Mavzu: Badminton


Download 26.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi26.89 Kb.
#1834713
Bog'liq
badminton taqdimod



Reja: 
Badminton tarixi
Badminton jihozlari 
Badmintonning 
O’zbekistonda rivojlanishi



Tarixidan bir shingil. Badminton — eng qadimiy 
o‘yinlardan biri. Ayrim faktlar zamonaviy badminton 
qadimiy volan o‘yinidan kelib chiqqanini tasdiqlaydi. Ikki 
ming yil muqaddam qadimiy Yunonistonda, Xitoyda, 
Yaponiyada, Hindistonda va Afrika mamlakatlarida volan 
o‘ynashgan. Aksariyat tadqiqotchilarning fikricha, 
badmintonning zamonaviy talqini hindlarning «puna» 
nomli o‘yinidan kelib chiqqan va uni 1860-yillarda Britaniya 
armiyasi askarlari o‘zlashtirishgan. Bu o‘yinning Yevropada 
tarqalishida Angliya gersogi Bofortning hissasi katta. 1873 
yilda gersog o‘ziga tegishli yerda ilk havaskor kort bunyod 
etgan. O‘yin o‘sha yerdagi qasr — «Badminton haus»ning 
nomiga atala boshladi. Oradan 20 yil o‘tib Angliya 
badminton assotsiatsiyasi o‘yin qoidalarini e'lon qildi, 
oradan yana 5 yil o‘tgach, ilk rasmiy turnir o‘tkazildi. 




O‘yin tasnifiga ko‘ra, 
badmintonning quyidagi turlari 
bor: 

1. Yakkalik erkaklar toifasi. 

2. Yakkalik ayollar toifasi. 

3. Juftlik erkaklar toifasi. 

4. Juftlik ayollar toifasi. 

5. Aralash juftlik toifasi




1. Badminton. 

2. Parabadminton. 



Badminton ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, chunki 
o‘yin davomida ko‘z mushaklari ishlaydi. Yo‘nalishini tez-
tez o‘zgartirayotgan volanning uchishini kuzata turib, ko‘z 
shug‘ullantiriladi. Bu uzoq va yaqinni ko‘rishni yaxshilaydi. 
Badminton, shuningdek, strategik fikr yuritish hamda 
tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi 
trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini 
chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul 
qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida 
ishlashda qo‘l keladi. Badminton, shuningdek, inson yurak 
qon-tomir tizimini ham shug‘ullantiradi va uni yanada 
chidamli bo‘lishiga xizmat qiladi. 






Shuttlecock - badminton o'yinlarida 
ishlatiladigan to'p yoki to'p. Nima uchun 
ularni flyer deb atashlari haqidagi hikoya 
shunchaki qiziquvchanlik va bu kulgili 
bo'ladi, chunki har qanday material ham 
ishlamaydi, ular patlar ham tasodifiy 
joylashtirilmaydi. Biz bu nom qayerdan 
kelganini va burma qanday hosil bo'lganini 
bilib olamiz. 





Shunchalik oddiy. Bu koptokning aerodinamikasini 
ta'minlaydigan va unga ushbu sport turiga xos bo'lgan 
o'ziga xos teginishni ta'minlaydigan 16 ta g'oz 
patlaridan tashkil topgan tiqin va charm asosli konus 
shaklidir. Uning shakli uni to'rning yon tomoniga 
uchish uchun mukammal qiladi va xuddi shu 
fazilatlari tufayli uni o'yinni qiyinlashtiradigan juda 
uchuvchan to'pga aylantiradi. 



Shunchalik oddiy. Bu koptokning 
aerodinamikasini ta'minlaydigan va 
unga ushbu sport turiga xos bo'lgan 
o'ziga xos teginishni ta'minlaydigan 16 
ta g'oz patlaridan tashkil topgan tiqin 
va charm asosli konus shaklidir. Uning 
shakli uni to'rning yon tomoniga 
uchish uchun mukammal qiladi va 
xuddi shu fazilatlari tufayli uni o'yinni 
qiyinlashtiradigan juda uchuvchan 
to'pga aylantiradi. 



1957-yil sobiq “Ittifoq” badmintonining “tavallud topgan” 
kuni deb e’tirof etilishi mumkin. Shu kundan boshlab 
badminton Moskva va Leningrad hamda ayrim 
“Ittifoqdosh” respublikalar bo‘ylab ommaviylasha boshladi. 

1962-yil bir qator respublikalar (Rossiya, Ukraina, 
Belorusiya, 
Ozarbayjon
, Qozog‘iston, Tojikiston), shu 
jumladan, Moskva va Leningrad shaharlari terma jamoalari 
o‘rtasida norasmiy musobaqalar tashkil etildi. O‘zbekiston 
terma jamoasi 1963-yilda ilk bor o‘tkazilgan sobiq 
“Ittifoq” 
chempionatida ishtirok etib
, 14 jamoa ichidan 
9~chi o'rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ana shu yillardan 
boshlab badminton yurtimizda, ayniqsa, 
Toshkent

Farg‘ona, Andijon, Navoiy va Angren shaharlari da jadal 
rivojlanib, ommalashib bordi. 



1979-yilda badmintonga 
ixtisoslashgan boiimlar 
Angren
, Navoiy, Andijon, Namangan, Samarqand va 
Guliston shaharlarida o‘z ish faoliyatini boshladi. 1980-
1990-yillarda bir qator respublika va sobiq “Ittifoq” 
miqyosidagi “kubok”, tumir, chempionatlar o'tkazildi. 

1991-yilda badminton bo‘yicha O‘zbekiston terma 
jamoasi 
barcha turdagi musobaqalarda
, shu jumladan, 
xalqaro tumirlarda ishtirok eta boshladi. 1992 va 1995-
yillarda Toshkentda ilk bor xalqaro tumirlar tashkil 
etildi. 1998-yilda badminton bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi o‘smirlar terma jamoasi Osiyo o‘smir!ar 
chempionatida ishtirok etdi. 



1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi milliy terma 
jamoasi Kuala-Lumpur (Malayziya)da o‘tkazilgan 
Osiyo chempionatida ishtirok etib, kvalifikatsion 
turnir bosqichidan yuqoriga o‘ta olmadi. 

2004-yilgacha badminton musobaqalari faqat 
O'zbekiston hududlarida o‘tkazildi. Faqatgina 2003-
yilda O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda 
o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etdi. Ushbu 
turnirda vakillarimiz Oleg Savatyugin va Alisher 
Zoxidov sovrindor boiishdi. Faxriylarimiz terma jamoa 
tarkibida bir oltin va ikkita kumush medallarini 
olishga sazovor bo‘lishdi. Mustaqillik davrigacha 
O‘zbekistonda badminton bilan 45Oming kishi 
shug‘ullangan. 

Download 26.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling