Zubayr ibn Avvom
Download 0.64 Mb.
|
Zubayr ibn Avvom
Zubayr ibn Avvom ibn Xuvaylid. Islomni birinchilar qatorida qabul qilgan ulug‘ sahobiy, tirikligidayoq jannatiligi haqida xushxabar olgan “asharai mubashshara”dan biri, “Rasulullohning havoriysi” unvoni sohibi, Madinada birinchi tug‘ilgan bola – Abdulloh ibn Zubayr (r.a.)ning otasi. Kunyasi – Abu Abdulloh. Milodiy 594 (ayrim manbalarda 597) yilda Makkada, Qurayshning Asad urug‘i xonadonida dunyoga keldi. Otasi Avvom ibn Xuvaylid Payg‘ambar (a.s.) nasablari bilan Qusayda birlashadi. Onasi Safiya binti Abdulmuttalib Payg‘ambar (a.s.)ning ammalari. Ayoli – ulug‘ sahobiya Asmo binti Abu Bakr. 20 nafar farzand ko‘rgan – 11 o‘g‘il, 9 qiz.
Baland bo‘yli, soqollari ingichka, yonoqlari kichkina, qotma jussali va jismonan chiniqqan kishi bo‘lgan. Saxiyligi, qat’iyati, vafodorligi bilan mashhur edi. “Dorul Arqam” vaqtidayoq islomga kirgan Zubayrni amakisi bo‘yraga o‘rab, osib qo‘yar, olov yoqib, tutunini unga haydar, “(Eski diningga) qayt”, derdi. Zubayr esa: “Zinhor kufr keltirmayman”, deb aytardi. Habashistonga hijrat qilinganida Zubayr ham yo‘lga otlandi. Makkada musulmonlarga munosabat yaxshilanibdi, degan yolg‘on gap tarqalgach, qaytib keldi. Ammo ko‘p o‘tmay yana Habashistonga yo‘l oldi. Keyinchalik yana Madinaga hijrat qildi. Demak, jami uch hijrat egasi hisoblanadi. Madinada u Salama ibn Saloma ibn Vaqsh bilan do‘st tutindi. Zubayr Badr, Uhud va Xandaq janglarida, Xaybar va Makka fathlarida ishtirok etgan. Bu haqda o‘zidan rivoyat qilinadi: “Allohga qasam, Rasululloh (s.a.v.) qay bir jang yoki sariyaga chiqqan bo‘lsalar, albatta, men ham chiqdim”. Badrda jiddu jahd bilan ishtirok etgan Zubayr boshiga sariq salla o‘rab olgan edi. Jang paytida Alloh izni bilan musulmonlarga yordamga tushgan farishtalar ham shu rangli sallada bo‘lgan. Bu haqda Payg‘ambar (a.s.): “Farishtalar Zubayr siymosida tushdi”, deganlar. Uhudda Payg‘ambar (a.s.) Zubayrni qo‘shinning bir qanotiga qo‘mondon qilib tayinladilar. Jang oldidan mushriklar bayroqdori Talha ibn Abu Talha yakkama-yakka jangga chaqiriq bilan chiqdi. Musulmonlar tarafdan sas bo‘lmay turganida Zubayr maydonga otildi va dushmanni yengdi. Shunda Payg‘ambar (a.s.): “Har bir nabiyning havoriysi bor. Mening havoriyim Zubayrdir. Odamlarning yakkama-yakka olishuvga chiqmay qolganlarini ko‘rdim. Agar u chiqmaganida, albatta, o‘zim chiqar edim”, dedilar. Xandaq jangi paytida musulmonlar bilan ahdlashgan Banu Qurayza qabilasi ahdini buzib, dushman bilan ittifoq tuzdi. Bu gap rostligini bilish va shu asosda reja qilish uchun Rasululloh (s.a.v.): “Kim Banu Qurayzaga borib, menga ularning xabarini bilib keladi?” deb so‘radilar. Shunda Zubayr: “Men”, dedi. U zot: “Senga ota-onam fido bo‘lsin”, deb aytdilar. Zubayr Payg‘ambarimiz (a.s.)ga boja ham bo‘lgan. U Oysha (r.a.)ning opasi Asmo (r.a.)ga uylangan edi. Mazkur oila Madinada farzandli bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) borib, chaqaloqqa Abdulloh deb ism qo‘ydilar va xurmo bilan tanglayini ko‘tardilar. Shuningdek, Zubayr Payg‘ambar (s.a.v.)ning xos vahiy kotiblaridan biri edi. U Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.)ning xalifalik davrida muhim voqealardan chetda turmagan. Sahobiylar ichida alohida e’tiborli kishilardan biri bo‘lgan. Hazrat Usmon (r.a.)ning fitna sababli shahid bo‘lishi barcha musulmonlar qatori Zubayrni ham larzaga soldi. Qotillardan tezroq o‘ch olish payiga tushdi. Oysha (r.a.), Talha va Zubayr (r.a.) jinoyatchilarni jazolash uchun qo‘shin to‘plab, xalifaning qotillari turgan Iroqqa yo‘l oldi. Yangi xalifa Ali (r.a.) esa ularning yo‘lini to‘sib chiqib, ortga qaytishlarini iltimos qildi. Chunki jahl ustidagi bu ish xalifalikda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin edi. Muzokaradan so‘ng Oysha, Talha va Zubayr (r.a.) xalifaning so‘ziga ko‘nib, qaytish tadorigini ko‘rdi. Biroq o‘sha kechasi ikkala tomonga ham bir guruh fitnachilar hujum qilib, o‘rtada “Jamal” (Tuya) deb nomlangan jang bo‘lib o‘tdi. 36/656 yil jumodul-oxir oyidagi mazkur voqeada ko‘p mashhur sahobiylar shahid bo‘ldi. Jumladan, Zubayrni ham bu fojia chetlab o‘tmadi. Jang paytida Ali ibn Abu Tolib (r.a.) yonidagilarga: “Menga Talhani chaqiringlar! Menga Zubayrni chaqiringlar!” deb tinmay jar soldi. Bu ovozadan so‘ng Ali, Zubayr hamda Talha ibn Ubaydulloh o‘zaro uchrashdilar. Shunda Ali (r.a.) aytdi: «Ey Zubayr, esla! Bir kuni mening Rasululloh (s.a.v.)ga qarab kelayotganimni ko‘rib kulgan eding. Payg‘ambar (a.s.) sendan: “Uni (Alini) yaxshi ko‘rasanmi?” deb so‘radilar. “Ha”, deding. U zot senga: “Ammo sen unga qarshi zolim holingda jang qilasan”, deb aytdilar». Shunda Zubayr Ali (r.a.)ga: “To‘g‘ri, sen unutgan narsamni eslatding”, deb qo‘lidagi qilichni yerga tashladi, saflarni yorib, jang maydonini tark etdi. Afsuslanib, Basra yaqinidagi “Yirtqichlar vodiysi” degan joyga tushib, ibodat qilayotgan paytida Amr ibn Jurmuz ismli shaxs tomonidan o‘ldirildi. Amr ibn Jurmuz shahid sahobiyning qilichini ko‘tarib Ali (r.a.) huzuriga mag‘rur holda kirib keldi. Ali (r.a.) tahdid bilan: “Qo‘lingdagi Zubayrning qilichimi?” deb so‘radi. Amr titrab: “Ha, uni o‘ldirganimdan keyin oldim”, dedi. Ali (r.a.) qilichni olib, o‘pdi. Yig‘lab turib: “Bu qilich egasi shu quroli bilan Rasululloh (s.a.v.)dan g‘amni ketkazgandi”, dedi. Keyin qotilga qarab: “Ey Safiya o‘g‘lining qotili, do‘zax bashoratini olaver!” deb aytdi. Zubayrdan jami 38 ta hadis rivoyat qilingan. Alloh u zotdan rozi bo‘lsin! Mashhur sahobalardan Zubayr ibn Avvom ibn Huvaylid Asadiy Qurayshiy roziyallohu anhuning nasabi Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam nasablari bilan Kilobda tutashadi. U Xadicha onamiz roziyallohu anhu singari Bani Asad urug‘idan. Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam ammalari Sofiya binti Abdulmuttalib roziyallohu anhoning o‘g‘li bo‘lgan. Ibn Sa’d rahmatullohi alayh “Tobaqotul Kubro” asarida Sofiya binti Abdulmuttolib roziyallohu anho o‘g‘li Zubayrga qattiqqo‘llik bilan tarbiya berayotganini ko‘rib odamlar: “Axir uni juda qiynab yubording”, deganlarida: “Men uni pishisin, qat’iyatli bo‘lsin deyman”, deb aytganini keltirgan. Yillar o‘tib, onaning orzusi ushaldi. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu baland bo‘yli, o‘ta chidamli bo‘lib voyaga yetdi. Unda vafodorlik, birso‘zlik, saxiylik kabi fazilatlar mujassam edi. Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning qo‘lidan tutib: “Har bir payg‘ambarning xos yordamchisi bo‘lgan, mening xos yordamchim Zubayr ibn Avvomdir” deb marhamat qildilar (Imom Hokim). Zubayr roziyallohu anhu oldiniga faqirona hayot kechirdi. Ayoli Asmo roziyallohu anho uy ishlaridan tashqari chorva boqish, o‘tin terish kabilar bilan turmush o‘rtog‘iga yordamlashdi. Keyinroq Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu tijorat bilan shug‘ullanib, boyib ketdi. Ammo saxiyligi tufayli uyida biror narsa turmagan. Katta mablag‘ tushsa, uyigacha yetib bormay, yo‘ldayoq odamlarga tarqatib yuborardi. Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: «Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam Zubayrning uyida chiroq yonib turganini ko‘rdilar va “Ey Oisha, Asmo farzandli bo‘lganga o‘xshaydi. Unga ism qo‘ymay turinglar. Men o‘zim qo‘yaman”, dedilar. U zot chaqaloqni Abdulloh deb atadilar va xurmo bilan tanglayini ko‘tardilar”» (Imom Termiziy). Hazrat Umar roziyallohu anhu maslahat olgan olti sahoba, “ahli sho‘ro”ning biri Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu bo‘lgan. Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning zamoniga kelib Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu eng ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biriga aylandi. Zubayr ibn Avvom Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan bir lahza ham ajramadi. Doimo xizmatlarida bo‘lib, buyurilgan ishni sidqidildan ado etardi. U kishi Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallamdan jami o‘ttiz sakkizta hadis rivoyat qildi. Hijriy o‘ttiz to‘rtinchi sanada (milodiy 656) Basrada vafot etdi. Zubayr roziyallohu anhu hijratdan 28 yil oldin Makka shahrida tug‘ilgan. Uning to‘liq ismi Zubayr ibn Avvom ibn Xuvaylid ibn Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay ibn Kilob. Uning nasabi Qusoyda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘lanadi. Kunyasi Abu Abdulloh. Yasrib (Madina)da birinchi tug‘ilgan Abdulloh ibn Zubayr (roziyallohu anhu)ning otasi. Otasi Avvom ibn Xuvaylid. Onasi Safiya bint Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra Payg‘ambarimiz alayhissalomning ammasi. Zubayr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan boja bo‘lgan. Ayoli ulug‘ sahobiya Asmo bint Abu Bakr. Ularning Abdulloh, Urva, Munzir, Osim, Muhojir, Ja’far degan o‘g‘illari, Xadijai Kubro, Ummu Hasan va Oysha degan qizlari bo‘lgan. Abu Abdulloh roziyallohu anhu Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan ulug‘ sahoba. U o‘n olti yoshida Islomga kirgan. Ayrim manbalarda sakkiz yoki o‘n ikki yoshda bo‘lgani yozilgan. Hazrat Abu Bakr roziyallohu anhudan keyin to‘rtinchi yoki beshinchi bo‘lib musulmon bo‘lgan. Zubayrning yoshligi Makkada o‘tgan. Otasidan erta yetim qolgan. Onasi farzandim ulg‘ayganda, chidamli, mard odam bo‘lsin deb, uni og‘ir jismoniy mashqlar bilan chiniqtirib tarbiyalagan. U baland bo‘yli, soqoli siyrak, bug‘doyrang, sochini yelkasiga tushurib yuradigan kishi edi. Zubayr roziyallohu anhu Islom tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. U uch marta hijrat qilgan sahobalardan biri. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning davrlarida barcha g‘azotlarda ishtirok etgan. Unin o‘zi bu borada bunday degan: “Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qay bir jang yoki sariyaga chiqqan bo‘lsalar, men ham birga borganman”. Badr jangida qo‘shinning o‘ng qanoti qo‘mondoni, Makka fathida muhojirlarning uch bayroqdorining biri bo‘lgan. Umar ibn Xatob (roziyallohu anhu)ning xalifalik davrida Misrni fath etish uchun Amr ibn Os roziyallohu anhuga yordamchi sifatida o‘n ikki ming askarga boshliq qilib yuborilgan. Hazrat Umar roziyallohu anhu o‘zidan keyin xalifalikka nomzodlar orasida Zubayr roziyallohu anhuni ham sanab: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarida ulardan rozi edilar”, degan. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan juda ham oz hadis rivoyat qilgan. Chunki u hadis aytishda xato qilib, U zot alayhissalomga yolg‘on to‘qib qo‘yishdan qattiq qo‘rqardi. Unga o‘g‘li Abdulloh ibn Zubayr: “Nima uchun falonchilar kabi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilmaysiz?” dedi. Abu Abdulloh roziyallohu anhu: “Men musulmon bo‘lganimdan beri Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ajraganim yo‘q. Lekin, u zotning: “Kim menga yolg‘on to‘qisa, o‘z joyini do‘zaxdan tayyorlasin”, deganlarini eshitganman”, deb javob bergan. Sahobadan o‘g‘illari – Abdulloh, Mus’ab, Urva va Ja’far, Moilk ibn Avs, Ahnaf ibn Qays Abdulloh ibn Omir kabilar hadis aytishgan. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisni ikkitasi muttafaqun alayhdir. Imom Buxoriy to‘rtta, Imom Muslim esa bitta hadisni o‘z to‘plamlarida keltirishgan. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu jannat bashorati berilgan o‘n sahobaning biri. Abdurahmon ibn Avf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Abu Bakr jannatda, Umar jannatda, Usmon jannatda, Ali jannatda, Tolha jannatda, Zubayr jannatda, Abduramon ibn Avf jannatda, Sa’d ibn Abu Vaqqos jannatda, Said ibn Zayd jannatda Abu Ubayda ibn Jarroh jannatda”, dedilar” (Imom Termiziy rivoyati). Abu Abdulloh roziyallohu anhu musulmon bo‘lgandan to Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etgunlaricha u zot bilan birga bo‘lgan. Barcha ishlarda Nabiy alayhissalomning yordamchilari bo‘lgan. Uhud jangi oldidan mushriklar bayroqdori Talha ibn Abu Talha yakkama-yakka jangga chaqirdi. Musulmonlardan Zubayr roziyallohu anhu chiqdi va dushman bilan olishib uni yengdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Har bir nabiyning havoriysi bor. Mening havoriyim Zubayrdir. Odamlarning yakkama-yakka olishuvga chiqmay qolganlarini ko‘rdim. Agar u chiqmaganida, albatta, o‘zim chiqardim Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling