Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-bob Payg‘ambar alayhissalomning Xaybar ahliga omil ta’yin qilganlari haqida
- 42-bob Janob Rasulullohning ahli Xaybarga qilgan muomalalari haqida
- 43-bob. Janob Rasulullohga Xaybarda zaharlangan qo‘y berishgani haqida
- 45-bob. Qazo (bo‘lgan) umra haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 55 Bu yerdagi hadis ham yuqoridagi hadislarni takrorlaydi. Ibn Imron rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu jum’a kuni ko‘pchilik odamlarning taylason (yahudiy millatiga xos bo‘lgan kiyim) kiyib olganini ko‘rib (norozi ohangda) «Xrzir bular Xaybar yahudiylariga o‘xshab qolibdi'»—dedi» Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu Xaybar safarida Janob Rasulullohdan orqada qolgan erdilar, ko‘zlari og‘rir erdi. Uz-o‘zlariga «Men Janob Rasulullohdan orqada qolayotirman»,— dedilar-da, tezroq yurib Rasulullohga yetib oldilar Xaybar fath qilingan kundan avvalgi kechada dam olayotgan vaqtimizda Janob Rasululloh «Ertaga bayroqni Olloh taolo va uning rasuli yaxshi ko‘radirgan kishi oladi, Xaybar o‘sha odamning boshchilshida fath qilinadi»,— dedilar. Shunda har birimiz «Usha odam men bo‘lsam erdi!» — deb umid qildik. Lekin u Hazrat Ali erkanlar, Xaybar ertasiga u kishi boshchiligida fath qilindi» Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni «Men ertaga mana shu bayroqni shunday bir odamga beramanki, Olloh taolo uning qo‘li birlan Xaybarni fath qiladi, o‘sha odam Ollohni va uning rasulini yaxish ko‘radi Olloh va uning rasuli ham uni yahshi ko‘radi» - dedilar. Odamlar «Bayroq kimga berilar erkan?» deb tun bo‘yi o‘ylab chiqishdi. Tong otganda hammalari Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, «Shoyad, bayroq menga berilsa!» deb umid qilishdi. Lekin, Janob Rasululloh «Ali ibn Abu Tolib qaerda?»—deb so‘radilar. Odamlar « Yo Rasulalloh, ko‘zlari og‘riyapti»,— deyishdi Janob Rasululloh «Odam yuborib, chaqiringiz-lar!» — dedilar. Hazrat Ali kelganlaridan keyin, Janob Rasululloh u kishining ko‘zlariga tupurib, haqlariga duo qildilar, Ali ko‘z og‘rshidan mutlaqo xalos bo‘ldilar. So‘ng, Janob Rasululloh Hazrati Aliga bayroqni berdilar. Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, men yahudiilarga qarshi bizdek musulmon bo‘lgunlaricha urushaveraman!»—dedilar. Janob Rasululloh «Boringiz, Xaybarning bir chekkasiga tushib, avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng Olloh taolo nelarni buyurganini ularga tushuntiringiz!. Siz sababli Olloh taolo bir odamga hidoyag qilsa, sizga bu «Humrun-ni’am»dan yaxshiroqdur!»— dedilar». («Humrun-ni’am»— eng chiroili guyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar uchun faxr hisoblangan). Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xaybarga keldik. Olloh taolo inoyati birlan Xaybar qal’asi zabt etilganidan keiin, Janob Rasulullohga asira Safiyyaning go‘zalligi haqida gapirishdi. U yosh kelinchak bo‘lib, eri jang paytida halok bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh uni o‘zlariga tanlab oldilar. So‘ng, uni olib Sahbo qo‘rg‘oniga borganlarida iddadan chiqdi. Janob Rasululloh uni nikohlariga olib, kichik bir dasturxon yozdilar, unga xurmo yog‘i aralashtirilgan taom qo‘ydilar-da, menga «Atrofingdagilarni chaqir!»—dedilar. Mana shu dasturxon Safiyyaga uylanganlari uchun to‘y ziyofati bo‘ldi». Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Xaybar yulida Safiyya birlan uch kun birga bo‘lib, unga qo‘shildilar. Safiyya ham hijob kiyish buyurilgan ayollardan erdilar. (Xijob kiyish, ya’ni barcha a’zolarii berkitadigan keng libos kiyish faqat hur ayollarga buyuriladi. Safiyya ham cho‘ri ermas, balki onalarimizdan hisoblanadi)». Anas ibn Molik bunday deydilar: «Janob Rasululloh Xaybar birlan Madina o‘rtasida Safiyyaga qo‘shilib, uch kecha birga bo‘ldilar Men musulmonlarni to‘y ziyofatiga taklif Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 56 etdim. Janob Rasululloh Bilolga dasturxon yozishni buyurdilar, unga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘ydilar, ammo non va go‘sht yo‘q erdi. Musulmonlar «Safiyya Rasulullohga cho‘ri bo‘ldimikin yoki mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ldimi-kin?. Agar Janob Rasululloh unga hijob kiydirsalar, u onalarimizdan biri, agar hijob kiydirmasalar, cho‘rilari bo‘ladi»,— deb o‘zaro so‘zlashishdi. Jo‘nayotgan paytimizda tuyalarining ustiga joy tayyorlab atrofiga hijob tortdilar». Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anzhu bunday deydilar. «Biz Xaybarni qamal qilib turgan erdik, bir odam yog‘ to‘la bir meshni yerga tashladi. Men uni olish uchun yugurib borgan erdim, qarasam oldimda Janob Rasululloh turibdilar, men u kishidan uyalib ketdim». Ibn Imron rivoyat qiladilar «Paig‘ambar alayhissalom Xaybar kuni sarimsoq piyoz va eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar». Sarimsoq yeyishdan qaytarganlarini Nofi’, eshak go‘shti yeyishdan qasharganlarini ersa Solim ham rivoyat qilganlar Ali ibn Abu Tolibraziyallohu anhu bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni ayollarni mut’a qilishdan va eshak go‘shti yeyishdan qaytardi-lar» (Mut’a — biror ayolni ma’lum muddatga va kelishilgan mablag‘ evaziga o‘z nikohiga olish. Keyinchalik, buning makruhligiga fatvo berilgan bo‘lib, faqat shiy’a mazhabida mavjud). Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishni man’ qildilar» Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanan. Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar, ammo ot go‘shti yeiishga ijozat berdilar». Ibn Abu Avfo bunday deydilar «Xaybar kuni ocharchilik bo‘ldi. Bir necha qozonlarda eshak gushti qaynatilib, pishay deb qolganda Janob Rasulullohning jarchilari «Eshak go‘shtidan bir tishlam ham yemangizlar, qozonlarni ag‘darib to‘kib tashlangizlar! —deb ovoza qildi. Shunda biz o‘zimizcha « Eshak go‘shtining harom qilinishi uning o‘lja sifatida taqsimlanmasligida yoxud uning tezak yeyishida bo‘lsa kerak» — deb taxmin qildik». Barro va Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhumo rivoyat qilgan hadislar ham eshak go‘shti Xaybarda harom qilinganligidan dalolat beradi. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh eshak naqliyot vositasi bo‘lgani uchun go‘shtini harom qildilarmi yoki haqiqatan ham go‘shti harom bo‘lgani uchun harom qildilarmi, buni bilolmadim». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xaybar kuni otliqqa ikki hissa, piyodaga bir hissa o‘lja taqsim qildilar». Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Men va Usmon ibn Affon Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga borib, u kishiga: «Siz Xaybar o‘ljasidan Banu Muttalib qabilasi kishilariga berdingiz, bizni ersa unutdingiz, vaholanki biz sizga yaqinlikda ular birlan teng darajada-miz»,— dedik. Janob Rasululloh bizga: «Ha, albatta, Banu Hoshim Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 57 birlan Banu Muttalib bir narsa»,— dedilar». Jubayr: «Janob Rasululloh Banu Abdi Shams va Banu Navfal qabilalariga ham hech narsa taqsim qilmadilar»,— deydilar. (G’azotlarda tushgan o‘ljaning beshdan bir qismi Baytulmolga qoldirilib, qolgani lashkar o‘rtasida taqsimlangan. Baytulmol (o‘sha davr davlat xazinasi)ga qoldirilgan qismidan muhtojlarga nafaqa berilgan. Janob Rasululloh o‘shanda ham faqat muhtojlarga bergan erdilar). Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Yamanda erkanligimizda Payg‘ambar alayhissalomning yo‘lga chiqqanlari haqida xabar yetdi. Biz vatanimizni tark qilib Janob Rasululloh tomon jo‘nadik. Men, birodarlarim Abu Burda va Abu Rahm qavmimizdan ellik ikki yoki ellik uch kishi birlan birga kemaga mindik. Kemamiz bizlarni Najoshiy podshohlik qilayotgan Habashistonga eltdi. U yerda biz Ja’far ibn Abu Tolib birlan uchrashib qoldik, u birlan birga istiqomat qilib, keyin birgalikda qaytdik. Xaybar fath qilingan kuni biz Payg‘ambar alayhissalom birlan uchrashdik. Ba’zi odamlar: «Biz sizlardan oldin hijrat qilganmiz!» — deb bizni, ya’ni kema ahlini kamsitar erdi. Ushanda biz birlan birga Yamandan Asmo binti Umays ismli ayol ham kelgan bo‘lib, u Habashistonga hijrat qilgan erdi. U Janob Rasululloh-ning xotinlari Hafsa raziyallohu anhoning ziyoratlariga kirganda, Hazrat Umar ham kirdilar, Asmoni ko‘rib: «Kim bu ayol?» — deb so‘radilar. Hafsa: «Bu ayol Asmo binti Umays» —deb javob berdilar. Umar raziyallohu anhu: «Bu habashistonlik ayolmi, bu dengiz orqali kelgan ayolmi?» — dedilar. Asmo o‘zi: «Ha»,— deb javob berdi. Umar raziyallohu anhu. Biz sizlardan oldin hijrat qilganmiz, biz Janob Rasulullohga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz!»— dedilar. Asmo achchig‘lanib. «Io‘q, Olloh haqi! Sizlar Janob Rasululloh birlan birga erdingizlar, ochlaringizni tuyg‘azardilar, johillaringizga pandu nasihat qilardilar, biz ersak dindan uzoq bo‘lgan bir yerda — Habashistonda erdik. Bizning islom yo‘liga kirganimiz Olloh taolo va uning rasuli uchundur. Olloh taolo haqi, toki sen aytgan gapni Janob Rasulullohga aytmagunimcha, yeb-ichmagayman! Biz doim shunday gaplardan ozor chekib, xavfda yurar erdik, endi buni Janob Rasulullohga aytaman. Olloh taolo xaqi. yolg‘on qo‘shmayman, qisqartmayman, bor gapni qanday bo‘lsa, shundayligicha yetkazaman!—dedi-da, Rasulullohning xuzurlariga kelib, yo Rasulalloh, Umar menga bunday dedi, deb shikoyat qildi. «Sen nima deding'»— dedilar Janob Rasululloh. Asmo o‘zining nima deganini aytib berdi. Janob Rasululloh: «Umar sendan va sheriklaringdan ko‘ra menga haqliroq ermas, chunki Umar va uning sheriklari bir hijrat sohibidurlar, sizlar, yani kema ashoblari ersangiz ikki hijrat sohibidursizlar, ya’ni Yamandan Habashistongacha va undan Madinagacha-»,- -dedilar. «Abu Muso va boshqa kema ashoblari to‘p-to‘p bo‘lib oldimga kelishib mazkur hadisni mendan so‘rashardi, keyin Janob Rasulullohning ular hakida aytgan so‘zlaridan shunday quvonishardiki, dunyoda ular uchun Janob Payg‘ambarimizning ana shu gaplaridan ulug‘roq va quvonarliroq hech narsa yo‘q erdi!» — deydilar Asmo. Abu Burda: «Asmoning gapiga qaraganda Abu Muso bu hadisni qayta-qayta aytkizar erkan»', — deydilar. Abu Musoning gaiiga qaraganda Payg‘ambar alayhissalom bunday degan erkanlar. «Men ash’ariylar jamoasining ovozini kechasi masjidga kirib qilgan qiroatlaridan taniymai. Ularning yashaydirgan joylarini kunduzi ko‘rmagan bo‘lsam ham. kechasi Qur’on o‘qigan ovozlaridan manzillarini bilib olaman. Ularning ichida Hakim ismli bir kishi bo‘lib, u dushmanga yo‘liqqanda: «- Do‘stlarim ularni kutib turmog‘ingizni sizlarga amr qiladilar!» — deydi». (Bu birlan Hakimning nihoyatda jur’atli ekaniga, hatto u yo‘lda ketayotgan dushmanni to‘xtatib, sheriklari kelguncha yakka o‘zi jang boshlayverishiga ishora qilinadi). Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 58 Abu Muso rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar fatx, etilgandan so‘ng Janob Rasulullohning zieratlariga keldik. Uljalardan bizga ham taqsim qildilar. G’azotda qatnashmagan kishilarga o‘ljadan nasiba bermadilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xaybarni zabt etdik. Oltin, kumush o‘lja olmadik. mol, tuya,mato’ va xurmozorlarni o‘lja qildik. Keyin. Janob Rasululloh birlan birga Vodiyul-Quroga keldik. Banu Zabob qabilasidan bir kishi ul zotga bir qul hadya qilgan bo‘lib, ismi Mid’am erdi Mid’am Janob Rasulullohning tuyalarini yetaklab ketayotgan vaqtda daydi o‘q tegib yiqildi. Hamma barobariga «Shahidlik muborak bo‘lsin!» deb tabrik aytishdi. Shu payt Janob Rasululloh kelib «Yuq, aslo, Olloh taolo haqi, bu qulning ustidagi libos Xaybarda o‘lja olingan liboslardan bo‘lib, biz unga taqsim vaqtida bergan ermasmiz, u buni o‘g‘irlab olgan. Ana shu libos uni do‘zaxda kuydirgay'» — dedilar. Shunda bir kishi kovush ko‘tarib kelib «Mana buni topib olgan erdim, lekin ko‘rsatmagandim»,— dedi Janob Rasululloh «Unday bulsa bu kovush ham seni do‘zaxda kuydirgay» - dedilar». Zayd ibn Aslam bunday deydilar «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu aytar erdilarki, «Agar kelajakda odamlarning hech narsasiz, faqir bo‘lib qolishini o‘ylamaganimda, qaysi qishloqni fath eqam uning yerlarini mujohidlarga taqsimlab bergan bo‘lur erdim, xuddi Janob Rasululloh Xaybarni bo‘lib berganlaridek. Lekin, men fath etilgan yerlarni vaqf qilib qoldiryapman hosilidan teng foidalansinlar deb» Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan. Anbasa ibn Sa’id bunday deydilar «Abu Xurayra raziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, Xaybar o‘ljasidan nasiba bermoqlarini so‘radilar. Shu yerda hozir bo‘lgan Banu Sa’id ibn al-Os qabilasi kishilaridan biri: «Yo Rasulalloh, Abu Hurayraga hech narsa bermangiz1» — dedi. Shunda Abu Xurayra «Bu odam Ibn Qav- qalning qotilidur»,— dedilar. Boyagi odam: «Vo ajabo, bizga tog‘dan vabr (mushukka o‘xshash xayvon) tutib kelibdi-da» — dedi» (Abu Hurayraning qavmlari tog‘lik yerda yashagan). Sa’id ibn al-Os bunday deb xabar bergan erkanlar. «Janob Rasululloh Abon ibn Saidni bir guruhga bosh qilib Madinadan Najd tarafga yubordilar. Xaybar fath qilingandan keyin, Abon qaytayotib Janob Rasululloh birlan uchrashdi. Ularning otlarining ayili xurmo novdasidan qilingan erdi (ot ayilining xurmo novdasidan qilinganligi ularnit kambag‘alliklarini anglatadi) Abu Hurayra Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, Abonga o‘ljadan ulush bermangiz» - dedilar. Abon (g‘azablanib) «Shu gapni sen aityapsanmi ' Ey tog‘dan tushib kelgan vabr »— dedi Janob Rasululloh «Ei Abon, o‘ltir!» — deb uni tinchlantirdilar, lekin ularga o‘ljadan nasiba bermadilar». Sa’id ibn Amr rivoyat qiladilar: «Abon ibn Sa’id Janob Rasulullohning qoshlariga kelib u kishiga salom berdi. Uni ko‘rib Abu Hurayra: «Yo Rasulalloh, bu odam Ibn Qavqalning qotili-ku'»—dedilar. Abon Abu Xurayraga (achchiqlanib): «Vo ajabo! Manavi tog‘dan tushib kelgan vabrga qarangizlar! Olloh taolo mening qo‘lim birlan (shahid qilib), izzat-ikromga sazovor etgan kishi xususida menga ayb quyayotir, vaholanki parvardigor (o‘shanda) mening uning quli birlan kamsitilmog‘imga yo‘l bermagan erdi!» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari Fotima Abu Bakr Siddiqqa odam yuborib, Madina, Fadak va Xaybarda tushgan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 59 o‘ljalardan, Olloh taolo o‘z rasuliga nasiba qilib bergan mablag‘lardan ul zotdan kolgan meros sifatida berilishini talab qildi. Shunda Abu Bakr «Payg‘ambar alayhissalom «Biz payg‘ambarlar hech kimga meros qoldirmagaymiz, bizdan keyin nima qolsa, u sadaqadur», — degan erdilar, ammo Muhammad xonadoni mana shu sadaqadan yeyaveradi. Olloh taolo haqi, Janob Rasulullohning sadaqalari ul zotning hayotliklarida qanday tasarruf qilingan bo‘lsa, men ham xuddi o‘shanday tasarruf qilgayman!» dedilar- da, Fotimaga Janob Rasulullohdan qolgan narsalardan hech nima bermadilar. Fotima Abu Bakrdan qattiq ranjib bordi-keldini uzdi, bir so‘z ham gapirmay olamdan o‘tib ketdi, Janob Rasulullohdan so‘ng olti oy yashadi, xalos. Fotima vafot etganda eri Ali yolg‘iz o‘zi kechasi janozasini o‘qib dafn qildi, Abu Bakrga xabar ham qilmadi. Ali Fotima hayotligida odamlardan istihola qilib yurgan bo‘lsa kerak, u vafot eiandan keiin ularAa lnibor bermay, Abu Bakr birlan yarashish, u kishiga ba’yat qilish imkonini qidirib qoldi, shu vaqtgacha, yani o‘tgan oylar mobaynida hanuz bay’at qilmagan erdi. Shu boisdan u «Yolg‘iz o‘zingiz uyimga kelsangiz, yoningizda biror kishi bo‘lmasa'» deb Abu Bakrga odam yubordi, chunki Umarning u kishi birlan!» birga kelishini yoqtirmagan erdi. Umar bu gapdan voqif bo‘lib «Yo‘q, xudo haqi, yolg‘iz o‘zingiz ular oldiga bormangiz'» — dedi Abu Bakr «Olloh taolo haqi, ular menga yomonlik qilmaydilar, degan umiddaman, o‘zim tanho boraveraman», — dedilar Keyin, Abu Bakr Ali huzuriga kirib bordilar, Ali kalimai shahodatni aytgandan so‘ng «Albatta, biz sizning layoqatingizni, Olloh taolo sizga ato etgan ne’matni tan olamiz, Olloh taolo sizga in’om etgan martabaga hasad qilmaymiz, lekin siz bizga bir masala xususida zulm qildingiz, Janob Rasulullohga qarindosh bo‘lganimiz uchun ul zotdan qolgan narsalardan bizga meros tegadi, deb umid qilgan erdik», — dedi Abu Bakr Siddiq ko‘zlariga yosh olib «Mening jonim qulida bo‘lgan zot haqi, Janob Rasululloh vasiyatlariga sodiq qolmog‘im qarindoshlarimga yen bos- mog‘imdan afzalroqdur! Ammo, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamizda tortishuvga sabab bo‘lgan mol-mulkga xiyonat qilmadim, Janob Rasulullohning hayotliklarida uni qanday tasarruf qilganlarini ko‘rgan bo‘lsam, shunday tasarruf qildim»,— dedilar. Ali Abu Bakrga «Bay’atni peshin vaqtiga ta’yin qilurmisiz?»—dedi. Abu Bakr peshinni o‘qigach, minbarga chiqib, kalimai shahodat aytdilar, so‘ng Ali haqida so‘zlab, uning hanuzgacha bay’at qilmaganligini, uning shul xususda aytgan uzrini qabul qilganliklarini ma’lum qildilar. Ali shahodat keltirib, istig‘for aytdi va Hazrat Abu Bakrning adolatli erkanliklarini maqtadi, keyin Abu Bakrga hasad qilmayotgani, Olloh taolo u kishiga ato etgan martaba haqlig‘ erkanligi haqida gapirdi So‘ng «Bizga meros berilishi kerak, Abu Bakr ersalar zulm qilyaptilar, deb hisoblab yurgan erdik, qarasak nohaq erkanmiz» — dedi. Bu gapni eshitgach, musulmonlar xushnud bo‘lishib. «Haq gapni aytding!» — deyishdi. Musulmonlar Ali amri ma’ruf qilayotganda o‘zlarini unga yaqin his etdilar». Oisha onamiz. «Xaybar fath qilinganda «Endi xurmoga to‘yar erkanmiz-da!» deb quvonganmiz»,— deydilar. Ibn Umar. «Xaybarni fath etmagunimizcha xurmoga to‘ygan ermasmiz»,— deydilar. 41-bob Payg‘ambar alayhissalomning Xaybar ahliga omil ta’yin qilganlari haqida Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga bir odamni omil qilib ta’yinladilar. Usha kishi Janob Rasulullohga nuqul saralangan xurmo olib keldi. Janob Rasululloh u odamdan «Xaybarning hamma xurmosi shunday sarxil erkanmi?»—deb so‘radilar. U odam: «Yo‘q, yo Rasulalloh! Biz ikki-uch so Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 60 yomon xurmo o‘rniga bir so’ yaxshi xurmo olurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Unday qilmangizlar, yomon xurmoni olingiz-da, sotib puliga yaxshisini xarid qilingizlar!»— dedilar». Abu Sa’id va Abu Hurayra rivoyat qilurlarki, Paygambar alayhissalom Banu Adiyning akasini Xaybar ahliga omil qilib jo‘natibdilar. 42-bob Janob Rasulullohning ahli Xaybarga qilgan muomalalari haqida Abdullohdan naql kilinadiki, Janob Rasululloh olingan hosilning qoq yarmini topshirish sharti birlan yahudiylarga Xaybar yerlarida dexqonchilik qilib, ekin zkishga ijozat beribdilar. 43-bob. Janob Rasulullohga Xaybarda zaharlangan qo‘y berishgani haqida Abu Hurayra aytadilarki, Xaybar fath qilingandan keyin, Janob Rasulullohga (yahudiylar) go‘shti zaharlangan bir qo‘ini hadya qiliishbdi. Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usoma ibn Zayd ibn Horisani bir qavmga amir qilib tayinladilar. Ba’zi bir odamlar uning amir qilinganiga e’tiroz bildirdi. Shunda Janob Rasululloh «Gar uning amir bo‘lganiga e’tiroz bildirursiz, demak bundan ilgari uning otasi amir bulganiga xam e’tiroz bildirursiz. Olloh taolo haqi gar u amir qilinmoqqa munosib ko‘rilgan erkan, demak u mening uchun eng mahbub kishidur va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar». 45-bob. Qazo (bo‘lgan) umra haqida Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Zulqa’da oyida umra qilish uchun Makkaga jo‘nadilar. Makka ahli ikki o‘rtada shartnoma tuzilguncha, ul zotni Ka’baga kiritishdan bosh tortdi. Shartnomaga binoan musulmonlar Makkada uch kun turib qaytib chiqib ketishlari zarur erdi. Shartnoma matni yozilgach, musulmonlar uning ostiga «Bu Olloh taoloning rasuli Muhammadning qaroridur!» deb yozib qo‘yishdi. Ammo, mushriklar «Biz sizni payg‘ambar deb bilmaymiz, agar shunday deb iqror bo‘lganimizda, sizga zarracha mone’lik qilmagan bo‘lur erdik, siz paig‘ambar ermas, balki Abdullohning o‘g‘li Muhammadsiz, xalos!»—deyishdi. Janob Rasululloh «Men Olloh taoloning rasuli hamda Abdullohning o‘g‘li Muhammaddurman!» — dedilar. Keyin, Hazrat Aliga «Olloh taoloning rasuli» degan so‘zlarni o‘chirib tashlagil!»—dedilar. Hazrat Ali «Xudo haqi, aslo o‘chirmayman!» — dedilar Janob Rasululloh shartnomani o‘zlari qo‘llariga olib, yaxshi yozishni bilmasalar-da, «Muhammad ibn Abdulloh bunday deb qaror qiladi: qiniga solingan qilich birlangina Makkaga kiriladi, agar Makka ahlidan biror kishi ergashsa, uni o‘zi birlan birga olib chiqib ketmaydi, biror sahobiysi Makkada qolmoqni xohlasa, unga mone’lik qilmaydi» deb yozib qo‘ydilar. Janob Rasululloh Makkaga kirib, uch kun muhlat o‘tgach, mushriklar Hazrat Aliga kelib: «Sohibingga ayt, uch kun muhlat tugadi, bizni tark zqin!» — deyishdi. Janob Rasululloh Makkadan chiqib ketayotganlarida Hamzaning qizi «Ey amaki, ey amaki!» deb ul zotga ergashdi. Hazrat Ali qizning qo‘lidan ushlab turib Fotima alayhossalomga: «Jiyaning sen birla keta qolsin!»—dedilar. Fotima alayhossalom qizni kajavaga chiqarib oldilar. Hazrat Ali, Zayd va Ja’far uchchalalari qizni talashib tortishib qolishdi. Hazrat Ali: «Qizni men oldim, chunki u amakimning qizi!» — desalar, Ja’far: «Qiz meniki, chunki u mening Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 61 amakimning qizi, xolasi ersa mening xotinim!»—derdi. Zayd ersa: «Qiz meniki, chunki u akamning qizi!»- deb talashardi. Janob Rasululloh qizni xolasiga (ya’ni, Ja’farga) hukm qildilarda, «Xola ona o‘rnidadur!» -dedilar. Keyin, Hazrat Aliga: «Ikkovimiz qarindoshmiz»,— dedilar, Ja’farga ersa: «Ikkovimiz qiyofada ham, xulqda ham o‘xshashmiz» — deb aytdilar, so‘ng Zaydga qarab: «Sen birodarimiz va mavlomizsan»,- deb qo‘ydilar. Hazrat Ali ul zotdan: «Hamzaning qizini nikohingizga olmaysizmi?» — deb so‘ragan erdilar, «U emishgan akamning qizidur»,— deb javob berdilar». Ibn Umardan bunday deb naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilmoqqa chiqib erdilar, Quraysh kofirlari u kishi bilan Ka’ba o‘rtasini to‘sib qo‘yishdi. Shunda Janob Rasululloh Hudaybiyada jonliqlarini so‘yib, sochlarini oldirdilar. Keyin, kelgusi yili umra qilganda qiniga solingan qilichdan bo‘lak qurol olib kelmaslikka, Quraysh xohlagandan ortiq turmaslikka ular birlan shartnoma tuzdilar. Kelgusi yil umraga kelganlarida Makkaga kirdilar. Shartnomaga ko‘ra uch kun turganlaridan so‘ng, mushriklar chiqib ketishni buyurishdi, Janob Rasululloh chiqib ketdilar». Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Urva ibn Zubayr birlan masjidga kirdim, Oisha raziyallohu anhonichg hujralarida Abdulloh ibn Umar o‘ltirgan erkan. Urva: «Janob Rasululloh necha marta umra qilganlar?» — deb so‘radi. Abdulloh: «To‘rt marta, shundan biri rajab oyida»,— deb javob berdi. Shunda biz Oisha onamizning e’tiroz bildirganlarini eshitdik Urva: «Eshityapsizmi, ey mo‘minlar onasi! Abu Abdurrahmon: «Janob Rasululloh to‘rt bor umra qilganlar, biri rajab oyida» — deyapti»,— dedi. Oisha onamiz: «Janob Rasululloh doim u birlan birga umra qilganlar, o‘zi yaxshi biladi, rajabda xech qachon umra qilgan ermaslar»—dedilar». Ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh umra qilayot"an paytlarida mushrik bolalar ozor yetkazmasin, deb ul zotni himoya qilib yurar zrdik»,— deydilar. Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sulh tuzilgan yili Makkani tavof qilgani kelganlarida sahobalarga: «Lo‘killab yuguringizlar, mushriklar kuch-quvvatingizni ko‘rib qo‘ysinlar!»— dedilar. Mushriklar ularni Qu’ayqi’on tog‘i tomonida turib tomosha qilur erdilar»,— deydilar. Ibn Abbos: « Payg‘ambar alayhissalom Maymuna raziyallohu anhoga ehromdaliklarida uylanib, ehromdan chiqqach, qo‘shilganlar. Maymuna onamiz Sarif degan joyda vafot etganlar»,— deydilar. Ato va Mujohid: «Janob Rasululloh Maymunaga qazobo‘lgan umra vaqtida uylanganlar»,- deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling