Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-bob. Ummu Saliyt haqida
- 24-bob. Hamza raziyallohu anhuning o‘ldirilishlari haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 21 ba’zilaringiz oxi-ratni xohlasa, ba’zilaringiz dunyoni tanladingizlar, natijada Olloh taolo sizlardan zafarni olib qo‘yib, yengildingizlar, bu sizlarga Olloh taolodan bir sinov bo‘ldi, Olloh taolo sizlarni kechirdi. Olloh taolo mo‘minlarga nisbatan muruvvatlidur!». «Olloh taolo yo‘lida shahid bo‘lganlarni o‘lik deb o‘ylamangizlar!». Ibn Abbosdan natsl tsilinadiki, Janob Rasululloh. «Men Uhud janggi kuni Jabroil alayhissalomni ko‘rdim, ul zot jang anjomlarini kiyib olgan bo‘lib, otlari jilovini tortib turgan erdilar»,— debdilar. Uqba ibn Omirdan rivoyat tsilinadiki, Janob Rasululloh 8 yildan so‘ng Uhud janggi shahidlari qabri tepasiga kelib, go‘yo vidolashayotgandek o‘liklar va tiriklar haqiga Do‘o qildilar. Keyin, minbarga chiqdilar-da: «Albatta, men sizlarning yo‘lboshchingizman va sizlarning iymonlarin-gizga guvohman, sizlar birlan endi Havzi Kavsar bo‘yida ko‘rishamiz, men mana sho‘ joyimda turib uni ko‘ryapman. Men sizlar mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ko‘rqmayman, lekin mol-dunyo sizlarni yengib qo‘ymasaydi, deb qo‘rqaman»,— dedilar. «Shunda men Janob Rasulullohni so‘nggi bor ko‘rgan erdim»,— deydilar roviy. Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni biz mushriklarga ro‘baro‘ bo‘ldik. Janob Rasululloh kamonchi merganlarni tepalik ustiga joylashtirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir qilib tayinladilar-da, «Bizning g‘alaba qilganimizni ko‘rsangizlar ham, yengilganimizni ko‘rsangizlar ham joyingizdan jilmangizlar, yordamga oshiqmangizlar!» — dedilar. Dushman birlan to‘qnashganimizda ular tumtaraqay qochib qoldilar, hattoki toqqa tirmashgan ayollarining boldirlari ochilib qolib, taqinchoqlari ko‘rinib turganini ko‘rdim. Shunda merganlar: «Ana o‘lja, ana o‘lja!» —deb ochko‘zlik qila boshladi-lar. Amir Abdulloh ibn Jubayr ularga Janob Rasulullohning «Jilmangizlar!» deb buyurganlarini eslaqalar ham, itoat qilmadilar. Natijada ish chappasiga ketib, musulmonlardan 70 kishi shahid bo‘ldi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon tirik qolgan musulmonlar oldiga kelib: «Orangizda Muhammad bormi, nega indamaysizlar? Orangizda Abu Qahhofa (Abu Bakr Siddiq) bormi, nega javob bermaysizlar? Orangizda Ibn Xattob bormi, nega javob bermaysizlar? Demak, ular o‘ldirilganlar, agar tirik bo‘lganlarida erdi, javob bergan bo‘lur erdilar»,— dedi. Umar raziyallohu anhu o‘zlarini tutib turolmay: «Ey Olloh taoloning dushmani, yolg‘on aytyapsan, hali shoshmaytur, Olloh taolo seni albatta g‘am- g‘ussaga botirgay!»—dedilar. Shunda Abu Sufyon: «Hubal buyukdur!» — dedi. Janob Rasululloh: «Javob qaytaringizlar!»—dedilar. Sahobalar: «Nima deymiz?»—deganlarida, ul zot: «Olloh taolo buyuk va ulug‘dur!» deb aytingizlar»,— dedilar. Abu Sufyon: «Bizning Uzzomiz bor, sizlarning Uzzolaringiz yo‘q» — deganda, Janob Rasululloh: «Olloh taolo bizning mavlomiz (egamiz), sizlarning ersa, egalaringiz yo‘q!” — deb aytishni o‘rgatdilar. Abu Sufyon: «Bugungi kun Badr kuni uchun qasos bo‘ldi, urushda zafar goh u tomonga, goh bu tomonga o‘tadi. Jang maydoniga boqsangizlar, men buyurmagan va menga zarari ham bo‘lmagan bir dalilning shohidi bo‘lasizlar»,— dedi». Jobir ibn Abdulloh aytadilarki, Uhud kuni bir necha kishi ichkilik ichgan holda jangga kirib, shahid bo‘libdi (Islomda ichkilik Uhud janggidan bir qancha vaqt keyin harom qilingan). Ibrohim raziyallohu anhudan naql qilinadiki, «Abdurrahmon ibn Avfga taom keltirildi, u kishi ro‘zador erdilar. Shunda ul kishi: «Mus’ab ibn Umayr o‘ldirildi, vaholanki u mendan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 22 yaxshiroq erdi. Kafanligi yo‘qligidan libosiga o‘rab ko‘mildi, libosi kaltaligidan oyog‘ini yopsa, boshi, boshini yopsa, oyog‘i ochilib qolar erdi. Keyin, Amir .Hamza ham shahid bo‘ldi, vaholanki ul ham mendan yaxshiroq erdi. Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi. Qo‘rqamizki, barcha yaxshiliklar shu dunyodayoq berilib, oxiratda nasibamiz qolmadimikan?» — dedilar-da, xo‘ngrab yig‘lay boshladilar” hatto taom ham yemadilar». Jobir ibn Abullohdan naql qilinadiki, «Uxud kuni bir odam Janob Rasulullohga: «Nima deysiz, men agar hozir o‘ldirilsam, qaerda bo‘laman?» — dedi. «Jannatda»,— dedilar Janob Rasululloh. Shunda u qo‘lidagi hurmolarni otib yubordi-da, jangga kirib ketdi va shahid bo‘ldi». Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur». Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishining amakilari Anas ibn Nazr Badr janggida qatnasholmagan erdilar, Shu boisdan ham ul kishi: «Men Janob Rasululloh qatnashgan eng ulug‘ jangda bo‘lolmadim. Agar Olloh taolo meni Janob Rasululloh bo‘lgan jangda shahid qilganda erdi, men bunchalik alam chekmagan bo‘lur erdim!»—deb qattiq afsus chekardilar. Nihoyat, Uhud janggida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Jangda musulmonlar qocha boshladi. Shunda Anas ibn Nazr: «Yo Olloh, musulmon birodarlarimning qilmishi uchun sendan uzr so‘rayman, mushriklar ofatidan o‘z panohingda asragil!» — deya qilich yalang‘ochlab oldinga tashlandilar Shu asnoda Sa’d ibn Muozga duch kelib: «Ey Sa’d, qaerga qochyapsan? Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!»—dedilar-da, jangga kirishdilar va shahid bo‘ldilar. Jasadlari odam tanimas bo‘lib ketgan erdi. Singillari ul kishini xollaridangina (yoki barmoqlaridangina) tanib oldi. Jasadlarida nayza, gurzi, qilich zarbi hamda kamon o‘qidan hosil bo‘lgan 80 dan ortiq jarohat bor erdi». Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qur’ondan nusxa ko‘paytirayotgan vaqtimizda «Ahzob» surasidagi bir oyatni topmadim. Bu oyatni Janob Rasululloh o‘qiganlarida eshitgan erdim. Usha oyatni ko‘p qidirib, oxiri Huzayma ibn Sobit al- Ansoriydan topdik. Bu oyat quyidagicha: «Shunday mo‘min kishilar borki, ular Olloh taologa qilgan ahdu paymonlarida ustivor turdilar. Ularning ba’zilari maqsadlariga yetib, shahid bo‘ldilar, ba’zilari muntazirdurlar». Biz bu oyatni Mushafdagi tegishli suraga qo‘shib qo‘ydik». Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhudga chiqqanlarida, ul zot birlan birga chiqqanlarning bir qismi ortiga qaytib ketdi. Shunda Janob Rasululloxning sahobalari ularga nisbatan chora ko‘rmoqlik xususida ikki guruhga bo‘linib qoldilar, ba’zi sahobalar «o‘ldiramiz» deyishsa, ba’zi sahobalar («shoyad, musulmon bo‘lsalar» degan o‘y birlan) «o‘ldirmaymiz» deyishdi. Shu asnoda Olloh taolo quyidagi oyati karimasini nozil qildi: «Bas, nima bo‘ldi sizlargaki, munofiqlar xususida ikki guruh bo‘lib oldingizlar, holbuki Olloh taolo ularni yomon amallari sababidan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 23 ortlariga qaytardi». Zayd ibn Sobit so‘zlarida davom etib: «Darhaqiqat, Madina pok joy bo‘lib, olov kumush tarkibidagi begona jismlarni ketkazgandek, gunohlarni ketkazadi dedilar. 18-bob Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad!) Sizlardan ikki toifaning (qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan) qochmoqchi bo‘lganini bir eslang, vaholanki Olloh ularning do‘stidur. Mo‘minlar Ollohga tavakkal qilsinlar!» Jobir ibn Abdulloh: «(Ey Muhammad!) Sizlardan ikki toifaning (qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan) qochmoqchi bo‘lganini bir eslang...» degan oyati karima bizning, ya’ni Banu Salama va Banu Horisa to‘g‘risida erdi. Koshkiydi, bul oyat nozil qilinmagan bo‘lsa! Chunki, Olloh taolo: «... vaholanki, Olloh ularning do‘stidur»,— deydi»,— deydilar. Jobir. ibn Abdulloh; rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh mendan: «Ey Jobir, uylandingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha»,— deb javob berdim. «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvongami?» — deb yana so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh, juvonga uylandim!» — dedim. «Qiz bolaga uylansang bo‘lmasmidi, senga muhabbat qo‘yardi!» — dedilar Janob Rasululloh. Men: «Yo Rasulalloh, otam Uhud jangida o‘ldirilib, menga 9 ta qizni tashlab ketdilar. Men 9 ta opa-singillarim birlan qoldim. Ularga o‘zlariga o‘xshagan yana bitta esi past qizni qo‘shib ko‘yishni ma’qul ko‘rmadim. Xotinim ularni yuvib- taraydi, xizmatini qiladi»,— dedim. Janob Rasululloh: «To‘g‘ri qilibsan!» — dedilar». Jobir ibn Abdullohdan nakl qilinadiki, u kishining otalari Uhud janggida shahid bo‘lib, qarzlari va 6 ta qizlari Jobirga qolgan erdi. (Bundan oldingi hadisda 9 ta qiz, bu yerda ersa «6 ta» deb keltirilishining boisi shuki, Jobirning opa-singillari hammasi 9 ta bo‘lib, otalari shahid bo‘lganlarida 3 tasi turmushga uzatilgan, 6 tasi ersa yosh qolgan erdi). Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Xurmo hosilini teradigan paytda Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Uzingiz bilasiz, otam Uhud janggida shahid bo‘lganlar, u kishidan menga katta qarz qolgan. Men otamga qarz bergan kishilarni ko‘rsatmoqchiman»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Borgin, har bir daraxt hosilini alohida to‘plab qo‘ygin» — deb buyurdilar. Men aytganlaridek to‘plab, so‘ng ul zotni chaqirdim. Haqdorlarim Janob Rasulullohni ko‘rib menga shu ondayoq yaxshi muomala qila boshladilar. Ularning tilyog‘lamachiligini sezgan Janob Rasululloh hurmo to‘plaridan eng kattasini uch bor yig‘ishtirib o‘zlariga yaqin tortdilar-da, ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin: «Qani, sheriklaringni chaqir!» — deb buyurdilar. Ularning hammasiga o‘lchab berdilar. otamning barcha qarzlari uzildi. Men: «Otamning barcha qarzlari uzilsa-yu, singillarimga birorta ham xurmo olib bormasam ham, mayli» —deb o‘ylardim. Janob Rasululloh barcha xurmo uyumlarini otamning qarzlariga berdilar, faqat o‘zlari ustida o‘ltirgan g‘aramgina qoldi, xalos, undan biror dona ham xurmo kamaymadi (mantiq: Janob Rasululloh qarzga qancha xurmo ketishini oldindan aniq bilganlar)». Sad ibn Abu Vaqqos: «Men Janob Rasulullohni Uhud kuni ko‘rdim, u kishi birlan birga ikki notanish kishi ham jang qilardi, ikkovi ham oppoq libos kiyib olgan erdi. Ularni bundan ilgari ham ko‘rmaganman, keyin ham ko‘rmadim»,— deydilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Janob Rasululloh Uhud kuni o‘qdonlaridan o‘q olib bera turib menga: «Ota-onam senga fido bo‘lsin, otgil!» — dedilar»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 24 Abdulloh ibn Shaddod rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Alidan eshitdimki, Janob Rasululloh Sa’ddan boshqa biror kishiga «Ota-onam senga fido bo‘lsin!» deb aytmagan erkanlar». Abu Usmon ta’kidlaydilarki, g‘azot qilingan mazkur kunlarning ba’zisida Janob Rasulullohning yonlarida Talha birlan Sa’ddan bo‘lak biror kishi jang qilmagan erkan. Soib ibn Yazid aytadilar: «Men Abdurrahmon ibn Avf, Talha ibn Ubaydulloh, Miqdod va Sa’d birlan hamsuhbat bo‘ldim, ulardan faqat Talha ibn Ubaydullohninggina Uhud janggi haqida gapirganini eshitdim». Qays ibn Abu Xozim aytadilar: «Men Talhaning bir quli (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolganini ko‘rdim, u shu qo‘li birlan Uhud kuni Janob Rasulullohni himoya qilgan erdi» Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Uhud kuni odamlar Janob Rasululloxni tashlab qochdilar Abu Talha ersalar, Janob Rasululloh oldilaridan ketmay, qo‘llaridagi qalqonlari birlan ul zotning muborak boshlarini o‘qdan himoya qilib turdilar Abu Talha mergan kishi bulib, kamonni qattiq, tortar erdilar. Shu kuni 2 ta yo 3 ta kamon sindirdilar. Ushanda saxobalardan biri kamon o‘qi to‘la sadoq birlan o‘tib ketayotganda Janob Rasululloh unga «Abu Talhaga yordam ber - deb erdilar. Janob Rasululloh jang paytida jangchilardan shaxsan o‘zlari xabar olib turar erdilar. Shunda Abu Talxa «Ota- onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh Kelmang, tag‘in dushman o‘qidan birortasi sizga tegmasin, sizning tomog‘ingizga tegadirgan o‘q mening tomog‘imga tegaversin'»— derdilar. Shu kuni Oisha binti Abu Bakr birlan Ummu Sulaymni ham ko‘rdim. Ikkovlari etaklarini lippalariga qistirib olgan, yelkalarida mesh, jangchilarga suv olib borar erdilar, yana ortlariga qaytishib, meshlarni to‘ldirib jang maydoniga kirishar erdi. Usha kuni Abu Talhaning qo‘llaridan ikki Yoki uch bor qilichlari yerga tushib ketdi» Oisha raziyallohu anhodan nakl kilinadiki, Uhud kuni mushriklar jang maidonini tashlab qochibdi Shunda shayton la’natullohi alayhi «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar » — deb nido qilib musulmonlarni chalg‘itibdi. Natijada oldingi safdagilar ortlariga o‘girilib, keyingi safdagi (o‘z birodarlari birlan) jang boshlashibdi. Shu payt Huzayfa otasi al-Yamonni ko‘rib «Ey Ollohning bandalari, bu mening otam, bu mening otam » — deb baqiribdi, ammo jangchilar o‘zlarini to‘xtatib qololmay, Huzaifaning otasini o‘ldirib qo‘yishibdi. Lekin, Huzayfa otasining qotillariga «Olloh taolo gunohlaringizni kechirsin'»—deb yomonlik qilmabdi, hattoki umrining oxirigacha ularga yaxshilik qilaveribdi. 19-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, ikki gurux (musulmonlar va mushriklar) o‘zaro to‘qnashgan kuni sizlarning oralaringizdan qochgan kishilarni ba’zi xatolari sababli shayton ozdirdi. Olloh taolo ularni afv qildi, Olloh taolo albatta, mag‘firatli, rahmdil zotdir» Usmon ibn Mavxib rivoyat kiladilar «Bir kishi xajga kelib, Ka’ba yonida suhbatlashib o‘ltirgan bir gurux kishilarga ko‘zi tushdi. «Bu o‘ltirgan kishilar kim» — deb yonidagilardan so‘radi. Unga «Bular qurayshliklar»,— deb javob berishdi. «Bularning ulug‘i kim » - deb yana so‘radi u. Shunda ularning ulug‘i Ibn Umar ekanliklarini aytishdi Boyagi kishi Ibn Umarning yoniga kelib «Men sizdan bir narsa hakida so‘rayman, javob Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 25 berasizmi »—dedi Ibn Umar «Mana shu Baytulloh hurmati, albata javob beraman » — dedilar Boyagi kishi «Usmon ibn Affonning Uhud janggidan qochganlarini bilasizmi'»— dedi Ibn Umar «Bilaman >,— dedilar Boyagi kishi «Uning Badr janggida ham qatnashmaganligini bilasizmi» —dedi Ibn Umar «Buni ham bilaman»,— dedilar Boyagi kishi «Bay’aturrizvonda ham yo‘q erdi, shundaymi »—dedi «Ha, shunday » — dedilar Ibn Umar. Shunda boyagi kishi «Ollohu akbar» — deb takbir aytdi. Ibn Umar unga bunday dedilar «Yaqinroq kel, sen so‘ragan narsaning xabarini aytib tushuntirib berayin' Uhud kuni Hazrat Usmonning jangdan qochganlarining gunohini Olloh taolo boshqalar birlan birga o‘z oyati karimasi orqali afv qilgandur. Badr janggida bo‘lmaganlarining sababi — Janob Rasulullohning qizlari Hazrat Usmonning xotinlari bo‘lib, u qattiq kasal erdi. Janob Rasululloh u kishiga «Siz xotiningizning yonida qolingiz, Olloh taolo sizga Badrda ishtirok qilganlik savobini beradi. Jangda tushgan o‘ljadan ham o‘z nasibangizni olasiz»,— deb ta’yinlagan erdilar. Hazrat Usmonning «Bay’aturrizvon»da bo‘lmaganliklarining sababi shuki, agar Makka ichra Hazrat Usmondan ulug‘roq kishi bo‘lganda erdi, Janob Rasululloh ul kishining o‘rinlariga o‘shani yuborgan bo‘lardilar. Hazrat Usmon u yerdagi eng ulug‘ kishi bo‘lganlari uchun ham Makkaga yuborildilar «Bay’a-turrizvon» ersa, ul kishi ketganlaridan so‘ng bo‘lgan. Ushanda Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini ko‘tarib «Mana bu Usmonning qo‘lidir » — deb erdilar-da, uni chap qo‘llariga urib qo‘ygan erdilar» So‘ng Ibn Umar boyagi kishiga «Mana shu eshitganlaringni qulog‘ingga quyginda, bu yerdan jo‘nab qol'» — dedilar» 20-bob Olloh taoloning qavli: «Sizlar tog‘larga (qochib) chiqib ketur erdingizlar va hech kimga o‘girilib boqmas erdingiz-lar, Rasululloh ersa sizlarni ortlaringizdan chaqirar erdi Keyin, Olloh taolo sizlarga paydarpay g‘am yubordi, toki g‘am yemangizlar na qo‘ldan ketgan narsaga va na yetgan musibatga va Olloh taolo qilib turgan amallaringizdan xabardordur» Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh Uhud kuni piedalarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilgan erdilar. Bular birinchi bo‘lib jang maydonidan qochdilar Mazkur oyat shular haqida nozil bo‘lgan». 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Keyin, Olloh taolo sizlarga ul g‘am ketidan tasalli, ya’ni mudroq yubordi, bu mudroq sizlardan bir toifani o‘z og‘ushiga oldi, boshqa toifa ersa Olloh taolodan ko‘ra o‘z jonlarining rohatini muhimroq bilib, xuddi joxiliyat paytidagidek Olloh taologa shaku gumon qildilar. «Bizga Olloh taolodan HECH bir madad bo‘lmadi-ku» deb oshiqdilir. Ey Muxammad, ulagrga aytingki, har qanday nusrat Olloh taolodan bo‘lgay. (Munofiqlar) sizga izxor qilmaydigan shunday gaplarni dillarida sir tutadilarki, «Agar Ollohdan bizga nusrat kelganda erdi, bu yerda o‘ldirilmagan bo‘lardik!» — deydilar. Ey Muhammad, siz ularga: «Agar o‘z uylaringizda bo‘lsangiz ham, qaysi birlaringizga o‘lim bitilgan bo‘lsa, o‘sha yerga borib joningizni olib ketgan bo‘lardi»,— deb ayting (Bu musibat) dillaringizdagini sinab bilmoq va qalbingizni poklamoq uchundir. Olloh taolo qalblardagini biluvchi zotdur!» Abu Talha aytadilar: «Men ham Uhud kuni mudroq olgan kishilardan biri erdim, hatto bir Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 26 necha bor qilichim qo‘limdan tushib ketdi. Har safar tushib keqa, olaman, yana tushib keqa, yana olaman». 22-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizda hech qanday ixtiyor yo‘q, yo ular tavba qilib, iymonga keladilar yoki Olloh taolo ularni shu dunyodayoq qattiq azoblaydi, chunki ular o‘z joniga zulm qilganlardur» Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, Janob Rasulullohning peshonalari Uhud kuni yorilgan erkan. Shunda Janob Rasululloh g‘azab qilib: «Payg‘ambarining peshonasini yorgan qavm qanday najot topadi?!» — degan erkanlar. Olloh taolo bunga javoban «Sizga hech qanday ixtiyor berilmagan» degan oyati karimasini nozil qilibdi. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan nakl qilinadiki, u kishi Janob Rasulullohning bomdod namozining ikkinchi rak’atida ruku’dan bosh ko‘tarib «Sami’allohu liman hamidah» degach, «Yo Olloh, falonchini, falonchini va falonchini la’nat qilgin!» deb duoi bad qilganlarini eshitibdilar. Shu payt Olloh taolo «Sizga hech qanday ixtiyor berilmagan» degan oyatni nozil qilibdi («Ular zolimlardur» degan so‘zigacha). Solim ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr va Al-Hars ibn Hishomni duoi bad qilgan erdilar, Olloh taolo «Sizga hech qanday ixtiyor berilmagan» deb boshlanadigan oyati karimasini nozil qildi». 23-bob. Ummu Saliyt haqida Sa’laba ibn Abu Molikdan nakl kilinadiki, Hazrat Umar al-Xattob raziyallohu anhu bir guruh Madina ayollariga libos tarqatibdilar, faqat bitta yangigina libos ortib qolibdi. Shunda «Ey musulmonlar amiri, bu libosni Janob Rasulullohning yoningizdagi qizlariga beringiz!» — deb Hazrat Alining qizlari Ummu Gulsumni ko‘rsatishibdi. Hazrat Umar: «Ummu Saliyt bu libosga loyiqroqdur, chunki u payg‘ambarimizga bay’at qilgan ansoriyalardan bo‘lib, Uhud kuni mesh orqalab bizga suv tashib turgan»,— debdilar. 24-bob. Hamza raziyallohu anhuning o‘ldirilishlari haqida Ali raziyallohu anhudan nakl etiladiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarning eng ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib raziyallohu anhudir!» — debdilar. Ja’far ibn Amr rivoyat kiladilar: «Bir kuni men Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor birlan birga safarga chiqdim. Hims degan joyga yetganimizda Ubaydulloh menga: «Vahshiy ismli kishi haqida biror narsa bilasizmi? Uni topganimizda erdi, Hamza raziyallohu anhuni qanday o‘ldirgani haqida so‘rab olardik!» — dedi. Men rozi bo‘ldim. Vahshiy Himsda yashardi (Hims — Dimashq va Himot shaharlari orasida joylashgan). Uni surishtirgan erdik, «Ana, qasrining soyasida yog‘ to‘ldirilgan xumdek bo‘lib o‘ltiribdi» deb ishora qilishdi. Biz Vahshiyning yoniga borib, salom bergan erdik, alik oldi. Ubaydulloh sallasi birlan yuzini o‘rab olgan bo‘lib, Vahshiy uning ikki ko‘zi birlan oyog‘inigina ko‘rardi. Ubaydulloh undan «Ei Vahshiy, meni taniyapsanmi?»—deb so‘radi. Vahshiy unga qarab «Xudo haqi, yo‘q Lekin, mening esimdaki, Adiy ibn Xiyor Ummu Qitol binti Abulays ismli ayolga uylangan bo‘lib, undan Makkada bir o‘g‘il ko‘rgan erdi. Men u bolani enagasiga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 27 olib borardim (Bir kuni) bolani unga uzatayotganimda sening oyog‘inga o‘xshash oeqni ko‘rganman»,— dedi. Shunda Ubaydul-lox, yuzini ochib «Hamzani qanday o‘ldirganingni gapirib bermaysanmi »—dedi Vahshiy rozi bo‘lib, bunday deb hikoya qildi «Hamza Adiy ibn Xiyorning o‘g‘li Ta’iymani Badrda o‘ldirdi Keyin, xo‘jayinim Jubayr ibn Mut’im menga «Agar amakimning qasosi uchun Hamzani o‘ldirsang, ozodsan » — dedi. Odamlar Aynaynga urushga chiqqan yili (Aynayn — Uhud tog‘ining ro‘parasidagi tog‘ bo‘lib, Uhudda musulmonlarning, Aynaynda ersa, mushriklarning qarorgohi bor erdi) men ham ular birlan birga chiqdim. Ikki tomon maydonda saf tortgach, Sibo’ o‘rtaga chiqib, yakkama-yakka olishuvga raqib talab qildi. Shunda uning muqobiliga Hamza ibn Abdulmuttalib chiqib «Ey Sibo’, sen hali Olloh taolo birlan uning rasuliga qarshi urushasanmi» — deb Sibo’ga tashlandi-da, shu ondayoq uni o‘ldirdi. Men bir katta tosh panasiga berkinib olgan erdim, Xamza yaqin kelganda unga nayza otdim, nayza uning qovug‘idan kirib, orqasidan chiqdi. Shu birlan Hamza shahid bo‘ldi. Keyin, men odamlar birlan birga qaytib Makkada yashadim, u yerda islom tarqalgach, Toifga ketdim. Janob Rasululloh menga odam yubordilar, ular menga «Payg‘ambarlar kek saqlamaydilar»,— deyishdi. Men ular birlan birga Janob Rasululloh-ning huzurlariga bordim. U kishi meni ko‘rib «Sen Vahshiymisan »— dedilar. Men «Xa»,— dedim «Hamzani sen o‘ldirganmiding »—dedilar. Men «Sizga to‘g‘ri aytishibdi»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh «Mendan uzoqroq yurgin, yuzingni ko‘rmayin»—dedilar. Mech chiqib ketdim. Janob Rasulullohning vafotlaridan keiin, Musaylama Kazzob (payg‘ambarlik da’vosini qilib) chiqdi. Shunda men «Musaylamaning oldiga borayin-da, uni o‘ldirayin, shoyad shu birlan Hamzani o‘ldirganim uchun orttirgan gunohimni yuvsam'» — deb odamlar birlan birga yo‘lga otlandim. (Musaylamaning uyiga yaqin borib) qarasam, sochlari to‘zg‘igan bir odam kulrang tuya yanglig‘ devorning panasida turibdi. Nayzani ko‘kragini mo‘l otdim, kuragidan teshib chiqdi Keyin, ansorlardan biri yugurib borib, boshiga qilich urdi» Abdulloh ibn Umar: «O’shanda bir qizcha tomda turib «Amirulmu’miniynni bir qora odam o‘ldirdi »—deb baqirgan erdi»,— deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling