Jazo tayinlash


Download 11.04 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi11.04 Kb.
#1019945
  1   2   3
Bog'liq
JAZO TAYINLASH-WPS Office


JAZO TAYINLASH
Kazus

1. H. JKning 131-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilgan. Bu jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi kerak. Sud eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima to'lashga hukm chiqardi. Himoyachi bu jazo qo'shimcha jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilinganda tayinlanadi, deb ta'kidlamoqda.


Himoyachining fikri oʻrinlimi?

2. B. JKning 266-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan yo'l harakati xavfsizlik qoidasini va transport vositalaridan foydalanish qoidasini buzganlikda ayblangan. Bunday qilmish uchun muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Yana JKning 117-moddasi 2-qismi bilan xavf ostida qoldirish jinoyatini sodir etgan. Bu jinoyat uchun esa uch oydan olti oygacha qamoq jazosi yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi. Qilingan jinoyatlarni jamlab sud aybdorni o'n yilga ozodlikdan mahrum etdi.


Sud tomonidan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlash qoidasiga rioya qilinganmi?

3. E. JKning 170-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilib, mulkka zarar yetkazish jinoyatini sodir etgan va bu jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishigal tortilishi kerak. Sud aybdorga ikki yil axloq tuzatish ishiga ish haqining 20% ini ushlab qolish jazosini tayinlagan. Uch oy davomida jazoni o'tashdan bo'yin tovlagani uchun JKning 46- moddasi 4-qismi bilan sud o'talmagan bir yil o'n oy muddatni shu muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirdi. E.ning ta'kidlashicha, ozodlikdan mahrum etish jazosi Jkning 170-moddasi 1-qismi sanksiyasida yo'qligi tufayli sud asossiz uni ozodlikdan mahrum etgan.


Aybdorning dalili e'tiborga loyiqmi?

4. L. JKning 104-moddasi 1-qismi, ya'ni qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan. Bu jinoyat uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi. Sud aybdorni besh yilga ozodlikdan mahrum etilsin, deb hukm chiqardi. Jabrlanuvchining vakili aytishicha, sud L. ni avval bezorilik uchun qamalib chiqqanini va jabrlanuvchining olingan jarohat tufayli 2-guruh nogironi bo'lib qolganini hi- sobga olmay, asossiz jazoning eng kam miqdorini tayinlagan.



Download 11.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling