Jazo tayinlash


Jabrlanuvchining vakili keltirgan dalillar e'tiborga loyiqmi?


Download 11.04 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi11.04 Kb.
#1019945
1   2   3
Bog'liq
JAZO TAYINLASH-WPS Office

Jabrlanuvchining vakili keltirgan dalillar e'tiborga loyiqmi?

5. S. Y.ning noqonuniy harakati ta'sirida kuchli ruhiy hayajonga tushib, unga oʻrta og'irlikdagi shikast yetkazib, JKning 106-moddasida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etdi. Bu jinoyat ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq jazosiga yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilishi kerak. Sud aybdorni ikki yilga ish joyida axloq tuzatish ishiga va maoshining 20% ini davlat hisobiga o'tkazish haqida hukm chiqardi. Hukmning tavsif qismida ko'rsatilganki, jazoni tayinlash paytida jabrlanuvchining qattiq haqorati ta'sirida, kuchli ruhiy hayajonga tushgan S. jinoyat sodir etganligi va JKning 55-moddasi "d" bandi asos qilinib, jazoni yengillashtiruvchi holat deb olingan.


Sudning dalil sifatida JKning 55-moddasi "d" bandini ko'rsatishi qonuniy asosga egami?

6. J. P. bilan oʻzaro urishib, unga o'rtacha ogʻirlikdagi shikast yetkazdi va JKning 105-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir qildi. Bu jinoyat uchun uch yilgacha axloq tuzation ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortiladi. Sud aybdorni olti oyga ish joyida axloq tuzatish ishiga va maoshidan 15% ini ushlab qolishga hukm qildi. Sud yengillashtiruvchi holat deb, janjalni P. boshlaganini hamda J.ga yengil shikast yetkazganini va J.ning qaramog'ida uchta yosh bolasi borligi, sog'ligining yomonligi tufayli ishlamaydigan xotini borligini ko'rsatgan. Jabrlanuvchi o`zining norozilik shikoyatida koʻrsatishicha, tuman sudi J.ga nisbatan asossiz yengil jazo tayinlagan, sharoitni hisobga olganda qonun bo'yicha yuqorida ko'rsatilganlar yengillashtiruvchi holat deb belgilanmagan.


Jabrlanuvchining dalillari e'tiborga loyiqmi?

7.Sh. JKning 118-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan nomusga tegish jinoyatini sodir etgani va ushbu jinoyat uchun yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi kerak. Sud aybdorni o'n yilga ozodlikdan mahrum qildi. Aybdorga sanksiyada ko'rsatilgan eng yuqori jazo tayinlanishi Sh. tomonidan og'ir jinoyat sodir etilgan deb asoslangan.



Download 11.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling