Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Download 166.98 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi166.98 Kb.
#1468817
  1   2   3
Bog'liq
Quron suralari va oyatlari manosi esse


Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti
Kompyuter grafikasi va badiiy foto yònalishi
1-kurs 101-22chi guruh talabasi
Xòjayeva Maftunaning
“Quron suralari va oyatlari manosi”
haqida yozgan inshosi.

Reja :


  1. Quronning nozil bòlish tarixi.

  2. Quronning tuzulishi.

  3. Kitob holatida jamlanishi.

  4. Quron ilmlari va asosiy ģoyasi.

  5. Usmon mus’hafi.

  6. Oyatlar manosi va tafsiri.



Qurʼon (arabchaالقرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobiIslom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar. Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi milodiy 610-yil boshlangan. Payģambarimiz Muhammad s.a.v ni 40 yoshlarida Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan vaqtlarida Jabroil farishta alayhissalom „Iqroʻ“ („Oʻqi“) deb boshlanuvchi „Alaq“ surasining avvalgi 5 oyatini keltirdilar. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanibroʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.
Q
urʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabchajuzforschapora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „Fotiha“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 286-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi.


P
ayģambarimiz Muhammad s.a.v Qurʼon oyatlarini Jabroil alayhissalomdan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu BakrUmarUsmonAliZayd ibn SobitUbay ibn Kaʼb xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq tosh, katta suyakteri va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Paygʻambarimiz s.a.v hayotlik chogʻlarida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qurʼon jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarimizning vafotlaridan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qurʼonni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Qurʼonning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Qurʼonni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambarimiz bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Qurʼonni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn

Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: „Kimning qoʻlida yozilgan Qurʼon boʻlsa va uni Paygʻambarimizdan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi“, deb eʼlon qildilar. Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qurʼon sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarimiz s.a.vning ayollari Hafsa binti Umar huzurida qoldi.

Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Qurʼonni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qurʼonning „etti harf“ (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Qurʼon oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Qurʼon qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi.


Nusxalar tayyor boʻlgandan soʻng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qoʻshib joʻnatildi, hammaga faqat shu nusxadan Qurʼonni koʻchirish va shu qoridan qiroat oʻrganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Shomga Mugʻiyra ibn Shihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan musʼhaf berdi. Madinada qolgan musʼhafdan odamlarga qiroat taʼlimi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa musʼhaf qoldi. Keyinchalik nusxa koʻchirish yoʻlga qoʻyilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy boʻldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida „bu nusxa Usmon musʼhafiga muvofiqdir“, deb yozib qoʻyiladigan boʻldi. Qurʼon harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Qurʼon harflariga biror nuqtachalik ham oʻzgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar musʼhaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga oʻxshash boshqa narsalarni mutlaqo qoʻyib boʻlmaydi, aks holda, oʻsha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo boʻlishi mumkin, deb fatvo chiqardilar.

Ulamolar Qurʼonni tushunish uchun zarur boʻlgan fanlar majmuasi — Qurʼon ilmlaridan nosix va mansux (bekor qiluvchi va bekor qilingan oyatlar, asbob an-anzul (oyatlarning nozil boʻlish sabablari), tafsir kabi sohalarni sanab oʻtganlar.





Download 166.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling