Birinchi navbatda, vaziyatni kriminalistik tahlilni yoritamiz


Download 11.52 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi11.52 Kb.
#153838
Bog'liq
1-Kazus-WPS Office


1-Kazus

2019 yil 15 oktyabrda Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi “A” kompaniya o'zining oziq-ovqat mahsulotlarini bozorga olib kirish uchun mahsulot sifatini nazoratdan o'tkazishi kerak edi. Nazoratdan o'tkazish maqsadida tegishli davlat muassasasiga olib boradi. Ammo nazorat qiluvchi tashkilot “A” kompaniyaning mahsuloti yaxshi bo'lishiga qaramay, uni sotuvga chiqarishga yaroqsiz deb topadi. Oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan K. “A” kompaniya rahbari M. ga taklif bilan chiqadi va undan 5 mln so'm evaziga mahsulotini bozorga chiqarishi mumkinligini aytadi. M. ismli shaxs K. ga 5 mln so'z miqdorda pul berib, mahsulotga ruxsatnoma oladi va o'zining oziq-ovqat mahsulotini bozorga chiqaradi. Oradan 11 kun o'tib ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan Toshkent shahridagi 23 ta xonadondan jami 105 kishi zaharlanib, ularning sog'lig'iga o'rtacha og'ir shikast yetkaziladi.

Vaziyatni kriminalistik tahlil qiling. Holat yuzasidan tergovni tashkil etishning tashkiliy taktik qoidalari va vazifalarini belgilang

Ushbu muammoli savolga quydagicha javob beramiz.

Birinchi navbatda, vaziyatni kriminalistik tahlilni yoritamiz.

Ikkinchi navbatda, holat yuzasidan tergovni tashkil etishning tashkiliy taktik qoidalari va vazifalarini belgilaymiz.

Birinchi o`rinda, kriminalistik tahlilga to`xtaladigan bo`lsak, ushbu jinoyatda jinoyatchi shaxs va unga xos xususiyatlarga to`xtalib o`tamiz. Jinoyatchi shaxs bu yerda Oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan “K” hisoblanadi. Sababi, ushbu shaxs “A” kompaniya rahbari M. ga taklif bilan chiqadi va undan 5 mln so'm evaziga mahsulotini bozorga chiqarishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa jinoyatga undaydi. Jinoyatchi shaxsga xos xususiyatlarga to`xtalsak, ushbu shaxs pora olish maqsadida o`z vakolatida foydalangan holatda va nazorat qiluvchi tashkilot xodimi bo`lganligi uchun “A” kompaniyaning mahsuloti yaxshi bo'lishiga qaramay, uni sotuvga chiqarishga yaroqsiz deb topadi. Shu yul orqali o`z maqsadi bo`lgan pora olishni uddasidan chiqadi. Bu jinoyatlarda Jinoyatchi shaxsga xos xususiyatlar ko`p bo`ladi. Masalan bunday jinoyatlarda oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan “K”ga xos bo`lgan xususiyat bilan cheklanmaslik kerak. Bu jinoyatni bitta Kni o`zi amalga oshirmagan. Uning jinoiy sheriklari ham bo`ladi. Sababi, bunday ishni o`zi amalga oshira olmasligi bizga kundek, ma`lum K ushbu ishga aloqasi bor bo`lgan bir nechta mansabdor shaxslar bilan bir qilganligi aniq. Bunday ishlar bir kishi bilan bitmaydi. Lekin, bizga berilgan vaziyatda faqat shu holat ko`rsatilganligi uchun ushbu holatni yoritib o`tdik. Kiyingi masala esa, Jinoyat predmeti kazusdagi jinoyat predmeti oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan K. “A” kompaniya rahbari M. ga taklif bilan chiqadi va undan 5 mln so'm pul hisoblanadi. Sababi, shu pul oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan Kni jinoyat qilishga o`ndadi. Kriminalistik tahlildagi asosiy bo`lgan yana bir masala, jinoyating mativ va maqsadi hisoblanadi. Endilikda, bu jinoyatda mativ-maqsadi oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan “K” o`zing ehtiyojlari uchunmi? Yoki boshqa maqsaddami? Nima qilsa, ham ushbu pulni olishi va “A” kompaniya rahbari M. “K”ning taklifini qabul qilib ushbu pulni berishga rozi bo`lganligi nima maqsaddaligi aniq emas taxminan mahsulotini o`tkazib foyda olish bo`lishi mumkin. Yuqoridagi holatning kriminalistik tahlildagi mativ-maqsadi bo`ladi. Jinoyatni sodir etish mexanizimiga kelsak, Ushbu jinoyatni sodir etish ketma-ketligi va bu jinoyat qanday tartibda sodir etilgan bunga kimlarni aloqasi borligiga qisqacha to`xtalamiz. Albatta, bu jinoyat o`z o`zidan faqat Kning harakati natijasida sodir etilmadi. Yoki, tashkilot rahbari o`zi bu ishga aloqasi bo`lmasligi ham mumkin. Bu ishni K masul xodimlar va rahbarning o`rinbosarlari orqali amalga oshirgan bo`lishi mumkin. Bizga bu holatlar to`la yoritilmagan biz yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib yoritamiz.

Bizdagi holatning jinoyatni sodir etish mexanizmiga to`xtalsak, 1) Bektemir tumanidagi “A” kompaniya o'zining oziq-ovqat mahsulotlarini bozorga olib kirish uchun mahsulot sifatini nazoratdan o'tkazishi kerak bo`ldi. 1) Natijada, nazoratdan o'tkazish maqsadida tegishli davlat muassasasiga olib boradi. 3)Ammo nazorat qiluvchi tashkilot “A” kompaniyaning mahsuloti yaxshi bo'lishiga qaramay, uni sotuvga chiqarishga yaroqsiz deb topadi. 5) Oziq-ovqat nazorati muassasasi xodimi bo'lgan K. “A” kompaniya rahbari M. ga taklif bilan chiqadi va undan 5 mln so'm evaziga mahsulotini bozorga chiqarishi mumkinligini aytadi. 6) M. ismli shaxs K. ga 5 mln so'z miqdorda pul berib, mahsulotga ruxsatnoma oladi va o'zining oziq-ovqat mahsulotini bozorga chiqaradi. Yuqorida mexanizmni raqamlab ketma-ketlikda yozib chiqdik. Bizga berilgan holatdagi jinoyatni sodir etish mexanizmini ketma-ketligini tartib bilan yozishga harakat qildik.

Jinoyat sodir etish shart-sharoitlariga kelsak, nazorat qiluvchi tashkilot xodimi bo'lgan K. “A” kompaniyaning mahsuloti yaxshi bo'lishiga qaramay, uni sotuvga chiqarishga yaroqsiz deb topib pora olishga sharoit yaratayapti “A” kompaniya rahbari M. ga taklif bilan chiqyapti va undan 5 mln so'm evaziga mahsulotini bozorga chiqarishi mumkinligini aytib, 5 mln so'z miqdorda pul olib, mahsulotni bozorga chiqarishga ruxsatnoma olib berdi. Oziq-ovqat mahsulotini bozorga chiqarildi. Bizdagi vaziyatda ushbu jarayonni Jinoyat sodir etish shart-sharoiti deb olsak bo`ladi deb uylaymiz.

Kiyingi jarayon Jinoyat sodir etish usullariga kelsak, bizdagi vaziyaga nisbatan tahlil qilganda to`g`ridan to`g`ri 5 mln so'z miqdorda pul evaziga bo`ldi. Jinoyat sodir etish usuli har xil qiymatliklar evaziga bo`lishi mumkin. Masalan, katta pora olgan K “A” kompaniya rahbari Mdan katta qarz bo`lib qolganda ushbu qarzdan kechish evazigami yoki “A” kompaniya rahbari Kning biror ishini qilib berish evazigami bo`lishi mumkin edi. Bizdagi vaziyatga nisbatan olsak, faqat naqt pul evaziga bo`ldi.

Jinoiyat sodir etish oqibatiga kelsak, Oradan 11 kun o'tib ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan Toshkent shahridagi 23 ta xonadondan jami 105 kishi zaharlanganligi va ularning sog'lig'iga o'rtacha og'ir shikast yetkazilganligini olamiz. Sababi, ushbu jinoyat sodir etilishi oqibatida ko`pchilik fuqarolar zarar ko`rgan. Agarda, ushbu jinoyat sodir etilmaganda mahsulotlar talabga javob beradigan darajada bozorga chiqarilardi va hech kim zarar ko`rmasdi. Ushbu kriminalistik tahlilimiz. Kriminalistik tavsif asosida qilindi. Sababi, kriminalistik tahlilni o`zi yuq ekan. Bizga quyilgan talablardan bittasi mavzu doirasidan chetga chiqib ketmagan holatda kazusga yechim berish edi. Mavzuymiz doirasida qisqacha tahlil keltirdik.

Avvalambor, biz o`z oldimizga qo`ygan reja asosida vaziyatga qisqacha to`xtalib o`tdik, endilikda biz yuqorida belgilab olgan ikkinchi rejamizga o`tamiz.

Ikkinchi rejamizda holat yuzasidan tergovni tashkil etishning tashkiliy taktik qoidalari va vazifalarini belgilaymiz. Buni quydagicha yoritamiz. Tergovni tashkil etishdan oldin rejalashtirish bosqichi bor bo‘lib bu quydagicha o‘tkazilayotgan tergovning xayoliy modelini boshidan oxirigacha tuzish va unga aniqlik kiritishdan iborat bo‘lsa, tashkil etish tuzilgan tergov rejasini optimal amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi, ya’ni ta’minlovchi xususiyat kasb etadi.Demak, shundan xulosa qilsak bo‘ladiki, tergovni rejalashtirish tashkil etishdan oldingi bosqich hisoblanadi. Rejalashtirish va tashkil erish bir biri bilan chambarchas bog‘liq holda bo‘ldi. Kriminalistika nazariyasida har bir jinoyat ishi buyicha tergovni tashkil etish, tipik tergov vaziyatlarini o‘rganish hamda unga asosan tergov versiyalarini ishlab chiqishda hamda faoliyatni rejalashtirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Umumiy manoda tergovni rejalashtirish kuyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) Holat uchun ehtimol tutilgan barcha versiyalarni tuzib chiqishni;

2) Ularni tekshirishning asosiy yullari va usullarini belgilab olishni;

3) Dalillarni o‘z ichiga olgan manbalarni va dalillarni to‘plashda yordam berishi mumkin bo‘lgan vositalarni aniqlashni;

4) Muljallanayotgan tergov harakatlari va boshqa harakatlarni, ularni o‘tkazish muddatlari, ketma-ketligi va taktik usullarini.

Korrupsiya jinoyatlari buyicha tergovni rejalashtirishda tergov versiyalaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan protsessual va boshqa harakatlari belgilanadi. Buni tergovchining harakatlar dasturi deb ham atash mumkin. Hozir bir nima variyantlardan bizni vaziyatga mosini keltirib o‘tamiz. Masalan: Pora oldi-berdisi haqida rasmiy manbalardan xabar kelib tushdi, jinoyatchilar bundan xabari bor. Bu halat aynan bizni vaziyatga mos keladi. Sababi, Kning jinoyati natijasida ko‘pchilik insonlar zarar ko‘rdi va buning sababini aniqlashga kirishlagan albatta, shu sababli, rasmiy manbalar xabar bergan. Ya'ni ushbh holat nimadan kelib chiqqanligi haqida taxminan shunday versiyada bo‘lgan. Ushbu versiyaga quydagi holat mos keladi.

1.Arizachini yoki guvohlarni so‘roq qilish;

2. So‘zlashuvlarni yozib olish va nazorat kilish;

3. Qulga olingan shaxsning uyi va ish xonasida tintuv o‘tkazish;

4. Pora predmetini ko‘zdan kechirish;

7. Gumon kilinuvchi shaxslarni so‘roq qilish;

8. Yuzlashtirish;

9. Xizmat xujjatlarini ko‘zdan kechirish va olib kuyish;

10. Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish buyicha ko‘rsatmalar berish.

Ish bo‘yicha tergov rejasi yozma yoki grafik shaklga ega bo‘lishi lozim. Reja quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq: 1) jinoyat ishining nomi; 2) u qo‘zg‘atilgan sana;

3) tergovni yakunlash muddati; 4) qamoqda saqlanayotgan shaxs (shaxslar) va u (ular) qaysi vaqtdan beri qamoqda saqlanayotgani; 5) ayblov e’lon qilingan sana. So‘ng tergov tusmollari, aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar va holatlar, buning uchun zarur tergov harakatlari va boshqa tadbirlar, ularni bajarish muddatlari va navbati, ijrochilar ko‘rsatilishi lozim. Keyin shuning o‘zi, shu jumladan bajarish to‘g‘risida belgi va natija (nima aniqlangani) bandlari har bir tusmol bo‘yicha rejalashtirilishi lozim. Tergovni tashkil etishning taktik qoidalari va vazifalar shulardan iboratdir. Bundan tashqari tergovni tashkil etishning asosiy vazifasi sifatida JPKning 22 – moddasini misol qilib keltirsak bo`ladi. Yani surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligi, uni sodir etilishida kim aybdorligini shu bilan birga jinoyatga aloqador barcha ma`lumotlarni aniqlashi shartdir. Ish boyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toplangan, tekshirilgan va baholangan ma`lumotlardan foydalanilishi mumkin. Dalillar tegishli subyektlar tomonidan, yani protsessual harakatlarni o`tkazish huquqi mavjud bo`lgan shaxslar tomonidan olingan bo`lishi, faktga oid ma`lumotlar faqat JPKning 81 – moddasi ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan bo`lishi, dalillarni olish bilan bog`liq barcha protsessual harakatlar o`tkazilgan bolishi va dalillarni olishda barcha tergov va sud harakatlari jarayoni va natijalari to`liq qayd etilishi kerak.



Tergovchi tomonidan muayyam taktik qoidani va usulni tanlashda ish yuzasidan vujudga keladigan va o`zgaruvchan tergov vaziyatini inobatga olishi kerak. Kazusdagi jinoyatlar boyicha turli xil vaziyatlar vujudga kelishi mumkin bo`lib, ular jinoyatning tipik holatlari deb yuritiladi. Yuqoridagi vaziyatda “A” kompaniya rahbari tomonidan muassasa hodimiga 5 mln so`m miqdorda pora berilgan va hodim pora beruvchining manfaatini ko`zlab uning mahsulotlari uchun ruhsatnoma tayorlab bergan. Ushbu tipik holat orqali tergov versiyasi ishlab chiqiladi. Tergov versiyalari ma`lum bir harakat yoki harakatsizlik orqali amalga oshirilgan bo`lishi mumkin. Masalan muassasa hodimi va kompaniya rahbari o`rtasidagi munosabatlarda uchinchi shahslar ishtiroki bo`lishi mumkin, pora berish va kompaniya manfaati uchun ma`lum bir yon berishlar tizimli ravishda amalga oshirilgan bo`lishi mumkin, hodim va kompaniya rahbari o`rtasida hech qanday jinoiy bog`liqlik bo`lmasligi mumkin, bunda 5 mln so`m pul davlat boji bo`lishi ham mumkin va boshqa tergov versiyalari vujudga kelishi mumkin.

Xulosa, qiladigan bo‘lsak, tergovni tashkil
Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling