Qilishda nodavlat va davlat


Download 25.22 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi25.22 Kb.
#1504226
Bog'liq
ONA


ONA

1.O`zbekiston tabiati va tabiat muhofazasining um
umiymasalalari
2.Tabiatni muhofaza qilishning konstitutsion va yuridik
asoslari
3.Tabiatni muhofaza qilishda nodavlat va davlat
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetk
azish har birimizning unutilmas burchimizdir.5 iyun – Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun dunyo bo‘ylab har yili keng nishonlanadi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Insoniyat muhiti mavzuidagi konferentsiyada joriy etilgan.
O‘tgan yillar davomida mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-erimizni asrab qolishga o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi.
Mazkur sana munosabati bilan noyob o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurdik.
Aslida ushbu so‘lim maskan ajoyibotlari qo‘riqxona xududidan oqib o‘tuvchi daryo va irmoqlardan oqib kelib, ulkan ummonni tashkil qilgan Hisorak suv omboridan boshlanadi.
Qo‘riqxona tabiatini mo‘ta’dil bo‘lishida undagi mavjud daryo va ko‘llarning ahamiyati bekiyosdir. Uning hududi bilan chegaradosh Surxandaryo, Tojikiston va Holikdod soyining boshida joylashgan Severtsov, Botirboy muzliklaridan bir qator suv manbalari boshlanadi. Ularning ichida eng yiriklari OqsuvTanxoz va Qizildaryo daryolari hisoblanadi. Shu uch daryo suvining Shahrisabz tumani hududida ko‘shilishi natijasida Qashkadaryo daryosi hosil bo‘ladi. Daryolar qor, muz, yer osti suvlari va yog‘inlardan to‘yinadi, ularni yuqoridan pastga qarab oqishi jarayonida katta-kichik sharsharalar hosil bo‘ladi.
Hisor davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonning janubiy-sharkiy kismidaQashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari xududida, Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘irlarida, dengiz sathidan 1 ming 750 metrdan 4 ming 421 metrgacha balandlikda joylashgan bo‘lib, u janubiy-sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
Mazkur qo‘riqxona 1983 yil Qashqadaryo viloyatidagi ikkita mustaqil Miraki va Qizilsuv qo‘riqxonalarining birlashtirilishi natijasida, Hisor tog‘ tizmalarining janubiy-sharqiy qismidagi tabiiy komplekslarning tipik uchastkalarini asl holida muhofaza qilish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini o‘rganish xamda shu xududda yo‘qolib borayotgan flora va fauna vakillarini saqlab kolish maqsadida tashkil kilingan.
– Hisor davlat ko‘riqxonasining umumiy yer maydoni 80 ming 986,1 gektarni tashkil etadi, shundan 50 ming 892 gektari Shahrisabz tumani, 16 ming 200 gektari Yakkabog‘ tumani va 14 ming 92 gektari Qamashi tumanlari hududida joylashgan bo‘lib, hudud jihatidan u Markaziy Osiyoda eng katta ko‘riqxonadir, – deydi Hisor davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baxtiyor Oromov. – Qo‘riqxona umumiy yer maydonining 22 ming 276 gektari archazor va butasimon o‘rmonlar bilan qoplangan, yaylovlar 24 ming 258 gektarni, daryolar va ko‘llar 107 gektarni, botqokliklar 461 gektarni, muzliklar 3 ming 155 gektarni, qoya va jarliklar 30 ming 258 gektarni tashkil etadi. Hisor davlat qo‘riqxonasining yer maydoni G‘ilon, Tanxozdaryo, Miraki va Qizilsuv bo‘limlariga bo‘lingan. Hisor davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog‘ tizimiga kiradigan Hisor tizmasining shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan. Uning butun hududi yagona massiv sifatida sharqdan g‘arbga 37 kilometr, shimoldan janubga 90 kiometrga cho‘zilgan. Tog‘ yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko‘p uchraydi. Cho‘qqilarining balandligi 2 ming 500 metrdan 4 ming 421 metrgacha. Jumladan, Hazratsulton tog‘i 4 ming 266 metr, Xo‘ja-kirshavor 4 ming 303 metr, To‘rtqo‘ylik 4 ming 366 metr, Bibi-O‘lmas 4 ming 349 metr. O‘zbekistonning eng baland nuqtasi ham ko‘riqxonaning To‘rtqo‘ylik tog‘idagi dengiz sat­hidan 4 mi 421 metr balandlikda joylashgan nomsiz cho‘qqidir. Qo‘riqxona hududida mezazoy-kay­nazoy davri yotqiziqlarida karst jarayonlari keng tarkalgan va o‘ralar, daralar, tokcha va g‘orlar ko‘plab uchraydi. Ushbu tog‘ daryolari va soylari chuqur daralarni hosil qiladi.
O‘ziga xos tabiatli Hisor davlat qo‘riqxonasiga Suv tushar sharsharasi o‘zgacha husn bag‘ishlagan. Qo‘riqxona hududidan boshlanadigan va oqib o‘tadigan soylar, irmoklar, daryolar o‘zining suv o‘zanida turli shakl va ko‘rinishdagi sharsharalar hosil qiladi. Ulardan eng yirigi Suvtushar sharsharasidir. Ushbu sharshara ko‘riqxonaning Miraki bo‘limining Suvtushar soyining boshlanish kismida, dengiz sathidan 2 ming 100 metr balandlikda joylashgan. Sharsharaning balandligi 84 metr bo‘lib, katta qoya toshlar va archazorlar orasida joylashganligi bilan tabiat shaydolarini o‘ziga maftun etadi. Ushbu sharshara Hisor tog‘ tizmasining 4 metr balandlikdagi Osmontalash qorli qoyalaridan paydo bo‘lgan suvlar hisobiga hosil bo‘ladi. O‘ziga xos ajib bir kuyni chalib, sohibjamolning uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning shiddatli oqimi ushbu sharshara suvini ko‘pirtirib, oppoq holatga olib keladi. Shuning uchun maxalliy aholi orasida gohida uni Suttushar sharsharasi ham, deb atashadi.
Tanxozdaryo bo‘limining dengiz sathidan 3 ming 200 metr balandlikda joylashgan Sarituz kengliklaridan boshlanadigan Sarituz soyining eng yuqori qismida, dengiz sathidan 3 ming 200 metr balandlikda, uzunligi 1000 metrdan ortiq bo‘lgan, faqat bahor oylarida erigan qor, yomg‘ir, buloq suvlaridan paydo bo‘ladigan Oq kamar sharsharasi mavjud. Sharshara Sarituz soyining serqoya kesik toshlari orasidan ilon izi yo‘nalishi bo‘ylab, o‘ynoqi harakatlari bilan pastga qarab oqishi qo‘riqxona tabiatiga ajoyib ko‘rinish kasb etadi. Toshdan toshga urilib oqayotgan o‘z o‘ljasiga hamla qilmoqchi bo‘lgan ilonni eslatuvchi tez oqar suv zarralari mazkur yerda o‘sadigan endemik o‘simliklarni namlik bilan taminlaydi.

– Ona tabiat. Uning sofligi, tabiiyligini asrab-avaylash va kelajak avlodga butunligicha yetkazish uchun barchamiz mas’ulmiz, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i G‘anisher Ibragimov. – Shu maqsadda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida jami 490 ta reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga oid qonun, qonunosti hujjutlari talablarini buzgan 516 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.


Tabiatning o‘zi zargarga o‘xshaydi. Uning bag‘ridan unib chiqqan har bir giyoh, har bir daraxt, o‘rmonlar, hayvonot olami o‘ziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl qilinishining oldini olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning burchidir. Chunki, biz yashayotgan hudud musaffoligi, ekologik muvozanat barchamizga birday daxldordir. Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga mehr-muhabbatli bo‘laylik. Oilalarda, mahalla va qishloqlarda ekologik tarbiyani kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar maskani va daraxtzorlarni avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy go‘zalliklarga ziyon yetkazmaslikni odat qilsak, avlodlar kelajagi va xayotning davomiyligi uchun shunchalik ko‘p qayg‘urgan bo‘lamiz.

`zbekiston tabiiy va tabiat muhofazasining umumiy masalalari
O`zbekistonning tabiati benihoya go`zal va so`lim go`shalarga boy bulib, undagi Shoximardon, Baxmal, Chimyon singari tog`li hududlar ba'zi ma'noda haqli ravishda Shveytsariya tabiatiga qiyoslanadi. Bahor va yoz oylarida Omonkuton, Og`aliq va Sarmishning tabiati qo`nida olingan bir kunlik dam insonga ko`pga yetadigan ma'naviy va jismoniy oziqa bag`ishlaydi. Respublikadagi cho`l va vodiylarning tabiati ham o`zgacha. Ular inson uchun ma'naviy va moddiy boylik manbai bo`lib xizmat qiladi. Dunyoda mashhur qorako`li va antiqa terilari ham O`zbekiston cho`llarida yaratiladi.
O`zbekiston shuningdek yer usti va yer osti boyliklarining mo`lligi bilan ham MDH mamlakatlari o`rtasida alohida o`rin tutadi. Uning hududida 658 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan 97 tur sut emizuvchi, 424 turdagi qush va 79 turdagi baliqlar, xilma-xil amfibiyalar va reptiliyalar yashaydi. Undagi o`simliklar dunyosi 4,5 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston zamini mineral xom ashyolarga boy. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Bu mineral boyliklar 900 ta topib o`rganilgan konlarda va 2000 ga yaqin kelajakda o`rganib foydalaniladigan konlar joylashgan. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekistonning dunyoda to`rtinchi o`rinni egallashi ham uning tuprog`i naqadar boy ekanligidan darak beradi. Bundan tashqari respublika tabiiy boyliklari jihatidan neft, gaz, rangli va nodir metallar, ko`mir va fosforitlar, ohaktosh, marmar, granit va turli tuz konlariga boyligi bilan ham ajralib turadi. Undagi shifobaxsh suvlar o`zining zahirasi va tarkibidagi foydali minerallari bilan jahonda mashhur kavkaz suvlaridan qolishmaydi. Bu suvlar bazasidan 12 ta sanatoriya ishlab turibdi, 9 ta konning suvi zavodda qadoqlanib, xalq iste'moliga yetkazib berilmoqda.
Dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida o`zlashtiriladigan yer zahiralari tugab qolgan bir sharoitda O`zbekistonda bunday yerlarning yetarli darajada mavjudligi respublika yorqin istiqbolining yana bir yarqiroq qirrasidir. Respublikada qishloq xo`jaligi uchun foydalanish mumkin bo`lgan 27,5 mln gektar maydondan 5,0 mln gektariga dehqonchilik qilinadi (18%). Shundan 4,2 mln gektari sug`oriladigan yerlar bo`lib, qolgani lalmiklar maydonlardir. Suvdan unumli foydalanish, tomchilatib, yomg`irlatib va namlatib sug`orish texnologiyalarining joriy qilinishi suvning qishloq xo`jaligidagi sarfini kamaytirgan holda yangi yerlar o`zlashtirib, sug`oriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirish imkonini beradi.
Yer maydonlari zahirasining yetarli ekanligi respublikada chorvachilikni rivojlantirish, aholini go`sht, sut va teri mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilash imkonini beradi. Respublikadagi mavjud 44,9 mln. gektar maydonning 22,5 mln. gektari chorvachilikda foydalanilmoqda.
Yer resurslari orasida muhim o`rinni sug`oriladigan yerlar egallaydi. Bu yerlar garchi qishloq xo`jaligida foydaniladigan maydonlarning atigi 15% ni tashkil qilsada, ammo ular ishlab chiqariladigan jami dehqonchilik mahsulotlarining 95 % ni beradi. Bu zaminda millionlab tonnalab qimmatli texnik xom ashyo hisoblangan paxta, don va sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Serquyosh O`zbekiston yerida yetishtirilgan shirin-shakar mevalar dunyoda tengi yo`qdir. Meva va sabzavotlar respublika aholisini ta'minlabgina qolmay, balkim qo`shni davlatlarga va hatto uzoq mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
O`zbekistonning yana bir muhim tabiiy boyligi uning hududidan oqib o`tadigan kattayu-kichik daryolardir. 20 dan ortiq bo`lgan bu daryolarning umumiy uzunligi 7,5 ming km atrofida bo`lib, ko`p yillik o`rtacha ma'lumotlarga ko`ra ulardan sekundiga qariyb 3,7 km. kub suv oqadi. Respublikada shu kundagi suvning jami yillik sarfi 65 km. kubligini hisobga olsak, Orol dengizini tiklashga yetarli darajada suv yuborgan holda xalq xo`jaligini rivojlantirishga hali yana qo`shimcha imkoniyatlar mavjudligi ko`rinib turibdi.
Ammo tabiat yaratgan boyliklar shunchalik ko`pligiga qaramay, ulardan foydalanish O`zbekistonda hozirgi kun talabi darajasida emas. Aholining ekologik saviyasi pastligi, ekologik ta'lim-tarbiyaning kech yo`lga qo`yilishi va haligacha kerakli natijani beraolmayotganligi tabiiy resurslardan fodylanishning barcha qirralarida hamon o`z ta'sirini saqlab kelmoqda. Sir emaski. Tabiat qo`yniga dam olishga oshiqqan kishilarning aksariyat ko`pchiligi tabiatdan rekreatsion maqsadlarda foydalanish tartib-qoidalarini bilishmaydi yoki unga, shunchaki, amal qilishmaydi. Oqibatida ular dam olish joylarida yeb-ichishdan bo`shagan idishlar va boshqa keraksiz predmetlardan iborat axlat buyumlarini qoldirishadi. Ular shuningdek bilib-bilmay kamyob va nodir o`simliklarni yig`ish bilan ham tabiatga shikast yetkazishadi. Kaltakesak, echkiemar va ilonlarning ta'qib qilinishi ham xalqimizda ekologik saviyaning pastligidan dalolat beradi. Atrofimizda uchrab turadigan bu va shunga o`xshash hodisalar maorif tizimidagi yaxshilash zarurligi masalasini ko`ndalang qilib qo`yadi.
Tabiatning yer, suv va boshka resurslaridan foydalanishda ham ekologik madaniyatning pastligi sezilib turadi. Respublika maydonining katta qismi (52,3%) yaylovlar bo`lgani holda ulardan foydalanish mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Chorvachilik to`g`ri yo`lga qo`yilgan mamlakatlarda yaylovdan sxema usulida foydalanish bundan necha o`nlab yillar oldin tashkil qilingan bo`lsada bunaqangi tartib bizning chorvachiligimizga hanuzgacha kirib kelgan emas. Chorva mollarining eng hosildor yaylovlarida ko`plab to`planishi bir tomondan undagi o`simliklarning ko`plab yeyilishiga va ikkinchi tomondan tuproq qatlamining bosib yanchilishiga, uning eroziyaga uchrashiga, oqibat natijada yaylovning kambag`allashuviga olib keladi. 1993 yilgi ma'lumotlarga ko`ra respublika yaylovlarining 9 mln. gektari shamol va suv eroziyasiga uchragan.
Respublikada dehqonchilik madaniyatini talab darajasida deb bo`lmaydi. Sug`oriladigan maydonlarning katta qismi cho`l hududlariga chegaradoshligi va bu hududlardan tez-tez kuchli shamol va yozning garmsellari esib turishga qaramasdan shamollarga to`siq bo`luvchi ixota daraxtzorlari yaratishga e'tibor kam. Keyingi yillarda o`rmon xo`jaligi tizimida yangi ixotazorlar barpo qilish an'analari qariyb unutilib qo`yilmoqda. Eski daraxtzorlar esa allaqachon yo`qotilib, ulardan bo`shagan parcha yer ham xo`jaliklar tomonidan ekinzorga aylantirilib yuborilgan. Bu masalada bizdan ko`ra «soddaroq» va «savodi pastroq» bo`lgan ota-bobolarimizning yerlar atrofi va ariqlar bo`yida daraxtzorlar barpo qilishdek udumlarini saqlab qolaolmadik. Har yili hukumat qarorlari bilan e'lon qilinayotgan ko`chat o`tkazish oyliklari va bu oyliklar davomida statistika hisobotlari bo`yicha o`tkazilgan millionlab ko`chatlar O`zbekistonni hozirgacha serdaraxt o`lkaga aylantirmadi. Ammo keyingi yillarda shahar va qishloqlarni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishida biroz olga siljishlar ko`zga tashlanmoqda. Bu esa yaqin kelajakda o`z mahsulini berajak.
Tabiiy resurslarning boshqa turlaridan, masalan, suvdan va tabiat in'om etgan meva-chevalardan foydalanishda ham isrofgarchilik katta. Meliorativ jihatdan yaxshi tayyorlanmagan va notekis yerlarning sho`rini yuvishda suvning sarfi gektariga me'yordagi 5 ming metr kub o`rniga 20 ming metr kubgacha chiqmoqda. Amudaryoning quyi oqimidagi hududlarda esa u bundan ham ortiq bo`lmoqda. Buning ustiga katta mablag`lar evaziga chiqarib olinayotgan daryo suvini ba'zi joylarda zaxkashlarga maqsadsiz tashlab qo`yish hollari ham mavjud-ki, bular nafaqat iqtisodni, balki muhit ekologiyasini ham yomonlashtiruvchi omillardir.
Yer osti suvlaridan ichimlik uchun foydalanish yetarli darajada emas. Zahiralar ulardan yilida 17,6 km. kub suv olishga yetarli. Shuncha suv olinganda yil davomida joylarda sizot suvlar sathi ham ko`tarilmay, bir zaylda turadi. Ammo hozirgi vaqtda ichimlik maqsadlarida har yili 3,43 km. kub atrofida suv olinmoqda, xolos. Masalaning ikkinchi tomoni-aholiga quvurlar orqali beriladigan ichimlik suvi asosan yer osti suvlari bo`lib, 1993 yil ma'lumotlariga ko`ra bunday suv bilan 257 ta shahar, posyolka va tuman markazlari ta'minlangan. Respublika bo`yicha vodoprovod suvining sarfi sutkasida 6,7 mln metr kub (yilida 1,1 mlrd metr kub) bo`lib, u aholiga asosan kommunal vodoprovodlar orqali yetkazib beriladi. Bu vodoprovodlar 11 ta ochiq suv manbalaridan, 175 ta yer osti suv quduqlaridan va 11 ta aralash manbalardan suv oladi. Kommunal vodoprovodlar ishlayotgan joylarda kishi boshiga sutkalik suv sarfi o`rtacha 449 litrni, shu jumladan shaharlarda 505 l., posyolkalarda-301 l. va tuman markazlarida-171 litrni tashkil qiladi. Bu ko`rsatkichlar o`rtacha bo`lib, ba'zi joylarda u juda past. 9 ta shahar, posyolka va tumanlarda odam boshiga sutkalik suv sarfi 100 litrga ham yetmaydi. Buning ustiga ichish va texnik maqsadlar (yuvish. Yuvinish, ko`klamzorlashtirish ishlari va hokazolar) uchun suvning bitta quvurdan kelishi, quvurlarning eskirib ishdan chiqqanligi, shahar joylarida tomorqalarning sugorilishi oqibatida yuborilayotgan suvning 25-35% isrof bo`lmoqda.
Ichimlik suvining sifati hamma yerda ham yaxshi emas. Aholi iste'mol qilayotgan jami vodoprovod suvining 30% sifat jihatdan standartga to`g`ri kelmaydi. Uning sifati ayniqsa Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomon.
Hozirgi vaqtda respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash bo`yicha 2005 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladigan sxema ishlab chiqilgan. Unda ichimlik suvi bilan barcha shaharlarni to`liq ta'minlash, suvning sifatini yaxshilash, kommunal vodoprovodlar quvvatini 3,1 metrgacha oshirish va ularning uzunligini 2,1 metrga ko`paytirish ko`zda tutilgan. Mazkur sxemaga ko`ra Samarqand viloyatining ba'zi tumanlari, shuningdek Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 1992 yil Damxo`ja-Buxoro suv quvurining I-navbati ishga tushirildi. Bu suv magistralining uzunligi 210 km. bo`lib, suvning minerallashuvi 0,4-0,5 glitrni tashkil qiladi. Shuningdek sxemaga ko`ra Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida u yerlarga Tuyamuyin suv omboridan quvur tortildi-1990 yil Tuyamuyin-Urganch suv magistralining I-navbati, 1992 yilda uning II-navbati va Tuyamuyin-Nukus magistralining I-navbati ko`rilib, ishga tushirildi. Hozirgi kunda aholisiga sutkasiga 200-220 ming m. kub ichimlik suvi quvurlar orqali uzatilmoqda.
Tabiatga yetkazilayotgan talofat ayniqsa qazilma boyliklardan foydalanishda katta bo`lmoqda. Qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni qazib olish, tashish va qayta ishlash jarayonida ko`pgina maydonlarning yer yuzasi o`zining o`simliklar dunyosi bilan birga bosib yanchiladi, relyef o`zgaradi, tuproqning strukturasi buzilib, u yaroqsiz holga keladi. Birgina Zafarobod markaziy ruda boshqarmasida Uran olish bilan bog`liq ishlarga 170 ming gektar yer band bo`lib, bu yerlar turli darajada yaroqsiz holga kelgan. Zarafshon shahridagi birgina Muruntov oltin konining chiqindilari 10 ming gektar unumdor yerni egallab yotibdi. Bu chiqindilar tarkibida biosferani zaharlaydigan turli xil birikmalar mavjud. Respublika sanoatidan chiqadigan chiqindilar bilan nafaqat yer, balki suv va havo ham ifloslanmoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha respublika atmosferasiga har yili 4 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda. Bularning yarmi uglerod oksidi, qolgani uglevodorodlar, oltingugurt oksidi, azot oksidi va boshqalar. Shargun ko`mir konidan olinadigan ashyo tarkibidagi o`nlab tonnalab fosfogipsning, Angren ko`mir koni ashyosi tarkibidagi kaolinning ruda chiqindilari sifatida chiqarib tashlanishi mamlakatimiz uchun iqtisodiy ham ekologik zarardir.
Ammo keyingi yillarda respublikamizda tabiatdan foydalanishdagi isrofgarchilikning oldini olish bo`yicha ko`pgina tadbirlar belgilangan. Yer osti boyliklaridan foydalanishda ham qator istiqbolli rejalar mavjud. Respublikada olinayotgan tabiiy metangazi tarkibida etan, propan va butan ham bo`lib, ulardan kelajakda polietilen va polixlorvinil olish, Sho`rtan gazkimyo kompleksida olinayotgan propandan nitril-akril kislotasini olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mo`ljallangan. Shuningdek gaz va gaz kondensatini qayta ishlash sanoatida bir yo`la ular tarkibidagi oltingugurt birikmalarni ham qayta ishlashni joriy qilish ko`zda tutilmoqda. Angren kaolinidan glinozem (alyuminiy oksidi) va alyumini, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, chinni, fayans, tsement va boshka xildagi maxsulotlarni olish mumkin. Shunga ko`ra hozir boyitilgan kaolin va glinozem ishlab chiqadigan zavod qurilish nazarda tutilmoqda. Bunyod etilayotgan Qizilqum fosforit kombinatining ishga tushishi respublikaning iqtisodiy salohiyatini ko`tarishda alohida ahamiyatga ega. Unda yilida 2,7 mln. tonna fosforit kontsentrati olish belgilangan. Bunga qo`shimcha Qorakat va Shimoliy jetitov fosforit konlari bazasida ham kelajakda qo`shma korxonalar tashkil etilishi mo`ljallangan.
Hozirgi vaqtda Barsakelmas konidan olinayotgan tosh tuzidan kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqarish maqsadida Qo`ng`irotda soda zavodi qurilmoqda.
Oltin ajratib olishni ko`paytirish bo`yicha ham istiqbolli rejalar mavjud. 1994 yilda tashkil etilgan «Omontov Goljfilds» O`zbekiston-Britaniya qo`shma korxonasi yordamida Dovgistov va Omontov oltin konlari 1998 yilda ishga solindi, «Nyumont Mayning Korporeyshn» (AKSH) va Mitsun (Yaponiya) kompaniyalari o`rtasida Toshkent zonasidagi oltin konlarini o`zlashtirish bo`yicha bitim tuzilgan. Bu ishlarning barchasi pirovord natijada tabiiy boyliklardan unumli foydalanish asosida respublikaning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgandir.
Tabiatni muhofaza qilishning konstitutsion va yuridik asoslari
O`zbekistonda tabiat muhofazasi ishi mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridayoq konstitutsion asosga qo`yildi. 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O`zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida O`zbekiston hududida yashayotgan barcha fuqarolar atrof muhitni muhofaza qilishga majbur ekanliklari belgilandi. Uning 55- moddasida esa barcha turdagi tabiiy boyliklar umummilliy bo`lib, ular davlat muhofazasidan ekanliklari ko`rsatib o`tildi. Respublika hududida jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni hukumat doirasida tartibga solib turish maqsadida xalq deputatlari Oliy Majlisida, viloyat, shahar va tuman Kengashlari huzurida xalq xo`jaligining boshqa sohalari qatori tabiat muhofazasi sohasida ham doimiy komissiyalar tuzilishi Konstitutsiyaning 100-moddasida belgilandi.
Respublikada tabiat muhofazasiga doir o`nlab Qonunlar ishlab chiqib qabul qilinganki, bular atrof muhitning sofligini saqlash va tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solib turishda ta'sirchan yuridik hujjat bo`lib xizmat qiladi. Bunday hujjatlar respublika mustaqil bo`lgani qadar Ittifoq qonunchiligi bilan ham belgilangan edi. Bular quyidagilar:
Tabiat

Siz iqlimni o‘zgartirishni, go‘zal tabiatdan, uning noyob nabotot va hayvonot olamidan bahramand bo‘lib, zilol ko‘llar va shovqinli daryolar sohilida quyosh nuridan zavqlanib, sayyoramizning eng yuqori nuqtasiga chiqishni xohlaysizmi? Endi buning imkoni bor. O‘zbekistonga keling! Ushbu qadimiy mamlakatning betakror tabiati siz uchun tabiiy va go‘zal ranglarining butun majmuini ochib beradi.


O‘zbekiston dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmasada, biroq dunyodagi eng go‘zal ko‘llari, tabiiy va sun'iy suv havzalari va butun Markaziy Osiyoni qamrab olgan yirik daryolarining anchayin mavjudligi bilan jozibal idir.
I am the master of a large portion of the territory of uzbekistan, the low plains. One of the biggest – this is turon low plains. Two large and several hundred kilometers to the wilderness of the kyzylkum karakul throughout the country tyan-shan hem stretching far. The desert is beautiful especially in the spring. Strong winds of sandy barxan saksovul on the drive rod, the spring in the desert to the unique beauty burkaydi.

Ko‘plab boyliklarni o‘zida mujassam etgan ulug‘vor O‘zbekiston tog‘lari, har yili baland tog‘ cho‘qqilarini zabt etadigan yuzlab sayyohlarni va ekstremal insonlarni o‘ziga jalb etadi. Chiroyli sharsharalar, ko‘p mingli tepaliklar, chang‘i uchish yo‘llari, tog‘oldi yaylovlar, qo‘riqxonalar va o‘rmon zonalari, kanyonlar va tog‘ ko‘llari, g‘orlar hamda qadimiy tsivilizatsiyalarning to‘xtab turish joylari – bu mamlakatimizning go‘zal tog‘li hududlari maqtanishi mumkin bo‘lgan narsalarning to‘liq ro‘yxati emas.


Kontinental iqlim pirovardida bu yerda hamma narsa tabiat bilan hamohang. O‘zbekistonda qish yumshoq, bahor serquyosh va seryomg‘ir, yozi issiq va quruq, kuz esa nihoyatda go‘zaldir. Bu eng serhosil mavsum. Tabiat qish mavsumda kuch to‘plab bahorda qayta uyg‘onish uchun aynan kuzda barcha ne’matlarini taqdim qiladi.
Mo‘tabar o‘lkamizning sayyohlik imkoniyatlari juda xilma-xil va boy: Ugam-Chotqol milliy bog‘i, Amudaryo deltasidagi to‘qay o‘rmonlar, yaqinda sayyohlar uchun ochilgan sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishidan dalolat beruvchi Kitob qo‘riqxonasi, Orol dengizi yaqinidagi “ekologik ofat” mintaqasi, dashtlar va Qizilqum cho‘llari, Nurota tog‘lari va Jizzax viloyatidagi Aydarko‘l ko‘li va tabiatimizning ko‘plab boshqa ajoyibotlari. Shu sababli ishlaringizni tugatib mo‘tabar O‘zbekistonga safaringizni rejalashtiring, mamnun qolishingizga ishonchimiz komil!
Foydalanilgan adab
Sog’lom turmush tarzini targ'ib etish orqali yoshlar sog’ligini mustahkamlash faol vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Talabalarda sihat – salomatlik qadriyatlarini singdirish maqsadida 2019 yilning 3 aprel kuni I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz Universiteti (MTU) Toshkent shahridagi Filialida “Jismoniy tarbiya va sport” bo’limi hamda “Ma’naviyat va marifat, yoshlar bilan ishlash bo’limi” hamkorlikda “Soglom turmush tarzi” mavzusida ahborot davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida UEE – 17 – 01, URG – 17 – 01, URB – 17 – 01, URN – 17 – 02, URB -18 – 01 guruh talabalari va bo’lim professor – o’qituvchilari qatnashdilar. Suhbatda soglom turmush tarziga tegishli dolzab masalalar ko’rib chiqildi.
Download 25.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling