Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Download 166.98 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi166.98 Kb.
#1468817
1   2   3
Bog'liq
Quron suralari va oyatlari manosi esse

Tafsir ilmi


Tafsir payģambarimiz s.a.v davrlaridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammad (s.a.v)ning òzlari boʻlib, u odamlarga Qurʼon maʼnolarini bayon qilib berardi. keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir boʻlgan. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos (690 yil m.y.), Abdulloh inb Mas'ud (654 yil m.y.), Ubay ibn Kaʼb (7-asr), Anas ibn Molik (712 yil m.y.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan Mujohid ibn Jabr Makkiy (723 yil m.y.), Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy (723 yil m.y.), Said ibn Jubayr (714 yil m.y.), Ato ibn Abi Raboh (734 yil m.y.) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir ogʻzaki rivoyat va naql shaklida boʻlib, kitob tarzida yozilmagan. Muhammad ibn Jarir Tabariy (923 yil m.y.), Abu Mansur Moturidiy (944 yil m.y.), Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy (1310-yil m.y.) kabi yirik mufassir ulamolar oʻzlarining tafsir kitoblarini yozdilar.
Afsuski, islomda paydo boʻlgan turli firqalar Qurʼonga oʻz taʼlimotlariga mos ravishda tafsirlar yoza boshladilar, zero tafsirchilik mufassirning dunyoqarashi bilan bogʻliqdir. Ammo islomning sof taʼlimotiga zid boʻlgan tafsirlar vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Qurʼonning islom jamiyatidagi ulkan mavqeidan turli firqalar oʻzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanish holatlari koʻplab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday notoʻgʻri talqinlariga qarshi doimiy ravishda oʻzlarining xolis fikrlari bilan kurashib kelganlar. Qurʼonni gʻarazli talqinlardan xoli tutish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib men eng sevimli suram bolmish AR-ROHMAN surasini tafsirini keltirib òtmoqciman.
R
ahmon surasi
 (arabchaسورة الرحمن, nomining maʼnosi — Mehribon[8][9]) — Qurʼonning 55-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 531–534[10]-sahifasida va 27-juzida joylashgan. 96-boʻlib nozil boʻlgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Mehribon (Alloh)
2. Qurʼonni taʼlim berdi.
3. (U) insonni yaratdi.
4. Unga bayonni (nutqni) taʼlim berdi.
5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).
6. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (boʻyin sunur).
7. Osmonni baland qilib qoʻydi va tarozini joriy qildi.
8. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.
9. (Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat oʻrnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!
10. (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qoʻydi.
11. Unda meva va gʻunchali xurmo daraxtlari bor.
12. Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).
13. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
14. U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.
15. Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.
16. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
17. (Alloh) ikki mashriqning (yaʼni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki magʻribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.
18. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
19. U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qoʻydi.
20. (Ammo) u ikkisining oʻrtasida bir toʻsiq boʻlib, ular (oʻsha toʻsiqdan) oshib oʻtmaslar.
Izoh: Adan koʻrfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab boʻgʻozida va Atlas ummoni (Atlantika okeani) bilan Oq (Oʻrta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) boʻgʻozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan Kusto ham Qurʼoni Karimning ilohiy moʻjiza ekanligini tan oldi.
21. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
22. U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.
23. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
24. Uning dengizda (yelkanlari) togʻlar kabi baland koʻtarilgan kemalari ham bordir.
25. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
26. (Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir.
27. Ulugʻlik va ikrom sohibi boʻlmish Rabbingizning „yuzi“ bogʻliy qolur.
28. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
29. Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan soʻrar. U har kuni faoliyatdadir.

Download 166.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling