Hozir uxlasang, albatta, orzularingni


Download 315.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2020
Hajmi315.81 Kb.
#103568
Bog'liq
7-sinf, Jahon tarix, 10-14-mavzular (MAXSUS, DTM STANDARTI)


@Tarix_Test_Uz - Tarix fanidan eng sifatli testlar kanali 

 

HOZIR UXLASANG, ALBATTA, ORZULARINGNI 



TUSHINGDA KO’RASAN. AGAR UYQUNING 

O’RNIGA O’QISHNI TANLASANG, 

ORZULARINGNI HAYOTDA KO’RASAN. 

 

7-SINF, JAHON TARIXI, 10-14-MAVZULAR 

(MAXSUS TEST) 

1. Muhammad alayhissalom tavallud topganidan             

60 yil o’tib yuz bergan voqean toping? 

a) Arablarning katta qismi musulmon bo’ladi; 

b) Abu Bakr xalifalik taxtiga chiqadi; 

c) Muhammad (s.a.v.) o’z tarofdorlari bilan Yasrib  

(Madina) ga hijrat qiladilar; 

d) Suy sulolasi taxtdan tushiriladi; 

2. Yevropalik olimlar Osiyo mamlakatlarining qaysi 

fan sohalaridagi yutuqlarini o’zlashtirganlar? 

1) Matematika;   2) Tarix;   3) Geografiya;                                 

4) Kartagrafiya;   5) Astronomiya;   6) Geometriya;                        

7) Tibbiyot; 

a) 1, 3, 5,7   b) 1,4, 6, 7   c) 2, 4, 5, 6   d) 1, 4, 5, 7 



3. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda rassomchilikning qaysi 

ayniqsa rivoj topgan? 

a) Devoriy rasmlar chizish 

b) Bo'rtma naqshlar chizish; 

c) Ikona va Freskalar chizish; 

d) Haykallarga rasm tushirish; 



4. Arab xalifaligida san'atning barcha sohalariga 

nisbatan yuksak taraqqiy qilgan sohani belgilang? 

a) Devoriy rasmlar chizish;    b) Memorchilik; 

c) Xattotlik;    d) Metallga ishlov berish; 



5. Quyidagi voqealardan bir asrda yuz berganlarini 

aniqlang? 

1) Turk xoqonligining hujumi xavfi Xitoyni 

birlashuviga turtki bo'ldi;   2) Bolgariya podsholigiga 

asos solindi;   3) Xanlin akademiya tashkil etildi;                

4) Ajanta ibodatxonasining qurilish ishlari 

yakunlandi;   5) Arab xalifaligi tarkibidan Misr, 

Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka 

erishdi;   6) Hindistonda Xitoy tarixchisi Syuan 

Szyan bo'ldi;   7) Pekinda "Poytaxt axboroti" nomli 

gazeta chiqa boshladi; 

a) 2, 4, 6   b) 1, 3, 5   c) 2, 4, 7   d) 1, 3, 6 



6. Musiqachi va qo'shiqchi Ziryap yashagan asrda 

yuz bergan voqeani aniqlang? 

a) Xitoyda kitob bosish dastkohi kashf etildi; 

b) Arab xalifaligi qo'shinlari Shimoliy Afrikani to'liq 

bo'ysuntirdi; 

c) Arab xalifalig tarkibidan Misr, Eron, 

Movarounnahr va Xuroson ajralib chiqib, 

mustaqillikka erishdi; 

d) G'azna hukmdori Mahmud G'aznaviyning 

qo'shinlari Hindiston shimoliga 17 marta 

bosqinchilik yurushlarini amalga oshirdi; 

7. Ilk o'rta asrlarda Hindistonda alohida xizmat 

ko'rsatgan kishilarni taqdirlashda qaysi yer shaklidan 

foydalanilgan? 

a) Grass;     b) Iqto;     c) Patta;     d) Xolisa; 



8. Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchraganidan 

uch asr o'tib…………………? 

a) Xitoyda Buyuk kanal hamda dengiz sohillari 

bo'ylab, Xanchjou, Kayfin va Yanchjou shaharlari 

yuksaldi; 

b) Hindistonga bostirib kirgan eftaliylar hujumlari 

ostida guptalar imperiyasi parchalandi; 

c) Musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina 

boshlandi; 

d) Hindistonda xitoy tarixchisi Syuan Szyan bo'ldi; 



9. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda qaysi fanlar yuksak 

taraqqiy qilgan? 

a) Matematika, geografiya, geometriya va tarix, ; 

b) Astronomiya, matematika, geografiya va 

geometriya, ; 

c) Geografiya, matematika, astronomiya va tarix, ; 

d) Geografiya, matematika, astronomiya va falsafa, ; 

10. Ilk o'rta asrlarda qayerda tabiblar murakkab 

jarrohlik asboblari va og'riqni bosadigan dori-

darmonlar ko'magida jarrohlik muolajalarini 

o'tkazganlar, shuningdek davolashda maxsus 

tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan 

foydalanilgan? 

a) Hindiston    b) Xitoy  

c) Arab xalifaligi    d) Gaochan davlati; 



11. Xitoy Buyuk ipak yo'li ustida joylashgan 

Gaochan davlatini egallaganidan necha yil o'tib 

Iroqning Kufa shahrida Arab xalifaligiga qarshi 

qo'zg'alon ko'tariladi? 

a) 47 yil;      b) 51 yil;     c) 45 yil;    d) 61 yil; 

12. Quyidagi qo'zg'alonlar ichida nisbatan ko'proq 

davom qilganini toping? 

a) "Qizil ko'ylaklilar" qo'zg'aloni; 

b) Abu Muslim qo'zg'oloni;       

c) Iroqning Kufa shahridagi qo'zg'alon; 

d) Muqanna qo'zg'oloni; 



13. Qaysi hududlar istilo etilgach, zodagonlar 

xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi 

bilan murojat qiladilar? 

a) Falastin va Suriya;     b) Suriya va Eron; 

c) Misr va Eron;             d) Misr va Suriya; 

14. Hind olimlari qaysi fan sohalarida kata 

yutuqlarga erishganlar? 

a) Astronomiya, matematika va tibbiyot, ; 

b) Matematika, astronomiya va tarix, ; 

c) Geografiya, astronomiya va tibbiyot, ; 

d) Astronomiya, geometriya va tibbiyot, ; 



@Tarix_Test_Uz - Tarix fanidan eng sifatli testlar kanali 

 

15. Xitoyda qaysi sulola davriga oid 500 jildlik 

solnomalar bizga qadar yetib kelgan? 

a) Suy;      b) Sun;      c) Tan;      d) Xan; 



16.  Musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina 

boshlangan asrda yuz bergan voqeani aniqlang? 

a) Xitoyliklar selitradan porox olishni kashf 

qilishgan; 

b) Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan 

mamlakatlarda qator xalq qo'zg'alonlari bo'lib o'tgan; 

c) Xalifalik qo'shinlari Shimoliy Afrikani to'liq 

bo'ysuntirdi; 

d) Musiqachi va qo'shiqchi Ziryab yashagan; 

17. Memorlar islom memorchiligi durdonalari 

bo'lgan binolarning ichki va tashqi tomonlarini 

bezashda nimadan keng foydalanishgan? 

a) Payg'ambarlarning suratlaridan; 

b) Ilohiy jonzodlarning tasvirlaridan; 

c) Qur'oni karimdan olingan oyatlardan; 

d) Har-xil bezaklar bian bezatilgan tosh 

taxtachalardan; 



18. Lik o'rta asrlarda Xitoydagi sulolarni xronologik 

jihatdan to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring? 

a) Xan, Suy, Sun, Tan, ;      b) Xan, Tan, Sun, Suy, ; 

c) Xan, Suy, Tan, Sun, ;      d) Suy, Xan, Tan, Sun, ; 



19. Buyuk Ipak yo'li ustida joylashgan Gaochan 

davlati bosib olinganidan necha yil o'tib Kareyaga 

qarshi urush boshlandi? 

a) 28 yil;   b) 33 yil;     c) 31 yil;     d) 23 yil; 



20. Qaysi sulola davrida Xitoy Turk xoqonligiga 

qarshi urushlar olib boradi; 

a) Tan;   b) Suy;   c) Xan;   d) Sun; 

21. Qaysi xalifa davrida Eron to'liq egallanadi? 

a) Umar;   b) Usmon;   c) Abu Bakr;   d) Ali; 



22. Quyidagi javoblarning qaysi birida Arab 

xalifaligining siyosiy inqiroziga sabab bo'lgan 

omillar to'g'ri berilgan? 

1) Xalq qo'zg'alonlari;   2) Tashqi xujumlar;                          

3) Urushlar;   4) Hokimiyat uchun kurash;   5) Davlat 

poytaxtining uzoqda joylashganligi;   6) Iqtisodiy 

qoloqligi;    

a) 1, 3, 5   b) 1, 3, 4   c) 2, 4, 6   d) 1, 2, 3 



23. Arab xalifaligidan ajralib chiqqan birinchi 

amirlik qayerda tashkil topadi? 

a) Eronda  b) Misrda  c) Arabistonda  d) Ispaniyada 

24. Arablarda aholi soni ko'payib, qabilalar orasida 

suv manbalari va yaylov uchun kurash kuchaygan 

asrda yuz bergan voqeani aniqlang? 

a) Turk xoqonligining hujumi Xitoyning birlashuviga 

sabab bo'ldi; 

b) Xalifalikdan ajralib chiqqan birinchi amirlik  

Qurdoba deb atala boshlandi; 

c) Hindistonda yer egaligi munosabatlari vujudga 

kela boshladi; 

d) Hindistonda Xitoy tarixchisi Syuan Szyan bo'ldi; 



25. Hindistonda o'z xonadonlariga ma'lum bo'lmagan 

amaldorlarga rojalar yerni ma'lum muddatga 

foydalanishga berganlar bunday yerlar qanday 

atalgan edi? 

a) Grass;      b) Jogir;      c) Patta;     d) Fead; 

26. Suy sulolasi davrida qanday islohat o'tkazilgan? 

a) Yer islohoti;          b) Pul islohoti; 

c) Harbiy islohat;      d) Davlat boshqaruviga oid; 

27. Xitoyda qanday turdagi yerlar soliqlardan ozod 

qilingan edi? 

a) Harbiy xizmati evaziga berilgan yerlar; 

b) Ibodatxonalarga tegishli yerlar; 

c) Imperotor taqdim etgan yerlar; 

d) Ijaraga berilgan yerlar; 



28. Xitoyda qachonga kelib markazlashuv nihoyasiga 

yetdi? 


a) VI asrda   b) III asrda   c) IV asrda   d) V asrda; 

29. Guptalar imperiyasini parchalab yuborgan qabila 

nomi to'g'ri berilgan javobni aniqlang? 

a) Kushonlar;             b) Eftaliylar; 

c) Kidariylar;             d) G'aznaviylar; 



30. Quyidagi qaysi davlatda shakllangan ijtimoiy 

munosabatlar sof feodal ko'rinishida bo'lmasdan, 

qulchilik udumlari ma'lum darajada saqlanib qolgan? 

a) Tan imperoyasida;    b) Hindistonda; 

c) Arab xalifaligida;    d) Sun imperiyasida; 

31. Qaysi sulola davrida Xitoyda barcha yerlar 

davlatniki deb e'lon qilindi? 

a) Sun;     b) Tan;     c) Xan;     d) Suy; 

32.  Buyuk kanalning qurilishi Xitoyning qaysi 

qismidagi viloyatlarning dengizga chiqishiga sharoit 

yaratdi? 

a) Sharqiy   b) Janubiy   c) Shimoliy   d) G'arbiy 



33. Xitoyda qaysi sulola davrida qabul qilingan 

qonunga ko'ra dehqon yerni erkin sotishi, garovga 

qo'yishi mumkin bo'ldi? 

a) Tan;     b) Suy;     c) Sun;     d) Xan; 



34. Qaysi xalifa davrida Dog'istonni egallab, 

Amudaryo sohillariga chiqdi? 

a) Abu Bakr  b) Usmon  c) Umar  d) Ali; 

35. Nisbatan oldinroq yuz bergan qo'zg'alonni 

aniqlang? 

a) "Qizil ko'ylaklilar"   b) Abu Mislim qo'zg'aloni; 

c) Li Yuan qo'zg'aloni   d) Muqanna qo'zg'aloni; 



36. Arab xalifaligidan ajralib chiqqan birinchi 

mustaqil amirlik qachon tuzuldi? 



a) 750-yilda  b) 747-yilda  c) 756-yilda  d) 753-yilda; 

 

Download 315.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling