Abu abdulloh


-bob Olloh taoloning qavli: «Homilador ayollarning iddasi homilalarini


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


1-bob Olloh taoloning qavli: «Homilador ayollarning iddasi homilalarini 
tug‘ishlaridur. Kim Ollohdan qo‘rqsa, Olloh uning ishini oson qilur!» 
 
Abu Salama raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam Ibn Abbosning oldilariga keldi, Abu 
Hurayra raziyallohu anhu Ham shu yerda o‘ltirgan erdilar. Boyagi odam Ibn Abbosga 
«Eri o‘lgach, qirq kundan keyin farzand tuqqan ayolning iddasi to‘grisida menga fatvo 
bersangiz!»—dedi. Ibn Abbos «Homilador ayolning iddasi ikki muddatning oxiri, ya’ni 
to‘rt oy-u o‘n kundur»,— dedilar. Shunda men: «Homilador ayolning iddasi bolasini 
tuqqinchadur»,— deb gapga aralashdim. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men birlan 
birga birodarimning o‘gli ham kelgan erdi»,— deb meni tanishtirdilar. Ibn Abbos 
raziyallohu anhu shu masalani so‘rab kelish uchun xizmatkorlari Kuraybni Ummu Salama 
raziyallohu anhoning huzuriga yubordilar. Ummu Salama: «Subay’a Aslamiyya eri vafot 
qilganda homilador erdi. Erining o‘limidan qirq kun keyin bola tugdi. Keyin, unga sovchi 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
qo‘yilgan erdi, Janob Rasululloh nikohlab qo‘ydilar. Abu Sanobil ham unga sovchi 
qo‘ygan kishilardan erdi»,- - deb xabar berdilar». 
 
Muhammad ibn Fazl aytadilar: «Men bir davrada o‘ltirgan erdim, Abdurrahmon ibn Abu 
Laylo ham shul yerda bo‘lib, ul kishini ashoblari nihoyatda hurmat qilishardi. Shul yerda 
ikki muddatning oxiri (idda) to‘grisida gap ochildi. Men Subay’a binti Horis voqe’asini 
Abdulloh ibn Utbadan eshitganimdek rivoyat qilib erdim, ul kishining ashoblaridan 
ba’zilari jim bo‘lmogimga ishora qilishdi. Shunda men tushuntirishga harakat qilib: 
«Demak, men Abdulloh ibn Utbadan eshitganlarimni buzib rivoyat qilishga jur’at 
qilibman-da?! Ul kishi Kufaning bir nohiyasida yashab turibdilar, men ul kishini 
yolgonchiga chiqarmoqqa hayo qilurman!» — dedim. Bu haqda Abdurrahmon ibn Abu 
Layloning amakilari Abdulloh ibn Mas’ud ham hech narsa demagan erkanlar. So‘ng, men 
gapimni isbotlash uchun Abu Atiyya Molik ibn Omirga uchrashdim. Ul kishidan mazkur 
hadis haqida so‘radim. Shunda Abu Atiyya menga Subay’a voqeasini gapira boshladilar. 
Men Abu Atiyyadan: «Bu haqda Abdulloh ibn Mas’uddan biror narsa eshitganmisiz?» — 
deb so‘radim. Abu Atiyya bunday dedilar: «Ayollarga mashaqqat qilmoqni istab, ularga 
yengillik tugdirmoqni istamaysizlarmi? Axir, ayollar iddasi xususida «Baqara» surasidan 
so‘ng «Niso» surasi ham nozil bo‘lgan-ku! Unda «Homilador ayollarning iddasi 
homilalarini tugishlaridur» degan oyat mavjud»,— dedilar». 
 
 «AT-TAHRIM» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Ey muhtaram payg’ambar, ne uchun siz Olloh halol qilgan 
narsani o‘zingizga harom qilursiz? Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi? Olloh magfiratli 
va mehribon zotdur!» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Sizlar uchun Janob Rasulullohda chiroyli namuna (ibrat) 
bordur!» — deydilar. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab 
binti Jahshning hujralariga kirib asal ichdilar-da, ul yerda uzoq qolib ketdilar. Shunda: 
«Agar Janob Rasululloh qaysi birimizning yonimizga kelsalar, «Ey Ollohning rasuli, 
mag‘ofir yedingizmi? Sizdan mag‘ofirning hidi kelayotir, deymiz» — deb Hafsa birlan 
kelishib oldim. Janob Rasululloh: «Yo‘q, mag‘ofir yeganim yo‘q, lekin Zaynabning 
huzurida asal ichgan erdim, Ollohga qasamki, endi hech qachon asal yemayman, bul 
haqda hech kimga aytma!» — dedilar». 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi? Olloh 
taolo mag‘firatli va mehribon zotdur! Batahqiq, Olloh taolo kafforat berib 
qasamingizdan qutulishingizni buyurur, u biluvchi va hikmatli zotdur!». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhudan bir 
oyat haqida so‘rash uchun bir yil payt poyladim, chunki ul kishining salobatlari sababli 
so‘ray olmasdim. Bir kuni ul kishi haj safariga chiqdilar, men ham birga chiqdim. Hajdan 
qaytayotganimizda ancha yo‘l yurganimizdan so‘ng, Hazrat Umar ibn al-Xattob bir 
misvok daraxtining yoniga hojat uchun bordilar, Men kutib turdim, bo‘shaganlaridan 
so‘ng, birga yurib ketdik, yo‘lda u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, Janob Rasulullohga 
qaysarlik qilgan o‘shal ikki xotinlari kimlar erdi?»—deb savol berdim. Umar raziyallohu 
anhu: «Ular Hafsa birlan Oisha erdilar»,— dedilar. Men: «Ollohga qasamki, sizdan shul 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
haqda so‘rayman, deb rosa bir yil imkon poyladim, chunki sizdan hayiqib sira so‘rashga 
botinolmas erdim»,— dedim. Hazrat Umar: «Unday qilmangiz, agar meni biror narsadan 
xabardor, deb o‘ylasangiz, darhol so‘rayveringiz, agar men bilsam, sizga xabar 
qilgayman»,— dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Xudo haqi, biz johiliyat vaqtida Olloh 
taolo ayollar haqida oyat nozil qilib, ularga o‘zi taqsim qilgan huquqni taqsim 
qilmaguncha, ularni kamsitur erdik. Bir kuni men bir ish haqida fikrlab turgan erdim, 
xotinim menga: «Bu ishni mana bunday qilsangiz!» — deb aql o‘rgata boshladi. Shunda 
men unga: «Sen qayda-yu, mening ishim qayda! Mening qilmoqchi bo‘lgan ishimning 
senga nima og‘irligi tushayotir? — dedim. Xotinim: «Taajjub, ey Xattobning o‘g‘li, sizga 
hech gap qaytarib bo‘lmas! Qizingiz Hafsa ersa Janob Rasulullohning gaplarini qaytarib, 
kun bo‘yi ul zotning g‘azablarini keltirayotir»,— dedi». Aytishlaricha, Hazrat Umar darhol 
o‘rinlaridan turib, ridolarini sudragan holda Hafsaning uylariga kiribdilar-da, qizlariga' 
«Ey qizalog‘im, sen Janob Rasulullohga gap qaytarib, kun bo‘yi ul zotning dillarini 
og‘ritgan ermishsan!» — debdilar. Hafsa raziyallohu anho: «Ollohga qasam-ki, albatta 
biz hammamiz ham Janob Rasulullohga gap qaytarurmiz!» — debdilar. Hazrat Umar 
aytadilar: «Men Hafsaga: «Bilasanmi qizim, albatta men sening Olloh taoloning azobidan 
va Janob Rasulullohning g‘azablaridan ehtiyot bo‘lmog‘ingni xohlarman. Ey qizalog‘im, 
g‘o‘zalligi birlan Janob Rasulullohning muhabbatlarini qozongan anavi (Oisha) seni 
mag‘rur qilib qo‘ymasin!» — dedim. Keyin, chiqib, Ummu Salama raziyallohu anhoning 
huzurlariga kirdim-da, Hafsa va Oisha haqida gapirdim. Ummu Salama. «Taajjub, ey 
Xattobning o‘g‘li, hamma ishga aralashib yurursiz, hatto Janob Rasululloh birlan ul 
zotning xotinlarining o‘rtasiga ham tushmoqchi bo‘lib turibsiz!» — dedilar. Ollohga 
qasamki, Ummu Salamaning bul gaplari g‘azabimni bosdi, men tashqariga chiqib 
ketdim. Mening bir ansoriy do‘stim bor erdi, agar men Janob Rasulullohning huzurlarida 
bo‘lmasam, u menga xabar keltirib turardi, agar u bo‘lmasa, men unga xabar 
keltirardim. Ushal kunlari biz G’asson podsholarining biridan xavflanib turgan erdik, 
chunki kelgan xabarga ko‘ra u bizning ustimizga yurish boshlamokchi erdi. Shuning 
uchun qalbimiz to‘la vahima erdi. Nogahon, mening o‘shal ansoriy do‘stim eshikni 
taqillatib «Oching, oching!» — deb qattiq ovoz qildi. Men unga: «Nima, G’asson bostirib 
keldimi?» —desam, u menga: «Bundan ham badtarroq bo‘ldi, Janob Rasululloh barcha 
xotinlaridan arazladilar!» — dedi. Men: «Oisha birlan Hafsaning burni yerga ishqalsin!» 
— dedim-da, kiyinib olib Janob Rasulullohning huzurlariga yo‘l oldim. Kelsam, ul zot 
boloxonada o‘ltirgan erkanlar. Zinaning tepasida ersa qora qullari turibdi, unga: «Umar 
ibn al-Xattob keldi, deb ayt!» — dedim. Janob Rasululloh menga izn berdilar, men 
huzurlariga kirib bo‘lgan voqe’ani batafsil gapirib berdim. Ummu Salamaning gaplarini 
aytganimda Janob Rasululloh tabassum qildilar. Ul zot yolgiz bo‘yra ustida yonboshlab 
yotar, boshlari ostida ersa xurmo barglari to‘ldirilgan, teridan qilingan yostiq qo‘yilgan 
erdi. Oyoqlari orasida terini oshlash uchun ishlatiladirgan daraxt barglari to‘planib 
yotardi, devorda ersa oshlanmagan teri osig‘liq bo‘lib, men bo‘yraning biqinlariga botib 
ketgan izini ko‘rib, yig‘ladim. Janob Rasululloh: «Nechuk yig‘layotirsan?» — dedilar. 
Men: «Ey Ollohning rasuli, albatta Kisro va Qaysar yumshoq joylarda yotibdi, siz 
ersangiz Ollohning rasuli bo‘la turib.», -dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Dunyo ular 
uchun, oxirat ersa biz uchun erkanligiga rozi ermasmisan?» — dedilar». 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: O‘z juftlaridan biriga (Hafsaga) bir sirni aytganini 
eslangiz! Qachonki, Hafsa ul sir «Oishaga xabar berganda va Olloh Jabroil 
orqali payg‘ambarni bundan voqif qilganda payg‘ambar Hafsaga buning 
ba’zisini bildirdi, ba’zisini bildirmadi. Buni Hafsa eshitib: «Kim sizga bu xabarni 
yetkazdi?» — deganda, payg‘ambar: «Menga bilguchi va xabardor zot xabar 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
berdi», — dedi» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb aytar edilar: «Men Umar raziyallohu anhudan: 
«Ey mo‘minlarning amiri, Janob Rasulullohga qarshi til biriktirgan ikki ayol kim erdi» — 
deb so‘radim. Ul kishi darxol «Oisha birlan Hafsa erdi», — dedilar». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Oisha va Hafsa, agar sizlar bu qilmishlaringiz 
uchun Ollohga tavba qilsangizlar, qalblaringiz moyil bo‘libdur va agar 
payg‘ambarga qarshi til biriktirsangizlar, ul holda, shak-shubhasiz, Olloh ham, 
Jabroil ham, solih mo‘minlar ham uning madadkoridurlar, shuningdek 
farishtalar xam yordamchidurlar» 
 
Bir kuni Janob Rasululloh xotinlaridan biri bo‘lmish Hafsaga: «Men cho‘rim Mariyani 
o‘zimga harom qilmoqchiman», — deb sir aytdilar. Kalbiyning rivoyat qilishlaricha, Janob 
Rasululloh: «Mendan keyin sening otang Abu Hafsa, ya’ni Umar ibn Al-Xattob va Abu 
Oisha, ya’ni Abu Bakr Siddiq mo‘minlarga xalifalik qiladilar», — deb sir aytdilar. Hafsa bu 
sirni Oishaga aytib qo‘ydi, Olloh taolo bundan payg’ambarni voqif qilib, mazkur oyatni 
nozil qildi. 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasulullohning sirlarini fosh qilishda o‘zaro 
til biriktirgan ikki ayol to‘g‘risida Hazrat Umardan so‘rashni istagandim, ammo bunga 
imkon topolmay bir yil yurdim Nihoyat, Umar raziyallohu anhu birlan birga haj safariga 
chiqdim. Zahron degan joyga yetganimizda Umar raziyallohu anhu hojat uchun chetga 
chikdilar. Mening qo‘limda tahorat uchun suv bor erdi, ul kishi suv qidirib yurgan 
erkanlar, men qo‘limdagi suvni quyib berdim So‘ng, payt topib: «Ey mo‘minlar amiri, 
Janob Rasulullohning sirlarini fosh qilgan ikki ayol kim erdi» — deb so‘radim. Ul kishi 
darhol «Oisha birlan Hafsa erdi»—deb javob berdilar» 
 
4-bob Olloh taoloning qavli: «Agar payg‘ambar sizlarni taloq qilsa, oz fursatda 
uning rabbi sizlardan yaxshiroq xotinlarni unga o‘rinlaringizga berurki, ular 
farmonbardor, iymonlik, namozxon, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi, uy 
ko‘rgan va uy ko‘rmagan ayollar bo‘lurlar» 
 
Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari ul 
zotga qarshi til biriktirishdi. Shunda, men ularga: «Agar Janob Rasululloh sizlarni taloq 
qilsalar, parvardigorlari o‘rningizga sizlardan yaxshiroq xotinlarni ul zotga ato eqa, ajab 
ermas!» — dedim, shul asnoda Olloh taolo mazkur oyatni nozil qildi» 
 
 «NUN VAL-QALAM» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: "badxulqning, buning ustiga haromzodaning...» Ibn Abbos 
raziyallohu anhu aytadilar: «Badxulq, buning ustiga haromzoda» deyilganda Quraysh 
qabilasiga mansub bir kishi nazarda tutilgan bo‘lib, uning qulog‘ida qo‘yning qulog‘ida 
bo‘ladirgan belgi (tamg‘a) kabi belgi bor erdi» 
 
Horisa ibn Vahb al-Xuzo’iy aytadilar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini 
eshitdim: «Oe, sizlarga ahli jannat haqida xabar berayinmi? Har bir za’if va bechorahol 
insondur. Bundaylar Ollohga qasam ichsalar, qasamlariga vafo qilurlar Oyo, sizlarga ahli 
do‘zaxlar haqida xabar berayinmi? Har bir badxulq, dilozor, takabbur insondur» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Soq ochiladurgan kuni ...» 
 
Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Men Janob Rasulullohning bunday 
deganlarini eshitganman. «Parvardigor soqini ochganda har bir mo‘min va mo‘mina unga 
sajda qilur. Kimki bu dunyoda riyo uchun namoz o‘qigan ersa, harchand harakat 
qilmasin, beli qotib qolib sira sajdaga egilmas» («Soq»ning lug‘aviy ma’nosi «ilik yoki 
boldir» bo‘lib, bundan Olloh taoloning jismi bor, deb tushunmaslik lozim. Chunki, bu so‘z 
«Olloh taoloning qo‘li, yuzi» deyilgandagi kabi bir sifatdur) 
 
 «INNO ARSALNO NUHAN» SURASI 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar. «Nuh alayhissalomning qavmlarida bo‘lgan butlar 
keyinchalik arablarda bo‘lgan erdi. «Vad» degan but Davmatul-Jandal degan joyga 
qo‘yilgan bo‘lib, Kalb qabilasiga qarashli erdi, «Suvo’» degan but Huzayl qabilasiniki, 
«Yag‘us» — avval Murod qabilasiniki, keyin Baniy G’atif qabilasiniki bo‘lgan erdi. U Javf 
degan joyda erdi «Ya’uq» degan but Hamdon qabilasiniki, «Nasr» ersa Oli Zil-Kalo’ 
podsholigidagi Himyar qabilasiniki erdi. Mazkur butlarning nomi Nuh qavmidagi solih 
kishilarning ismlari bo‘lib, ular halok bo‘lganlaridan keyin, shayton Nuh qavmi dillariga: 
«Avliyolaringiz o‘ltirgan joylarga ularning haykallarini quringizlar va haykallarni ularning 
ismlari birlan atangizlar!» — deb vasvasa solgan Qavm shaytonning aytganini qilib, 
ularni ulug‘lab turgan Qavm olamdan o‘tgach, mazkur solih kishilarning asli kim 
bo‘lganliklari unutilib ketib,keyingi avlodlar o‘shal xaykallarga ibodat qiladirgan 
bo‘lishgan». 
 
 «QUL UXIYA ILAYYA» YOKI «JIN» SURASI 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ashoblaridan bir nechasini olib o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, shaytonlarga olovli yulduzlar 
otilgach, ular qo‘rqib yerga tushgan erdi. Shunda shaytonlarning sardorlari «Sizlarga ne 
bo‘ldi» — deb so‘rashdi. Ular «Biz birlan osmondan xabar keladirgan yo‘l orasi to‘silib 
qoldi. Bizga qarshi olovli yulduzlar otilmoqda» — deb javob berishdi. «Sizlar birlan 
osmondan xabar keladirgan yo‘lning orasi to‘sib qo‘yilganiga dunyoda sodir bo‘lgan biror 
hodisa sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak»,— deyishdi shaytonlarning sardorlari. Shundan 
so‘ng, shaytonlar mag‘ribu mashriqni kezib chiqishdi, chunki ular bunga nima sabab 
bo‘lganini o‘z ko‘zlari birlan ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Ularning bir guruhi Tihoma tomonga 
kelayotib, Naxla degan joyda Janob Rasulullohga duch keldi. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam ashoblari birlan Ukoza bozoriga ketayotgan erdilar. Shunda ul zot Naxlada 
to‘xtab bomdod namozini o‘qidilar. Shaytonlar Qur’on qiroatini eshitib va yodlab olishga 
harakat qilishib: «Bizlar birlan osmondan xabar keladirgan yo‘l orasini to‘sgan narsa 
aynan mana shu!» — deb orqalariga qaytishdi. Ular o‘z qavmlari oldiga borib «Ey 
qavmimiz, bir ajoyib, kishini hidoyatga boshlaydirgan Qur’on qiroatini eshitdik, biz iymon 
keltirdik, endi rabbimizga hech kimni sherik qilmaymiz!» — deyishdi. Olloh taolo 
payg‘ambarimizga «Ey Muhammad, «Menga vahiy qilindiki, jinlarning bir guruhi Qur’onni 
eshitdi» deb aytingiz!» degan oyatni nozil qildi. Darhaqiqat, Olloh, taolo ul zotga 
jinlarning gaplarini vahiy qilgan erdi». 
 
 «AL-MUDDASSIR» SURASI 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
Yahyo ibn Abu Kasir aytadilar: «Men Abu Salama ibn Abdurrahmondan Qur’ondan 
birinchi bo‘lib nima nozil bo‘lgani haqida so‘radim. Ul kishi «Yo ayyuhal-muddassir» — 
deb javob berdilar. Men «Axir, ko‘pchilik «Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaqa» deb 
aytishadi-ku?!»—dedim. Abu Salama bunday dedilar: «Men ham Jobir ibn Abdullohdan 
shul haqda so‘raganimda siz aytgan gapni aytgan erdim, shunda Jobir «Men sizga 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne degan bo‘lsalar, shuni gapirib berurman, ul zot 
bunday degan erdilar»,— dedilar: «Men Hiro’ tog‘idagi g‘orda e’tikofga o‘ltirdim. 
E’tikofimni tugatganimdan so‘ng, pastga tushdim. Shunda qulog‘imga bir ovoz chalindi, 
o‘ng yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, chap yonimga qaradim, hech kimni 
ko‘rmadim, ro‘paramga qarasam ham xech kim yo‘q, keyin ortimga burildim, hech kim 
yo‘q. Nihoyat boshimni tepaga ko‘targan erdim, bir narsani ko‘rdim. Xadichaning oldiga 
keldim-da, unga «Meni o‘rab qo‘yingizlar, ustimdan sovuq suv quyingizlar!»—dedim. 
Meni o‘rab qo‘yishdi va ustimdan sovuq suv quyishdi. So‘ng, «Ey o‘ralib yotuvchi
turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz va rabbingizni ulug‘langiz!» degan oyat nozil 
bo‘ldi». 
 
Olloh taoloning «... turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz...» hamda «va 
rabbingizni ulug‘langiz!» degan qavli haqida 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
1-bob Olloh taoloning qavli: «... va kiyimiigizni pok tutingiz...» 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning 
o‘zlaridan dastlabki vahiyning nozil bo‘lishi xususidagi quyidagi hadislarini eshitdim. «Bir 
vaqt men yurib ketayotgan erdim, osmondan kelayotgan bir ovozni eshitdim. Boshimni 
ko‘tarib qarab erdim, Hiro’ tog‘ida huzurimga kelgan farishta yer birlan osmon o‘rtasida 
kursida o‘tirganini ko‘rdim. Undan qo‘rqib tezda uyga qaytdim-da «Meni o‘rab 
qo‘yingizlar, meni o‘rab qo‘yingizlar!» — dedim, meni o‘rab qo‘yishdi. Shunda Olloh taolo 
«Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlanti-ringiz va rabbingizni ulug‘langiz va 
kiyimingizni pok tutingiz va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz!» degan oyatlarni nozil qildi» 
 
2-bob Olloh taoloning qavli: «... va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz...» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan 
 
 «AL-QIYOMA» SURASI 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qachon vahiy nozil bo‘lsa, uning so‘zlarini takrorlab tillarini harakatlantirar erdilar. Olloh 
taolo «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni 
harakatlantirmangiz!» degan oyatni nozil qildi». 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat 
qildirish ham bizning zimmamizdadir» 
 
Muso ibn Abu Oisha Sa’id ibn Jubayrdan «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini 
takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Sa’id ibn Jubayr: 
«Ibn Abbos bunday der erdilar»,— dedilar: «Qachon Janob Rasulullohga vahiy nozil 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
qilinsa, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun uning so‘zlarini takrorlab ikki lablarini 
harakatlantirar erdilar. Shunda Olloh taolo ul zotga. «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy 
so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, zero uni dilingizda jamlash ham, 
tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir. Biz uni farishta tili orqali 
o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik 
bizning zimmamizdadur»,—deb vahiy nozil qildi». 
 
2-bob Olloh taoloning qavli: «Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning 
o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz» 
 
Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan «Tilingizni hara -katlantirmangiz» degan oyat haqida 
so‘radilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Agar Rasululloh, sallallohu 
alayhi va sallamga Hazrat Jabroil vahiy olib kelsalar, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun 
tillarini va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, ammo bu ish ancha qlyin bo‘lar erdi, 
qiyinligi shundoq sezilib turar erdi. Shunda Olloh taolo «Lo uqsimu» («Al-Qiyoma») 
surasidagi «Tezroq yodlab olmoq uchun tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyatni 
nozil qilib, «Uni sizning dilingizda jam qilish va tilingizda qiroat qildirish bizning 
zimmamizdadur. Biz farishta tili orqali qiroat qilayotganimizda siz eshitib turingiz, keyin 
uni ravshan bayon qilib bermoqlik, ya’ni sizning tilingiz birlan bayon qildirmaklik bizning 
vazifamizdur»,— dedi. Shundan so‘ng, Jabroil kelsalar, ul zot sukut saqlar va 
ketganlaridan so‘ng, Olloh va’da berganidek qiroat qilardilar». 
 
 «VAL-MURSALOT» SURASI 
 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam birlan birga erdik, ul zotga nozil qilingan «Val-Mursalot» surasini o‘zlaridan 
o‘rganayotgan erdik. Shu payt bir ilon chiqib qoldi. Biz uni o‘ldirishga shoshildik. Ammo, 
u bizdan chaqqonlik qilib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, 
«Sizlarning yomonligingizdan u saqlandi, uning yomonligidan ersa sizlar 
saqlandingizlar»,— dedilar». 
 
Abdulloh aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘orda 
o‘ltirgan erdik. Shu vaqtda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Biz uni Janob 
Rasulullohning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdik, nogahon bir ilon chiqib qoldi. 
Janob Rasululloh. «Sizlarga yomonlik qilmoq niyatida chiqdi, uni o‘ldiringizlar!»—dedilar. 
Hammamiz uni o‘ldirishga shoshildik, ammo u tezroq harakatlanib, qaytib iniga kirib 
ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ilon sizlarning yomonligingizdan, sizlar 
ersangiz uning yomonligidan saqlandingiz»,— dedilar» 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul olov qasrdek uchqunlar otib turur» 
 
Ibn Abbos mazkur oyat mazmuni haqida gapirib: «Biz qishda yoqish uchun uch gaz 
keladirgan yoki undan kichikroq to‘nkalarni yig‘ib qo‘yardik va uni «qasr» deb 
atardik»,— deydilar. 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul uchqunlar sariq va qora tuyalarga o‘xshar» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Bu kun o‘shal kundurki, unda kofirlar 
so‘zlayolmas» 
 
Abdulloh aytadilar: «Biz Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam birlan o‘ltirgan erdik. 
Shul yerda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Men uni ul zotning og‘izlaridan ilib 
olib o‘rganayotgan erdim, og‘izlari tilovatdan to‘xtamay turib, bir ilon bizga sapchib 
qoldi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ilonni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Biz ilonni o‘ldirishga 
shoshildik, lekin ilon qochib qutuldi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Ilon sizlarning 
yomonligingizdan saqlandi, sizlar ham uning yomonligidan saqlandingiz-lar»,— dedilar. 
Umar: «Men bu surani Minodagi g‘orda Ubaydan o‘rganib yodlagan erdim»,— deydilar». 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling