Abu abdulloh
-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo muqarrar qilmadi bahiyrani va
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-bob Olloh taoloning qavli: «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan xabardor bo‘lib turdim. Meni huzuringga chorlaganingdan so‘ng, sen
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigor huzurida g‘aybning kalitlari bor, uni yolg‘iz uning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, «U sizlarga tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib bo‘lib
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Iymon keltirgan va iymonlarini zulm birlan bulg‘amagan kishilar omonlik topgaylar va ular hidoyatga erishgan bandalardur»
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Yunusga va Lutga hidoyat qilib, hammalarini butun olam axlidan afzal qildik»
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ana o‘shalar Olloh hidoyat qilgan kishilardur, o‘shalarning yo‘llarigagina yuringiz!»
- 6-bob Olloh taoloning qavli: «Yahudiylarga har bir tuyoqli hayvonni harom qildik, mol-qo‘ylarning yog‘larini ham ularga harom qildik».
- 7-bob Olloh taoloning qavli: «Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang!»
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Qiyomat kuni keltirgan iymoni foydasizdur!»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigorim, xoh oshkor, xoh yashirin bo‘lsin, buzuqliklarni harom qildi»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Muso va’dalashgan vaqtimizda Tur tog‘iga kelgach, parvardigori unga so‘zladi, shunda u: «Parvardigorim, menga
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey odamlar, yeru osmonlarning egasi bo‘lmish Ollohning sizlarga yuborilgan rasuliman, deb ayting!»
- 5-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz va joqillardan yuz o‘giringiz!»
13-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo muqarrar qilmadi bahiyrani va nasoibani va na vasiylani va na homiyni...» «Moida» so‘zi lugatda «dasturxon solib tuzab qo‘yilgan xontaxta» bo‘lib, shaklan ismi fo’il bo‘lsa ham, ma’nan ismi maf’uldur, ya’ni «tuzab qo‘yilgan»deganidur. Xuddi «Iyshatun roziyatun» va «tatliyqatun boinatun» so‘zlariga o‘xshaydi. Bular ham ismi foil shaklida, ammo «farovon, kishi rozi bo‘ladirgan hayot» va «taloq qilingan (ayol)» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 143 ma’nolarini anglatadi. Sa’id ibn Musayyab bunday deydilar: «Bahiyra» — suti butlarga atalgan tuya bo‘lib, biror kishi uni sogishi mumkin bo‘lmagan «Soiba» ham butlarga atalgan tuya bo‘lib, kasallikdan tuzalgan kishi uni o‘z holiga qo‘yib yuborar erdi, unga yuk ortish mumkin ermas erdi». Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Men Amr ibn Omirni do‘zaxda ko‘rdim, u o‘z qurbonligini sudrab yuribdi chunki u butga atab tuyasini qo‘yib yuborgan birinchi odam erdi». «Vasila» — urgochi bo‘taloq tugadigan tuya bo‘lib, qurbonlik tarzida uni butlarga atab qo‘yib yuborishgan. «Homiy» — erkak tuya bo‘lib,uning pushtidan bir qancha bo‘taloq tugilgach, butlarga atab quyib yuborishgan unga yuk ortish man’ qilingan». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh «Men jahannamni ko‘rdim, lovillagan alangalari bir-birini yutyapti. Unga birinchi bo‘lib kirgan Amrni ham ko‘rdim, u o‘z qurbonligini sudrab yuribdi, chunki u butga atab tuyasini qo‘yib yuborgan birinchi odam erdi»,— dedilar» 14-bob Olloh taoloning qavli: «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan xabardor bo‘lib turdim. Meni huzuringga chorlaganingdan so‘ng, sen o‘zing ularni kuzatib turgan erding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdirsan!» Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh bir kuni xutba o‘qidilar-da «Ey odamlar, albatta hammangiz Olloh taolo huzurida yalang oyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda to‘planasizlar»,— dedilar, keyin. «Avval qanday yaratgan bo‘lsak, o‘sha holga qaytaramiz, bu zimmamiz-dagi va’dadur, uni albatta bajaruvchidurmiz» degan oyatni tilovat qildilar. («Al-Anbiyo» surasi, 104-oyat) So‘ng, bunday dedilar: «Ogoh bo‘lingizlar, Qiyomat kuni insonlardan birinchi bo‘lib Ibrohim alayhissalomga libos kiydiriladi. Ogoh bo‘lingizlar, ummatlarimdan bir necha kishini chap taraflaridan mahkam ushlagan holda olib kelishadi. Men «Ey rabbim, bular mening ashoblarim-ku!» — deyman. Shunda «Albatta, siz o‘zingizdan keyin bularning qanday fitnalar sodir qilganlarini bilmassiz»,— deyilgay. Men Ollohning solih bandasi (Iso ibn Maryam) aytganlaridek «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan xabardor bo‘lib turgan erdim. Meni huzuringga chorlaganingdan so‘ng, sen o‘zing ularni kuzatib turgan erding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdirsan (xabardordursan)»—deyman. «Darhaqiqat, bularni tark etganingizdan buyon, bular murtadlik qilurlar» deb aytilgay». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Albatta sizlar Olloh taolo oldida jam’ qilinasizlar. Odamlarning ba’zilari chap tomonlaridan ushlanadilar. Shunda men solih banda (Iso ibn Maryam) aytganlaridek: «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan xabardor bo‘lib turdim. Meni huzuringga 15-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sen ularni azoblasang, ular o‘zingning bandalaringdurlar, agar ularni mag‘firat qilsang, albatta sen qudrat va hikmat egasisan»chorlaganingdan so‘ng, sen o‘zing ularni kuzatib turgan erding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdursan. Agar sen ularni azoblasang, ular o‘zingning bandalaringdurlar, agar ularni magfirat qilsang, albatta sen qudrat va hikmat egasisan»,— deyman». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 144 «AL-AN’OM» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taoloning «Summa lam takun fitnatuhum» degan qavlidagi «fitnatuhum» so‘zi «aldov, o‘zini oqlash» ma’nosidadur (23-oyatda). «Ma’ruushot» —ishkomga ko‘tarib qo‘yilgan tok va boshqa o‘simliklardur (141-oyatda). «Hamuula»—yuk ortiladigan hayvonlardur (142-oyatda), «La-labasno» so‘zi «adashtirgan bo‘lur erdik» ma’nosida (9- oyatda). «Va yanavna» so‘zi «uzoqlashadilar, qochadilar» ma’nosida (26-oyatda). «Tubsala» so‘zi «sharmanda bo‘lish» ma’nosida (70-oyatda). «Bosituu aydiyhim» — «qo‘llarini cho‘zib» deganidur (93- oyatda). «Istaksartum» so‘zi «ko‘pchilikni adashtirdingiz» ma’nosida (128-oyatda). «Zaraa minal-harsi» «(Olloh taolo) yaratgan ekindan» deganidur (136-oyatda). «Ammash-tamalat» so‘zi «ichidagi bolasi» ma’nosida (143- oyatda). «Akinnatun» so‘zining birligi «kinon» bo‘lib, ma’nosi «parda» dur (25- oyatda). «Masfuuhan» so‘zi «oqib turgan» ma’nosida (145-oyatda). «Sodafa» so‘zi «yuz o‘girtirish» ma’nosida (157- oyatda). «Mublisuuna» so‘zi «noumid qilindilar» deganidur (44- oyatda). «Ubsiluu» so‘zi «azobga giriftor qilindilar» ma’nosida (70-oyatda). «Sarmadan» so‘zi «doimo» deganidur. «Istahvathu» so‘zi «yo‘ldan ozdirdi» ma’nosida (71- oyatda). «Vaqrun» so‘zi «garanglik» ma’nosida (25- oyatda), agar «Viqrun» bo‘lsa, «yuk» deganidur. «Asotiyr» so‘zining birligi «ustuura» yoki «istora» bo‘lib, ma’nosi «cho‘pchak, hikoyadur (25- oyatda). «Al-Ba’sou» so‘zi agar «ba’s»dan bo‘lsa, «qiyinchilik, mashaqqat», agar «bu’s» dan bo‘lsa, «falokat,ofat» deganidur (42- oyat-da).«Jahratan» so‘zi «ochiq, oshkora» ma’nosida (47-oyatda) «As-Suur» so‘zi «suurat» so‘zining ko‘pligi (bo‘lib, «karnay» ma’nosida, 73-oyatda). «Malakuut» so‘zi «mulk» ma’nosida (75- oyatda). «Janna» so‘zi «qorong‘u bo‘lmoq» demakdur (76-oyatda). «Ta’olo» so‘zi «yuksak, buyuk, ulug‘» (100- oyatda). «Va in ta’dil kulla adlin, lo yu’xaz minho» — «agarchi har qancha tavba qilmasin (tovon bermasin), qabul qilinmas» deganidur (70-oyatda). «Alallohi husbonuhu» deyilganda «Uning hisob-kitobi Ollohning zimmasida» deb tushiniladi. Ba’zan «Husbonun» shaytonga otiladirgan tosh ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Mustaqarrun (fis-sulbi)» va «mustav-da’un (fir-rahmi)» so‘zlari «Olloh shunday zotki, sizlarni bir jondan paydo qilib, sizlarga ona qornida qarorgoh va ota pushtida vaqtincha turadirgan joy qildi» degan oyatda mavjud (98-oyat). «Al-Qinvu» so‘zi «g‘ujum» ma’nosida, ikkiligi ham, ko‘pligi ham «qinvoni», xuddi «sinvun» va «sinvoni»ga o‘xshaydi (99- oyatda). 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigor huzurida g‘aybning kalitlari bor, uni yolg‘iz uning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi» Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «G’aybning kalitlari beshta»,— dedilar-da, «Luqmon» surasining quyidagi 34- oyatini qiroat qildilar: «Qiyomatning qachon bo‘lishini Ollohning o‘zigina biladi, yomg‘irni Olloh yog‘diradi, ona qornidagi homilaning o‘g‘ilmi qizligini Olloh biladi, hech bir odam ertaga nima ish qilishini bilmaydi va hech bir odam qaerda o‘lishini bilmaydi, albatta Olloh hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor zotdur». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, «U sizlarga tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib bo‘lib yuborib, biringizning zararingizni ikkin-chingizga totdirishga qodirdur» deb aytingiz!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 145 Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Olloh taoloning «Ey Muhammad, «U sizlarga tepangizdan... azob yuborishga... qodirdur» deb aytingiz!» degan qavlini o‘qib «Uz panohingda asra» — dedilar, «yoki oyoqlaringiz ostidan» degan qavlini o‘qib ham «Uz panohingda asra!» —dedilar, «yoki sizlarni guruh-guruh qilib bo‘lib yuborib, biringizning zararingizni ikkinchingizga totdirishga qodirdur» degan qavlini o‘qigach ersa, «Bu osonroq!»—deb qo‘ydilar» 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Iymon keltirgan va iymonlarini zulm birlan bulg‘amagan kishilar omonlik topgaylar va ular hidoyatga erishgan bandalardur» Abdulloh ibn Mas’ud bunday deydilar «iymonlarini zulm birlan bulg‘amaganlar» degan oyat nozil bo‘lganda sahobalar «Qaysi birimiz zulmdan xolimiz?» — deyishdi, shunda «Albatta, shirk eng katta zulmdur!» degan oyat nozil bo‘ldi» 4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Yunusga va Lutga hidoyat qilib, hammalarini butun olam axlidan afzal qildik» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Hech bir banda «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» demasligi lozim»,— dedilar» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Hech bir banda «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» demasligi lozim»,— dedilar» 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ana o‘shalar Olloh hidoyat qilgan kishilardur, o‘shalarning yo‘llarigagina yuringiz!» Sulaymon al-Ahval Mujohid raziyallohu anhu haqlarida bunday deydilar: «Mujohid Ibn Abbosdan «Sod» surasida sajda bormi?» — deb so‘radilar. Ibn Abbos «Ha»—deb javob berdilar-da, («Al-An’om» surasidagi) quyidagi oyatlarni o‘qidilar. «Biz Ibrohimga Ishoq va Ya’qubni hadya etdik. Bularning barchalariga hidoyat qildik. Ilgari Nuhga ham hidoyat qilgan erdik. Uning zurriyotidan bo‘lmish Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunga ham hidoyat qildik. Amali solih qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz Zakariye, Yahyo, Ilyos va Isoga ham hidoyat qildik. Ular barchalari ham solih bandalardandur. Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutga ham hidoyat qildik va hammalarini butun olam ahlidan afzal qildik. Ularning ota-bobolari, zurriyotlari va birodarlaridan ba’zilarini tanlab olib, ularni ham to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik. Ollohning hidoyati shundaydur, u o‘zi xohlagan bandasiga hidoyat qilgay. Agar ular mushrik bo‘lganlarida erdi, qilgan amallari behuda ketgan bo‘lur erdi. Ana o‘sha zotlarga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik ato etganmiz Bas, bu oyatlarni (so‘zlarni) anavilar inkor eqalar, ularni inkor qilmaydirgan qavmga topshirib qo‘yganmiz. Ana o‘shalar Olloh hidoyat qilgan kishilardur. Bas, o‘shalarning yo‘llarigagina yuringiz!» (84—90- oyatlar). Keyin (Ibn Abbos) «Dovud ham o‘sha payg‘ambarlardandurlar, payg‘ambaringiz sallallohu alayhi va sallam ularga ergashishga buyurilgandurlar»,— dedilar». 6-bob Olloh taoloning qavli: «Yahudiylarga har bir tuyoqli hayvonni harom qildik, mol-qo‘ylarning yog‘larini ham ularga harom qildik». Ibn Abbos «Har bir tuyoqli hayvon — bu tuya birlan tuya qush»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 146 Boshqalar «Hoduu», ya’ni «yahudiy bo‘lganlar» degani, ammo «Inno hudno» ning ma’nosi» — «Albatta, bizlar tavbaqildik», «Hoid» ersa «Tavba qiluvchi»dur»,— deyishadi. Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom «Olloh yahudiylarni halok qilsin, ularga Olloh hayvonlar yog‘ini harom qilgan vaqtda, ular yog‘larni to‘plab, pulga sotib, pulini yedilar»,— dedilar». 7-bob Olloh taoloning qavli: «Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang!» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallouh anhu bunday deydila: «Biror kishi Ollohdan ko‘ra rashkliroq ermas, shuning uchun u yashirin ham, oshkora ham buzuqlik qilishni harom qildi. Biror kishi maqtovni Ollohchalik yaxshi ko‘rmaydi. Shuning uchun u o‘zini maqtadi» Amr ibn Murra bunday deydilar: «Men Abu Voildan «Siz bu hadisni Abdullohdan eshitdingizmi?» — deb so‘radim. U kishi «Ha»,— deb javob berdilar. Men «Abdulloh Rasulullohga nisbat berdilarmi?»—deb so‘radim. Abu Voil «Ha»,— dedilar» «Vakil» so‘zi «saqlovchi, ihota qiluvchi» ma’nosida Qubulan» «qabiyl» so‘zining ko‘pligi, ma’nosi—«nav’,tur» bo‘lib, azoblarning ham turi bor, har bir azob turi «qabiyl» deyiladi. (Bu so‘z 111-oyatda mavjud) «Zuxru-fa-l-qavli»—«usti yaltiroq — ichi qaltiroq so‘z», ya’ni yaramas, qabih narsani o‘rab, bezab ko‘rsatilsa, «zuxruf» deyiladi (Bu so‘z 112- oyatda bor). 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Qiyomat kuni keltirgan iymoni foydasizdur!» «Halumma shuhadoakum»ning ma’nosi «guvohlaringizni (ulamolaringizni) chaqiringizlar» bo‘lib, «halumma» so‘zi hijozliklar tilida ishlatiladi, uning birligi, ikkiligi va ko‘pligi ham bir xil ko‘rinishdadur (bu so‘z 150-oyatda bor). Abu Hurayra raziyallohu anhu xabar beradilar: «Rasululloh «Toki Quyosh o‘zi botadirgan tomondan chiqmas erkan, qiyomat qoim bo‘lmaydi. Quyoshning mag‘ribdan chiqqanini ko‘rgan odamlar darhol iymon keltira boshlaydilar, ammo endigi iymon, avvalroq keltirmaganlari uchun, hech kimga foyda bermaydi»,— dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu xabar beradilar: «Rasululloh: «Quyosh mag‘ribdan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Uning mag‘ribdan chiqqanini ko‘rgan odamlar darhol iymon keltiradilar, ammo bu vaqtda keltirilgan iymon naf qilmaydi»,— dedilar. So‘ng (158-) oyatni tilovat qildilar». «AL-A’ROF» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Riyoshan» — «mol» ma’nosida, (Osim qiroatida bu so‘z «riyshan» shaklida o‘qiladi, 26- oyat). «Darhaqiqat, Olloh haddan oshuvchilarni yaxshi ko‘rmaydi» degan jumla (55- oyat) duo va boshqa narsalar xususidadur «Afav» so‘zi «ko‘paysinlar» ma’nosida bo‘lib, mol yoki farzandlarning ko‘payishi nazarda tutiladi. (95- oyat). «Al-Fattoh» — «Hukm qiluvchi» bo‘lib, «Iftah Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 147 baynano (va bayna qavmino)» — «Biz birlan qavmimiz o‘rtasida hukm qil» deganidur. (89- oyat). «Nataqno» so‘zi «ko‘tardik» ma’nosida (171-oyat). «Inbajasat» so‘zi «otilib chiqdi» demakdur (160-oyat). «Mutabbarun»— «barbod bo‘lguvchi» ma’nosida (139- oyat) «Oso» «achinaman» ma’nosida, «taasso» «achindi» degani (93-oyat)» Ibn Abbosdan boshqa ulamolar bunday deyishadi: «Mo mana’aka allo tasjuda» jumlasidagi «lo» ortiqcha bo‘lib, ma’nosi «Sajda qilmoqligingga nima monelik qildi» deganidur (12- oyat) «Iaxsifoni» — ikkalasi o‘ray boshladi», ya’ni «(Odam va Havo) ikkalalari o‘z avratlarini jannatdagi barglar birlan o‘rab, berkita boshladilar» degan ma’noda (22-oyat) «Savotuxumo»ning ma’nosi — «ikkalalari o‘z avratlarini» deganidur (22-oyat) «Mato’un» — «foydalanish» ma’nosida (24- oyat) «Qabiyluhu» — «unga o‘xshashlar» deganidur (27- oyat). «Iddorakuu» — «bir-birlari birlan topishurlar demakdur (38- oyat). Inson va hayvon a’zolarining hammasi «sumuum» deyiladi, birligi ersa «sammun» bo‘lib, ko‘zi, burni, og‘zi, qulog‘i, keti, olatining uchini anglatishi mumkin (40- oyat). «G’avosh» so‘zi «to‘shak»dur (41- oyat). «Nushran» — «yoyilgan» degan ma’noda (Osim qiroatida bu so‘z «bushran» deb o‘qilib, «bashorat, bashorat keltiruvchi» degan ma’nodadur (57- oyat). «Nakidan» «oz» yoki «qiyin» deganidur (58- oyat) «Yag‘nav» so‘zi «yashaganlar» ma’nosida (92-oyat). «Haqiyqun»— «chin, rost» degani (105- oyat). «Istarhabuuhum» — «rahbatun» so‘zidan bo‘lib, «qo‘rqitdilar» deganidur (116-oyat) «Talqa-fu»— «yuta boshladi» ma’nosida (117-oyat) «Toiruhum» — «shumliklari, baxtiqaroliklari» deganidur (131-oyat) «Tufon» — «sel» degani, ba’zida ko‘p o‘limga ham «tufon» deyiladi (133-oyat). «Qummal»—«bit» ma’nosida (133-oyat). «Uruush» va «ariysh»— «imorat» bo‘lib, «ya’rishuuna» — «baland (imorat) qurardilar» degan ma’noda (137- oyat). «Suqita» — «pushaymon bo‘ldilar» degani (149-oyat) «Al- Asbot»— «Banu Isroil qabilalari» (159- oyat) «Ia’duuna fis-sabti» — «Shanba kuni (xususida) haddan oshdilar» degani (163-oyat) «Shurra’an—«ochiq, (suv betida) ko‘ringan holda» ma’nosida (163-oyat) «Baiysun» — «qattiq» degani (165-oyat) «Axlada ilal-arzi» «er-ga (mol-dunega) mukkasidan ketdi» ma’nosida (176- oyat) «Sanastadrijuhum» — «ohista, ohista (halokat yoqasiga) olib kelamiz» degani (182- oyat) «Min jinnatin»— «jinnilik (dan)» demakdur (184- oyat) «Fa-marrat bihi» — «uni (homilani) olib yurdi, ya’ni homilador bo‘lib yurdi» degani (189-oyat) «Yanzag‘annaka»— «(shayton) vasvasa qilsa» ma’nosida (200-oyat). «Toifun»— «vasvasa»dur (201-oyat). «Iamudduunahum» — «yordam beradilar» ma’nosida (202- oyat) «Xiyfatan»—«qo‘rqib» deganidur (205-oyat) «Al-Osol» so‘zining birligi «asiyl» bo‘lib, asr va shom oralig‘idagi paytni bildiradi (205-oyat)» 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigorim, xoh oshkor, xoh yashirin bo‘lsin, buzuqliklarni harom qildi» Amr ibn Murra bunday deydilar: «Men Abu Voildan: «Bu hadisni sen Abdulloh ibn Mas’uddan eshitdingmi?» —deb so‘radim. Abu Voil: «Ha, o‘zim eshitdim» —deb Abdullohga nisbat berdi-da: «Ollohdan ko‘ra rashkliroq zot yo‘q, shuning uchun ham Olloh buzuqlikning oshkorini ham, yashirinini ham harom qildi. Ollohdan ko‘ra maqtovni yoqtiradirganroq zot ham yo‘q, shuning uchun u o‘zini maqtadi»,— dedi». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Muso va’dalashgan vaqtimizda Tur tog‘iga kelgach, parvardigori unga so‘zladi, shunda u: «Parvardigorim, menga jamolingni (tuhfa et) ko‘rsat, men seni bir ko‘ray!» — dedi. Olloh: «Sen meni hargiz ko‘rolmassan va lekin tog‘ tarafiga boqgil, agar ul o‘z joyida salomat Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 148 qolsa, sen meni ko‘ra olursan»,— dedi. Bas, parvardigori tog‘ga jamolin jilvasin tushirib erdi, tog‘ni yer birla yakson qildi va Muso behush bo‘lib yiqildi, so‘ng o‘ziga kelib:» (Ey poko-parvardigoro, men seng‘a tavba qildim va men mo‘minlarning‘ avvalidurman»,— dedi» Ibn Abbos: «Ariniy» — «Menga ato et, menga tuhfa et» degan ma’nodadir»,— deydilar. Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladshar: «Rasulullohning huzurlariga bir yahudiy kelib, yuziga shapaloq yeganidan shikoyat qildi-da: «Ey Muhammad! Sizning ansoriy ashoblaringizdan biri yuzimga shapaloq urdi»,— dedi. Janob Rasululloh yahudiyni urgan ansoriyni chaqirtirdilar va: «Nima uchun yuziga urding?» — deb so‘radilar. Ansoriy: «Yo Rasulalloh, men yahudiylar oldidan o‘tib ketayotgan erdim. Shunda ulardan birining «Musoni butun insoniyatdan ulug qilgan zotga qasam ichamanki...» deganini eshitib qoldim. Men borib: «Muhammaddan ham ulugmi?»— degan erdim, u: «Muhammaddan ham»,— dedi. Jahlim chiqib, men uning yuziga shapaloq tortib yubordim»,— dedi. Rasululloh: «Meni boshqa payg’ambarlardan yaxshiroq, deb ajratmangizlar. Qiyomat kuni odamlarning hammasi behush bo‘lib yiqiladi. Birinchi bo‘lib men hushimga kelaman. Qarasam, ro‘paramda Muso Arsh ustunlaridan birini ushlab turgan bo‘ladilar. Hazrat Muso mendan avval o‘zlariga keldilarmi yoki Tur togida behush bo‘lib yiqilganliklari evaziga bu gal behush qilinmadilarmi, buni bilmagayman»,— dedilar». «Al-Mannu vassalvo» — ko‘rinishi limonga o‘xshagan shirin meva va bedanadur. Payg’ambar alayhissalom: «Qo‘ziqorin ham Olloh taolo osmondan tushirgan ne’matlardandur. Uning suvi ko‘z ogrigiga shifodur»,— dedilar. 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey odamlar, yeru osmonlarning egasi bo‘lmish Ollohning sizlarga yuborilgan rasuliman, deb ayting!» Abu Dardo’ raziyallohu anhu aytadilar: «Abu Bakr birlan Umar o‘zaro tortishib qolishdi. Abu Bakr bir narsa xususida Umarning achchiqlarini chiqargan erdilar, u kishi gazablanib turib ketdilar. Shunda Abu Bakr Umarning orqalaridan kechirim so‘rab qoldilar, ammo Umar kechirmay, Abu Bakrning yuzlariga darvozani taraqlatib yopib chiqib ketdilar. Abu Bakr Siddiq Janob Rasulullohning oldilariga keldilar, biz ul zot birlan birga o‘ltirgan erdik. Rasululloh voqe’adan xabar topganlaridan so‘ng: «Ammo, birodarlaringiz (ya’ni, Abu Bakr) xayriyatga birinchi bo‘lib erishgandur!»—deb aytdilar. Janob Rasulullohning bu gaplari Umar raziyallohu anhuga yetib borgandan so‘ng, u kishi o‘zlaridan sodir bo‘lgan ishga ko‘p nadomat chekdilar. So‘ng, payg’ambarimizning oldilariga kelib salom berdilar- da, ul zotning ro‘paralarida o‘ltirib bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Janob Rasululloh Hazrat Umardan gazablandi-lar. Buni ko‘rib, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, ayb o‘zimdan o‘tgan erdi»,— deb yolvora boshladilar. Lekin, Rasululloh: «Hali sizlar mening do‘stimdan (ya’ni, Abu Bakrdan) yuz o‘giradirgan bo‘ldingiz-larmi?! Ey odamlar, men barchangizga: «Ollohning rasuliman»,— deganimda, sizlar: «Yolgon aytding!» — degansizlar, Abu Bakr ersa: «Rost aytdingiz!» — deb birinchi daf’adayoq mo‘min bo‘lgan»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 149 4-bob. Olloh taoloning «hittatun» degan qavli haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh bunday deb aytdilar: «Banu Isroilga «Eshikdan sajda qilib kiringizlar va bizning gunohimizni afv et, deb aytingizlar, biz sizlarning gunohlaringizni afv eturmiz» deyilganda, ular Olloh taolo tayinlagan so‘zlarni o‘zgartirib, eshikdan orqalari birlan sudralib kirishdi va «hittatun — gunohlarimizni afv et» deyish o‘rniga, «hintatun — arpa ber» deb aytishdi» 5-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz va joqillardan yuz o‘giringiz!» «Al-Urf» — «yaxshi amallar» ma’nosida Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uyayna ibn Hisn Madinaga kelib, jiyani Hur ibn Qaysning uyiga tushdi. Hur ibn Qays xalifa Umar raziyallohu anhuning yaqin kishilaridan erdi, chunki Hazrat Umar qorilarni yaxshi ko‘rar, ularni xoh yosh, xoh keksa bulsin, doim majlis va mashvaratlariga taklif qilib, suhbat qurar erdilar. Hur ibn Qays ham qorilardan biri erdi. Uyayna ibn Hisn Hurga «Ey jiyan, sening Hazrat Umar oldida hurmating bor, huzurlariga kirishga ijozat olib bergin!» — dedi. Hur ibn Qays «Men sizga ijozat olib beraman»,— deb va’da qildi. Hur amakisiga Hazrat Umardan ijozat so‘radi, ul kishi kirishga ijozat berdilar. Uyayna Hazrat Umar huzurlariga kirgandan so‘ng «Ey Ibn al-Xattob, siz bizga katta-katta hadyalar bermayapsiz, bizga nisbatan adolat birlan hukm qilmayapsiz!»—dedi. Hazrat Umar qattiq g‘azablanib, uni jazolashga qasd qildilar. Hur ibn Qays Hazrat Umarga «Ey mo‘minlar amiri, Olloh taolo o‘z payg‘ambariga «Marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz va johillardan yuz o‘giringiz!» — degandur, Uyayna ersa, ana shunday johillardan»,— dedi. Xudo haqi, Hur bu oyatni tilovat qilganida Hazrat Umar Olloh taoloning qavliga bosh egib, o‘zlarini bosdilar. Hazrat Umar Olloh taoloning Kitobi oldida ta’zim etuvchi kishi erdilar» Abdullohu ibn Zubayr «Olloh taolo «Marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz» degan oyatini odamlar axloqi xususida nozil qildi»,— deydilar. Abdulloh ibn Zubayr «Olloh taolo o‘z payg‘ambariga insoniy fazilat (axloq) bo‘lmish kechirimlilikka odat qilmoqni amr qildi»,— deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling