Botanika. 6-sinf I bob. Gul


Download 403.5 Kb.
bet1/22
Sana18.06.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1575829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
TEST Botanika 6


SamMI tayyorlov kursi 2018-2019 NIYOZQULOVA GULFIRA +998902513300

Botanika. 6-sinf
I Bob. GUL.
1. Tashqaridan qaraganda qaysi hayotiy shakl vakillari bir-biriga judayam o’xshaydi?
A ko’p yillik B bir yillik C ikki yillik D buta
2. O’simliklarni sistematikaga solishda ularning qaysi jihatiga e’tibor qaratiladi?
A bir-biridan farq qiluvchi belgilariga
B o’xshash belgilariga C gulining tuzilishiga
D changchisining tuzilishiga
3. Yopiq urug’li o’simliklarning jinsiy ko’payish organini belgilang.
A arxegoniy B gul C meva D urug’
4.Gul nima(lar)ning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A barg B novda C gulqo’rg’on D A vaB
5. Gul nimalardan tashkil topgan?
1)gulband 2)gulqo’rg’on 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi
A 2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3
6.Gullarning xilma-xilligi …ga bog’liq.
A hayotiy shakl B o’sish sharoiti
C o’simlikning qaysi sistematik birlikka mansubligi
D B va C
7. Gulband nima?
A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy
B yuqori qismi biroz kengaygan joy
C gulni novdasiga biriktirib turadigan band
D A va C
8.Gulo’rin nima?
A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy
B gulbandining yuqori qismidagi biroz kengaygan joy
C gulni novdasiga biriktirib turadigan band
D A va B
9. Gulband … bilan bir-biridan farq qiladi.
A tuzilishi B shakli C o’lchami D B va C
10.Qanday gullar o’troq gullar deyiladi ?
A changchi va urug’chisi shakllanmagan
B gulqo’rg’oni yo’q yoki tangachaga aylangan
C gulo’rni shakllanmagan D gulbandi shakllanmagan
11. Gul necha qismdan tashkil topgan?
A 4 B 5 C 3 D 2
12. Gul qanday qismlardan tashkil topgan?
1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi
A 1,2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 1,4,5 D 2,4,5
13.Gulqo’rg’on nimalardan tashkil topgan?
1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi
A 1,2,4,5 B 1,2 C 4,5 D 1,2,3
14.Gulning barcha a’zolari joylashadigan qismi qanday ataladi?
A gulqo’rg’on B gulband C gulo’rin D gultoj
15.Gulni tashqi tomondan o’rab turadigan qavat - …
A gulqo’rg’on B gulkosacha C gulo’rin D gultoj
16. Notog’ri fikrni belgilang
A barcha yopiq urug’li o’simliklar shakli o’zgargan novdaga ega
B shamol o’simliklarning suv bug’latishida ahamiyatga ega
C oddiy lavlagi 1-yili faqat vegetativ organlarni hosil qiladi
D t.j.y
17. Gulkosacha …ning yig’indisidan iborat.
A ostkosachabarg B tojbarg C gulkosachabarg
D A va C
18. Asosan yashil va boshqa ranglarda bo’ladi.
A gulqo’rg’on B gulkosacha C gulo’rin D gultoj
19.guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo’rg’on qavati.
A changchi B gulkosacha C gulo’rin D gultoj
20. Gultoj … lar yig’indisidan tashkil topgan.
A ostkosachabarg B tojbarg C gulkosachabarg
D A va C
21. U turli rangda bo’ladi.
A gulband B gulkosacha C gulo’rin D gultoj
22. … - gulqo’rg’on ichida joylashgan muhim qismi.
A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj
23.Changchi nechta va qanday qismlardan tashkil topgan?
A 2; changdon va changchi
B 3; changdon, changchi, changchi ipi
C 2; changdon va changchi ipi
D 2; changchi va changchi ipi
24. Changdon nima orqali gulning qaysi qismiga bog’langan bo’ladi?
A changchi; gulqo’rg’on B changchi ipi; gulqo’rg’on
C changchi ipi; gulo’rin D changchi; gulo’rin
25.O’simlikda changchilarning bittadan yoki bir nechtadan bo’lishi nimaga bog’liq?
A changlanish xususiyatiga B gul tuzilishiga
C o’simlik turiga D joylashishiga
26.Changchi iplarining soni va shakli nimaga bog’liq?
A changchiga B o’simlik turiga C gulga D sharoitiga
27.Qaysi o’simlikning changchilari urug’chisida o’rnashgan?
A lola B olma C g’oza D ituzum
28. Gulning ichki qismlari keltirilmagan javobni belgilang.
A changchi, urug’chi B changchi C tuguncha Dt.j.y
29.Changchi iplari gulo’ringa qanday shakllarda joylashgan bo’ladi?
A alohida-alohida yoki qo’shilib
B qo’shilib yoki tutam hosil qilib
C alohida-alohida yoki tutam hosil qilib
D alohida-alohida, tutam hosil qilib yoki qo’shilib
30. Changchining qaysi qismi ayrim o’simliklarda bo’lmasligi ham mumkin?
A changdon B changchi C changchi ipi
D changdon va changchi ipi
31.Gulning o’rtasida markazida joylashgan eng muhim qismi - …
A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj
32. Urug’chi qanday qismlardan tashkil topgan?
A 2; changchi va changchi ipi
B 3; tuguncha, ustuncha va og’izcha
C 3; urug’kurtak, markaziy va tuxum hujayra
D 3; tuguncha, ustuncha va tumshuqcha
33.Urug’chining kengaygan pastki qismi - …
A tumshuqcha B ustuncha C tuguncha
D urug’kurtak
34.Yopiq urug’li o’simliklarda urug’kurtak qayerda joylashgan bo’ladi?
A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha
35.Meva asosan gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi?
A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha
36.Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab qanday bo’ladi?
A bir va ko’p uyali B ostki va ustki
C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli
37.Tugunchalar tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?
A bir va ko’p uyali B ostki va ustki
C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli
38.Tugunchaga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan javobni belgilang
A uning ichida urug’kurtak joylashgan
B bir va ko’p uyli bo’ladi C ostki va ustki bo’ladi
D chang donachalarini ushlab qolish vazifasini bajaradi
39.Urug’chining o’rta qismi qanday ataladi?
A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha
40.Ustunchaning vazifasi nimadan iborat?
A chang donalarini ushlab qoladi
B ichida urug’kurtak yetiladi
C meva hosil qilishda ishtirok etadi
D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi
41.Uning ichi g’ovak bo’ladi.
A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha
42.U urug’chi(ustuncha)ning eng yuqori qismi –uchi hisoblanadi
A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha
43.Tumshuqchaning vazifasi nimadan iborat?
A chang donalarini ushlab qoladi
B ichida urug’kurtak yetiladi
C meva hosil qilishda ishtirok etadi
D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi
44. Gulqo’rg’onning vazifasi nima(lar)dan iborat?
A gul ochilguncha changchi va urug’chilarni o’rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi
B meva hosil qilishda ishtirok etadi
C hasharotlarni o’ziga jalb qiladi
D hammasi
45. Gulqo’rg’on qanday bo’ladi?
A oddiy va murakkab B bir yoki ko’p a’zoli
C ostki yoki ustki D hammasi
46. Oddy gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi?
A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi
B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi
C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi
D hammasi
47.Gultojsimon oddiy gulqo’rg’onli o’simlikni belgilang.
A g’o’za B lavlagi C sachratqi D lola
48. Oddiy gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
49. Murakkab gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi?
A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi
B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi
C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi
D gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo’ladi
50. Murakkab gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9,11 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
51. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
52. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,9,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 1,3,4,8,12
53.Yong’oq, terak o’simliklarining gullariga xos belgini aniqlang.
A gulqo’rg’onsiz B oddiy gulqo’rg’onli
C gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilmagan
D kuchala to’pgul hosil qiladi
54. Gulqo’rg’oni yo’qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o’simliklarni belgilang.
A tok, terak, tut, yong’oq B yong’oq, tok, tut, tol
C terak, yong’oq, tol, tut D terak, tol, yong’oq, tok
55. Gul tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida …dan foydalaniladi.
A gul formula B gul diagrammasi C A va B
D sxema
56. Gul diagrammasi deb nimaga aytiladi?
A gul tuzilishining sonlar bilan ifodalanishiga
B gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga
C gulning tashqi tuzilishi va shaklining chizmalar bilan ifodalanishiga
D Gul qismlarining nomi shu qismning boshlang’ich harflari va sonining raqamlar bilan ifodalanishiga
57. Yong’oqning qaysi turdagi guli to’pgul hosil qiladi(a) va hosil qilmaydi(b).
1)urug’chili guli 2)changchili guli
A a-1; b-2; B a-2; b-1; C a-1,2; D b-1,2;
58. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi
C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi
59. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilgan bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi
C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi
60. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlarining soni ko’p bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi
C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi
61. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqada uchrashi kerak bo’lgan gul qismlari rivojlanmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A yozilmay tashlab ketiladi B “0” belgisi qo’yiladi
C “~” belgisi qo’yiladi D vergul bilan ajratib yoziladi
62.Agar gul qismlari bir emas ikki yoki undan ortiq halqada joylashgan bo’lsa qanday yoziladi?
A har bir halqa qismlari vergul bilan ajratib yoziladi
B “~” belgisi qo’yiladi C har biri qavs ichiga olinadi
D har biri halqadan so’ng “+” belgisi qo’yiladi
63. Quyidagi gul tuzilishlari va o’simliklarni juftlab yozing.
a)achambiti b)sachratqi c)lola d)olxo’ri
1)gulkosachabarglari rivojlanmagan 2)gultoji 6ta 3)gulkosachabargi 5ta 4) gultoji 5ta 5)gulkosachabargi va gultoji 4tadan 6)gulqo’rg’oni oddiy 7)gultojlari 2 halqada joylashgan 8)changchilari 2 halqada joylashgan 9)changchisi 6ta 10)urug’chisi bitta 11)urug’chisi 2ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 12)urug’chisi 3ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 13)changchilari cheksiz 14)gultojbarglari qo’shilgan 15)gultojbarglari qo’shilmagan 16)changchisi 5ta qo’shilgan
A a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;
B a-5,9,10,11,15; b-1,4,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;
C a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,14; D t.j.y
64. Jag’-jag’ o’simligining ikkinchi nomini belgilang.
A sachratqi B kovul C qoqio’t D achambiti
65.Achambitining gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1
65.Olxo’rining gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1
66.Lolaning gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
C Og3+3 Ch3+3 U(3) D Og3+3 Ch3+3 U1
67.Sachratqining gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
C Gk0 Gt(5) Ch(5) U(2) D Gk0 Gt(5) Ch5 U1
68. Gul formulasi orqali nimani aniqlash mumkin?
A gulning tuzilishini B qaysi oilaga mansubligini
C hammasi D sxema bilan ifodalanishini
69. Bir jinsli gul deb nimaga aytiladi?
A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa
C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
70. Qanday turdagi gulga changchili gul deyiladi?
A agar gulda faqat changchi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat changchili gul bo’lsa
C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
71. Qanday turdagi gulga urug’chili gul deyiladi?
A agar gulda faqat urug’chi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa
C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
72.Bir jinsli gullarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori
A 2,3,4,5 B hammasi C 1,3,4 D 1,2,3,4,5,7
73.Ikki jinsli gul deb qanday turdagi gulga aytiladi?
A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa
C agar o’simlikda urug’chili va changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
74.Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos
A 8,9,10,11 B 1,6,7,8,9,10,11 C 1,3,4 D 2,3,4,5
75. Qaysi o’simlik(lar)ning bitta tupida ham changchili ham urug’chili gul alohida-alohida joylashgan bo’ladi?
A qarag’ay B makkajo’xori C tol D A va B
76. Changchili gullari bir tupda, urug’chili gullari boshqa bir tupda joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)qarag’ay 9)archa
A 7 B 1,3,4,8 C 1,3,4 D 1,3,4,9
77.Quyidagi o’simliklardan qaysi birining changchilari 2 ta bo’ladi?
A yong’oq B tol C tok D terak
78.O’zi ayrim jinsli bo’lib urug’chili va changchili gullari (har ikkalasi) to’pgul hosil qiladigan o’simlik(lar)ni belgilang.
1) yong’oq 2) tol 3) tok 4) makkajo’xori
A 1,2,3,4 B 2,4 C 2 D 1,3
79. Gullar simmetriyasiga ko’ra qanday bo’ladi?
A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab
C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq
80.To’g’ri gul deb nimaga aytiladi?
A gul faqat teng ikki bo’lakka ajralsa
B umuman teng bo’lakka ajralmasa
C agar gulqo’rg’on ikkitadan ortiq teng bo’lakka ajralsa
D A va B
81. To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang.
1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)gunafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda
A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C 1,2,3,7,8,12,17
D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19
82. Qiyshiq gulli o’simliklarni belgilang.
1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)gunafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda
A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C 1,2,3,7,8,12,17
D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19
83. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang
1)angishvonagul 2)gunafsha 3)suvyig’ar 4)qo’ng’roqgul 5)marmarak 6) g’oza
A 1,4,5 B 4,5,6 C 1,2,5 D 2,3,6
84.Olma guli g’o’za gulidan qaysi jihati bilan farq qiladi?
A gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik tishchali uchta bargchasi(ostgulkosacha)ning borligi bilan
B urug’chisining o’ziga xos tuzilganligi bilan
C gulkosachasining tashqi tomonida ostgulkosachasi-ning bo’lmasligi bilan
D A va B
85.G’o’za guli olma gulidan qaysi jihati bilan farq qiladi?
A gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik tishchali uchta bargchasi(ostgulkosacha)ning borligi bilan
B urug’chisining o’ziga xos tuzilganligi bilan
C gulkosachasining tashqi tomonida ostgulkosachasi-ning bo’lmasligi bilan
D A va B
86. Ayrim jinsli gullarning qaysi xususiyatiga qarab o’simliklar bir yoki ikki uyliga bo’linadi?
A gulda changchi yoki urug’chining uchrashiga qarab
B ayrim jinsli gullarning o’simlikda joylashishiga qarab
C urug’chili va changchili gullarning tuzilishiga qarab
D ayrim jinsli gullarning changlanish xususiyatiga qarab
87.Bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo’lsa, unga … deyiladi.
A o’troq gul B shoxlangan gul C to’pgul
D shingil
88.To’pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o’simliklarni belgilang.
A gilos, nok, olcha, olma B lola, nok, behi, shaftoli
C behi, lola, binafsha D behi, shaftoli, binafsha
89. To’pgulning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nimadan iborat?
A o’simliklarning changlanish ehtimolligini oshiradi
B gulning ichki qismlarini tashqi noqulay sharoitdan himoya qiladi
C o’simlikning keng tarqalishida xizmat qiladi
D hammasi
90.to’pgullar … … bo’ladi.
A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab
C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq
91.Oddiy to’pgul(a) va murakkab to’pgullar(b)da gulpoyaning tuzilishini belgilang.
1)shoxlangan 2)shoxlanmagan
A a-1; b-2; B a-2; b-1; C a-1; b-1; D a-2; b-2;
92.Qaysi to’pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqon C oddiy shingil
D kuchala
93.Oddiy qalqonsimon to’pgulli o’simliklarni belgilang.
A shaftoli, nok, olma, olcha B o’rik, nok, olma, olcha
C gilos, nok, olma, olcha D olma, o’rik, gilos, nok
94.Qaysi turdagi to’pgulning yuqori qismining uzunligi bir xilda bo’ladi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
95. Qaysi turdagi to’pgulda mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
96.Oddiy boshoq to’pgulga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.
A qashqarbeda B zubturum C bodiyon D rovoch
97.Qaysi o’simlikning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
A makkajo’xorining urug’chili guli
B kelin supurgi C zubturum D jag’-jag’
98. Qaysi turdagi to’pgulda gullar uzun bandi bilan joylashgan bo’ladi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
99.Shoxlanmagan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
100. Shoxlangan soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
101.Bodiyon o’simligining gullari qanday to’pgulda yig’ilgan?
A murakkab soyabon B ro’vak Csavatcha D shingil
102.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi
A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 D 1,4,5,6,7
103.Shoxlangan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
104.Gulpoyasi shoxlanmaydigan o’simliklarni toping.
1)olcha 2)zupturum 3)otquloq 4)arpa 5)shashir 6)bodiyon 7)qashqarbeda 8)gilos
A 3,4,5,6 B1,2,5,6 C 1,2,7,8 D 2,4,5,8
105.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6
106.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lmagan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6
107.Qaysi o’simliklarning changchili gullari kuchala to’pgulda yig’ilgan bo’ladi?
A yong’oq, terak, oqqayin B oqqayin, tok, yong’oq
C tut, oqqayin, yong’oq D oqqayin, yong’oq, tol
108.Qaysi to’pgullar turli xillarga mansub bo’lsada lekin o’zaro o’xshaydi?
A kuchala va ro’vak B oddiy va murakkab soyabon
C shingil va ro’vak D boshoq va kuchala
109. Sholi va qamish o`simligi uchun umumiy bo`lgan xususiyatni belgilang
A hayotiy shakl B to`pguli C ildizpoyasi D hammasi
110.Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi?
A bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi
B asosiy gulpoyasi osilib turadi
C asosiy gulpoyasi osilib turmaydi
D asosan changchili gullarda uchraydi
111. Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
A qashqarbeda B yantoq C sachratqi D qayrag’och
112.Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
A qulupnay B yantoq C sachratqi D qayrag’och
113. Qaysi o’simliklarning guli gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan bo’ladi?
1)karrak 2)kungaboqar 3)kartoshkagul 4)ermon 5)shuvoq 6)bo’tako’z 7)sachratqi
A 1,2,4,5,6,7 B hammasi C 2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,6
114.Savatcha to’pgulning atrofi nima bilan o’ralgan bo’ladi?
A jinssiz gullar bilan B naychasimon gullar bilan
C tilchasimon gullar bilan D o’rama bargchalar bilan
115.Guli uncha ko’zga tashlanmaydigan o’simlikni belgilang.
A sholi B tol C tol D anjir
116.To’pgullar juftlab ko’rsatilgan javobni belgilang:
1) xarduma 2) qashqarbeda 3) sholi 4)shashir 5)karrak 6) olcha 7) qamish
a) oddiy shingil b) yakka gulli c) murakkab soyabon d)ro’vak e)murakkab boshoq f)savatcha g)qalqonsimon
A 1-e;2-a;3-e;4-d;5-f;6-b;7-d;
B 1-e;2-a;3-d;4-c;5-f;6-g;7-d;
C 1-f;2-a;3-e;4-c;5-g;6-b;7-e;
D 1-d;2-g;3-a;4-f;5-e;6-g;7-c;
117.Qoqio’t, sachratqi va kungaboqar uchun umumiy bo’lgan xususiyatni belgilang.
A hayotiy shakl B to’pgul C uchrash joyi
D quyosh nuriga nisbatan munosabati
118. Ituzum, pomidor va kartoshkaning to’pgulini belgilang.
A shingil B ro’vak C gajak D kallakcha
119.Ziradoshlar oilasiga xos bo’lgan to’pgul - …
A qalqon B boshoq C shingil D soyabon
120. Changlanish nima?
A changdondagi chang zarrachalarining yetilishi
B chang hujayrasi va urug’kurtakdagi tuxum hujayrasining qo’shilishi
C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi
D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi
121.Changlanish qanday turdagi xillarga bo’linadi?
A 2; chetdan va o’z-o’zidan B 2; tabiiy va sun’iy
C 3; hasharot, shamol yordamida va o’z-o’zidan changlanish
D 3; chetdan, o’z-o’zidan va sun’iy
122.Faqatgina … gulgina meva tugadi.
A gullagan B changlangan C tinim davrini o’tagan
D ozuqa bilan yaxshi ta’minlangan
123.Yetilgan urug’chining tumshuqchasi uchun xos bo’lgan xususiyat.
A chang yo’li bo’ladi B yopishqoq va quruq bo’ladi
C nam va yopishqoq bo’ladi Dtep-tekis va nam bo’ladi
124.O’simlik gullaridagi hasharotlarga kerak bo’lgan narsa(lar)(a) va ularni hasharotlar qaysi a’zolari(b) orqali boshqa gullarga olib o’tishadi?
1)chang 2)nektar 3)xartum 4)oyoqlar 5)tuk
A a-1; b-3,5; B a-1,2; b-3,4,5; C a-2; b-3,4,5;
D a-1,2; b-4,5;
125.Hasharotlar orqali changlanuvchi o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za
A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11 C 1,3,4,7,8,12,13
D 1,3,4,8,12,13
126. Mevali daraxtlar va g’o’za gullaganda bog’bonlar va paxtakorlar asalari qutilarini bog’larga va paxta dalalariga olib chiqishadi – bundan ko’zlangan maqsad nima?
A gullarni changlatish B mo’l hosil olish
C yaxshi va sifatli asal olish D hammasi
127.1 gr asal yig’ish uchun bitta asalari taxminan nechta gulga qo’nadi?
A yuzlab B millionlab C minglab D o’n minglab
128. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat
A chiroyli gulli, ochilgan vaqtda xushbo’y hid taratadi
B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi
C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi
D guli ko’rimsiz, mayda va hidsiz bo’ladi
129. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat
A dastlab barg kurtakdan barg, so’ngra gul kurtakdan gul chiqaradi
B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi
C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi
D avval gullab, so’ngra barg chiqaradi
130.Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za
A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11 C 1,3,4,7,8,12,13
D 1,3,4,8,12,13
131. Bug’doyda qanday tur(lar)dagi changlanish uchraydi?
A chetdan changlanish B o’z-o’zidan changlanish
C shamol yordamida changlanish D A va C
132.Bug’doy gulining qaysi qismi to’pguldan tashqarida osilib turadi?
A urug’chi B changchi C gulpoya D gul qipiqlari
133. Bug’doy gullari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi
A 1,4,6 B 2,3,5 C 2,4,6 D 1,4,5
134.Bug’doy gullari uchun xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi
A 1,4,6 B 2,3,5 C 2,3,6 D 2,4,5
135. O’z-o’zidan changlanish deb nimaga aytiladi?
A bir turdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga
B ma’lum bir o’simlikning changi shu yoki boshqa o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga o’tkazilishiga
C bir tupdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga
D bir o’simlik changining shamol yordamida shu o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga kelib tushishi
136.Urug’chisi changchisiga nisbatan qisqaroq bo’lgan, changchi va urug’chilari bir xil vaqtda yetiladigan o’simliklarni belgilang.
A oqquray, nok, do’lana B na’matak, olma, bug’doy
C makkajo’xori, g’o’za, nastarin
D nok, olma, na’matak
137.O’z-o’zidan va chetdan changlanish xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1) olma 2)nok 3)g’o’za 4)na’matak 5)oqquray 6)o’rik
A 1,2,4 B 1,2,3,4,5,6 C 1,2,4,6 D 1,2
138. Agar o’simlik odam tomonidan changlantiriladigan bo’lsa bunda turdagi changlanishga … deyiladi.
A o’z-o’zidan changlanish B chetdan changlanish
C sun’iy changlanish D tabiiy changlanish
139. Qaysi o’simlik ko’pincha sun’iy yo’l bilan qo’shimcha changlantiriladi?
A g’o’za B bug’doy C makkajo’xori D kungaboqar
140.Sun’iy chanlantirishdan ko’zlangan maqsad nima?
A hosildorlikni oshirish, yangi turlarni yaratish
B kasalliklar,zararkunandalarga nisbatan chidamlilikni oshirish
C yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish
D hammasi
141. Urug’lanish nima?
A urug’chidagi tuxum va markaziy hujayralarning yetilishi
B changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi
C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi
D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi
142. Gulli o’simliklarning changdonida nechta chang donachalari yetiladi?
A 1 ta B 2 ta C yuz-minglab D yuz minglab
143. Chang donachalarining har xil shaklda yoki kattalikda bo’lishi nimaga bog’liq?
A gulga B o’simlik turiga C o’sish sharoitiga
D A va B
144.Har bir chang donasi nechta va qanday hujayra(lar)dan tuzilgan bo’ladi?
A 1ta yirik B 2 ta bir xil kattalikda
C 2 ta; mayda va yirik D 1 ta mayda
145.Chang donasi hujayralari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)2ta hujayradan tashkil topgan 2)hujayralarining yirigi jinsiy(generativ) hujayra, maydasi vegetativ hujayra deyiladi 3)hujayralarining yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy(generativ) hujayra deyiladi 4)vegetativ hujayrasida sitoplazma va mag’iz bo’ladi 5)generativ hujayrasida sitoplazma va mag’iz bo’ladi
A 1,3,4 B 1,3,5 C 1,3,4,5 D 1,2,5
146.Chang donasi jinsiy hujayrasining hujayraviy tarkibini belgilang
A sitoplazma mag’iz B 2ta sperma
C hujayra qobig’i, sitoplazma, mag’iz
D sitoplazma, mag’iz va 2ta sperma
147.Chang donasining qaysi hujayra(lar)si o’sish xususiyatiga ega?
A faqat jinsiy hujayrasi-vegetativda B faqat vegetativ
C faqat generativ
D vegetativ va generativ hujayralarda
148.Chang donasi turli yo’llar bilan tumshuqchada ushlanib qolingandan keyin ro’y beradigan jarayonlarni belgilang.
1)generativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 2)vegetativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 3)vegetativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 4)generativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 5)spermalardan biri tuxum, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shiladi-qo’sh urug’lanish jarayoni sodir bo’ladi
A 1,4,5 B 2,4,5 C 1,3,5 D 2,3,5
149. Chang yo’lidagi generativ hujayra nechta sperma hosil qiladi (yopiq urug’lilarda)?
A o’simlik turiga bog’liq holda har xil sonda
B 1 ta C 2 ta D 4 ta
150.Tuxum hujayradan(1), markaziy hujayradan(2), urug’kurtakchadan(3), urug’kurtak po’stidan(4) nima hosil bo’ladi?
a)urug’ b)endosperma c)urug’ po’sti d)murtak
A 1-d; 2-b; 3-d; 4-c; B 1-c; 2-d; 3-a; 4-c;
C 1-d; 2-b; 3-a; 4-d; D 1-d; 2-b; 3-a; 4-c;
151. Turpning urug’kurtagidan nima rivojlanadi?
A meva B markaziy hujayra C urug’ D murtak
152. Bitta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating.
1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za
A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6
153. Bir nechta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating.
1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za
A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6
154.Agar tugunchada ko’p urug’kurtak bo’lsa, …
A tugunchaga faqat bitta chang nayi o’sib kiradi, bir necha urug’li meva hosil bo’ladi
B tugunchaga faqat bitta chang nayi o’sib kiradi, bir urug’li meva hosil bo’ladi
C tugunchaga ko’plab chang naylari o’sib kiradi, bir urug’li meva hosil bo’ladi
D tugunchaga ko’plab chang naylari o’sib kiradi, bir necha urug’li meva hosil bo’ladi
155. Spermalar gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi?
A urug’chidan B gulqo’rg’ondan
C changdonachasidan D changchi va urug’chidan
156.Dunyodagi eng yirik gulga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)1918-yilda Sumatra orolidan topilgan 2)ilk bor o’simlikni doktor Arnold Tomas va Stafford Raffls uchratishgan 3) 1818-yilda Sumatra orolidan topilgan
4) ilk bor o’simlikni doktor Arnold va Tomas Stafford Raffls uchratishgan 5)diametri 5m keladi 6)gultojbarglarining qalinligi 1 sm keladi 7) diametri 1m keladi 8) gultojbarglarining qalinligi 5 sm keladi 9)rangi, poyasi va bargi yo’q 10) rangi, ildizi va bargi yo’q 11)qo’lansa hidli 12)boshqa o’simlikning uzun po’stlog’i ichiga kirib olib uning shirasi hisobiga yashaydi
A 2,3,5,6,10,11,12 B 3,4,7,8,9,11,12
C 3,4,7,8,10,11,12 D 2,3,7,8,9,11,12
157.Raffleziya Arnoldining qaysi xususiyatlari kuzatuvchilarda katta qiziqish tug’dirdi?
1)diametrining 1m ekanligi 2)gultojbarglarining 5sm ekanligi 3)rangining yo’qligi 4)poyasi va bargining yo’qligi 5) ildizi va bargining yo’qligi 6)qo’lansa hidi
A 1,2 B 1,2,3,6 C 1,2,3,4,6 D 1,2,3,5,6
158. Ayrim jinsli gullari turli xildagi to’pgullarda (urug’chili gullari so’ta, changchili gullari ro’vak) joylashgan o’simlikni belgilang.
A yong’oq B tol C makkajo’xori D sholi
159. Changchisi 6ta urug’chi tumshuqchasi 3ta bo’lgan o’simlikni belgilang.
A g’o’za B oshpiyoz C tol D lola

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling