Zubayr ibn Avvom


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1318015
  1   2   3
Bog'liq
Zubayr ibn Avvom





Zubayr ibn Avvom

Mashhur sahobalardan Zubayr ibn Avvom ibn Huvaylid Asadiy Qurayshiy (roziyallohu anhu)ning nasabi Payg‘ambarimiz (alayhissalom) nasablari bilan Kilobda tutashadi. U Xadicha onamiz (roziyallohu anhu) singari Bani Asad urug‘idan. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ammalari Sofiya binti Abdulmuttalib (roziyallohu anho)ning o‘g‘li bo‘lgan.
Ibn Sa’d (rahmatullohi alayh) “Tobaqotul Kubro” asarida Sofiya binti Abdulmuttolib (roziyallohu anho) o‘g‘li Zubayrga qattiqqo‘llik bilan tarbiya berayotganini ko‘rib odamlar: “Axir uni juda qiynab yubording”, deganlarida: “Men uni pishisin, qat’iyatli bo‘lsin deyman”, deb aytganini keltirgan.
Yillar o‘tib, onaning orzusi ushaldi. Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) baland bo‘yli, o‘ta chidamli bo‘lib voyaga yetdi. Unda vafodorlik, birso‘zlik, saxiylik kabi fazilatlar mujassam edi. Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning qo‘lidan tutib: “Har bir payg‘ambarning xos yordamchisi bo‘lgan, mening xos yordamchim Zubayr ibn Avvomdir” deb marhamat qildilar (Imom Hokim). 
Zubayr (roziyallohu anhu) oldiniga faqirona hayot kechirdi. Ayoli Asmo (roziyallohu anho) uy ishlaridan tashqari chorva boqish, o‘tin terish kabilar bilan turmush o‘rtog‘iga yordamlashdi. Keyinroq Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) tijorat bilan shug‘ullanib, boyib ketdi. Ammo saxiyligi tufayli uyida biror narsa turmagan. Katta mablag‘ tushsa, uyigacha yetib bormay, yo‘ldayoq odamlarga tarqatib yuborardi.
Oysha (roziyallohu anho) rivoyat qiladi: «Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Zubayrning uyida chiroq yonib turganini ko‘rdilar va “Ey Oysha, Asmo farzandli bo‘lganga o‘xshaydi. Unga ism qo‘ymay turinglar. Men o‘zim qo‘yaman”, dedilar. U zot chaqaloqni Abdulloh deb atadilar va xurmo bilan tanglayini ko‘tardilar”» (Imom Termiziy).
Hazrat Umar (roziyallohu anhu) maslahat olgan olti sahoba, “ahli sho‘ro”ning biri Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) bo‘lgan.
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning zamoniga kelib Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) eng ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biriga aylandi.
Zubayr ibn Avvom Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan bir lahza ham ajramadi. Doimo xizmatlarida bo‘lib, buyurilgan ishni sidqidildan ado etardi. U kishi Payg‘ambarimiz (alayhissalom)dan jami o‘ttiz sakkizta hadis rivoyat qildi. Hijriy o‘ttiz to‘rtinchi sanada (milodiy 656) Basrada vafot etdi.
UBAYR ibn AVVOM, to‘liq ismi Abu Abdullo az-Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-Asadiy al-Qurayshiy (? -656) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan.
Quraysh qabilasidan, Xadicha kabi bani Asad urug‘idan. Muhammad (sav)ga xolavachcha, Xadichaga esa, akaning o‘g‘li. Oishaning singlisi Asmoga uylanganligi uchun Rasuli Akramga boja hisoblanadi.
12 yoshida islomga kirgan. Oldin Habashistonga, so‘ngra Madinaga ko‘chgan(hijrat qilgan)lardan. Muhammad(sav)ning barcha g‘azotlarida qatnashgan.
Badr jangida dushmanga birinchi bo‘lib qilich solib hamla qilgan. Umar (ra) davrida Yarmuk jangida qatnashib, ikki joyidan yaralangan. Misrni fath etishda qatnashgan.
Zubayr ibn Avvom badavlat bo‘lib, uning bir quli, hisobsiz moli, yer va bir necha uyi bo‘lgan; u xayr-ehson qilishni sevar, mol dunyosini Alloh yo‘lida sarflagan. Savdogarlik bilan shug‘ullangan.
Xalifa Umar (ra)ning xalifalik uchun ajratgan 6 kishilik maslahat ashobidan edi. Usmon (ra) xalifaligi davrida chiqqan ixtiloflarga qo‘shilgan. Jamal jangida Aliga qarshi chiqqan, so‘ngra afsus chekib, orqaga qaytgan. Biroq qaytishda bir daraxt tagida uxlab yotganida o‘ldirilgan.
Qotil Ibn Jurmuz Zubayrning boshini Aliga olib borgan. Mukofot kutgan qotilga Ali payg‘ambarimizning "Zubayr qotiliga jahannamga kirishini xabar beringiz", mazmunidagi hadislarini o‘qib bergan. Zubayr ibn Avvom payg‘ambarimizdan 38 hadis rivoyat qilgan.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling