Qattiq jismning zichligini gidrostatik tortish usulida aniqlash Kerakli asbob va anjomlar
Download 18.12 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Labaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- pV-bV=M- 𝑴 𝒄 a (2)
Qattiq jismning zichligini gidrostatik tortish usulida aniqlash Kerakli asbob va anjomlar: analitik tarozi, tarozi toshlari, tekshiriladigan qattiq jismlar, toza suv, uch oyoqli taglik, termometr, toza suv quyilgan idish, tekshiriladigan suyuqlik, silindr shaklidagi qattiq qatiq jismlar, ingichka ip va sim. Ishning maqsadi: qattiq jism zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlash malakasini hosil qilish. Ish to’g’risidagi nazariy tushuncha Biror bir jinsli jismning zichligini aniqlash uchun bu jismning M massasi va V hajmi o’lchanadi va biror birliklar sistemasini tanlab, p ning qiymati shu sistemada p= 𝑴 𝑽 formula yordamida aniqlanadi. Qattiq jismning zichligi bu formula bilan to’la aniqlanmaydi, chunki jismni havoda va suvga botirib tortganda, Arximed qonuniga muvofiq har ikkala holda ham uning og’irligi kamaymaydi. Shuning uchun buni hisobga olib formulaga tuzatma kiritiladi. Jism zichligini haqiqiy qiymatini topish uchun toza suvning zichligi a, havoning zichligi b, jismni havoda tortganda uni muvozanatlovchi toshlar massasi M va tarozi toshlar zichligi c berilgn deb faraz qilaylik. Jismlarning massasi richagli tarozi yordamida tortib topiladi. Jismni havoda tortgandagi muvozanatlik sharti quyidagicha pV-bV=M- 𝑴 𝒄 a (2) shuningdek, jismni suvga botirib tortilgandagi muvozanatlik sharti pV-bV=M 1 - 𝑴𝟏 𝒄 a (3) ko’rinishda bo’ladi. Bu yerda M 1 suvga botirilgan jismni muvozanatlovchi tarozi oshlarining massasi. (2) tenglikni (3) tenglikka bo’lib, qisman matematikaviy almashtirishlardan so’ng, qattiq jismning zichligini aniqlashga imkon beradigan formula hosil qilinadi: p = 𝑴𝒂−𝑴𝟏𝒃 𝑴−𝑴𝟏 (4) p suyuqlik zichligini gidrostatik usul bilan aniqlash uchun ham yuqoridagidek mulohaza yuritamiz. Ya’ni hajm o’zgarmas bo’lgan qattiq quyma jism avval toza suvga botirib, so’ngra zichligi aniqlandigan suyuqlikka botirib tortiladi, so’ngra zichligi aniqlanadigan suyuqlikka botirib tortiladi va jismni bu ikkala holatiga tegishli M 1 va M 2 massalari aniqlanadi. U holda jismni toza suvga botirib tortgandagi tarozining muvozanatlik sharti aV-bV=M 1 - 𝑴𝟏 𝒄 a yoki V(a-b)=M 1 (1- 𝒃 𝒄 ) (5) bo’ladi. Shuningdek, qattiq jismni zichligi aniqlanadigan suyuqlikka botirib tortgandagi tarozining muvozanatlik sharti aV-bV=M 2 - 𝑴𝟐 𝒄 a yoki V(a-b)=M 2 (1- 𝒃 𝒄 ) (6) (6) ni (5) ga bo’lib quyidagi ifodani olamiz p =(M 2 / M 1 )(a-b)-b (7) 1-mashq. Qattiq jismning zichligin aniqlash 1.Tarozi ishga sozlanadi va qattiq jismning havodagi massasi M 1 tortib olinadi. 2. Tarozi joylashgan qutiga uch oyoqli taglik kiritiladi va tarozining pallasiga ta’sir qilmaydigan qilib joylashtiriladi. 3. Uch oyoqli taglik ustiga toza suv quyilgan idish qo’yiladi. 4. qattiq jismni ingichka ip yoki simga bog’lab tarozi ilmagiga ilinadi va suvga botirilib uning suvdagi massasi M 2 tortiladi. 5. muayyan temperaturaga mos keluvchi toza suvning zichligi a, hazoning zichligi b ning qiymatlari qo’llanma oxiridagi jadvaldan olinadi. 6. O’lchash natijalarini (4) formulaga qo’yib, p ning qiymati hisoblanadi. Download 18.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling