Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59-bob. Najd tarafga lashkar yuborilgani haqida
- 60-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Xolid ibn Validni Banu Jaziyma qabilasiga yuborganlari haqida
- 61-bob. Abdulloh ibn Huzofa va Alqama ibn Mujazzizning lashkar tortib yo‘lga chiqqanligi haqida
- Zulxalasa (Zulxulaysa) g‘azoti haqida
- Jarirning Yamanga borganligi haqida
- Siyfulbaqr g‘azoti haqida
- Abu Bakr raziyallohu anhuning hijratning to‘qqizinchi yili odamlar birlan birga haj qilganlari haqida
- Banu Tamim qabilasining vakillari haqida
- 62-bob. Uyayna ibn Hisn g‘azoti haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 75 borib aytdim. Ul zot: «Olloh taolo Musoni rahmat qilsin, u kishiga bundan ko‘p ozor yetkazilganda sabr qilgai erdilar!» — dedilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday. deydilar: «Hunayn kuni Havozan, G’atafon va boshqa bir qancha qabilalar bola-chaqasi-yu podalari birlan kelgan erdi. Rasululloh birlan ersa o‘n ming lashkar va yana Makkadan kelib qo‘shilgan yoshlar bor erdi. Hammalari chekinishdi, Janob Rasululloh yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Shunda ikki bor alohida-alohida nido qildilar. Avval, o‘ng tomonlariga qarab: «Ey ansorlar jamoasi!» —deb nido qildilar. Ular: «Labbayka, yo Rasulalloh! Biz siz birlan birgamiz, xushnud bo‘lingiz!»— deyishdi. So‘ng, chap tomonlariga qarab: «Ey ansorlar jamoasi!» — deb nido qildilar. Ansorlar: «Labbayka, yo Rasulalloh! Xursand bo‘lingiz, biz siz birlan birgamiz!» — deyishdi. Shunda Bayzo degan xachirlarida o‘ltirgan erdilar, undan tushdilar-da: «Men Ollohning bandasi va rasuliman!» — dedilar. Mushriklar tor-mor bo‘ldi, ko‘p o‘lja olindi. Janob Rasululloh o‘ljani muhojirlar birlan Makka yoshlariga taqsimlab berdilar, ammo ansorlarga bermadilar. Shunda ansorlar: «Qachon qiyinchilik bo‘lsa, biz chaqirilamiz, o‘ljani ersa boshqalarga beradilar!» — deyishdi. Bu gap Rasulullohga yetkazildi. Ul zot barcha ansorlarni to‘plab: «Menga sizlar haqingizda atishgan gap qanday gap bo‘ldi?!»— dedilar. Ular sukut saqlashdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey ansorlar jamoasi, boshqalar bu yerdan o‘lja olib qayqa-yu, sizlar payg‘ambar birlan qayqangiz, rozi bo‘lmagaysizmi?» — dedilar. Ansorlar: «Ha, rozi bo‘lgaymiz!»— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Agar odamlar vodiy bo‘ylab yursa-yu, ansorlar dara bo‘ylab yursa, men ansorlar darasi bo‘ylab yurgan bo‘lur erdim!»—dedilar». Hishom Anasdan: «Ey Abu Hamza, shunda siz ham o‘sha yerdamidingiz?» — deb so‘radilar. Anas: «Usha yerda bo‘lmay, qaerda bo‘lardim!»—dedilar. 59-bob. Najd tarafga lashkar yuborilgani haqida Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga lashkar yubordilar, ularning orasida men ham bor erdim. Uljamiz o‘n ikki tuya bo‘ldi, sovg‘a-salomlarimiz ham tuya-tuya bo‘lib, o‘n uch tuya mol birlan qaytib keldik». 60-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Xolid ibn Validni Banu Jaziyma qabilasiga yuborganlari haqida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Xolid ibn Validni Jaziyma qabilasiga yubordilar Xolid ularni islomga da’vat qildi, ular (shoshib qolganlaridan) «Islomni qabul qildik» deyish o‘rniga «Dindan chiqdik, dindan chiqdik (ya’ni, «Mushriklikni tark etib, islomni qabul qildik»)»,— deyishdi. Xolid ularni tushunmay jang boshlab, ko‘pini qirib tashladi, qolganini asir oldi. Keyin, har bir kishiga o‘z asirini topshirib: «Uldiringiz!» —dedi. Shunda men: «Asirimni o‘ldirmayman, sheriklarim ham o‘z asirlarini o‘ldirishmaydi!» — dedim. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdik. Ul zot qo‘llarini ko‘tarib ikki bor: «Yo Olloh, Xolid qilgan gunohdan xalos qilgin!»— dedilar». 61-bob. Abdulloh ibn Huzofa va Alqama ibn Mujazzizning lashkar tortib yo‘lga chiqqanligi haqida Ali raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom (ansorlardan tuzilgan) Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 76 lashkarni jo‘natayotib, ularga ansorlardan birini boshliq qilib tayinladilar-da, unga itoat qilmoqni buyurdilar. Yo‘lda amirning (bir narsadan) g‘azabi qaynab: «Rasululloh sizlarni menga itoat qilmoqqa buyurdilarmi?» — dedi. Askarlar: «Ha»,— deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa, o‘tin to‘planglar!» — dedi amir. Ular o‘tin to‘plashdi. «Ut yoqinglar!» — dedi u, ular o‘t yoqishdi. «Endi o‘tga kiringlar!» — dedi amir. Hammalari o‘tga kirmoqchi bo‘lishdi-yu, lekin bir-birlarini ushlab to‘xtashdi. Keyin: «Utdan payg‘ambar oldiga qochamiz!» — deb turganlarida olov o‘chib qoldi, amirning g‘azabi ham tindi. Bu gap payg‘ambarimizga yetganda, u kishi: «Agar o‘tga kirganlarida, undan qiyomatgacha ham chiqolmasdilar, xayrli ishga buyurilgandagina itoat qilish lozim!» — dedilar». Abu Muso birlan Maozning Hajjat ul-Vido’dan oldin Yamanga yuborilgani haqida Abu Burda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Abu Muso birlan Maoz ibn Jobalni Yamanga yubordilar. Yamanda ikki viloyat bo‘lib, Abu Muso biriga, Maoz ersa ikkinchisiga yuborildi. Janob Rasululloh ularga: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, mamnun qilinglar, nafratlantirmanglar!» — deb tayinladilar. Keyin, ularning har biri o‘z ishiga ketdi. Ulardan qay biri bo‘lmasin, o‘ziga tegishli viloyat yerlarida yurganida sherigining viloyatiga yaqin borib qolsa, darhol uni izlab topib: «Janob Rasulullohning o‘gitlari va ul zotga bergan va’damiz esingdami?» — deya u birlan so‘rashardi. Chunonchi, bir kuni Maoz o‘z viloyati bo‘ylab ketayotganida Abu Musoga tegishli yerlarga yaqin borib qoldi. Shunda u xachiriga minib Abu Musoni izlab ketdi. Borib qarasa, Abu Muso o‘ltiribdi, atrofini odamlar o‘rab olgan, ro‘parasida ersa ikki qo‘li bo‘yniga bog‘lab qo‘yilgan bir kishi turibdi. Maoz Abu Musoga: «Ey Abdulloh Ibn Qays! Bu kim'»—dedi. Abu Muso: «Bu odam islomdan qaytib, qayta kofir bo‘ldi»,— dedi. Maoz: «Bu o‘ldirilmaguncha, xachirimdan tushmagayman!»— dedi. Abu Muso: «Bu xuddi shu maqsadda keltirilgandur, xachiringdan tushaver!» — dedi. Maoz yana: «Bu o‘ldirilmaguncha tushmayman!»—dedi. Abu Muso boyagi odamni qatl qilmoqqa amr berdi, uni o‘ldirishdi. Maoz xachiridan tushib. «Ey Abdulloh! Qur’onni qanday o‘qiyotirsan?»—dedi. Abu Muso: «Kecha-kunduz tinmay takror qilayotirman, ey Maoz, sen o‘zing qanday o‘qiyotir-san?»—dedi Maoz: «Men kechaning dastlabki qismida uxlayman, keyin turaman. Uyquni ikki qismga bo‘lib qo‘yganman. Olloh taolo muyassar qilgancha Qur’on o‘qiyman, bedorligimni rejalashtirganimdek, uyqumni ham rejalashtirib qo‘yganman»,— dedi». Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom uni Yamanga yuborgan erdilar, undan Yamanda qilinadirgan sharob haqida so‘radilar. Abu Muso: «Ular tayyorlaydirgan sharob «Bita’» va «Mizar» deb nomlanadi»,— dedi. Roviy: «Men Abu Burdadan «Biga’» va «Mizar» nima?»—deb so‘rasam, u: «Bita’» — asal nabizi, «Mizar» — arpa nabizi»,— dedi. Rasululloh: «Har qanday mast qiluvchi ichimlik haromdur!»—dedilar». Abu Burda bobolari Abu Musodan naql qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Abu Muso birlan Maozni Yamanga yuborayotib, ularga: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushnud qilinglar, nafratlantirmanglar, bir-biringizga itoat qilinglar!» — deb tayinladilar. Abu Muso: «Yo Rasulalloh! Biz ketayotgan o‘lkada asaldan qilinadirgan «Bita’» ichimligi mavjud»,— dedi. Rasululloh: «Har qanday mast qiluvchi ichimlik haromdur!» —dedilar. Keyin, ikkovlari jo‘nab ketishdi. Yo‘lda Maoz Abu Musoga: «Qur’onni qanday o‘qiyotirsan?» —dedi. Abu Muso: «Turib ham, o‘ltirib ham, tuyamda ketayotib ham o‘qigayman, kecha-yu kunduz qiroatni tark qilmagayman»,— dedi. Maoz: «Men ersam dastlab uxlayman, keyin turib o‘qiyman, uyqumni ham, qiroatimni ham rejalashtirib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 77 qo‘yganman»,— dedi. Keyin, to‘xtab chodir o‘rnatishdi. Ikkovlari bir-birlarini ko‘rgani borib turishadirgan bo‘ldi. Bir kuni Maoz Abu Musoni ko‘rgani borsa, huzurida qo‘llari bog‘liq bir odam turibdi. Maoz: «Bu kim?» —deb so‘radi. «Bu bir yahudiy bo‘lib, musulmon bo‘lgan erdi, keyin dindan qaytdi»,— dedi Abu Muso Maoz «Kel, men bo‘ynini uzib tashlayin!» — dedi». Shu’badan ham ushbu mazmundagi hadis naql qilingan. Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom meni o‘z qavmim yeriga yubordilar. Borib, qaytib keldim. Shunda Janob Rasululloh Abtahda erkanlar. Mendan «Ey Abdulloh ibn Qays, haj qildingmi?» — deb so‘radilar. Men «Haj qildim, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot «Labbaykani qanday aytding?»— dedilar. Men «Labbayka ahlan, lo kohilan laka deb aytdim»,— dedim. Ul zot «Uzing birlan birga jonliq olib keldingmi?» — dedilar. Men «Yo‘q»,— dedim. Ul zot «Baytullohni tavof qil, Safo va Marvada sa’y qil, keyin ehromingni yechaver!» —dedilar. Men shunday qildim, keyin Banu Qays ayollaridan biri mening uchun yuvinib-tarandi, biz Hazrat Umar xalifaligi davrigacha birga yashadik». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh Maozni Yamanga jo‘natayotib: «Sen ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm huzuriga ketyotirsan, borib ularni islomga da’vat qil, ya’ni «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh» deb ayqinlar, agar senga itoat eqalar, Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini ularga ma’lum qil, agar bul xususda ham senga itoat eqalar, Olloh taolo boylardan kambag‘allarga olib beriladirgan sadaqani ham farz qilganini aytgil, agar bunga ham ko‘nsalar, unda ularning mollarining eng yaxshisini tortib olishdan ehtiyot bo‘lgil! Mazlumning qarg‘ishidan qo‘rqgilki, Olloh taolo birlan mazlum o‘rtasida parda bo‘lma-gay!» — dedilar». Amr ibn Maymun rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal Yamanga kelganda yamanliklarga imomlik qilib bomdod namozini o‘qidi. Shunda «Vattaxazallohu Ibrohiyma xaliylan», ya’ni «Olloh Ibrohimni o‘ziga do‘st qilib oldi» degan mazmundagi oyatni qiroat qilganda yamanliklardan biri «Ibrohimning onasining ko‘z yoshi sovidi»,— dedi» Qastaloniy «Xursandlikdan to‘kilgan ko‘z yoshi sovuq, g‘amdan to‘kilgan ko‘z yoshi issiq bo‘ladi»,— deydilar. Payg‘ambar alayhissalomning Ali ibn Abu Tolib va Xolid ibn Validni Hajjat ul-Vido’dan ilgari Yamanga yuborganlari haqida. Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bizni Xolid ibn Valid birlan birga Yamanga yubordilar, keyin Xolidning o‘rniga Ali Ibn Abu Tolibni jo‘natdilar. Unga «Xolidning ashoblariga aytgilki, agar sen birlan birga qolmoqni istasalar, qolsinlar, xohlamaganlar qaytib kelsin!»— deb taiynladilar. Men Ali birlan birga qolgan kishilar orasida erdim, juda ko‘p tillo o‘lja olgandim». Burayda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Alini o‘ljalarning beshdan birini olib kelish uchun Xolidning huzuriga yubordilar. Men Alini o‘lja taqsim qilganining ertasiga g‘usl qilgani uchun yomon ko‘rib qolgan erdim. Ushanda «Mana buning qilgan ishini ko‘rmaysizmi?!» —deb Xolidga aytgan erdim, keyin payg‘ambarimizning huzurlariga qaytib kelganimizda ul zotga ham aytdim. Rasululloh «Ey Burayda, Alini yomon ko‘rasan-mi?» — deb so‘radilar. «Ha»,—degan erdim, «Uni Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 78 yomon ko‘rmagin, chunki Ali o‘ljadan ko‘proq olsa ham, haqqi bor erdi»,— dedilar» (Buraydaning Alini yomon ko‘rib qolishlariga sabab, Ali asiralardan eng chiroyli qizni o‘zlariga tanlab olgandilar-da, iddadan chiqishini kutmay, jinsiy aloqa qilgan erdilar). Abu Sa’id al-Xudriy raziyallhu anhu rivoyat qiladilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Yamandan Rasulullohga oshlangan teri xaltada qumu tufroqdan tozalanmagan oltin jo‘natdi. Rasululloh uni to‘rt kishi-ga — Uyayna ibn Badr, Aqra’ ibn Hobis, Zayd al-Xayl va to‘rtinchisi yo Alqama yoki Omir ibn Tufaylga taqsim qildilar. Shunda sahobalaridan birlari: «Bizlar bu oltinga anavi to‘rtovlondan ham haqlirooq erdik!» dedi. Bu gap Janob Rasulullohga yetgach «Menga ishonmaysizlarmi, axir men osmondagi zotning ishonchli vakiliman-ku?! Menga erta-yu kech undan xabar kelib turadi»,— dedilar. Shu payt ko‘zlari botiq, yuz suyaklari bo‘rtib chiqqan, peshonasi do‘ng, soch- soqoli olingan, ishtonining pochasi oshiqqacha shimarilgan bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, Ollohdan qo‘rqing!»—dedi. Rasululloh: Sho‘ring qursin! Men yer ahlining Ollohdan qo‘rqishga loyiqrog‘i emasman-mi?|» —dedilar. Shunda haligi odam o‘rnidan turib chiqib ketdi. Xolid ibn Valid «Yo Rasulalloh, bo‘ynini chopaymi?»~dedi. Rasululloh «Yo‘q, shoyadki u namozxon bo‘l-sa!»—dedilar. «Dilida yo‘q narsani tili birlan gapiradirgan namozxonlar ko‘pku?'»—dedi. Xolid ibn Valid Janob Rasululloh «Men odamlarning qalblarini tekshirishga buyurilmadim, ularning qornini yorib ko‘rishga buyurilmadim»,— deya boyagi odamning ortidan qarab qoldilar-da, u chiqib ketgach «Mana shu odamiing zurriyotidan Olloh taoloning Kitobini ravon, ammo bo‘g‘zidan nariga o‘tkazmay o‘qiydirgan hamda kamondan otilgan o‘qdek dindan tez chiqadirgan qavm paydo bo‘lgaydur,— dedilar. Menimcha, keyin «Shundaylarni bilib ololsam erdi, Olloh taolo Samud qavmini halok qilgandek, halok qilardim! —deb aytgan erdilar». Jobir ibn Abdulloh «Payg‘ambar alayhissalom Ali raziyallohu anhuga Makkaga ehrom bog‘lab kelishni buyurdilar»,— deydilar. Jobir raziyallhu anhu yuqoridagi hadisga o‘qshimcha qilib, bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib o‘ljalar birlan qaytib keldi. Payg‘ambar alayhissalom unga: «Ehrom bog‘lab nimaga niyat qilding?»— deb so‘radilar. Ali «Payg‘ambar alayhissalom nimaga niyat qilgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga niyat qildim»,— dedi. Janob Rasululloh «Unday bo‘lsa, jonliq atagil-da, ehromdan chiqmay turgil!» — dedilar. Ali Janob Rasulullohga jonliqlarni topshirdilar». Bakr al-Basriy Ibn Umarga: «Anas aytgan hadisga qaraganda Rasululloh birvarakayiga haj va umraga ehrom bog‘lagan erkanlar, shu rostmi?!»—dedilar. Ibn Umar raziyallohu anhu «Rasululloh aslida hajga ehrom kiygan erdilar, biz ham u kishi birlan hajga niyat qilgandik. Makkaga kelganimizda Janob Rasululloh «Kimning jonlig‘i bo‘lmasa, umraga niyat qilsin!»— dedilar. Shunda Janob Rasulullohning jonliqlari bor erdi. Ali ibn Abu Tolib ham Yamandan hajga niyat qilib keldilar. Janob Rasululloh unga «Nimaga niyat qilding?» — dedllar. U «Payg‘ambar nimaga niyat qilgan bo‘lsalar o‘shanga niyat qildim»,— dedi. «Unday bo‘lsa, ehromdan chiqmay turgil, chunki bizning jonlig‘imiz bor!» — dedilar». Zulxalasa (Zulxulaysa) g‘azoti haqida Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Johiliyat zamonida bir uy bor erdi, uni «Zulxalasa», «Al-Ka’ba al-Yamoniyya», «Al-Ka’ba ash-Shomiyia» deb atashardi. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 79 Payg‘ambar alayhissalom menga «Meni Zulxalasadan xalos qilmaysanmi?» —dedilar. Men bir yuz ellik otliq birlan borib, uni vayron qildim, u yerda kimni topsam, o‘ldirdim. So‘ng, Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib bu haqda xabar berdik, ul zot bizni jasoratimiz uchun duo qildilar». Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom menga: «Meni Zulxalasadan xalos qilmaysan-mi» — dedilar Zulxalasa — Kas’am qabilasining ibodatgohi bo‘lib, uni «Al-Ka’ba al-Yamoniyya» deb atashardi. Men Ahmas qabilasidan bir yuz ellik otliqni olib yo‘lga chiqdim, hammalari chavandoz erdilar, men bo‘lsam otda mahkam o‘ltirolmas erdim. Rasululloh ko‘kragimga shunchalik qattiq turtdilar-ki, hatto barmoqlarining izi tushib qoldi. Keyin, «Ey Olloh, uni otda mahkam o‘ltira oladirgan, hidoyatli yetakchilardan qilgin!» — deb duo qildilar». Keyin, Jarir Zulxalasaga borib o‘t qo‘yib, uni butunlay vayron qildi-da, Janob Rasulullohga odam yubordi. U «Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan zotga qasamyod qilurmanki, oldingizga kelayotganimda Zulxalasa qo‘tir tuyadek bo‘lib qolgan erdi!» —dedi. Janob Rasululloh Ahmas chavandozlari birlan Ahmas qabilasiga baraka tiladilar» Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan Zotussalosil g‘azoti haqida Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Rasululloh Amr ibn Osni lashkarga bosh qilib Zotussalosilga yubordilar. Ushanda Amr bunday deb erdi: «G’azotdan qaytib, Janob Rasulullohning oldilariga keldim-da: «Sizga odamlarning qaysi biri mahbubroq?» — deb so‘radim. Ul zot «Oisha»,— dedilar. «Erkaklardan-chi?»—deb so‘radim. «Uning otasi»,— dedilar «Undan keyin kim'»—deb so‘radim «Umar»,— dedilar-da, yana bir necha kishining ismini sanadilar, shunda meni eng oxirida aytishlaridan qo‘rqib sukut saqladim» Jarirning Yamanga borganligi haqida Jarirraziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Bahrda erdim, Yaman axlidan ikki kishini — Zukilo’ va Zuamrni uchratdim. Ularga Rasululloh haqlarida so‘zlay boshlagan erdim, Zuamr: «Sen ta’riflayotgan do‘sting uch kun burun olamdan o‘tdi»,— dedi. Ikkovi men birlan kelayotgan erdi, bir joyga yetganimizda Madina tomondan otliqlar ko‘rindi, ular Janob Rasulullohning vafot etganlari, Abu Bakrning xalifa bo‘lganlari hamda odamlar hammasi tinch erkanligi haqida xabar berishdi. Ikkovlari, ya’ni Zukilo’ birlan Zuamr: «Bizning (birga) kelganimizni sohibingga aytgil, inshoalloh yana qaytib kelgaymiz» — deb Yamanga qaytib ketishdi. Men ularning gaplarini Abu Bakrga aytdim. Abu Bakr: «Ularni o‘zing birlan olib kelmabsan-da» — dedilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin, (Hazrat Umar xalifa ligi davrida) Zuamr menga: «Ey Jarir, senga bir karomat qilayin! Sizlar — arab jamoasi amiringiz halok bo‘lsa, o‘rniga maslahat birlan amir saylar erkansizlar, yaxshilik-da davom etaverasizlar. Agar kishi xalifalikka qilich birlan erishsa, u odam xalifa bo‘lmay, podshohdur. Chunki, upodshohlar singari g‘azab qilib, podshohlar singari tamanno qilgay»,— dedi». Siyfulbaqr g‘azoti haqida Payg’ambar alayhissalom Abu Ubayda boshchiligida dengiz sohili tomon lashkar yuboradilar, ular Quraysh karvoniga duch kelishadi. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 80 Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh Abu Ubayda ibn Jarrohni amir qilib sohil tomonga lashkar jo‘natdilar. Askarlar soni uch yuz kishi erdi. Biz yo‘lga chiqdik, bir oz yurganimizdan keyin gamlagan yeguliklarimiz tamom bo‘ldi. Shunda Abu Ubayda askarlarda qolgan yeguliklarni bir yerga jam’ qilishga buyurdi, yeguliklar jam qilindi. Mening to‘rvamda ham xurmo bor erdi. Abu Ubayda har kuni oz- ozdan ovqat berib turdi, u ham tamom bo‘ldi, endi kishi boshiga bittadan xurmo tegadirgan bo‘ldi. Men: «Bitta xurmo nima bo‘ladi?» — derdim. Bu ham tugagandan keyin, qattiq qiynaldik, nihoyat dengiz sohiliga yetdik. Qarasak, ro‘paramizda togday bir nahang turibdi. Uning go‘shtini o‘n sakkiz kun yedik. Keyin, Abu Ubayda nahangning ikkita qovurgasini olib kelib yerga sanchib qo‘yishni buyurdi. Ular orasidan tuya yetaklab o‘tishgan erdi, tuyaning bo‘yi pastlik qildi». Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh bizni Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligidagi uch yuz kishi birlan birga Quraysh karvonini qo‘lga tushirish uchun yubordilar. Biz sohilda yarim oy poylab turdik, yeguliklarimiz tugab qattiq och qoldik, hatto daraxt yaproqlarini ham yedik. Shuning uchun bu lashkar «Jayshulxabt» ya’ni «Barg lashkari» deb ataldi. Keyin, dengiz to‘lkinlari anbar degan bir hayvonni sohilga chiqarib tashladi, uning go‘shtini yarim oy yedik, yogi birlan badanlarimizni moyladik, shundagina o‘z aslimizga qayt-dik. Abu Ubayda bu hayvonning ikkita qovurgasini oldi- da, uni tik qilib yerga o‘rnatdi, uning orasidan odam ham, tuya ham o‘tdi, lekin bo‘yi pastlik qildi. Qavmdan bir kishi uchta tuya so‘ydi, keyin yana uchta tuya so‘ydi, undan keyin yana uchta tuya so‘ydi, keyin Abu Ubayda tuya so‘ymoqni man’ kildi. Qays ibn Sa’d ushbu voqea haqida otasidan so‘raganda, otasi: «Men shu lashkar ichida bor erdim, menga: «So‘y!»— deyishdi, so‘ydim. Keyin, yana och qolishdi, yana «So‘y!»—deyishdi, yana so‘ydim, keyin, yana och qolishdi, yana «So‘y!»—deyishdi, yana so‘ydim. Undan keyin, yana och qolishib, «So‘y!» — deyishib erdi, Abu Ubayda taraflaridan man’ etildim»,— dedi». Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xabt lashkari birlan gazotda bo‘ldik, Abu Ubayda amirimiz erdi. Qattiq och qoldik Dengiz to‘lqinlari o‘lik nahangni oldimizga chiqarib tashladi, bunaqa katta baliqni umrimizda ko‘rmagan erdik. Uning nomi anbar erdi. Bu baliqning go‘shtini yarim oy yedik. Abu Ubayda uning ikki suyagidan olib, yerga tik o‘rnatdi, orasidan o‘tgan otliqning bo‘yi pastlik qildi. (Abu Zubayrning Jobirdan eshitib xabar berishiga qaraganda, nahangni yeyishga Abu Ubayda buyurgan). Madinaga kelganimizdan keyin, paygambarimizga bu haqda gapirgan erdik, ul zot: «Olloh taolo (dengizdan) rizq qilib chiqarib bergan narsani yenglar, agar olib kelgan bo‘lsangizlar, bizga ham yegizinglar!»— dedilar. Ba’zi sahobalar olib kelishgan erkanlar, Janob Rasululloh undan tanovul qildilar». Abu Bakr raziyallohu anhuning hijratning to‘qqizinchi yili odamlar birlan birga haj qilganlari haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuni Hajjat ul-Vido’dan ilgari bir jamoaga bosh qilib hajga yubordilar. Shu hajda odamlarga «Bu yildan keyingi yilda biror mushrik haj qilmaydi, yalangoch odam tavofi Baytulloh qilmaydi!» deb e’lon qilindi Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «To‘liq nozil qilingan eng oxirgi sura «Baroat» surasidur, Qur’onning eng oxirgi nozil qilingan oyati ersa «Niso» surasining xotimasi — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 81 «Yastaftunaka, qulillohu yuftiykum filkalolati»dir. Mazmuni: «Ey Muhammad, sizdan fatvo so‘raydilar, ayting ularga «Olloh sizlarga befarzand o‘tgan kishidan qolgan meros haqida fatvo beradi» deb». Banu Tamim qabilasining vakillari haqida Imron ibn Husayn bunday deydilar: «Rasulullohning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan vakillar kelishdi. Janob Rasululloh ularga: «Bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Ular: «Bashorat qildingiz, endi naqdini beringiz!» — deyishdi. Bu gapdan Rasulullohning ranjiganlari yuzlaridan sezildi. Keyin, Yamandan vakillar kelishdi. Rasululloh: «Bashoratni qabul qilingizlar, uni Banu Tamim qabul qilmadi!» — dedilar. Yamanliklar: «Yo Rasulalloh, qabul qildik!» — deyishdi». 62-bob. Uyayna ibn Hisn g‘azoti haqida «Paygambar alayhissalom Uyayna ibn Hisnni Banu Tamimga yubordilar. Uyayna bu qabilani gorat qilib, bir qancha erkak va ayollarni asir qilib olib keldi», — deydilar Ibn Ishoq. Abu .Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Banu Tamimni Janob Rasulullohning ular xususida aytgan quyidagi uch gaplaridan so‘ng, abadul-abad yaxshi ko‘rib qoldim, ul zot Banu Tamim haqida: 1) «Ular Dajjolga qarshi kurashuvchi eng sobit ummatimdur!» — degandilar. 2) Banu tamimlik bir joriya Oisha onamizning xizmatlarini qilib yurar erdi. Shunda ul zot: «Buni ozod qilgil, chunki bu Ismoil alayhissalomning avlodlaridandur!» — degandilar. 3) Banu Tamimdan zakot yigib kelinganda, Janob Rasululloh: «Bu mening qavmimdan yigib kelingan zakotdur!» — deb aytgandilar». Abdulloh ibn Zubayrning xabar berishlariga ko‘ra, bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelibdi. Shunda Abu Bakr raziyallohu anhu Janob Rasulullohga: «Banu Tamimga Al-Qa’qo’ ibn Muabbad ibn Zurorani amir qilib tayinlangiz!» — debdilar. Hazrat Umar ersalar: «Unga Al-Aqra’ ibn Hobisni amir qilib tayinlangiz!» — debdilar. Abu Bakr achchiglanib: «Doimo menga qarshi gap qilursan!» — debdilar. Hazrat Umar ersalar: «Men sizga qarshi gapirmoqchi ermasdim!» — debdilar. Ikkovlari baland ovoz birlai o‘zaro gap talashishibdi. Shu asnoda Janob Rasulullohga quyidagi oyati karima nozil bo‘libdi: «Ey mo‘minlar! Olloh taolo va uning rasuli huzurida quyushqondan chiqmangizlar, Ollohdan qo‘rqingizlar! Albatta, Olloh taolo eshituvchi, biluvchidur! Ey mo‘minlar! Ovozlaringizni paygambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar va bir-birlaringizga baland ovoz birlan gapirganingiz kabi paygambarga gapir-mangizlar, o‘zlaringiz sezmaganingiz holda qilgan amali solihlaringiz habata bo‘lishi mumkin!». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling