Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 58-bob. Toif g‘azoti haqida
55-bob. Abdulloh ibn Sa’laba: «Rasululloh Fath yili yuzimni silab qo‘yganlar, u vaqtda to‘rt yashar bola erdim»,— deydilar. Sunayn Abu Jamilaning Zuhriyga xabar berishlaricha, u kishi Rasulullohni ko‘rgan va ul zot birlan birga Makka fathida ishtirok qilgan erkanlar. Amr ibn Salamadan nahl qilinadiki, Abu Qiloba Ayyubga: «Amrga uchrashmaysizmi, undan hadis so‘rar erdingiz!» — debdilar. Ayyub: «Men Abu Qilobaning gapi birlan Amr ibn Salamaga uchrashib, undan hadis so‘radim, Amr bunday deb rivoyat qildi»,— deydilar: «Biz ko‘plab odamlar o‘tib turgan joyda, suv bo‘yida turgandik, oldimizdan otliqlar o‘tib turardi. Biz ulardan: «Odamlarga ne bo‘ldi, anavi odam kim?» — deb so‘radik. Ular: «Bu odam «Olloh meni elchi qilib yubordi, u menga vahiy jo‘natdi» deb ta’kidlayotir»,— deyishdi. Men o‘shanda «vahiy» degan so‘zni yodlab olgandim, bu so‘z mening qalbimni mahv etayotgandek erdi. Arablar musulmonlarning islom dini tufayli Makkaning fath qilinishiga umid qilishar va: «Unga tegmangizlar, o‘z qavmi ustidan g‘olib keldimi, demak u haqiqiy payg‘ambar erkan!»— deyishardi. Oradan ko‘p o‘tmay, Makka fath qilindi, shunda har bir qavm musulmon bo‘lishga shoshib qoldi, otam ham qavmimizni islomga kirishga shoshirdilar. Otam Janob Rasulullohning oldilaridan qaytganlaridan so‘ng: «Men Ollohga qasamyod qilurmanki, haq payg‘ambarning oldidan keldim, u kishi bizga mana bu vaqtda mana bunday namoz o‘qishga buyurdilar. «Agar namoz vaqti bo‘lsa, bittalaringiz azon aytingiz, Qur’onni ko‘p biladirganingiz imom bo‘lsin!» deb amr qildilar»,— dedilar. Keyin, namoz vaqti bo‘lgach, Qur’onni ko‘proq biladirgan odamni qidirdilar, lekin mendan ko‘p biladirgan odam yo‘q erkan, chunki men otliq yo‘lovchilardan ko‘p eshitib yodlab olgan erdim. Meni oldinga o‘tqazib qo‘ydilar, shunda men olti yoki yetti yoshda erdim, ustimda burda, ya’ni kalta kuylak bor erdi, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 sajdaga borsam, orqam ochilib qolardi. Shunda mahalla ayollaridan biri: «Qorilaringizning orqasini yopib qo‘ymaysizlarmi?!»—deb erdi. Keyin, mato sotib olib, menga uzun ko‘ylak tikib berishgan erdi. Men benihoyat quvongan erdim». Oisha raziyallohu anhodan naql qiliiadiki, Utba ibn Abu Vaqqos (o‘lar chog‘ida) ukasi Sa’dga Zam’a (ismli) cho‘risining bolasi o‘z o‘g‘li erkanligini aytib, uni o‘z tarbiyasiga olmoqni vasiyat qilibdi. Janob Rasululloh Makkani fath etmoqqa kelganlarida Sa’d bolani ul zotning huzurlariga olib kelibdi, u birlan birga Zam’aning (katta o‘g‘li) Abd ibn Zam’a ham kelibdi. Shunda Sa’d: «Bu bola akamning o‘g‘li, buni menga topshirganlar»,— dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Yo Rasulalloh, bu mening ukam, cho‘ri Zam’aning o‘g‘li, otamning to‘shagida tug‘ilgan»,— dedi. Rasululloh Zam’aning bolasiga qaradilar, u Utba ibn Abu Vaqqosning o‘zginasi erdi. Rasululloh: «Ey Abd ibn Zam’a, bu bola sening ukang, chunki otangning to‘shagida tug‘ilgan»,— dedilar, keyin bolani Utba ibn Abu Vakqosga nihoyatda o‘xshashligini ko‘rib: «Ey Savda, bundan yuzingni yashirgil!» — deb amr qildilar». Ibn Shihob Oisha rchziyallohu anhodan nakl qilib: «Janob Rasululloh: «Bola to‘shak sohibiniki, zinokor ersa undan mahrum qilinadi» — deb aytganlar, shunda Abu Hurayra o‘zlarini tutolmay o‘kirib (yig‘lab) yuborganlar»,— deydilar. Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Rasulullohning davrlarida, Fath g‘azoti vaqtida bir ayol o‘g‘rilik qildi. Uning qarindoshlari Usomaning oldilariga kelishib, ayolni shafoat qilishni so‘rashdi. Usoma Janob Rasulullohga shu haqida aytganlarida ul zotning yuzlari qizarib ketib: «Olloh buyurgan jazoni ado etmog‘imga monelik qilayotirsanmi?!» — dedilar. Usoma darhol: «Yo Rasulalloh, meni kechiringiz!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh peshin namozi vaqtida ma’ruza qilmoqqa turdilar-da, Olloh taologa hamdu sanolar aytgach, bunday dedilar: «Ammo ba’d, sizlardan ilgarigi qavmlar biror ulug‘roq kishi o‘g‘rilik qilsa, kechirib, nochorroq o‘g‘rilik qilganda jazolaganlari uchun halokatga uchraganlar. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasam ichib aytamanki, hatto Fotima binti Muhammad ham o‘g‘rilik qilsa, qo‘lini kesardim!» — dedilar, keyin o‘g‘rilik qilgan ayolni keltirishni buyurdilar. Uning qo‘li kesildi, so‘ng chinakam tavba qilib, turmushga chiqdi». Oisha onamiz: «Usha ayol, keyinchalik mening oldimga kelib turardi, uning hojatini men Janob Rasulullohga yetkazardim»,— deydilar. Abu Usmonga Mujoshi’ rivoyat qiladilar: «Men Makka fathidan keyin, Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga akamni olib keldim-da: «Yo Rasulalloh, men akamni hijratga bay’at qildirishingiz uchun olib keldim»,— dedim. Rasululloh: «Hijrat ahli hijrat savobini allaqachon olib ketib bo‘lishdi»,— dedilar. «Bo‘lmasa, nimaga bay’at qildirasiz?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men akangni islomga, iymonga, jihodga bay’ag qildiraman»,— dedilar». «Keyin, men Abu Mu’abbid (laqabi, ismi Mujolid) birlan uchrashdim, u Mujoshi’ning akasi erkan, ukasining gaplarini tasdiqladi»,— deydilar Abu Usmon. Bu yerdagi hadis ham avvalgining o‘zginasi bo‘lib, oxirida: «Mujoshi’ning akasining oti Mujolid erdi» degan ibora bor. Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Ibn Umarga: «Shomga hijrat qilmoqchiman»,— dedim. Ibn Umar: «Hijrat tamom bo‘lgan, endi jihod bor, uyga borgin-da, o‘ylab ko‘r, agar jihodga o‘zingda qudrat sezsang, borasan, agar qudrat Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 70 sezmasang, ahdingdan qaytasan»,— dedilar». Mujoxid raziyallhu anu: «Men hijrat to‘g‘risida Ibn Umarga aytgan erdim, u kishi: «Bugun (yoki Janob Rasulullohdan keyin) hijrat yo‘q»— dedilar»,— deydilar. Bu yerdagi hadis ham avvalgi ikki hadisni takrorlaydi. Ato ibn Abu Raboh bunday deydilar: «Men Ubayd ibn Umar birlan birga Oisha onamizni ko‘rgani bordim. Ubayd Oisha onamizdan hijrat haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Bugungi kunda hijrat yo‘q, (ilgari) mo‘minlar dinlarini fitnadan asramoq uchun Olloh taolo birlan uning rasuli panohiga olib qochar erdilar, bugun ersa Olloh taolo islomni ustuvor qildi, endi mo‘min istagan joyda o‘z rabbiga ibodat qila oladi. Ammo, hijrat qilganlik savobiga erishmoqni istagan kishi Olloh taolo yo‘lida jihod qilmog‘i mumkin»,— dedilar». Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Fath kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib quyidagicha ma’ruza qildilar: «Albatta, Olloh taolo yeru osmonlarni yaratgan kundan boshlab Makkani muqaddas qildi. Olloh taolo muqaddas qilgani sababli bu yerda qon to‘kmoq to qiyomatgacha haromdur, bu mendan avval ham, mendan keyin ham biror kishiga halol (ruxsat) bo‘lmaydi, Olloh taolo menga bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi. Makkaning hayvonlari quvilmaydi, daraxtlari kesilmaydi, o‘simliklari o‘rilmaydi, bu sozandadan bo‘lak kishiga man’ qilinadi». Abbos ibn Abdulmuttalib: «Yo Rasulalloh, izxirni o‘rmoqqa ruxsat bersangiz, chunki u uyda va soz uchun zarur narsa»,— dedi. Janob Rasululloh biroz sukut qilgach: «Izxirdan boshqasini kesmangizlar, izxirni kessangizlar, mayli!»—dedilar». Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan. 56-bob. Olloh taoloning qavli: «Hunayn kuni ko‘p erkanligingiz sizlarni mag‘rur qilib qo‘ydi, ammo sanog‘ingizning ko‘pligi sizlarni falokatdan qutqarib qololmadi, sizlarga keng yer tor bo‘lib, orqaga qarab chekindingizlar. Keyin, Olloh taolo hotirjamlik nozil qildi... («... kechiruvchi rahimdil zotdur» degan qavligacha)». Ismoil ibn Abu Xolid bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfonning qo‘llarida jarohat o‘rnini ko‘rdim. Shunda u kishi Janob Rasululloh birlan birga Hunayn g‘azotida bo‘lganlarida jarohatlanganliklarini aytdilar. «Hunaynda ishtirok qilganmisiz?»~desam, «Undan ilgarigi janglarda ham qatnashganman»,~dedilar. Barro raziyallohu anhudan naql qilinadi: Bir odam u kishidan: «Sizlar Hunaynda chekinganmisizlar?» deb so‘radi. Barro: «Men guvoxlik beramanki, Rasululloh chekinmaganlar, lekin lashkarning oldingi qismi ilgarilab ketib qolib, Havozan mushriklari ularni ota boshlagandi. Abu sufyon Janob Rasulullohning Bayzo nomli xachirlarininig jilovidan ushlab borar, ul zot ersalar: «Men payg‘ambarman, yolg‘onchi ermasman, men Abdulmuttalibning o‘g‘liman!»— der erdilar». Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Qays qabilasidan bir kishi Barrodan:«Hunaynda Janob Rasulullohni tashlab qochdilaringizmi?» o‘ljalardan bergaymiz»,— dedilar. Ko‘pchilik Rasulullohning avvalgi takliflariga rozi erkanligini bildirdi. Rasululloh: «Bu yerda Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 71 qaysilaringiz rozi-yu, qaysilaringiz norozi erkanligingizni biz bilmaymiz, boringizlarda, bir vakil tayinlab, unga fikringizni aytingizlar, u ersa bizga kelib xabar bersin!» — dedilar. Odamlar ortlariga qaytib, so‘ng bir necha nomzod vakillar birlan birga kelishdi. Vakillar avvalgi taklifga barcha rozi erkanligini Janob Rasulullohga ma’lum qilishdi». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki, Hazrat Umar Hunayndan qaytayotganlarida johiliyat zamonida e’tikof qilajaklarini nazr qilib qo‘yganlari haqida Janob Rasulullohga aytibdilar, shunda ul zot: «Nazrga vafo qilg‘il!»— deb amr qilibdilar. Abu Qatoda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Hunayn kuni Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqdik, dushman birlan yuzma-yuz bo‘lganda musulmonlar orasida ozgina sarosimalik sodir bo‘ldi. Men bir mushrikning musulmonlardan birini halok qilayotganini ko‘rib qoldim. Shunda orqasidan borib bo‘yniga qilich urgan erdim, sovutini qirkib yubordim. U menga hamla qilib keldi-da, bo‘ynimdan tutib shunday bo‘g‘diki, o‘limning hidi dimog‘imga urildi. Keyin, qo‘llari bo‘shashib, o‘lib qoldi. So‘ng, men Hazrati Umarning oldilariga borib: «Odamlarga nima bo‘ldi?» — dedim. Hazrat Umar: «Olloh taolo shuni buyurgan», dedilar. Keyin, odamlar yana ortlariga qaytishdi, Rasululloh: «Kimki bir mushrikni o‘ldirgan bo‘lsa, undan qolgan o‘lja o‘shaniki bo‘lgay, ammo o‘ldirganiga guvoh topmog‘i lozim»,— dedilar. «Menga kim guvohlik bera-di?» — dedim-da, o‘ltirdim. Janob Rasululloh boyagi gaplarini uch marta takrorladilar, shunda har safar o‘rnimdan turardim-da: «Menga kim guvohlik beradi?» —deb, yana o‘ltirardim. «Senga nima bo‘ldi, Ey Abu Qatoda?» — dedilar. Men bo‘lgan voqeani gapirib berdim. Shu payt bir odam o‘rnidan turib: «Rost aytyapti, u o‘ldirgan odamning narsalari menda, men uni rozi qilaman»,— dedi. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Rasululloh boyagi gaplari birlan Olloh taolo va uning rasuli uchun jang qilgan Olloh sherlaridan biri bo‘lmish kishidan o‘ljasini olib senga berishni qasd qilgan ermasdilar!» —dedilar. Payg‘ambar alayxissalom: «Abu Bakr rost gapiryapti, uning o‘ljasini ber!» — deb jangchiga buyurdilar. U menga o‘ljamni berdi. Men bu o‘ljani» sotib, puliga Banu Salamadan bir bog‘ oldim. Bu mening islomdagi dastlabki bisotim bo‘ldi». Abu Qatoda mavlolari Abu Muhammadga bunday degan erkanlar. «Xunayn kuni men bir musulmon va bir mushrikning o‘zaro jang qilishayotganini ko‘rdim, shunda boshqa bir mushrik musulmonning orqasidan kelib uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi Men tezda unga hamla qilgan erdim, u menga qilich ko‘tardi, lekin men chaqqonlik qilib qo‘lini chopib tashladim. U meni sog‘ qo‘li birlan shunday bo‘g‘diki, o‘ldirib qo‘ymasaydi deb qo‘rqib ketdim, keyin birdan qo‘li bo‘shashib ketdi men uni o‘ldirdim. Shu vaqt musulmonlar chekinib qolishdi men ham ularga qo‘shilib chekindim. Qochib ketayotib hazrat Umardan: «Nima bo‘ldi?»—deb so‘ragan erdim, u kishi: «Olloh amr qildi»,— dedilar. Keyin, odamlar Janob Rasulullohning oldilariga to‘planishdi. Rasululloh: «Kim mushrikni o‘ldirganini isbot qilsa, undan olgan o‘ljasi o‘ziniki bo‘ladi»,— dedilar. Men ham turib kofirni o‘ldirganimga guvoh qidirdim, lekin menga guvohlik beradigan kishini topolmadim. Keyin, «Uzim ayqam- chi?» degan fikr xayolimga kelib qoldi-da, qanday o‘ldirganimni Janob Rasulullohga o‘zim aytib berdim. Shu yerda o‘ltirganlardan biri: «Usha o‘ldirilgan odamning qurol- yarog‘i menda men uning o‘rniga boshqa narsa berib rozi qilaman», dedi. Abu Bakr raziyallohu anhu: «Yo‘q, aslo, Rasululloh Quraysh qushchasiga qurolni berib, Olloh va uning rasuli uchun jang qilgan Olloh sherlaridan bo‘lmish bir sherni mahrum Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 72 qilmaydilar!» — dedilar. Rasululloh o‘rinlaridan turib qurolni menga olib berdilar. Men uni sotib, puliga xurmozor oldim. Islomdagi birinchi dastmoyam mana shu bo‘ldi». 57-bob. Avtos g‘azoti haqida Abu Muso raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Paygambar alayhissalom Hunayn gazotidan forig bo‘lganlaridan keyin, Abu Omirni lashkarga bosh qilib Avtosga jo‘natdilar. Yo‘lda mushrik Durayd ibn as-Simma yo‘liqdi, uni o‘ldirishdi sheriklarini Olloh taolo maglub etdi. «Janob Rasululdoh, deydilar Abu Muso,— Abu Omir birlan birga meni ham jo‘natgan erdilar. Nogahon, Abu Omir tizzalaridan o‘q yedilar. Uqni Jushamiy kamondan otgan erdi. Men darhol Abu Omirning oldilariga borib: «Ey amaki, sizni kim otdi»? — deb so‘radim. U kishi Jushamiyga ishora qilib: «Meni otgan qotil shu!» — dedilar. Men uni quvib ketdim, u meni ko‘rib qocha boshladi. Uni quvayotib: «Qochgani uyalmaysanm? — dedim. U to‘xtadi, barobar qilich urishib, uni o‘ldirdim. Keyin, Abu Omirning yonlariga kelib: «Olloh taolo mening qo‘lim birlan raqibingizni o‘ldirdi!»—dedim.Abu Omir o‘qni sugurib olishimni iltimos qildilar, men sugurgan erdim, o‘rnidan suv oqdii. Abu Omir menga: «Ey jiyanim, Janob Rasulullohga salom aytgin, mening haqimga istigfor ayqinlar!» — dedilar. Keyin, meni odamlarga boshliq qildilar-da, birozdan so‘ng vafot etdilar. Jangdan qaytgandan so‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, u kishi uylaridagi qamish (bo‘yra)dan qilingan chorpoyada erkanlar. Chorpoyaga to‘shak solingan bo‘lib, Janob Rasulullohning orqalari va yonboshlarida bo‘yraning botgan izi ko‘rinib turardi. Men o‘zimiz hamda Abu Omir haqlarida gapirdim, u kishining «Mening haqimga istigfor ayqinlar!» deganlarini ham aytdim. Rasululloh bir idishda suv so‘radilar, unga tahorat olib, keyin duoga qo‘l ochdilarda: «Ey Olloh, bandaig Abu Omirni magfirat qilgin!» — dedilar. Shunda men Janob Rasulullohning qo‘ltiqlari oppoq erkanligini ko‘rdim. Keyin: «Ey Olloh, qiyomatda martabasini ko‘pchilik bandalaring martabasidan ulug qilgin!» — deb yana duo qildilar. Men ul zotga: «Meni ham duo qilingiz!» — dedim. Rasululloh: «Ey Olloh, Abdulloh ibn Qaysning ham gunohini kechirgin, Qiyomat kuni unga ham faxrli joy ato etgin!» —deb duo qildilar». Abu Burda: «Duolarning biri Abu Omir uchun, ikkinchisi Abu Muso uchun bo‘ldi»,— deydilar. 58-bob. Toif g‘azoti haqida Muso ibn Uqba: «Toif gazoti hijratning 8- yili shavvol oyida bo‘lgan erdi»,— deydilar. Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh Toifni qamal qilganlarida biror natija bo‘lmadi, keyin: «Xudo xoxlasa, qaytamiz»,— dedilar. Bu gap ko‘pchilikka ogir botdi, «Qaytarkanmiz, fath qilmas erkanmiz»,— deyishdi. So‘ng, «Ertalab urushga chiqinglar!» — deb buyurgan erdilar, musulmonlar jangga chiqdilar, lekin qo‘rgon berk, uning tepasidan otilgan o‘q va toshlardan musulmonlarga jarohat yetdi. Keyin, Rasululloh: «Xudo xohlasa, ertaga qaytamiz»,— degan erdilar, hammalari xursand bo‘lishdi, Rasululloh kulib qo‘ydilar». Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib mushriklarga qarata kamondan o‘q uzgan Sa’d ibn Abu Vaqqos hamda Toif qo‘rgonidan oshib tushib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelgan Abu Bakra (Nofi’ ibn Masruq) rivoyat qilurlarki, Janob Rasululloh: «Kimki ataylab o‘z otasidan tonib, boshqa birovni otam deb Da’vo qilsa, unga jannat Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 73 haromdur!»—degan erkanlar. Osim raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Men ushbu hadisni Sa’d va Abu Bakradan eshitganman»,— dedi. Abu Usmon. Men unga: «Sen aytgan hadisning to‘g‘riligiga ikki kishining guvoh erkanligi kifoyadur»,— dedim. U menga: «Ha to‘g‘ri! Usha ikki kishining biri islom yo‘lida birinchi bo‘lib kamondan o‘q uzgan kishidir, ikkinchisi ersa qamal kuni Toif qo‘rg‘onidan oshib o‘tib Janob Rasulullohning qoshlariga kelgan yigirma uch musulmonning uchinchisidur»,-dedi. Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Janob Rasululloh Makka birlan Madina o‘rtasidagi Ji’rona degan joyda manzil tutgan erdilar, ul zot birlan birga Hazrat Bilol va men o‘ltirgan erdim. Shu payt bir badaviy kelib Janob Rasulullohga: «Menga bergan va’dangizni bajarmaysiz-mi?»—dedi. (Badaviy talab qilgan va’da nimadan iborat erkanligi roviylarga ma’lum ermas). Rasululloh: «Xursand bo‘lgil!»—dedilar. Badaviy: «Xursand bo‘lgil!»ni menga ko‘p aytgansiz!»—deb Abu Muso birlan Bilolga g‘azab birlan qaradi. Rasululloh ularga: «Bashorat rad qilindi, ikkovingiz qabul qilib olingiz!» — dedilar. Ikkovlari barobar: «Qabul qildik!» — deyishdi. Keyin, Rasululloh qadahda suv keltirishni buyurdilar, unga ikki qo‘llari va yuzlarini yuvdilar-da, qolganiga dam soldilar, so‘ng: «Bundan ichingiz, yuzlaringizga quyingiz, tomoqlaringizga surtingiz va xursand bo‘lingiz!» — dedilar. Ikkovlari qadahni olib, Janob Rasululloh buyurganlaridek qilishdi. Parda orqasidan Ummu Salama raziyallohu anho: «Agar onalaringiz uchun suvdan orttirolsangiz, menga ham uzatib yuboringiz!» — dedilar». Safvon ibn Ya’lo bunday deb xabar beradilar: «(Otam) Ya’lo: «Koshkiydi, men Janob Rasulullohga vahiy tushayotgan paytni ko‘rsam!» — deb doim orzu qilur erdilar. Tez kunlarda Payg‘ambar alayhissalom Ji’ronaga tushdilar, ashoblari atroflarida turib boshlariga bir kiyim birlan soya qilib turishardi. Shu vaqt xushbo‘yliklar sepilgan jubba kiygan bir badaviy kelib: «Yo Rasulalloh, bir kishi jubba kiyib, unga xushbo‘yliklar sepgach, ehrom bog‘lasa, nima deysiz?»—dedi. Hazrat Umar Ya’loga «Kel!» deb ishora qildilar, Ya’lo kelgach, boshlarini Janob Rasulullohning tepalariga tutib turilgan kiyim ostiga suqdilar. Qarasalar, ul zot yuzlari qizargan, chuqur-chuqur nafas olardilar. Bu holat bir soatcha davom etdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Mendan umra haqida so‘ragan odam qani?» — dedilar. Boyagi odamni qidirib topib kelishdi. Janob Rasululloh unga: «Jubbani yechib tashla, badaningga yuqib qolgan xushbo‘ylikni uch bor yuvib ketkiz, keyin hajda ne qilsang, umrada ham shunday qilgil!» — dedilar». Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Hunayn g‘azotida Janob Rasulullohga katta o‘lja ato etgach, uni islom diniga endigina kirganlarga taqsim qildilar, lekin ansorlarga hech narsa bermadilar. Shunda ansorlar o‘zlariga o‘ljadan ulush tegmagani uchun ranjigandek bo‘lishdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey ansorlar jamoasi! Men sizlarni yo‘ldan adashgan holda topmaganmidim?! Olloh taolo mening sababim birlan sizlarni hidoyat qildi, tarqoq erdingizlar,mening sababim birlan sizlarni birlashtirdi, kambag‘al erdingizlar, mening sababim birlan sizlarni boy qildi. (Rasululloh shunga o‘xshash gaplarni aygganlarida, ansorlar har gal: «Olloh va uning rasuli har qancha minnat qilsa, loyiq!» —deyishardi). Agar xohlasangizlar, sizlar ham: «Hijrat qilib kelganingizda biz sizga joy berdik, xor bo‘lganingizda yordam berdik, qo‘rqib kelganingizda xotirjam qildik!»— deb menga minnat qilingizlar!» — dedilar. Ammo, ansorlar: «Minnat va fazl Olloh taologa va uning paygambariga xos!» — deb javob berishdi. Janob Rasululloh: «Boshqalarning qo‘y va tuyalarni olib o‘z manzillariga ravona bo‘lmog‘iga, o‘zingizning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 74 ersa meni birga olib ketmogingizga rozi bo‘larsizlar, axir?! Agar hijrat bo‘lmaganda men ansorlardan biri bo‘lgan bo‘lur erdim. Odamlar o‘zga bir vodiy yoki o‘zga bir dara bo‘ylab yursalar, men ansorlar vodiysi yoki darasi bo‘ylab yurardim. Ansorlar mening uchun kuylagimdek yaqin bo‘lib, boshqalar choponim yanglig‘durlar. Mendan keyin sizlar boylikka ruju’ qilganlarning shohidi bo‘lgaysiz-lar, Havzi Kavsar bo‘yida uchrashgunimizcha sabr qilingizlar!» — deb xitob qildilar». Anas ibn Molik bunday deydilar: «Olloh taolo Rasulullohga Havozan mol-dunyosidan ko‘p o‘ljalar ato etgach, ul zot uni har bir kishiga yuz tuyadan taqsim qila boshladilar. Shunda ansorlar: «Olloh o‘z rasulini mag‘firat qilsin, Qurayshga nasiba berdilar-u, bizni unutdilar, vaholanki hali mushriklarning qilichimizdagi qoni qurigani yo‘q!» — deyishdi, Rasulullohga ularning bu gaplari yetkazildi. Janob Rasululloh ansorlarga odam yuborib, ularni teridan yopilgan bir qubba ostiga yig‘dilar, lekin boshqalarni chaqirmadilar. Ansorlar yig‘ilgach, Rasululloh o‘rinlaridan tUrdilar-da: «Sizlar haqqingizda menga aytishgan gap Qanday gap bo‘ldi?!»—deb so‘radilar. Ansorlar orasidagi faqih kishilar: «Ey Ollohning rasuli! Boshliqlarimiz hech narsa deyishgani yo‘q, faqat yoshlarimizgina: «Olloh o‘z rasulini kechirsin. Qurayshga o‘lja berdilar-u, bizni unutdilar, vaholanki hali mushriklarning qilichimizdagi qoni qurigani yo‘q!»—deyishdi»,—deb aytishdi. Janob Rasululloh- «Men endigina kufrdan qaytib islomga kirganlarga o‘ljabera yotirman, maqsadim ularni islomga ko‘proq jalb qilmoqlikdur. Ular uylariga o‘ljalar birlan qaytgan chog‘larida, sizlar uylaringizga payg‘ambar birlan qaytmoqqa rozi bo‘lmaysizlarmi?! Olloh haqi, sizlar olib qaytadirgan narsa, ular olib qaytadirgan narsadan yaxshiroqdur!»— dedilar. Ansorlar: «Yo Rasulalloh, albatta biz shunga rozimiz!»— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom «Kelajakda boylikka ruju’ qilganlarning shohidi bo‘lursizlar. Olloh Taolo birlan uning rasuliga ro‘baro‘ bo‘lguningizcha sabr qilingizlar, men Havzi Kavsar bo‘yida bo‘lgayman» — dedilar». Anas: «Ammo ular sabr qilishmadi»,— deydilar. Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ansorlarni yig‘dilar-da: «Quraysh yaqindagina jaholatu badbaxtlik iskanjasidan qutulgandur, men ularni to‘g‘ri yo‘lga solib, qalblarida islomga nisbatan do‘stlik. Uyg‘otmoqchiman. Ular uylariga o‘ljalar birlan qaytgan chog‘da, nahotki sizizlar payg‘ambarni uyingizga olib qaytmoqqa rozi bo‘lmasangizlar?!»—dedilar. Ansorlar: «Ha, rozimiz!» —deyishdi. Rasululloh: «Agar odamlar o‘zga bir vodiy bo‘ylab yursalar, men ansorlar vodiysi bo‘ylab yurgayman!» - - dedilar». Abdulloh Ibn Mas’ud bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hunayn g‘azotida olingan o‘ljalarni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Olloh taoloni yuz-xotir qilmay taqsim qilindi»,— dedi. Men bu gapni Janob Rasulullohga borib aytdim. Buni eshitib, Janob Rasulullohning yuzlari o‘zgarib ketdi, keyin: «Musoni Olloh taolo Rahmat qilsin, u kishiga bundan qam ko‘p ozor yetkazishgan, ammo sabr qilgan erdilar!»— dedilar». Abdulloh Ibn Mas’ud razayallohu anhu bunday deydilar: «Hunayn voqeasidan keyin, Payg‘ambar alayhissalom ba’zi odamlarni ortiqroq ko‘rib, ko‘proq o‘lja berdilar. Chunonchi, Aqra’ga yuz tuya, Uyaynaga ham shuncha tuya in’om qildilar. Shunda bir Odam «Ollohni yuz-xotir qilmay taqsim qilindi»,— dedi.Men bu gapni Janob Rasulullohga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling