Soya, Soʻya


Download 87.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi87.47 Kb.
#251944
Bog'liq
Soya - Vikipediya



Soya

SoyaSoʻya (Glycine) — dukkakdoshlarga

mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar

turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10

turi Afrika va Jan.

Sharqiy Osiyoning nam tropik va

subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq

Sharqda uchraydi. Vatani — Xitoy. S. juda

qadimdan ekiladigan ekin. Mil. av. 5ming

yillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, RF,

Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya,

Ukraina, Moldaviya, Gruziya va



Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Jahon

boʻyicha S. ekin maydoni 73,6 mln.ga,

oʻrtacha don hosildorligi 22,1 s/ga

(2000): Oʻzbekistonda 20-asrning

60y.laridan keng tarkala boshladi. Oddiy

S. (G.max) turining ildizi yaxshi

rivojlangan, oʻq ildiz, sershox, tuproqqa 2

m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy

qismi haydalma qatlamda joylashadi

(ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi).

Poyasi dagʻal, silindrsimon, tik usadi,

ammo yotib qoladigan navlari ham bor.

Buyi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi,

yon shoxlari 2—8 ta boʻladi. Bargi sertuk,

bandli, bandining uz. 8—20 sm, barg

shapalogʻining uz. 13—15 sm., Guli

mayda, oq yoki pushti, shingil



gultoʻplamga yigʻilgan, barg qoʻltigʻida

joylashadi. Mevasi dukkak, sariq, qora,

qoʻngʻir, sertuk. Har bir dukkagida 2—6 ta

don bor, 1000 ta doni vazni 40—425 g .

Tarkibida 24—45% oqsil, 13—37% yogʻ, 20

—32% uglevodlar, 1—2 % litsitin, D. V, Ye

va boshqa vitaminlar bor. Urugʻidan yogʻ,

oqsil va litsitin olinadi. Oʻsuv davri 75—

200 kun. S. issiqsevar va namsevar,

yorugsevar qisqa kun oʻsimligi. 21—23°

da yaxshi rivojlanadi. Urugʻi 8—10°da unib

chiqadi. S. uzidan changlanadi. Gullash

davri 15—55 kun davom etadi. Undan S.

uni va moyi (qarang Soya moyi) olinadi.

Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi

ovqatga ishlatiladi. S. unidan sut, tvorog ,

kandolat mahsulotlari tayyorlashda



foydalaniladi. Somoni, tuponi, koʻk poyasi,

silosi ozuqa sifatida chorva mollariga

beriladi. Oʻzbekiston sholichilik institutida

1981—88 yillarda S.ning Oʻzbekiston 2,

Oʻzbekiston 6, Doʻstlik navlari chikarilgan

va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.

Kasalliklari: bakterioz, septorioz,

askoxitoz, fuzarioz.

Zararkunandalari: tunlamlar,

oʻrgimchakkana, qorakuya.

Xolima Otaboyeva.




Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


  Soʻnggi tahrir 10 oylar avval 186.143.165.103 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Soya&oldid=2090689



dan olindi 



Download 87.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling