Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Download 4.73 Mb.
|
Yer-suv. Hazratov Suhrob2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chig`atoy ulusining tashkil topishi
- Mo`g`illarning o`troqlashuvi
- Chig`atoy ulusining boshqaruv tizimi.
- Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda yerga bo‘lgan egalikning to‘rt xil shakli mavjud edi.
- Soliq turlari.
- Targ‘u
- E`tiboringiz uchun rahmat!
Hazratov Suhrobning O'zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi fanidan “Chig`atoy ulusi davrida yer egaligi va qishloq xo`jaligi” mavzusida tayyorlagan taqdimotiMo`g`illar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazm dehqonchilik vohalarining vayron qilinishiMo’g’ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko’rkam shaharlar, ayniqsa Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo ‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv vohasining sug’orish tarmoqlarining bosh to’g’oni – mashhur Sultonband buzib tashlandi.Samarqandliklar o’z ona shaharlarini tark etib chiqib ketdilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloqlarni tashlab, o’zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga bostiriiib, batamom vayron etildi. Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Turkiston orqali Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o’tgan mashhur Ipak yo’li mo’g’ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu davrda ilm va ma’rifatga juda katta ziyon yetkazildi. Chig`atoy ulusining tashkil topishi1224-yilda Chingizxon tomonidan Chig‘atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig‘atoy ulusi tashkil topdi. Chig‘atoyxonning ulusni boshqaradigan o‘rdasi Elsuvi (Ili) daryosi bo‘yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig‘atoy o‘ziga bo‘ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.Mo`g`illarning o`troqlashuviXIV asrning birinchi yarmida Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o‘lka bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga va o‘troq hayot kechirishga intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri Kebek (1318–1326) edi. U hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb yuritiladi. Kebekxon o‘z qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib Movarounnahrga ko‘chiradi.Chig`atoy ulusining boshqaruv tizimi.Qoon yoki Xoqon Xon Dorug`a Tamg`achi Ulug` no`yon Bosqoq Noib Hokim (bek) Kutvol Xadxudo Yorg`uchi Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda yerga bo‘lgan egalikning to‘rt xil shakli mavjud edi.Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo‘lib, ular suyurg‘ol yerlari deb yuritilardi. Bunday yerlarga ega bo‘lgan mulkdorlar – suyurg‘ol egalari barcha soliq va to‘lovlardan ozod etilardi. Suyurg‘ol yerlari avloddan avlodga meros tariqasida o‘tardi.Mulki devon — davlat yeri Mulki inju — hukmdor va noiblarga qarashli yerlar Mulk — xususiy yerlar Mulki vaqf — masjid va madrasa yerlari Soliq turlari.Kalon - Ziroatchilardan olinadigan yer solig`i.Qopchur - Chorvadorlardan olinadigan soliq.Shulen - Davlat xazinasi uchun oziq-ovqat solig‘i ham undirilgan. “Shulen” har bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan.Targ‘u - Hunarmandlar va savdogarlardan undiriladigan soliq. Targ‘u ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o‘ttizdan bir qismi hajmida undirilgan.Ishonish qiyindek koʻrinsa-da, qadimgi muhandislar quduqlarni qurishda uyurma effektidan foydalangan. Konstruksiyaning oʻzi tashqaridan qaraganda, toshdan ishlangan kichikroq chodirni eslatgan va bir nechta tuynuklari boʻlgan. Quduqning yarmidan ortiq qismi yer ostiga koʻmilgan boʻlib, suvga yetish uchun zinadan pastga tushish kerak boʻlgan. Tom va yon tomon tuynuklarining maxsus konstruksiyasi tufayli quduq orqali muntazam choʻl havosi aylanib turgan. Mutaxassislarning baholashicha, choʻl havosi hajmi sutkasiga bir necha ming kubometrga yetgan.Korizlar. Ishonish qiyindek koʻrinsa-da, qadimgi muhandislar quduqlarni qurishda uyurma effektidan foydalangan. Konstruksiyaning oʻzi tashqaridan qaraganda, toshdan ishlangan kichikroq chodirni eslatgan va bir nechta tuynuklari boʻlgan. Quduqning yarmidan ortiq qismi yer ostiga koʻmilgan boʻlib, suvga yetish uchun zinadan pastga tushish kerak boʻlgan. Tom va yon tomon tuynuklarining maxsus konstruksiyasi tufayli quduq orqali muntazam choʻl havosi aylanib turgan. Mutaxassislarning baholashicha, choʻl havosi hajmi sutkasiga bir necha ming kubometrga yetgan.Korizlar.Hatto choʻlning qizigan havosida ham suv bugʻlari mavjud. Katta mahorat bilan barpo etilgan inshoot gʻoyasi aynan mazkur bilimga asoslangan. Arab sayyohlarining xotirlashicha, doim salqin boʻlgan quduq ichiga tushgan issiq havo sovigan va oʻzidagi suvni tomchilar shaklida bergan. Musaffo salqin suv tosh tepalikdan quduq tubidagi maxsus chuqurlikka oqib tushgan. Odamlar ichish va tuyalarini sugʻorish uchun u yerdagi suvdan foydalanganKorizlar suv inshootlari — O`zbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Oqtosh qishlogʻida joylashgan. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olinganE`tiboringiz uchun rahmat!Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling