Botanika. 6-sinf I bob. Gul


Download 403.5 Kb.
bet2/22
Sana18.06.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1575829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
TEST Botanika 6

II Bob. Meva va urug’.
1. Meva asosan gulning qaysi qism(lar)idan hosil bo’ladi?
A gulqo’rg’on B tuguncha C changchi va urug’chi
D A va B
2.Mevalarning turli shakl va kattalikda bo’lishi nimaga bog’liq?
A gulga B o’simlik turiga C o’sish sharoitiga
D A va B
3.Ba’zi hollarda mevaning hosil bo’lishida gulning qaysi qismlari ishtirok etadi?
A tuguncha B gulqo’rg’on C gulo’rni D B va C
4.Meva qayerdan shakllanganliga ko’ra qanday bo’ladi?
A 2; ho’l va quruq B 2; chin va soxta
C 4; ho’l va quruq, chin va soxta
D 2; chatnaydigan va chatnamaydigan
5.Agar meva faqat tugunchaning o’zidan hosil bo’lsa(a), agar uning hosil bo’lishida tugunchadan tashqari gulning boshqa a’zolari ham qatnashsa(b) qanday ataladi?
1)soxta meva 2)ho’l meva 3)chin meva 4)quruq meva
A a-1; b-3; B a-2; b-4; C a-4; b-2; D a-3; b-1;
6. Chin mevali o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos
A 1,3,4,5,7 B 2,5,6,8 C 2,3,5,6,8 D 1,4,7
7. Soxta mevali o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos
A 1,3,4,5,7 B 2,5,6,8 C 2,3,5,6,8 D 1,4,7
8.Mevaning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nima(lar)dan iborat?
A urug’ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi
B urug’ning tarqalishiga yordam beradi
C o’simliklarning nasl qoldirishi uchun zarur
D hammasi
9.Meva asosan necha qismdan tashkil topgan?
A 2; ustki qism va ichki qism B 3; ustki, o’rta, ichki
C 3; po’st, meva eti, mag’iz D B va C
10.Ho’l meva deb nimaga aytiladi?
A mevaning ichki meva qavati seret va qalin bo’lsa
B mevaning mag’iz qavati qalin va seret bo’lsa
C mevaning oraliq qismi seret va qalin bo’lsa
D A va B
11. Ho’l mevali o’simlik(lar)ni belgilang.
A o’rik B shaftoli C olcha D hammasi
12. Quruq meva deb nimaga aytiladi?
A mevaning ichki meva qavati yupqa, etsiz va quruq bo’lsa
B mevaning mag’iz qavati yupqa, etsiz va quruq bo’lsa
C mevaning oraliq qismi yupqa, etsiz va quruq bo’lsa
D A va B
13. Ho’l mevaga ega bo’lmagan o’simliklar ketirilgan javobni belgilang.
A olcha, o’rik, shaftoli B no’xat, mosh, loviya
C pista, yong’oq, bodom D B va C
14.Quyidagilardan qaysi bir(lar)i ho’l mevalarga mansub?
A rezavor meva B danakli meva C qovoq meva
D hammasi
15. Rezavor mevali o’simliklarni belgilang.
1)pomidor 2)uzum 3)qoraqat 4)ituzum
A 1,3,4 B 1,2,3 C 1,2,3,4 D 2,3,4
16.Mevasining oraliq qismi yupqa, etsiz bo’lgan o’simliklarni belgilang.
A karam, alqor, yasmiq, chuchmoma
B qand lavlagi, albitsiya, archa, o’sma
C boqila, baliqko’z, loviya, gilos
D bangidevona, ituzum, kartoshka, quyonjun
17.Mevasining eti qalin va usti qattiq po’st bilan qoplangan qovoq mevali o’simliklarni belgilang.
1)bodring 2)tarvuz 3)qovun 4)qovoq 5)handalak 6)tomoshaqovoq
A 2,3,4 B 1,2,3,4 C 2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5,6
18. O’rik, olxo’ri, olcha, gilos uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
A chin meva B ho’l meva C danakli meva
D hammasi
19.Mevasi faqat tugunchadan hosil bo’ladigan, mevasining oraliq qismi seret va qalin, tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy, ayniqsa shifobaxshlik xususiyati bilan ajralib turadigan o’simlikni belgilang.
A olma B o’rik C olxo’ri D gilos
20. Quruq mevalar qanday guruhlarga bo’linadi?
A ko’sak(cha), qo’zoq(cha), don,dukkak
B chatnaydigan va chatnamaydigan C chin va soxta D yong’oqcha, danakcha,ko’sak(cha),qo’zoq(cha),don, dukkak
21. Chatnamaydigan quruq meva turini belgilang.
A B va D B don C qo’zoq D qovoq meva
22.Bug’doy, arpa, suli va makkajo’xori uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
A to’pguli B hayotiy shakl C mevasi D B va C
23. Chatnaydigan meva turlarini belgilang.
1)yong’oqcha 2)danakcha 3)ko’sak(cha) 4)don 5)dukkak 6)qo’zoq(cha)
A hammasi B 1,2,3,5,6 C 2,3,5,6 D 3,5,6
24.Urug’i pishgach chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang.
1)rediska 2)jag’-jag’ 3)makkajo’xori 4)ituzum 5)mosh 6)turp 7)loviya
A 1,2,4,5,7 B 1,2,3,4,6,7 C 1,2,5,6,7 D 2,4,5,6,7
25.Meva turlari va ularga mos jihatlarni juftlab yozing.
a)ko’sak meva b)qo’zoq meva c)dukkak meva
1)chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan meva bargchalardan iborat 2)bir nechta mevabargchalardan tashkil topgan 3)pallalari orasida to’siq bo’ladi 4)pallalari orasida to’siq bo’lmaydi
A a-1; b-2,3; c-2,4; B a-1; b-2,4; c-2,3;
C a-2; b-1,3; c-1,4; D a-2; b-1,4; c-1,3;
26.Mevasi bir nechta mevabargdan tashkil topib urug’i pishgach chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang.
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
27.Mevasi bir nechta mevabargdan tashkil topgan o’simliklarni belgilang.
A chuchmoma, xolmon, ituzum, kartoshka
B boychechak, lola, bangidevona, chuchmoma
C zirako’t, boqila, afsonak, yasmiq
D beda, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
28.Mevasi chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan meva bargchalardan iborat bo’lgan o’simliklarni belgilang. (pallalar o’rtasida to’siq yo’q)
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
29.Mevasi chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan mevabargchalardan tuzilgan o’simliklani belgilang.(pallalar o’rtasida to’siq yo’q)
A chuchmoma, xolmon, ituzum, kartoshka
B boychechak, lola, bangidevona, chuchmoma
C zirako’t, boqila, afsonak, ebalak
D gledichiya, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
30.Dukkak mevalardan qaysi birining shakli spiralsimon?
A Burchoq B afsonak C beda D zirako’t
31.Mevabarglarida tikanlari bo’ladigan mevaga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.
A bangidevona B zirako’t C zarpechak D g’umay
32. Mevasi chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan meva bargchalardan iborat bo’lgan o’simliklarni belgilang. (pallalar o’rtasida to’siq mavjud)
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
33. Mevasi 2 ta palladan tashkil topgan bo’lib, shu pallalar o’rtasida to’sig’i bo’ladigan o’simliklarni belgilang.
A quttana, qand lavlagi, o’sma, ismaloq
B turp, rediska, sovoy, o’sma
C zirako’t, boqila, afsonak, ebalak
D gledichiya, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
34.Qanotchali mevaga ega bo’lgan manzarali daraxtlarni belgilang.
1)qayrag’och 2)saksovul 3)boyalish 4)zarang 5)rovoch 6)jud 7)cherkez 8)shumtol 9)terak
A hammasi B 1,2,3,4,5,6,7,8 C 1,2,4,8 D 1,4,8
35.Terak asosan qanday ko’paytiriladi? (shu usulda ko’paytirilganda tashqi muhitga nisbatan zarari kam hisoblanadi)
A urug’idan B urug’chili qalamchalaridan
C ildiz bachkisidan D changchili qalamchalaridan
36.Mevalarning tabiatdagi ahamiyati nimalardan iborat?
1)o’simliklarning ko’payishi uchun xizmat qiladi 2)urug’ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi 3)urug’ning tarqalishiga yordam beradi
4)o’simliklarning nasl qoldirishi uchun zarur 5)tabiatdagi tirik mavjudodlar uchun oziq bo’ladi 6)to’kilib chirib yerni organik moddalarga boyitadi
A hammasi B 1,2,3,4,5 C 1,3,4,5,6 D 1,3,4
37. Mevasi oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadigan o’simliklarni belgilang.
1)tariq 2)olma 3)yong’oq 4)o’rik 5)uzum 6)bug’doy 7)loviya 8)mosh 9)no’xat 10)qo’noq 11)sabzi 12)kartoshka 13)karam
A hammasi B 1,2,3,4,5,6,7,8,9,11,12,13
C 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,13 D 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
38.Qaysi o’simliklarning mevasi oziq-ovqat sifatida foydalanilmaydi?
A olma, uzum, tariq B qo’noq
C kartoshka, sabzi, karam D t.j.y
39. Qaysi o’simliklarning mevasidan dori-darmon tayyorlashda ishlatiladi?
1)chakanda 2)yersovun 3)zira 4)alqor 5)marmarak 6)tasbehmunchoq 7)kashnich 8)zubturum 9)sedana 10)qalampirmunchoq 11)suvqalampir 12)na’matak 13)murch
A 1,5,12 B 1,8,12 C 1,8,5 D 5,8,12
40. Zaytuning qaysi qismidan moy olinadi?
A poyasi B mevasi eti C mevasi mag’zi D meva po’sti
41. O’zb.da keng tarqalgan ziravor o’simliklarni belgilang.
1)chakanda 2)yersovun 3)zira 4)alqor 5)marmarak 6)tasbehmunchoq 7)kashnich 8)zubturum 9)sedana 10)qalampirmunchoq 11)suvqalampir 12)na’matak 13)murch
A 3,4,7,9,13 B 3,7,9,13 C 3,4,7,13 D 3,4,9,13
42.Mevasidan turli xil zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadigan o’simliklarni belgilang.
1)chakanda 2)yersovun 3)zira 4)alqor 5)marmarak 6)tasbehmunchoq 7)kashnich 8)zubturum 9)sedana 10)qalampirmunchoq 11)suvqalampir 12)na’matak 13)murch
A 2,6,11 B 2,10,11 C 2,6,10 D 2,6,10,11
43.Quyida meva xillari berilgan, ularni mos o’simliklar bilan juftlang.
1)don; 2)ko’sak; 3)qo’zoqcha; 4)rezavor; 5)qanotchali; 6) dukkak;
a)qayrag’och; b)beda; c)boychechak; d)makkajo’xori; e) achambiti; f) ituzum.
A 1 d; 2 c; 3 b; 4 f; 5 a; 6 e;
B 1 d; 2 e; 3 b; 4 a; 5 c; 6f;
C 1 d; 2c; 3 e; 4 f; 5 a; 6 b;
D 1 d; 2 f; 3 a; 4 e; 5 b; 6 c;
44.Mevasi asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadigan iqlimi issiq mamlakatlarda o’sadigan o’simliklarni belgilang
1)non daraxti 2)banan 3)kokos palmasi 4)qovun daraxti
A 1,2,4 B 1,3,4 C 2,3,4 D 1,2,3,4
45.Qaysi o’simlik(lar)ning mevasi ko’pincha pishmasdan terib olinadi?
A yong’oq B bodom C zira D A va B
46.Har qanday mevani yig’ishda avvalambor nimaga e’tibor berish kerak?
A mevaning zaharli yoki zaharli emasligiga
B o’simlikning tabiatda ko’payishiga
C foydalilik jihatiga D pishgan yoki pishmaganligiga
47. Palma mevasi - …
A yong’oq B xurmo C kokos D A va B
48.Dorivor xususiyatga ega bo’lmagan o’simlik keltirilgan qatorni belgilang
A suvqalampir B dalachoy C tamaki o’simligi D t.j.y
49. Urug’ qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
1)po’st 2)murtak 3)urug’palla 4)endosperm
A 2,4 B 1,2,3 C 1,2,4 D 1,2,3,4
50.O’simliklar …ga qarab bir va ikki urug’pallali o’simliklarga bo’linadi.
A urug’iga B guli, bargi, ildizi va poyasi
C urug’palla D barg tomirlari
51. Ikki urug’pallalilar urug’ining tarkibiy qismlarini belgilang.
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
52.Ikki urug’pallalilarning murtagi nimalardan tashkil topgan?
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
53. O’zb. Ikki urug’pallali madaniy o’simliklar ichida eng keng tarqalgan o’simlikni belgilang.
A bug’doy B makkajo’xori C g’o’za D kanop
54.G’o’za chigitini tashqi tomondan qoplab turadigan qobig’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)oq va yupqa 2)qalin 3)yog’ochlashgan 4)hujayralarida uzun tuklar-tolalar joylashgan 5)yogo’chlashmagan
A 1,3,4 B 2,3,4 C 1,4,5 D 2,4,5
55.G’o’za urug’ining ichki tuzilishini to’g’ri ketma-ketlikda belgilang.
1)murtak 2)oq va yupqa po’st 3)yog’ochsimon qobiq 4)urug’palla
A 3,4,1 B 3,1,4 C 3,2,1,4 D 3,2,4,1
56.G’o’za urug’pallasiga xos bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)endosperma va murtakni ajratib turadi 2)murtakdan keyin joylashgan 3)qat-qat bo’lib joylashgan bo’ladi 4)oq yupqa po’st va murtak orasida joylashgan
A 1,3 B 3 C 2,3 D 3,4
57. Yer yuzasiga ikki urug’palla bargi bilan chiqadigan o’simliklarni belgilang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
A 1,4,5 B 1,4,5,6 C 2,3,6 D 2,3,5
58.Bir urug’pallalilar urug’ining tarkibiy qismlarini belgilang.
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
59.Bir urug’pallalilarning murtagi nimalardan tashkil topgan?
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak D 2ta urug’palla va murtak
60.Murtagi boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakchadan tashkil topgan o’simliklarni aniqlang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
A 1,4,5 B 1,4,5,6 C 2,3,6 D 1,2,4
61.Bug’doy va uning urug’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yer yuzida eng ko’p tarqalgan bir urug’pallali o’simlik 2)sirti yupqa sariq po’st bilan qoplangan 3)sirti qalin sariq po’st bilan qoplangan 4)sirti yupqa oq po’st bilan qoplangan 5)po’sti qo’shilib o’sgan ikkita qobiqdan iborat 6)tashqisi urug’ po’sti ichkisi meva qobig’i 7)tashqisi meva qobig’i ichkisi urug’ po’sti
A 1,2,5,6 B 1,3,5,7 C 1,2,5,7 D 1,4,5,7
62.Bug’doy urug’ining asosida ..... joylashgan.
A endosperma B urug’palla C murtak D urug’ yo’li
63.Bug’doy urug’idagi murtak va endospermani nima bir-biridan ajratib turadi?
A murtak po’sti B endosperma po’sti
C urug’pallasi D boshlang’ich kurtakcha
64.Bug’doy urug’idagi ketma-ketlikni tog’ri belgilang.
1)endosperma 2)urug’palla 3)murtak
A 2,1,3 B 1,2,3 C 3,1,2 D 3,2,1
65.Bug’doy urug’ining aksariyat qismini nima tashkil qiladi?
A endosperma B urug’palla C murtak D kurtakcha
66.O’zida oziq moddalari jamg’argan hujayralar to’plami qanday ataladi? (bug’doy urug’ida)
A endosperma B urug’palla C murtak D A va B
67.Murtagi boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakchadan tashkil topgan o’simliklarni aniqlang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
A 1,4,5 B 1,4,5,6 C 2,3,6 D 1,2,4
68.Loviya urug’ining botiq tomonida nima joylashgan?
A.urug’ yoli B.chok va murtak
C.urug’ yo’li va chok D.murtak va urug’palla
69.Qaysi o’simlik urug’ining sirti yaltiroq,silliq va qattiq po’st bilan qoplangan?
A.bug’doy B.g’o’za C.loviya D.piyoz
70.Urug’ tarkibining har xil bo’lishi nima(lar)ga bog’liq?
A gulga B o’simlik turiga C o’sish sharoitiga
D A va B
71. Urug’ tarkibida suv bor yoki yo’qligini aniqlash uchun qanday tajriba bajariladi?
A oq qog’ozga urug’ ishqalanadi
B urug’ qo’l kaftlariga olib ishqalanadi
C yod tomiziladi
D probirkaga solib alangada qizdiriladi
72.Urug’ning asosiy qismini nima tashkil etadi? (kimyoviy tarkib jihatdan)
A mineral moddalar B mineral va organik moddalar
C organik moddalar D endosperma
73.Urug’i tarkibida ko’p miqdorda moy va zaharli moddalar bo’ladigan o’simlikni belgilang.
A maxsar B kampirchopon C shaftoli D pista
74.Urug’i tarkibida ko’p miqdorda moy va zaharli moddalar bo’ladigan o’simlikni belgilang.
A maxsar B kampirchopon C bodom D pista
75.Urug’i tarkibidagi hujayralarida ko’p miqdorda kraxmal va oqsil bo’ladigan o’simlik(lar)ni belgilang.
A kartoshka B bug’doy C soya va loviya
D kartoshka va bug’doy
76.Urug’ida oziq moddalarning ko’pligi jihatdan ajralib turadigan o’simliklarni organik moddalari bilan birga juftlab yozing.
a)kraxmal b)oqsil c)moy d)zaharli moddalar
1)mastak 2)bug’doy 3)loviya 4)kungaboqar 5)no’xat 6)makkajo’xori 7)g’o’za 8)bodom 9)shaftoli 10)yeryong’oq 11)o’rik 12)kampirchopon 13)yong’oq
14)mosh
A a-3,5,14; b-2,6; c-4,7,8,9,10,11,13; d-1,8,9,12
B a-2,6; b-3,5,14; d-4,7,8,9,10,11,13; c-1,8,9,12
C a-2,6; b-2,3,5,14; c-4,7,8,9,10,11,13; d-1,8,9,12
D t.j.y
77.Urug’ tarkibidagi oziq moddalar nima(lar)ning tarkibida saqlanadi?
A endosperma B urug’palla C murtak D A va B
78. Zira va shvit uchun umumiy bo’lgan xususiyatni belgilang.
A hayotiy shakl B o’zidan efir moylar ajratishi
C urug’i tarkibida efir moylari saqlashi D A va C
79.Urug’ nafas olganda qanday jarayon kuzatiladi?
1)karbonat angidrid ajratadi 2)suv(namlik)ni o’ziga tortadi 3)kislorod ajratadi 4)issiqlik ajratadi 5)suv ajratadi 6)issiqlik yutadi 7)kislorod yutadi 8)karbonat angidrid yutadi
A 7,4 B 7 C 1,2,6 D 4,8
80.Urug’ nafas chiqarganda qanday jarayon kuzatiladi?
1) karbonat angidrid ajratadi 2) suv(namlik)ni o’ziga tortadi 3) kislorod ajratadi 4)issiqlik ajratadi 5)suv ajratadi 6)issiqlik yutadi
A 1,2,4 B 1,4,5 C 1,2,6 D 1,5,6
81.To’g’risini belgilang. Qaysi o'simliklar nafas olish xususiyatini yuz yilgacha(a) va bir yildan kamroq(b) yoki bir yildan sal ortiqroq(c) saqlaydi?
1)saksovul 2)yantoq 3)izen 4)chayir
A a-1; b-2,3,4; B a-2; b-1,3,4; C a-2; c-1,3,4;
D a-1; c-2,3,4;
82.Unayotgan urug’lar qaysi muhit orqali nafas oladi?
A tuproq B tuproq va suv C havo va tuproq
D tuproq, havo va suv
83.Saqlashga mo’ljallangan urug’lar qanday sharoitda saqlanishi lozim?
1)issiq 2)quruq 3)shamollatiladigan 4)nam
A 1,4 B 1,2 C 2,3 D 1,3
84.Urug’lar unib chiqishi uchun birinchi navbatda nima kerak bo’ladi?
A oziq modda B harorat C suv D tinim davrini o’tashi
85. Urug’ning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilang.
1)tinim davri 2)yorug’lik 3)ozuqa 4)havo 5)issiqlik 6)suv
A 1,3,4,5,6 B 1,3,5,6 C 1,2,3,4,5,6 D 1,2,3,5,6
86.Nimaga qarab urug’lar turlicha chuqurlikda ekiladi?
A o’simlik turiga B tuproqning xossalariga
C urug’ o’lchamiga D B va C
87. O’simliklarni ekilishi lozim bo’lgan chuqurliklari bilan birga juftlab yozing.
a)makkajo’xori b)shvit c)bug’doy d)sabzi e)g’o’za f)turp
1)0,5sm 2)1sm 3)2sm 4)3sm 5)5sm 6)6sm 7)7sm 8)10sm
A a-7,8; b-3,4; c-3,5; d-1,2; e-6,7; f-2,4;
B a-6,8; b-2,4; c-3,5; d-1,3; e-6,7; f-3,4;
C a-6,8; b-2,4; c-4,5; d-1,3; e-6,7; f-3,4 D t.j.y
88. Quyidagi o’simliklar qatorida ekiladigan chuqurlik (smda) qanday o’zgargan?
G’o’za, bug’doy, turp,sabzi
A ortgan B kamaygan C avval ortib keyin kamaygan
D avval kamayib keyin ortgan
89.Ekilish xususiyatlarini (urug’ va tuproq uchun) to’g’ri belgilang.
a)yuzaroq ekiladi b)chuqurroq ekiladi
1)yirik urug’lar 2)zich tuproqda 3) mayda urug’lar 4)yumshoq tuproqda
A a-1,2; b-3,4; B a-3,4; b-1,2; C a-2,3; b-1,4;
D a-1,4; b-2,3;
90.Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati oldin kamayib keyin ortgan?
A bug’doy, pomidor, g’o’za, bodring, qovun
B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy
C pomidor, makkajo’xori, sabzi, bodring, qovun
D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy
91.Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati oldin ortib keyin kamaygan?
A bug’doy, pomidor, bodring, g’o’za, qovun
B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy
C pomidor, makkajo’xori, sabzi, bodring, qovun
D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy
92.Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati ortgan?
A bug’doy, pomidor, bodring, g’o’za, qovun
B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy
C pomidor, makkajo’xori, sabzi, bodring, qovun
D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy
93.Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati kamaygan?
A bug’doy, pomidor, bodring, g’o’za, qovun
B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy
C pomidor, makkajo’xori, sabzi, bodring, qovun
D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy
94. O’simliklar va ularning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan haroratni belgilang. (+C0)
a)pomidor b)makkajo’xori c)sabzi d)bodring e)qovun f)g’o’za g)bug’doy
1)3 2)5 3)8 4)10 5)12 6)13 7)15
A 1-c; 2-g; 3-b; 4-d; 5-a; 6-f; 7-e;
B 1-g; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a; 6-e; 7-f;
C 1-g; 2-c; 3-b; 4-a; 5-d; 6-f; 7-e;
D 1-g; 2-c; 3-a; 4-a; 5-d; 6-f; 7-e;
95.Mevasining butun yuzasida tikanlari bo`lgan, mevasi ko`sakcha bo`lmagan o`simlikni aniqlang
A zirako`t B bangidevona C sabzi D t.j.y
96. Yangi o’simlik olish uchun bodom danagi qachon ekiladi?
A erta bahorda B kuzda C yozda
D bodom odatda urug’idan ko’paymaydi
97. O’rik va shaftoli urug’idan ko’paytirish uchun qaysi fasl(lar)da ekiladi?
A bahorda B kuzda C shaftoli kuzda; o’rik bahorda
D o’rik kuzda; shaftoli bahorda
98. … - urug’dan endigina o’sib chiqqan kalta va nozik o’simta.
A maysa B novda C nish D boshlang’ich poya
99.Nish oziq moddalarini qayerdan oladi?
A urug’palla B fotosintezdan C endosperma
D A va C
100.Oziq moddalari hujayra sitoplazmasiga qanday holatda o’tishi mumkin?
A qattiq donachalar shaklida B ion ko’rinishida
C qattiq, suyuq va donachalar holida
D faqat suvda erigan holatda
101.Ketma-ketlikni belgilang.
1) nish o’sib, asta-sekin maysaga aylanadi 2)nish o’sishi bilan uning ildizchasidan yosh ildizchalar o’sib chiqadi 3)yashil rangga kiradi 4)urug’palla barglari shakllanib, yer yuziga chiqadi 5)urug’palla barglari yupqalashadi, bujmayadi va sarg’ayib to’kilib ketadi 6) kunlar o’tishi bilan undagi oziq moddalar kamayib boradi
A 1,2,4,3,6,5 B 2,1,3,4,5,6
C 2,4,3,6,5,1 D 2,4,3,5,1,6
102.Ikki urug’pallalilarning nishi va maysasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1) hujayralari tinmay bo’linib turuvchi yangi o’simlik
2) ko’p hujayradan tuzilgan 3)oziqlanish xususiyati jihatdan bir xil
A 1,2,3 B 1,2 C 2 D 2,3
103.Ikki urug’pallalilarning nishi va maysasi uchun umumiy bo’lmagan xususiyat(lar)ni belgilang.
1) hujayralari tinmay bo’linib turuvchi yangi o’simlik
2) ko’p hujayradan tuzilgan 3)oziqlanish xususiyati jihatdan bir xil
A 1 B keltirilgan barcha xususiyatlar umumiy
C 2 D 3
104.Urug’pallabargi yer yuzasiga chiqmaydigan tuproq orasida qolib ketadigan o’simliklarni belgilang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
A 1,4,5 B 1,4,5,6 C 2,3,6 D 1,2,4
105.Meva va urug’lar million yillar davomida tarqalishda turli xil moslanishlarga ega bo’lgan quyidagilardan qaysi bir(lar)i o’simliklarning tarqalishida ahamiyatga ega emas?
1)hasharotlar 2)suv 3)shamol 4)hayvonlar 5)qushlar
6)odam
A 1 B 1,2,3,4,5,6 C 1,5 D hammasi ahamiyatga ega
106.Qo’ng’irbosh mevasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)mevasining og’irligi 0,5 mg 2)uzunligi 0,1-0,2mm
3) uzunligi 0,5 mm 4) og’irligi 0,1-0,2 mg
A 1,2 B 1,3 C 3,4 D 2,4
107.Aksariyat gulli o’simliklar mevasining kattaligi taxminan qancha bo’ladi?
A 5-6 sm B 0,5mm-10 sm C 3-10 sm D 3-10mm
108.Meva va urug’larning tarqalishi ko’p jihatdan nimaga bog’liq?
A o’simlik turiga B o’sish sharotiga C morfologiyasiga
D tashqi muhit omillariga
109.Avtoxor o’simliklar deb nimaga aytiladi?
A meva vaurug’larini o’z kuchi bilan tarqatadigan o’simliklar
B urug’-mevasini ichki bosim yordamida tarqatadigan o’simliklar
C urug’-mevasini pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tarqatadigan o’simliklar
D hammasi
110. Avtoxor o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
111.Qaysi usulda tarqaladigan mevalar nihoyatda yengil bo’ladi?
A o’z kuchi-avtoxor B suv yordamida
C qushlar yordamida D shamol yordamida
112.Quyidagi xususiyatlardan qaysi bir(lar)i shamol orqali tarqaladigan mevalar uchun xos emas?
A 50 undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi
B uchma mevalar deyiladi C nihoyatda yengil bo’ladi
D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
113.Qaysi o’simliklaring mevalari uchida joylashgan bir tutam popuklar (tuk)lar hisobiga uchib tarqaladi?
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
114.Mevasi atrofini o’rab olgan qanotchalari orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
115. Uchma mevali o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B A va D
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
116.Suv orqali tarqaladigan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
A 50undan ham ortiq kilometrgacha tarqalishi mumkin
B qalin qobiqqa ega C nihoyatda yengil bo’ladi
D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
117.Mevasi suv orqali tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
118.Hayvonlar, qushlar va hasharotlar yordamida tarqaladigan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A 50undan ham ortiq kilometrgacha tarqalishi mumkin
B qalin qobiqqa ega C nihoyatda yengil bo’ladi
D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
119.Meva va urug’larning tarqalishida eng kuchli omilni belgilang.
A hasharotlar B suv C hayvonlar D odam
120.Zubturum o’simligiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bahor oylarida gullab, meva-urug’ tugadi 2) iliq kelgan kuz oylarida ham gullaydi 3) mevasi shamol yordamida qanotchalar yordamida tarqaladi 4) mevasi shamol yordamida popukchalar yordamida tarqaladi 5) mevasining suv o’tkazmaydigan qalin qobig’i mavjud 6) to’pgulida gulpoya shoxlanadi
7) to’pgulida gulpoya shoxlanmaydi 8) gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 9) gullari qisqa gulpoyada uzun bandi bilan o’rnashgan
A 2,5,6,9 B 2,5,7,9 C 2,5,7,8 D 2,5,6,8
121.Mevasi(urug’i) shamol yordamida tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
A burchoq, yorongul B terak, tol
C zarang, cherkez D C va B
122.O’tmishda Xorazmdan Amerikaga olib ketilgan va unga qo’shilib borib qolgan o’simliklarni belgilang.
A beda; shuvoq B bug’doy; yantoq C yantoq; beda
D beda; yantoq

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling