Zihe husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo


Download 32.21 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1790861
Bog'liq
2 5386556414216912061


1.Zihe husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,
Bu savdolar bila kavnayi bozorida yuz g‘avg‘o.
(Ajoyib husning ko’rib, har kimga bir savdo tushdi,
Bu savdolar bilan ikki dunyo bozorida yuz g’avg'o) sifatlash, tasbe

2.Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig‘ osonkim,


Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.
( Seni topmoqlik ancha qiyindur, topmaslik oson,
Paydoliging yashirindir, yashirinliging paydo.) tazod= mushkul, oson; pinhon paydo=tazod; paydolig’ pinhon, pinhonlig’ paydo= tarde aks

3.Chaman otashgahiga otashin guldin chu o‘t solding,


Samandardek ul o‘tdin kulga botti bulbuli shaydo.
( Gulzorda otashin guldek o’t sochding,
Samandardek bulbuli oshiq bu o’tdan kulga botdi.)
Otashin guldin= istiora
Samandardek= tashbeh
Samandar = talmeh
4.Ne ishka bo‘ldi beorom ko‘zgu aksidek Majnun,
Yuzi ko‘zgusida aksini gar ko‘rguzmadi Laylo.
( Yuzin ko’zguda ko’rsatmasa Laylo, Majnun har ishda ko’zgu aksidek beorom bo’ldi)
Talmeh, tashbeh

5.Quyoshqa gah qizarmoq, gohe sarg‘armoq erur andin


Ki, sun’ung bog‘ida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.
( Quyosh goh qizarar goh sarg’ayar undan,
Ki, ijoding bog’ida bor bu sifat yuz ming ra’no gulda)
Quyoshqa gah qizarmoq(uyalmoq)= tashxis

6.Nedin yuz gul ochar ishq o‘tidin bulbul kabi Vomiq,


Vomiq Yuzingdin gar uzori bog‘ida gul ochmadi Azro.
( Yuz gul ochar ishq o’tidin bulbul kabi Vomiq,
Vomiq yuzingdan chehrai bog’ida gul ochmadi Uzro)
Tasbe= Vomiq, Vomiq; Talmeh= Vomiq va Uzro asar qahramonlari; Tashbeh= bulbul kabi; Iyhom=yuz
7.Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar
Nedin bas la’l o‘lur Farhodning qon yoshidin xoro.
( So’zingni Shirin labida qilmading yashirin, bas, bu bo’lur Farhodning yoshidan qattiq)
Talmeh, ishtiqoq= la’l
8.Jamoling partavidin sham’ o‘ti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona o‘t ichra o‘zin solur Xaliloso.
( Jamoling o’tidan sham o’ti guliston emas, o’t ichra Xalil kabi parvona bo’lar)
Talmeh, tashbeh
9.Malohat birla tuzdung sarvqadlar qomatin, ya’ni
Ki, mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.
(Muloyimlik bilan tuzding sarvqomatlar qomatin ya’ni bunday zeb bilan u alifni aylading zebo) Kitobot =alif

10.Qanoatning dalilin inzivo qilding yana bir ham


Dalil ushbuki qoni’ harfidin xalq aylading anqo.
( Qanoatni dalili: o’zingni chetga olding yana bir dalil shuki, qanoatli odam tilidan xalqni atading Semurg’)
Istiora
11.Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun,
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go‘yo.
(Navoiy qaysi til bilan sening madhing bayon qilsin,
Go’yo tikan jannat gulini tasvirlashda gung bo’lgandek.)
Tashbeh, tamsil tazod tashxis tanosub


Lug‘at


Zihi - ofarin, qoyil, ajoyib.
Zuhur - ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq, oshkoro bo‘lmoq.
Savdo - hoyu havas, devonalik, tashvish, orzular, xayollar, uri nish-intilishlar.
Kavnayn - ikki dunyo.
Bozor - ko‘chma ma’noda: tashvish-talanishlar, muomala-munosa bat, dunyoviy hayot.
Pinhon - yashirin, ko‘rinmas.
Paydo - ravshan, ochiq, ko‘rinadigan.
Otashgah - olov ko‘rasi, o‘choq, olovli joy. «Chaman otashgohi» - gulzor, ochilgan qizil gullar.
Samandar - afsonaga ko‘ra, olovda tug‘ilib, olov ichida yashay digan jonivor.
Shaydo - oshiq, oshufta, mastu devona.
Sun’ - san’atkorlik, yaratish, ijod qilish.
Uzor - yuz, chehra.

Muzmar - yashirin, berkitilgan, narsaning zamirida yashirin ganlik.
Xoro - qattiq, tarashlanmagan tosh. Partav - nur, shu’la, chaqin, safo. Gulsiton - guliston.
Xaliloso - Xalil kabi. Xalil - Ibrohim payg‘ambarning laqabi, xudoning do‘sti degani. Qur’onda keltirilishicha, u podsho Namrud tomonidan gulxanga tashlangan, ammo yonmagan.
Malohat - muloyimlik, jozibadorlik, dilkashlik.
Sarvhad - tik va go‘zal qomat.
Inzivo - uzlat, go‘shanishinlik, odamlardan o‘zini chetga olish.
Qone’ - qanoatli odam.
Anho - Afsonaviy qush, topilmas, ko‘rinmas qush, Simurg‘.
Alif - arab yozuvining birinchi harfi. Tikka bo‘lganligi uchun go‘zal qomatlar unga o‘xshatilgan

G`azal baytlari tahlil qiling.


Tahlilni quyidagi tartibda amalga oshiring:

  1. G`azal qofiyalanish tartibini aniqlang; J:

a a, b a, d a, e a, f a, g a, h a, i a, j a, k a, l a.

  1. G`azaldagi qofiyadosh so`zlarni yozing; J:

Savdo, g’avg’o, paydo, shaydo, Laylo, ra’no, Azro, xoro, Xaliloso, zebo, anqo, go’yo.

  1. G`azal mavzusini aniqlang;

J: ishqiy mavzuda



  1. G`azalni baytma-bayt sharhlang:

  1. uning nasriy bayonini yozing; yozildi

  2. baytlarda qo`llanilgan badiiy tasvir vositalarini aniqlang. aniqlandi

Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling