Abu abdulloh
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Madina birlan Shom o‘rtasidagi)
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Eron podshohi) Xusrav birlan (Vizantiya podshohi) Qaysarga maktub yuborganliklari haqida
- 71-bob. Janob Rasulullohning kasallanib vafot etganlari va Olloh taoloning «Sen mayyiqan va ular ham mayyitdurlar, so‘ng sizlar Qiyomat kuni
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Madina birlan Shom o‘rtasidagi) Hijrga borganliklari haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrdan o‘tib ketayotib: «Uzlariga zulm qilganlarning uylariga kira Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 95 ko‘rmangizlarki, ular giriftor bo‘lgan, falokatga sizlar ham giriftor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar!» — dedilar. So‘ng, boshlarini o‘rab olib, tuyalarini vodiyga chiqquncha choptirib ketdilar». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrga birga borgan sahobalariga: «Olloh taoloning azobiga duchor bo‘lgan anavilarning uylariga kira ko‘rmangizlar, aks holda ular giriftor bo‘lgan falokatga sizlar ham duchor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar!» — dedilar». 70-bob. Mugira ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi-bir hojatlarini chiqarmoq uchun nari ketdilar. Qaytib kelganlaridan keyin, qo‘llariga suv quyib bermoqqa o‘rnimdan turdim. Bu Tabuk g‘azotida bo‘lgan erdi, shekilli. Yuzlarini yuvgach, bilaklarini yuvaman, deb erdilar, choponlarining yengi torlik qilib qolib, qo‘llarini yeng ichidan chiqarib oldilar. Bilaklarini yuvgach, mahsilariga mash tortdilar». Abu Humayd bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytdik, Madinaga yaqinlashganimizda ul zot: «Bu Tobadur (ya’ni, Madina), mana bu ersa Uhud tog‘idur, u bizni sevadi, biz ham uni sevamiz!»—dedilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotidan qaytdilar, Madinaga yaqin qolganda: «Madinada shunday qavmlar borki, ular sizlar kabi ko‘p yo‘l yurib, sizlar kabi vodiylarni kesib o‘tishmagan, aks holda ular sizlar birlan birga bo‘lgan bo‘lur erdilar!» — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, Madinadek bir tabarruk joyda shunday qavmlar bormi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ha, Madinada shunday qavmlar bor, ular qandaydir vajga ko‘ra (g‘azotdan) qolganlar»,— dedilar». Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Eron podshohi) Xusrav birlan (Vizantiya podshohi) Qaysarga maktub yuborganliklari haqida Ibn Abbos bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiyga maktub berib, uni Bahrayn boshlig‘iga topshirmoqni amr qildilar, Bahrayn boshlig‘i maktubni Xusravga berdi. Xusrav uni o‘qib ko‘rgach, yirtib tashladi. Menimcha, Ibn Musayyab aytgandiki, Janob Rasululloh xusraviylarni duoi bad qilib, Olloh taolodan ularning o‘zlarini ham burda-burda qilib yirtib tashlamoqni iltijo qilibdilar». Abu Bakra rivoyat qiladilar: «Olloh taolo men Janob Rasulullohdan eshitgan bir so‘z birlan menga manfaat yetkazgan erdi. Men Jamal kunlari Jamal ashoblari birlan urushmoq uchun yo‘lga chiqib, ularga yetib olay deganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fors ahli Xusrav qizini o‘zlariga podshoh qilib olibdilar, o‘z ishini xotin kishiga topshirib qo‘ygan qavm sira muvaffaqiyat qozonmagay!» — deb erdilar». Soib ibn Yazid bunday deydilar: «Esimda, bir kuni men g‘ulomlar birlan birga Janob Rasulullohni kutib olmoq uchun Saniyat ul-Vido’ga chiqib erdim. Shunda Sufyon menga: «Bolalar birlan birga qayoqqa ketayotirsan?»—deb erdi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 96 Soib yana bunday degan erkanlar: «Esimda, bir kuni men bolalar birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytib kelayotgan Janob Rasulullohni kutib olmoq uchun Saniyat ul-Vido’ga chiqib erdim». 71-bob. Janob Rasulullohning kasallanib vafot etganlari va Olloh taoloning «Sen mayyiqan va ular ham mayyitdurlar, so‘ng sizlar Qiyomat kuni rabbingizning huzurida xusumatlashgaysizlar» degan qavli xususida Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafotlari arafasida kasal bo‘lib yotgan vaqtlarida: «Yo Oisha! Xaybarda tanovul qilgan taomimning dardini shu vaqtgacha tortayotirman, hozir nafasimning Qisilayotganini o‘shal zahardan, deb bilaman»,— dedilar». Ummulfazl binti al-Xars rivoyat kiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shom namozida «Va-l-Mursaloti urfan»ni o‘qiganlarini eshitdim, so‘ng to vafot etgunlariga qadar biz birlan namoz o‘qimadilar». Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Ibn Abbosni bir guruh keksalar davrasiga olib borgan erdilar, ularning orasida o‘ltirgan Abdurrahmon ibn Avf Hazrat Umarga: «Bu bolani bizning davramizga olib kelmangiz, o‘zimizda ham bunday bolalar yetarli!» — dedi. Hazrat Umar: «Uning bilimini bir sinab ko‘rsangizlar!» — dedilar-da, Ibn Abbosdan «Izo joa nasrullohi val-fathu...» surasining ma’nosini so‘radilar. Ibn Abbos: «Bu surada Olloh taolo Janob Payg‘ambarimizga umrlari tugab qolganligini ma’lum qilayotir»,— dedi. Hazrat Umar: «Buning ma’nosini men ham sen kabi tushungan erdim»,— dedilar». Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Panjshanba kuni Ibn Abbos: «Panjshanba kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dardlari og‘irlashganda nimalar degan erdilar, bilasizlarmi?» — dedi, so‘ng o‘z savoliga o‘zi bunday deb javob qildi: «Janob Rasululloh: «Menga qog‘oz-qalam keltiringizlar, men sizlarga bir vasiyat yozib berayki, uni o‘qigach, sira yo‘ldan adashmagaysizlar!»— dedilar. Shunda sahobalar, ul zotning huzurlarida tortishish odobdan bo‘lmasa-da, o‘zaro tortishib qolishib: «Qo‘yaveringizlar, ul zot alahlayaptilar!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Menga qarshilik qilmangizlar, aytadirgan vasiyatimni aytib olay, bu sizlarga yaxshiroq bo‘lgay!» — dedilar-da, «Arabistondan mushriklarni quvib chiqaringizlar, mehmonni men siylagandek siylangizlar...» deb vasiyat qildilar, so‘ng jimib qoldilar. Uchinchi vasiyatlarini ham aytgan bo‘lishlari kerak, lekin men unutdim». Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taoloning omonatini topshirmoqqa hozir bo‘lganlarida uyda bir qancha kishilar bor erdi. Janob Rasululloh ularga: «Beri kelingizlar, sizlarga bir vasiyatnoma yozib berayki, uni o‘qigach, sira yo‘ldan adashmagaysizlar!» — dedilar. Shunda ba’zilar: «Janob Payg‘ambarimizni dard yengib qo‘yibdi, axir sizlarda Qur’oni Karim mavjudku, bizga Ollohning Kitobi kifoya qilgay!»— deyishdi. Natijada, uydagi kishilar o‘rtasida ixtilof chiqib, o‘zaro tortishib qolishdi. Ulardan biri «Tepalariga yaqinroq boringizlar, sizlarga vasiyatnoma bitib bergaylar, keyin yo‘ldan adashmagaysizlar!» desa, yana biri buning aksini aytar erdi. Huda-behuda gaplar ko‘payib, tortishuv kuchaygach, Janob Rasululloh: «Turingizlar, chiqib ketingizlar!»— deb amr qildilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 97 Ubaydulloh bunday deydilar: «Ibn Abbos: «Bu qanday kulfat bo‘ldiki, ularning huda- behuda gaplari va ixtiloflari Janob Rasulullohning vasiyatnoma bitib bermoqlariga imkon bermadi!»—deb aytar erdi». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fotima alayhossalomga dillaridagi bir gapni aytib erdilar, ul muhtarama yig‘lab yubordilar, keyin yana bir gapni aytib erdilar, kulib yubordilar. Shunda biz ul muhtaramadan buning boisini so‘radik. Ul muhtarama: «Janob Rasululloh avval menga vafotlari arafasidagi xastalik chog‘larida olamdan o‘tajaklarini aytdilar, men yig‘lab yubordim, keyin o‘z ahllaridan birinchi bo‘lib ul kishiga ergashajagimni ma’lum qildilar, men kulub yubordim»,— dedilar». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Payg‘ambar ikki dunyodan birini ixtiyor qilmaguncha, o‘lmaydi, deb eshitgan erdim. Keyin, Janob Rasululloh vafotlari arafasida xastalanib yotgan chog‘larida buni o‘zlaridan eshitib, haqiqat erkanligiga amin bo‘ldim. Ul zot «Ma’al-laziyna an’amallohu alayhim» degan oyati karimani o‘qidilar, shunda «U dunyoni ixtiyor qilibdilar» deb o‘yladim». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh o‘zlarini u dunyoga olib ketgan xastalik chog‘larida nuqul «Fi-r-Rafiq-il-a’lo!» der erdilar» (Qastaloniyning aytishlaricha, «Ar-Rafiq al-a’lo» iborasini bir necha ma’noda talqin qilish mumkin bo‘lib, ba’zi ulamolar: «Osmoniylardan ham yuqoriroqda maskan tutgan anbiyolar jamoasi nazarda tutilgan»,— deyishsa, ba’zilari: «O’z bandalarining do‘sti bo‘lmish Olloh taolo nazarda tutilgan»,— deyishadi). Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sog‘-salomat yurgan kezlarida: «Payg‘ambarlar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, vafot etmaydi, avval unga jannatdagi joyi ko‘rsatiladi, so‘ng u bu dunyodan voz kechib, oxirat dunyosini ixtiyor qiladi»,— der erdilar. Ul zot xastalanib, Azroil huzurlariga kelganda, boshlari mening tizzamda bo‘lib, hushlaridan ketgan erdilar. Uzlariga kelgach, ko‘zlarini uyning shiftiga tikkanlaricha: «Ollohumma, fi-r-Rafiq-il-a’lo» («Yo Ol-loh, meni Buyuk do‘st bo‘lmish o‘zingga yetishtirgil!») — dedilar. Men: «Demak, bizni ko‘ngillari xushlamayotir, sog‘-salomat yurgan kezlarida aytgan gaplari shu erkan-da!»— deb xayolimdan o‘tkazdim». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr Rasulullohning huzurlariga kirdi. Shunda men ul zotning boshlarini ko‘kragimga suyab o‘ltirgan erdim, Abdurrahmon ersa qo‘lidagi misvok birlan tishini tozalar erdi. Janob Rasululloh unga bir nazar tashlab erdilar, men undan misvokni olib, uchini sindirib tashladim, so‘ng suvini silkitib pokizaladim-da, ul zotga uzatdim, u birlan tishlarini tozaladilar. Men ul zotning shunga qadar bunchalik o‘ta xafsala birlan tish tozalaganlarini ko‘rmagan erdim. Janob Rasululloh tishlarini tozalab bo‘lishlari birlanoq qo‘llarini ko‘tarib uch bor «Yo Olloh, meni Buyuk do‘st bo‘lmish o‘zingga yetishtirgil!» — dedilar-da, olamdan ko‘z yumdilar, boshlarini bag‘rimga bosgancha qoldim». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lsalar, muavvizotni o‘qib o‘zlariga o‘zlari dam solar, qo‘llariga ham dam solib badanlariga surtar erdilar. Dardlari og‘irlashib qolganda ersa, men o‘zim muavvizotni Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 98 o‘qib ul zotga dam solar, nafi tegsin, deb o‘zlarining qo‘llari birlan badanlarini silar erdim». Ibod ibn Abdulloh ibi az-Zubayr bunday deydilar «Oisha raziyallohu anho Janob Rasulullohning xastalangan vaqtlarida orqalariga suyanib turib «Yo Olloh, meni mag‘firat qilgil, menga rahm qilgil va meni do‘stga yetishtirgil!» — deb aytganlarini quloq tutib eshitgan erkanlar» Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u dunyoga olib ketgan xastalik vaqtlarida «Olloh taolo o‘z payg‘ambarlari qabrlarini masjid qilib olgan yahudiylarni la’natlasin!»— deb erdilar, agar shunday demaganlarida erdi, men ul zotning qabrlarini hashamatli qilib qo‘ygan bo‘lur erdim, ammo ul zot aynan shunday qilinishidan xavotir olganlar»,— dedilar Oisha raziyallohu anho» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xastalanib, dardlari og‘irlashib qolganda barcha jufti halollaridan mening hujramda yotmoqlari uchun ijozat so‘radilar, ular rozi bo‘lishgach, ikki kishi — Abbos ibn Abdulmuttalib va yana bir odam qo‘ltiqlagan holda oyoqlarini zo‘r-bazo‘r sudrab mening hujramga chiqdilar» Ubaydulloh bunday deydilar: «Men Oisha raziyallohu anho aytgan gaplarni Abdullohga aytgandim, u mendan «Oisha raziyallohu anho nomini tilga olmagan o‘shal ikkinchi odamning kimligini bilasanmi? — deb so‘radi. Men «Yo‘q»,— dedim Abdulloh ibn Abbos «Ushal odam Ali ibn Abu Tolib erdilar. Oisha raziyallohu anho «Janob Rasululloh hujramga kirganlarida dardlari yana ham og‘irlashdi. Shunda «Yettita og‘zi ochilmagan meshda ustimdan suv quyingizlar!»—deb amr qildilar, ul zot odamlar qoshiga chiqib, ularga pand-nasihat qilmoqni iroda qildilar, shekilli. Biz ul zotni o‘zlarinish jufti halollaridan biri bo‘lmish Hafsaning tog‘orasiga o‘tqazib qo‘idik, so‘ng «Bo‘ldi, yetarli!» demagunlaricha o‘shal yettita meshda ustilariga suv quya boshladik Keyin, turib odamlar qoshiga chiqdilar, ularga imomlik qilib namoz o‘qidilar va xutba qildilar» — deb aytar erdilar» — dedi». Ibn Shihob «Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba menga bunday deb aytgan erdi»,— deydilar «Oisha va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhum aytishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga dard tekkan kunlari goh xamisa (kiyim) larini yuzlariga tortib qo‘yar, goh siqilib ketib ochib tashlar erkanlarda «Uz payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olgan yahudiilaru nasorolarga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!»— deya musulmonlarni ular qilgan ishdan ogohlantirar erkanlar». Oisha raziyallohu anho Ubaydullohga bunday degan erkanlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bul xususda ko‘p marta murojaat qildim va bu menga sira ham malol kelmaydi, zero odamlarning ul zotdan keyin ul kishining maqomlarini egallagan boshqa biror kishini sevmog‘i mumkinligini qalbimga sira ham jo qilolmayman, chunki hech kimsa ul zotning maqomlarini egallay olmas, aks holda odamlar ul zotni sevmagan, ul zotdan yomonlik ko‘rgan bo‘lurlar!» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bag‘rimda zrkanliklarida jon taslim qildilar, men Janob Rasulullohdan keyin barcha mo‘minlarga ham shunday tez (oson) jon taslim qilmoqlik nasib bo‘lmog‘ini ravo Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 99 ko‘rgayman!» Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Janob Rasulullohning huzurlaridan (ul zot xastalanib o‘lim tushagida yotgan erdilar) tashqariga chiqdilar. Shunda odamlar ul kishidan «Ey Abulhasan, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ahvollari qanday?»—deb so‘rashdi. Hazrat Ali: «Olloh taologa shukur, sog‘ayib qoldilar!» — dedilar. Shunda, Abbos ibn Abdulmuttalib qo‘llaridan tutib, ul kishiga: «Siz, xudo haqi uch kundan so‘ng, asoning quli bo‘lursiz (ya’ni, qo‘lingizga aso tutib, tobut oldida borgaysiz) Men ersam, xudo haqi, Janob Rasulullohni mana shu dardlari olib ketadi, deb o‘ylayman, men Abdulmutalib avlodlarining o‘lim oldidagi qiyofasini yaxshi bilurman. Biz birlan birga ul zotning huzurlariga yuringiz, so‘raylikchi, o‘zlaridan keyin kimni xalifa qilib qoldirmoq niyatida erkanlar. Agar bizni xalifa qilmoqchi ersalar, buni bilib qo‘yaylik, basharti bizdan boshqalarni tayi nlamoqni iroda qilgan ersalar, bundan ham voqif bo‘lib qo‘yaylikki, bizga bu haqda vasiyat qilsinlar!» — dedi. Hazrat Ali unga: «Biz, xudo haqi, agar ul zotdan xalifalik xususida so‘rasak, bizga javob qilmaydilar-da, odamlar ul zot vafot qilganlaridan so‘ng, bizga xalifalikni berishmagay, men bunday deb so‘ramagayman!» — dedilar». Anas ibn Molik rivoyat kiladilar: «Dushashba kuni musulmonlar bomdod namozini o‘qishayotgan, Abu Bakr Siddiq ersalar ularga imomlik qilayotgan erdilar, nogahon Janob Rasululloh Oisha raziyallohu anhoning hujrasi eshigi pardasini ochib ularga qaradilar-da, tabassum qildilar. Buni ko‘rib Abu Bakr birinchi saf orasiga kirmoqchi bo‘lib, ortlariga tisarildilar, chunki Janob Rasululloh chiqib imomlik qiladilar, deb o‘ylagan erdilar. Namozxonlar ham Janob Rasulullohning eshik oldiga chiqqanlarini ko‘rib, xursand bo‘lganlaridan namozlarini buzib qo‘yay deyishdi. Ul zot «Namozingizni o‘qib tugatingizlar!» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar-da, hujraga qaytib kirib, pardani yopib qo‘ydilar». Oisha onamizning mavlolari Zakvon rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Olloh taoloning menga ato etgan ne’matlaridan biri — Janob Rasulullohning mening uyimda, mening huzurnmda bo‘ladirgan kunlarida va mening bag‘rimda vafot etg-anlaridur! Olloh taolo Janob Rasululloh vafot etayotgan chog‘larida mening tupugimni (so‘lagimni) ul zotning tupuklariga qo‘shdi. Bu bunday bo‘lgan erdi. (ukam) Abdurrahmon qo‘lida misvok ushlagan holda kirib keldi, men ersam Janob Rasulullohning boshlarini bag‘rimga bosib o‘ltitrgan erdim. Men Janob Rasulullohning ukamning qo‘lidagi misvokka qarayotganlarini ko‘rib, ul zotning misvok birla tish tozalamoqni xushlashlarini esladim-da: «Hozir, men uni sizga olib bergayman».— dedim. Ul zot «mayli» deb bosh irg‘ab qo‘ydilar. Men misvokni ukamdan oldim. Shu asnoda dardlari zo‘raydi. Men ul zotga «Misvokkshng uchini yumshatib beraymi?»—deb erdim, «mayli» deb bosh irg‘ab qo‘ydilar. Men misvokning uchini tishlarim birlanan yumshatib berdim, Oldilarida Hazrat Umar suv solib qo‘ygan bir idish turgan erdi, qo‘llarini unga tiqib, yuzlarini suv birlan arta boshladilar, so‘ng «Lo iloha illallohu, o‘limning talvasalari mavjud» deya qo‘llarini ko‘tarib: «Fir-Rafiq-il-a’lo!» — dedilar-da, jon taslim qildilar, qo‘llari pastga shilq etib tushdi». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xastalanib, o‘lim to‘shagida yotganlarida: «Ertaga men qaerda bo‘lishim lozim, ertaga men qaerda bo‘lishim lozim?» — deb so‘rayverdilar» («Ertaga Oishaning huzurida bo‘ladirgan kunimmi?» deb aytmoqchilar. Shunda barcha xotinlari: «Ko‘nglingiz tusagan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 100 xoti-ningizning uyida yotmog‘ingiz mumkin» deb ul zotga rozilik berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh so‘nggi kunlarigacha Oishaning uyida bo‘ldilar). «Ul zot,— deb davom etadilar. Oisha onamiz,— aynan mening uyimda bo‘ladirgan kunlari mening uyimda vafot etdilar, Olloh taolo boshlari bag‘rimda, tupuklari (so‘laklari) tupugimga qorishiq erkanligida o‘z omonatini oldi. Bu bunday bo‘lgan erdi: (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr ichkariga kirib keldi, qo‘lida misvok bor erdi. Shunda Janob Rasululloh uning qo‘lidagi misvokka qaradilar. Men: «Ey Abdurrahmon, misvokni menga ber!»— dedim, u berdi. Men misvokning uchini sindirib, tishim birlan yumshatdim-da, uni Janob Rasulullohga uzatdim. Ul zot boshlarini bag‘rimga qo‘yganlaricha misvok birlan tishlarini tozaladilar» («Tupuklari tupugimga qorishiq», ya’ni Oisha onamiz misvokning uchini og‘izlariga solib, yumshatib berganlar, Janob Rasululloh ersalar o‘sha misvok birlan tish tozalaganlar. Shunda Oisha onamizning misvokka tekkan tupuklari ul zotning tupuklari birlan qorishgandur). Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening uyimda, mening uyimda bo‘ladirgan kunlarida va mening quchog‘imda vafot etdilar. Ul zot xastalanib qolsalar, xotinlaridan birimiz tepalarida mu’avvizotni o‘qib, Olloh taolodan sihat tilab turar erdik. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi. Men mu’avvizotni o‘qiy boshlagan erdim, ul zot boshlarini tepaga ko‘tarib, «Fir-Rafiq-il-a’lo, fir-Rafiq-il-a’lo!»— dedilar. Shu asnoda (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr qo‘lida misvok ushlagan holda ichkariga kirib keldi. Janob Rasululloh misvokka qaradilar, men «Misvok birlan tish tozalamoqchi bo‘lyaptilar» deb uni ukamdan oldim, so‘ng uchini sindirib, tishlarim birlan yumshatdim-da, ul zotga uzatdim. Janob Rasululloh u birlan o‘ta xafsala qilib tish tozaladilar, so‘ng men uni qo‘llaridan oldim. Olloh taolo bu dunyodagi so‘nggi va oxiratdagi birinchi kunlarida mening tupugimni UL zotning tupuklariga qorishtirdi». Abu Salama bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Sunhdagi hovlilaridan ot minib keldilar-da, undan tushib masjidga kirdilar, so‘ng odamlarga gapirmay to‘g‘ri Oishaning hujrasiga kirib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tepalariga bordilar. Janob Rasululloh ustlariga yamaniy mato tashlab qo‘yilgan holda yotar erdilar. Abu Bakr raziyallohu anhu matoni ko‘tarib ul zotning yuzlarini ochdilar, so‘ng egilib yuzlaridan o‘pdilar-da, yig‘lab turib: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, Olloh taolo haqi, parvardigor sizga ikki o‘lim bermaydi, ammo peshonangizga yozilgan bir o‘limni ko‘rdingiz»,— dedilar». Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Abu Bakr Janob Rasulullohning huzurlaridan chiqqanlarida Umar ibn al-Xattob odamlarga so‘zlab turgan erdilar. Abu Bakr Hazrat Umarga: «Ultiringiz!» — dedilar. Hazrat Umar o‘ltirmadilar. Odamlar Hazrat Umarni tark etib, Abu Bakrning oldilariga kelishdi. Abu Bakr ularga: «Ammo ba’d, sizlardan qaysi biringiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ibodat qilgan bo‘lsa, ul kishi vafot etdilar va kimki Olloh taologa ibodat qilgan bo‘lsa, Olloh taolo hamisha tirik bo‘lib, hech qachon o‘lmagaydur! Olloh taolo: «Muhammad hammangizga o‘xshagan insondur, sizlardan farqi shuldurkim, ul Ollohning bandalariga yuborgan elchisidur»,— degan»,— dedilar (surai «Oli Imron» ning «ash-Shokirin» degan joyigacha o‘qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, odamlar Olloh taoloning ushbu oyati karimani nozil qilganidan bexabar kishilardek, Abu Bakr Siddiq tilovat qilganlarida o‘rganib olishdi. Men Abu Bakrdan boshqa biror kishining bu oyatni tilovat qilganini eshitmagandim. Sa’id ibn al-Musayyab Hazrat Umarning «Xudo haqi, bu oyatni Abu Bakr tilovat qilganlaridagina Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 101 eshitdim. Janob Rasululloh vafot etdilar, deb aytganlarini eshitganimda oyoqlarim bo‘shashib ketib, yerga qulab tushdim»,— deganlarini menga aytib berdi». Oisha raziyallohu anho va Ibn Abbos raziyallozhu anhu: «Abu Bakr raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘lganlarida yuzlaridan o‘pdilar»,— deyishadi. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lganlarida og‘izlarining bir chetidan dori tomizdik. Ul zot bizga «Dori tomizmangizlar!» deb ishora qildilar. Biz: «Odatda, kasal dorini xushlamaydi»,— dedik Xushlariga kelganlarida: «Menga dori tomizmangizlar, deb ishora qilmabmidim?!» — dedilar. Biz: «Odatda, kasal dorini yoqtirmaydi, deb o‘yladik»,— dedik, Ul zot: «Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko‘rib turibmanki, Ibn Abbos bunday qilmagan!» — dedilar». Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida Janob Rasulullohning Hazrat Aliga vasiyat qilganlari haqida gapirishdi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Kim shunday deb aytdi? Janob Rasululloh mening quchog‘imda erdilar, tos olib kelmoqla-rini amr qildilar, so‘ng birdan behol bo‘lib jon taslim qildilar, men sezmay qoldim. Qanday qilib Aliga vasiyat qilgan bo‘lishlari mumkin !» — dedilar». Talha raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qildilarmi?»—deb so‘radim. U: «Yo‘q»,— dedi. «Unday ersa, odamlar qanday vasiyatga amal qiladilar yoki qanday vasiyatga ko‘ra ish tutadilar?»—dedim. U: «Olloh taoloning Kitobiga muvofiq!»—dedi». Amr ibn al-Hars bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari minib yuradirgan «Al-Bayzo» ismli tuyalari, qurollari hamda musofirlarga sadaqa etgan yerlaridan bo‘lak na biror dinor, na biror dirham, na biror qul va na biror cho‘ri (joriya) qoldirmadilar». Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘irlashib qolganlarida hushlaridan keta boshladilar. Shunda Fotima alayhossalom otalariga achinib yig‘ladilar. Janob Rasululloh Fotimaga: «Bir kun o‘tgach, otangga aza tutishni bas qilgil!» —dedilar. Fotima alayhossalom ul zot vafot etganlarida: «Olloh taolo chaqirganda labbay, deb javob bergan voy otajonim. joyingiz jannatda bo‘lgur, voy otajonim, Hazrat Jabroilga o‘lganingizni ma’lum qilamiz, voy otajonim!» deb yig‘ladilar. Fotima alayhossalom Janob Rasululloh dafn qilinganlarida: «Oy Anas, Janob Rasulullohning ustlariga tufroq tashlab ko‘ngillaringiz orom oldimi?!» — dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling