor qozonib, muhaddislar (mas., Imom al-Buxoriy, Muslim ibn alhajjoj, Ibn Moja va boshq.) islom tarixida mashhur boʻlib ketgan. Islom dini ta'limotida “Qur'oni karim”dan keyin asosiy manba hadislardir. Hadis ilmi bilan shug'ullanish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, unga eng bilimdon, mo''tabar shaxslargina tartib bergan. Ma'lumotlarga qaraganda, VIII-XI asrlarda to'rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug'ullangan. Biz bu manbalarning ko'pi bilan tanish emasmiz. Keyingi yillarda Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati hamda uning diniy- axloqiy ko'rsatmalarini o'z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al- Jome' as-sahiq”, “Al-adab al- mufrad” asarlari tarjima qilinib nashr etildi. At-Termiziyning “Ash-Shamoili an-Nabaviya” asari hamda ularga yozilgan so'zboshilar, ba'zi kichik risola va maqolalar chop etildi. Biz ana shu manbalarga tayangan holda fikrlarimizni bayon etamiz. “Hadis” yoki “sunna” so'zlari bir ma'noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko'rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e'tiqod, poklik va insonga xos ma'naviy- axloqiy xislatlarni ifodalovchi so'zlari pand-nasihatlari uning nomi bilan bog'liq hadislarda mujassamlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan. Chunki payg'ambarimiz Qur'oni Karim nozil bo'lgan vaqtlarda arab bo'lmagan kishilarning hadislarni Qur'on oyatlaridan deb o'ylashlaridan cho'chib, uni yozib borishlariga ruxsat etmaganlar. Lekin payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhivasallam huzurida sahobalar bo'lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarni yodlab borganlar. Masalan, Hazrati Abu Xurayra shunday mo''tabar kishilardan bo'lib, butun imrini hadislarni yodlashga baxsh etgan. Mazkur hadislar to'g'ri, ishonarli (sahih) bo'lgan. Lekin, hadislarni yod olgan kishilar tobora kamaya borgani hamda asta-sekin ular unutilib ketishining oldi olinib, xalifalar ishonarli hadislarni to'plashga farmon berdilar. Islomshunos olimlar bu ishni boshida turgan dastlabki xalifa Umar ibn Abdulaziz ekanligini ta'kidlaydilar. Hadislarni birinchi marta yozish bilan mashg'ul bo'lgan muhaddislar Rabee bin Sabeh, Said bin Abi Aruba, Molik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al- Avzoiy Shoshiy, Sufyon Savriy Kufiy va boshqalar deb ko'rsatiladi. VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun “oltin davr” xisoblanadi. Bu davrga kelib, islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to'g'riligi, qanday manbalarga tayanganligi tadqiq etila boshlanadi. Chunki, ba'zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo bo'la boshlagan, ularni tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd qilish zamon talabi bo'lib qolgan edi. Shuning uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy bilimdon,o'tkir muhofazali kishilarning asta-sekin kamayib ketayotganligi, ikkinchidan, hadisalarning haqiqiy, ishonarli, ya'ni sahihlarini saqlab qolish maqsadida hadislar tekshirilib, asl holiga qaytarilib, yozib yig'ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to'plam (as-sahih as- sitta)ni yaratgan muhaddislar ham vatandoshlarimiz bo'lib, hadis ilmi rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar. Bular Abud Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810) - 256 (870), Imom Muslim ibn al-Xajjoj 206 (819) - 261 (874), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824) - 279 (892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) - 275 (880), Imom Ahmad an- Nasoiy 215 (830) - 303 (915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209 (824) - 273 (886) kabi allomalardir. Olimlar “al-kutub as- sitta” (olti kitob)ni quyidagilardan iborat deb ko'rsatadilar. 1.Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgan “As- Sahih”. 2.Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Hajjoj) tomonidan yozilgan “As- Sahih”. 3.Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan “Sunnan”. 4. Imom Abu Dovud Sulaymon-Sijistoniy tomonidan yozilgan “Sunnat”. 5. Imom ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-kabir”. 6. Ahmad an-Nasoiy tomonidan yozilgan “Sunnan” kabi to'plamlardir. Xadis ta'lif etishda asosan, uch yo'nalish paydo bo'lgan 1.“Musnad” yo'nalishi. Bunda turli mavzudagi hadislar, bir joyda keltirilib, alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh ibn Muso, Imom Ahmad ibn Hanbal hadislarni ana shu yo'nalishda to'plaganlar. 2. “Sahih” (ishonchli) yo'nalishi. Bunga Imom Buxoriy asos solganlar. Bularga to'g'ri, ishonarli hadislar kiritilgan. 3. “Sunnan” yo'nalishidagi hadislar. Mazkur yo'nalishdagi hadislarga to'g'ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda, “zaif” hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Iso at-Termiziy, an-Nasosiy, ibn Mojjalar shunday yo'nalishdagi hadislarni to'plagan muhaddislar. Movarounnahrda birinchi bo'lib hadis to'plagan muhaddis Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Yana vatandoshlaarimizdan Imom Ahmad ibn Hanbal al- Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn qulayb ash- Shoshiy, Hofiz al-Xorazmiy, Imom Abdulhasan Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy va boshqalardir. 2. Hadisshunoslik va ta'lim-tarbiya. Hadislarda insonning kamolga yetishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo'lib, bular mehr-oqibat ko'rsatish, sahiylik, ochiq ko'ngillilik, ota- ona va kattalarga, qarindoshlarga g'amxo'rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb- hunarni ulug'lash, halollik, poklik, o'zaro do'st, tinch- totuv bo'lish va boshqalardan iboratdir. Bundan tashqari, insonning o'zini yomon illatlardan tiyish, yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o'z ifodasini topganki, bularning barchasi qur'oni Karim ko'rsatmalaridan kelib chiqadi va komil insonni shakllantirish mezoni sanaladi.Avvalo, Islom aqidasiga binoan har bir musulmon iymonli bo'lishi kerakdir. Qur'oni Karimda ta'kidlanganidek, hadisning ham birinchi kitobi iymon kitobidir. Islomdan murod iymon demakdir. Iymonning mukammal bo'lmog'ining uch sharti ko'rsatiladi: to'g'ri e'tiqodli bo'lmoq; kishilar bilan yaxshi munosabatda bo'lmoq; kishi o'z ustida ishlamog'i va o'zini ibodat va itoatga chiniqtirmog'i. Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deb, iymon belgilari sanab o'tiladiki, bularning har biri inson ma'naviy qiyofasining mukammallashuviga ta'sir etuvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo'li bilan va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”; “O'zi yaxshi ko'rgan narsani birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo'min bo'la olmaysiz” (3-,4-, 6- boblar); “Uchta xislatni o'zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo'lgaydir: -insofli va adolatli bo'lmoq; -barchaga salom bermoq; -kambag'alligida ham sadaqa berib turmoq”. Bundan tashqari, kishilar uchun xos bo'lmagan munofiqlik illatlari ham ko'rsatib o'tiladi: Rasulloh sallalohu alayhi vasallam aytganlar: “quyidagi to'rtta illat kimda bo'lsa, aniq munofiq bo'lg'aydir, kimdaki ulardan bittasi bo'lsa, uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir illati bor ekan, deyiladir: -omontga xiyonat qilgaydir; -so'zlasa yolg'on so'zlagaydir; -shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir; -urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir” 3. Hadis ilmining rivojlanishida Imom-al Buxoriyning o'rni. “Sahih” yo'nalishining asoschisi, eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abduloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Buxoriy hadis ilmida “Amir ul- mo''minin”. “Imom al- muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan. U 810 yil, 13 mayda (ba'zi manbalarda 810 yil, 20 iyulda) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug'ilgan. Go'dakligida otadan yetim qolgan. Ukuv muassasasida savod chiqargan, 10 yoshidanoq arab tili va kitoblaridan ularni yodlay boshlaydi. Al-Buxoriy hadis ilmini katta qiziqish bilan o'rgana boshlaydi. Yoshlik chog'idan boshlab turli roviylardan eshitgan hadislarni yodlab boror edi. Abdulloh ibn ol-Muborak, Vaqi' ibn Jarroh kabi olimlar to'plagan hadislarni yod olgan, hadis rivoyatchilari haqidagi bahslarda qatnashgan. Al-Buxoriy 825 yilda, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinayu Munavvarada bo'lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Barsa, Kufa, Bag'dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo'lib, safar jarayonida muhaddislardan hadis o'qir edi. Olti yil Hijozda qolib, hadis ilmidan ta'lim oladi. Shu bilan birga, Damashk, Qohira, Basra, Bag'dod shaharlarida mashhur olimlardan fiqh olmidan dars oladi, o'zi ham bahs va munozaralarda qatnashadi, tolibu ilmlarga dars ham beradi. Imom Buxoriy iste'dodli, o'tkir muhofazali, ziyrak olim bo'lgan. “Manbalarga ko'ra, Bag'dodda istiqomat qilgan paytida ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalari sham yorug'ida kitob o'qir ekan. Agar tunda behosdan biror-bir fikr- mulohaza kelib qolsa, shamni yoqib darhol fikrini qog'ozga tushirar, shu taxlitda ba'zi kechalari shamni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan”. Imom Buxoriyning o'tkir zehn egasi ekanligini qo'yidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarga ko'ra “U qaysi bir kitobni qo'lga olib, bir marotaba mutolaa qilsa, hammasi yod qolaverardi”. Imom Buxoriyning o'z so'ziga ko'ra, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g'ayri sahih (ishnchsiz) hadisni yod bilar ekan. O'z shogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriyga ma'lum bo'lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustozi Imom Ahmad ibn Hanbal al- Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”. Imom Buxoriyning o'tkir zehni haqida shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o'tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o'tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: “Sen nega hadislarni yozmaysan?” - deb ta'na qilgan vaqtimizda: “Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og'zidan yodlab olayotirman”, - dedi- da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o'qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadisalarimizdagi xatolarni uning yodlaganidan tuzatib oladigan bo'ldik”. Imom Buxoriy juda ko'p zabardast olimlardan ta'lim oladi. Manbalarda uning ustozlarini to'qsonga yaqin deb ko'rsatishadi. Muhammad ibn Yusuf al-g'artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az- Zubayr al-Hamiydiy, ibn Rahavayx nomi bilan mashhur imom Ishoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madiyniylar uning ustozlaridir. Imom al-Buxoriyning o'zi ham yirik va mashhur olimlar Ishoq ibn Muhammad al- Ramoziy, Abdulloh ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad ibn Abu Iso at- Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn Al- Hajjojlarga o'z vaqtida ustozlik qilgan. Imom Buxoriy o'ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, saxovatli inson ham bo'lgan. U hadis ilmining yetuk olimi bo'lsa ham, vaqti kelganda zamondoshlari, shogirdlaridan ham o'rgangan. Imom Buxoriy bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitgan. Undan to'qson ming kishi ishonarli hadisni to'plagan, 100 ming “sahih” va 200 ming “g'ayri sahih” hadislarni yod olgan. (N. Raximjonov “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli. ” BMI 2005.) Imom al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talabalar va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va uning targ'ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko'ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xolid az-Zuhaliy uni saroyiga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Buxoriy bu taklifni qabul emaydi va: “Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo'lsa, tarbiyalanuvchilarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, - deb javod beradi. Al-Buxoriy bilan amir Xolid ibn Ahmad az-Zuhalliy munosabatlariga rahna tushadi. Bunga ba'zi hasadgo'y shaxslarning ig'volari ham sabab bo'ladi. Amir buyuk allomani shahardan chiqib ketishga farmon beradi. Uni Samarqand ulamolari o'z yurtlariga taklif etadilar. Imom Buxoriy yo'lga chiqadi. Ammo Samarqandga yaqin Haftang qishlog'ida (hozirgi Poyariq tumani) betob bo'lib qoladi va shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 870 yil 1 sentyabrь) 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. 4. Imom-al Buxoriy hadislari, ularning tahlili. Olimlarning ta'kidlashlaricha, Imom al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qolirgan. Uning “Al-Jome' as- sahih” (“Ishonchli to'plam”), “Al-adab al-mufrad”, “At- Tarix al-kibor” (“Katta tarix”), “At-Tarix as-sag'iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l- Imom” (“Imom ortida turib o'qish”), “Vaf'ul-yadini fi-s- Saloti” (“Namozda ikki qo'lni ko'tarish”) kabi ishlari mavjud bo'lib, qo'lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Amma “At- Tarix al-avsat” (“O'rta tarix”), “At-Tafsir al-kabir” (Katta tafsir”), (“Al-Jome' al- kabir” (“Katta to'plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari ham bo'lganligi ma'lum, lekin bular bizgacha yetib kelmagan. Shubhasiz, bu asarlaridan eng yetuk, shoh asari “Al-Jome'- as-sahih”dir. Bu asar “Sahih al- Buxoriy” nomi bilan ham dunyoda mashhur. 4-jildan iborat mazkur kitobda payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma'lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hadislar kiritilgan bo'lib, takrorlanmaydigan 4000 xadisdan iboratdir. Bu kitob islom ta'limotida Qur'oni karimdan keyingi manba hisoblanadi. Ma'lumki, Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari yetaklovchi ta'limot. Shu sababli Ko'r'oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq va odob keng targ'ib etilgan. 5. Imom-at Termiziyning hadislari va ularning ahamiyati. Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Abu Iso at- Termiziy bo'lib, u 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug' (hozirgi Surxonlaryo viloyatining Sherobod tumanida) qishlog'ida to'g'ilgan. Uning oilasi va ota- onasi haqida ma'lumotlar yo'q. Ba'zi tadqiqotchilar uning asli marvlik bo'lgan deb qayd etadilar. U bolaligidan ilmga qiziqqan bo'lib, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan. At-Termiziy 950 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijozda bo'lib, Makka va Madinani ziyorat qiladi, Iroq, Xurosonda hadis ilmi, fiqh, ilmi al-qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o'rganadi. Mana shu safarda at-Termiziy hadislarni to'play boshlaydi. Hadis ilmini o'rganishda mashhur muhaddis at- Termiziy ustozi al-Buxoriyni alohida hurmat qiladi. Hatto manbalarda at-Termiziy ustozining vafoti tufayli ko'p yig'laganidan ko'zi ko'r bo'lib qolgan, degan fikrlar ham mavjud. At-Termiziyning o'tkir zehni, xotirasi, yodlash qobiliyatining kuchliligi tufayli al-Buxoriy ham uni faqat shogird sifatida emas, o'ziga hamkor do'st sifatida ham hurmat qilgan. At-Termiziy uzoq safarida hadislarni to'plab, kitoblar ta'lif qilishga boshladi. U 863 yilda o'z vataniga qaytdi va o'zi ham shogirdlarga ta'lim berib, xam kitoblar yozdi. At-Termiziyning o'ndan ortiq asarlar yaratganligi ma'lum. Bular “Al-Jom'e as- sahih” (“Ishonchli to'plam”), “Ash-Shamoil an- Nabaviya” (“Payg'ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi- l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og'ishlar haqida”) asarlari mashhurdir. At-Termiziyning yozib qoldirgan asarlaridagi hadislar ham al-Buxoriy hadislari kabi insonni halollik, adolat, e'tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shafkat, kattalarga, ota-ona va qarindoshlarga hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Holid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga besh yuz dirhamdan faqiru miskinlarga, ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991—96 ylarda 4 jildda nashr etildi. Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan «Kitob al-kuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «At-Ta’rix al-kabiyr» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek «At-ta’rix as-sag‘iyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan «Kitob al-favoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af’ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz tarixi bir necha ming yilni qamrab oladi va ma’naviyatimiz to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi hatto milliy hududlarimizdan tashqarida ham topilgan bo’lib, «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklarda uchraydi. Ikkinchi qismi qadim Shumer, Bobil va Ashshur, Misr va Yunon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgan. Uchinchi guruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’ngi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, milliy madaniyatining cho’qqisiga qiyos qilish mumkin. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo’lishi amrimaholdir.Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkil etadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy zamini mustahkam bo’lmaydi. Chunki milliy ong mustaqilikka yo’nalish beradi, xalqini yaktan, yakdil qiladi.Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart sharoitlari, urf-odatlari, an’nalari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) xissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari, qarashlari, g’oya va nazariyalari majmuini ham anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust bo’lmaydi. Aksincha, milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgai ma’naviy merosi orqali yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo’shilib rivojlanadi. Shu bois ta’lim tarbiyaning milliy ongining shakllanishi hamda taraqqiy etishdagi o’rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir. Ta’lim-tarbiya tizimini ana shu asosda qayta ko’rib chiqish hozirgi davrda ayniqsa muhimdir. Bu esa, o’z navbatida, ilm-fan, axloq va huquq, adabiyot va san’at oldiga bir qator masalalar qo’yadi. Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko’maklashadi, komil inson degan oliy maqsad sari etaklaydi.Avvalo muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy kiyofasi o’sha tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlarga qarab o’zgarib borishi tabiiydir. Zero, millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi.Aslida milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustuqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tish mumkin. Ularning hayotida shiddat bilan ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik keskin tus olmasin, xalq ommasi ongining yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olyapti.Milliy ong va uning shakllanishi eng avvalo, milliy uyg’onish zaminida boshlanadi. Milliylikni tan olish millatga mansub kishilarning ijtimoiy etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etadi. Milliylikda milliy mansublik ruhi ham mavjud. Diqqat qilinsa, milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanishini bilish mumkin. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo’lsa, uni milliy o’z-o’zini anglash deb tushunish mumkin. Milliy o’zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun ko’llanma darajasiga ko’tarilsa, milliy mafkura deb ataladi. Bu sohadagi asosiy qoidalar Islom Karimovning «Istiqlol va ma’naviyat» asarida ta’kidlangan bo’lib, bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o’zligini aglashidir. Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm. Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar; An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar; Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar; Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar. Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar. Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak. Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qolaveradi. Biron millatning yaxshi urf-odatlari, marosimlari boshqa millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi. Download 35.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling