Jazo tayinlash


Sud tomonidan tayinlangan jazo to'g'rimi?


Download 11.04 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi11.04 Kb.
#1019945
1   2   3
Bog'liq
JAZO TAYINLASH-WPS Office

Sud tomonidan tayinlangan jazo to'g'rimi?

8. Q. JKning 140-moddasi 1-qismi bilan ayblangan. Ushbu moddada jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq jazosi tayinlanishi ko'rsatilgan. Sud aybdorni bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima to'lashga hukm qildi. Jabrlanuvchi yuqori turuvchi sud organidan tuman sudi chiqargan hukm yengil tayinlanganligi sababli uni bekor qilishni so'ragan va sud jinoyat sodir etgan paytda jabrlanuvchi to'rt oylik homilador ekanligini hisobga olmaganligini va u bu haqda tibbiy ma'lumotnoma ko'rsatganini aytgan.


Jabrlanuvchining dalili e'tiborga loyiqmi?

9. A. JKning 207-moddasi 1-qismi, ya'ni mansabiga sovuqqonlik bilan qarashda ayblangan va jazo sifatida bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishiga tortilishi kerak. Sud aybdorga bazaviy hisoblash miqdorining o'n barobari miqdorida jarima tayinladi. Hukmda sud qator yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olgani aytib o'tilgan.


Sud jazo tayinlash qonuniga rioya qilganmi?


10.N. bilan H. sudda K.ning foydasiga yolg'on (guvohlik) ko'rsatma berishdi va bu jinoyat deb topildi JKning 238- moddasiga muvofiq - yolg'on guvohlik uchun eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu jinoyatni N. falokatga tushgan do'stiga rahmi kelganidan qildi, H. esa K. ning onasidan olgan sovg'asi evaziga sodir qilgan. Sud N. bilan H.ning har ikkalasiga ham 7 oydan qamoq jazosi belgilagan.
Sud tomonidan bir xil jazo tayinlanib, qonun talabiga rioya qilinganmi?
Download 11.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling