Mavzu: "Munojot" asarini sharhlash "Munojot" asari va uning o’ziga xosligi


Download 5.37 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi5.37 Kb.
#1641179
Bog'liq
Munojot


Mavzu: “Munojot” asarini sharhlash



  • “Munojot” asari va uning o’ziga xosligi.

  • “Munojot” asarinng badiiy qimmati.

  • “Munojot” asari sharhi.

Navoiyning “Munojot” asari Ogoh Sirri Lavandning 1965-68 yillar mobaynida nashr ettirgan “Alisher Navoiy” nomli 4 jildli kitobning oxirgi jildida e’lon qilingan edi. “Munojot” muqaddima va 3 qism: “Hamd”, “Na’t” va “Munojot”dan iborat. “Hamd” va “Na’t”dagi fikrlar Navoiy dostonlari avvalidagi hamd va na’tlardagi qaydlar bilan mutlaqo hamohang bo’lib, Ollohning buyukligi, azaliy va abadiyligi, yagonalik sifatlari, Muhammad payg’ambarning ta’rifini beradi. “Munojot” qismi esa bevosita Allohga murojaat tarzida bitilgan. Muallif undan afv iltijo qilib, o’zini gunohkor, Ollohning karamli ekanini ta’kidlaydi. Modomiki, deydi Navoiy har qanday mavjudot, uning sifatlari, har bir jonzod, uning fe’l atvori, sa’y-harakatlari Olloh tomonidan qismat etilgan ekan, “taqdir qilganingni qilurg’a ne ixtiyor, qilmasmen demakka kimning haddi bor”.


“Munojot”dagi “Ilohi, emdi hamkim, barchadan kechmak xayolin qilurmen, o’zlugum bilan kecha olmon yaqin qilurmen. Ilohi, andoqqi, bu balolarga solding, qutqor va andoqkim, bu ibtilolarga kiyurding chiqor” –deya iltijo qilishi shoirning yuqorida yodga olingan tushkun kayfiyatidan darak beradi, Shu bilan birga hammadan voz kechish mumkin va oson, lekin “o’zlugi” dan kechish mutlaqo mumkin emas, bu aniq. Binobarin, “o’zluk”ni muqaddas saqlamoqqa, uni tahlika va loqaydliklardan xalos etmoqqa intilish nihoyatda zarur, degan shoirning yuksak e’tiqodini yuzaga chiqaradi.
Diqqatga sazovori yana shuki, Navoiy iltijolari zaminida uni ijodiyoti bo’ylab bosh xat bo’lib o’tgan davr, muhitga yo’naltirilgan armon va o’kinchli mulohazalarini uqsa bo’adi. Shoir iltijolarining bir necha o’rinda nafs-u havo mayli, hirsu riyo kabilardan saqlanishda madadkorlik qilishni o’tinishi fikrimiz dalilidir, Shuningdek, taqvo, zuhd, ibodat singari barcha el uchun zarur bo’lgan farzlarni bajarishda tavfiq tilaydi: “Ilohi, toatqa tavfiq bersang riyodan asra va ibodatqa yo’l ko’rguzsang xatodin asra”, -deb yozadi. Bu hol XV asr farzandi, tasavvuf ta’limotiga daxldor ijodkor uchun tabiiydir, albatta.
Navoiyning qator iltijolari uning didaktik qarashlari bilan bog’liqdir: “Ilohi ashyolar mazallatidin asra va bediyonatlar tuhmatidin asra. Ilohi johil suhbatig’a poband etma va arozil qashmatig’a hojatmand etma”. Bu iltijolar “Mahbub ul-qulub” dagi shoirning didaktik o’gitlari, bir qator “tanbeh”laridagi hikmatli pandlari bilan hamohangdir.
Navoiy “Ilohi, zamirimga xudpisandlig’ni yovurma va xotirimni el naf’i aybjo’lig’ig’a tutma”,-deya iltijo qilar ekan, u o’z umri oxiriga qadar ilg’or insonparvarlik zaminida g’oyat mustahkan turganligidan dalolat beradi. Xulosa tarzida aytish kerakki, Navoiyning “Munojot” asari shoir kulliyoti uchun yozilgan so’zboshi emas, balki hayoti oxirida e’tiqodlari mustahkam, imoni komil, ijodda g’oyaviy niyatlari yuksak, hayoti va orzu-umidlari pok va xolisligiga ishonsa-da, yana bir bor Ollohdan notinch ruhiyatiga osudalik tilab, avlodlarini ma’naviy kamolotga, e’tiqodiy ustivorlikka, o’zligini qadrlash va uni muhofaza etishga chorlash maqsadida yozilgan, o’tmishga emas, kelajakka qaratilgan dil so’zlaridir.

Download 5.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling