Islomning muqaddas manbaalari. Hadislar. Buyuk muhaddislar


Download 0.62 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1472638
Bog'liq
Islomning muqaddas manbaalari

Dinshunoslik fanidan talaba MUSTAQIL ISHI

  • Bozorbayeva Madinabonu

Islomning muqaddas manbaalari. Hadislar. Buyuk muhaddislar

Qur’oni Karim Islom dinining asosiy ilohiy, muqaddas kitobidir.

Islom dinida aytilishicha Qur’on Allohning kalomi (kalomulloh) bo’lib, uning har bir kalomi Alloh tarafidan so’zma-so’z nozil etilgan va Jabroil alayhissalom orqali payg’ambarga yetkazilgan.

  • Islom dinida aytilishicha Qur’on Allohning kalomi (kalomulloh) bo’lib, uning har bir kalomi Alloh tarafidan so’zma-so’z nozil etilgan va Jabroil alayhissalom orqali payg’ambarga yetkazilgan.
  • Alloh taolo tarafidan oxirgi payg’ambar Muhammad alayhissalomga yuborilgan bu so’nggi kitob to qiyomat-qoyim bo’lgunga qadar, insonlar orasida abadiyan amal qiladi deyiladi.

Qur’onning nozil qilinishi-vahiy qilib yuborilishi muqaddas ramazon oyining yigirma yettinchi kuni kechasi boshlangan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, ro’za tutilgan kunning yigirma yettinchi kechasi “Laylat ul-Qadr”, ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo’lgan tabarruk kecha deb ulug’lanadi.

Qur’onda aytilishicha Islom aqidalari, e’tiqod talablari, xuquq va axloq me’yorlari, inson uchun foydali bo’lgan, har bir zamonga to’g’ri keladigan va qiyomatgacha o’zgarmaydigan hikmatli hukmlar yozilgandir. Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko’p xudolikka barham berish, yakka xudolikka targ’ib qilish va Islom dinini o’rnatishdir.

Qur’on har xil hajmdagi 30 pora (bo’lak, qism), 114 suraga bo’lindi va 77439 kalima, 325743 harfdan iborat 6236 oyat joylashtirilib, har bir suraga nom berildi,


“Qur’on” - arabcha “qara’a” (o’qimoq) felidan olingan. 

Qur’onning oxirgi oyati payg’ambar vafodan 18 kun avval nozil bo’lgan. 


Qur’onning birinchi surasi - “Fotiha”
oxirgi bir yuz o’n to’rtinchisi - “An-nos” surasidir.
Qur’ondagi suralar makkiy va madiniy suralarga bo’linadi.
90 sura, 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda
24 sura, 1456 oyat Madinada 622-632 yillarda nozil bo’lgan.
Qur’on Muhammad payg’ambar tomonidan hali jamlanib to’plam holiga keltirilmagan edi. Rasullulloh vafot etgan vaqtda Qur’on sahobalar, qori-hofizlar tomonidan to’liq yod olinib, xurmo po’stloqlariga, toshtaxtalarga, teri va boshqa narsalarga yozib qo’yilgan edi. O’sha davrlarda Qur’onni to’liq holda yod olgan sahoba-hofizlaridan 30 kishi sanab o’tilgan. Rasulullohning 24 nafar vahiy yozuvchi kotiblari bo’lgan. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Rasululloh mirzalaridan eng mashhuri Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudir.

Arabcha Sunna (as-sunna, ko’plikda sunan) - yo’l, yo’nalish, ko’chma ma’nosi - “ajdodlardan qolgan urf-odatlar”, ya’ni “rivoyat”, “naql”, “xotira”, “odat”, “hatti-harakat” ma’nolarini beradi.

  • Arabcha Sunna (as-sunna, ko’plikda sunan) - yo’l, yo’nalish, ko’chma ma’nosi - “ajdodlardan qolgan urf-odatlar”, ya’ni “rivoyat”, “naql”, “xotira”, “odat”, “hatti-harakat” ma’nolarini beradi.
  • Sunna islomda Qur’ondan keyingi, uni to’ldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatining ikkinchi asosi sifatida e’tirof etilgan.

Musulmon sunnalari ko’plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so’zining dastlabki ma’nosi (arabchada ko’plikda “ahadis” so’zidan) -“xabar”, “hikoya”, “bildirish”, tor ma’noda - “parcha” (sitata). Rasmiy ma’noda hadis-Muhammad so’zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda hadis faqat Muhammad so’zlariga nisbatangina ishlatiladi.

  • Musulmon sunnalari ko’plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so’zining dastlabki ma’nosi (arabchada ko’plikda “ahadis” so’zidan) -“xabar”, “hikoya”, “bildirish”, tor ma’noda - “parcha” (sitata). Rasmiy ma’noda hadis-Muhammad so’zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda hadis faqat Muhammad so’zlariga nisbatangina ishlatiladi.

"SAHIHI BUXORIY" (asl nomi "alJomiʼ assahih" — "Ishonchli toʻplam") — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar toʻplagan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir.

  • "SAHIHI BUXORIY" (asl nomi "alJomiʼ assahih" — "Ishonchli toʻplam") — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar toʻplagan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling