Mavzusini joriy qilish


Download 259.64 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2020
Hajmi259.64 Kb.
#106116
  1   2   3
Bog'liq
Alkanlar metodikasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI 16.26-GURUH TALABASI NING

KIMYO O’QITISH METODIKASI FANIDAN

ALKANLAR MAVZUSINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYANING “AQLIY HUJUM” MAVZUSINI JORIY QILISH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN



2020


Alkanlar mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyaning “Aqliy hujum” mavzusini joriy etish

Reja:

  1. Kirish……………………………………………………………………… 3

2. Asosiy qism:

2.1. “Aqliy hujum” metodining mazmun va mohiyati………………. 6

2.2. «Aqliy hujum» metodinining asosiy qoidalari va tuzilmasi……. 9

2.3. Alkanlar mavzusini o’qitishda “Aqliy hujum” metodini

joriy qilish ……………………………………………………….. 12

2.4. Mavzuni mustahkamlash ……………………………………. 17

3. Xulosa………………………………………………………………………… 27

4. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………….. 30



1. Kirish

O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo'lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yosh avlod ma'lum bilimlar yig'indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat quruvchiga xos ma'naviyat va ma'rifat egasi bo'lib, o'zining mehnatga munosabati va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo'lishi kerak.

Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir.

O'qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak.

O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qolaboshlaydi.

Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson uziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega.

Kimyo o'qitish uslublari ma'lum tartibda o'rganiladi. Avval o'qish jarayonining asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o'qish jarayonini tashkil etish uslublari, o'qitish qurollari, shakli va o'qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab chiqiladi.

Kimyo o'qitish uslublari faqat ma'ruzalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar ko'rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni echish uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni o'rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta ahamiyatga ega.

Fan va texnikaning rivojlanishi o'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar to'lqiniga bo'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai-nazaridan qaraydigan bo'lsak, o'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. O'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab o'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday mas'uliyatli ishni hal etish o'quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga qaratishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis o'z ishi metodikasiga qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O'qituvchi ishining asosiy o'qitish metodikasi o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo o'qituvchisi ishining asosi-kimyo o'qitish metodikasidir.

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko’rinishdagi kimyoviy oddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o’zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o’rganuvchi aniq fan hisoblanadi. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi Yer, suv, havo, osmon jismlari, umuman, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro’zg’or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qishloq ho’jaligi, sanoat va xalq ho’jaligining boshqa sohalarida ishlatilayotgan barcha asbob-anjomlar, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma'lum bo’lgan 109 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o’zaro birikishi natijasida hosil bo’lgan birikmalardir. Shuning uchun kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o’zgarishlar natijasida hosil bo’ladigan moddalarning xossalari, ulardan foydalanish yo’llari va boshqa insoniyat uchun muhim bo’lgan qator rhuammolarni hal qilishda bevosita ishtirok etadi.' Tabiatda mavjud bo’lmagan, sintetik yo’llar bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko’plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir."

Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun'iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo’lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o’rganish orqali amalga oshiriladi.'

Shuning uchun mo’ddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o’rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo’lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi.

Alkanlar organik moddalarning sinfidir. O’quvchilarga ushbu mavzuni o’qitishda samarali metodlar va pedogogik texnologiyalarni samarali va o’rinli qo’llash masalasi bilan esa Kimyo o’qitish metodikasi fani shug’ullanadi.

2. Asosiy qism

2.1. “Aqliy hujum” metodining mazmun va mohiyati

Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.

Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yo‘zasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.

Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya‘ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma‘lum bo‘ladi.

Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.

Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shakllanib bo‘lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. Shundan keyin talabalar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa berish va uy vazifasini bajarishga tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchi trenerning amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayonlar:

1. Uyga beriladigan vazifa aniq bo‘lishi lozim. Bunda:

-savollar aniq;

-shu savollarga javoblarni qaerdan topish;

-adabiyotlar aniq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.

2. Bajarish shakli ham aniq bo‘lishi taqozo etiladi:

-referat tayyorlash;

-konspekt qilish;

-masalani yechish;

-birorta tadbir ishlab chiqish;

-boshqaruv qarorlarini qabul qilish va h.k.

3. Oldindan talabalar nima uchun baho olishini bilishlari kerak. Shu tufayli ularning bajargan ishlari qanday baholanishini ham aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

“Aqliy hujum” metodi biror muammo bo´yicha ta‘lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to´plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og´zaki shaklida ta‘lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta‘lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta‘lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta‘lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko´rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskada ( magnitlar yordamida) «pinbord» doskasida (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to´g´ri va ijobiy qo´llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o´rgatadi.

“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta‘lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi. Shu jumladan, ta‘lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta‘lim oluvchilarda o‘z fikrini faqat og´zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish maxorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko´nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baxolanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli g´oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta‘lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta‘lim beruvchi tomonidan quyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

Ta‘lim oluvchilarning boshlang´ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib quyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan boglash yangi mavzuga utish qismida amalga oshiriladi.

4. Utilgan mavzuni mustaxkamlash mavzudan sung, darsning mustaxkamlash qismida amalga oshiriladi.

2.2. «Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar va tuzilmasi.

“Aqliy hujum” metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:



  • Bildirilgan fikr-g´oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

  • Bildirilgan fikr qanday fikr-g´oyalar, ular xatto to´g´ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.

  • Har bir ta‘lim oluvchi qatnashishi shart.

1-rasm: “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi



Download 259.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling