27-Mavzu: Islom qadriyatlari Reja: Islom iloxiyoti, uning asosiy aqidalari
Download 34.51 Kb.
|
27...-мавзу маруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tasavvuf (sufizm) talimoti va tariqatlari. 5. O‘zbekiston allomalarining islom talimoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.
27-Mavzu: Islom qadriyatlari Reja: 1. Islom iloxiyoti, uning asosiy aqidalari. 2. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi, inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to‘g‘risida. 3. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta'limoti. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Homid G‘azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta'limotlari. 4. Tasavvuf (sufizm) ta'limoti va tariqatlari. 5. O‘zbekiston allomalarining islom ta'limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. Tayanch tushunchalar: Aqida. Kalom ilmi. Moturidiylik va ash'ariylik. Aqida ilmining maqsadi. Imon. Allohga, farishtalarga, kitoblarga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga imon keltirish, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do‘zax, mo‘'jiza va karomat, tasavvuf ta'limoti. Kerakli jihozlar: doska, bo‘r, kompьyuter, proektr, elektron doska. Mavjud materiallar: fan bo‘yicha majmua, ishchi o‘quv dastur, tarqatma materiallar, ma'ruza matni, slayd. 1. Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari. Islom ta'limoti bo‘yicha barcha payg‘ambarlar yagona Allohga imon keltirishga chaqirganlar va bu ularning eng asosiy vazifasi hisoblangan. Shu bilan birga ularning shariati turlichabo‘lgan. Musulmonlar islom ta'limotini Muhammad payg‘ambar (a.s.)dan o‘rganganlar. Vaqt o‘tishi bilan islom ta'limotini faqat Shu dinni yaxshi bilgan olimlar tuShuntira boshladilar. Bu ta'limotni tuShuntiruvchi fan paydo bo‘ldi. Mazkur fan turli davrlarda o‘ziga xos «al-fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi nomlar bilan ataldi. Uning nomlari turlicha bo‘lsada, bir mavzuni, ya'ni aqidani o‘rganishga qaratilgan. «Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa ishlatgan va Shu nom bilan risola yozgan. CHunonchi fiqh so‘zi biror narsani o‘ta yaxshi, har tomonlama tuShunib, fahmlash ma'nosini bildiradi. Shuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni o‘rganuvchi ilmga ham fiqh deyiladi. Aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi ilmni esa, «Al-Fiqh al-akbar», ya'ni «katta fiqh», amaliy fiqh esa, kichik fiqh hisoblanadi. Keyingi atama «usul ad-din» bo‘lib, unda shariat va dindan olingan e'tiqodiy hukmlarni o‘rganadi, ya'ni dindagi asl hukmlarni tadqiq etadi. Bir qator olimlar Shu nom bilan kitoblar ta'lif etganlar. «Tavhid» ham Allohning yagonaligini, uning sifatlarini o‘rganishga e'tibor qaratgan. Bunda Allohni yagona deb bilib, uning sifatlarini qilishga ko‘proq e'tibor qaratgan. Zero, inson uchun zarur aqidalarning eng avvali Allohning vahdoniyatiga, ya'ni yakkaligiga imon keltirish va uni o‘rganish hisoblanadi. Yana bir atama «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom manbalarda aqida ilmining eng mashhur nomlaridan biri ekani aytilgan. Ushbu atama aqidaga oid ishlarning mashhuri hisoblanadi. «Aqida» (ko‘p. Aqoid) bu nom boshqalaridan keyinroq, X (hijriy IV) asrda paydo bo‘lgan. «Aqida» bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma'nosini bildiradi. Islom aqidasi musulmon insonni muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan e'tiqodlar yig‘indisi. YA'ni, biror narsaga e'tiqod qilish uchun uni hech qanday Shubha qoldirmaydigan darajada juda yaxshi bilishdir. Ma'lum bir fikr insonning fikriga aylanib, his-tuyg‘ularini yo‘llaydigan va harakatlarini boshqaradigan holga etganda, aqidaga aylangan bo‘ladi. Aqida ilmga asoslangani uchun aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom e'tiqodda bo‘lishni ta'minlaydi. Dindagi ayrim shar'iy hukmlar o‘zgarishi mumkin. Ammo sof e'tiqod o‘zgarmaydi, hukmi ham o‘chmaydi. CHunonchi Allohning yagonaligi, farishtalar, jannat va do‘zaxga imon keltirish kabi e'tiqodga oid qarashlar o‘zgarmaydi. «Kalom» so‘zi arabcha bo‘lib, lug‘atda gap, suhbat, til, so‘zlaShuv, nutq, bayon ma'nolarini anglatadi. Istilohiy ma'nonda esa, musulmonning e'tiqodi, aqidasi, dunyoqarashini ko‘rsatib beruvchi ta'limotga aytiladi. Boshqacha aytganda balog‘atga etgan musulmon kishining e'tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar'iy e'tiqodiy hukmlardir. Tarix jarayonida olimlar uShub nomlarga oid kitoblar yozib qoldirganlar. Masalan, imom Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar», Abul Hasan Ash'ariy «al-Ibona an usul ad-diyona», Abul Muin Nasafiy «Tabsirat al-adilla fi usul ad-din», Moturidiy «Kitob at-Tavhid», Abu Hafs Nasafiy «Aqoid» nomli va boshqa olimlarning asarlarini keltirish mumkin. Islom ta'limotiga ko‘ra insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog‘liq. Agar musulmonning aqidasi pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir etgan ba'zi gunohlari afv etiladi. Biroq kishi aqidasi sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi deb hisoblanadi. Aqida masalasi o‘ta muhim bo‘lganidan eng birinchi payg‘ambardan boshlab, oxirgi Muhammad payg‘ambar (a.s.)gacha bu masalani Allohning o‘zi ko‘rsatib bergan. Shuning uchun aqidaviy qarashlarning asosi Qur'onda berilgan va hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Sahobalar tiriklik paytidayoq aqidaviy qarama-qarshilik paydo bo‘lgan. Islomda aqidaviy ixtiloflar to‘rtinchi xalifa sahoba Alining qo‘shinidagi askarlari ichidan ajrab chiqqan, aqiyda masalasida bir necha Shubhali savollar chiqargan xorijiylar toifasi bilan Ali va u kishining Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuga o‘xshash yaqin safdoshlari orasida bo‘lib o‘tdi. Sahobalar davri tugab tobeinlar vaqtida vaziyat yanada o‘zgardi. CHunki bu davrga kelib din ilmlarini, ayniqsa aqidani biluvchi kishilar kamaydi va ular alohida shaxs sifatida ajralib chiqdilar. Bu davrda sof aqidaviy qarashlarga qarshi turli g‘oyalarni ilgari surgan firqa va toifalarning tarqalishi kengayib ketgan edi. Ular o‘zlarining buzuq, islomga oid bo‘lmagan fikr va qarashlarini, e'tiqodlarini tarqatib, islomning aqidasini buzishga harakat qilganlar. Shuningdek, fath etilgan erlardagi xalqlarning eski qarashlari, falsafalari, dinlari haqidagi o‘z tushuncha va tafakkurlari mavjud bo‘lgan. Shuning sababidan ular islom ta'limotini tuShunib olishlari qiyin kechgan. Qur'on oyatlari va hadislarni o‘zlarining eski qarashlari asosida tuShunishlari ham bo‘lgan. Bunga bir necha sabablar bor: fath ishlari sababli islom erlarikengaydi. Islom dushmanlari esa, islom nomidan turli g‘oyalarni tarqatishga uringanlar; fath etilgan erlardagi joylik aholi o‘zining eski dinlari aqidasiga mos tarzda oyat va hadislarni tuShunishi natijasida turli g‘oyalar yuzaga keldi va boshqa sabablar orqali musulmonlar orasida noto‘g‘ri, islomga mos bo‘lmagan qarashlar paydo bo‘ldi. Islom ta'limotini buzib talqin qilish natijasida ularga raddiya sifatida olimlar kalom, ya'ni aqida ilmiga asos qo‘ydilar. Bu musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi. Har bir musulmon kishi buni bilishi shart bo‘lgan majburiy ilmga aylandi. CHunonchi Sa'duddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. U bilan shar'iy, nazariy, aqidaviy masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat berish, foydasi esa bu dunyoda intizomli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos bo‘lishdir. Shunday ekan kalom ilmi eng sharafli ilmdir». Abu Homid Hazzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» nomli asarida: «...CHuqur bilimga ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning diniy e'tiqodlarini turli bid'at va noto‘g‘ri g‘oyalardan qo‘riqlash uchun kalom ilmini o‘rganish vojibdir», degan. YUqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, aqoid yoki kalom ilmining vazifasi: a) diniy e'tiqodlarni qat'iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi Shubha hamda gumonlarni rad qilish; b) insonni aqidada oddiy taqlidchi bo‘lishdan har bir e'tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish; v) islomning sof e'tiqodlarini adashgan zalolat ahlining Shubha va gumonlaridan himoya qilish. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash, bir-biriga bog‘lash ma'nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog‘atga etgan kishi e'tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar'iy e'tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog‘liq. Agar aqidasi pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir etgan ba'zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi. Aqida masalasi o‘ta muhim bo‘lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg‘ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o‘zi ko‘rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo‘lib kelgan. Islom aqidalarining asosi Qur'onda berilgan, hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo‘nalishi ilohiyotda e'tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta: 1 – Allohning yagonaligiga ishonish; 2 – Farishtalarga ishonish; 3 – Muqaddas kitoblarga ishonish; 4 – Payg‘ambarlarga ishonish; 5 – Oxiratga ishonish; 6 – Taqdirga ishonish; 7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish. SHialik yo‘nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi: 1 – Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish; 2 – Nubuvvat (Payg‘ambarga) ishonish; 3 – Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish; 4 – Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish; 5 – Maod (Oxiratga) ishonish; 2. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi, inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to‘g‘risida. Islom falsafasi shakllangandan so‘ng o‘rta asr musulmon madaniyati, ma'naviy hayotga oid masalalarni bemalol mushohada qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu Markaziy Osiyo halqlari milliy-diniy mafkurasining shakllanishiga kuchli ta'sir etdi. YAna bu falsafada imon butunligi, e'tiqod sobitligi uchun kurash jarayonida diniy bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik va hurfikrlilik mayllariga ham yo‘l ochildi. Shuning uchun bu davrda turli din vakillari o‘rtasida muhim masalalar yuzasidan muhokama va munozara qilish imkoniyati vujudga keldi. Islom falsafasidagi g‘oyaviy bag‘rikenglik tufayli, uning mazmunida dunyoviy-ratsionalistik va insonparvarlik mayllari kuchayiib, umumbashariy ahamiyat kasb eta boshladi. XII asrga kelib musulmon madaniyati va islomning xuquqiy sistemasi-SHariat (Marg‘inoniy va boshqalar) ishlab chiqildi. Islom falsafasida Qur'on, fiqh, ahloq va boshqa masalalarni sharhlash va izohlashda bir-biriga zid bo‘lgan tamoyillar paydo bo‘lib, kalom, ya'ni ilk islom diniy-falsafiy ta'limoti vujudga keldi. Ilk islom aqidalariga qattiq rioya qilishni ilgari suruvchi mutakallimlar, insonda iroda va fikrlash erkinligini Allohga qarama-qarshi qo‘ymagan holda himoya qiluvchi muttaziylilar ta'limoti, ruhiy poklanish va kamolot bosqichlaridan o‘tib, ilohiy haqiqatga erishish to‘g‘risidagi so‘fiylik yoki tasavvuf ta'limoti VIII asrdayoq arablar bosib olgan barcha hududlarda, ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tarqaldi. Ma'lumki har qanday din, Shu jumladan islom dini ham kishilarga olamni bilish va albatta kundalik muammolarini hal etishning o‘zigi hos vositasi vazifasini o‘tagani tufayli vujudga keldi va mustahkamlandi. Islom dini keyingi taraqqiyoti davomida ma'rifatga jiddiy turtki berdi. Algebra, trigonmetriya, ximiya, falakiyot, jug‘rofiya va falsafa arab mamlakatlari va boshqa sharq davlatlarida islom hukmron bo‘lgan davrlarda vujudga keldi. Bu jarayon faqat islom tufayli bulmasada, lekin musulmonlar uchun Ollohning rasuli bo‘lmish Muxammad salolloxu alayxi vasallamning: komil musulmon bo‘lmok uchun din va dunyoviy ilmlarni o‘rganmoq kerak, deb bergan saboqlari kata axmiyatga ega buldi. Islom dini hukmron bo‘lgan mamlakatlar, ayniqsa Mavonounnahar, Xuroson davlatlarida o‘zganing xaqiga xiyonat, zino, benomuslik emas, balki samimiy insoniy fazilatlar komol topgan. 3. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta'limoti. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Homid G‘azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta'limotlari. Kalom – (arabcha – ravon nutq, so‘z, gap, jumla ma'nolarini bildiradi) islom ilohiyot ilmi. Mu'taziliylar paydo bo‘lgandan keyin “aqida” ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan. 8 asrda Arab xalifaligida paydo bo‘lgan. Kalom islom diniy ta'limotini asoslashga harakat qiladi. Ash'ariylar – kalomning asosiy yo‘nalishlaridan biri – Ash'ariy maktabi tarafdorlari. Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro‘iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog‘dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), SHahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) taniqli vakillaridir. Ash'ariy – Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) mashhur ilohiyotchi, kalomning Ash'ariylar maktabi asoschisi. Basrada tug‘ilgan. Ash'ariy mu'taziliylarga qarshi diniy-falsafiy tizimni asoslash uchun Qur'on va Hadislarga qo‘shimcha qilib falsafa va mantiq ilmidan kengroq foydalangan. Ash'ariy 100 ga yaqin asar yozgan bo‘lib, ulardan eng mashhuri “Maqolat al-islomiyin” (“Musulmonlar ta'limoti”)dir Ash'ariylarning dunyoqarashida aql diniy an'ana – naqldan ustun qo‘yiladi. Ash'ariylar – moturidiylik tarafdorlaridan o‘nlab aqidaviy masalalarda farq qiladilar. Masalan, Ash'ariylar Alloh o‘z bandalariga toqatlaridan tashqari og‘ir ishlarni ham buyurishi mumkin desalar, Moturidiylar esa mumkin emas deydilar. Ash'ariylar Allohni aql bilan tanish vojibligiga ham qarshi turadilar. Dalil keltira olmaydigan muqallid musulmonning imonini Ash'ariylar qabul emas deydilar. Imon ozayib-ko‘payib turishi, amal imonning tarkibiy qismi deb qarash va boshqalar. Ash'ariylarning qarashlarini eng avvalo eronda (10 asrda) keng tarqalgan Shofi'iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Ash'ariyning o‘zi tayangan Hanbaliylik tarafdorlari bu maktab dushmanlari bo‘lib qolgan. Biroq Ash'ariylar ta'limoti Baqiloniy, G‘azoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta'sirga ega bo‘lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan. Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, jabariylar, murji'iylar va hak.) paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy qildi. Imom Moturidiy ta'limoti. Islom tarixini o‘rganish jarayonida ko‘plab olimlar kalom ilmida faoliyat olib borib o‘zlarining aqidaga oid asarlar yozganlarini ko‘rish mumkin. Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlarning orasida imom Abu Mansur Moturidiy (870-944) va imom Abul Hasan Ash'ariy (873-935)lar alohida ajralib chiqqanlar. Bu olimlar Ahli sunna val jamoa aqidasi bo‘yicha imom deb tan olindilar. «Ahli sunna val jamoa» to‘rt fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada ikkiga – moturidiylik va ash'ariylikka e'tiqod qiladilar. Bunda hanafiy mazhabi moturidiylikka, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ash'ariylik ta'limotida deb hisoblanadi. Shu o‘rinda bu ikki maktab vakillari haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli. Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi buyuk kalom imomi va fakih Abu Mansur Moturidiydir. Uning hayoti haqida ma'lumotlar kam. To‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiy (853-944), asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan (hozirgi Jonboy tumnida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi Shu qishloqqa nisbatan olingan. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta'limni Shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyodiy, Imom A'zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn YAhyo Balxiy, Muhammad ibn Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan. Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, zamonasining ko‘zga ko‘ringan hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo‘lgan va munozaralar qilib, Shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgan. Ulardan quyidagi «Kitabut Tavhid», «Kitabul maqomat», «Kitab rad avoilil adila lil Ka'biy», «Kitabul usul», «ar-Rad ala usulil Qaromita», «Kitab ta'vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish mumkin. Abu Mansur Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha etib kelmagan, etib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitabut tavhid» asari bizning davrimizga etib kelgan. Olimning yana bir asari «Kitab ta'vilot ahli sunna» yoki boshqa bir nomi «Ta'vilot al-Qur'on» deb nomlanadi. Moturidiy bu asarida sunniy aqidaga zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda ish ko‘radi. Moturidiyning bu birgina asari tarix jarayonida ko‘p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo‘lgan. Moturidiy ko‘p shogirdlar etishtirdi, ular o‘z ustozlarining ta'limotini davom ettirishganligi tufayli hanafiy mazhabida kalom ili bo‘yicha moturidiya maktabi vujudga kelgan. Moturidiy «Imom al-huda» (hidoyat yo‘li imomi) va «Imom al-mutakallimin» (mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham mashhur bo‘lgan. Ash'ariy va moturidiylik orasidagi asosiy farq imon masalasidadir. Moturidiy ta'limotiga ko‘ra imon til bilan iqror qilib, dil bilan tasdiqlashga aytiladi. Amal imonning tarkibiga kiritilmaydi. Ash'ariylikda esa, imonga amalni ham qo‘shadilar. Shu sababdan moturidiylik tarqalgan hududlarda imon keltirgan kishi musulmon hisoblanadi, ammo amal qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi, deb yuritiladi. O‘rni kelganda aytib o‘tish lozimki, manbalarda «moturidiyya mazhabi», «ash'ariyya mazhabi» degan atamalar uchrab qoladi. Bundan imom Moturidiy imom Abu Hanifaning ilmi kalomga doir ta'limotini rivojlantirgan. Imom Ash'ariy esa imom SHofiiyning e'tiqodiy qarashlarini takomillashtirgan deyish mumkin. Abu Mansur Moturidiy va Abul Hasan Ash'ariylarning sof aqidani musulmonlarga etkazishdagi xizmatlari beqiyosdir, ularning aqidaviy ta'limotiga hozirgacha musulmonlar tomonidan alohida e'tibor bilan amal qilib kelinmoqda. Ulamolar ilmi kalomning ta'rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qadimgi ta'rif Abu Nasr Farobiyga tegishli bo‘lib, u, “Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so‘zlarni behudaga chiqarilur”, degan. 13 asrdan ilmi kalom Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun ta'biri bilan aytganda, kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo‘lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o‘z ifodasini topdi. Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg‘oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida kalom va ayniqsa, mu'taziliylar g‘oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o‘tishi bilan islom olamida faqat ahli sunna va jamoaning ilmi kalom bo‘yicha ta'limotlari hukm suradigan bo‘ldi. Falsafa va boshqa fikriy mazhablar chiqqanidan so‘ng ilmi kalom istilohining o‘zi ham iste'moldan chiqib ketdi. G‘azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: “U bir ilm bo‘lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini – ahli bid'atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo‘riqlashdir. Alloh taolo o‘z bandalariga o‘z payg‘ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, ular haqida Qur'on va xabarlar nutq qildi. So‘ngra shaytonlar o‘z vasvasasi ila bid'atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o‘sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqidasini buzmoqchi bo‘ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo‘lida harakatga soldi. Shu orqali ahli bid'atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana Shunday ilmi kalom paydo bo‘ldi”. Ilmi kalom paydo bo‘lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o‘xshab faqat Qur'on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo‘lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil keltirishni ham talab etardi. Ilmi kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja'd ibn Dirham (742 yil qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur'on oyatlarini ramziy-majoziy ma'noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl etilgan) ustozining g‘oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu'taziliylarga yaqin bo‘lgani bois odatda bu ikki ta'limotni bir-biridan farqlamaydilar. Mu'taziliylarlarning kalom ilmi 9 asrning 1-yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida quvg‘in ostiga olindi. Imom G‘azoliy o‘rtacha yo‘l tutgan va ilmi kalomda yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligini ta'kidlab, u bilan faqat mutaxassis olimlar mashg‘ul bo‘lishi kerakligini uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o‘rgangan olimlar, ilmi kalomni, xususan, undagi adaShuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali taraflarini e'tiborga olganlar.Shuning uchun uni foydali taraflaridan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi, deydilar. Abdulvalid Muhammad Ibn Rushd (lot. Averroes) (1126, Kordova -1198.12.12, Marokko) - arab faylasufi va tabibidir. Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy hakimi (tabib) bo‘lgan. Aristotelь asarlariga sharhlar yozgan. Ibn Rushd eng sermahsul mutafakkirlardan biri edi. Uning mehnatsevarligini o‘zi aytgan gaplardan ham bilsa bo‘ladi. Uning o‘zining tan olishicha, o‘z hayotida faqlt ikki kungina ishlamagan: biri otasi vafot etgan kun va ikkinchisi-o‘zining tuyi bo‘lgan kun. Ibn Rushd ellikka yaqin yirik asarlar yozgan. Ulardan eng mashhurlari quyidagilar: “Raddiyaga radiya”, Mantiqqa oid asarlari, “Osmoniy jismlarning harakati haqida mulohazalar”, “Zamon muammosi”, “Birinchi harakatga keltiruvchi kuch haqida”, “Abadiy va vaqtinchalik mavjudlik haqida mulohazalar”, “Jon haqida fan muammolari‖, “Aql haqida mulohazalar”, “Falsafa masalalari”, “Din bilan falsafaning muvofiqligi haqida” va boshqalar. Ibn Rushd “Radiyaga radiya”, “Falsafa masalalari” asarida moddiy dunyo abadiy, uning boshi ham yo‘q, oxiri ham bo‘lmaydi, deganfikrni ilgari surgan. Lekin, uningcha, olamning yaralishi va oxiri moddiy dunyo, fazoda cheklangan. Xudoning borligini tan olgan Ibn Rushd uning olamdan oldin bo‘lganligiga ishonmagan va xudo yaratilgan olam bilan birga abadiy, deb hisoblagan. U ruh o‘lmaydi, oxirat bor degan fikrga qarshi chiqqan. “Radiyaga radiya”da Ibn Rushd ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni e'tiqodga, falsafani ilohiyotga qarama-qarshi qo‘ydi hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. Musulmon ilohiyotchilari Ibn Rushdning dunyoning abadiyligi va uning qonuniy ravishda rivojlanishda ekanligi haqidagi ta'limotiga, ayniqsa, uning voqelikni aql yordamida bilib olish mumkin, degan qarashlariga qarshi chiqdilar. Bu qarshilikka duch kelgan Ibn Rushd, hatto o‘zining shogirdlaridan ham mahrum qilinadi. Ruhoniylar uning atrofida chidab bo‘lmas muhit yaratadilar. Uning zamondoshlarining yozishlaricha, bir kuni Ibn Rushd va uning o‘g‘li Abu Allahni Qo‘rtabadagi masjiddan haydab chiqaradilar. U o‘z uyida qamoq holatida yashaydi. Faqlt vafotidan sal oldingina Ibn Rushd yana xalifa tomonidan Marokashga chaqiriladi va o‘sha erda 1198 yilning 10 dekabrida olamdan ko‘z yumadi. Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasi keyinchalik islom falsafasida tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy bilimlarkonsepsiyasini ishlab chiqishda, diniy va ilmiy bilimlarni uyg‘unlashtirishda muhim vosita bo‘lgan. O‘z navbatida, bilishning bu ikki shakli bir-biriga halal bermasligi kerak degan g‘oya ham ustuvor ahamiyat kasb etgan. Chunki ular bir maqsad – haqiqatni topish va unga erishish yo‘lida harakat qiladilar degan yondaShuv konsepsial asosga ega edi. “Ikki haqiqat nazariyasi” mutakallimlar bilan mu'taziliylar, aql bilan e'tiqod o‘rtasida keliShuv vujudga kelganligidan darak beradi. CHunki keyingi davr musulmon xalqlari tarixidan o‘rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning negizi uning asosiga qurilganini ko‘rish mumkin. Ikki haqiqat tarafdorlarining qarashlaridagi bunday xulosalar aslida qadimgi yunon faylasufi Aflotun falsafasiga asoslanar edi. Agar Aflotun falsafasida narsalar dunyosidan oldin, unga nisbatan birlamchi, o‘zgarmas mohiyatga ega bo‘lgan “g‘oyalar dunyosi” mavjudligi e'tirof etilsa, unda bu o‘zgarmas mohiyatni anglab etishning ham ikki yo‘li mavjuddir, deb ishonch bildiradi. “Jahon haqida fan muammolari”da ta'kidlanishicha, bu dunyoning o‘zgarmas mohiyati alohida qobiliyatga ega, o‘ta sezgir odamlarning faoliyati orqali anglab olinadi. Buning ikkinchi yo‘li esa, kishilar tomonidan g‘oyalar dunyosi (mohiyat)ning hosilasi bo‘lmish narsalar dunyosini tashkil etuvchi voqea va hodisalarning o‘zaro aloqadorligi, sifat hamda xossalarini o‘rganish asosida ham mohiyatni anglab olish mumkin. “Falsafa masalalari” asarida Ibn Rushd kishi oliy kamolotga zikru sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. O‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan Ibn Rushd adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik g‘oyalarini targ‘ib qildi. Ibn Rushd g‘oyalari o‘rta asr falsafasiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Ibn Rushd 7 jildli qomusiy tibbiy asar "Kitob al-kulliyot" (tibbiyot bo‘yicha umumiy qo‘llanma) muallifidir. Ibn Xaldunning ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy qarashlari antik davri faylasuflari Aristotel va Platonlarning g‘oyasi asosida bo‘lsa, jamiyatda ahloqiy qarashlari O‘rta asrlar olimlari Forobiyning konsepsiyasida, va tibbiy nazariyalar Ibn Sinoda, falsafada esa, Ibn Rushdning dunyoqarashi asosida bo‘lgan – degan xulosaga A.A Ignatenko o‘z tadqiqotlari asosida kelgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, vahdatul mavjudda ko‘pchilik musulmon ruhoniylari bu ta'limotga Shubha va ehtiyotkorlik bilan qarashgan edi. Al-Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu ta'limotning namoyandalari hisoblanadi. Vahdatul mavjud Ibn Rushd fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar o‘zaro bog‘lik, dunyo hamisha o‘zgarish, rivojlanish holatida turadi. Vahdatul mavjud tarafdorlari musulmon SHarqida tabiatShunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi. 4. Tasavvuf (sufizm) ta'limoti va tariqatlari. Tasavvuf – islomdagi mistikasketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so‘zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so‘zidan olingan bo‘lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta'limot. Bu ta'limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo‘lgan sirli aloqasi bo‘lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo‘ladi. Sufiylik mualliflari ko‘pincha uning kelib chiqishini «svf» («sof bo‘lmoq») o‘zagidan yoki «ahl as-suffa» (Payg‘ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig‘iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta'kidlaydilar. G‘arbiy Evropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yunoncha – «hikmat» (sophia) so‘zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo‘lishgan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, SHamsiddin Somiy (1850-1905) esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. SHayx Saffet Yetkin ham Shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo‘liga suluk solgan kishilarning «sufiya» ismi bilan mashhur bo‘lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo‘lgan, degan dalillarni ilgari suradi va «sufiy» so‘zining yunon tilida olinganligiga qarshi chiqadi. Endilikda bu so‘zning «suf» (jun chopon) so‘zidan kelib chiqqanligi haqidagi o‘rta asr musulmon olimlari ta'kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. CHunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag‘al jundan kiyim kiyishlari edi. SHimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma'lumotlar ham bor. Tasavvufga asos bo‘lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg‘ambarning Abud Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o‘rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki attasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o‘rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so‘zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistikasketik oqimning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiyijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma'naviyg‘oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta'sirini ko‘rsatish mumkin. Ilk davr sufiylari, aniqrog‘i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur'oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur'on va Payg‘ambar sunnatlariga qat'iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o‘tkazish, kunduzlari ro‘za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o‘zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara'), o‘zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k. Sufiylik ta'limoti mu'taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro‘li shaxslarga ko‘rko‘rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so‘zmaso‘z itoat etishdan farqli o‘laroq, insonga asosiy ob'ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhoniyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e'tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish – ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak psixolog, Ilm alqulub valxavotir (Qalblar va fikrlar ilmi)ga asos solgan al-Hasan alBasriy (v. 728 y.) sufiylikning asoschilaridan hisoblanadi. IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg‘in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag‘dod va Xuroson sufiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Tasavvufda Allohga etishish (vasl) – unga qo‘shilib ketish (baqo) bilan bo‘lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tuShunarli bo‘lmaganligi va mazkur g‘oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur alHalloj (qatli 922 y.), Ibn Ato, Ayn alQudot al-Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarnixushyorlikka chaqirdi. Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo‘sinda: bunga ko‘ra, ba'zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko‘rinishdagi tortiShuvlardan, quruq bahslardan o‘z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo‘lida zuhd va taqvoni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-SHomiy (v. 776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (v. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-SHibliy (v. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-Bag‘dodiy (v. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo‘lgan kishi Robi'a al-Adaviyadir (v. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo‘li islom tarixining ajralmas bir bo‘lagidir. Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davr sufiylarining talqiniga ko‘ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu Ya'qub Yusuf al-Hamadoniy (v. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko‘ra, Yusuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi: Tasavvufda YAssaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Shayx Ahmad YAssaviy (v. 1166-67 y.) va uning shogirdlari nomi bilan bog‘liqdir. Ahmad YAssaviy sufiylik tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lish bilan birga shoir ham edi. Yasaviy g‘oyalari bir necha marotaba turli tahrirda nashr etilgan «Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo, tadqiqotchilar orasida uning YAssaviyga taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-ne'matlarini so‘ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig‘i bilan o‘tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq orasida keng tarqalgan. By tariqat asoschisi Xoja Ahmad YAssaviy bugungi Qozog‘istonning janubidagi CHimkent viloyati, Sayram qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ba'zi manbalarga qaraganda, u YAssida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. Rivoyatlarga ko‘ra, bu erda u Arslonbob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she'rlari bilan atrofdagi odamlarni xaq yo‘lga chaqiradi, ularning ma'naviyatiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi SHe'r-hikmatlari «Devoni xikmat» nomi ostida kitob holiga keltirilgan. Ahmad YAssaviy hayotligidayoq uzoq o‘lkalarga muridlarini jo‘natib, o‘z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. YAssaviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari qismini chillaxonada o‘tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko‘plab manoqiblar saqlanib qolgan. YAssaviy tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog‘ida darvishning tomog‘idan arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun YAssaviya zikriga «zikri arra», «zikri minshoriy» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo‘lini tizzasi ustiga qo‘yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel, elka qimirlamagan holda «Hayy» deydi va zikr Shu tarzda davom etadi. Zikrning 12 zarb turi ma'lumdir. YAsaviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi. Bu tariqatda muhim o‘rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni tanish (ma'rifatulloh), mutlaq jo‘mardlik, rostgo‘ylik, o‘zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur. YAssaviya tariqati, asosan, sunniy e'tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson malomatiya maktabidan biroz ta'sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega. Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan. Hatto Naqshbandiyani YAssaviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. Ahmad YAsaviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg‘oniy (v. 1186 y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma'lum. Kubraviya tariqati. Bu tariqatning asoschisi – shayx Najmiddin Kubro al-Xivaqiy (v. 1221 y.) bo‘lib, tasavvuf tarixidagi eng yorqin siymolardan biridir. Xivada tug‘ilgan. YOshligida diniy ilmlarni egallagan. Ayniqsa, hadis ilmida tengi yo‘q edi. Turli o‘lkalarni kezgan. Misrda shayx Ruzbihon al-Misriy bilan tanishib, unga murid bo‘lgan. Qattiq riyozatlar natijasida murshidining tavajjuhiga erishib, uning qiziga uylangan. Bundan keyin u Ammor YOsirga murid bo‘lgan, uning tavsiyasi bilan esa Ismoil Kasriy dargohiga kirgan va u erdan «xirqai tabarruk» kiygan. YAna Misrga – shayxining yoniga – qaytgan Kubro, shayxi tomonidan o‘z vatani Xorazmga irshod vazifasi bilan jo‘natiladi. Kubro Xorazmga ko‘chib borib, Kubraviya-zahabiya tariqatiga asos solgan. Qisqa vaqt ichida atrofdagilarning muhabbatini qozondi, shogirdlar tarbiyalab, voyaga etkazdi. CHunonchi, Farididdin Attorning ustozi – shayx Najmuddin al-Bag‘dodiy bilan «Mirsod al-ibod» asari muallifi mashhur Najmuddin Doya Kubro shogirdlari jumlasidandir. Najmiddin Kubro mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Yozgan asarlari orasida eng mashhuri «Usuli ashara» risolasi bo‘lib, bu asar barcha tariqatlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Ismoil Xaqqiy Bursaviy tomonidan sharh etilgan. «Favoihul jamol» asari esa tasavvuf ruhShunosligi (psixologiyasi) mavzusidadir. Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta'sir qilgan. CHunonchi, bu tariqat Naqshbandiya va mavlaviya tariqatlariga ham ta'sir ko‘rsatgan. Kubraviya ko‘proq O‘rta Osiyo, Rossiya va Eron mamlakatlarida keng tarqalgan. Kubraviyaning o‘ziga xos jihatlari chordona qurib, jahriy zikr qilish. Uning tariqat silsilasi Ali ibn Abi Tolibga borib ulanadi. Tariqat asoslari «Usuli ashara» asarida tavsif etilgan. Kubraviyaning mashhur shahobchalari quyidagilar: baho’iya xilvatiya, firdavsiya, nuriya, rukniyya hamadoniya, nurbaxshiya, barzanjiya. Naqshbandiya tariqati. Uning ikkinchi nomi Xo‘jagon yo‘nalishi bo‘lib, u shahar va shahar atroflarida rivojlangan va xalq orasida keng tarqalgan. Bu oqimga Xo‘ja YUsuf al-Hamadoniyning mashhur shogirdi Xo‘ja Abdulxoliq al-G‘ijduvoniy (v. 1179 yoki 1220 y.) murshidlik qilgan. Keyinchalik bu oqimga Xo‘ja Bahouddin Naqshband (1318-1389) murshidlik qilgan va Shu davrdan e'tiboran Naqshbandiya tariqati butun islom olamiga tarqala boshlagan. Osiyo zaminida eng keng tarqalgan tasavvuf tariqatlaridan biri Naqshbandiyadir. Uning haqiqiy asoschisi Bahouddin Naqshband bo‘lib, u Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida dunyoga keldi. Bahouddin Naqshbandni yoshligida Xojagon tariqati shayxlaridan Muhammad Bobo-yi Samosiy ma'naviy farzandlikka qabul qildi. Bir muddatdan keyin Samosiy uning tarbiyasini Amir Kulolga topshirdi. Shu bilan birga Bahouddin Naqshbandning haqiqiy shayxi – uvaysiya yo‘lida tarbiyalagan Abdulxoliq G‘ijduvoniy hisoblanadi. Ma'lum muddat Samarqandda yashab, u erdagi shayxlarning suhbat va tavajjuhlariga musharraf bo‘ldi. Amir Kuloldan xalifalikni olgach, Qosim shayx, Xalil ota va Mavlono Orif kabi YAssaviya shayxlarining huzurida ko‘p yillar qolib, ulardan ilmu fayz olishga muyassar bo‘ldi. Ikki marotaba hajga borib kelgan Bahouddin Naqshband hayotining oxirgi yillarini Buxoroda o‘tkazdi. Islom olamida juda katta obro‘-e'tiboriga ega bo‘lgan Naqshbandning hayoti manoqiblarga to‘la bo‘lib, bugungacha uning hayoti va tariqatini ifodalovchi juda ko‘plab asarlar bitilgan. Shulardan, Faxruddin Ali ibn Husayn Vo'iz Koshifiyning «Rashahot ayn al-hayot» risolasi Naqshbandiya tariqati shayxlari haqida keng ma'lumot beradi. Naqshbandiyaning silsilasi ikki boshqa-boshqa shahobchalar orqali hazrat Ali va hazrat Abu Bakrga borib etadi. Naqshbandiya tariqati quyidagi to‘rt tamoyil asosiga qurilgan: 1) shariat bilan zohirni poklash; 2) tariqat bilan botinni poklash; 3) haqiqat bilan qurbi ilohiyga erishmoq; 4) ma'rifat bilan Allohga erishmoq. Bundan tashqari yana o‘n bir asos-tamoyil ham borki, Naqshbandiya tariqatiga kirgan har bir darvish unga rioya qilishi talab qilinadi. Abdulxoliq al-G‘ijduvoniy ishlab chiqqan bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Xush dar dam (har nafasda hushyor bo‘lish) – g‘aflatga tushmaslik, har lahza Allohni eslash; har nafas olish-chiqarish chog‘ida Allohni zikr qilish, agar g‘aflatga tushsa, istig‘for aytish; 2. Nazar bar qadam (qadamga nazar solish) – solik qaerda bo‘lishidan qat'iy nazar, yurayotganida oyoq uchiga qarab yurishi lozim, toki qalb ko‘zi va nazari bo‘lmag‘ur manzaralarga qarashdan xalos bo‘lsin. Shunda ma'naviy safarda ro‘para keladigan tahlikalar tezda oshib o‘tiladi. U tamoyil kamtar bo‘lish va mavjud holatga Shukur qilishni o‘zida mujassam etadi; 3. Safar dar vatan (vatanda, o‘z erida turib safar qilish) –solikning yomon ahloqdan yaxshi xulqqa, bashariy sifatlardan ilohiy sifatlarga yo‘nalishi. Darvish bir murshidi komil topgunga qadar jismonan sayohat qilishini bildiradi. Naqshbandiylar fikricha, sayru suluk chog‘ida solikni umidsizlikka tushirib, qiyinchilik keltirib chiqargani uchun murid murshidi komil topgach sayohat qilmasligi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyil sayru suluk martabalarini bosib o‘tishni o‘zida mujassam etadi; 4. Xilvat dar anjuman (jamoat ichida turib yakkalanish) – zohirda xalq bilan, botinan Haq bilan birga bo‘lish. Solik moddiy borlig‘i bilan xalqqa aralashib, turli bashariy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashib, hayot talab qilayotgan amallarni ijro etayotib, qalban doimo Allohning huzurida ekanini bir lahza bo‘lsa-da, esdan chiqarmasligidir. Bu hol doimiy zikr ma'nosini ham bildirib, zikrda erishiladigan eng oxirgi bosqich – maqomdir. Bahouddin Naqshband Naqshbandiyaning tamalini «xilvat dar anjuman» tashkil etishini ta'kidlagan. «Xilvatda Shuhrat bor, Shuhratda esa ofat bor» deya Naqshbandiyada xilvatga ko‘p rag‘bat ko‘rsatilmaydi. Shu bois bu tariqatda suhbat va xalq bilan aralashib, ularning dardlariga sherik bo‘lib, Haq roziligi yo‘lida xalqqa xizmat qilish muhim o‘rin tutadi. Naqshbandiyada Qur'ondagi «Shunday kishilar bordirlarki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Ollohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas» (Nur; 24-37) oyati ushbu holga ishora qiladi deb ta'kidlanadi; 5. YOdkard (eslash, zikr etish) – Allohni yod etib, boshqa narsalardan ko‘ngilni uzish. Naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir: murid o‘zini huzur ichra shayxining ko‘ngli ro‘parasida tasavvur qilib, ko‘zi – og‘zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban «kalimai tavhid»ni zikr qiladi. Bir nafas olib – chiqarishda uch daf'a zikr etishga urinadi va hokazo. Naqshbandiya tariqatining eng mashhur shahobchalari: ahroriya, mazhariya, mujaddidiya va xolidiya. Mujaddidiyaning asoschisi Ahmad as-Sirhindiy Ibn Arabiyning vahdat al-vujud falsafasini tanqid qilib, vahdati ash-Shuhudni yoqlab chiqqan. Sunniylik aqidasiga zid kelmaydigan tasavvufiy tushunchaga ega bo‘lgan Imom Rabboniyning eng mashhur asari «Maktubot» turkchaga ilk bor Mustaqimzoda Sulaymon Sa'diddin tomonidan o‘girilgan va Istambulda nashr etilgan. 5. O‘zbekiston allomalarining islom ta'limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, islom, tasavvuf ta'limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo‘lgan. Al-Buxoriy, Xoja hakim at-Termiziy, SHayx Abu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq Fijduvoniy, Xoja Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, SHayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, YUsuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma'rifat yo‘lining rahnamolari bo‘ldilar. Ular yaratgan ta'limot va ilgari surgan ma'naviy-axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Din - ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog‘i kerak. Bizning bobolarimizning yo‘li ana Shunday bo‘lgan. Bir misol keltiramiz. Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashhur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab SHayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb so‘raganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd (intuitsiya) bilan bilgan bo‘lsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa o‘z shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bo‘lsam, u ko‘ngnil bilan idrok etadi», deb aytgan ekan. Ko‘rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa - tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tuShungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar. YOki olaylik, Mirzo Ulug‘bek bilan Xo‘ja Ahror Valiyni. Ular zamondosh, bir shaharda yashaganlar. Ulug‘bek - munajjim va shoh, uning shogirdlari aniq fanlar vakillari. Xo‘ja Ahror esa mo‘'tabar din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir-birlariga xalaqit bergan emaslar, aksincha, biri ilmiy ma'rifatni, ikkinchisi bo‘lsa ruhoniy ma'rifatni rivojlantirib, bir-biriga ko‘mak berganlar. Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Al-Beruniy, Al-Buxoriy, Fazzoliy, Hamadoniy, Fijduvoniy va boshqa ulug‘ zotlarning hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi, e'tiqod-iymonining pokligi bilan bizlarga ibratdir. Bularning hammasi ko‘rsatadiki, dindorlik ham ma'rifatni, yuksak ma'naviyatni talab qiladi. Kishi qancha chuqur ilm egasi bo‘lsa, olam va odam mohiyatini anglasa, uning Ollohni anglashi, iymoni ham Shuncha mustahkam bo‘ladi. Ma'lumki, O‘rta Osiyoda islom dini 708 yildan keyin keng tarqala boshlaganiga qaramay, ilohiyot qatori muhaddislik ham ildam rivojlangan. Islom olamida mashhur va eng ishonchli deb e'tirof etilgan 6 hadislar to‘plami mualliflarining aksariyati O‘rta Osiyodan chiqqanlar. Masalan, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (809-870), Al Xakim at—Termiziy (824 — 897), ad—Dorimiy as — Samarqandiy (797 — 868) An - Nasafiy va Kaspiybo‘yi xalqlaridan ibn Mojja (824 — 886) va boshqalar bu sohaning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. O‘rta Osiyo tabiiy ilmiy tafakkurining rivojining boshlanishi buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniy va Muso Muhammad al- Xorazmiylarning nomi bilan bog‘liqdir. 1998 yilda Ahmad al- Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. U mashhur falakkiyotShunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakdan bo‘ladigan sabablar”, “Astrolyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqa sanalar. Muhammad Muso al-Xorazmiy sharqning buyuk mutafakkir qomusiy olimidir. Uning ilmi nujum, geodeziya, jug‘rofiya, riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, Quyosh soati haqida risola, “Erning shakli haqida kitob”, “Musiqa bo‘yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. SHarq falsafiy axloqiy fikri rivojini Abu-Nasr Farobiysiz tasavvur qilish qiyin. U SHarq Aristoteli degan unvonga sazovor bo‘lgan. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo‘lib uni ikki guruhga ajrtish mumkin: a) qadimgi yunon faylasuflari va tabiatShunoslari-Aristotelь Platon, Galent va boshqalarning ilmiy meroslarini tarjima qilish, sharhlash va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar. b) O‘rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy falsafiy sohalariga oid risola. Jumladan “Aristotelьning metofizika” asariga izoh, “Aristotelьning etika kitobiga sharh”, “Masalalar manbai”, “Musiqa haqida so‘z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalar. Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga eriShuvdan iborat, kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb-xunar va ilmilarni o‘zlashtirish-ma'rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi. Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o‘z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo‘shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatShunos va faylasufdir. U o‘z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma'sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid maxsus asar yozmagan bo‘lsada, ammo ko‘pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan. Jahon madaniyati va ma'rifatiga katta hissa qo‘shgan, Sharq va Evropada ―SHayx-ur rais-olimlar boshlig‘i‖ unvoniga ega bo‘lgan alloma Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o‘z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada meditsina bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. VI-XII ma'naviyati va ma'rifati rivojida ko‘ringan shoiri YUsuf Xos Hojib ham katta o‘rin tutadi. YUsuf Xos Hojib o‘zining yagona dostoni bo‘lmish ―Qutadg‘u bilig‖ (―Baxtga eltuvchi bilim‖) bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo‘lib, uni shoir Qashqar xoqimi Sulaymon Arslon qoraxonga bag‘ishlagan. Shu asar uchun unga Xos Hojib, ya'ni buyuk xonning maxsus maslaxatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari - xoqim Kuntug‘di adolat ramzi,vazir Oyto‘ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o‘g‘li O‘gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi. VI-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda ilm, fan, ma'rifat, ma'naviyat yuqori darajada rivojlandi. Download 34.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling