Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Ahzob g‘azotidan qaytishlari, Banu Qurayza qabilasiga borib, ularni qamal qilishlari haqida
- 33-bob. Zoturriqo g‘azoti haqida
- 34-bob. Banu Mustaliq, ya’ni Muraysi’ g‘azoti haqida
- 36-bob. Tuhmat haqidagi hadis
www.ziyouz.com kutubxonasi 34 Oisha raziyallohu anho rivoyat kiladilar: «-Ey Muhammad, dushman tepangizdan ham, pastingizdan ham bostirib kelgan paytda ko‘zlarning baqrayib, yuraklarning bo‘g‘izlarga tiqilib kolganini bir eslangiz-a!» degan oyati karima Xandaq kuni nozil qilingan erdi». Barro ibi Ozib rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq kuni tuproq tashigan ' erdilar, hatto qorinlari chang bo‘lib ketgan erdi. Ushanda ' quyidagi she’rni aytgandilar: «Xudo haqqi, xudovandim qilmaganda hidoyatlar, Ado etmas edik bizlar ro‘za birla ibodatlar! Esonlikni ato etg‘il, mudom bizga xudovandim, Rubaro‘ kelganda dushman bizga baxsh et matonatlar! Tajovuzla chiqib bizga urush qildi necha mushrik, , Agar fitna tilar, urdik yetkazib biz jarohatlar». Keyin, oxirgi satrdagi «urdik» so‘zini qayta-qayta takrorlagandilar». Ibn Abbos raziyallhuu anhu aytadilar. «Janob Rasululloh: «Men Sabo shamoli birlan nusrat topdim, Od qabilasi ersa Dabur shamoli birlan halok qilindi»,— dedilar. (Xandaq g‘azotida bor-yo‘g‘i 2 soat jang bo‘lgan. Bu jangda Sabo shamoli dushmanlar yuziga urilib, otgan o‘qlari orqaga qaytib ketgan. Od qabilasi ersa uzoq davom etgan Dabur bo‘roni sababli aqllaridan ozib, quloqlari kar bo‘lib, 'yoppasiga halok bo‘lishgan)». Ibn Umar: «Urushning ne erkanligin birinchi bor Xandaq kuni ko‘rdim»,— deydilar. Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Men Xafsa raziyallohu anhoning huzurlariga kirdim. Shunda: «Odamlar o‘zingiz 'Ko‘rib turganingizday ish qilishdi, menga amirlikdan biror mansab tegmadi»,— dedim. Xafsa: «Odamlarga qo‘shil, chunki ular seni kutib turishipti, qo‘rqamanki, ularning oldida sen bo‘lmasang, yana ikki guruhga bo‘linib ketishadi»,— dedilar. Hafsa gaplarini tugatmay, chiqib ketdim. Odamlar ikki guruhga bo‘linib ketgandan keyin, Mu’oviya ularga: «Kimki bu ish yuzasidan gapirishni xohlasa, bu yerga chiqsin! Albatta, biz Abdulloh ibn Umardan ham, uning otasidan ham xalifalikka loyiqroqmiz!» —deb xitob qildi. Xabib ibn Maslama menga: «Mu’oviyaning so‘ziga javob qilmaysanmi?»—dedi. Men sallamning uchini qo‘yvorib: «Bu ishga sendan ko‘ra loyiqroq ana shu odam islom yo‘lida senga va otangga qarshi jang qilgan kishidur!» — demoqchi bo‘lib og‘iz juftladim-u, lekin «Biror nojo‘ya so‘zni aytib qo‘ysam, bu so‘z musulmonlarning bo‘linib ketishiga sabab bo‘lsa-chi? Kel, qo‘y, tag‘in qon to‘kilmasin, mening gapim o‘zim xohlaganimdan boshqacha tushunilmasin!» — dedim-da, o‘zim-ni tiydim, bu dunyoda sabr qilgan kishiga Ollohning jannatda beradirgan mukofotini o‘yladim. Habib ersa menga: «Jazodan qutulib qolding!» — dedi». Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Janob Payg‘ambarimiz Xandaq kuni bunday dedilar: «Biz Qurayshga qarshi g‘azot qilgaymiz, ular ersa bizga g‘azot qilolmagaylar!» Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushrik guruhlarni quvganla-ridan so‘ng: «Endi biz ularga g‘azot qilgaymiz, ular bizga g‘azot qilolmagaylar. Biz ularning yeriga borgaymiz!»— dedilar». Ali raziyallouu aihu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xandaq kuni bunday dedilar: «Olloh taolo ularning (mushriklarning) uylari-yu qabrlarini o‘t birlan to‘ldirsin! Chunki ular bizning vusto (asr) namozimizni qazo qildirishdi, hatto quyosh ham botib ketdi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 35 Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Xandaq kuni quyosh botgandan so‘ng keldilar-da, Quraysh kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh botib ketdi hamki, men namoz o‘qiyolganim yo‘k!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Olloh taolo haqi, men ham o‘qiyolganim yo‘q!» — dedilar. Keyin, biz hammamiz Rasululloh birlan birga Bathon vodiysiga tushib, namozga tahorat oldik. Quyosh botgandan keyin, avval asr namozini, so‘ng shom namozini o‘qidik». Jobir ibn Abdulloh; bunday deydilar: «Janob Rasululloh Ahzob kuni: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?» — deb so‘radilar. Zubayr: «Men»,— dedilar. Ikkinchi bor: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?»—dedilar. Zubayr yana: «Men»,— dedilar. Uchinchi bor so‘raganlarida ham Zubayr: «Men»,— dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Har bir payg‘ambarning o‘z yordamchisi bo‘-ladi, mening yordamchim Zubayrdir!»—dedilar». Abu Hurayra raziyalloh;u anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdur, uning tanho o‘zi mavjuddir, u o‘z lashkariga kuch- qudrat berib, bandasiga zafar ato etdi, ko‘pming kishilik jamoani yolg‘iz o‘zi mag‘lub qildi. Undan abadiyroq hech narsa yo‘qdir!»— dedilar». Abdulloh ibn Abu Avfo bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarni duoi bad qilib, «Ey kitob nozil qilg‘uvchi, bu mushriklar jamoasini o‘zing mag‘lub etgil, xonavayron qilgil!»—dedilar». Abdulloh ibn Umar rivoyat 'qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har gal g‘azotdan yoki hajdan yo umradan qaytayotganlarida avval uch marta takbir aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdir, uning tanho o‘zi mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, barcha mulk unikidir, barcha hamdu sano unga xosdir va u har ishga qodirdir! Biz tavba qiluvchilarmiz, ibodat qiluvchilarmiz, sajda qiluvchilarmiz, parvardigorimizga shukr aytuvchilarmiz. Olloh bergan va’dasida turib, musulmon bandasiga nusrat berdi. kofirlar jamoasini yolg‘iz o‘zi mag‘lub etdi!». 32-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Ahzob g‘azotidan qaytishlari, Banu Qurayza qabilasiga borib, ularni qamal qilishlari haqida Oisha raziyallohu anhodan rivoyat kilinadiki, «Paygambar alayhissalom Xandaq g‘azotidan kaytib, urush silohlarini yechdilar. Yuvinib turgan paytlarida Jabroil alayhissalom kelib Janob Rasulullohga: «Siz silohingizni yechibsiz, ammo biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning'»—deb buyurdilar. Janob Rasululloh: «Kimga» — deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom: «'Banu Qurayza qabilasiga qarshi»,— dedilar. Shundan keyin, Janob Rasululloh Banu Qurayza qabilasi tomon yo‘lga chiqdilar» Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Qurayza qabilasiga yurish kilganlarida men Banu G’anam qabilasi ko‘chalarida Jabroil alayxissalom boshliq otliqlarning otlari tuyoqlaridan ko‘tarilaetgan chang-to‘zonni hozir ham ko‘rib turgandekmen», —dedilar. Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom Ahzob kuni: «Biror kishi bugun to Banu Qurayza yeriga bormaguncha asr o‘qimasin!»—dedilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 36 Shunda ba’zilar «Banu Qurayzaga yetmagunimizcha o‘qimaymiz» — deyishdi, ba’zilar: «Namoz o‘qiyveramiz, chunki Janob Rasululloh «Hech kim orqada qolmasin» degan ma’noda aytganlar»,— deyishdi. Buni Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot ulardan birortasini ham «Noto‘g‘ri qilgan»,— demadilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat kilinadi: «Bir odam Banu Qurayza va Nazir qabilalari fath qilinishidan ilgari Janob Rasulullohga bir qancha xurmo daraxtini tortiq qilgan erdi. Xotinim va bolalarim menga: «Janob Rasulullohning huzurlariga borib, o‘sha xurmo daraxtlarining hammasini yoki bir qismini so‘rasangiz, bizga bersalar!»—deyishdi. Men Janob Rasulullohning oldilariga borganimda u kishi xurmolarni Ummu Aymanga (Rasulullohning doyalari) hadya qilib qo‘ygan erkanlar. Shu payt Ummu Ayman kelib qoldi-da, mening gapimni eshitgach, yoqamdan tortib: «Xudo haqi, xurmolarni senga bermaydilar, ularni menga berganlar!» — deb janjal qila boshladi. Janob Rasululloh: «Usha xurmolarning hammasini sizga berganman, ular sizniki»,— desalar ham Ummu Ayman sira tinchimadi. Oxiri, Janob Rasululloh avvalgi berganlariga nisbatan o‘n barobar ko‘proq xurmo daraxti berib uni tinchitdilar». Abu Sa’id al-Xudriy, raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Sa’d ibn Ma’ozga Banu Qurayza qabilasi ustidan hukm chiqarish huquqi berildi. Janob Rasululloh Sa’dga odam yubordilar, uni eshakka mindirib olib kelishdi. U masjidga yaqin kelganda Janob Rasululloh ansorlarga: «Sayyidingizning hurmati uchun turingizlar!» —dedilar, keyin Sa’dga: «Mana bularning ustidan hukm chiqarmoq huquqi senga topshirildi»,— deb yahudiylarga ishora qildilar. Sa’d: «Ularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, bola-chaqasi ersa asir olinsin!» — deb hukm etdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning hukmi ham shunday erdi!» — dedilar». Oisha raziyallohu anhodai naql kilinadi: «Xandaq kuni Sa’d yaralandi, Quraysh mushriklaridan Xabbon ibn Araqa kamon birlan otib bilagidagi qon tomirini uzib tashladi. Payg‘ambar alayhissalom masjidga chodir tikib, tez-tez xabar olib turish maqsadida Sa’dni o‘sha yerga yotqizdilar. Janob Rasululloh Xandaq g‘azotidan qaytgach, aslahalarini yechib, yuvinib turgan paytlarida Jabroil alayhissalom keldilar, boshlaridagi changni qoqayotib: «Siz qurolingizni yechib qo‘yibsiz, biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning!» — deb buyurdilar Rasululloh «Kimga?»— deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «Banu Qurayzaga»,— deb aytdilar. Janob Rasululloh Banu Qurayzaga kelgach, ular ustidan hukm qilish ni Sa’d ibn Ma’ozga topshirdilar, shunda Sa’d: «Bularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, xotinlari va bolalari asir olinsin, molu dunyosi musodara qilinsin* -deb hukm chiqardi Keyin, u «Yo Olloh, albagta o‘zing yaxshi bilasan, qaysi qavm sening rasulingni yelg‘onchi degan bo‘lsa-yu, uni vatanidan quvib chiqargan bo‘lsalar, o‘sha qavmga qarshi seni deb jang qilish mening uchun eng maxbub ishdir' Yo Olloh, men o‘ylaymanki, biz birlan mushriklar o‘rtasida-gi urushga o‘zing chek qo‘yding, agar Quraysh birlan yana urushadirgan bo‘lsak, sening yo‘lingda ularga qarshi yana jihod qilmog‘im uchun meni salomat qoldirgin, agar urushni butunlay to‘xtatgan bo‘lsang jarohatimni kuchaytirgin-da, omonatingni olib qo‘ya qolgil!» — dedi. Shunda Sa’dning jarohatidan qon otilib chiqib ketdi. Chodirdan oqib chiqkan qonni ko‘rib masjiddagilar qo‘rqib ketdi. Ular: «Ey chodirdagilar, siz tomondan qon oqib kelyapti!» — deb chodirga qarasalar, Sa’dniig Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 37 jarohagidan qon oqayotgan erkan, Sa’dning o‘zi ersa shahid bo‘libdi» Barro raziyallouu anhu rivoyat kilidilar «Janob Rosululloh Qurayza kuni Hassonga: «Banu Qurayzani hajv qilgin Jabroil alayhissalom senga madad bergaylar!» — dedilar» Bu yerdagi xadis ham yuqoridagi hadisni lafzan va ma’nan takror qiladi 33-bob. Zoturriqo g‘azoti haqida Bu g‘azot Muhoribi Xasfa va Banu Sa’laba g‘azoti ham deyiladi. Rasululloh sallallohu alaihi va sallam o‘shanda Naxl degan joyga tushganlar. Bu g‘azot Xaybar g‘azotidan keyin bo‘lgan, chunki shu g‘azot ishgirokchisi Abu Muso al-Ash’ariy Xaybar g‘azotidan keyin islomga kirganlar. Jobir ibn Abdulloh; «Paygambar alayhissalom ashoblari birlan birga yettinchi g‘azot, ya’ni Zoturriqo’ g‘azoti kuni xavf namozini o‘qidilar (Bu g‘azotning «Yettinchi g‘azot» deb atalishiga sabab u Badr, Uhud, Xandaq, Qurayza, Muraysa va Xaybar g‘azotlaridan keyin voqe’ bo‘lgan)»,— deydilar. Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki, Payg‘ambar alayhissalom xavf namozini Zuqarad degan joyda o‘qigan erkanlar. Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muhorib va Sa’laba kuni ashoblari birlan birga xavf namozi (salot ul-xavf) o‘qidilar» Vahb ibn Kayson rivoyat qiladilar: «Men Jobirdan eshitdimki, Payg‘ambar alayhissalom Naxlning Zoturriqo’ mavzesiga chiqibdilar. Shunda musulmonlar birlan G’atafon mushriklari to‘qnashib qolibdi, lekin jang bo‘lmabdi. Chunki, Olloh taolo har ikkala tomonni xavflantirib qo‘yibdi. Janob Rasululloh shu yerda ikki rakat xavf namozi o‘qibdilar» Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu: «Men Payg‘ambar alayhissalom birlan birga Qarad kuni g‘azotda bo‘ldim»,— deydilar. Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga g‘azotga chiqdik, olti kishi erdik, bittagina tuyamiz bor erdi, ketidan ergashib borar erdik. Oyoqlarimiz qavarib ketgan erdi. Mening ham oyoqlarim qavarib, tirnoqlarim ko‘chib ketgandi. Oyoqlarimizga latta o‘rab olgan erdik. Shu boisdan ham bu g‘azot «Zoturriqo’» («Lattali») g‘azot deb nomlandi». Abu Muso shunday deb rivoyat qildilar-da, so‘ng: «Qilgan ishimni aytmasam bo‘lar erdi» — dedilar, 6u birlan go‘yoki qilgan amali solihlarini oshkor qilib qo‘yganlari uchun o‘zlaridan norozi bo‘ldilar. Solih ibn Xavvot Zoturriqo’da Janob Rasululloh birlan birga gazotda bo‘lgan kishidan eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom shu kuni xavf namozi o‘qidilar. Avval bir guruh Janob Rasululloh birlan birga namozga saf tortdi, ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turdi Janob Rasululloh birinchi guruh birlan birga bir rakat o‘qib, tik turdilar, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rakatni o‘qib, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 38 namozni tugatdi. Keyin, ular borib dushman birlan yuzma-yuz turdilar. Shunda ikkinchi guruh kelib Janob Rasulullohga iqtido qildi, ul zot qolgan ikkinchi rakatni o‘qib bo‘lib, o‘ltirdilar, jamoat ersa o‘zi mustaqil namozni o‘qib tugatdi. So‘ng, Janob Rasululloh ular birlan birgalikda salom berdilar» Imom Molik: «Xavf namozini mana shu yo‘sinda o‘qimoqlik afzaldir» — deydilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Banu Anmor g‘azoti vaqtida xavf namozi o‘qidilar» Sahl ibn Abu Xasma (xavf namozini o‘qish tartibi haqida) bunday deydilar: «imom qibilaga qarab tik turadi, shunda bir guruh imom birlan birga namoz o‘qiydi, ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turadi. Imom dastlabki guruh birlan birga birinchi rak’atni o‘qib, o‘rnida tik turadi, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rak’atni tugatgach, dushman ro‘parasida turgan ikkinchi guruh birlan o‘rin almashadi. So‘ng, ikkinchi guruh kelib imomning qolgan ikkinchi rak’atiga iqtido qiladi, imom ular birlan namozni tugatib, o‘ltiradi, ammo qavm turib ikkinchi rak’atni ham o‘qib, keyin imom birlan birga salom beradi». Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Najd tomonga g‘azotga bordim. Dushman birlan yuzma-yuz bo‘ldik, ularning ro‘parasida saf tortdik»,— deydilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalaridan nakl hiladilar: «Raso‘lulloh sallallohu alayhi va sallam ikki guruhdan biriga imomlik qildilar, ikkinchi guruh ersa dushman ro‘parasida turdi Bir raka’tdan so‘ng, birinchi guruh dushman ro‘parasiga borib turdi. Ikkinchi guruh kelgach, Janob Rasululloh ular birlan ham bir rak’at o‘qidilar-da, salom berdilar. Ikkinchi guruh qolgan rak’atni o‘zi o‘qib oldi, so‘ng o‘rniga birinchisi kelib, u ham qolgan rak’atni o‘qib oldi». Jobir ibn Abdulloh raziyallozhu anhuning aytishlaricha, ul kishi ham Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga g‘azotga borib qaytgan erkanlar. Shunda bir daraxtzor vodiyga yetganlarida issiq haddan ortiq kuchayib ketibdi. Janob Rasululloh shu yerda tushibdilar, odamlar ham o‘zlarini daraxtlar soyasiga olishibdi. Janob Rasululloh bir serbarg daraxt tagiga joylashib, qilichlarini shoxga ilib qo‘yibdilar. «Endigina ko‘zimiz ilingan erkan,— deydilar Jobir,— shu vaqt Janob Rasululloh bizni chaqirib qoldilar, kelsak, u kishining yonlarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday dedilar: «Mana bu odam men uxlab yotganimda qilichimni qinidan sug‘uribdi. Uyg‘onsam, qilich yalang‘ochlangan, menga: «Seni mendan kim saqlay oladi?!» — deb do‘q urdi. Men unga: «Olloh!» — degan erdim, u yerga o‘ltirib qoldi». Janob Rasululloh o‘sha odamni jazolamadilar». Jobir raziyallohu anhu yana bunday deb rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zoturriqo’ga yo‘l oldik. Bir sersoya daraxt yoniga yetib kelib, uni Janob Rasulullohga qoldirdik. Shu asnoda bir mushrik kelib qoldi, Janob Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 39 Rasulullohning qilichlari ersa daraxt shoxida osig‘liq turar erdi. U qilichni qinidan sug‘irib oldi-da, ul zotga: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q»,— dedilar. U: «Mendan seni kim himoya qila olardi?'»—dedi Ul zot: «Olloh'»— dedilar. Keyin, Janob Rasulullohning sahobalari do‘q qilib uni quvib yuborishdi. Birozdan so‘ng, namozga (salot ul-xavfga) takbir aytildi. Ul zot bir guruh birlan birga ikki rak’at va yana bir guruh birlan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunday qilib, Janob Rasululloh to‘rt rak’at, qavm ersa ikki rak’at namoz o‘qidi». Abu Bishr: «Janob Rasulullohga tahdid qilgan kishining ismi G’avras ibn al-Hars bo‘lib, u mana shu g‘azotda Muhoribi Xasfa mushriklariga qarshi urushgan»,— deydilar. Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Naxlda bo‘ldik, ul zot u yerda xavf namozi o‘qidilar», — deydilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullox birlan birga Najd gazoti vaqtida xavf namozi o‘kidim»,-deydilar. Darhaqiqat, Abu Hurayra Janob Rasulullohning huzurlariga Xaybar kunlari kirib kelgan erdilar. 34-bob. Banu Mustaliq, ya’ni Muraysi’ g‘azoti haqida Ibn Ishoq: «Banu Mustaliq gazoti oltinchi hijriy yilda bo‘lgan»,— deydilar. Muso ibn Uqbaning aytishlaricha ersa, bu gazot hijratning to‘rtinchi yili sodir bo‘lgan ermish. Zuhriy raziyallohu anhuning aytiitaricha, Muraysi’ gazoti vaqtida Oisha onamizga tuhmat qilingan erkan. Ibn Muhayriz bunday deydilar. «Men masjidga kirib Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhuni ko‘rdim, yonlariga o‘ltirdim-da, ayolni homilador qilib qo‘ymaslik uchun maniyni tashqariga to‘kish haqida suradim. Shunda Abu Sa’id bunday dedilar: «Biz Janob Rasululloh birlan» birga Banu Mustaliq gazotiga chiqdik. Bir necha arab ayollarini asir oldik. Bo‘ydoqlik qattiq ta’sir qilib xotinlarni ko‘nglimiz tusab qoldi. Biz maniyni tashqariga to‘kmoqchi bo‘ldigu, ammo: «Janob Rasulullox oramizda mavjud bo‘laturib, so‘ramasdan bunday qilmaylik!» — dedik-da, ul zotdan shu haqda so‘radik. Janob Rasululloh bizga: «Bunday qilmasligingiz lozim, Olloh taolo qiyomatgacha dunyoga keladirgan tirik jonni allaqachon yaratib qo‘ygan!» — dedilar». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga gazotga chiqdik. Kun qattiq isib ketib, serdaraxt bir yerga yotganda Janob Rasululloh ulovdan tushdilar. So‘ng, uning soyasiga o‘ltirib, qilichlarini daraxt shoxiga ilib qo‘ydilar, odamlar ham daraxtlar soyasiga o‘zlarini oldilar. Bir vaqt Janob Rasululloh bizlarni chaqirib qoldilar, borsak, u kishining oldilarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday dedilar: «Men uyquda erkanimda mana bu odam kelib qilichimni qinidan sugurib olibdi, men uygonib qarasam, qilich yalangochlab tepamda turgan erkan. U menga: «Seni mendan kim qutqara oladi?!» — dedi. Men unga: «Olloh!»—deb javob berdim. U qilichni qiniga soldi-yu, yerga o‘ltirib qoldi, o‘sha mana shu odamdir»,— dedilar. Lekin, Janob Rasululloh unga jazo bermadilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 40 35-bob. Anmor g‘azoti haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Anmor gazoti vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyaga mingan holda yuzlarini mashriq tomonga qarata nafl namoz o‘qiganlarining guvohi bo‘lganman»,— deydilar. 36-bob. Tuhmat haqidagi hadis Al-Ifk va al-Afk so‘zlari an-Najas va an-Najis so‘zlariga muvofiq keladi. Kimki «afakahum» deb ayqa, «ularni iymondan qaytardi, ularni yolgonchi qildi» degan bo‘ladi, oyatda «Qaytarilgan kishi undan yuz o‘giradi» deyilgani kabi. Ibn Shihob ushbu hadisni Urva ibn Zubayr, Sa’id ibn Musayyab, Alqama ibn Vaqqos va Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan naql qiladilar: «Munofiqlar paygambarimizning zavjai mutahharalari Oisha raziyallohu anho haqlarida bo‘hton to‘qidilar, bu bo‘hton haqidagi hadisni Urva, Sa’id, Alqama, Ubaydulloh rivoyat qilib berdi. Bularning ba’zilari Oishaning o‘zlaridan, ba’zilari ersa roviylardan eshitgan bo‘lsa- da, juda ishonchli qilib aytdi. Men Oishaning o‘zlaridan eshitib rivoyat qilgan barcha kishilarning gapiga e’tibor berib quloq soldim, shunda roviylardan eshitib rivoyat qilgan kishilarning qadisi yuqoridagilarning hadisini tasdiq qildi. Ular rivoyat qilishlaricha, Oisha bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachonki safarga borishni xohlasalar, qur’a tashlar erdilar, qur’a qaysi xotinlariga chiqsa, o‘sha birlan birga safarga borar erdilar. Banu Mustaliq gazotiga ketayotib ham qur’a tashladilar, shunda qur’a menga chiqdi. men Janob Rasululloh birlan birga safar qildim. Bu vaqtda «Hijob oyati» nozil bo‘lgan bo‘lib, men tuyaga ortilgan kajavada yurardim. Janob Rasululloh g‘azotdan qaytayotib, Madinaga ikki manzil yul qolganda «Karvon dam olsin!» deb izn berdilar. Izn berilgandan so‘ng, men kajavadan tushib, lashkardan uzoqlashdim-da hojatga o‘ltirdim, keyin karvon yoniga kelgach, ko‘ksimni ushlasam, ziforiy munchog‘im yo‘q (Zifor — Yamandagi bir qishloq nomi), uzilib tushib qolibdi. Izimga qaytib borib, munchog‘imni qidira boshladim, uni topgunimcha ko‘p vaqt ushlanib qoldim. Bu orada karvon jo‘naydigan bo‘lib qolib, mening kajavamni tuyaga yuklaydirganlar kelib uni yuklab jo‘natibdilar, ichida meni bor deb o‘ylashibdi. Usha vaqtlarda xotinlar yengil bo‘lardi, semirmas erdi, badanlarini go‘sht qoplamas erdi, chunki oz ovqat yer erdi. Shu boisdan kajavani ko‘targan kishilar ichida odam bormi, yo‘qmi sezmay tuyaga yuklab yuborganlar, buning ustiga men u vaqtda jussasi kichik yosh qizcha erdim. Tuyani haydab, jo‘nab ketishavergan. Keyin, men munchog‘imni topib, kajavam turgan joyga borsam, lashkar allaqachon jilgan, birorta chaqiruvchi ham, unga javob beruvchi ham qolmabdi. «Men turgan yerimda kuqam, ular meni yo‘qligimni bilib, izlab qaytib kelishar» degan umitda erdim. Usha yerda o‘ltirib, uxlab qolibman. Safvon ibn Mu’attal as-Sulamiy lashkar ortidan kuzatib boruvchi etib tayinlangan erdi. Bir vaqt kelib qarasa, yerda bir odam uxlab yotibdi. U meni tanib (chunki, u meni hijobga kirmasimdan avval ko‘rgan erdi) oldimga kelganda, uyg‘onib ketdim, darhol ro‘molim birlan yuzimni to‘sdim. Olloh taolo haqi, bir og‘iz ham so‘zlashmadik, uning «Inno lillohi va inno ilayhi roji’uun» (ya’ni, «Hammamiz Ollohning bandasimiz va uning huzuriga qaytib boramiz») degan so‘zidan boshqa so‘zini eshitmadim. Safvon tezda tuyasini cho‘ktirib, oldingi oyog‘ini ushlab turdi, men unga minib oldim. Uzi ersa tuyani yetaklab ketdi, kun qizigan paytda lashkar orasiga kirib bordik, ular endigina manzilga yetib olishgan erkan. Shu voqeadan keyin, mening haqimda ba’zi kishilar tuhmat qilib yuzi qaro bo‘ldi. Eng katta tuhmatchi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling